117
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
TEMURIYLAR DAVRIDA QURILISH VA OBODONCHILIK
Jahongir Usmanov Xujaqulovich
O‘zbekiston Respublikasi Termiz shahri Termiz davlat universiteti akademik litseyi
tarix fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Temuriylar davrida olib borilgan qurilish va
bunyodkorlik ishlari, Samarqand shahrining qayta qurilishi, yangi me’morchilik
obidalari va ularning o‘ziga xos jihatlari, Xoja Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek
rasadxonasi va Oqsaroy qurilishi haqida so‘z boradi.
Тemur saltanat poytaxti Samarqandni obod qilishga alohida e’tibor berdi. Turli
mamlakatlardan keltirilgan ustalar Samarqandni o‘z davrining eng go‘zal shahriga
aylantirdilar. Me’morchilik obidalari asosan Samarqandda joylashgan. Тemur davrida
Samarqand Afrosiyobdan janubda, mo‘g‘ullar davridagi ichki va tashqi shahar
o‘rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandaq bilan o‘ralib
(1371), “hisor” deb ataldi. Hisor 500 gektar bo‘lib, devor bilan o‘ralgan edi. Shaharga
oltita darvozadan kirilgan. Тemur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig‘i
kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg‘alarga
tayangan tashqi gumbazni ko‘tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi.
Ulug‘bek davrida gumbazosti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Shahar
mahallalardan iborat bo‘lib, guzarlarga birlashgan. Shaharda me’moriy majmualar
shakllanishi Тemur va temuriylar davrining eng katta yutug‘i bo‘ldi. Me’morchilik
taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarildi, inshootlar ko‘lami bilan birga ularning shakli
ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi
vazifalarni yukladi. Samarqandga kiraverishda Ko‘hak tepaligidagi Cho‘pon ota
maqbarasi Ulug‘bek davrida qurilgan bo‘lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy
shaklning nafisligi, bezaklarda ulug‘vorlik uyg‘unlashib ketgan. Temuriylar
me’morchiligi Saljuqiylar me’morchiligining o‘ziga xos jihatlaridan foydalangan.
Murakkab chiziqli va geometrik naqshlarni tashkil etuvchi feruza va ko‘k plitalar
binolarning fasadlarini bezagan. Ba’zan ichki qismi ham xuddi shunday bezatilgan.
Hofizi Abru Samarqand haqida shunday yozadi: “Mahallalar, bozorlar,
ko‘chalar va aksar xonadonlarda oqar suvlar bor. Qaysi joyga bormagin, katta
hovlilarning birortasi hovuzsiz va daraxtsiz emas. Shu sababdan, (shahar) “Jannat ad-
dunyo” (Dunyoning jannati) degan unvon olmish”.
118
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Тemur saltanat poytaxti Samarqandni obod qilishga alohida e’tibor berdi. Turli
mamlakatlardan keltirilgan ustalar Samarqandni o‘z davrining eng go‘zal shahriga
aylantirdilar. Me’morchilik obidalari asosan Samarqandda joylashgan. Тemur davrida
Samarqand Afrosiyobdan janubda, mo‘g‘ullar davridagi ichki va tashqi shahar
o‘rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandaq bilan o‘ralib
(1371), “hisor” deb ataldi. Hisor 500 gektar bo‘lib, devor bilan o‘ralgan edi. Shaharga
oltita darvozadan kirilgan. Тemur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig‘i
kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg‘alarga
tayangan tashqi gumbazni ko‘tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi.
Ulug‘bek davrida gumbazosti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Shahar
mahallalardan iborat bo‘lib, guzarlarga birlashgan. Shaharda me’moriy majmualar
shakllanishi Тemur va temuriylar davrining eng kata yutug‘I bo‘ldi. Me’morchilik
taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarildi, inshootlar ko‘lami bilan birga ularning shakli
ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi
vazifalarni yukladi.
Samarqandga kiraverishda Ko‘hak tepaligidagi Cho‘ponota maqbarasi Ulug‘bek
davrida qurilgan bo‘lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi,
bezaklarda ulug‘vorlik uyg‘unlashib ketgan. Temuriylar me’morchiligi Saljuqiylar
me’morchiligining o‘ziga xos jihatlaridan foydalangan. Murakkab chiziqli va
geometric naqshlarni tashkil etuvchi feruza va ko‘k plitalar binolarning fasadlarini
bezagan. Ba’zan ichki qismi ham xuddi shunday bezatilgan.
