190
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
IX-XII ASRLARDA ILM-FAN VA MADANIYATNING YUKSALISHI
Jahongir Usmanov Xujaqulovich
O‘zbekiston Respublikasi Termiz shahri Termiz davlat universiteti akademik
litseyi tarix fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abul Abbos
Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-
Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon
Muhammad ibn Ahmad Beruniy, Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn
Alilarning ilmiy merosi haqida ma’lumotlar beriladi.
Buyuk matematik, astronom va geograf olim Abu Ja’far (Abu Abdulloh)
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Xivada (783
–850) tug‘ilgan. U algebra fanining
asoschisi sifatida ilm-
fan tarixida yuksak nom qozondi. «Algebra» so‘zining o‘zi
uning «Al
-jabr val-
muqobala» nomli risolasidan olingan. Uning arifmetikaga oid
risolasi hind raqamlariga asoslangan bo‘lib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik
hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab
bo‘ldi. Olimning «al
-
Xorazmiy» nomi esa, «algoritm» shaklida fanda abadiy
o‘rnashib qoldi.
Xorazmiyning aytishicha, algebrada uch xil son bilan ish ko‘riladi: ildiz (jizr)
yoki narsa (shay), kvadrat (mol) va oddiy son yoki dirham (pul birligi). Yana uning
aytishicha, ildiz
—
o‘z
-
o‘ziga ko‘paytiriladigan miqdor, kvadrat esa ildizni o‘ziga
ko‘paytirishdan hosil bo‘lgan kattalikdir. Xorazmiy ish ko‘radigan tenglamalar mana
shu uch miqdor orasidagi munosabatlardir.
Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarning 10 tasi bizgacha yetib kelgan.
«Al
-jabr val-
muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Qo‘shish va ayirish haqida
kitob» (arifmetik asarlar), «Kitob surat
-al-
arz» (geografiyaga oid asar) shular
jumlasidandir. Shuningdek, allomaning «Zij», «Usturlob bilan ishlash haqida kitob»,
«Usturlob yasash haqida kitob», «Usturlob yordamida azimutni aniqlash haqida»,
«Kitob ar
-
ruhoma», «Kitob at
-
tarix» kabi asarlari ilm
-fan rivojida katta ahamiyat
kasb etadi.
Alloma qadimiy Bobildan ma’lum bo‘lgan birinchi va ikkinchi darajali
tenglamalarni yechish usullarini bayon qilgan. Xorazmiy har bir holda tenglamani
yechish qoidalari hamda ularning qat’iy isbotlarini keltiradi. Isbot garchi tashqi
ko‘rinishda geometrik tilda bayon qilinsa
-da, mohiyatan hozirgi algebraik isbot bilan
mos tushadi. «Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o‘z ichiga oluvchi
191
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
«Al
-jabr val-
muqobala hisob haqida qisqacha kitob»ni ta’lif qildim, chunki meros
taqsim qilishda, vasiyatnoma yozishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda
va harqanday bilimlarda va shuningdek, yer o‘lchashda, ariqlar o‘tkazishda,
muhandislikda va boshqa shunga o‘xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu
zarurdir», –
deb yozgan Al-
Xorazmiy. «Al
-jabr val-
muqobala» algebra asoslari
hamda algebrani amalda tatbiq etishga bag‘ishlangan mukammal darslik bo‘lgan.
Alloma Xorazmiy ko‘plab hind qo‘lyozma asarlarini o‘rganib chiqdi. 1 dan 9
gacha sanoq tizimini tuzgan va 0 g‘oyasi ustida bosh qotirgan hind matematigi
izlanishlari ulug‘ alloma Xorazmiyga yaxshigina turtki bo‘ldi. Lekin 0 sonini son
sifatida e’tirof etgan va hind sanoq tizimidan foydalanib, arab sanoq tizimiga asos
solgan shaxs aynan ulug‘ alloma Muhammad ibn Muso al
-Xorazmiy edi.
Xorazmiy matematikaga oid asarlaridan tashqari, geografiyada ham muhim
qadamlar qo‘ygan. U xalifa Ma’mun (813–
833) uchun jahon xaritasini yaratishga
yordam berdi va Yer atrofini topish uchun loyihada ishtirok etdi, Suriyadagi Sinjor
tekisligida yer meridiani darajasini o‘lchadi.
Olimning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al
-
Farg‘oniydir. Uning hayoti va ilmiy faoliyati haqida juda oz ma’lumotlar saqlangan.
