Авторы

  • Shavkat Djabborov
  • Inomjon Nabiyev
  • Yoldoshxuja Sultonxujaev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.43816

Ключевые слова:

G‘allada paxta va ekinlaridan sifatli xosil olishda almashlab ekish va agrotexnikada xar xil xaydash usullarini joriy qilish.

Аннотация

Xozirgi kunda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishda tuproq unumdorligini yanada yaxshilash maqsadida takroriy ekinlarni agrotexnikada xar xil xaydash usullarini joriy qilish g‘o‘zani o‘sishida hosildorligini oshirishda mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Asosan paxta g‘alla ekilib kelinmoqda, olimlarimizning ilmiy tadqiqotlariga ko‘ra, faqat g‘o‘za-g‘alla almashlab ekish tizimini qo‘llash natijasida tuproqning agrokimyoviy xususiyatlari bir oz pasayishi kuzatiladi. G‘alladan bo‘shagan maydonlarga beda, dukkakli-don, sabzavot, yem xashak va boshqa tuproq unumdorligini yaxshilovchi ekinlar ekish ulardan keyinggi ekilgan ekinlarga ijobiy ta’sir etishi urganilib kelinmoqda.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

228

O‘DK-635.31.

KUZGI BUG’DOY ANG‘IZIDA TAKRORIY EKINLARNI XAR XIL XAYDASH

USULLARIDA G‘O‘ZANI SIFATLILI YETISHTIRISH O‘SISHI VA

RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Djabborov Shavkat Razzoqovich

Toshkent davlat agrar universiteti dotsent.

djabborov86@mail.ru

Nabiyev Inomjon Ziyoviddin oʻgʻli

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.

nabiyev@mail.ru

Sultonxujaev Yoldoshxuja Usmonxuja ug’li

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.

sultonxujayev@mail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13911485

Annotatsiya. Xozirgi kunda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishda tuproq unumdorligini

yanada yaxshilash maqsadida takroriy ekinlarni agrotexnikada xar xil xaydash usullarini joriy
qilish g‘o‘zani o‘sishida hosildorligini oshirishda mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanishga
qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilib, muayyan natijalarga erishilmoqda.

Asosan paxta g‘alla ekilib kelinmoqda, olimlarimizning ilmiy tadqiqotlariga ko‘ra, faqat

g‘o‘za-g‘alla almashlab ekish tizimini qo‘llash natijasida tuproqning agrokimyoviy xususiyatlari
bir oz pasayishi kuzatiladi. G‘alladan bo‘shagan maydonlarga beda, dukkakli-don, sabzavot, yem
xashak va boshqa tuproq unumdorligini yaxshilovchi ekinlar ekish ulardan keyinggi ekilgan
ekinlarga ijobiy ta’sir etishi urganilib kelinmoqda.

Kalit so‘zlar: G‘allada paxta va ekinlaridan sifatli xosil olishda almashlab ekish va

agrotexnikada xar xil xaydash usullarini joriy qilish.

EFFECT OF QUALITY CULTIVATION OF COTTON ON THE GROWTH AND

DEVELOPMENT OF DIFFERENT METHODS OF SOWING REPEATED CROPS IN

WINTER WHEAT

Abstract. Currently, in order to further improve the soil fertility in the planting of

agricultural crops, the introduction of various tillage methods in agrotechnics, the effective use of
mineral fertilizers in the growth of cotton, and certain results are being achieved.

Cotton and grain are mainly planted, according to the scientific research of our scientists,

only as a result of using the cotton-grain rotation system, a slight decrease in the agrochemical
properties of the soil is observed. Planting alfalfa, legumes, vegetables, fodder and other soil
fertility-improving crops on areas freed from grain is studied to have a positive effect on the next
crops.

Keywords: Introduction of crop rotation and different plowing methods in agrotechnics to

obtain quality harvest from cotton and grain crops.

ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВЕННОГО ВЫРАЩИВАНИЯ ХЛОПКА НА РОСТ И

РАЗВИТИЕ РАЗЛИЧНЫХ ПРИЕМОВ ПОСЕВА ПОВТОРНЫХ ПОСЕВОВ

ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

229

Аннотация. В настоящее время в целях дальнейшего повышения плодородия почвы

при посеве сельскохозяйственных культур внедряются в агротехнику различные способы
обработки почвы, эффективное использование минеральных удобрений при выращивании
хлопчатника и достигаются определенные результаты.

