1378
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
AN’ANAVIY DEHQONCHILIK TARIXI VA DEHQONCHILIK XO’JALIGI BILAN
BOG‘LIQ MAROSIMLAR
To‘rayev Anvar Ismoilovich
Osiyo xalqaro unversiteti, Tarix va filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15257751
Annotatsiya.
O’zbek xalqi asrlar davomida o’zining mehnatkash xalq ekanligi bilan
shuhrat qozonib kelgan xalqlardan biri bo’lib hisoblanadi. Davrlar mobaynida mehnat
faoliyatida shunday o’zgarishlar sodir bo’lganki, aholining ish faoliyati bevosita diniy udumlar
bilan omixtalashib mehnat bilan bog’liq urf-odatlarning paydo bo’lishiga zamin yaratgan.
Maqolada dehqonchilik xo’jaligi, dalalarda ish boshlanishi, yerga ilk bor urug’ qadash
munosabati bilan maxsus marosimlar uyushtirish odati shakllanib, davrlar o’tishi bilan keng
ommalashib borish bilan bo’liq ma’lumotlar manbalar orqali yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
O’rta Osiyo, oziq-ovqat, an’ana, urf -odat, ziroatchilik, Zamonbobo,
Zarafshon, Moxondaryo, Gujayli, ovchilik o’yinlari, Poykand, “Qovun sayli”, “Shamol momo”,
“Navro’z”, “Yig’in”, “Yoshlarni paxtakorlar safiga qabul qilish marosimi” , “Oq oltin karvoni”,
“Birinchi gul”, “Moshoba bayrami”.
HISTORY OF TRADITIONAL FARMING AND CEREMONIES RELATED TO
FARMING
Abstract.
The Uzbek people are one of the nations that have been famous for their
hardworking people for centuries. Over time, such changes have occurred in labor activity that
the work of the population directly mixed with religious customs, creating the basis for the
emergence of labor-related customs. The article provides information on the formation and
widespread popularity of the tradition of organizing special ceremonies on the occasion of
farming, the beginning of work in the fields, and the first planting of seeds in the ground.
Keywords:
Central Asia, food, traditions, customs, agriculture, Zamonbabo, Zarafshon,
Mokhondaryo, Gujayli, hunting games, Poykand, “Melon Festival”, “Shamol Momo”, “Navruz”,
“Yig’in”, “Ceremony of accepting young people into the ranks of cotton farmers”, “White Gold
Caravan”, “First Flower”, “Mashoba Festival”.
ТРАДИЦИОННАЯ ИСТОРИЯ ЗЕМЛЕДЕЛИЯ И ЦЕРЕМОНИИ, СВЯЗАННЫЕ С
ЗЕМЛЕДЕЛИЕМ
Аннотация.
Узбекский народ — один из народов, который на протяжении веков
славился своим трудолюбием. Со временем в трудовой деятельности произошли такие
изменения, что трудовая деятельность населения напрямую переплелась с религиозными
обрядами, создав основу для возникновения трудовых обычаев.
1379
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
В статье на основе источников приводятся сведения о формировании и широком
распространении традиции организации специальных обрядов, посвященных началу
земледелия, полевых работ и первой посадке семян в землю.
Ключевые слова:
Центральная Азия, еда, традиции, обычаи, сельское хозяйство,
Замонбабо, Зарафшон, Мохондарьё, Гуджайли, охотничьи игры, Пойканд, «Праздник
дыни», «Шамол момо», «Навруз», «Йигин», «Церемония принятия молодежи в ряды
хлопкоробов», «Караван белого золота», «Первый цветок», «Праздник Машоба».
KIRISH
Hozirgi kunda dehqonchilik yurtimizning ilg’or soha tarmoqlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Ushbu xo’jalik faoliyati bilan O’rta Osiyo aholisining talaygina qismi qadim-qadimdan
buyon shug’ullanib kelishmoqda.
