891
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
SHAHARLARNING SENORLARGA QARSHI KURASH JARAYONLARI
Gulyamov Alisher Azizovich
Osiyo Xalqaro Universiteti
“Tarix va filiologiya” kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15692886
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘rta asr Yevropa shaharlarining senorlar hukmronligiga
qarshi olib borgan kurashlari tarixiy tahlil etilgan. Xususan, XI–XIV asrlarda shaharlarning
iqtisodiy kuchayishi, savdo-sotiqning rivojlanishi va hunarmandchilik markazlarining
shakllanishi ularning mustaqillikka intilishida muhim omil bo‘lgani yoritilgan. Senorlarning
soliq va harbiy majburiyatlar orqali shaharliklarni siquv ostida ushlab turishga urinishlari,
bunga javoban shahar aholisi tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-siyosiy harakatlar, kommunal
harakatlar va ularning natijalari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, ayrim
shaharlarga mustaqillik berilishi, shahar kommunalarining tashkil topishi va ularning huquqiy
maqomlari tarixiy dalillar asosida ko‘rsatiladi. Tadqiqot shaharlarning senorlar ustidan
g‘alaba qozonishi Yevropa jamiyatida feodal munosabatlarning zaiflashuvi va yangi ijtimoiy
qatlamlarning shakllanishiga olib kelganini ta’kidlaydi.
Kalit so’zlar:
shaharlar, senorlar, feodalizm, kommunal harakatlar, o‘rta asr Yevropasi,
shahar mustaqilligi, ijtimoiy-siyosiy kurash, feodal zulmi, shahar huquqlari, savdo-sotiq,
hunarmandchilik, shahar kommunalari, fuqarolik harakati, o‘rta asr jamiyati, shahar
iqtisodiyoti.
G‘arbiy Yevropani XI-XV asrlarda qamrab olgan kommuna harakati shaharlarning
senorlardan ozod bo‘lishga qaratilgan harakat bo‘lib, ushbu kurashlar jarayonida shaharliklar
qator imtiyoz va erkinliklarni qo‘lga kiritgan. Shahar erkinliklari unda senorlarning roli, shaharni
tashkil etish yoki vujudga keltiruvchi jarayonlar, shaharliklar bilan ushbu kuchlarning o‘zaro
munosabatlari xarakteristikasi masalasi bugungi kunda ham kam o‘rganilgan muammolardan biri
bo‘lib hisoblanadi.
Tarixiy adabiyotlardagi maʼlumotlar tahlili G‘arbiy Yevropadagi ayrim shaharlarni
senorlar (dunyoviy yoki diniy) tashkil etganligiga oid maʼlumotlar mavjud. Masalan, Frayburg
shahri asoschisi gersog Konrad Seringenskiy bo‘lib hisoblanadi. U 1120 yilda o‘z mulkida bozor
tashkil qilib, bir qator savdogarlar bilan shartnoma tuzgan. Ularga bozorda do‘kon qurish, uy-joy
uchun yer ajratib berib, savdogarlar bilan tuzgan xartiyasida savdogarlar va ularning avlodlari
foydasiga bu yerlarni abadiy soliq olmasligini maʼlum qilgan
1
. Shuningdek, 1151 yilda
Brandenburg markgrafi o‘zining Stendal deb nomlanuvchi qishlog‘ida bozor tashkil etish orqali
savdogarlarni jalb qilishga harakat qilgan. Bu o‘lkada shu vaqtgacha bozor bo‘lmaganligi bilan
bog‘liq maʼlumotlar tarixiy adabiyotlarda maʼlumotlar saqlanib qolingan
2
. Keltirilgan
maʼlumotlardan kelib chiqib, o‘rta asr shaharlarining vujudga kelishida saqdo-iqtisodiy
munosabatlar ham muhim ahamiyat kasb etgan deb xulosa qilish mumkin.
Vujudga kelgan o‘rta asr shaharlari ayrim hollarda senorlarning o‘zaro kurash maydoniga
ham aylanganlar. Masalan, 1143 yilda, graf Adolf Golshteyn Lyubek shahriga asos solgan.
1
Средневековое городское право XII–XIII вв. / Сб. текстов. сост. Т.М. Негуляева,Л.И. Солодкова. – Саратов:
Изд-во сарат ун-та, 1989. – С. 39.
2
Хрестоматия по истории средних веков / под ред. Н.П. Грацианского и С.Д. Сказкина. Т. 1. – М.:
Учпредгиз, 1949. – С. 359.