В основном сеют хлопок и зерно, по научным исследованиям наших ученых, только

в результате применения системы хлопко-зернового севооборота наблюдается
незначительное снижение агрохимических свойств почвы. Изучено положительное
влияние на последующие посевы посев люцерны, бобовых, овощных, кормовых и других
культур, улучшающих плодородие почвы, на освобожденных от зерновых площадях.

Ключевые слова: Внедрение севооборота и различных способов вспашки в

агротехнику для получения качественного урожая хлопка и зерновых культур.

Xozirgi asosan paxta g‘alla ekilib kelinmoqdaki, qator olimlarimizning ilmiy

tadqiqotlariga ko‘ra, faqat g‘o‘za-g‘alla almashlab ekish tizimini qo‘llash natijasida tuproqning
agrofizik va agrokimyoviy xususiyatlari bir oz pasayishi kuzatiladi. G‘alladan bo‘shagan
maydonlarga beda, dukkakli-don, sabzavot, yem xashak va boshqa tuproq unumdorligini
yaxshilovchi ekinlar ekish ulardan keyinggi ekilgan ekinlarga ijobiy ta’sir etishi isbotlangan.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston «G‘alla» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab

chiqilgan tavsiyaga ko‘pa bug‘doyni o‘sib turgan, lekin, paxtasi terib olingan g‘o‘za orasiga ekish
usuli qo‘llanilib, yaxshi samara bermoqda. Bunda resurs tejamkor texnologiya hisobiga iqtisodiy
samaradorlik oshmoqda. Kuzgi bug‘doyni lalmi yerlarnnig tekislik va do‘ngli tekislik zonalarda
toza shudgorga, undan yuqoriroq zonalarda toza shudgordan tashqari, band shudgorga ekish
foydali hisoblanadi.

Bundan tashqari g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekilishi chorva

mahsulotlarining ko‘payishi hamda organik o‘g‘itlarga bo‘lgan talab birmuncha qondirilishiga
olib keladi. Kuzgi bug‘doyni etishtirish texnologiyasi: Almashlab ekishdagi o‘rni. Kuzgi bug‘doy
tuprokning unumdorligiga, begona o‘tlardan toza va nam bilan yaxshi ta’minlangan tuproqlarga
talabchandir. Barqaror mo‘l hosil olish uchun kuzgi bug‘doyni almashlab ekishda to‘g‘ri
joylashtirish muhim ahamiyatga ega. 14 kuzgi bug‘doy sug‘oriladigan yerlarda ertagi ekinlardan
bo‘shagan yerlarga kelasi yili takroriy ekin sifatida ekilishi kerak. Yerni ishlash.

Kuzgi bug‘doy ekiladigan yerlarni undan oldin shu maydonda qanday ekin ekilganligi va

dalaning begona o‘tlardan qay darajada tozaligiga qarab ishlanadi. Bug‘doyni optimal muddatda
ekish va yerni yaxshi ishlash uchun oldingi ekindan bo‘shagan maydonlar sug‘oriladi. Tuproq
yetilgandan so‘ng 4 va 5 korpusli ag‘darma pluglar yordamida 30-35 sm chuqurlikda haydash
kerak, so‘ngra boronalanadi va mola bostiriladi. Yerlar notekis bo‘lsa tekislanadi. Shudgorlangan
maydon og‘ir boronalar yoki zichlagichlar (katoklar) bilan zichlanishi kerak, aks holda kuzgi-
qishgi sharoitlarda zichlannsh natijasida bug‘doy maycalapi va o‘simliklari siyraklashadi va nobud
bo‘ladi. Sho‘rlangan yerlarga kuzgi bug‘doy ekishdan oldin tuproq sho‘ri yuviladi.

