1368
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
TURK XOQONLIGIDA DAVLAT BOSHQARUV TUZIMI
To‘rayev Anvar Ismoilovich
Osiyo xalqaro unversiteti, Tarix va filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15093776
Annotatsiya.
Ushbu maqolada turk atamasi borasida olimlar tomonida olib borilgan
izlanishlar, davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan Turk xoqonligi boshqaruv
tartiblari VI asrning oxirlarida yashagan vizantiyalik tarixchilar Menandr Protektor, Feofan
Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna Efessiylarning tarixiy asarlari, epigrafik yodgorliklar -
Urxo’n-Yenisey, runiy yozuvlari, Xitoyning “Tan xonadoni tarixi” nomli kitoblaridagi ma’lumotlar
atroflicha o’rganildi. Shuningdek, Turk xoqonlik boshqaruv davrida markaziy boshqaruv tartiblari,
hariy qo’shin va uning tuzilishi, yer egaligi hamda soliq tizimi bayon qilib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
“Turk”, “tyurk”, “tyurk el”, “turk bo’dun”, “bo’dun”, “qora bo’dun”,
“yabg’u”, “yabg’u xoqon”, “yadag’”, “otlig’ su”, “su”, “shod”, “cho’r”.
STATE ADMINISTRATION SYSTEM IN THE TURKISH KHAKANITY
Abstract.
This article examines the research conducted by scholars on the term Turk, the
administrative procedures of the Turkic Khaganate, which were important in the history of
statehood, the historical works of the Byzantine historians Menander Protector, Feofan of
Byzantium, the Syrian historian John of Ephesus, who lived at the end of the 6th century, epigraphic
monuments - Urkhon-Yenisei, runic inscriptions, and information from the Chinese book "History
of the Tan Dynasty". Also, the central administrative procedures, the kharian army and its
structure, land ownership and the tax system during the rule of the Turkic Khaganate are described
in detail.
Keywords:
“Turk”, “Turk”, “Turkish people”, “Turkish people”, “people”, “black
people”, “yabgu”, “yabgu khagan”, “yadag”, “otlig’ su”, “su”, “shod”, “cho’r”.
СИСТЕМА ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ В ТЮРЦКОМ ХАХАНСТВЕ
Аннотация.
В статье рассматриваются исследования ученых, посвященные
термину «тюрк», административным процедурам Тюркского каганата, имевшим важное
значение в истории государственности, историческим трудам византийских историков
Менандра Протектора, Феофана Византийского, сирийского историка Иоанна Эфесского,
эпиграфическим памятникам – Урхон-Енисей, руническим надписям, а также сведениям
китайской книги «История династии Тан», жившей в конце VI в. В нем также
описываются процедуры центрального управления, хазарская армия и ее структура,
землевладение и налоговая система в период правления Тюркского каганата.
Ключевые слова:
«Турк», «тюрк», «турецкий народ», «турецкий народ», «народ»,
«черный народ», «йабгу», «йабгу каган», «йадаг», «отлиг су», «су», «шод», «чо’р».
1369
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
KIRISH
VI asr o’rtalarida Oltoyda (Janubiy Sibir va Shimoliy Mongoliya) O’rta Osiyo tarixida
muhim rol o’ynagan ko’chmanchilar davlati – Turk xoqonligi (551-744) tashkil topdi. Turk so’zini
birinchi marta tilga olinishi 542-yili to’g’ri keladi. Yozma manbalarda u turlicha atalgan: Xitoy
manbalarida “tutsdus”, forsiy tildagi manbalarda “turk”, bitiktoshlarda saqlanib qolgan yozuvlarga
qaraganda bu xalq o’zini turk deb atagan. “Turk” atamasi (kuchli, baquvvat) dastlab etnik ma’noga
emas, ijtimoiy ma’noga ega bo’lgan. Ashina urug’u, unga bo’ysungan va yaqin qarindosh bo’lgan
hamda yangi davlat birlashmasining o’zagini tashkil etgan qabilalarning harbiy zodagonlari
shunday atalar edi. Keyinchalik, ulkan qabilalar ittifoqini va unga itoat qilgan xalqlarni turk deb
atay boshlaganlar. Qabilaning eski nomi ashina hukmronlik qiluvchi sulola nomi bo’lib
qolgan[1,44].