892
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Shahar tezda Flandriya, Friziya, Vestfaliyadan ko‘chib kelgan savdogarlar faoliyati
natijasida yirik savdo-iqtisodiy markazga aylangan. Saksoniya gersogi Genrix Sher o‘z vassali
Adolf Golshteyndan Lyubek tufayli o‘z mulkidagi Bardevik shahri savdosiga putur
yetayotganligi sababli Lyubekdan olinadigan daromadni teng ikkiga taqsimlashga buyruq
bergan. 1158 yilda esa shaharni to‘liq o‘ziniki qilib olgan. 1189 yilga kelganda Bardevik shahrini
buzib aholisini Lyubek shahriga ko‘chib o‘tishga buyruq bergan
3
. Albatta ushbu tarixiy
jarayonlar tinch yo‘l bilan sodir bo‘lmagan.
Shaharlar feodallarga mo‘may daromad uchun kerak bo‘lib, dastlabki vaqtlarda shu
sababli senorlar shaharlarga homiylik qilgan. Shaharliklar garchi krepostnoylar darajasida
bo‘lmasada, feodalga rasman qaram va uning o‘lpon to‘lovchisi, majburiyatlarni bajaruvchisi
bo‘lib qolavergan. Kyoln yepiskopining shaharliklarga noqonuniy soliq solishidan ayniqsa
go‘sht rastasi katta ziyon ko‘rgan va tez orada ular shaharni tashlab ketgan. Shuningdek,
shaharliklar yepiskop vazirlarining dubulg‘a va sovutlarini tozalashlari, yepiskopning ov qurolini
va u ov qiladigan hududlarni tozalashlari kabi majburiyatlarni bajarishlari lozim bo‘lgan. Taniqli
olim N.A. Xachaturyan, “Feodalizm tartiblari shahar tomonidan ozodlikka erishish masalasini
tubdan hal qilish lozim bo‘lib, feodal jamiyat tartiblari, uyushgan muxolifat yo‘lidagi to‘siq
bo‘lgan
4
”-degan fikr-mulohazalarni keltirib o‘tganligini ko‘rish mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalarda senorlarning shaharlarga homiylik qilganligi
keltirib o‘tilgandi. Shahar va senor o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga sabab esa
feodal jamiyatdagi senor va vassal munosabatlari deb hisoblash mumkin. Senorlar maʼlum bir
muddat shaharga, savdo va hunarmandchilik rivojiga homiylik qilganlar. Shaharlarning
rivojlanib borishi bilan senorlik tartiblari shaharliklarga og‘irlik qila boshlagan
5
. Shu sababli
shaharlarning senorlarga qarshi kurash jarayonlari sodir bo‘lgan. Shaharliklar eng avvalo
shaharni feodal yer-mulk ro‘yxatidan chiqarish, hunarmand va savdogarlarni esa shaxsiy
qaramlikdan qutqarish uchun kurash boshlangan. Shaharliklarni shunchaki savdo va
hunarmandchilik bilan shug‘ullanish imtiyozlari qoniqtira olmagan. Shaharliklar keyinchalik
siyosiy va moliyaviy erkinlikni talab qila boshlaganlar va senor bilan kurashda o‘z-o‘zini
boshqarish huquqini talab qila boshlaganlar
6
. Masalan, Strasburg shahri aholisining yepiskop
bilan XII asr oxiri va 1214 yilda tuzgan shartnomasi yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalarimizga
asos bo‘la oladi. Birinchi ahdlashuvda shaharliklar yepiskop tayinlagan amaldor (Shultgeyts)lar
tomonidan boshqarilgan v qator majburiyatlarni o‘z zimmalariga olganliklarini ko‘rish mumkin.
1214 yilgi ahdlashuvda esa shaharliklarning boshqaruv, sud va ijro hokimiyatidagi erkinliklari,
o‘rni va roli belgilab berilgan
7
. Dastlab qisman va keyinroq esa avtonom huquqlarga erishish
deyarli barcha G‘arbiy Yevropa shaharlari uchun xos xususiyat bo‘lgan deb xulosa qilish
mumkin.
3
Хрестоматия по истории средних веков / под ред. Н.П. Грацианского и С.Д. Сказкина. Т. 1. – М.:
Учпредгиз, 1949. – С. 360.
4
Хачатурян Н.А.Политическая организация средневекового города //Город в средневековой цивилизации
Западной Европы. Т. 1.Феномен средневекового урбанизма. - М.: Наука, 1999. – С. 316.