O‘g‘itlash. Kuzgi bug‘doy yerning unumdorligiga talabchan bo‘ladi. Rejalashtirilgan

hosilni olish uchun yerga solinadigan o‘g‘itlar me’yori agrokimyoviy kartogramma
ma’lumotlariga asosan yerlardan hosil bilan chiqib ketadiganoziq moddalar, ekin o‘zlashtiradigan
oziq elementlar va yerga solingan o‘g‘itmiqdoriga qarab aniqlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

230

Shu nuqtai nazardan markaziy Farg‘onada joylashgan qum tepaliklari tekislanib

dehqonchilik

qilinayotgan

yerlarda

mo‘l

hosil

yetishtirish

agrotexnologiyalarini

takomillashtirishga asoslangan ilmiy tadqiqotlar olib boriloqda. Ilmiy tadqiqotlarimiz Andijon
viloyati Ulug‘nor tumani “Mingchinorda oltin xirmon” f/x dalalarida olib borilib, Markaziy
Farg‘onadagi qumlarning genezisi va ulardan foydalanish to‘g‘risida M.Mujchinkin,
V.M.Legostaev, Q. Mirzajonov, G‘.Yuldashev, B.Muxiddinov, G‘.Tolipovlar tomonlaridan keng
qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.

Markaziy Farg‘onada joylashgan qum tepaliklar, barxanlar va ularning geografiyasi haqida

shunday tavsilotlari bo‘yicha, bu qum tepaliklar Tojikiston Respublikasining Xo‘jand viloyatidan
boshlanib (ularning bir qismi Qayroqqum suv ombori tagida qolib ketgan) Farg‘ona viloyati
Beshariq tumanidan boshlanib, Andijon va Namangan viloyatining markaziy Farg‘onada
joylashgan yerlarida tugaydi[1].

Eng katta qum tepaliklari, barxanlar “Qoraqalpoq dashti” da joylashgan, bu qumlarning

kelib chiqishi (genezisi) allyuvial va allyuvial-eol jarayonlari mahsulidir. Natijada erozion
jarayonlar kuchayishi tufayli haydaladigan yerlar tuprog‘idan mayda zarralar supurilib,
o‘choqlarda qum to‘planib, antropogen genezisga mansub qum tepaliklar va qum barxanlari
qo‘shilgan.

Markaziy Farg‘onada joylashgan antropogen omillar ta’sirida paydo bo‘lgan qum

tepaliklar 1970 yillarda o‘zlashtirilgan, shu maydonlarda hozirgi kunda dehqonchilik qilinib
kelinmoqda. Bizning tadqiqotlarimiz kuzgi g‘alladan bo‘shagan maydonlarga har-xil usulda
haydov o‘tkazib, takroriy ekinlarni yetishtirish va takroriy ekinlardan qoladigan organik qoldiqlar
hisobiga tuproqning agrofizik, agrokimyoviy xossalarining yaxshilanishi hamda g‘o‘zadan
olinadigan xosilning qaysi haydov chuqurligi va qaysi takroriy ekindan keyin ekish maqbul
ekanligini aniqlashdan iborat.

Bir qator olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra,

g‘alla g‘o‘za navbatlab ekish tizimida kuzgi

bug‘doydan keyin tuproqning 0-30 sm qatlamida chirindi miqdori dastlabki miqdorga nisbattan
0,008 % ga, azot miqdori 0,013 % ga, fosfor miqdori 0,002 % ga kamayganligi aniqlangan[2].

Kuzgi bug‘doy

ang‘iziga dukkakli don ekinlardan mosh ekilganda ushbu ko‘rsatgichlar

moshni ekishdan oldingi ko‘rsatgichlarga nisbatan (fosfordan tashqari ) tegishli ravishda 0,034 va
0,011 % ga ko‘payganligi kuzatildi.

Doim paxta yetishtirilgan variantda dastlabki miqdorga qaraganda chirindi miqdori 0,031

% ga, azot miqdori 0,027 % ga, fosfor miqdori 0,014 % ga, surunkasiga g‘alla ekilgan variantda
esa ushbu ko‘rsatgichlar dastlabki miqdorlarga nisbatan 0,020 % -0,019%-0,011 % ga
kamayganligi aniqlandi.