ASOSIY QISM
Ma’lumki, ibtidoiy davr odamlarining ilk mashg’uloti termachilik bo’lgan. Chunki,
insonlar tabiatda bor ne’matlarni terib olib iste’mol qilishgan. Bu davr kishilari dov -daraxtlarning
to’kilgan mevalari, o’simliklarning donlarini terish bilan mashg’ul bo’lishi bu sohaga oid odat,
o’yin-musobaqa, bazm-ziyofat, marosimlarni vujudga keltirgan. Qariyalar yosh bolalarga meva
terishni o’rgatishga harakat qilishgan. Chunki, qariyalarga daraxtni shoxlarida turib, meva terish
oson bo’lmagan. Bolalarda esa bunday serharakat ishga moyillik bo’lgan. Bundan foydalangan
qariyalar bolalarga meva terishni o’yin sifatida o’rgatishgan va shu tarzda ularni mehnatga
tayyorlashgan. Keyinchalik meva terish mashq emas, balki maxsus o’yin-musobaqa sifatida ham
tashkil qilingan[9,23]. Yashash uchun kurash jarayonida odamlar qanchalik aql-zakovatni ishlatib
mehnat qilishsa, qiyinchiliklar davomida orttirgan tajribalaridan to’g’ri xulosa chiqarib
foydalanishsa, shuncha ko’p muvaffaqiyatlarga erishishgan. Aksincha mehnat qilmay, tajriba
orttirmaganlar oziq-ovqatsiz och qolib ketishgan. Insonlar yegulik sabab ham mehnat qilishga
majbur bo’lishgan.
Gerodot massaagetlarning terimchilik davridan qolgan o’ziga xos bir marosimi haqida
quyidagicha yozadi: “Ular ba’zi daraxtlarning mevalarini bir joyga to’p-to’p qilib uyishgan. So’ng
gulxan yoqib, uning atrofiga davra qurib o’tirishgan va o’sha mevalarni olovga tashlashgan.
Keyin olovda yonib turgan mevalarni hidlab, ularning hididan, xuddi ellinlar vinodan mast
bo’lganiday kayf qilishgan. Olovga qancha ko’p meva tashlansa, ularning kayf qilishi shuncha
kuchaygan. Shunda ular o’yinga tushib, qo’shiq ayta boshlashgan”. Bu marosim massagetlarda
o’yin, raqs, qo’shiq aytish san’ati ham rivojlanganidan dalolat beradi[10,23]. Demak, an’ana, urf -
odatlar yaqin o’tmishda vujudga kelgan emas, balki odamzod paydo bo’lgan davrlardan boshlab
paydo bo’lib rivojlanib kelayotgan ijtimoiy hodisadir.
1380
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Xususan, Buxoro vohasida dehqonchilik madaniyatining paydo bo’lishida Zarafshon
daryosining o’rni beqiyosdir. Chunki, daryo bo’ylab joylashgan bu vohaning o’zi, Zarafshonning
ko’pgina mingyilliklar mobaynida oqizib kelgan loyqa yotqiziqlari tufayli vujudga kelgan. Uning
toshqinlaridan hosil bo‘lgan son-sanoqsiz irmoqlar, ko‘l va ko‘lmaklar esa voha tabiatining
shakllanishi va uning o‘zlashtirilib obod etilishida, dehqonchilik madaniyatining rivojlanishida
muhim ahamiyat kasb etgan.
Ziroatchilarning miloddan avvalgi 3 -2 mingilliklarga oid qadimiy maskanlaridan boʻlgan
Zarafshon vohasidagi Zamonbobo ko’lining shimoliy sohilida qayd etilgan ibtidoiy
dehqonlarning qabristoni hamda ko‘ldan 500 m sharqda Gujaylining qurib qolgan qadimgi
o‘zani yoqasida kovlab ochilgan turar joy xarobalari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Zamonbobolik
ibtidoiy dehqonlar qabristonini o‘rganishda atoqli arxeolog Yа.G‘ulomovning xizmatlari
e’tiborga molik. Yоdgorlik Yа.G‘ulomov tarafidan 1951-1953-yillar davomida qazib
o‘rganildi[4,42]. Moxondaryo va Gujayli o’zanlarining yuqori qismi hamda Poykand atroflarida
bir necha yillar davomida 30 dan ortiq qadimiy yodgorliklar arxeologlar olimlar tomonidan topib
o’rganilgan. Bu yodgorliklar o’troq dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan aholiga
mansub bo’lgani aniqlangan.
Zamonbobo manzilgohi haqida ko’pgina qarashlar mavjud. Misol uchun, A.Asqarovning
takidlashicha, Zamonbobo madaniyati janubning o’troq dehqonchilik jamoalari ta’sirida
shakllangan, u xonaki chorvachilik va motiga dehqonchiligi bilan kun kechirgan Buxoroning tub
mahalliy aholisiga mansub bo’lib, dastavval u miloddan avvalgi II mingyillikning birinchi yarmi
bilan sanalgan. Keyinchalik Surxondaryo vohasida qadimgi o’troq dehqonchilikning “Sopolli
madaniyati”ga mansub qator osori atiqalarning topilib tadqiq etilishi bilan Zamonbobo madaniyati
davriga birmuncha aniqlik kiritilib, hozirgi vaqtda u miloddan avvalgi II mingyillikning ikkinchi
yarmi bilan belgilanmoqda[11,26].