Ahmad Farg‘oniy (797
-865-
yillar) Farg‘ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog‘ida
tug‘ilgan. U avval Bag‘doddagi rasadxonada ish olib bordi, so‘ngra Damashqdagi
rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha «Zij» yaratish
ishlariga rahbarlik qildi. Farg‘oniy yunon astronomlari, jumladan, Ptolemeyning
«Yulduzlar jadvali» asarida berilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish hamda o‘sha
davrdagi barcha asosiy joylarning geografik koordinatalarini yangidan aniqlash
yuzasidan olib borilgan muhim tadqiqotlarda faol ishtirok etdi.
Ahmad Farg‘oniyning «Astronomiya asoslari haqidagi kitob» asari o‘rta asr
musulmon -
Sharqi mamlakatlarida, so‘ng Ispaniya orqali Yevropa mamla katlarida
astronomiya ilmining - rivojini boshlab berdi.
Farg‘oniyning «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum» deb atalgan asari
«Astronomiya asoslari haqidagi kitob» nomi bilan mashhurdir. Asar XII asrda ikki
marta lotin tiliga tarjima qilingan. XIII asrda boshqa Yevropa tillariga tarjima
qilinganidan so‘ng, al
-
Farg‘oniyning nomi «Alfraganus» tarzida dunyoga tanildi.
Farg‘oniyning yuqorida nomi keltirilgan asaridan tashqari «Usturlob yasash haqida
kitob», «Al
-
Farg‘oniy jadvallari», «Yetti iqlimni hisoblash haqida» kabi asarlari,
«Oyning Yer ostida va ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash haqida risola» qo‘lyozmasi
turli mamlakatlar kutubxonalarida saqlanmoqda. Al-
Farg‘oniy 861
- yilda Qohira
192
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
yaqinidagi Ravzo orolida «nilometr», ya’ni suv sathini belgilovchi uskuna yasagan.
Uskuna ilk bor Nil daryosida sinab ko‘rilgani uchun shunday nom olgan.
To‘rt ming kilometr uzunlikdagi Buyuk Nil Misr xalqi uchun hayot
-mamot
daryosi edi. Mamlakat hududining atigi olti foizidagina dehqonchilik qilish, biron
yegulik yetishtirish mumkin bo‘lgan. Bu ham Nil tufayli. Qolgan qismi qumlik
bo‘lib, bu joylarga daryo suvi yetib bormas edi. Ana shu olti foiz suvli yer xalqni
boqib kelgan. Hozir ham shunday. Ammo o‘shanda Nil suv sathi tizginsiz bo‘lgan.
Ya’ni, bir yil suv sathi ko‘tarilsa, qirg‘oqdagi dehqon yerlarini suv bosib, hosili
nobud bo‘lardi. Va aksincha, suv sathi pasayib ketsa, qirg‘oqdan uzoqroqdagi yerlar
qurg‘oqchilikka uchrardi. Shunga qaramay davlat soliqchilari har ikki holatda ham
yer egalaridan birdek soliq talab qilgan. Ahmad Farg‘oniy yulduzlar harakatini
uzluksiz kuzatish barobarida Nil daryosi sathidagi o‘zgarishni hisobga olgan holda
daryodan uzoq-yaqinligiga qarab yerlar hosildorligi jadvalini tuzadi va shu tartibda
soliq tizimini yaratadi. Olimning Nil daryosi orollaridan biri
—
Roud «burni»ga
qurgan «Miqyosi Nil» uskunasi Misrda yangicha soliq miqdoriga asos soldi. Yevropa
Uyg‘onish davrining mashhur olimi Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya
universitetlarida astronomiyaga doir ma’ruzalarini Farg‘oniy asarlari asosida o‘qigan.
Farg‘oniy nomi Dante (XIV asr) va Shiller (XVIII asr) tomonidan tilga olinadi.
Atoqli astronom Yan Geveliy 1647-
yili nashr qilingan «Selenografiya» kitobida
oydagi kraterlardan birini buyuk vatandoshimiz Ahmad Farg‘oniy nomi bilan ataydi.
1998-yilda allomaning 1200 yillik tavallud sanasi katta tantanalar bilan
nishonlandi. 2007-
yilda Misr poytaxti Qohirada allomaga haykal o‘rnatildi.