ASOSIY QISM
Xalqlarimiz davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan Turk xoqonligi xususida
talaygina manbalar bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan bo’lsa-da, ularning ayrimlari bir-birini
inkor etadi. Ushbu manbalar VI asrning oxirlarida yashagan vizantiyalik tarixchilar Menandr
Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna Efessiylarning tarixiy asarlari, epigrafik
yodgorliklar - Urxo’n-Yenisey, runiy yozuvlari, Xitoyning “Tan xonadoni tarixi” qabilardir. Undan
tashqari o’rta asrlar mualliflari at-Tabariy, Denovariy, Beruniy, Narshaxiylar asarlarida ham Turk
xoqonligi to’g’risida ma’lumotlar uchraydi[4, 142].
V asrning ikkinchi va VI asrning birinchi yarmida Oltoy va Janubiy Sibirda Ashina
qabilasining yabg’ulari Asanshod, Tuu va Buminlar (460-553) boshchiligada turkiy qabilalarning
ittifoqi vujudga keladi. Qadimgi turk manbalarida bu ittifoq “tyurk”, “tyurk el”, “turk bo’dun” kabi
nomlar bilan tilga olinadi. VI asr o’rtalarida Bumin boshliq bu turk ittifoqi tele qabilasini o’ziga
bo’ysuntirgach, Markaziy Osiyodagi eng kuchli Jujan xoqonligiga qaqshatqich zarba beradi. 551-
yilda Bumin “xoqon”, ya’ni hukmdor unvoniga muyassar bo’lib, Markaziy Osiyoda yangi imperiya
“Turk xoqonligi” ga asos soladi. Oltoy xoqonlikning markazi bo’lib qoladi. Markaziy Osiyo va
Janubiy Sibirda hukmronlikni mustahkamlab olgach, Bumin va uning ukasi Istemi xoqonlik
chegaralarini kengaytirishga kirishadilar. Qisqa vaqt ichida Enasoy (Enisey) daryosi bo’ylarida
yashovchi qirg’izlar, Janubi-G’arbiy Manjuriyaning mo’g’ul qabilasi-kidanlar bo’ysundiriladi.
Shimoliy Xitoy viloyatlari bosib olinib, Xitoy imperatori turklar bilan sulh tuzishga, keyinchalik esa
hatto u yiliga yuz ming to’p ipak mato hisobida xoqonlikka o’lpon to’lab turishga majbur bo’ladi.
Turklar g’arbga tomon muvaffaqiyatli yurishlar olib boradilar. Harbiy harakatlarga Istemi
boshchilik qiladi. Unga “Yabg’u xoqon” degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy
Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi nushibi, dulu va turkash kabi turkiy qabilalar
bo’ysuntiriladi.
1370
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
555-yildayoq turklar Sharqiy Turkistonning obod dehqonchilik viloyatlarining kattagina
qismini boy hunarmandchilik shaharlarini hamda Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan
keng dashtliklarini butunlay egallab oladilar. Turklar hokimligi shu paytlarda shubhasiz Xorazmga
ham yoyilib, xoqonlik chegarasi eftallar hududlariga borib yondashadi.
