Authors

  • Anvar To‘rayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.62799

Keywords:

Davlat uyushmasi Avesto vendidod monarxiya demokratiya yasna boshqaruv shakli davlat tipi konfederativ boshqaruv federativ boshqaruv unitar boshqaruv.

Abstract

Ushbu maqolada qadimdan O‘zbekiston hududida ilk davlat va davlat birlashmalarning vujudga kelishdagi shart-sharoitlar, yil sayin ko‘payib borayotgan jamoa xo‘jaliklari yer va suvni taqsimlash, qurish, irrigatsiya (sug‘orish), jamoaning ichki va tashqi ishlarini boshqarish, dushmanlarga qarshi kurashish va tinch paytda aholi ustidan nazorat qilish borasida harbiy qo’shinlarning o’rni haqidagi ma’lumotlar ilmiy adabiyotlar orqali atroflicha yoritilib o’tilgan.

background image

723

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

O‘ZBEKISTON HUDUDIDA QADIMGI DAVLAT VA DAVLAT

MUASSASALARINING VUJUDGA KELISHI

To‘rayev Anvar Ismoilovich

Osiyo xalqaro unversiteti, Tarix va filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14709587

Annotatsiya. Ushbu maqolada qadimdan O‘zbekiston hududida ilk davlat va davlat

birlashmalarning vujudga kelishdagi shart-sharoitlar, yil sayin ko‘payib borayotgan jamoa

xo‘jaliklari yer va suvni taqsimlash, qurish, irrigatsiya (sug‘orish), jamoaning ichki va tashqi

ishlarini boshqarish, dushmanlarga qarshi kurashish va tinch paytda aholi ustidan nazorat qilish

borasida harbiy qo’shinlarning o’rni haqidagi ma’lumotlar ilmiy adabiyotlar orqali atroflicha

yoritilib o’tilgan.

Kalit so’zlar: Davlat uyushmasi, Avesto, vendidod, monarxiya, demokratiya, yasna,

boshqaruv shakli, davlat tipi, konfederativ boshqaruv, federativ boshqaruv, unitar boshqaruv.

THE ESTABLISHMENT OF THE ANCIENT STATE AND STATE INSTITUTIONS IN

THE TERRITORY OF UZBEKISTAN

Abstract. This article provides a comprehensive review of the scientific literature on the

conditions for the emergence of the first states and state associations in Uzbekistan from ancient

times, the distribution of land and water, the construction of collective farms, the role of military

forces in managing the internal and external affairs of the community, the fight against enemies

and control over the population in peacetime.

Keywords: State association, Avesta, vendidod, monarchy, democracy, yasna, form of

government, type of state, confederal government, federal government, unitary government.

СОЗДАНИЕ ДРЕВНЕГО ГОСУДАРСТВА И ГОСУДАРСТВЕННЫХ ИНСТИТУТОВ

НА ТЕРРИТОРИИ УЗБЕКИСТАНА

Аннотация. В статье рассматриваются условия возникновения первых государств

и государственных объединений в Узбекистане с древнейших времен, распределение земли

и воды, строительство, орошение, управление внутренними и внешними делами колхозов,

которые с каждым годом усиливаются. год., роль вооруженных сил в борьбе с врагами и

контроле над населением в мирное время широко освещалась в научной литературе.

Ключевые слова: Государственный союз, Авеста, Вендидод, монархия, демократия,

Ясна, форма правления, тип государства, конфедеративное правительство, федеральное

правительство, унитарное правительство.


background image

724

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

KIRISH

O‘zbekiston hududida ilk davlatlarning va davlat uyushmalarining vujudga kelishi ishlab

chiqarish kuchlarining rivojlanishiga bog‘liq holda bo‘lgan. O‘rta Osiyoda turli xalqlarning

yurishlaridan himoyalanish maqsadida o‘zaro birlashish natijasida davlatlar vujudga kelgan.

O‘zbekiston hududida ilk davlat uyushmalari mil. avv. VII-VI asrlarda tashkil topgan.

Davlatga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat muassasalari tashkil topgan.

Davlat muassasalari vazifasini maxsus tayinlangan shaxslar amalga oshirgan. Yil sayin

ko‘payib borayotgan jamoa xo‘jaliklariga yer va suvni taqsimlash, qurish, irrigatsiya (sug‘orish),

jamoaning ichki va tashqi ishlarini boshqarish zarurati “qishloq hokimlari” deb nomlanuvchi

oqsoqollar sinfining shakllanishiga olib keldi. Ularning mol-mulkini himoya qilish, dushmanlarga

qarshi kurashish va tinch paytda aholi ustidan nazorat qilish uchun 50-100 dan ortiq o‘z askarlari

bo‘lgan. Ma’lum hududlar, bir necha qishloqlar birlashib tumanni hosil qilgan.