Abu Nasr Forobiyning (873
–950) to‘liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn
Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiydir. Jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan
mashhur faylasuf, qomusiy olim Forobiy 873-
yilda turkiy qabilalardan bo‘lgan harbiy
xizmatchi oilasida, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Forob (O‘tror) shahrida
tug‘ilgan. Forobiy o‘z zamonasining barcha ilmlarini mukammal egallagani hamda
bu ilmlar rivojiga katta hissa qo‘shgani uchun Sharq mamlakatlarida «Almuallim as
-
Soniy» –
«Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin), «Sharq Arastusi» degan
unvonlarga sazovor bo‘lgan. Ayrim ma’lumotlarda qayd etilishicha, u 70 dan ortiq
tilni bilgan. Forobiy o‘rta asrlarda ma’lum bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy sohalarda 160
dan ortiq asar yaratgan. Buyuk vatandoshimizning ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni
boshqarish masalalariga, axloqiy tarbiyaga, fiqhshunoslik va pedagogikaga doir
asarlari mavjud.
Ular jumlasiga «Baxt
-
saodatga erishuv yo‘llari» («Risola fi
-t tanbeh ola asbob
as-
saodat»), «Shaharni boshqarish» («As
-siyosat an-
madaniya»), «Urush va tinch
193
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
turmush haqida kitob» («Kitob fitoyii val xurub»), «Fazilatli xulqlar» («Asashrat al
-
Fazila») va boshqalar kiradi. Forobiy nafaqat Turon mutafakkirlari, balki yevropalik
olimlardan ham bir necha asr ilgari adolatli jamiyat qurish nazariyasini yaratishga
katta hissa qo‘shgan. Olimning «Fozil odamlar shahri» risolasida jamiyatning kelib
chiqishi, maqsad va vazifalari izchil yoritilgan. Davlatni boshqarish, ta’lim
-tarbiya,
axloq, ma’rifat, diniy e’tiqod va boshqa masalalarga oid qimmatli fikrlar bayon
etilgan. Uning ilmiy merosi jahon tarixiy-
falsafiy adabiyotlarida e’tirof etilib, yuksak
baholangan.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-yil, qadimgi Kot shahri
–
1048-
yil, G‘azna) –
ulug‘ o‘zbеk mutаfаkkir оlimi, o‘rtа аsrning buyuk dаhоlаridаn
biridir. O‘z zаmоnаsining hаmmа fаnlаrini, birinchi nаvbаtdа, fаlаkiyot
(аstrоnоmiya), fizikа, riyoziyot (mаtematika), ilоhiyot, ma’dаnshunоslik fаnlаrini
puхtа egаllаgаn. Bu fаnlаr tаrаqqiyotigа qo‘shgаn hissаsi tufayli uning nоmi dunyo
fаnining buyuk siymоlаri qаtоridаn jоy оldi. Beruniy 150 dan ortiq asarlar yaratgan.
Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya»,
«Geodeziya» kabi asarlari shular jumlasidandir. Beruniy yerning dumaloq shaklda
ekanligini asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning koordinatalari va yulduz kattaliklari
qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik xaritasini tuzgan.
Beruniy o‘zining falakiyotga oid asarlarida Yerning Quyosh atrofida aylanishi
haqidagi fikrni birinchi bo‘lib ilgari surdi. U shu paytgacha noma’lum bo‘lgan
Amerika qit’asi mavjudligini taxmin qilib, o‘z asarlarida bu haqda bir necha bor
yozgan. Allomaning g‘arbiy yarim sharda katta quruqlik borligi to‘g‘risidagi fikri
XV
–XVI asrlarda o‘z tasdig‘ini topdi. Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho bergan
amerikalik tarixchi Jorj Sarton XI asrni «Beruniy asri» deb ta’rifladi. Beruniyning
asarlari o‘z davridayoq dong taratgan va hozirgacha xorijiy tillarga tarjima
qilinmoqda.
Beruniy ismidagi «Abu Rayhon» qismi –
Rayhonning otasi (rayhonning eng
yaxshisi, a’losi ma’nosida), «Muhammad» –
mutafakkirning o‘z ismi, «ibn Ahmad»
–
Ahmadning o‘g‘li ekanini anglatadi.
Abu Rayhon Beruniyning kashfiyotlari, ayniqsa, uning «Qadimgi xalqlardan
qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Saydana» kabi asarlari o‘z
zamonasidayoq unga shuhrat keltirdi.
«Hindiston» kitobining yaratilishi haqida esa shunday fikr bildiradiki, unda har
qanday orzu-
istakning o‘zagi mehnat va harakat degan xulosa kelib chiqadi. Bu
asarning tarixiy ahamiyati va qimmati har bir davr jahon allomalari tomonidan e’tirof
etilgan.
