Authors

  • Anvar To‘rayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58052

Keywords:

Ahamon parsumi talant Bessmertnix Elamtu Kir Kambiz Doro Frada sak massaget satrap satraplik dinastiya gonsa talan hazorapatu irrigatsion sistema “shoh yo’li”.

Abstract

Ushu maqolada Ahamoniylar davlati tomonidan millodan avvalgi VI-IV asrlarda mustamlaka qilingan hududlardagi ijtimoiy-siyosiy hayot, aholining tirikchilik manbalari va madaniy hayoti atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, eron shahanshohlari ulkan hududlarga cho’zilgan mamlakatni boshqarishda etnik va geografik xilma-xilligini hisobga olib, ularni o’zaro aloqalarini yuqori darajadagi ma’muriy tuzulishni ishlab chiqishgan. Bu ma’muriy birliklarda byurokratik tamoyillarga asoslangan apparat ildiz otganligi hayotning har tomonlarini qamrab olgan bu tizim orqali ma’muriy birliklarni so’zsiz itoatda tutib turish imkonini berar edi.

background image

820

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

O‘RTA OSIYODA AHAMONIYLAR DAVRI DAVLAT BOSHQARUVI

To‘rayev Anvar Ismoilovich

Osiyo xalqaro unversiteti, Tarix va filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14539493

Annotatsiya. Ushu maqolada Ahamoniylar davlati tomonidan millodan avvalgi VI-IV

asrlarda mustamlaka qilingan hududlardagi ijtimoiy-siyosiy hayot, aholining tirikchilik

manbalari va madaniy hayoti atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, eron shahanshohlari ulkan

hududlarga cho’zilgan mamlakatni boshqarishda etnik va geografik xilma-xilligini hisobga olib,

ularni o’zaro aloqalarini yuqori darajadagi ma’muriy tuzulishni ishlab chiqishgan. Bu ma’muriy

birliklarda byurokratik tamoyillarga asoslangan apparat ildiz otganligi hayotning har

tomonlarini qamrab olgan bu tizim orqali ma’muriy birliklarni so’zsiz itoatda tutib turish imkonini

berar edi.

Kalit so’zlar: Ahamon, parsumi, talant, Bessmertnix, Elamtu, Kir, Kambiz, Doro, Frada,

sak, massaget, satrap, satraplik, dinastiya, gonsa, talan, hazorapatu, irrigatsion sistema, “shoh

yo’li”.

GOVERNMENT IN CENTRAL ASIA DURING THE ACHAMONID PERIOD

Abstract. This article provides a comprehensive analysis of the socio-political life,

livelihoods and cultural life of the territories colonized by the Achaemenid state in the 6th-4th

centuries BC. Also, the Iranian shahs, taking into account the ethnic and geographical diversity

in governing a vast country, developed a high-level administrative structure that connected them.

The fact that the apparatus based on bureaucratic principles took root in these administrative

units made it possible to keep the administrative units in unconditional obedience through this

system, which covered all aspects of life.

Keywords: Achaemen, Parsumi, Talent, Bessmertnix, Elamtu, Cyrus, Cambyses, Darius,

Frada, Sak, Massagetae, Satrap, Satrapy, Dynasty, Gonsa, Looting, Hazorapatu, Irrigation

System, "Royal Road".

ГОСУДАРСТВЕННАЯ АДМИНИСТРАЦИЯ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ ВО ВРЕМЯ

АХАМЕНОИДОВ

Аннотация. В данной статье подробно анализируются общественно-

политическая жизнь, источники существования и культурная жизнь населения на

территориях, колонизированных государством Ахеменидов в VI-IV веках до нашей эры.

Также, учитывая этническое и географическое разнообразие страны, иранские

императоры разработали высокоуровневую административную структуру своего

взаимодействия. Тот факт, что в этих административных единицах укоренился аппарат,

основанный на бюрократических принципах, позволил держать административные


background image

821

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

единицы в безусловном повиновении посредством этой системы, охватывающей все

стороны жизни.

Ключевые слова: Ахемен, парсуми, талант, Бессмертникс, Эламту, Кир, Камбис,

Дарий, Фрада, сак, массагет, сатрап, сатрап, династия, гонса, талан, хазорапату,

ирригационная система, «царская дорога».

KIRISH

O’tmishga qadimgi dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, qadimgi sharq imperiya va

boshqa podsholik-u saltanatlari o’zining katta masofalarga cho’zilganligi va ko’p sonli aholiga ega

ekanligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga ular tabiiy geografik sharoiti, til tarkibi, ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanish darajasi va madaniyati jihatdan bir xil bo’lmagan xalqlarni o’z qo’l ostida

birlashtirib, ular ustidan hukmronlik qilishgan. Yuqorida aytib o’tilgan davlatlarning tayanchi

biror ma’lum bir vaqt barqaror boshqaruvining sababi sifatida ba’zilar qudratli qo’shinni ko’rsatsa,

boshqalar bu davlat tarkibidagi xalqlar bir-biriga yaqin va doimiy aloqada ekanligi hamda ular

rivojlanish darajasi deyarli bir xil ekanligini ta’kidlashadi. Sharqda qadimgi davlatlar chegaralari

atrofida yashovchi aholining kamchiligi bir tilda gaplashgan. Qadimda faqatgina bir nechta

davlatlarda butun aholi bir tilda so’zlashgan. Yoki teskarisi, masalan Ahamoniylar imperiyasi juda

ulkan hududni egallagan bo’lib, undagi xalq, elat, qabila-yu, qavmlar ko’p sonli va turli tilda

so’zlashar edilar.