Navbatlab ekishning 2:1(2 don :1 g‘o‘za) tizimida 2 yil ketma – ket g‘alla ekilganda

tuproqdagi ozuqa moddalar 1 yil g‘alla ekilgan variantdagi ozuqa moddalarga qaraganda oz
miqdorda kamayganligi kuzatildi. Bu esa kuzgi bug‘doyning ang‘iz va ildiz qoldiqlari
mikrobiologik jarayonlar natijasida parchalanishidan xosil bo‘lgan ozuqa moddalar evaziga sodir
bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Qisqa qilib aytganda, gumus miqdori rotatsiya oxiriga kelib,
navbatlab ekishning 2:1 tizimida 0,022 % ga, azot miqdori 0,021 % ga, 1:2 tizimda esa ushbu
ko‘rsatgichlar tegishli ravishda 0,027 % va 0,031 % ga kamayganligi kuzatildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

231

Demak, navbatlab ekishning 2:1 (2 don :1 g‘o‘za) tizimida 1:2 (1 don :2 g‘o‘za)

tizimidagiga nisbatan tuproq unumdorligi birmuncha saqlanib qolinishiga, 1:1 (don:g‘o‘za)
tizimida esa kuzgi bug‘doydan keyin dukkakli don ekin-mosh ekilishi tuproq unumdorligining
oshishiga olib keldi.

Shuningdek dukkakli don ekini moshning ekilishi nazorat variantidagiga nisbatan 5,3 s/ ga,

2:1 navbatlab ekish tizimidagiga nisbatan 3,1 s/ga, 1:2 ekish tizimidagiga nisbatan 4,4 s/ga, paxta
navbatlab ekishning 2:1 tizimida kuzgi bug‘doydan 3,7-3,5 s/ ga, 1:2 tizimida esa 9,8 s/ga
qo‘shimcha don xosili olishga zamin yaratilganligini o‘zlarining ilmiy ishlarida bayon
qilganlar[2].

G‘alladan so‘ng takroriy ekinlar ustida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra,

Surxondaryo ilmiy-

tajriba stansiyasining tajriba dalasi tuprog‘i taqirsimon tuproq, mexanik tarkibi og‘ir, sizot suvlari
2-3 metrda joylashgan, kam sho‘rlangan, gumus va boshqa oziqa moddalar bilan kam
ta’minlangan. Tajriba dalalarida olib borgan tadqiqotlarida tuproqning hajm massasi ekish oldidan
tuproqning 0-30 sm qatlamida ,24 -1,31 g/sm

3

va haydov osti qatlamida 1,40 -1,42 g/sm

3

va kuzda

aniqlanganda tuproq zichligi 0-30 sm qatlamida 1,31-1,33 g/sm

3

va haydov osti qatlamida 1,40 -

1,43 g/sm

3

ekanligi aniqlangan [3].

Tuproqning haydov osti qatlamidagi namligi va tuproq zichligi, tuproq qatlamlari orasida

farq qilishi, kuzgi bug‘doydan so‘ng ekilgan takroriy, oraliq va siderat ekinlari tuproqning
agrofizikaviy xossalarini yaxshilanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Olimlarimiz o‘tkazgan tadqiqotlaridan
ko‘rinib turibdiki kuzgi g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlardan dukkakli don, oraliq
va siderat ekinlari ekish tuproqning agrofizik va agrokimyoviy xususiyatlarini yaxshilashini
isbotlangan.

Tuproqqa ishlov berish usullari va takroriy ekinlarning g‘o‘zani o‘sishi va rivojlanishiga

ta’siri, kuzgi bug‘doydan keyin 30 sm haydab takroriy ekin soya va mosh ekib, yaratilgan fonga
ekilgan g‘o‘zaning gullash va hosil to‘plash bosqichlarida takroriy ekinlarning ta’siri sezilib turdi.

Tadqiqot natijalar tahlili.

Jumladan, 1-iyul kuzatuvlarida aniqlanishicha, hosil shohlarining shakllanishi va

