Authors

  • Anvar To‘rayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.97797

Keywords:

Falsafiy ijtimoiy siyosiy iqtisodiy bilimlari

Abstract

Mazkur maqolada XIX asrdagi O’rta Osiyoda rivojlangan tarixiy jarayonlar, Ahmad Donish asarlaridagi astronomiya, geografiya, tabiatshunoslik va tarbiyashunoslikka oid ma’lumotlar turli adabiyot va tadqiqotlarga tayangan holda yoritildi.

background image

1542

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

AHMAD DONISH ASARLARIDA O’LKA TARIXINING BAYON QILINISHI VA

FANLARGA DOIR BILIMLARNING YORITILISHI

To‘rayev Anvar Ismoilovich

Osiyo xalqaro unversiteti, Tarix va filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15531317

Annotatsiya. Mazkur maqolada XIX asrdagi O’rta Osiyoda rivojlangan tarixiy

jarayonlar, Ahmad Donish asarlaridagi astronomiya, geografiya, tabiatshunoslik va
tarbiyashunoslikka oid ma’lumotlar turli adabiyot va tadqiqotlarga tayangan holda yoritildi.

Аннотация. В данной статье на основе различной литературы и исследований

освещены исторические процессы, развивавшиеся в Средней Азии в XIX веке, сведения по
астрономии, географии, естествознанию и образованию в трудах Ахмада Дониша.

Abstract.This article, based on various literature and research, highlights the historical

processes that developed in Central Asia in the 19th century, information on astronomy,
geography, natural science and education in the works of Ahmad Donish.

Kirish.

Falsafiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlari chuqur hamda keng qamrovda

egallagan ma’rifatpar olim-Ahmad Donish (Ahmad Kalla, Ahmadi Maxdum, Ahmad Devona
singari nomlar bilan ham mashhur) 1826-yil Buxoroda mudarris oilasida tug‘ilgan, boshlang‘ich
savodni onasidan so’ng maktab va fan doir ilmiy bilimlarni madrasada olgan. Madrasada o’qib
yurgan kezlarida xattotlik, rassomlik, naqqoshlikni yaxshi bilgan, munajjimlik ilmini puxta
egallaganligi tufayli amir Nasrullo nazariga tushgan. Ma’rifatparvar olim 1857, 1869, 1874
yillarda Buxoro amiri elchilari tarkibida Rossiya imperiyasining poytaxti Peterburgda bo‘ladi
hamda imperator davlatining idora usuli va rus xalqi madaniyati bilan yaqidan tanishadi. Ahmad
Donish bizga o’ndan ortiq ilmiy asarlarni meros sifatida qoldirgan bo’lib, ular ichida “Risola
yoxud mang‘itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” asarida mang‘itlar sulolasidan Amir
Doniyolbiydan uning avlodi bo’lmish Amir Abdulahadga qadar siyosiy, ijtimoiy va madaniy
jihatdan Buxoro amirligi qiyofasi aks ettirgan. Ahmad Kalla 1857-yil birinchi marta Peterburg
safariga borishi oldidan amir Nasrullo unga topshriq berar ekan: “Sen u yerlardagi ichki vaziyat
va davlatlari ahvolini yaxshi o‘rgan. Bu haqida oliy dargohga yetkazasan. Har bir mamlakatning
tashqi ahvolini savdogarlardan yoki sayyohlardan bilib olamiz” deb tayinlagan[1,6]. Har bir
davlat elchisiga yuklatilgan vazifa va talablar singari Ahmad Donishga ham amir tomonidan
mamlakat manfaatlaridan kelib chiqgan holda bir nechta topshiriq va vazifalar berilgan edi.