ASOSIY QISM

Qadim zamonlardan boshlab Urmiya ko’lining janubiy tomonlarida parsua qabilalari

yashar edilar mil.avv. VIII-VII asrlarda ular Elamga ko’chib ahamun urug’idan chiqqan sardor

atrofida birlashganlar, ular dastlab podsholari Kayxusraf I ( Kir I) davrida osuriyaga, Kambiz I

davrida (mil. avv. 600-559) Middiyaga itoat etganlar. Kambiz I bilan Midiya shohi Asteagning

qizi o’rtasidagi nigohdan Kir II (Kayxusraf II ) dunyoga keladi. Kambiz II vafot etgach Parsua

taxtiga Kir II o’tirib, mil.avv. 559-yilda Pasargada shahrini qurdirib, uni davlat poytaxtiga

aylantiradi. Mil. avv. 553-549-yillar mobaynida olib borilgan urushlarda Kir II bobosi Asteag

qo’shinlarini yengib, Midiya va Elamni parsuaga qo’shib oladi. Shu tariqa Ahamoniylar sulolasi

asos solgan Ahamoniylar ya’ni Eron davlati tashkil topadi. Bu davlat qariyb ikki yuz yil

mobaynida yashagan. Uning hududlari Misrdan to shimoli-g’arbiy Hindistonga qadar cho`zilgan

edi. Ahamoniylar davlati poytaxti Pasargad, Persopol, Suza shaharlari bo`lgan. Forslarga qadar

Suzada elamitlar yashaganlar. Forslar dastlab faqat Janubiy Eron hududlarida yashaganlar.

So`ngra ular butun Eron hududini egallaganlar. Ariylar qabilalari joylashgan yurt keyinchalik Eron

deb atalgan[1,130].

Kir II g’arbda Lidiya shohi Krass qo’shinlarini, shimolda armanlarni yengib, butun kichik


background image

822

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Osiyoni bosib oladi. Lidiya poytaxti Sard talanib, shoh Krass asir olinadi va o’ldiriladi, shundan

so’ng Geradodning xabar berishicha “… Kir II yo’lida Bobil, Baqtriya xalqi, sak va misrliklar

turar edi”. Mil. avv. 545-530-yillar oralig’ida Eron shohi Bobilni ham bosib olib Hind

daryosigacha bo’lgan yerlarni istelo qiladi. Mil. avv. 530-yilda Kir II O’rta Osiyo ko’chmanchilari

massagetlar bilan bo’lgan jangda o’ldiriladi. Kir II o’ldirilgach, Eron taxtiga uning o’g’li Kambiz

II o’tiradi. “… shundan so’ng Kambiz II bor e’tiborini g’arbga tomon qaratadi va natijada

milloddan avvalgi 525-yilda Misr bosib olinadi”. Uning Efiopiyaga uyushtirgan harbiy urushi

muvafaqiyatsiz tugaydi. U Misrda ekanida Gaumatta boshliq eroniylar isyon ko’taradi. Isyonni

bostirish uchun Erondan qaytayotganda Kambiz II o’ldiriladi (522-yil) shundan so’ng Eron taxtiga

Gaumatta o’tirib, 7 oy podsholik qiladi. Behistun yozuvlarida (1, 50 51) “Xalq qo’rqardi”

Gaumatadan. Hattoki, ko’pchilik Fors xalqi birlashib Doro huzuriga kelishadi va uni taxtga

o’tkazish kerakligini aytishadi. Shunday qilib Midiyada o’ldirilgani qayt etilgan bu voqealardan

ko’p o’tmay mil. avv. 522-yil 29-sentabrda fitnachilar tomonidan o’ldiriladi, undan so’ng Eron

taxtiga Ahamoniylar urug’idan bo’lgan Doro I o’tiradi. ( Mil. avv. 522-486-yillar ) Doro I

podsholigini dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, O’rta Osiya va boshqa hududlarda boshlangan

qo’zg’alonlarni shavqatsizlik bilan bostiradi. Manbalarda, Doro I hukmronligining dastlabki

yillarida bu

haqda Doro shunday deydi. “… Qachonki men buyuk shahanshoh Gaumatani

o’ldirganimda, faqat bitta Asina ismli kishi Upadarmining o’g’li menga qarshi chiqib Elamda o’z

hukumdorligini boshladi. U xalqqa shunday dedi …men elam hukmdoriman. Shundan so’ng

isyonchi elamliklar Asinani hukmdor deb tan olishdi. …men u yerga “gonsa”

1

yubordim. Asina

tutub keltirildi va men uning boshini oldim. Ahamoniylar davri aynan Doro I davrida o’z

qudratining cho’qqisiga erishdi desak xato bo’lmas. U mamlakatda osoyishtalik o’rnatgandan

so’ng qator sohalarda islohotlar o’tkazdi. Biz hozir Doro I umuman Ahamoniy hukmdorlar

boshqaruvi davrida O’rta Osiyo va O’rta Osiyodagi ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, harbiy va ma’muriy

masalalarga to’xtalib o’tamiz, bularning barchasi Eron shohlarining ayniqsa Doro I ning

islohotlariga bog’liqdir.