Dehqonchilik Buxoro vohasining qadimdan shug’ullanib kelinadigan xo’jalik tarmog’i
bo’lib hisoblanadi. Bu faoliyat turi bilan bog’liq o’ziga xos mavsumiy an’ana va odatlar keng
ko’lamda nishonlanib kelinmoqda. “Urug’ qadash marosimi”, “Qovun sayli”, “Shamol momo”,
“ Navro’z ”, “Yig’in”, “Yoshlarni paxtakorlar safiga qabul qilish marosimi” , “Oq oltin karvoni”,
“Birinchi gul”, “Moshoba bayrami” kabi dehqonchilikka oid marosimlar bunga yaqqol misoldir.
Ma’lumki, dehqonlarning hayotida eng quvonchli voqea hosilni yig’ish va yangi noz -
ne’matlarni tatib ko’rish jarayoni bo’lgan. Bayram kayfiyati vujudga keltirgan ko’tarinki
kayfiyatni harakatlarda aks ettirish maqsadida kishilar o’yinlar va marosimlarni tashkil etganlar.
“Mehnat o’yinlari” yaxshi kayfiyat, ya’ni keng ma’noda aytganda, bayram holatini vujudga
keltirgan.
1381
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Bronza davrlaridan boshlab o’troq dehqonchilikning vujudga kelishi va uning tez
rivojlanishi natijasida bahorda mehnat mavsumiga kirish, kuzda hosilni yig’ib olish yakuniga
bag’ishlangan bayramlar, ulardagi o’yinlar shu tariqa yuzaga kelib yillar o’tishi bilan an’anaga
aylana boshlagan. Demak, “insonning birinchi kasbi” -ovchilik asosida “ovchilik o’yinlari”
vujudga kelgan bo’lsa, uning dehqonchilikka o’tishi va u bilan shug’ullanishi natijasida “mehnat
o’yinlari” shakllandi[2,10].
Umar Hayyom bergan ma’lumotlarga aosolanib, shuni aytish mumkinki, 26 asrdan buyon
bahor faslida nishonlanib kelinayotgan Navro’z dehqonchilik bilan uzviy bog’liq bayram bo’lib
hisoblanadi. Chunki, fasllar kelinchagi bo’lmish bahor kelishi bilan havolar isib, yerlarga gul va
ko’chatlar o’tqazish uchun dehqonlar tomonidan dalalarni ekinga tayyorlash, agrotexnika va
moddiy resurslarni taxt qilish, mahalliy o’g’it to’plash, ariq va zovurlarni tozalash kabi ishlar
bajariladi. Ayniqsa, ariq -zovurlarni tozalashga alohida ahamiyat qaratiladi. Bunday ishlarga
yakka xo’jaliklarning qudrati yetmaganligidan butun qishloq yoki tuman aholisi kuchi va mehnati
bilan hashar yordamida amalga oshirilgan. Dehqonchilik kasbiga oid eng muhim marosimlardan
biri dalaga qo’sh qo’sh chiqarish bilan bog’liq “shoxmoylar” alohida quvonch va tantana bilan
nishonlanadi. Odatda, dalaga qo’sh chiqarish kunini qishloqdagi tajribali dehqon (oqsoqol)
belgilab bergan. Shoxmoylar dushanba, chorshanba va juma kunlaridan biriga to’g’ri kelishi
lozim bo’lgan, chunki bu kunlar dehqonlar tasavvurida baxt, omad keltiriladigan kunlar
hisoblangan. Asosan, qo’sh chiqarish Navro’z kunlari boshlangan, ammo yerlar pishib yetishsa,
ob -havoga qarab Navro’zga qadar ham o’tkazilgan[7,101].
Bahor fasli kelishi bilan, dehqonlar mavsumiy ekin ishlariga sho’ng’ib ketishsa, bolalar
bahoriy o’yinlarni o’ynash bilan ovora bo’lishar edi. Masalan, bahorda Buxoroda “Sayli guli
surh”, Toshkentda esa lola sayli marosimlarida ko’plab bolalar o’yinlari uchraydi, binafsha terish
marosimi va u bilan bog’liq o’yinlar, Navro’zda yangi yil kirib kelishi bilan bog’liq o’yinlar,
yomg’ir yog’ishi bilan bog’liq o’yinlar va hokazolar o’tkaziladi[1,18].
