72
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
MIRZO ULUG‘BEK DAVRIDA MOVAROUNNAHR
Jahongir Usmanov Xujaqulovich
O‘zbekiston Respublikasi Termiz shahri Termiz davlat universiteti akademik litseyi
tarix fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Movarounnahrning ilmiy markazga aylanishi,
Ulug‘bekning Samarqandda o‘ziga xos astronomiya maktabiga asos solishi
,
Ulug‘bekning ilmiy merosi
haqida ma’lumotlar beriladi
.
Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand
, Buxoro, Kesh (Shahrisabz) ilm-fan
markazlariga aylandi. U 1417-yil Buxoro, 1420-yili Samarqand, 1433-yili
G‘ijduvonda madrasalar barpo etdi
.
Go‘ri Amir
,
Shohizinda me’moriy majmualari
qurilishini oxiriga yetkazadi. Shohizinda majmuasida masjid, peshtoq, chortoq
qurildi.
Mirzo Ulug‘bek davrida Registon maydoni shakllana boshladi
. Unda
Ulug‘bek madrasasidan tashqari xonaqoh
, karvonsaroy,
o‘ymakor yog‘ochlar bilan
bezalgan Muqatta masjidi bino etildi.
Ko‘kaldosh jome masjidi ham qurib bitkazildi
.
Samarqandda barpo etilgan Mirzoyi hammomi va karvonsaroyi, Chilustun (qirq
ustun) va Chinnixona saroylari o‘z me’moriy kompozitsiyalari bilan ajralib turgan
.
Mirzo Ulug‘bek boshqa shaharlarda me’moriy obidalar qurish masalasiga ham e’tibor
bilan qaragan.
Ular orasida Shahrisabzdagi Ko‘k gumbaz masjidi o‘zining
hashamatliligi bilan ajralib turadi. Bu yerdagi Gumbazi Sayidon yodgorligi qayta
tiklandi.
Bu davrda Samarqandda Ulug‘bek qurdirgan madrasadan tashqari
, Xonim,
Firuzshoh, Shohmalik, Xojabek Mirabduvali va Qutbuddin Sadr nomlari bilan
atalgan madrasalar ham qad ko‘targan
.
Buxorodagi madrasa peshtoqiga “Ilm
olmakka intilmoq har bir muslim va muslima uchun ham farz,
ham qarz” degan ibora
shior sifatida o‘yib yozdirib qo‘yilgan
.
Uning sa’y
-harakatlari tufayli zamonasining
100 dan oshiq olimlari Samarqandga yig‘ildilar
.
Ular orasida “Zamonasining
Aflotuni” deb nom olgan Qozizoda Rumiy
,
G‘iyosiddin Koshiy
, Muhammad Havofiy
va boshqa olimlar ham bo‘lgan
.
Samarqandda bunyod etilgan Ulug‘bek
rasadxonasida maxsus asbob-uskunalar joylashtirilgan.
Rasadxona ichi koinot,
yer kurrasi tasvirlari bilan bezalgan bo‘lib
, shuning
uchun xalq ichida “Naqshi jahon” degan nom bilan shuhrat topgan edi
.
Samoni kuzatish va o‘rganish uchun G‘iyosiddin Jamshid yordamida astronomik
o‘lchov asbobi –
ulkan sekstant o‘rnatildi
. Bu sekstant Sharqdagi eng katta
astronomik o‘lchov asbob hisoblangan
. Shuningdek, mahalliy ustalar (Iso Usturlobiy,
73
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Abu Mahmud Xo‘jandiy
,
usta Ibrohim) qo‘li bilan ko‘plab zaruriy astronomik
o‘lchov asboblari ham yasaldi va o‘rnatildi
. Rasadxona qoshida 15 000 jilddan iborat
kitob saqlanadigan boy kutubxona ham bo‘lgan
. Uning atrofida olimlar yashaydigan
yer-
chorbog‘lar Bog‘imaydon va Chinnixona nomi bilan shuhrat topdi
.
Ulug‘bek Samarqandda o‘ziga xos astronomiya maktabini yaratdi
. Rasadxonada
Ulug‘bek bilan bir qatorda o‘z zamonasining mashhur matematigi va astronomlari
Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad),
G‘iyosiddin Jamshid Koshiy
,
Ulug‘bekning shogirdi
,
“O‘z davrining Ptolemeyi” nomini olgan Ali Qushchi
(Alouddin ibn Muhammad) va boshqalar yelkama-yelka turib, ilmiy-tadqiqot ishlarini
olib bordilar.
O‘rta Osiyo
,
Yaqin va O‘rta Sharq o‘lkalaridagi 683 ta geografik punktning
joylashuvi Samarqand kenglik koordinatalari bilan belgilab chiqildi. Matematika fani
sohasida Ulug‘bek maktabida o‘nlik darajali algebraik tenglama yechilib
, bir darajali
yoyning sinusi aniqlangan.