Eron shahanshohlari ulkan hududlarga cho’zilgan mamlakatni boshqarishda etnik va

geografik xilma-xilligini hisobga olib, ularni o’zaro aloqalarini yuqori darajadagi ma’muriy

tuzulishni ishlab chiqishgan. Bu ma’muriy birliklarda byurokratik tamoyillarga asoslangan apparat

ildiz ottirildi, sababi hayotning har tomonlarini qamrab olgan bu tizim orqali ma’muriy birliklarni

so’zsiz itoatda tutib turish imkonini berar edi. Bularning barchasi uchun asosiy narsa poytaxt

hisoblanar edi. Poytaxt har qanday buyuk imperiyalarda ham ma’muriy, ma’daniy va tranzit

aloqalar markazi hisoblanadi. Poytaxt mamlakatning barcha shahar-u qishloqlarini o’ziga

1

Elam va Midiya tillarida mavjud. Lekin Fors tilida tarjimasi yo’q. Taxminiy fikrlarga ko’ra “qo’shin” bo’lishi kerak

degan fikrlar mavjud.


background image

823

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

birlashtirgan bo’lsada, unda o’ziga xos boshqa joylarga o’xshamagan madaniy yo’nalish me’moriy

uslubi bo’ladi. Eronliklar shunday moliya va ma’muriy aparat yaratgan edilarki bu orqali

imperiyaning barcha hududlariga bir xil boshqaruv tizimi oqali boshqarishar edi.

Shoh Doro I mamlakatni satrapliklarga o’lpon to’lovchi okruglarga bo’ladi. Satrapliklar

hozigi viloyatlarga o’xshaydi. Ahamoniylar davlatida ular bosib olingan davlat hududiga to’g’ri

keladi. Masalan Misr bunga misol bo’la oladi.

O’rta Osiyo hududi ahamoniylar tomonidan 3 ta satraplikka bo’linib idora etilgan. Baqtriya

Marg’iyona bilan birgalikda12-satraplikni tashkil etgan. U podsho xazinasiga yiliga 360 talan

jarima to’lagan. Parfiya, Xorazm, So’g’d va Areya birgalikda 16-satraplikni tashkil etgan va yiliga

300 talan jarima to’lagan. Saklar va kaspiylar esa 15-satraplik bo’lib, ular Doro I xazinasiga yiliga

250 talan jarima to’lagan[2,133].

O’rta Osiyodagi umumiy barcha satraplar o’z hududlaridagi eng qiyin va qattiq hujjat va

sud ishlarini ham olib borishgan. Satrap (O’rta Osiyadagi) mahalliy zodagon rasmiylarga soliqlar

yig’ilishini, xazina hisob kitobini ishongan. Bundan tashqari ular jarchilik, tergovchilik va kotiblik

ishlarini ham yuritganlar.

O’sha paytda ish yuritishda Bobil usuli tanlangan edi hujjatlarda esa oromiy yozuvida

Ahamoniylar davrida oromiy yozuvi qadimiy Akkadning mixxat yozuvi siqib chiqardi. Va

natijada oromiy yozuvi Osiyoda xalqaro savdo va

diplomatik tilga aylandi. Ko’p sonli aholi

ahvoli va byurokratiyani (qonuniylikni) nazorat qilish maqsadida saroyda maxsus tekshiruv

guruhi “shohning ko’zi va qulog’i” bir vaqtning o’zida qadimiy va yashirin politsiya tuzildi. Bu

maxsus gurux mamlakatning barcha mamlakatlarida faoliyat olib borgan. Ular hatto satrap va

harbiy qo’mondonlarni ham nazorat qilib turishgan. O’rta Osiyadagi satrapliklar aniqrog’i XVI

satraplik tarkibiga kiruvchi Pafiya janubiy Turkmaniston va shimoliy-sharqiy Eronning ma’lum

hududlarida joylashgan edi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Parfiya yirik shaharlarni o’zida

birlashtirgan harbiy-ma’muriy markaz sifatida muhim rol o’ynagan. Midiya manbalarida Parfiya

o’ziga qo’shni bo’lgan ko’chmanchi oaziv qabilalari bilan yaxshi aloqada bo’lganligi va ular bilan

to’g’ridan to’gri savdo ayirboshlash ishlarini olib borganligi qayt etilgan. Milloddan avvalgi 549-

yil Elam bosib olingandan keyin ikki yil mobaynida Ahamoniylar qo’shini oldingi Midiya davlati

tarkibiga kiruvchi Parfiya, Girkaniya, Arman xududlarini bo’ysuntirishga kirishganligi

manbalarda ham qayd etilgan.

Miloddan avvalgi VII asrning 40-30-yillarida Ossuriya podshosi Ashshurbanipal Elam

davlatini tor-mor qilgach, forslar Elam hukmronligidan ozod bo`lib Midiyaga qaram bo`ladilar.