Xususan, “risola” da yozishicha, unga amir Nasrulloh tomonidan Rossiya impriyasidagi siyosiy
va harbiy holat haqida batafsil ma’lumotlar yig‘ish, bu o‘z navbati amirlikning kelajagi uchun
foyda bo‘lishi ta’kidlangan[2,66]. U elchi sifatida rahbarlik qilgan shaxslarning noto‘g‘ri
tanlanganini qo‘rqmasdan asarida bayon etgan. Olim o’ta bilimdan, rostgo‘y, haqiqatga tik
boquvchi, adolatparvar, riyokorlik hamda ikkiyuzlamachilikdan yiroq bo’lgan. Ma’rifatparvar
o’zining dunyoqarashiga shunday baho bergan: “Men o‘zimni taniganimdan beri erkin
yurganman, hech qachon, hech mavridda asoratga tushmaganman, saroyga mansub bo‘lib,
ma’mur va mashur bo‘lgan vaqtlarda ham erkinligimni qo‘ldan bermay asoratini tan olgan
emasman. Podshoga yozgan maktub va arizalarim ham riyokorlik va xushomadgo‘ylikdan xoli
edi”[3,56], deb qayd etadi. Olimning “Navodir ul-vaqoye”, “Risola yoxud mang‘itlar xonadoni
saltanatining qisqacha tarixi”, “Me’yor-ut tadoyyun” asarlarini tahlil etar ekanmiz uning bu
xislatlariga guvoh bo‘lamiz.

Adabiyotlar tahlili va metodlar

. Ahmad Donish shaxsining qomusiyligi turli soha


background image

1543

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

vakillarining e’tiborida bo‘lib, uning faoliyati va yaratgan asarlarini o‘rganishga doir qator
tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bunday faoliyat samarasi o‘laroq vujudga kelgan ilmiy
adabiyotlarni quyidagi guruhlarga ajratib, tahlil qilish maqsadga muvofiq: 1) XIX asr oxiri – XX
asr boshlariga oid asarlar; 2) sovet davrida olib borilgan tadqiqotlar; 3) mustaqillik davrida
O‘zbekistonda nashr qilingan ishlar; 4) xorijiy mualliflar yaratgan tadqiqotlar.

Natija va muhokamalar.

XIX asrda Ahmad Donishni nafaqat Buxoro amirligi, balki

butun O‘rta Osiyoning “Abu Nasr Farobiysi” deya olamiz. Bunga sabab, uning asarlari juda ko‘p
sohalarni o‘z ichiga olgani, xususan astronomiya, geografiya, munajjimlik, tarix fanlari
mukammal tarzda yoritilganini ko‘rish mumkin. Ahmad Donishning tarixnavislik yo'nalishidagi
mashhur asari “Risola yoxud mang’itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” deb nomlanib,
ikki qismga bo’lib o‘rganish mumkin: Birinchi qismda muallif faqat yozma manbalardan o’qishi
yoki mumkin bo’lgan voqealar haqida hikoya qiladi. Unda Amir Doniyol hukmronligining
so’nggi yillari va uch amir: Shohmurod, Haydar va Nasrulloning hukmronligi to’g’risida bayon
qilingan. Ikkinchi qismda muallif o’zi guvohi bo’lgan voqealar bayoni, Amir Muzaffar
(hukmronlik davri: 1860-1885) va Amir Abdulahod (hukmronlik davri: 1885-1910) hukmronlik
qilgan davrning tarixiy hodisalarga to’xtalgan. Muqaddima va 7 bobdan iborat asarda muarrix
mang’itlar sulolasi tarixining qariyb 138 yillik tarixi tahlil etilgan. Ma’rifatparvarning “Risola
yoxud mang‘itlar xonadoni qisqacha tarixi” asarining muqaddimasida nafaqat o‘tmishimiz
haqida balki, astronomiyaga oid bilimlarni ham ko‘rish mumkin. Masalan, asarda “Vujudiyot
(borliq) Quyosh, Zuhra