VI asr 50-yillarining oxirlarida Istemi xoqonga eftalitlarga qarshi harbiy harakatlar olib
borish uchun qulay imkoniyat paydo bo’ladi. Eron shohi Xusrav I Anushervon (531-579)
eftalitlarga o’lpon to’lashni to’xtatib qo’yadi va ularga qarshi urushga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi
hamda Vizantiya bilan aloqalarni yo’lga qo’yadi. Xusrav I siyosiy jihatdan biroz o’nglanib olgach
Turk xoqonligiga eftalitlarga qarshi ittifoq taklif etadi. Ayni vaqtda Vizantiyadan foydalangan Eron
eftalitlardan Tohariston, Chag’aniyon, Qobul atrofidagi yerlarni tortib oladi[5,143].
563-yilda eftalitlarga qarshi shimoldan turklar Choch vodiysiga bostirib kiradilar. Tez orada
ular tomonidan Samarqand, Kesh, Naxshab egallanadi. “Shohnoma”da ma’lumot berilishicha, hal
qiluvchi jang Buxoro atroflarida bo’lib o’tadi va eftalitlarning Gatifar boshchiligidagi qo’shinlari
tor-mor etiladi. Shundan so’ng, turklar tezlik bilan harakat qilib iloji boricha eftalitlarning ko’proq
yerlarini o’z qo’llariga olishga harakat qiladilar. Amudaryoning janubiy sohiligacha bo’lgan yerlar,
Eron, uning shimolidan Kaspiy sohillarigacha bo’lgan yerlar turklar qo’liga o’tadi. Eftalitlarning
mag’lubiyatidan so’ng bevosita ittifoqchilar o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’la boshlaydiki,
bu holat savdo yo’li nazorati bilan bog’liq edi[6,143].
Turklar tazyiqi oqibatida bu davrda yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib sosoniylar
Toxariston, Zabuliston, Qobuliston va Chag’aniyonni eftallardan tortib oladi. Bunday vaziyat,
shubhasiz o’z-o’zidan turklar avval Eron, so’ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Bojdorlikdan
qutulgan Eron ham, o’z navbatida, eftallarga qarshi kurashda turklar bilan harbiy ittifoq tuzish
ilinjida bo’ladi. Chunki uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila
barbod bo’lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531-579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan
o’zaro harbiy ittifoq Eron shohining Yabg’uxoqon Istemiga kuyov bo’lishi orqali yanada
mustahkamlandi. Vizantiyaning avarlarga homiyligini to’xtatishga imperatorni ko’ndirish
maqsadida 563-yilda Turk xoqonligi elchilari Konstantinopol shahriga yetib boradilar. Elchilikka
nushubi qabilasining boshlig’i Eskil rahbarlik qiladi. O’sha yili Eron askarlarining Balxga hujumi
ko’magida turklar eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning
markazi Choch shahri olinadi. Sirdaryodan o’tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular
Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Balx, Termiz, Omul va Zamm
shaharlaridan katta kuch to’plab, eftallar Buxoro yaqinida jangga tayyorgarlik ko’radilar. Sakkiz
kun davom etgan shidatli jangda eftallar qo’shini turklardan yengiladi. Shunday qilib, janubdan
Eron sosoniylarida, shimoldan esa Turk xoqonligidan qaqshatqich zarbaga uchragan Eftallar davlati
bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so’ng, tamomila barbod bo’ladi.
1371
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Natijada mag’lub davlatning merosi o’zaro bo’linib, Amudaryoning janubiy
qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlar Eron, uning shimoliy sohillari bo’ylab Xarkon dengizigacha
cho’zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o’tadi.
Shunday qilib, VI asrning 70-80-yillarida Yeniseyning yuqori oqimidan to Amudaryo
bo’ylarigacha, Manjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho’zilgan ulkan maydonda ko’chmanchi
chorvadorlarning buyuk turk xoqonligi tashkil topadi. Bu ulkan saltanat Xitoy, Eron va Vizantiya
kabi zamonasining yirik davlatlari bilan bog’lovchi Buyuk Ipak yo’li ustidan o’z nazoratini
o’rnatishga harakat qiladi. Bu yo’lning O’rta Osiyo hududlaridan o’tuvchi qismida asosan
Sug’diylar ipak bilan savdo qilishni nazorat qilar edilar. Ipak matolarning asosiy xaridori Vizantiya
bo’lib, ipak savdosi Sug’d savdogarlari va turk xoqonlariga katta daromad keltirar edi.