Mil. avv. VI asrda forslar Midiya Hukmronligini ag`darib tashladilar va uni davlatlari tarkibiga

qo`shib oldilar. Mil. avv. 599-yilda Fors podshosi bo`lgan Kayxusrav I keyingi ikki yil davomida

Parfiya va Girkaniyani bosib oladi. Mil. avv. 545-539-yillarda Kayvusrav hozirgi Afg`oniston,


background image

824

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

O`rta Osiyo yerlarini bosib oladi. Fors davlati hududi Hindistonning shimoliy-g`arbiy

chegaralarigacha, Hindikushning janubiy yon bag`irlari va Sirdaryo havzalarigacha yetdi.

Kayxusrav shimoliy-sharqiy yo`nalishlarda o`z ta`sirini mustahkamlagach, Bobilga yurish qiladi.

539-yilda 2 oy davomida avgust-sentabr oylari Bobil yerlari bosib olinadi. Bobil podsholigi

rasman saqlab qolinadi, uning ijtimoiy tuzilmasi o`zgartirilmaydi. Bobil shahri Fors podsholari

turadigan qarorgohlardan biriga aylanadi. Bobil davlat apparatida bobilliklar yetakchi o`rinda

qolaveradi, bobilliklarning qadimgi diniy e`tiqodlariga fors podsholari homiylik qiladilar.

Parfiya deyarli barcha satrapliklarda “shohning qulog’i va ko’zi” (militsiya)ning ishi

yaxshi va samarali bo’lishi uchun ”shoh yo’li”ni tamirlash ishlari olib borilgan. Ularga qum

sepilib, ustidan tosh yotqizilgan. Savdo yo’li bo’lmish ,”shoh yo’li”ning bir qismi aslida asosiy

qismi O’rta yer dengizidan Eron poytaxtigacha, “miloddan avvalgi VI-IV asrlarda sharqning

buyuk davlati Eron Ahomoniylar davlati hududida savdo yo’li “shox yo’li” nazarda tutilmoqda.

O’rta yer dengizi bo’ylaridagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxti Suza oldinroq Persopol

tutashtirgan” Parfiya orqali ham o’tardi

.

Shu savdo yo’lida Parfiya yo’lida ko’plab karvon saroy

ko’prik va hammasidan ham qizig’i qurilgan inshootlarni doimo habiylar qo’riqlab turganlar bular

asosan tovarlar saqlanadigan omborlar bo’lgan.

Asli Parfiya qay tarzda ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida gapiradigan

bo’lsak, Midiya hukmdori Astiag (miloddan avvagi 625-584) davrida mustaqillikka erishadi va

yunon tarixchisi tili bilan aytganda “o’z yurtlarini saklarga topshiradi”[3,43]. Xorazm bilan ittifoq

tuzib Midiyaga qarshi kurashga shaylanayotganda Midiya davlati qulaydi. (Miloddan avvalgi 550-

yil) Miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Parfiya ahamoniylar qo’l ostiga tushadi va

saltanatning XVI okrugi tarkibiga kiradi[4,43].

Ahamoniylar davlati tarkibidagi deyarli bir xil boshqaruv tizimi joriy etilgan edi.

Parfiyadan shimolroqda Murg’ob vohasida Marg’iyona joylashgan edi. Marg’iyona suvga boy

hudud hisoblanadi. O’sha davrlarda miloddan avvalgi VI-IV asrlar Marg’iyonada juda mukammal

rejalashtirilgan irrigatsion sistema asosida sug’orish inshootlari qurilgan bo’lgan. Marg’iyonada

tokzorlar juda ko’p bo’lganligi hamda bog’dorchilikdan tashqari dehqonchilining taraqqiy etishiga

ham manashu sug’orish tizimi asos vazifasini bajargan.

O’rta Osiyodagi muhim viloyatlardan biri shubhasiz, Baqtriya bo’lib, uning muhimigini

shunda ko’rish mumkun-ki, uni yo taxt vorisi yo shoh qarindoshi boshqargan. Ahamoniylarning

Baqtriya bilan ilk munosabatlari to’g’risida ma’lumotlar yetarli deb bo’lmaydi. Doro davriga kelib

esa Baqtriya qat’iy ravishda Ahamoniylar qo’l ostidagi mulklar qatoriga sanab o’tiladi

2

.

Doro Baqtriyaga o’z noibi qilib fors Dodarshishni tayinlagan. Geradod qiziq bir ma’lumot

2

Bu yerda e’tibor Behistun yozuvlariga qaratilgan. Geradodning “Tarix” asarida satrapliklar soni va hududi haqida

boshqacha ma’lumotlar keltirilgan.


background image

825

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

qoldirgan. Kir va uning o’g’li Kambiz hukmdorligi davrida qaram mamlakatlardan muayyam bir

soliq olinmagan. Biroq bir tobe mulklardan ularga sovg’a-salomlar yuborib turilgan. “Doroni

forslar savdogar deyishlariga sabab, deb yozadi Geradod: - u birinchi bo’lib soliq tizimini joriy

etganligidir”[5,35]. Baqtriya mustahkam qo’rg’oni eslatgan. Ahamoniylar undan shimoli-sharqiy

hududlarni boshqarishda tayanch sifatida foydalanishgan. Doro I soliq siyosatini o`zgartiradi.