5
Гутнова Е.В. (ред.) История Европы с древнейших времен до наших дней. В 8-ми томах. Т. 2.
Средневековая Европа - М.: Наука, 1992. – С. 238.
6
Сванидзе А.А. Средневековые города Западной Европы: некоторые общие проблемы // Город в
средневековой цивилизации Западной Европы. Т. 1. Феномен средневекового урбанизма. - М.: Наука, 1999.
– С. 27.
7
Средневековое городское право XII–XIII вв. / Сб. текстов. сост. Т.М. Негуляева, Л.И. Солодкова. – Саратов:
Изд-во сарат ун-та, 1989. – С. 96.
893
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
G‘arbiy Yevropaning fransuz, Flandriya, nemis shaharlarida kommuna uchun
kurashlarning umumiy xususiyatlari kurashlar jarayonida shaharliklarning iqtisodiy va siyosiy
huquqlari ilgari surilgani tarixiy adabiyotlarda keltirib o‘tilganligini ko‘rish mumkin.
Shaharliklar iqtisodiy hayotda savdoda boj to‘lovlari, turli yig‘imlarni, ko‘chmas mulkka egalik
huquqidan tortib, siyosiy masalalarda shahar ichki boshqaruvida o‘z vakillaridan amaldor
(sudya, konsul, magistrat)lar tayinlash, pastor (mayda diniy amaldor)lar tayinlash, hokimiyat
organlariga saylanish huquqi kabilar uchun kurashlar olib borilgan. Bu kabi holatni Andernaxt,
Zyost, Kyoln, Lippshtadt, Medebax, Frayburg va boshqa shaharlarda bu holni kuzatish mumkin
8
.
Bizningcha, senorlarning shaharlarga erkinlik berishi yoki ularga ko‘proq imtiyoz berishi
bu eng avvalo shaharlarning o‘sib borishi va aholi qatlamlarining feodal tartiblarga qarshi tobora
uyushqoqlik bilan kurash olib borishining natijasi sifatida qaralishi lozim. Senorlar birdaniga
shaharlarga erkinlik bermay, qisman yon berishlar orqali shaharlarni o‘zini moliyaviy va harbiy
tayanchi sifatida saqlab qolishga harakat qilganlar. Shu o‘rinda Reyms arxiyepiskopi va Bomon
shahri aholisi o‘rtasidagi ahdnomani keltirib o‘tish mumkin. 1182 yilgi xartiyaga ko‘ra,
shaharliklar tomonidan saylangan (mer) va arxiyepiskop tomonidan tayinlangan vakil
boshqarishi, ularning boshqarish muddati bir yildan oshmasligi, boshqaruv davrida shaharliklar
daromadi va o‘lpon masalalariga javobgar bo‘lishlari, arxiyepiskop tushumlarni teng ikkiga
bo‘lishi, bir qismi shahar manfaatlari uchun xizmat qilishi lozimligi, shaharliklar esa, o‘choq va
tegirmon bannalitet majburiyatini zimmalariga olishi, uy, yer, ushr soliqlarini to‘lashlari, ekin va
o‘tloq yerlaridan foydalanganliklari uchun natural o‘lpon to‘lashlari, shuningdek,
arxiyepiskopning harbiy yurishlarida ishtirok etishlari lozimligi keltirib o‘tilgan. Mazmuni
shunga yaqin xartiyalar Shimoliy Fransiya va Flandiriyaning 500 ga yaqin shaharlarida mavjud
bo‘lganligini ko‘rish mumkin
9
. Shaharlarning senorlar bilan kurashlaridagi dastlabki yutuqlari
shu tariqa qo‘lga kiritilgan.
Ayrim shaharlar bir necha senorlarga qaragan, yaʼni shahar bir necha senor o‘rtasida
qismlarga bo‘lib olingan. Har bir senor o‘ziga qarashli shahar qismidan turlicha miqdorda soliq
va o‘lpon yiqqan, majburiyatlar belgilagan. Fransiyadagi Bove shahri msiolida ko‘radigan
bo‘lsak, bu shahar uch senorga qarashli bo‘lib, shaharliklar tomondan 1144 yilda imzolangan
xartiyaning 17 moddasida “har bir shahar devori ichkarisida yashovchi shaxs shaharning qaysi
senorga qarashli hududida yashashidan qatʼiy nazar kommunaga itoat etishi va qasamyod
qilishi
10
”-lozimlgi taʼkidlangan. Senorlar bo‘lgan ruhoniylar va zodagonlar esa kommunaga
qasamyod qiluvchilarni shaharga imkon qadar kiritmaslikka uringanlar. Shaharda Skabin
(senoral) va yurat (shahar) boshqaruvi uchun kurashlar uzoq davom etgan. Lyudovik VI 1122
yilda imzolagan, va keyinchalik Lyudovik VII tomonidan 1144 yilda va Filip II Avgustlar
tomonidan 1182 yilda tasdiqlangan xartiyalarda shaharliklarni uchchala senordan ham himoya
qilishga qaratilgan
11
. Bu shaharlar va qirol munosabatlarida o‘zaro manfaatli bo‘lgan
markazlashish jarayonlari sabab sodir bo‘lgan.