Shuni ta’kidlash joizki, turk xoqonligi qanchalik buyuk bo’lmasin, lekin u chinakkam
markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy qabilalar ittifoqidan iborat bo’lgan. Bu ittifoqni
xoqon boshqarar edi. Hukmdorning hokimyati urug’-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy
boshqaruvga asoslangan. Mamlakat chorvador ko’chmanchi va o’troq dehqon aholiga bo’lingan.
Ko’chmanchi chorvador aholisi “bo’dun” yoki “qora bo’dun” nomlari bilan yuritilgan.
Bo’dun o’z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etgan. U “o’n o’q bo’dun” yoki
“o’n o’q el” deb yuritilgan. O’n o’q bo’dun yoki elning hokimi “yabg’u” nom bilan atalgan. Yabg’u
darajasiga faqat xoqon urug’iga qon-qarindosh bo’lganlargina ko’tarilgan. Shu boisdan ba’zan u
“yabg’u xoqon” deb ulug’langan. Har bir o’q el sardori raxnamoligida bir tuman, ya’ni o’n ming
suvoriyni safga tortar edi. Bunday harbiy bo’linmaning tumanboshisi “shod” deb yuritilardi. O’n
o’q bo’dun o’z navbatida “besh o’q” birlashmasi asosida sharqiy va g’arbiy ikki qanotga bo’linardi.
Sharqiy qanot o’qlari “cho’r”, g’arbiy qanot o’qlari esa “erkin” deb atalgan qabila sardorlari
tomonidan boshqarilardi. Xullas, elni qabilaviy asosda tarkib topgan harbiy bo’linmalaridan iborat
ikki qanotga bo’lib boshqaruv o’tmishda ko’pgina yirik turkiy qabilaviy ittifoqlarga xos edi. Harbiy
yurishlar vaqtida ular o’ta jangovar qo’shinni tashkil etardi. Qo’shin “su” deb yuritilardi. U ikki
turdagi askariy qismlar: piyoda “yadag’” va “otlig’ su” lardan tashkil topar edi. Qo’shinning bosh
sarkardasi “suboshi” unvoni bilan ulug’langan. Bunday jangovar qo’shin, shubhasiz, katta kuch va
an’anaviy puxta boshqaruv tartiblariga ega bo’lgan har qanday yirik davlatni ham dahshatga solar
edi. O’rta Osiyoda hukmronlik o’rnatilgan dastlabki davrda turk xoqonlari mamlakatning o’troq
aholi yashaydigan obod viloyatlarini ko’chmanchilar ixtiyoriga topshirsalar-da, ammo eftallar kabi
aholisining ichki hiyotiga deyarli aralashmaydilar.
Turk xoqonligida davlatning oliy hukmdori “xoqon” unvoniga ega bo’lgan. Xitoy
manbalari ma’lumotlariga ko’ra, turkiylar xonni taxtga o’tqazishda maxsus marosim o’tkazishgan.
Ya’ni, amaldorlar bo’lajak xonni kigizga o’tqazib, quyosh yurishi bo’ylab 9 marotaba
aylantirganlar, ishtirokchilar esa uni qutlab va ulug’lab turganlar.
1372
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
So’ngra xonni otga o’tqazib, bo’yniga ipak mato bog’laganlar va undan “Siz necha yil xon
bo’lmoqchisiz?” deb so’raganlar. U necha yil xon bo’lishini aytgan va shu muddat tugagach taxtdan
ketgan[7,146].