Yangi umumdavlat soliq tizimi shakllantiradi. Har bir viloyat yer hajmi va hosildorlik darajasiga

ko’ra qat’iy belgilangan soliq to’lovini amalga oshirishi shart bo`lgan. Ilk bor ayrim ibodatxonalar

o’zlariga qarashli yerlardan soliq to’lashga majbur qilindi. Soliq to’lovi sifatida yig’ilgan pullar

bir necha o’n yillar podsho xazinasida saqlangan. Faqat ularning bir qismi xarajatlar uchun

ishlatilgan. Shu boisdan savdo uchun tanga pul doimo taqchil bo`lgan. Bu hol

tovar-pul

munosabatlarining rivojlanishiga to`sqinlik qiladi va natural xo`jalikni saqlanishiga olib keladi.

Forslarning o`zlari pul to`lovidan ozod bo`lib, natural to`lovga tortilganlar. Qolgan qaram

xalqlar har yili 7740 Bobil kumush talanti (232200 kg) miqdorda soliq to`laganlar. Pul-tovar

munosabatlarini rivojlanishi pul islohotiga sabab bo`lgan. Miloddan avvalgi 517-yildan so`ng

Doro I butun mamlakat miqyosida yagona pul birligi fors pul tizimining asosi 8,4 gr og`irlikdagi

tilla tanga "darik" ni joriy qiladi[8,12].

Bizga ma’lumki Doro I islohotlaridan so’ng mamlakat satrapliklarga bo’lindi. Va shu

Satrapliklarni ma’muriy va harbiy vakolatga ega bo’lgan satrap boshqarardi. Lekin keyinchalik

harbiy vakolat undan olib tashlandi ( o’zi boshidan deyarli bunday vakolat kam berilgan). Harbiy

boshliq lavozimi joriy qilinadi. Bu ikki mansab ustida maxfiy politsiya nazorat olib borgan.

Ahamoniylar davlatida eng yuqori darajadagi ishlar bilan xususan barcha davlatlardagi shohning

yaqinlari hamda davlat lavozimida ishlaydigan shaxslarning (xatto forslarning) ustidan ishonchli

bo’lgan Hazarapatu (ming boshi), bir paytning o’zida shohning shaxsiy gvardiyasining bosh

qomondoni bo’lgan lavozim nazorat olib borgan. Shunday bo’lsada, aynan Baqtriyaga kelganda,

bu masalaga shubha qilish mumkin. Manbalarda keltirilishigcha, Baqtriyaliklar boshqa xalq

vakillari bilan tezda til topishib, ittifoq tuzishga usta bo’lgan ekanlar shuning uchun ham bu yerda

boshqaruvchi sifatida faqat forslar (asosan taxt vorisi yoki shaxzodalar) tayinlangan. Baqtriya

haqida gap ketar ekan shuni ta’kidlab o’tish lozimki miloddan avvali V asrda Baqtriyada tanga,

pullar chiqarila boshlangan. Bu esa asta-sekin shimoliy hududlarda hukmron tabaqa mavqei tushib

borganini ko’satadi.

Baqtriyadan shimolda So’g’diyona joylashgan edi. So’g’diyona Zarafshon va

Qashqadaryo vohalarini o’z ichiga olib poytaxti Maroqanda

3

bo’lgan.

3

Maroqanda Arian va K.K.Rufning xabar berishicha Maroqantda mustahkam qal’a edi. Harbiy qurollar orqali qal’a

himoya qilinar edi, qal’a 13 km devor bilan o’rab olingan. Uning maydoni 50-70 ga bunday ulkan shahar aniq
Ahamoniyar davrida bunyod etilgan.


background image

826

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Ahamoniylarga tobe bo’lgan yana bir hudud Xorazm hisoblanadi. Ahamoniylar tobeligiga

tushib qolganligi to’g’risida aniq bir ma’lumot berilmaydi ammo Doroning buyrig’i bilan zagros

qoyasiga ( Erondagi Kirmonshoh shahridan 30 km masofada joylashgan) o’yib bitilgan yozuvga

ko’ra Xorazm, So’g’diyona, Ariya, Parfiya Ahamoniylarga qaram 23 viloyat (Satrapiya) qatorida

sanab o’tiladi ayni guvohliklarni Pernopoldagi (Erondagi Sheroz shahridan shimolda taxminan 50

km masofada joylashgan, 520-450-yillar orasida qurilgan) yozuvlardan ham topish mumkin[6,30].

Lekin

Doro I ning qabir toshi bitiklarida Ahamoniylar saltanatida tobe mamlakatlar ro’yxatida

So’g’diyona, Ariya va Parfiya kiritilgan xolos. Xorazm esa bu qatorda yo’q. Geradod qoldirgan

ma’lumotlarda aytilishicha Parfiya, Xorazm, So’g’diyona, Ariya ahamoniylarga qaram XVI

okrugni tashkil etib, yiliga 300 talant soliq to’lab turganlar[7,30].