Feodallarga qaram bo‘lgan shaharlarda turli tashkilot va uyushmalar tuzishda ham
senorlar o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘lgan.
8
Средневековое городское право XII–XIII вв. / Сб. текстов. сост. Т.М. Негуляева, Л.И. Солодкова. –
Саратов: Изд-во сарат ун-та, 1989. – С. 39, 43, 51, 61-65, 93-94, 117, 121-123.
9
Солодкова Л.И. Город в правовой системе средневековой Запандной Европы (к историографии вопроса).
https://studfile.net/preview/5259981/
10
Стоклицкая-Терешкович В.В. Основные проблемы истории средневекового города X–XV вв. - М.:
Издательство Социально-экономической литературы, 1960. – С. 76.
11
Берман Г.Дж. Западная традиция права: эпоха формирования. / пер. С англ. – 2-е изд. – М.: Изд-во МГУ:
Издательская группа ИНФРА-М – НОРМА, 1998. – С. 346.
894
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Masalan hunarmandchilik ustaxonalari tashkil etish, ro‘yxatga olish skobanat (senorial
vakili) nazorati ostida bo‘lib, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar sheffenlar (shahar vakili)
nazorati ostida imzolangan. Masalan 1149 yilda muqaddas Gereon cherkovi tomonidan xususiy
shaxslardan allod yerlarini sotib olinishi “Kyoln shahri qonuni” asosida amalga oshirilgan.
Kyolndan soliq yig‘ish va boshqa shaharlar bilan savdo bitimlari tuzishda shaffenlar
ishtirokida amalga oshirilgan. Shuningdek, Kyolnda boshqaruvning murakkab sistemasi vujudga
kelib, Rixersexe (boylar sexi-hunarmandlar uyushmasi) ruxsatisiz yangi hunarmandchilik sexlari
ochishning imkoni bo‘lmagan. Rixersexe tashkiloti XII asrning 70-yillarida Kyolnda kunlik
aʼzolik badallari tushumi, shogirdlarning ustalarga to‘lovlari, jarima to‘lovlari, qishloq xo‘jalik
mahsulotlar savdosi shartlari, vino, piva sotilishini nazorat qilganlar. Rixersexening ikki vakili
har kuni burgomistr va sheffen huzurida hisobot bergan. Amalda rixersexe arxiyepiskopni o‘z
ishlariga aralashishdan mahrum qilgan. Shu sababli ikki o‘rtada janjal kelib chiqib, 1258 yilda
arxiyepiskop imperiya oliy hakamlik sudiga murojaat qilgan. O‘z arizasida arxiyepiskop
shaharliklarni senorial huquqlarini noqonuniy o‘zlashtirib olganligidan shikoyat qilgan
12
. Shuni
alohida taʼkidlash lozimki, o‘rta asr shaharlari olgan imtiyoz va erkinliklar ko‘p jihatdan
immunitet imtiyozlariga o‘xshash, feodal xususiyatlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, shaharlarning
xo‘jalik asoslari, yerga egalik xususiyatlari, siyosiy boshqaruv, huquqiy normalar feodal
jamiyatni inkor etishga qo‘yilayotgan dastlabki qadamlar ham bo‘lgan. Erkinlik xartiyasini
olgandan keyin shaharlarda shaxsan qaramlik tugatilsada, shahar umumiy qaram jamoaga
aylanib qolgan
13
. Shahar jamoasining keyingi vazifasi jamoaviy qaramlikdan qutilish bo‘lgan
deb xulosa qilish mumkin.
Antifeodal kurashlar va kommuna harakati natijasida shaharlar qo‘lga kiritgan imtiyozlar
feodallarning huquqiy monopoliyasiga barham berib, oddiy aholi manfatlarini himoya qilgan.