Qadim zamonlardan beri navro’zi olam bahor va dehqonchilik bayrami sifatida tantana
qilinib kelingan. Ajdodlarimizning yangi mehnat yili ham navro’zdan, ya’ni yangi kundan
boshlangan. An’anaga ko’ra, dehqon navro’zda yoki navro’z arafasidagi chorshanba kuni dalaga
qo’sh chiqargan. Chunki chorshanba chosh, ya’ni baraka kuni, shu bois ekin - tekin ishlari o’sha
kuni boshlansa, hosil mo’l bo’ladi deb ishonganlar. Qishloq ahli yig’ilishib, eng yaxshi
ho’kizlardan bir juftini omochu bo’yinturug’i bilan dalaga olib chiqishardi. “Bu yil mo’l -
ko’lchilikda yashaylik, serobchilik bo’lsin, oyog’ing tekkan joyga baraka bersin” -deb navro’zga
atab pishirilgan bo’g’irsoq yog’i bilan ho’kizlarning shoxini moylashgan. Sumalak pishirish
uchun undirilgan maysadan ozginasini ho’kizga yedirishgan. Qishloq keksalaridan biri Bobo
Dehqon bo’lib, dalada birinchi qo’sh soladi.
1382
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Shu tariqa ko’klamga ekish ishlari boshlab yuboriladi. Navro’zda yerga ilk bor qo’sh
solish va dehqonchilik boshlanishi haqida xilma - xil xalq qo’shiqlari yaratilgan. Kun bo’yi
omochdan qo’li bo’shamagan dehqon bahor, mehnat va mo’l hosil haqida qo’shiq hirgoyi qilgan.
Ayniqsa, ilgarilari ko’klamgi ekish pallasi dehqonga qo’sh qanot bo’lgan ho’kizlariga
bag’ishlangan satrlar g’oyat jozibali….[3,71].
Tarixiy adabiyotlarda keltirilishicha, xalqimizda qadimdan dalalarda ish boshlanishi, yerga
ilk bor urug’ qadash munosabati bilan maxsus marosimlar uyushtirish odati shakllanib, davrlar
o’tishi bilan keng ommalashgan edi. Bizning davrimizga kelib, jamiyatdagi o’zgarishlar tufayli bu
xalq odatlari ma’lum ma’noda o’z mavqeyini, tantanavorligini yo’qotgan bo’lsa-da, uning
zaminida paxta yetishtiriladigan mintaqalarning ba’zi joylarida zamonaviy “urug’ qadash”
marosimi vujudga kelmoqda[5,255]. Hozirgi kunga kelib qadimgi amallar yangilanib,
zamonaviylashib bormoqda. Dehqon, paxtakorlar tomonidan yerga urug’ qadala boshlanishi bilan,
ular uchun mehnat mavsumi boshlanib ketadi. Madaniyat xodimlarining bu boradagi vazifasi ilk
urug’ qadash marosimini mehnat bayramiga aylantirib, ko’tarinki kayfiyatda nishonlashdan
iboratdir.
Respublikamizning ilg’or jamoalarida “urug’ qadash” (“chigit ekish”) bayrami ko’pgina
joylarda o’ziga xos qiziqarli uslubda tashkil etiladi[6,255]. Urug’ qadash marosimining ko’tarinki
kayfiyatda o’tkazilishiga sabab shundan iboratki, dehqon, traktorchilarni ekin ishlarini
boshlashdan oldin yaxshi niyat va duolar ila boshlab, yangi hosil yili davomida yaxshi kayfiyatda
o’tishiga yordam beradi.
Dehqonchilik ishlarini olib borishda ekinlarga o’g’itlar berish bilan birgalikda vaqtida
sug’orish ham katta ahamiyatga ega bo’lgan. Qurg’oqchilik yillarida muhim marosimlardan biri
yomg’ir chaqirish urf -odatlari ham qadimdan saqlanib kelgan. Lalmikor dehqonchilik bilan
shug’ullanuvchi aholi uchun bahor hamda yozning ilk oylarida yomg’irga kata ehtiyoj seziladi.
O’zbeklar va boshqa O’rta Osiyo xalqlari tabiiy, ya’ni yomg’ir suvlari bilan sug’oriladigan
ekinlarni lalmi (qayroqi) deb nomlagan. Bunday dehqonchilik yog’ingarchilik bo’lmagan oylarda
xavf ostida qolgan. Shuning oldini olish maqsadida o’tkaziladigan maxsus marosimlardan “sust
xotin”, “suv xotin”, “chala xotin” kabi yomg’ir chaqirish udumlari keng tarqalgan[8,102].