shonalarning ko‘payishi, kuzgi bug‘doydan keyin 30 sm ga haydab, takroriy soya va mosh ekilgan
fonlardagi o‘simliklarida kuzatildi. Bunda bosh poya balandligi 65,5-67,0 sm ni tashkil etib,
nazorat variantiga nisbatan bo‘yi 5,7-8,2 sm baland bo‘ldi. 9,5-10,0 dona shakllangan hosil
shohlarida 9,7-10,8 donagacha shonalar shakllanib, nazorat variantiga nisbatan 1,1-2,2 donagacha
ko‘proq shonalar aniqlandi. Kuzgi bug‘doydan keyin chizel qilib takroriy soya va mosh ekilgan
fonlardagi (7-10 variant) o‘simliklarining bosh poya balandligi 59,4-61,4 sm ni tashkil etib, 7,1-
7,4 dona shakllangan hosil shohlarida 8,9-9,8 dona shonalar to‘planganligi aniqlandi. Kuzgi
bug‘doydan keyin kultivatsiya qilib, takroriy soya va mosh ekilgan variantlardagi o‘simliklarda
hosil to‘plash jarayonining pasayishi kuzatilib, nazorat varianti bilan teng bo‘ldi. 1-avgust kuzatuv
natijalariga qaraganda, yuqoridagi ayni shunday qonuniyatlar saqlangan holda, o‘simliklarning
bosh poya balandligi 92,8-94,5 sm ni tashkil etib, nazorat variantiga nisbatan bo‘yi 4,1-5,8 sm
baland bo‘ldi. 11,6-13,9 dona shakllangan hosil shohlarida 12,7-14,8 dona hosil elementlari va
6,9-8,8 donagacha ko‘saklar shakllanib, nazorat variantiga nisbatan 1,4-3,0 hosil shohi va 0,7-2,6
donagacha ko‘proq ko‘saklar shakllanganligi aniqlandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

232

Kuzgi bug‘doydan keyin chizel qilib takroriy soya va mosh ekilgan fonlardagi (7-10

variant) o‘simliklarining bosh poya balandligi 90,3-91,5 sm ni tashkil etib, 11,2-12,3 dona
shakllangan hosil shohlarida 10,6-12,9 dona hosil elementlari va 6,2-7,2 donagacha ko‘saklar
shakllandi

Bu variant o‘simliklarida va kuzgi bug‘doydan keyin kultivatsiya qilib, takroriy soya va

mosh ekilgan variant o‘simliklarida ham hosil to‘plash jarayoni bo‘yicha nazorat variant
ko‘rsatkichlariga yaqin yoki teng natijalar olindi.

Xulosa

Demak, xulosa o‘rnida aytish mumkinki 22-24 sm chizel bilan, hamda kultivator

yordamida tuproqga har-xil usulda ishlov berib har-xil usulda mosh , soya va suli o‘rnida
g‘o‘zaning hosil olish va hosil to‘plash jarayoni kuzgi bug‘doydan keyin 30-35 sm ga haydab,
takroriy soya va mosh ekilgan fonlarda eng yuqori darajada bo‘lib, paxta hosilining ko‘payishida
muhim omil bo‘ldi.

REFERENCES

1.

Q.Mirzajanov. -“Lik sentralnoy Ferganы v prejnee i nastoyaщee vremya Tashkent-2014
g, «GEO FAN POLIGRAF» MChJ Bosmaxonasi 249 b

2.

B.M.Xoliqov, R. Tillaev, Sh. Teshaev. O‘z PITI va Xalqaro Atom energiyasi Agentligi
(IAEA-MAGATE) bilan hamkorlikda Halqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ma’ruzalari
to‘plami. Tuproq unumdorligini oshirishda zamonaviy navbatlab ekish tizimlarining
samaradorligi. 130-133-b. O‘z PITI.- Toshkent-2003

3.

Tojiev M, Tadjiev K. Halqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami 2-qism
Kuzgi bug‘doydan so‘ng ekilgan oraliq va siderat ekinlarining tuproq namligi va hajm
massasiga ta’siri. 20-22-b. PSUEAITI. Toshkent–2016


Библиографические ссылки

Q.Mirzajanov. -“Lik sentralnoy Ferganы v prejnee i nastoyaщee vremya Tashkent-2014 g, «GEO FAN POLIGRAF» MChJ Bosmaxonasi 249 b

B.M.Xoliqov, R. Tillaev, Sh. Teshaev. O‘z PITI va Xalqaro Atom energiyasi Agentligi (IAEA-MAGATE) bilan hamkorlikda Halqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ma’ruzalari to‘plami. Tuproq unumdorligini oshirishda zamonaviy navbatlab ekish tizimlarining samaradorligi. 130-133-b. O‘z PITI.- Toshkent-2003

Tojiev M, Tadjiev K. Halqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami 2-qism Kuzgi bug‘doydan so‘ng ekilgan oraliq va siderat ekinlarining tuproq namligi va hajm massasiga ta’siri. 20-22-b. PSUEAITI. Toshkent–2016