Annallar maktabi asoschilaridan M.Blok fikricha, o‘rta asr shaharlari jamoasi harakati
natijasida qo‘lga kiritilgan nisbiy erkinlik, turmush tarzi, qiziqishlari, mentalitet G‘arbiy Yevropa
feodal jamiyat iqlimida haqiqiy “Begona tana”ni tashkil etgan. M.Blok izdoshi J.Le. Goff
fikricha, kommunachilik harakati vassallik kelishuvi yuqori va quyi tabaqalarning ittifoqi feodal
jamiyatni titrata boshlagan va feodal iyerarxiyaga gorizontal iyerarxiyani qarshi qo‘ygan
14
. G.Dj.
Berman fikricha, XI-XIII asrlar o‘rta asr G‘arbiy Yevropa shaharlarida norasmiy jihatdan diniy,
qirollik, feodal qonunlari bilan bir qatorda yangi shahar qonunlari ham vujudga kelganligini
taʼkidlagan
15
. Shuni alohida aytib o‘tish lozimki, XII-XIII asrlarda shahar huquqi tushunchasi
vujudga kelgan. Bu oddiy insonlarni ham erkinligini anglatgan bo‘lib, bejizga o‘rta asrlarda
“Shahar havosi kishini erkin qiladi”-degan ibora tarqalmagan. Imperator Fridrix II tomonidan
13.VII. 1279 yilgi shahar huquqi to‘g‘risidagi farmonida shaharda bir yil va bir kun yashagan
shaxs feodal qaramlikdan qutilgan hisoblangan
16
. Bu qirol hokimiyatining shaharlar bilan
hamkorligi vujudga kela boshlaganligini ko‘rsatadi.
12
Средневековое городское право XII–XIII вв. / Сб. текстов. сост. Т.М. Негуляева, Л.И. Солодкова. –
Саратов: Изд-во сарат ун-та, 1989. – С. 65-72.
13
Стоклицкая-ТерешковичВ.В.Основные проблемы истории средневекового города X–XV вв. - М.:
Издательство Социально-экономической литературы, 1960. – С. 131.
14
Ле Гофф Ж. Цивилизация средневекового Запада / Пер.с фр. Под общ ред. В.А. Бабинцева; Послесл. А.Я.
Гуревича. – Екатиренбург: У-Фрактория, 2005. – С. 272.
15
Берман Г.Дж.Западная традиция права: эпоха формирования. / пер. С англ. – 2-е изд. – М.: Изд-во МГУ:
Издательская группа ИНФРА-М – НОРМА, 1998. – С. 327.
16
Средневековое городское право XII–XIII вв. / Сб. текстов. сост. Т.М. Негуляева, Л.И. Солодкова. –
Саратов: Изд-во сарат ун-та, 1989. – С. 144.
895
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Xulosa qilib aytish mumkinki, o‘rta asr G‘arbiy Yevropasi shaharlari qo‘lga kiritgan
imtiyozlar feodal jamiyat uchun katta zarba bo‘lib, kapitalning dastlabki jamg‘arishning ilk
kurtaklari edi. Shuningdek, kommuna harakatlari Yevropa demoktratiyasining vujudga
kelishining ilk bosqichi bo‘lgan. Shahar huquqi tushunchasi vujudga kelib, shaxs erkinliklari,
parlamentarizm g‘oyalari kuchayib borganligini ko‘rish mumkin.
REFERENCES
1.
Gulyamov, A. A. (2024). JАMIYАTIMIZNING IJTIMОIY-IQTISОDIY, MА’NАVIY-
MАDАNIY
SОHАLАRIDА
ОILАNING RОLI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
36
(2), 149-153.
2.
Azizovich, G. A. (2024). Trade Relations of Population in Bukhara Emirate, Shariah
Rules and Regulations in Commercial Affairs, Partnership Relations.
EUROPEAN
JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 189-194.
3.
Azizovich, G. A. (2024). Family-Marriage and Inheritance Relations of the Population in
the Bukhara Emirate.
Miasto Przyszłości
,
53
, 964-969.
4.
Gulyamov, A. (2024). BUXORO MUZEYNING TASHKIL TOPISHI TARIXI.
Modern
Science and Research
,
3
(12), 659-667.
5.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). BUXORO OCHILGAN
MUZEYLARNING TASHKIL TOPISH TARIXI.
Modern Science and Research
,
4
(1),
248-256.
6.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). O ‘RTA OSIYO OLIMLARINING
KARTOGRAFIK MEROSI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 221-227.
7.