Miloddan avvalgi 520-yil Elamliklar 3 marta Forslarga qarshi chiqdilar va bu haqda

Behistun yozuvlarida shunday xabar qilinadi. Elam deb nomlanmish davlatda isyon bo’ldi

Elamliklar Atamanta ismli shaxsni o’zlarining hukmdori deb elon qilishibdi shundan so’ng men

qo’shin yubordim. Meni xizmatimdagi Gaubaruva ismli forsni ularga boshliq qildim. U

Elamliklar bilan uzoq urushdi. Keyin Gaubaruva Elamliklarni tor-mor qildi va yanchib tashladi,

ularni boshlig’ini ushlab meni oldimga olib keldi va men uni “o’ldirtirdim shundan so’ng

mamlakat meniki bo’ldi” . Shu tariqa butun O’rta Osiyo ahamoniylar qo’l ostida o’tdi ajdodlarimiz

o’z erki uchun doimo kurashib kelgan. Shu misolda Fradani olishimiz mumkin. Tarixchilarning

xabar berishicha eng ko’p odam o’ldirilgan joy Marg’iyona bo’lgan ekan (qo’zg’olonni bostirish

paytida 55 ming kishi o’ldirilgan 6972 asir qilingan).

Ahamoniylar davlat boshqaruvi shakliga ko’ra zo’rlikka asoslangan, tuzilishi

markazlashgan initar (oddiy) shaklda edi. Butun hokimiyat podshoh qo’lida edi u davlatni kuchli

markaziy davlat apparatiga tayangan holda boshqargan. Davlat apparatida podshohdan keyin

ikkinchi o’rinda hazorapat (ming boshliq) turgan. U barcha davlat organlariga va mansabdor

shaxslar faoliyatining nazorati hamda markaziy devon boshqaruvini yuritgan. Podshohning

shaxsiy qo’riqchilariga boshliq bo’lgan hamda podshohga kelgan shikoyat va arizalar haqida

ma’lumot berib borgan. Markaziy devonga kotiblar taftishchilar podshohga ma’lumot yig’ib

keluvchilar apoqa xizmati xodimlari va boshqalar bo’ysungan.

Ahamoniylardan Doro I mamlakatni mustahkamlash uchun qator islohotlar o’tkazadi. U

bosib olingan hudud ustidan nazorat o`rnatadi, soliqlar yig`imini tartibga soladi. U davlat hududini

satrapiya deb atalgan ma`muriy soliq okruglariga bo`ladi. Bunda asosan miqdori talan

4

bilan

belgilanganligini ko’rishimiz mumkin. Satrapliklar o’z hajmi jihatdan ilgarigi katta davlatlar,

4

Talan soliq miqdori- 1 talan 34 kg gat eng bo’lgan. Ammo bu pul birligi B. Eshovning asarida 1 talan 30 kg

kumushga teng bo’lganligi ko’rsatilgan. Sagdullayev A, Aminov B, Mavlonov O’, N. Norqulovlarning O’zbekiston
tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti kitobida 1 talan 25.92 kg kumushga tengligi ko’rsatilgan.


background image

827

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

provinsiyalardan ham katta bo`lgan. Satrapliklar ichida avtonom o’z-o’zini boshqaradigan qabila

va shaharlar Finikiya, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari ham mavjud bo`lgan. Forslar Finikiya

shaharlarining ichki ishlariga aralashmaganlar va buning evaziga ular ahamoniylarni oxirigacha

qo`llab-quvvatlaganlar. Satraplik lavozimiga forslar tayinlanadigan bo`ladi. Kayxusrav va Kambiz

davrida satrap qo`l ostida fuqarolik va harbiy hokimiyat to`plangan edi. Bu haqida satrap

Gobriyning Bobil, Suriya va yuqori Mesopotamiyadagi bir vaqtning o`zida fuqarolik va harbiy

noib vazifasini bajargani to`g`risida aniq ma`lumotlar bor. Satrap va harbiy boshliqlar markaziy

hokimiyatni podshoning va ayniqsa uning maxfiy xizmatining doimiy nazorati ostida bo`lganlar.

Chunki viloyat satraplari doimo mustaqillikga erishishga harakat qilib, ajralib chiqish xavfini

tug`dirganlar. Davlat boshqaruvi va barcha amaldorlar ustida oliy nazorat “xazorapat” deb atalgan

mansabdor qo`lida bo`lgan. U bir vaqtning o`zida “o`n ming o’lmas” podsho shaxsiy

gvardiyasining boshlig`i bo`lgan. Islohotlar natijasida markaziy podsho konselariyasi bilan katta

byukrokratik apparat vujudga kelgan. Davlat boshqaruvi poytaxt Suzada bo`lib, podshoning bosh

qarorgohi Persopol bo`lgan.

Miloddan avvalgi 522-521-yillarda anchagina hududlarni bosib olib yoki ko’tarilgan

qo’zg’alonlarni bostirib bo’lgan Doro I islohotlar qila boshlaydi. Yuqorida ma’muriy jihatdan

satrapiyalarga bo’linganligini gapirib bo’lgan edik. Endi uni barcha sohalardagi islohotlarni

gapirib o’tsak. Boshqaruv tizimida qonunlarni joriy etish maqsadida bir guruh qonunshunoslarni

yig’ib qadim Misr hududidagi qonunlarni barchasini yetarlicha yaxshi o’rganib hamda o’zining

yangi qonunlari uchun asos bo’lgan Hamurapi qonunlari bilan birga butun imperiya hududida

bo’ysunishi shart bo’lgan barcha qonunlarni ishlab chiqdi. Doro I soliq tizimini joriy etib, o’z

boyligini ko’paytiradi. Satrapliklardan qancha miqdorda soliq olishini Doro I o’zi belgilagan edi.

Bu belgilagan miqdor to ahamoniylar davlati qulaguncha qadar o’zgarmadi. Soliq yig’ib olish

anchagina shavqatsiz kechgan.

