ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
580
AUTIZM TASHXISLI BOLALAR BILAN O’YINLAR
Sirojiddinova Iroda Aripovna
Toshkent shahar Yashnobod tumani
272-Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan
maktabgacha ta’lim tashkiloti defektolog-o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10867845
Annotatsiya.
Ushbu uslubiy qo’llanmada hozirda aktual bo’lgan -autizm tashxisli bolalar
bilan samarali ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda, bolalarning ijtimoiy hayotga
tayyorlashga yordam beruvchi zarur o’yinlar yoritilgan. Qo’llanmadan davlat maktabgacha
ta’lim tashkilotlari defektologlari, tarbiyachilari, ota-onalar, defektologiya yo’nalishida tahsil
oluvchi talabalar foydalanishlari mumkin.
Kalit so’zlar:
autizm, o’yin faoliyati, rag’bat, ijtimoiylashuv, hissiy-emotsiotsional,
muloqot.
GAMES WITH CHILDREN DIAGNOSED WITH AUTISM
Abstract.
In this methodical manual, the necessary games that help to prepare children for
social life, in the organization of an effective educational process with children diagnosed with
autism, are highlighted. The guide can be used by speech therapists, educators, parents, and
students studying speech pathology of state pre-school education organizations.
Key words:
autism, game activity, motivation, socialization, emotional-emotional,
communication.
ИГРЫ С ДЕТЬМИ С ДИАГНОЗОМ АУТИЗМ
Аннотация.
В данном методическом пособии выделены необходимые игры,
помогающие подготовить детей к социальной жизни при организации эффективного
образовательного процесса с детьми с диагнозом аутизм, которые актуальны в настоящее
время. Пособие может быть использовано логопедами, педагогами, родителями, а также
учащимися, изучающими логопедию государственных организаций дошкольного
образования.
Ключевые слова:
аутизм, игровая деятельность, мотивация, социализация,
эмоционально-эмоциональное общение.
O'yin bola rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Uning yordamida bolaning barcha bilish
jarayonlari (xotira, diqqat, idrok, fikrlash, tasavvur va h.) faol rivojlanadi, bolada ijobiy hissiyotlar
yuzaga keladi. Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra hozirgi vaqtda autizm
tashxisi dunyo bo’yicha 100 ta boladan 1 tasida uchramoqda. Autizm tashxisli bolalardagi asosiy
muammolar bilish jarayonlaridagi va ijtimoiylashuvdagi kamchiliklar, o'yin faoliyatiga
qiziqishining sustligidir. Ularda boshqa bolalar bilan muloqot qilish va o'ynashga qiziqishning
yetishmasligi, bir necha soat davomida monoton va takrorlanadigan harakatlarni bajarishlari
kuzatiladi.
Shunga qaramay, autizm tashxisli bola o'ynashni o'rganishi va hatto boshqa odamlar bilan
o'yin jarayonida qatnashishdan zavqlanishi ham mumkin. Autizm tashxisli bolalar ham o'yin orqali
rivojlanib borishlari mumkin.
O'yin faoliyatining rivojlanishi muloqotning rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
581
Autizm tashxisli bolalar boshqa bolalar kabi muloqot qilmaydi. Ular muloqot qilishni
o’rganishga muhtoj. O'yin - autizm tashxisli bolalarda ijtimoiylashuv va muloqot vositalarini
rivojlantirishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bolaning o'yin qobiliyatlari rivojlanganligi turli
xil hayotiy va o’quv vaziyatlariga ta'sir qiladi, bola qanday o'ynashni bilmasa, uning atrofdagilar
bilan ijtimoiy aloqalarni o'rnatishi qiyinroq bo'ladi. O'yin faoliyati ikki yoki undan ortiq
kishilarning o'zaro ta'sirini o'z ichiga oladi. O'yinni bitta bola va bitta kattaning o'rtasidagi o'zaro
ta'sir sifatida boshlash osonroq, keyin siz 2 ta bolaga bir-biri bilan o'zaro aloqa va munosabat
o'rnatishga yordam berishingiz kerak, va nihoyat, bolalar sonini ko’paytirib guruhli o’yinga
birlashtiring, shu tariqa ular o'zaro munosabatlarga asta-sekin kirisha boshlaydilar.
Autizm tashxisli bolalar bilan ishlashda tuzatish ishlari uzoq davom ettirilishini e’tiborga
olish lozim. Dastlabki vaqtlarda autizm tashxisli bolalar siz bilan aloqa qilishdan, kontaktga
kirishishdan bosh tortadi, jumladan guruhli o’yinlarga qo’shilishni hamda yakka tartibda
o’ynaladigan o’yinlarni ham siz bilan o’ynashni xohlamaydi.