Qadimgi turkiy afsonalarda berilishicha, turklarning tasavvuriga ko’ra, davlatchilikning
markazi, davlatni o’z qo’lida birlashtiruvchi shaxs xoqon hisoblangan. Boshqaruvda xoqonlarning
hukmron sulolasi asosiy bo’lib u uchta kuch - osmon (tangri), yer-suvning kuch va irodasi hamda
turk xalqining yaratuvchanlik faoliyati tufayli yuzaga keltiriladi.
Xoqondan keyingi shaxs, birinchi amaldor “Yabg’u” (Bahodir)
bo’lib, u bosh sarkarda
hisoblangan. Ammo, yabg’u taxtga merosxo’rlik qila olmas edi. Turk xoqonligi taxtiga vorislik
tartibi turk davlatchiligi tuzilishi uchun xos bo’lgan uluslarga bo’linish tizimiga asoslanib belgilanar
edi. Ushbu tizimga ko’ra taxt aksariyat hollarda otadan o’g’ilga emas, akadan ukaga,
amakidan
jiyanga meros qolar edi. Taxt merosxo’ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalar to taxtga
o’tirgunlariga qadar o’zlariga berilgan uluslarni boshqarib turganlar. O’rta Osiyodagi mahalliy
hokimlarning faoliyatini nazorat qiluvchi amaldor, xoqonning nazoratchisi -“tudun”
deb atalgan.
Turk hoqonligi konfederativ davlat bo’lgan. Turkiylar o’z yurti va davlatini “el” deb
atashgan. Birinchi turk xoqoni Buminxon elxon unvoniga ega bo’lganligi bejiz emas[8,148].
Xoqonlik tarkibidagi ko’plab qabila va elatlarni birlashtirish va boshqarib turish, ulardan
ma’lum miqdordagi soliqlar va o’lponlarni o’z vaqtida yig’ib olish maqsadida xoqonlikda maxsus
ma’muriy va harbiy-siyosiy boshqaruv tizimi joriy etilgan edi.
Davlatni boshqarishda xoqonga uning yaqin qarindoshlari, eng avvalo, hukmron sulola
a’zolari va ular tomonidan barpo etilgan boshqaruv tizimi yordam berar edi. Qadimgi turkiy
bitiklarga ko’ra u 4 ga bo’lingan: qarindoshlar; xoqonga ittifoqdosh bo’lgan qabila va xalqlar;
xoqonning o’ng tomonida o’tiruvchi amaldorlar va ma’muriy xodimlar, xoqonning chap tomonidan
joy olgan amaldorlar va ma’muriy xodimlar[3,11]. Xoqonning qarindoshlari- o’g’illari, amakisi,
jiyanlari va og’a-inilariga tegin unvoni berilgan. Xitoy manbalarining ma’lumot berishicha, qadimgi
turk davlatidagi mansablarning asosiy shtati 28 ta bo’lgan, bunda ularning faqat 5 tasi oliy
mansabdor hisoblangan: Exu (yabg’u), She (shad), Dele (teginlar), Silifa (eltabarlar) va Tutunfa
(tudunlar). Qolgan 23 kichik amaldorlardan iborat bo’lgan. Barcha mansablar meros qilib qoldirilar
edi[2,51-52].
Turk xoqonligi davlatining asosini yer bilan birga xalq tashkil etar edi. O’z davrida O’rta
Osiyoda davlatchilikning mustaqil va an’anaviy shakllarini rivojlantirgan turkiylar davlati mavjud
jamiyatning muayyan ijtimoiy tuzilmalariga va qadimgi turklarning davlat tomonidan tashkil etilgan
hamda nazorat qilinadigan xo’jalik faoliyatiga tayanar edi. Tarixiy adabiyotlarda berilishicha, bu
faoliyatning asosini ko’chmanchi chorvachilik tashkil etgan.
1373
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Chorvador turklarda urug’-qabilachilik an’analari nihoyatda kuchli bo’lib, qabila va urug
jamoalarining asosi katta oilalardan iborat bo’lgan. Ko’chmanchi chorvadorlar xalq ommasini
turklar “budun” yoki “qora budun” deb atashgan[9,148].