Srojeva, G., Gulyamov, A., & Haqqulov, M. (2025). XVII ASRDA BUXORODA
ABDULAZIZXON
MADRASASINING
QURILISHI
VA
UNING
TARIXIY
AHAMIYATI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 471-478.
8.
Gulyamov, A., & Ashurov, D. (2025). CHANGES IN THE LIFE OF THE WORLD'S
COUNTRIES AFTER WORLD WAR II.
Journal of universal science research
,
3
(1
(Special issue)), 333-341.
9.
Gulyamov, A. (2025). MANG ‘ITLAR SULOLASI DAVRIDA DAVLAT
BOSHQARUVI, TUZUMI VA ICHKI SIYOSATI.
Modern Science and Research
,
4
(1),
790-798.
10.
Gulyamov, A., & Xamidova, R. (2025). ABU RAYHON BERUNIY BUYUK
QOMUSIY OLIM.
Modern Science and Research
,
4
(2), 758-766.
11.
Gulyamov, A. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA ISTIQOMAT QILGAN MILLIY-
ETNIK GURUHLAR.
Modern Science and Research
,
4
(2), 1020-1028.
12.
Srojeva, G., Haqqulov, M., & Gulyamov, A. (2025). KUDZULA KADFIZ
BOSHCHILIGIDA KUSHON IMPERIYASIGA ASOS SOLINISHI VA BU
IMPERIYANING RAVNAQI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 109-117.
13.
Haqqulov, M., Gulyamov, A., & Srojeva, G. (2025). JADIDLARNING 1916 YILDAGI
XALQ QO’ZG’OLONIDA TUTGAN O’RNI. MILLIY HUKUMAT-TURKISTON
MUXTORIYATI VA UNING FAOLIYATI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 100-
108.
14.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). BUXORO MUZEYINING II
JAHON URUSHIGACHA BO ‘LGAN DAVRDAGI FAOLIYATI.
Modern Science and
Research
,
4
(2), 92-99.
896
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
15.
Gulyamov, A., & Atoyeva, M. (2025). ABU ALI IBN SINO–ILM-FAN TARIXIDAGI
BUYUK ALLOMA.
Modern Science and Research
,
4
(3), 591-599.
16.
Gulyamov, A., Yarashova, M., & Karimov, S. (2025). BUXORO VOHASIDA MATO
VA MATO TAYYORLASH USULLARI. PAXTA. G ‘UZAK. JUN. XALAJI. BO ‘Z.
OLACHA. BEQASAM. BAXMAL. ADRAS.
Modern Science and Research
,
4
(3), 330-
340.
17.
Gulyamov, A. (2025). O ‘RTA ASR SHAHARLARINING DEMOGRAFIK HOLATI,
SHAHARLARNING KENGAYISHI, AHOLINING IJTIMOIY TARKIBI.
Modern
Science and Research
,
4
(3), 974-983.
18.
Gulyamov, A., Yarashova, M., & Karimov, S. (2025). РОЛЬ ХАНА УЗБЕКА В
РАСПРОСТРАНЕНИИ ИСЛАМА В ЗОЛОТОЙ ОРДЕ.
Modern Science and
Research
,
4
(3), 146-154.
19.
Gulyamov, A., Yarashova, M., & Karimov, S. (2025). O ‘RTA ASRLARDA G ‘ARBIY
YEVROPADA SHAHAR-QAL’A, SHAHAR-CHERKOV, SAVDO O ‘BYEKTI
AHAMIYATIGA OID SHAHARLARNING VUJUDGA KELISHI.
Modern Science and
Research
,
4
(3), 122-131.
20.
Gulyamov, A. (2025). BUXORO VOHASIDA DINIY MAROSIM VA URF-
ODATLARDAGI TRANSFARMATSIYA JARAYONLARINING ETNOGRAFIK
TAHLILI.
Modern Science and Research
,
4
(4), 1676-1686.
21.
Gulyamov,
A.
(2025).
TARIX
SAHIFALARIDA
SOHIBQIRON
AMIR
TEMUR.
Modern Science and Research
,
4
(4), 449-459.
22.
Gulyamov, A., Yarashova, M., & Boltayev, O. (2025). G’ARBIY YEVROPA
SHAHARLARI VUJUDGA KELISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Modern
Science and Research
,
4
(4), 487-496.
23.
Boltayev, O., Gulyamov, A., & Yarashova, M. (2025). NEMISLAR VA ULARNING
MARKAZIY OSIYO XALQIGA TA’SIRI.
Modern Science and Research
,
4
(5), 177-
185.
24.