Forslarning qudratini dunyoga ularning armiyasi orqali bilishadi. Ahamoniylar armiyasi

asosini forslar va middiyaliklar tashkil etgan, ular armiya safida 20 yil mobaynida xizmat ilganlar.

Forslarning harbiy qudratini sharqiy eronliklar va shimoli-sharqiy hududdagi jangchilar saqlab

turishgan. Forslarning otliq qo’shini asosini O’rta Osiyolik saklar tashkil etgan. Harbiy hayotda

saklar butun Ahamoniylar davlati faoliyati davomida otliq qo’shindagi ustunlikni hechkimga

bermaganlar. Forslar armiyasida 10 ming kishidan tashkil topgan “Bessmertnix” o’lmaydiganlar

guruhi bo’lgan. Jangladagi forslarning g’alabasini aynan ular taminlashgan. Hokimiyatdagi

boshqaruv haqida gapiradigan bo’lsak barcha sud ishlarini satraplar nazorat qilgan, tergov va

tekshiruv ishlari esa ishonchli mahalliy zodagonga yuklangan. Yo’llarning tamirlanganligi karvon

saroylarning qurganligi aloqa tizimini yaxshi ishlashiga zamin yaratgan.

Qo’shin otliq va piyoda harbiy qismlardan tashkil topgan. Otliq qismlar-zodagonlardan;


background image

828

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

piyodalar-dehqonlardan olingan. Bu ikkala qismlarning uyg`un harakati urushlarda g`alabani

qo`lga kiritishga sabab bo`lar edi. Piyoda qo`shinning asosiy quroli kamon, suvoriyning qurol-

aslahasi temir sovut, jez qalqon va ikki temir nayza ham bo`lgan.

XULOSA

Qo’shinning eng ilg’or qismi o`n ming “o`lmas” askarlarining birinchi mingtasi faqat fors

aslzodalari vakillaridan iborat bo`lib, podshohning shaxsiy qo`riqchilari hisoblanganlar. Qolgan

qismlari turli fors, elam qabilalaridan to`ldirilgan.

Bosib olingan mamlakatlarda qaram aholining qo’zg’olonlarini bostirish maqsadida

qo’shinlar joylashtirilgan. Misr va Bobilda 10-12 ming kishilik qo’shin turgan. Davlat

chegaralarida harbiylarga yer berilib harbiy gornizonlar joylashtirilgan. Bevosita xizmatda bo`lgan

harbiylar har oyda mahsulot bilan ish haqi olganlar. Iste’foga chiqgan askar oilasi bilan asosan

kichik yer ulushidan kun ko’rgan, savdo va turli hunarlar bilan shug’ullangan.

REFERENCES

1.

Asqarov A.A. O’zbekiston tarixi. -T.: “O’qituvchi”, 1994. –B. 210.

2.

Asqarov A.A. O’zbekiston tarixi. -T.: “O’qituvchi”. 1994. –B. 210.

3.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. -T.: “Sharq” 2000. –B. 313.

4.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. -T.: “Sharq” 2000. –B. 313.

5.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. -T.: “Sharq” 2000. –B. 313.

6.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. -T.: “Sharq” 2000. –B. 313.

7.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. -T.: “Sharq” 2000. –B. 313.

8.

Karimov Sh, Shamsiddinov R. Vatan tarixi. –T.: 1997. –B. 345.

9.

Ismailovich, T. A. (2021). Migration of Turkmen Tribes to Zarafshan Oasis: History and

Analysis.

Central Asian Journal of Social Sciences and History

,

2

(3), 47-52.

10.

To'rayev,

A.

(2023).

O’ZBEKLARNING

CHORJO’YDAGI

HAYOT

YO’LLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

36

(36).

11.

To'rayev, A. (2023). БУХОРОДАГИ ТУРКМАНЛАРИНИНГ АЪАНАВИЙ ТУРАР

ЖОЙЛАРИ ВА УНДАГИ ЗАМОНАВИЙ ЎЗГАРИШЛАР.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

35

(35).

12.

To'rayev, A. (2023). English Buxorodagi turkmanlarning ananaviy turar joylari va undagi

zamonaviy ozgarishlar.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

35

(35).

13.

To'rayev A. BUXORO TURKMANLARI BILAN BOG ‘LIQ JOY NOMLARI TAHLILI

//ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 14. – №. 14.

14.

To’Rayev A. I., Hayotov F. U. Buxoro vohasi aholisining islom dinini qabul qilishi

//Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 499-504.


background image

829

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

15.

To’Rayev A. I. BUXORO VOHASIDA YASHAB KELGAN TURKMANLAR

HAYOTIDA CHORVACHILIKNING O’RNI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №.

1. – С. 1165-1170.

16.

To'rayev A. A ЎҒУЗ ҚАБИЛА ВА УРУҒЛАРИНИНГ ТУРКМАН ХАЛҚИНИ

ШАКЛЛАНИШИДАГИ ЎРНИ: Xorijiymaqola //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz). – 2020. – Т. 6. – №. 2.

17.

Toshpo’latova,

S.

(2024).

TARIX

FANINI

O’QITISHDA

SAMARALI

METODLAR.

Modern Science and Research

,

3

(11), 774-782.

18.

Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS.