Turklardagi qabila va urug jamoalarining katta oilalarida uy qullari ham mavjud bo’lar edi.
Qullarning ko’payishi bilan sinfiy munosabatlar tarkib topa boshlagan. Lekin qulchilik
ijtimoiy hayotga keng kirib kelmagan. Shu bois bo’lsa kerakki, manbalar xoqonlikda qullar
mexnatidan keng foydalanish haqida amalda hech qanday ma’lumot bermaydi. Ayrim
tadqiqotchilarning fikricha, ko’proq ayollar mexnatidan foydalanilgan va qullar asosan uy ishlari
bilan shug’ullanishgan. Ko’pincha jamoada ayollar qul qilib olib ketilar edi. Lekin, qul ayollardan
ham og’ir ishlarda foydalanilmay, balki uy-ro’zgor ishlarida ishlatilinar edi. Qul erkakmi, ayolmi
baribir qochib ketavergan. Qochgan qul ta’qib qilinmagan va uning uchun hech kim tovon
to’lamagan. Turk xoqonligining markaziy boshqaruv tizimi asosan yirik siyosiy davlat tadbirlari
(davlat
osoyishtaligini saqlash, davlat sarhadlarini kengaytirish, soliq tizimi, ichki va tashqi savdo,
diplomatik munosabatlar va bosh.) bilan mashg’ul bo’lib o’zlari zabt etgan hududlardagi boshqaruv
tizimiga ma’lum darajada erkinlik berilgan. Shuning uchun ham Farg’ona, Sug’d, Shosh,
Toxariston, Xorazm va boshqa mulklardagi boshqaruv tartibi asosan mahalliy sulolalar qo’lida
bo’lgan. Misol uchun, Sug’d va Farg’onada oliy hukmdor -“ixshid”, Toxaristonda - “malikshoh”,
Xorazmda - “xorazmshoh”, Keshda - “ixrid”,
Buxoroda - “xudot”, Ustrushonada - “afshin'”, Choch
va Iloqda -“budun” deb atalgan[10,149].
Turk xoqonligi davrida Sug’d hududlariga hozirgi Panjikentdan Karmanagacha bo’lgan
yerlar kirgan. Buxoro esa, VII asrdan boshlab mustaqil mulklar ittifoqidan iborat bo’lgan.
Sug’dning mahalliy hokimlari ayrim vaqtlarda Choch va Xorazmning mustaqil hukmdorlari
birlashar edilar.
Bunday yirik siyosiy birlashmalar ma’lum muddatlarda yirik shaharlarda o’z
qurultoylarini o’tkazib turganlar.
Farg’ona Sug’d siyosiy ittifoqiga kirmagan bo’lib, u alohida mustaqil davlat edi. Uni afshin
boshqargan bo’lib, Farg’onaliklar Tyanshan xalqlari bilan o’zaro aloqada bo’lganlar. Xorazm
boshqa mulklarga nisbatan ancha mustaqil edi. Mamlakatni Afrig’iylar sulolasiga mansub
podsholar boshqarib turgan.
XULOSA
Ta’kidlash lozimki, Turk xoqonligi ma’lum darajada to’liq ishlab chiqilgan jinoiy
qonunchilikka ega bo’lgan. Sodir etilgan jinoyat uchun jazoning asosiy turlari - qatl etish, odam
a’zolarini kesib tashlash, zararni to’lash, mol-mulk tarzida tovon to’lashdan iborat edi. Misol uchun,
manbalarning ma’lumot berishicha, o’lim jazosi davlatga qarshi jinoyatlar uchun (isyon ko’tarish,
sotqinlik) hamda nohaq yoki qasddan odam o’ldirganlik uchun berilgan. O’g’irlik qilgan yoki
buzuqlik qilgan shaxsning qo’li yoki oyog’i kesilgan.