Yarashova, M., Boltayev, O., & Gulyamov, A. (2025). ILK BOSMA NASHRLAR
TARIXI: KITOB MADANIYATINING BOSHLANISHI.
Modern Science and
Research
,
4
(4), 512-519.
25.
Gulyamov,
A.,
&
Xamidova,
R.
(2025).
JADIDCHILIK
HARAKATI
NAMOYONDALARI
VA
ULARNING
FAOLIYATI.
Modern
Science
and
Research
,
4
(5), 733-740.
26.
Gulyamov, A. (2025). G ‘ARBIY YEVROPA O’RTA ASR SHAHARLARIGA AHOLI
MIGRATSIYASI,
MILLIY-ETNIK
XUSUSIYATLARI.
Modern
Science
and
Research
,
4
(5), 1316-1322.
27.
Haqqulov, M. (2025). NARSHAXIYNING" BUXORO TARIXI" ASARI TAHLILI.
Modern Science and Research, 4(4), 1036-1045.
28.
Haqqulov, M. (2025). THE DEVELOPMENT OF THE SCIENCE OF HADITH IN
HISTORICAL ANALYSIS. Modern Science and Research, 4(4), 467-474.
29.
Haqqulov, M. (2025). AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI TARIXIY
GEOGRAFIYASI. Modern Science and Research, 4(3), 584-593.
30.
Haqqulov,
M.,
&
Sadulloyeva,
M.
(2025).
THE
TEACHER-STUDENT
RELATIONSHIP BETWEEN IMAM AL-BUKHARI AND IMAM AT-TIRMIDHI.
Modern Science and Research, 4(3), 440-447.
897
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
31.
Haqqulov, M., Yarashova, M., & Muyiddinov, B. (2025). SHARAFIDDIN ALI
YAZDINING “ZAFARNOMA” ASARI TAHLILI. Modern Science and Research, 4(4),
398-408.
32.
Haqqulov, M., Gulyamov, A., & Srojeva, G. (2025). JADIDLARNING 1916 YILDAGI
XALQ QO’ZG’OLONIDA TUTGAN O’RNI. MILLIY HUKUMAT-TURKISTON
MUXTORIYATI VA UNING FAOLIYATI. Modern Science and Research, 4(2), 100-
108.
33.
Haqqulov, M. (2025). YANGI DAVRDA AVSTRIYA (GABSBURGLAR)
IMPERIYASINING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI (XVI-XVIII ASRLAR). Modern
Science and Research, 4(2), 834-842.
34.
Haqqulov, M., & Sadulloyeva, M. (2025). IMOM BUXORIYNING “AL-JOME’AS
SAHIH” ILMIY AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(2), 472-476.
35.
Xakkulov, M., & Kosimov, U. (2025). HISTORY OF MILITARY WORK IN THE
EMIRATE OF BUKHARA. Journal of universal science research, 3(1 (Special issue)),
319-325.
36.
Haqqulov,
M., Yarashova, M., & Yuldosheva, F. (2025). ТARIXIY
KARTOGRAFIYANING ASOSIY YO ‘NALISHLARI, SHAKLLANISHI VA
TARAQQIYOTI. Modern Science and Research, 4(2), 81-91.
37.
Muyiddinov, B. (2023). XII-XIII ASRLAR DAVRIDA BUXORODA ILM – FANNING
RIVOJLANISHI. SCHOLAR, 1(28), 341–345. https://doi.org/10.5281/zenodo.10027071
38.
Muyiddinov Bekali. (2023). MO’G’ULLAR BOSQINI DAVRIDA BUXORONING
AYANCHLI TAQDIRI. TADQIQOTLAR.UZ, 25(2), 212–215. Retrieved from
http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/308
39.
Muyiddinov Bekali. (2023). THE ROLE OF BUKHARA AND OTHER CITIES IN
THE MILITARY ART AND ARMY STRUCTURE OF KHOREZMSHAHS .
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 35(3), 55–58.
Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10035
40.
Muyiddinov, B. (2024). BARTHOLD'S "СОЧИНЕНИЯ. ТОМ I. ТУРКЕСТАН В
ЭПОХУ МОНГОЛЬСКОГО НАШЕСТВИЯ" THE HISTORY OF THE CREATION
OF THE WORK. MODERN SCIENCE AND RESEARCH, 3(1), 699–702.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10552555
41.
Muyiddinov, B. (2024). THE ROLE OF MILITARY REFORMS IN THE BUKHARA
KHANATE IN THE LIFE OF THE STATE UNDER THE SHAYBANIDS. MODERN
SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 646–648. https://doi.org/10.5281/zenodo.10668887
42.