Tumanni “oqsoqollar kengashi” boshqargan. Oqsoqollar kengashi esa viloyat yoki shahar

hokimiga bo‘ysungan[1,9].

ASOSIY QISM

Umuman olganda, so‘ngi paleolit davriga kelib odamlarning hayoti va turmush tarzida ham

turli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Xususan, odamlar g‘orlardan chiqib, yengil turar-joylar: chayla va

yarim yer to‘l alarda yashay boshladilar. Ular endi faqat tog‘li hududlarda yashab qolmay vohalar

bo‘ylab tarqalib, tekisliklarda, daryo va ko‘l lar bo‘ylarida joylashadilar hamda qarindosh-

urug‘chilik jamoalariga bo‘l inadilar. Natijada jamiyatda juft oilalar paydo bo‘ladi hamda ular

birlashib urug‘ jamoasini tashkil etadilar[3,28-29].

Fikrimizni yana davlatchilik shakllanishiga yo‘naltiradigan bo‘lsak, ilk davlatlarning

paydo bo‘lishida o‘zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati

nihoyatda katta bo‘lgan. Dastavval shuni aytish joizki, O‘rta Osiyo hududlarida yashagan aholi

qadimgi davrlardan boshlab o‘zaro munosabatlarni rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib

shimoldagi ko‘chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o‘troq dehqonchilik aholisi o‘rtasida

o‘zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashdi. Bu o‘rinda o‘sha davrda

shakllanib, keyinchalik ancha rivojlangan qadimgi yo‘l larning ahamiyati beqiyos bo‘ldi. O‘rta

Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qo‘shni davlatlar bilan ham o‘zaro aloqalarni

rivojlantirganlar. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, qimmatbaho Badaxshon(Tojikiston) lojuvard

toshlari mil. avv. 3 mingyillikdayoq Mesopotamiya va Misr shaharlarida nihoyatda qadrlangan va

bu hududlar bilan o‘zaro mol ayirboshlash munosabatlari o‘rnatilgan.

Ma’lumki, mil. avv. 2-mingyillikka kelib qadimgi O‘zbekistonning dehqonchilik

vohalarida o‘troq aholining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar

(o‘troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning


background image

725

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimning murakkablashib borishi, o‘zaro

almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kuchayishi) hamda harbiy siyosiy vaziyat

O‘zbekiston hududlarida dastlabki shaharsozlikning paydo bo‘lishidagi asosiy omillardan

hisoblanadi. O‘lkamiz hududidagi ilk shaharlar qishloqlardan iqtisodiy, siyosiy va madaniy

mavqeyi bilan ajralib turgan. Bu shaharlar, asosan, aholisi sug‘orma dehqonchilik bilan

shug‘ullangan vohalarda, qadimgi savdo yo‘llari bo‘ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atrofida

paydo bo‘lgan. Bunday shaharlar o‘zlari joylashgan vohalarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy

va harbiy markazlari vazifasini bajargan bo‘lishi shubhasizdir.

Mehnat qurollarining takomillashishi natijasida yerga ishlov berish yaxshilanib, ekin

maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo‘lib bordi. Temirning kashf etilishi,

undan yasalgan mehnat qurollari qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikning tez o‘sishiga olib keldi.

Odamlarning daryolarni bo‘g‘ib, to‘g‘onlar qurib, kanallar qazib yerlarga suv chiqarish imkoniyati

kengaydi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini uzaytirdi, aholi son jihatdan ko‘payib

bordi.

Urug‘chilik munosabatlari ham o‘zgarib bordi. Ikki urug‘ a’zolaridan tashkil topgan er-

xotin juft oilalar vujudga keldi. Katta patriarxal oilalar urug‘ jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga

urug‘ jamoalariga qarashli yerlardan chek yerlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug‘ jamoasining

umumiy xo‘jaligi oilalar jamoasiga bo‘l inadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari

deb ham ataladi[5,46].

Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o‘zida oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy

boshliq, piru ustod va murabbiy bo‘lgan. Urug‘-qishloq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining

boshlig‘i hisoblangan. Oqsoqqollar kengashi qo‘lida diniy va dunyoviy hokimiyat jamlangan

bo‘lib, u jamoa faoliyatiga oid barcha masalalarni hal qilgan. Mo‘tabar shaxslarning topshiriq va

buyruqlari jamoa azolari uchun majburiy hisoblangan.

Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir oila o‘z xususiy mulkiga ega

bo‘lgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi, jamoalarning ishlab chiqarish qonun-qoidalari asosida

tashkil topishi o‘z navbatida mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqardi. Boylik, avvalo, jamoa

oqsoqollari, harbiy boshliqlar, mo‘tabar shaxslar qo‘lida to‘plana boshladi. Ular yerlarning

hosildor qismini egalladilar, ko‘plab chorva mollariga ega bo‘ldilar. Oqsoqollar oila jamoalari,

urug‘ va qabila ishlarini boshqargani uchun jamoachilar ularga yetishtirgan hosillarining, chorva

mollarining bir qismini berishga majbur bo‘lgan. Oqsoqollar o‘z iste’molidan ortib qolgan bunday

mahsulotlarni mis, oltin, kumush buyumlariga ayirbosh qilganlar.

“Avesto”(Ovasto) - (parfiyoncha: apastak-matn; ko‘pincha “Zend-Avesto”, ya’ni “tafsir

qilingan matn” deb ataladi) zardushtiylikning muqaddas kitoblari to‘plami.


background image

726

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, “Avesto” O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda mil.

avv. 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan deya hisoblanadi. “Avesto”da keltirilgan

geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. “Avesto” uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda

keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari mil. avv. 2-ming yillik oxiri 1-ming yillik

boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda “Avesto”

tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar ham qo‘shilib borgan.

“Avesto”ni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming

qoramol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolda saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik

Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51-

78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (III-VII)asrda yaxlit kitob holiga

keltirilgan. “Avesto” 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. Uning hajmi katta kitob bo‘lganligi sababli

dindorlar kundalik faoliyatida foydalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli “Kichik Avesto”

yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib

o‘tgan. Ularning avlodlari (parslar) Bombey shahrida o‘z jamoalarida hozirgacha “Avesto”ning

asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida

yashab, “Avesto” tilini va yozuvini o‘rganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). “Avesto”ning

bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad,

Gotlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladigan kitoblarni o‘z ichiga oladi. Kitobda bayon etilgan

g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning, yaxshilik

bilan yomonlikning to‘xtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer,

o‘simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramanyu

Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy

davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida

joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba

qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, ahloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro

kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va

Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan

abadiy zulmatdan tashkil topadi. “Avesto” ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-

odam; forscha Kayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin

davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘l magan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Kishilar

bekamu ko‘st, baxtiyor yashagan. 900 yil o‘tgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir

go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik

qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun

qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin

davri tugagach, yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan.


background image

727

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik saltanati barqaror bo‘ladi, o‘l ganlar

tiriladi. “Avesto”ning axloqiy-falsafiy mohiyati “ezgu fikr”, “ezgu so‘z” va “ezgu amal”

hisoblangan. Zardushtiylarning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan

boshlanadi. “Avesto” O‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadim

davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari,

ma’naviy madaniyatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba. “Bu nodir kitob bundan 30 asr

muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz

avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir”[2,39-40].

O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi

“Avesto”

yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi

(1999-yil. noyabr). “Avesto” ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rnini hisobga olgan

holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

maxsus qaror e’lon qilib (2000-yil 29-mart), “Avesto”ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlarini

belgiladi. Unga ko‘ra 2001-yilning oktabr oyida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy konferensiya va

tantanali bayram tadbirlari o‘tkazildi.

“Avesto” jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining

qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtiylik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi

sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va

timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi.

“Avesto” oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab to‘qqiz

ho‘kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. avv. VII-III asr) davrida 21 kitob

holida yig‘ilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga ”Zand” nomi

bilan sharhlar bitilgan.

“Avesto” toʻrt qismdan iborat:

1-

Yasna (“Diniy marosimlar”)

2-

Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),

3-

Visparad (“Barcha ilohlar haqidagi kitob”)

4-

Vendidad (“Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi”).

“Avesto” insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon

olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels,

Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy kabi xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.

O‘zbekistonda “Avesto” ni o‘rganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu

Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida “Avesto” taʼlimotiga va unda tilga olingan

timsollarga murojaat mavjud. Hozirgi O‘zbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is‘hoqov, N.