1

va Mushtariy

2

ta’siri natijasida bo‘lsa, adamiyot (yo‘qlik) Mirrix

3

,

Zuhal

4

va Oy a’siritijalari keltirib o’tilgan. Atorud

5

ularning barchasiga taluqli bo‘lgan holatda,

o‘sha ta’sir qaysi yulduzning xosiyati bo‘lganda, uning ma’dani hisoblangan. Atorud yulduzi tik
kelganda (Yerga) ziyon va nuqson yetkazadi. Bu yulduzlar osmon burjlari darajalarida noqislik
va barokot keltiruvchi holda tursa, shunga ko‘ra ularning ta’siri kamayadi yoki ko‘payadi
[4,144]. Asarda munajjimlik haqida ham ma’lumot bo‘lib, unda agar muayyan bir vaqtda
Mushtariy mijoziga falak va yulduzlarda bir vaziyat to‘g‘ri kelsa, dunyoda ming yilgacha
taraqqiyot, adolatu ehson hukm suradi, o‘sha jarayonda Zuhal yulduzi to‘g‘ri kelsa, ming yil
vayrongarchilik, ocharchilik va nuqson yuzaga kelishiga olib keladi deb ta’kidlagan[5,45]. Bu
orqali Donishning munajjimlik ilmi chuqurligini ham ko‘ramiz.
XIX asr Buxoroda yashab, ilm-fan va madaniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan, “Donish”
taxallusi bilan ijod qilgan Ahmad ibn Mir Mansur ibn Yusuf al-Hanafiy as-Siddiqiy al-

1

Zuhra (Venera) – Zuhra so‘zining kelib chiqishi va ma’nosi “Zuhra” (arabcha: ةرهزلا – Az-Zuhra) so‘zi “yorqin”,

“nur sochuvchi” yoki “porloq” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu nom sayyoraning osmonda juda yorqin ko‘rinishi
bilan bog‘liq bo‘lib, u Quyosh va Oydan keyin eng yorqin osmon jismlaridan biri hisoblanadi. Quyosh sistemasidagi
ikkinchi sayyora bo’lib, yerga eng yaqin va o’xshash sayyora hisoblanadi.

2

“Mushtariy” so‘zi arabcha “يرتشم” (Mushtariy) dan olingan bo‘lib, u “sotib oluvchi” yoki “savdogar” ma’nolarini

anglatadi. Bu nom qadimgi astronomik va astrologik an’analarga borib taqaladi, chunki Sharq madaniyatlarida
sayyoralar ko‘pincha ularning harakatlari yoki ta’siriga qarab nomlangan. Quyosh tizimidagi eng yirik yupiter
sayyorasi bo’lib, quyosh atrofini 12 yilda 1 marta aylanib chiqadi.

3

“Mirrix” – arabcha “خيرملا” (Al-Mirrīx) so‘zidan olingan bo‘lib, u “qizil sayyora” yoki “qizil yulduz” ma’nosini

anglatadi.

4

“Zuhal” – arabcha “لحز” (Zuḥal) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “chekinuvchi” yoki “olislashuvchi” ma’nolarini

anglatadi. Bunga sabab, qadimgi arab astronomlari Zuhalni osmonda eng uzoq va sekin harakat qiluvchi
sayyoralardan biri sifatida kuzatishgan. Yevropa tillarida esa bu sayyora “Saturn” deb ataladi. Bu nom qadimgi Rim
mifologiyasidagi Saturnus (dehqonchilik va vaqt xudosi) nomidan kelib chiqqan. Yunon mifologiyasida esa Saturn
Kronos (Zevsning otasi) bilan bog‘liq. Quyosh tizimidagi oltinchi sayyora va hajmi bo‘yicha Mushtariydan keyin
ikkinchi yirik sayyoradir. U gaz giganti bo‘lib, asosan vodorod va geliy gazlaridan tashkil topgan.

5

Atorud (arabcha: د

ِراَطُع ʿUṭārid) — arab va fors manbalarida Merkuriy sayyorasiga berilgan nom. Bu nom qadimgi

astronomlar tomonidan ishlatilgan va Sharq ilmiy an’analarida keng tarqalgan.


background image

1544

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Buxoriyning o‘ziga xos siyosiy qarashlari ham mavjud bo’lgan. Mutafakkir O‘rta Osiyoning
chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi va Buxoro amirligi mag’lubiyatga uchrash sabablarini
ko‘rsatib bergan. Uning fikricha, feodal nizolar, amirlikda muxolif lashkari haqida hattoki
umumiy ma’lumotning yo‘qligi, harbiy boshliqlarning tajribasizligi, jang qurollarining
yaroqsizligi, adolatsizlikka asoslangan siyosiy-iqtisodiy tizim istiloni tezlashtirdi

6

. Ahmad

Donish xalq hokimiyatchiligiga asoslangan ozod jamiyatni, fuqarolarning siyosiy jihatdan teng
huquqli bo‘lishini, qonun ustuvorligini, inson huquq va burchlari mushtarakligini, har bir aholi
qatlami ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etish zarurligi kabi masalalarni ilgari surdi. Uning
hatto, hajviy she’rlari, chizgan suratlari siyosiy hayotga hamda amir Doniyoldan amir
Abdulahadgacha bo‘lgan Buxoro amirlarini har birining boshqaruv yillari hamda davr
tendensiyalari, jarayonlari xususida siyosiy tariximizga oid ulkan tadqiqotni amalga oshirdi va
hukmdorlarning siyosiy portretlarini xolisona, obyektiv tasvirlay olganligi tahlil qilingan.