194
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
«Mineralogiya» asarida minerallar va ma’danlarning o‘z davridagi narx
-navosi,
ba’zilarining shifobaxshlik xususiyatlari, nodir tosh va metallar bilan bog‘liq ayrim
qiziqarli etnografik ma’lumotlarni bayon etgan, bu mazkur kitobning muhim tarixiy
manba sifatidagi ahamiyatini yanada oshiradi.
Beruniy tibbiyotga bag‘ishlangan «Saydana» asarida mingdan ortiq dorivor
moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan.
2009-yil iyun oyida Eron hukumati tomonidan Venadagi Birlashgan Millatlar
Tashkilotining bo‘limiga to‘rt mashhur olim: Ibn Sino, Beruniy, Zokiriy Roziy
(Reyz) hamda Umar Xayyomni o‘z ichiga olgan pavilyonni taqdim etiladi. Hozirda u
Vena xalqaro markazi Memorial maydonidan joy olgan.
Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali (980-
yil, Afshоna
qishlog‘i, O‘zbekiston –
1037-
yil, Hamadоn shahri, Erоn) –
jahоn fani taraqqiyotiga
ulkan hissa qo‘shgan buyuk qоmusiy оlim. Sharqda «Shayx ar
-
rais» (donishmandlar
sardori, allomalar boshlig‘i); «Sharaf al
-
mulk» (o‘lka, mamlakatning obro‘si,
sharafi); «Hakim al
-
vazir» (vazirlar donishmandi) deb atalgan bo‘lsa, G‘arbda
Avitsеnna nоmi bilan mashhur. Uning tibbiyotga doir asarlarida kasalliklarning kelib
chiqish sabablari va manbalari, tashxis, muolaja usullari, dorivor o‘simliklar va dori
-
darmonlarning xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning
ahamiyati kabi tabobatning ko‘pgina g‘oyat muhim masalalari yoritilgan.
Jahon fani tarixida ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan. Chunki, o‘z
davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shug‘ullangan va ularga oid asarlar
yozgan. Ibn Sinoning «Al
-qonun fit-
tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima
qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan.
Uni «Avitsenna» sifatida G‘arbda mashhur qilgan asar allomaning tibbiy merosi –
«Tib qonunlari» bo‘lsa
-
da, «Shayx ar
-
rais» nomi, eng avvalo, uning buyuk
faylasufligiga ishoradir. Aytishlariga qaraganda, hakimlar aslida 4 ta bo‘lgan, ular
G‘arbda Arastu va Iskandar, Sharqda esa Abu Nasr Forobiy bilan Abu Ali ibn Sinodir
Ibn Sino ilmiy merosini o‘rganish ishlari XIII asrga kelib jadal tus oldi. Natijada
maxsus ilmiy yo‘nalish –
sinoshunoslik vujudga keldi. «Tib qonunlari» lotincha
tarjimasi to‘liq holda 40 marta nashr qilindi. XVIII asrda yashagan mashhur shved
botanigi Karl Linney doimo yashil bo‘lib turuvchi bir tropik daraxtni Ibn Sino
sharafiga Avitsenniya deb atadi. Buxoro shahri va Afshona qishlog‘ida allomaga
haykal o‘rnatildi, Belgiyaning Kortreyk shahrida ham Ibn Sinoga haykal qo‘yilgan
(2000). Afshonada buyuk allomaning muzeyi ochildi. O‘zbekistonda Ibn Sino
xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1999), shuningdek, «Ibn Sino» va «Sino» nomli xalqaro
jurnallar nashr qilinmoqda.
195
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Abu Ali ibn Sino 10 yoshida Qur’oni Karimni to‘liq yod olgan. 13 yoshidan
boshlang‘ich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shug‘ullana boshlagan. U
16
—
17 yoshidayoq mashhur tabib
—
hakim bo‘lib tanildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Akbar Zamonov, Nargiza Ismatova, D. Rahimjonov va boshqalar
“O‘zbekiston tarixi” 167
-
187 betlar Respublika ta’lim markazi, Toshkent
- 2022 yil
2.
A.Muhammadjonov “O‘zbekiston tarixi” (IV asr asrdan –
XV asr
boshlarigacha) 91-97-betlar Sharq nashriyot-matbaa AK bosh tahririyati Toshkent
–
2017 yil
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy ensiklopediyasi kerakli tomlari
“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyotI”
Toshkent 2001-
2… yil