XULOSA
Qadim zamonlardan to yaqin 50 -60 yillargacha yomg’ir chaqiruvchi kishilar suvni asrash
haqida ham o’rnakli so’zlar, qo’shiqlar aytishgan. Ular asosan ayollardan iborat edi. Qorako’l,
Navoiy, G’ijduvon, Shofirkon tumanlarida yomg’ir chaqiruvchilar “qo’g’irchoq -bibi” (“zochak -
bibi”) yasashgan va uni ko’tarib, uyma -uy yurishgan hamda “Guldurmomo”, “Sust xotin”, “Suv
xotin”, degan qo’shiqlarni aytishgan. Uy egalari ularga bug’doy berishgan va bir ko’za yoki bir
oftoba suvni ustlariga sepib yuborishgan.
1383
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Yomg’ir chaqiruvchi ayollar xonadon sohiblari bergan bug’doydan halisa(halim) pishirib,
o’sha xonadondagilarga va xaloyiqqa tarqatishgan. Ularning tinimsiz mehnat va astoydil
intilishlari albatta yomg’ir keltirar ekan.
REFERENCES
1.
Atoyev A, Salimov G’. Xalq milliy harakatli o’yinlari. “Buxoro”. 2005. –B. 180.
2.
Atoyev A, Salimov G’. Xalq milliy xarakatli o’yinlari. “Buxoro”. 2005. -B. 180.
3.
Mirzayev T, Jo’rayev M.. Navro’z.”Fan”. 1992. -B.189.
4.
To’rayev Halim. Buxoro tarixi. Buxoro.: Durdona nashriyoti, 2020. -B. 345.
5.
Usmon Hosil. Odatnoma. II qism. -T.: “O’zbekiston”, 2018. – B. 279.
6.
Usmon Hosil. Odatnoma. II qism. -T.: “O’zbekiston”, 2018. –B. 279.
7.
Жабборов И. Ўзбеклар: турмуш тарзи ва маданияти: T.: “Ўқитувчи”, 2003 – Б. 223.
8.
Жабборов И. Ўзбеклар: турмуш тарзи ва маданияти: T.: “Ўқитувчи”, 2003. –Б. 223.
9.
Қорабоев Усмон. Ўзбек халқи байрамларию -Т.: Шарқ, 2002. –Б. 198.
10.
Қорабоев Усмон. Ўзбек халқи байрамлари- Т.: Шарқ, 2002. -Б. 198.
11.
Мухаммаджонов А. Қадимги Бухоро. -T.: “Фан” –Б. 48.
12.
To’Rayev A. I. Buxoro vohasiga turkmanlarning ko’chishi //Science and Education. –
2022. – Т. 3. – №. 4. – С. 134-139.
13.
To‘rayev A. O ‘ZBEKISTON HUDUDIDA QADIMGI DAVLAT VA DAVLAT
MUASSASALARINING VUJUDGA KELISHI //Modern Science and Research. – 2025. –
Т. 4. – №. 1. – С. 723-729.
14.
To‘rayev A. O ‘RTA OSIYODA AHAMONIYLAR DAVRI DAVLAT BOSHQARUVI
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 820-830.
15.
To‘rayev A. BUXORO VOHASI HUNARMANDLARINING KASBIY TARIXIDAGI
URF-ODAT VA UDUMLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. –
С. 633-642.
16.
To‘rayev A. BUXORODAGI ME’MORIY OBIDALARNING QURILISHIDA SHARQ
VA G’ARB AN’ANLARINING UYG’UNLIGI //Modern Science and Research. – 2024. –
Т. 3. – №. 11. – С. 842-849.
17.
Ismoilovich T. A. Xorijiy Tadqiqotchilarning Asarlarida Buxoro Voha Aholisi Etnik
Tarkibining Bayon Qilinishi //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 52. – С. 455-459.
18.
Ismoilovich T. A. ZARAFSHON VOHASI DEHQONCHILIGINING TARIXIY
ILDIZLARI //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 44. – С. 405-408.
1384
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
19.
Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN
THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of
Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.
20.
Asror o’g’li A. A. History of Afghanistan-Bukhara Relations in the Process of
Incorporation of Bukhara Emirate into Russian Customs System //American Journal of
Social and Humanitarian Research. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 339-342.
21.
Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF
INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of
Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.
22.
Ahmadov A.
XX ASR BOSHLARIDA
BUXORO VA AFG’ONISTON
EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. – Т.
4. – №. 1. – С. 842-845.
23.
Ahmadov A. BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI
XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 1304-1308.