Ahmad Donning serqirra hayotiy himoya mahsuli hisoblangan “Navodir ul- vaqoye”

(“Nodir voqealar”) asari allomaning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, tabiiy-falsafiy
yo’nalishga oid teran qarashlari hamda keng dunyoqarashini anglashda muhim o’rin tutadigan
qomusiy asar hisoblangan. Aynan ushbu asar Donishni mohir islohotparvar, tarixnavis,
tabiatshunos mutafakkir va qomusiy alloma sifatida namoyon bo’lgan. Asardagi maxsus risola
va hikoyalar Donish ilmiy merosi tarixining turli davrlarida (1868-1873 y.) yozuv bo’lib, muallif
uni 1875-1882 yillar oralig’ida qayta tahrir va tavsiflab 15 yil davomida to’liq kitob shakliga
keltirgan. Bugungi kunda O’zbekiston, Tojikiston va Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq
qo’lyozmalari institutlarida risolaning 9 ta qo’lyozma nusxasi saqlangan. “Navodir ul-vaqoye”
asarini shartli ravishda mazmunidan chiqib, uch qismga bo’lish mumkin. Birinchi – mamlakatda
taraqqiyotni diqqat tutuvchi maxsus risola; -muallif o'zi bevosita guvohi bo'lgan voqealar
to'g'ridan-to'g'ri safarnoma xotiralari; dunyo-tarbiyaviy- axloqiy joy ega bo'lgan hikoyalar
bayoni.

Ahmad Donish ayni paytda nazariyotchigina emas, balki amaliyotchi bo‘lib ham

maydonga chiqdi. Davlatda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan demokratik islohotlar loyihasini
ishlab chiqadi va uni hayotga tabiq qilish uchun Buxoro amiriga tavsiya etadi. Donish loyihasiga
asosan davlat bir guruh kishilar ehtiyojlarini qondirishi uchun emas, balki umumxalq
manfaatlariga, avvalo keng xalq ommasi manfaatlariga xizmat qilishi uchun, mamlakatda
farovonlik va to‘kin-sochinlikni ta’minlashi uchun, yurtni obod etishi, raiyatga barcha
imkoniyatlarni yaratib berishi uchun xizmat qilmog‘i darkorligiga e’tibor qaratgan. Uning
fikricha, adolatni ta’minlashning birdan-bir yo‘li-bu davlat rahbarining ma’rifatparvar, bilimdon,
odil, el-yurt manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan, har qanday masalani hal qilishda o‘zini oddiy
fuqaro o‘rnida ko‘ra olishi davlat va jamiyat qudratining muhim omilidir deb takidlaydi. Agar
adolat nuqtayi nazaridan o‘ylab qaralsa, deydi Donish, har kim o‘z yeri bilan qanoatlanishi
kerak. Ahmad Donish siyosiy qarashlarining muhim jihati – hozirgi demokratik qadriyatlarga
mos keladigan davlat boshqaruvini amalga oshirish g‘oyasidir.

Xulosa

Ahmad Donish ta’biricha, mamlakatda fuqarolik jamiyatini qaror toptirish uchun qonun

qabul qilish, qonunlarning ijrosini ta’minlash, ular ustidan nazorat o‘rnatish, davlat ishlarini
qattiq tartib bilan olib borish zarur. Shuning uchun u “davlat boshlig‘i va lavozimdagi kishilar,
majlislar o‘tkazish tartibi, lavozimdagi kishilarning munosabati, oilaviy munosabati, boshqa


background image

1545

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

xalqlar bilan munosabatini tartibga solib turadigan qonun ishlab chiqarish kerak ”,[6,71] -deb
yozadi.

REFERENCES

1.

Ахмад Дониш. История мангитской династии. Перевод, предисловие и примечания

И.А.Наджафовой. – Д.: Дониш, 1967. –С. 142.