O’yin o’ynashga o’rgatishda harakatlarga taqlid qilishdan ishni boshlaymiz, harakatlarga
taqlidni o’zlashtirganidan so’ng harakatlarni so’z bilan ifodalashga o’rgatamiz. Bola yaxshi
kayfiyatda, charchamagan bo’lishi kerak. O’yinni ko’tarinki kayfiyatda boshlaymiz, ya’ni bola
nimani yoqtirsa bajaramiz, masalan, quchoqlashish, qitiqlash va h. Bola nimani bajara olsa, o’yinni
shu harakatdan boshlaymiz va rag’batlantiramiz. Autizm tashxisli bola bilan mashg‘ulotlar uchun
o‘yinlar ro‘yxatini tuzishda bola faqat o’zining qishiqishiga mos keladigan o’yinlarnigina siz bilan
o’ynashi mumkinligini yodda tuting. Shu bois, mashg‘ulotlarga tayyorlanish jarayoningizda
bolaning qiziqishiga mos keladigan o'yinlarni tanlashingiz kerak, shuningdek o‘z rejalaringizni,
tanlagan o’yinlaringizni o‘zgartirishga ham tayyor bo‘lishingiz kerak. Bolaga yoqadigan rag’bat
turini tanlaymiz, biroq autizm tashxisli bola uzoq muddat o’ynaydigan, ko’p takrorlanuvchi
harakat qiladigan rag’bat turini tanlamaymiz. Chunki bola faqat shu narsaga e’tibor qilib, atrofga
e’tibor bermay qolishi kuzatiladi.
Rag’batning turlicha ko’rinishlari mavjud, bular:
-ozuqaviy, ya’ni bola xush ko’ruvchi mahsulot. Bunday rag’batdan ishimizni boshida
foydalansak bo’ladi. Keyinchalik asta-sekin boshqa rag’bat turlari bilan almashtiramiz. Bu rag’bat
turida meyorni unutmaslik kerak
-taktil (quchoqlash, qitiqlash, silash…)
-o’yin (stol, syujetli-rolli kabi turli o’yinlarni o’ynash)
-ijtimoiy (gullarga suv quyishga, dasturxon tuzashga yordamlashish…)
-faoliyat orqali rag’bat (kinetik qum o’ynash, chiroqni yoqib-o’chirish, qog’ozni yirtish,
qaychi bilan kesish…)
-jismoniy rag’bat (sakrash, yugurish…)
Eng asosiysi bola bilan siz ham bola bo’ling, siz ham o’ynang, boladay harakat qilib,
qiziqtiring.
Autizm tashxisli bolalar uchun turli-tuman o’yinlar mavjud bo’lib, ulardan biri hissiy -
emotsional holatni yaxshilovchi o’yinlardir. Masalan:
“Shamol esadi” o’yini
Boshlovchi bolalarni bir-birlariga yaqinlashtirish, qiziqtirish uchun turli savollar berib
boradi. Masalan: “Shamol esadi-… qizil kiyimdagi bolaga”, “Shamol esadi-…Anvarga” deb turib
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
582
nazarda tutilayotgan bolaga yelpig’ichda yelpib qo’yiladi. Bunda keyinchalik barcha bolalar shu
bolaga birgalikda yelpishlari mumkin.
“Do’stingni top” o’yini
O’yin avvalida bola do’stini sochlari, qo’llari, kiyimlarini ko’rib paypaslab chiqadi, so’ng
uni ko’zi bog’liq holda paypaslab ko’radi. O’yinning keyingi bosqichida bolaning ko’zi
bog’lanadi, do’stini boshqa bolalar ichidan paypaslab, kimligini topadi.
Bunday o’yinlardan yana biri “muz bilan o’ynaladigan o'yinlar”dir. Masalan:
“Rangli muz” o’yini
Suvga ranglar qo’shib, rangli muz tayyorlash mumkin. Bola rangli muz tayyorlash
jarayonida ishtirok etib, birgalikda suvni qoliplarga quyib chiqiladi. Muzlatkichga ham
qo’yilishini ko’rishi kerak. Tayyor bo’lgach, muzlatkichdan olib, qoliplardan muzlar chiqarilib
tomosha qilinadi.
Shuningdek katta muz bo’lagiga bo’yoqlar bilan bo’yash ham bolaga qiziq bo’ladi.
“Muzli shakllar” o’yini
Suvni maxsus qoliplarda muzlatib qo’ying. Bundan tashqari, xilma-xil shakl va
o’lchamdagi muz bo’laklarini olish uchun plastik stakan va turli qoliplaridan foydalaning. Tayyor
muz bo’laklaridan konstruktor sifatida foydalaning – naqshlar hosil qiling. Muzdan piramida yoki
uycha yasang.
Autizm tashxisli bolalar uchun qiziq bo’lgan o’yinlardan yana biri bu-kichik yostiqlar,
sochiqlar, arqonlar (tortish, otish, yengil zarbalar) yordamida o’ynaladigan o'yinlar, masalan:
“Kim kuchliroq” o’yini
Ushbu o'yinda kattalar bolani arqonning uchidan ushlab olishga taklif qiladi va boshqa
uchini: "Menga ber!" deb tortishni boshlaydi. Bola o'yinga qo'shiladi va arqonni o'zi tomon tortadi.
Bundan tashqari, yostiq yoki sochiqni ham ishlatishingiz mumkin.
“Yostiq urishtirish” o’yini
O'yin uchun kichik yumshoq yostiqlar kerak bo'ladi. Bu o’yinda katta odam bola bilan
yostiqlar yordamida “jang qiladi”. Keyinchalik ko’proq bolalarni o’yinga jalb qilish mumkin.
REFERENCES
1.
https://soc52.ru/rcdpov-arz-activity/ras/item/8846-podvizhnaya-igra-dlya-detej-s-ras
2.
https://who.int/ru/news-room/fact-sheets/detail/autism-spectrum-disorders
3.
Игры для детей с расстройствами аутистического спектра (РАС) в ДОУ
(методическое пособие для воспитателей, психологов, дефектологов). Андреева
Р. В. Иванова А. Е. 2022
4.
http://autism-aba.blogspot.com.tr