Журнал универсальных

научных исследований

,

2

(5), 453-462.

19.

Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR.

Modern Science and

Research

,

3

(5), 522-529.

20.

Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot

District.

Modern Science And Research

,

3

(5), 148-151.

21.

Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL

MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT.

Modern Science and Research

,

3

(2), 447-450.

22.

Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of

Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology.

SPAST

Reports

,

1

(7).

23.

Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology.

European Journal Of Innovation In

Nonformal Education

,

4

(3), 432-437.

24.

Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO

XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI.

Innovations in Technology and

Science Education

,

2

(8), 1214-1222.

25.

Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani.

Modern

Science and Research

,

3

(2), 87-93.

26.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara.

Modern Science

and Research

,

3

(2), 1004-1011.

27.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics.

Modern Science and Research

,

3

(2), 500-507.

28.

Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology.

Modern Science and Research

,

3

(1),

504-510.

29.

Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life.

American Journal of

Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769)

,

1

(10), 655-659.


background image

830

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

30.

Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of

Tajiks In The Works Of MS Andreyev.

International Journal Of History And Political

Sciences

,

3

(12), 42-47.

31.

Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career.

Modern Science and

Research

,

2

(12), 801-807.

32.

Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony.

International

Journal Of History And Political Sciences

,

3

(11), 17-23.

33.

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF

THE WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI".

Modern Science and

Research

,

2

(9), 404-409.

34.

Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL

CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN

THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV.

Modern Science and Research

,

2

(10), 291-

299.

35.

Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE

TAJIKS OF AFGHANISTAN.

Modern Science and Research

,

2

(9), 84-89.

36.

Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of

Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”.

International Journal of

Intellectual Cultural Heritage

,

3

(1), 12-16.

37.

Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak”

Marosimining Etnologik Tahlili.

Scholar

,

1

(28), 395-401.

References

Asqarov A.A. O’zbekiston tarixi. -T.: “O’qituvchi”, 1994. –B. 210.

Asqarov A.A. O’zbekiston tarixi. -T.: “O’qituvchi”. 1994. –B. 210.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. -T.: “Sharq” 2000. –B. 313.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. -T.: “Sharq” 2000. –B. 313.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. -T.: “Sharq” 2000. –B. 313.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. -T.: “Sharq” 2000. –B. 313.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. -T.: “Sharq” 2000. –B. 313.

Karimov Sh, Shamsiddinov R. Vatan tarixi. –T.: 1997. –B. 345.

Ismailovich, T. A. (2021). Migration of Turkmen Tribes to Zarafshan Oasis: History and Analysis. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 2(3), 47-52.

To'rayev, A. (2023). O’ZBEKLARNING CHORJO’YDAGI HAYOT YO’LLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 36(36).

To'rayev, A. (2023). БУХОРОДАГИ ТУРКМАНЛАРИНИНГ АЪАНАВИЙ ТУРАР ЖОЙЛАРИ ВА УНДАГИ ЗАМОНАВИЙ ЎЗГАРИШЛАР. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).

To'rayev, A. (2023). English Buxorodagi turkmanlarning ananaviy turar joylari va undagi zamonaviy ozgarishlar. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).

To'rayev A. BUXORO TURKMANLARI BILAN BOG ‘LIQ JOY NOMLARI TAHLILI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 14. – №. 14.

To’Rayev A. I., Hayotov F. U. Buxoro vohasi aholisining islom dinini qabul qilishi //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 499-504.

To’Rayev A. I. BUXORO VOHASIDA YASHAB KELGAN TURKMANLAR HAYOTIDA CHORVACHILIKNING O’RNI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 1. – С. 1165-1170.

To'rayev A. A ЎҒУЗ ҚАБИЛА ВА УРУҒЛАРИНИНГ ТУРКМАН ХАЛҚИНИ ШАКЛЛАНИШИДАГИ ЎРНИ: Xorijiymaqola //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 6. – №. 2.

Toshpo’latova, S. (2024). TARIX FANINI O’QITISHDA SAMARALI METODLAR. Modern Science and Research, 3(11), 774-782.

Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS. Журнал универсальных научных исследований, 2(5), 453-462.

Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR. Modern Science and Research, 3(5), 522-529.

Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot District. Modern Science And Research, 3(5), 148-151.

Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT. Modern Science and Research, 3(2), 447-450.

Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology. SPAST Reports, 1(7).

Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology. European Journal Of Innovation In Nonformal Education, 4(3), 432-437.

Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI. Innovations in Technology and Science Education, 2(8), 1214-1222.

Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani. Modern Science and Research, 3(2), 87-93.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara. Modern Science and Research, 3(2), 1004-1011.

Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics. Modern Science and Research, 3(2), 500-507.

Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology. Modern Science and Research, 3(1), 504-510.

Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 655-659.

Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of Tajiks In The Works Of MS Andreyev. International Journal Of History And Political Sciences, 3(12), 42-47.

Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career. Modern Science and Research, 2(12), 801-807.

Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony. International Journal Of History And Political Sciences, 3(11), 17-23.

Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF THE WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI". Modern Science and Research, 2(9), 404-409.

Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV. Modern Science and Research, 2(10), 291-299.

Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE TAJIKS OF AFGHANISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 84-89.

Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(1), 12-16.

Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak” Marosimining Etnologik Tahlili. Scholar, 1(28), 395-401.