2.

Ахмад Дониш. Рисола ёхуд маиғитлар хонадони салтанатининг қисқача тарихи. –

T.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. 2014. –Б. 150

3.

Ахмад Дониш. Рисола ёхуд маиғитлар хонадони салтанатининг қисқача тарихи. –

T.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. 2014. –Б. 150.

4.

Ахмад Дониш. Рисола ёхуд маиғитлар хонадони салтанатининг қисқача тарихи/. –

Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. 2014. -B. 144.

5.

Ахмад Дониш. История мангитской династии. Перевод, предисловие и примечания

И.А.Наджафовой. –1967. – С. 142.

6.

Аҳмад Дониш. Наводирул вақое. -Т:. Фан, 1964. – Б. 650.

7.

To’Rayev A. I. Buxoro vohasiga turkmanlarning ko’chishi //Science and Education. –

2022. – Т. 3. – №. 4. – С. 134-139.

8.

To‘rayev A. O ‘ZBEKISTON HUDUDIDA QADIMGI DAVLAT VA DAVLAT

MUASSASALARINING VUJUDGA KELISHI //Modern Science and Research. – 2025.
– Т. 4. – №. 1. – С. 723-729.

9.

To‘rayev A. O ‘RTA OSIYODA AHAMONIYLAR DAVRI DAVLAT BOSHQARUVI

//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 820-830.

10.

To‘rayev A. BUXORO VOHASI HUNARMANDLARINING KASBIY TARIXIDAGI

URF-ODAT VA UDUMLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12.
– С. 633-642.

11.

To‘rayev A. BUXORODAGI ME’MORIY OBIDALARNING QURILISHIDA SHARQ

VA G’ARB AN’ANLARINING UYG’UNLIGI //Modern Science and Research. – 2024.
– Т. 3. – №. 11. – С. 842-849.

12.

Ismoilovich T. A. Xorijiy Tadqiqotchilarning Asarlarida Buxoro Voha Aholisi Etnik

Tarkibining Bayon Qilinishi //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 52. – С. 455-459.

13.

Ismoilovich T. A. ZARAFSHON VOHASI DEHQONCHILIGINING TARIXIY

ILDIZLARI //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 44. – С. 405-408.



References

Ахмад Дониш. История мангитской династии. Перевод, предисловие и примечания И.А.Наджафовой. – Д.: Дониш, 1967. –С. 142.

Ахмад Дониш. Рисола ёхуд маиғитлар хонадони салтанатининг қисқача тарихи. –T.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. 2014. –Б. 150

Ахмад Дониш. Рисола ёхуд маиғитлар хонадони салтанатининг қисқача тарихи. –T.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. 2014. –Б. 150.

Ахмад Дониш. Рисола ёхуд маиғитлар хонадони салтанатининг қисқача тарихи/. –Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. 2014. -B. 144.

Ахмад Дониш. История мангитской династии. Перевод, предисловие и примечания И.А.Наджафовой. –1967. – С. 142.

Аҳмад Дониш. Наводирул вақое. -Т:. Фан, 1964. – Б. 650.

To’Rayev A. I. Buxoro vohasiga turkmanlarning ko’chishi //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 4. – С. 134-139.

To‘rayev A. O ‘ZBEKISTON HUDUDIDA QADIMGI DAVLAT VA DAVLAT MUASSASALARINING VUJUDGA KELISHI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 723-729.

To‘rayev A. O ‘RTA OSIYODA AHAMONIYLAR DAVRI DAVLAT BOSHQARUVI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 820-830.

To‘rayev A. BUXORO VOHASI HUNARMANDLARINING KASBIY TARIXIDAGI URF-ODAT VA UDUMLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 633-642.

To‘rayev A. BUXORODAGI ME’MORIY OBIDALARNING QURILISHIDA SHARQ VA G’ARB AN’ANLARINING UYG’UNLIGI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 842-849.

Ismoilovich T. A. Xorijiy Tadqiqotchilarning Asarlarida Buxoro Voha Aholisi Etnik Tarkibining Bayon Qilinishi //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 52. – С. 455-459.

Ismoilovich T. A. ZARAFSHON VOHASI DEHQONCHILIGINING TARIXIY ILDIZLARI //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 44. – С. 405-408.