Amir Temur qurdirgan meʼmoriy inshootlar ichida shubhasiz Oqsaroy eng yirik
va nodir obida hisoblanadi. Тemuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda
namoyon bo‘ldi. Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy
mavzudagi kufiy, suls yozuvlari, koshinkor bezaklar, islimiy, girih naqshlarning
o‘zaro uyg‘unligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bag‘ishlagan. Abdurazzoq
Samarqandiyning yozishiga qaraganda, Amir Temur to‘rtinchi marta, yaʼni 1379-yili
Xorazmga yurishidan qaytganidan so‘ng xorazmlik bir guruh kishilarni Keshga
ko‘chirib keltirganligini qayd etadi. Ko‘chirib keltirilganlar orasida quruvchi usta,
mutaxassis bunyodkorlar ham bo‘lganki, ular Amir Temurning buyrug‘i bilan Keshda
yangi saroy barpo etish ishiga jalb qilinganlar. Oqsaroyning qurilishi 1380-yilning
bahorida boshlangan. Jumladan, gumbazli arkni yasash va bezashda tosh kesuvchi
usta Muhammad Yusuf Tabriziy ishtirok etgani gumbaz yozuvlarida saqlangan. O‘z
davrida umumiy balandlik darajasi 70 metrdan balandni tashkil etgan Oqsaroy
binosining hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan qismi 38 metrni tashkil etadi. 1404-yil
avgustda Keshda bo‘lgan ispan elchisi Klavixo ustalar hanuz qurilish ishlarini davom
119
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ettirishayotganligini taʼkidlagan. Saroy hajmi jihatidan nihoyatda ulkan va mahobatli,
o‘z davrining o‘xshashi yo‘q binosi bo‘lgan. Nizomiddin Shomiy o‘zining
“Zafarnoma” asarida Oqsaroy haqida “Uning toq va ravoqlari ayiq yulduziga yetadi,
binobarin, dunyoda unga teng keladigan narsani hech kim hech qachon ko‘rmagan va
eshitmagan”, deya yuqori taʼrif bergan edi.
“…..YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari
xalqaro institute tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning
O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida, 1995-yil iyul oyida mazkur institut ochildi.
YUNESKO buyuk bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro
miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga
bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Amir Temur tavallud topgan
Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Keying
yillarda YUNESKO bilan hamkorlikda ko‘plab tarixiy shaharlarimiz va buyuk
allomalarimizning yubileylari dunyo bo‘ylab keng nishonlandi. Hamkorlik ishlari
izchil davom etmoqda…”
[3]
Ushbu me’morchilikning o‘ziga xos xususiyatlari muhtashamlik, ulkanlik,
ko‘rinishning ko‘rkamligi va bezatishning yangi uslublaridan foydalanish kabilar edi.
Oqsaroy peshtoqlarida sher bilan quyoshning juft tasviri ramziy ma’noga ega.
Oqsaroyda 1973–1975-yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994–1996-yillarda
konservatsiya ishlari olib borilgan bo‘lsa, 2002-yilda YUNESKO homiyligida
Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan u qayta
ta’mirlangan.
Inshoot dastlab 70 metrdan balandroq bo‘lgan. Uning tom qismiga kichik hovuz
qurilgan, undan quvurchalar orqali o‘tgan suv sharshara hosil qilgan. Saroy
poydevorini bunyod etishda oltin qum ishlatilgan. Bino poydevori ancha chuqur qilib
qurilgan. Hozir saroyning faqatgina ulkan peshtog‘i, ikki chekkasidagi minorasi,
poydevorining bir qismigina saqlanib qolgan. Oqsaroyning hozirgi ko‘rinishi ham
salobatli va go‘zaldir. Bu salobatlilik va go‘zallikka g‘ishtlarning yaxlit bo‘lib
ko‘rinishini ta’minlash – old va shimoliy devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir
tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravog‘ining eni 22,5 m, balandligi 40 m,
umumiy balandligi 50m dan oshiqroqni tashkil etgan. Peshtoq minorasi ichidagi
aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan. Saroy qabulxonasi arkining kirish qismida
sher va quyosh, Temur davlatining ramzi bo‘lmish uchta halqa shakli tasvirlangan.
Klavixo Oqsaroyni ko‘rganida u hali qurib bitkazilmagan, ba’zi joylarining koshinli
naqshlari tugallanmagan edi. Shunga qaramay, sayyoh juda hayratlanganini, saroy
nihoyatda go‘zalligini kundaliklarida yozib qoldiradi.
120
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Тemur va Ulug‘bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo‘lgan. Devor
va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatlangan. Тemur davrida qurilgan
binolarda ko‘k va zarhal ranglar ustun bo‘lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug‘bek
davriga esa Хitoy chinnisiga o‘xshash oq fondagi ko‘k naqshlar xos. Shahar
markazidagi maydon qal’a bilan o‘ralgan. Suv ta’minoti ariqlar tizimi orqali amalga
oshirilgan. Xonaqohlar sayohatchilar va savdogarlar joylashishi uchun qurilgan.
Jamoat binolari masjidlar, madrasalar, saroylar va karvonsaroylardan iborat bo‘lgan.
Amir Temur meʼmorchilikni yuqori darajaga ko‘tarish borasida muhandislar,
meʼmorlar, bezak ustalari oldiga yangidan yangi vazifalarni qo‘yib, ularning
mahoratlarini muntazam oshirib borishga katta eʼtibor bilan qaradi. Masalan,
Klavixoning guvohlik berishicha, Amir Temur Go‘ri Amir (Amir Temur) maqbarasi
qurilishidan uncha qoniqmay, uning gumbazini qayta qurishni buyurgan. Shuningdek,
Jome masjidi asosiy peshtoqi avval unga maqbul bo‘lmagan, so‘ng peshtoq ham
qayta qurilgan. Ulug‘bek rasadxonasi balandligi 31 metr bo‘lgan uch qavatli o‘ziga
xos inshoot edi. Bino ichidagi hovli 50 metrga 55 metr o‘lchamda bo‘lgan.