Rahmonovlarning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli.


background image

728

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Hukumatimiz qarori bilan 2001-yilda “Avesto”ning 2700 yilligi nishonlandi. Bundan

tashqari “Avesto”da zardushtiylikning umumbashariy ahamiyati va mohiyatidan tashqari unda

O‘lkamizda ilk boshqaruv tizimining amal qilinganligi to‘g‘risida ham qimmatli ma’lumotlar

uchraydi. Mamlakatni idora qilgan shaxs “Kavi” deb yuritilgan.

Oqsoqollar kengashi–“varzanapoti”, “Xanjamana”, xalq yig‘ilishi-v’yaxa deyilgan[4,55].

Tarixchilarning ma’lumotlariga qaraganda, eramizning birinchi asrida ashkoniylar

podshosi Valages Ariakid, III-asrga kelib Xusrav Parviz, Shopuri Xurmuzd davrida bu muqaddas

kitob bir necha bor ko‘chirilgan. Shu sabablarga ko‘ra, keyingi vaqtlarga qadar “Avesto”ning

vatani, ya’ni qaysi davlatga, xalqqa mansubligi haqida biror to‘l a ma’lumotlar berilmagan edi.

Keyingi vaqtlarda chop etilgan ilmiy-tarixiy maqolalarda Avestoning vatani Xorazmdir.

Xorazm “Avesto” ning ilk markazi kabi ma’lumotlarni uchratamiz[6].

“Muqaddas Avesto”ning 2700 yillik yubileyi shodiyonalari 3-noyabr 2001-yili ko‘hna

Urganch shahrida “Avesto”ning vatanida bo‘lib o‘tdi. Bu tantanalarda O‘zbekiston Respublikasi

birinchi Prezidenti I.A.Karimov qatnashib o‘zining sermazmun nutqida: “Avesto” birgina O‘zbek

xalqining tarixiy ilmiy-madaniy yodgorligigina emas, balki u butun umumbashariyatning bebaho

durdonasidir - deb ta’kidladilar. “Avesto”ning qancha qismdan iboratligi, umumiy mundarijasi,

zardushtiylik diniy-falsafiy tizimi to‘g‘risidagi asar ekanligi haqida “Denart”da (IX asrga mansub)

keltirilgan ma’lumotlargina mavjud. Bu asarda “Avesto” ning 21 nask qismdan iboratligini qayd

qilinib, ularning mazmuni qisqacha bayon etiladi. “Avesto” sosoniylar davrida muqaddas

hisoblangan va xalq orasida ishlatilmaydigan tilda yozib olingan. Bu tilni hatto ruhoniylar ham

tushunaolmaganliklari sababli o‘sha davrning adabiy tili hisoblangan pahlaviy tiliga tarjima

qilingan va uning asosiy mazmuniga keng sharhlar berilgan. Bu tarjima va sharhlar “Zend” nomi

bilan ma’lum. Shu tufayli o‘tgan asrda Yevropada “Avesto” kitobi “Zend Avesto” deb noto‘g‘ri

nomlangan. “Avesto” katta hajmda bo‘lganligi sababli dindorlarning kundalik faoliyatida

foydalanishi uchun “Kichik Avesto” yaratilgan. “Kichik Avesto”, “Katta Avesto” dan tanlab

olingan duolar to‘plamidan iborat bo‘lgan va bizgacha Avestoning juda oz qismi yetib kelgan.

XULOSA

Vendidodda jinoyatlar tasnifi. Bizning kunlarimizgacha ulardan faqat oxirgi kitob

Vendidod (forscha Vendidat – “Devlarga qarshi qonun”) yetib kelgan. Zardushtiylik huquqining

ushbu yodgorligi zardushtiylik dini davlat maqomini, zardushtiylar esa davlat tomonidan qo‘l lab-

quvvatlashni yo‘qotgan davrda jamoa turmushi qattiq tartibga solinganligadan dalolat beradi. Shu

sababli Vendidodning ko‘plab huquqiy qoidalari Yaxve dini jamoasi alohida bo‘la boshlagan

davrda tuzilgan.


background image

729

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

REFERENCES

1.

Abdurahimova N.A., Isakova M. S., Sulaymanova Z.M. Davlat muassasalari tarixi. -T.:

“Sharq”, 2007. –B. 9.

2.

Karimov I. A. “Adolatli jamiyat sari”. -T.: 1998. –B. 39-40.

3.

Murtazayeva R.H. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2003. –B. 28-29.

4.

Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O‘zbekiston tarixi -T.: “Iqtisod-Moliya”, 2006. –B.

55.

5.

Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Iqtisod-Moliya”, 2006. –B.

46.

6.

Ziyokor gazetasining 2000-yil mart, aprel, may sonlaridagi maqolalarga qarang: Tilab

Maxmudov. Avesto haqida. –T.:. 2000.