MB Bahodir o’g’li. (2024). Military Art of Turkish Khaganate in the Early Middle Ages.
European Journal of Innovation in Nonformal Education, 4(16), 223–227.
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2705/2586
43.
XORAZMSHOHIDLAR DAVLATI HAYOTIDA TURKON XOTUNNING O’RNI.
(2024). MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE,
2(4), 463-469. https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5192
44.
Boltayev, O. (2024). QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
Modern Science and Research
,
3
(10), 64-68.
898
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
45.
Obid o’g’li, B. O. QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
46.
Boltaev, O. (2024). BUKHARA'S CARAVAN TRADE AND ITS ROLE ON THE
SILK ROAD.
Analytical Journal of Education and Development
,
4
(10), 293-297.
47.
Boltayev, O. (2024). XX ASR BOSHLARIDA GERMANIYA VA TURKIYA
ITTIFOQINING
MARKAZIY
OSIYOGA
TA'SIRI.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12), 556-564.
48.
Boltayev, O. (2023). A GENERAL DESCRIPTION OF THE POLITICAL AND
DIPLOMATIC PROCESSES IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE OF THE 18TH
CENTURY.
Modern Science and Research
,
2
(9), 145-149.
49.
Boltayev,
O. (2025). TARIX FANI UCHUN YOZMA VA OG’ZAKI
MANBALARNING SHAKLLANISHI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 909-917.
50.
Boltayev, O. (2025). XITOY (SIN) IMPERIYASINING JUNG ‘OR XONLIGINI
ISTILO QILISH ARAFASIDA MARKAZIY OSIYODA SIYOSIY VAZIYAT.
Modern
Science and Research
,
4
(2), 1029-1037.
51.
Srojeva, G. (2025). MIRZO MUHAMMAD HAYDARNING “TARIXI RASHIDIY”
ASARIDA O’RTA OSIYO TARIXINI O’RGANISHDA MUHIM MANBA
SIFATIDA.
Modern Science and Research
,
4
(1), 531-539.
52.
Srojeva, G., & Ormonova, M. (2025). BUXORO SHAHRIDAGI ARK QO’RG’ONI,
SITORAI MOHI XOSA, XO’JA SAROY ME’MORIY YODGORLIKLARI.
Modern
Science and Research
,
4
(1), 533-544.
53.
Srojeva, G. (2024). Solutions, Results And Problems Of Reforms In The Field Of
Education.
Modern Science and Research
,
3
(1), 782-788.
54.
Srojeva, G. (2023). Lower Zarafshan Oasis Tourism Opportunities.
Modern Science and
Research
,
2
(10), 199-204.
55.
Srojeva, G. (2024). EFFECTIVE FORMS OF SPIRITUAL AND MORAL
EDUCATION AND EDUCATIONAL WORK IN A PRESCHOOL EDUCATIONAL
INSTITUTION.
Modern Science and Research
,
3
(2), 247-253.
56.
Umidjon
Xayrullayev.
(2024).
THE
POSITION
OF
CENTRAL
ASIAN
GOVERNORSHIPS DURING THE PERIOD OF THE TURKISH KHANATE AND
THE ARAB INVASION. https://doi.org/10.5281/zenodo.13958464
57.
Xayrullayev Umidjon Fayzullo o'g'li. (2024). LEGITIMACY OF RULERSHIP IN THE
STATE OF CENTRAL ASIA AND IRAN IN ANCIENT TIMES AND THE EARLY
MIDDLE AGES. https://doi.org/10.5281/zenodo.14222295
58.
Xayrullayev, U. (2024). EFTALLAR DAVLATI VA TURK XOQONLIGIDA
HUKMDORLIK LEGITIMATSIYASI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 843–851.
Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/58469 8.
BIRINCHI RADIO EHTIYOTLAR TARIXIDAN. (2024).
MEDICINE, PEDAGOGY
AND
TECHNOLOGY:
THEORY
AND
PRACTICE
,
2
(4),
657-
663. https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5240
59.
Xayrullayev, U. (2024). TURK XOQONLIGI VA ARABLAR BOSQINI DAVRIDA
O’RTA
OSIYO
HOKIMLIKLARINING
MAVQEYI.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12), 339–343. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-
899
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
60.
Xarullayev Umidjon. (2024). RELIGIOUS AND THREATS IN MEDIASPACE.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(5),
593–595. https://doi.org/10.5281/zenodo.11311154