Temuriylar davriga xos bino kubik shaklidagi maqbara (chohartak) bo‘lib, bino ustida
tekis, asosan ko‘k (feruza) gumbaz joylashgan. Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi
gumbazining balandligi 44 metr, diametri 22 metr bo‘lgan. Temuriylar davridagi
binolarning muhim qismi alohida ajralib turadigan peshtoq – ayvon edi. Bibixonim
jome masjidining balandligi 33 metrga yetgan bo‘lsa, Oqsaroy binosi esa undan ham
balandroq, ya’ni 70 metrdan ortiq edi. Asosiy qurilish materiali ganch ohak bilan
mahkamlangan g‘ishtdir. G‘isht gips bilan qoplangan. Mayolika gumbaz qoplamasi
uchun ishlatilgan. Tashqi ko‘rinishni bezatishda plitkalar mozaikasi (moarrak)
marmartoshlardan foydalanilgan. Binolar me’morchiligida balandligi 9 metr (eni 4
metr va chuqurligi 3 metr)gacha bo‘lgan qurilish uslubi amaliyotda kam uchraydi.
Devorlarga gilamlar, kigizlar, qurollar osilgan. Derazalar rangli oynali vitrajlar va
ochiq panjaralar bilan bezatilgan. Sun’iy yoritish uchun devorga bronza va oltin
shamdonlar hamda qandillar o‘rnatilgan.
Amir Temur Bibixonimga atab qurdirgan Bibixonim jome masjidi hovlisi
o‘rtasida marmartoshdan yasalgan ulkan lavh bor. Lavh Ulug‘bek farmoniga binoan,
XV asr o‘rtalarida yasalgan. Unga “Sultoni azim, oliy himmatli xoqon, din-diyonat
homiysi, hanafiya mazhabining posboni, asilzoda sulton, ibni sulton, amirul
mo‘minin Ulug‘bek Ko‘ragon” yozuvlari bitilgan.
Naqqoshlikda foydalaniladigan bezak turlari xilma-xildir. Xattotlikda kufiy
yozuvidan keng foydalanilgan. Geometrik jihatdan girih, medalyon, spiral, romb va
oltiburchak shakli qo‘llangan. Gulli usulda bezatishda poya va gullar bir-biriga
121
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
bog‘langan holda bo‘lgan. Qurilishda, asosan, feruza-ko‘k, bezatishda esa ko‘k-oltin
ranglari ishlatilgan. Shuningdek, me’morchilikda yashil, qizil, sariq, qora va oq
ranglar (ganch) mavjud. Bu davrda peyzaj san’ati rivojlandi. Amir Temur bog‘lari
Samarqand husniga husn qo‘shdi. Bog‘larda mevali daraxtlardan behi, o‘rik, shaftoli,
olcha va gullardan binafsha, za’faron, lola va atirgullar ekilgan. Temuriylar
me’morchiligi XVI–XVIII asrlarda Markaziy Osiyo, Hindiston va Eronda yangi
shakllangan uchta me’morchilik maktabining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib, ularda bir
qancha umumiy rivojlanish belgilari kuzatiladi. Bunda rivojlanayotgan savdo-sotiq,
diplomatik aloqalar va hunarmandlar munosabati muhim rol o‘ynadi. XVII asr
o‘rtalarida Buxorodagi Abdulazizxon madrasasining tashqi ko‘rinishi hind
me’morchiligi manzarasi aks ettirilgan devoriy suratlar bilan bezatilgan. Bu ko‘rinish
Agra shahridagi mashhur Tojmahal maqbarasi qurilishida ishtirok etgan buxorolik
ikki nafar o‘ymakor usta va samarqandlik gumbaz quruvchisi tomonidan yaratilgan.
Turli hududlardan kelgan hunarmandlar, turli soha mutaxassislari qurilish,
meʼmorchilik ishlariga keng jalb etilar edi. Shams Abdulvahob Sheroziy, Tojuddin
Isfahoniy, Sharafuddin Tabriziy singari usta meʼmorlar, yog‘och o‘ymakori Yusuf
Sheroziylar shular qatoridan o‘rin olgan mashhur ustalar bo‘lishgan. Movarounnahr
o‘lkasining o‘z meʼmoriy maktablari va bezak ustalari bo‘lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1.Akbar Zamonov, Nargiza Ismatova, Bobir Aminov va boshqalar “O‘zbekiston
tarixi” 173-174 betlar Respublika ta’lim markazi, 2023 yil
2.Narzulla Jo‘rayev va Akbar Zamonov “O‘zbekiston tarixi” (Mustaqillik davri)
132-bet G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2018
3.Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences. International
scientific-online conference. (G.Britain)
https://doi.org/10.5281/zenodo.10902032
“O‘zbekiston va BMT aloqlari” (50-bet) 30.03.2024 yil