7.

To'rayev, A. (2023). O’ZBEKLARNING CHORJO’YDAGI HAYOT YO’LLARI.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

36

(36).

8.

To'rayev, A. (2023). БУХОРОДАГИ ТУРКМАНЛАРИНИНГ АЪАНАВИЙ ТУРАР

ЖОЙЛАРИ ВА УНДАГИ ЗАМОНАВИЙ ЎЗГАРИШЛАР.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

35

(35).

9.

To'rayev, A. (2023). English Buxorodagi turkmanlarning ananaviy turar joylari va undagi

zamonaviy ozgarishlar.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

35

(35).

10.

To'rayev A. BUXORO TURKMANLARI BILAN BOG ‘LIQ JOY NOMLARI TAHLILI

//ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 14. – №. 14.

11.

To’Rayev A. I., Hayotov F. U. Buxoro vohasi aholisining islom dinini qabul qilishi //Science

and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 499-504.

12.

To’Rayev A. I. BUXORO VOHASIDA YASHAB KELGAN TURKMANLAR

HAYOTIDA CHORVACHILIKNING O’RNI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 1. –

С. 1165-1170.

13.

To'rayev A. A ЎҒУЗ ҚАБИЛА ВА УРУҒЛАРИНИНГ ТУРКМАН ХАЛҚИНИ

ШАКЛЛАНИШИДАГИ ЎРНИ: Xorijiymaqola //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz). – 2020. – Т. 6. – №. 2.

14.

Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS.

Журнал универсальных научных

исследований

,

2

(5), 453-462.

15.

Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR.

Modern

Science

and

Research

,

3

(5), 522-529.

16.

Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID

FIKRLAR.

Modern Science and Research

,

3

(12), 353-361.


background image

730

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

17.

Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot

District.

Modern Science And Research

,

3

(5), 148-151.

18.

Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL

MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT.

Modern Science and Research

,

3

(2), 447-450.

19.

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF THE

WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI".

Modern Science and Research

,

2

(9), 404-

409.

20.

Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL

CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN

THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV.

Modern Science and Research

,

2

(10), 291-299.

References

Abdurahimova N.A., Isakova M. S., Sulaymanova Z.M. Davlat muassasalari tarixi. -T.: “Sharq”, 2007. –B. 9.

Karimov I. A. “Adolatli jamiyat sari”. -T.: 1998. –B. 39-40.

Murtazayeva R.H. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2003. –B. 28-29.

Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O‘zbekiston tarixi -T.: “Iqtisod-Moliya”, 2006. –B. 55.

Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Iqtisod-Moliya”, 2006. –B. 46.

Ziyokor gazetasining 2000-yil mart, aprel, may sonlaridagi maqolalarga qarang: Tilab Maxmudov. Avesto haqida. –T.:. 2000.

To'rayev, A. (2023). O’ZBEKLARNING CHORJO’YDAGI HAYOT YO’LLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 36(36).

To'rayev, A. (2023). БУХОРОДАГИ ТУРКМАНЛАРИНИНГ АЪАНАВИЙ ТУРАР ЖОЙЛАРИ ВА УНДАГИ ЗАМОНАВИЙ ЎЗГАРИШЛАР. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).

To'rayev, A. (2023). English Buxorodagi turkmanlarning ananaviy turar joylari va undagi zamonaviy ozgarishlar. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).

To'rayev A. BUXORO TURKMANLARI BILAN BOG ‘LIQ JOY NOMLARI TAHLILI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 14. – №. 14.

To’Rayev A. I., Hayotov F. U. Buxoro vohasi aholisining islom dinini qabul qilishi //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 499-504.

To’Rayev A. I. BUXORO VOHASIDA YASHAB KELGAN TURKMANLAR HAYOTIDA CHORVACHILIKNING O’RNI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 1. – С. 1165-1170.

To'rayev A. A ЎҒУЗ ҚАБИЛА ВА УРУҒЛАРИНИНГ ТУРКМАН ХАЛҚИНИ ШАКЛЛАНИШИДАГИ ЎРНИ: Xorijiymaqola //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 6. – №. 2.

Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS. Журнал универсальных научных исследований, 2(5), 453-462.

Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR. Modern Science and Research, 3(5), 522-529.

Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID FIKRLAR. Modern Science and Research, 3(12), 353-361.

Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot District. Modern Science And Research, 3(5), 148-151.

Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT. Modern Science and Research, 3(2), 447-450.

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF THE WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI". Modern Science and Research, 2(9), 404-409.

Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV. Modern Science and Research, 2(10), 291-299.