Ushbu me’moriy binolardan faqat Ulug‘bek madrasalari asrlar silkinishlariga
dosh berib,
majmuadan yagona yodgorlik bo‘lib qoldi
.
Temur sag‘anasiga qo‘yilgan ko‘k nefrit qabrtoshni Ulug‘bek Mo‘g‘uliston
yurishidan olib kelgan.
Toshda Amir Temurni ulug‘laydigan so‘zlar
, uning shajarasi
hamda marsiyalar o‘ymakor yozuvlarda bitilgan
.
Keyinchalik Ulug‘bekning o‘zi ham
shu yerga dafn etilgan.
Ulug‘bek ilmiy merosining eng asosiysi
,
ma’lum va mashhuri uning “Zij”i
bo‘lib
,
bu asar “Ziji Ulug‘bek”
,
“Ziji jadidi Ko‘ragoniy” deb ham ataladi
. Olim 1437-
yilda 1018 yulduz to‘plamini “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarida tartiblab chiqqan
, bu
asar yulduzlar bilimi sohasida hozir ham dunyoning eng buyuk asarlaridan biri
sanaladi.
“Zij”dan tashqari Ulug‘bek qalamiga mansub matematikaga oid “Bir daraja
sinusini aniqlash haqida risola”
,
astronomiyaga oid “Risolayi Ulug‘bek” (yagona
nusxasi Hindistonda, Aligarx universiteti kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir
“Tarixi arba’ ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) asarlari ham bor
.
Ulug‘bek tibbiyot va
musiqaga ham qiziqqan. Jumladan,
Alisher Navoiy “Majolis un
-
nafois” asarida
Ulug‘bekning she’rlaridan namunalar keltirib o‘tadi
.
Mirzo Ulug‘bekning vafotidan
so‘ng Samarqanddagi olimlar asta
-
sekin Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab
tarqalib ketdi.
Olimlar o‘zlari borgan yerlarga Samarqand olimlarining yutuqlari va
“Zij”ning nusxalarini ham yetkazdilar
. Xususan, Ali Qushchi 1473-yili Istanbulga
borib, rasadxona qurdi.
Natijada Ulug‘bekning ushbu yirik asari Turkiyada tarqaldi
va u orqali Yevropa mamlakatlariga yetib bordi. 1638-yili Istanbulga ingliz olimi va
74
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
sharqshunosi,
Oksford universitetining professori Jon Grivs keldi va Ulug‘bek
“Zij”ining bir nusxasini Angliyaga olib ketdi
. 1648-
yili avval “Zij”dagi 98
yulduzning jadvalini chop etdi.
O‘sha yilning o‘zida Grivs “Zij”dagi geografik
jadvalni ham nashr etdi. 1650-
yili esa u “Zij”ning birinchi maqolasini lotincha
tarjimada nashr etdi.
Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan:
1) “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” –
astronomiyaga oid;
2) “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola” –
matematikaga oid;
3) “Risolayi Ulug‘bek” –
yulduzlarga bag‘ishlangan;
4) “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi) –
tarixga oid.
Ulug‘bek o‘z shogirdlari bilan birgalikda π soni va sin1° ning qiymatini juda
katta aniqlikda hisoblab chiqqan.
Unga ko‘ra
, aylanaga ichki chizilgan
ko‘pburchakning burchaklari soni 3·228 gacha yetkazilgan va undan 2π = 6
, 283 185
307 179 586 5 keltirib chiqarilgan.
Samarqandlik astronomlar sin1° ning qiymatini
ham o‘ta katta aniqlik bilan hisoblab chiqishgan: sin 1° = 0
, 017 452 406 437 283
571.
Temurxon naslidin Sulton Ulug‘bek
Ki,
olam ko‘rmadi sulton aningdek
.
Aning abnoyi jinsi bo‘ldi barbod
–
Ki, davr ahli biridin aylamas yod.
Valek ul ilm sori topti chun dast,
Ko‘zi ollinda bo‘ldi osmon past
.
Rasadkim bog‘lamish –
zebi jahondur,
Jahon ichra yana bir osmondur.
Bilib bu nav’ ilmi osmoniy
,
Ki,
andin yozdi “Ziji Ko‘ragoniy”
.
Alisher Navoiy “Xamsa”sidan
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Akbar Zamonov, Nargiza Ismatova,
Bobir Aminov va boshqalar “O‘zbekiston
tarixi” 152
-
157 betlar Respublika ta’lim markazi
, Toshkent - 2023 yil
2. A.
Muhammadjonov “O‘zbekiston tarixi” (IV asr asrdan –
XV asr
boshlarigacha) 146-147-betlar Sharq nashriyot-matbaa AK bosh tahririyati Toshkent
–
2017 yil
3.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy ensiklopediyasi kerakli tomlari
“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyot
I”
Toshkent 2001-
2… yil