1374
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Shaxsga qarshi qaratilgan boshqa jinoyatlar yetkazilgan zararni o’n barobar qilib to’lash,
jarohat yetkazgani yoxud mayib qilgani uchun mol-mulk tarzida tovon to’lash, qizi, xotinini
qullikka berish, suyagini sindirganlik uchun esa ot berish yo’li bilan jazolanardi.
REFERENCES
1.
Alimova D.A, Rtveladze E.V. O’zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. -T.: “Sharq”,
2001.
2.
Alimova D.A, Rtveladze E.V. O’zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari.-T., “Sharq”,
2001-yil.
3.
Abdurahimova N.A, Isakova M.S, Suleymanova Z.M. Davlat muassasalari tarixi.- T.,
“Sharq”, 2007.
4.
Eshov B. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi.-T., “O’zbekiston Milliy
Universitet”, 2012.
5.
Eshov B. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi.-T., “O’zbekiston Milliy
Universitet”, 2012.
6.
Eshov B. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi.-T., “O’zbekiston Milliy
Universitet”, 2012.
7.
Eshov B. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi.-T., “O’zbekiston Milliy
Universitet”, 2012.
8.
Eshov B. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi.-T., “O’zbekiston Milliy
Universitet”, 2012.
9.
Eshov B. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi.-T., “O’zbekiston Milliy
Universitet”, 2012.
10.
Eshov B. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi.-T., “O’zbekiston Milliy
Universitet”, 2012.
11.
To’Rayev A. I. Buxoro vohasiga turkmanlarning ko’chishi //Science and Education. –
2022. – Т. 3. – №. 4. – С. 134-139.
12.
Ismailovich T. A. Migration of Turkmen Tribes to Zarafshan Oasis: History and
Analysis //Central Asian Journal of Social Sciences and History. – 2021. – Т. 2. – №. 3.
– С. 47-52.
13.
To'rayev A. O’ZBEKLARNING CHORJO’YDAGI HAYOT YO’LLARI //ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023. – Т. 36. – №. 36.
14.
To'rayev A. БУХОРОДАГИ ТУРКМАНЛАРИНИНГ АЪАНАВИЙ ТУРАР
ЖОЙЛАРИ ВА УНДАГИ ЗАМОНАВИЙ ЎЗГАРИШЛАР //ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023. – Т. 35. – №. 35.
1375
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
15.
Тўраев А. И. БУХОРОДАГИ ТУРКМАНЛАРИНИНГ АЪАНАВИЙ ТУРАР
ЖОЙЛАРИ ВА УНДАГИ ЗАМОНАВИЙ ЎЗГАРИШЛАР: Тураев Анвар
Исмаилович, Кафедра “Всеобщей истории” Бухарского государственного
университета старший
преподаватель
//Образование
и
инновационные
исследования международный научно-методический журнал. – 2023. – №. 1. – С.
7-13.
16.
To'rayev A. English Buxorodagi turkmanlarning ananaviy turar joylari va undagi
zamonaviy ozgarishlar //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023. –
Т. 35. – №. 35.
17.
To'rayev A. BUXORO TURKMANLARI BILAN BOG‘LIQ JOY NOMLARI TAHLILI
//ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 14. – №. 14.
18.
To’Rayev A. I., Hayotov F. U. Buxoro vohasi aholisining islom dinini qabul qilishi
//Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 499-504.
19.
To’Rayev A. I. BUXORO VOHASIDA YASHAB KELGAN TURKMANLAR
HAYOTIDA CHORVACHILIKNING O’RNI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №.
1. – С. 1165-1170.
20.
To'rayev A. A ЎҒУЗ ҚАБИЛА ВА УРУҒЛАРИНИНГ ТУРКМАН ХАЛҚИНИ
ШАКЛЛАНИШИДАГИ
ЎРНИ:
Xorijiymaqola
//ЦЕНТР
НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 6. – №. 2.
