Авторы

  • Джахонгир Усманов
    O‘zbekiston Respublikasi Termiz shahri Termiz davlat universiteti akademik litseyi

Биография автора

  • Джахонгир Усманов , O‘zbekiston Respublikasi Termiz shahri Termiz davlat universiteti akademik litseyi
    tarix fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84751

Аннотация

Ushbu maqolada Amir Temur saltanatida qo‘shin tuzilishi, qo‘shin tarkibi, harbiy qismlardagi tartib-intizom, harbiy lavozimlar, qo‘shinni o‘ntalik harbiy birikmalarga bo‘linishi va janggi kirish usullari haqida so‘z boradi.

Buyuk lashkarboshi va harbiy tashkilotchi sifatida Temurbek o‘ta intizomli armiya tuzishga, jang chog‘ida qo‘shin qismlarini san’atkorona boshqarishga, jang taqdiri hal bo‘ladigan joylarga harbiy kuchlarni o‘z vaqtida ustalik bilan yo‘llashga, har qanday to‘siq va g‘ovlarni tadbirkorlik bilan bosib o‘tishga, armiyadagi jangovar ruhni kerakli darajada ushlab turishga muyassar bo‘ldi.

Amir Temur qo‘shinida qat’iy tartib va intizom o‘rnatilgan edi. Har bir jang rejasini va barcha qismlar uchun yo‘l-yo‘riqlarni uning o‘zi ishlab chiqardi. Qo‘shinning yuragi va qo‘mondonlik o‘zagini barlos urug‘i vakillari tashkil etardi. Amir Temur o‘z qo‘shiniga shahar va qishloqlarni talon-toroj qilishga izn bermagan. Aksariyat hollarda masalani tinchlik yo‘li bilan yechishga harakat qilgan. Sohibqiron o‘zga davlatlarga savdogar, shayx, darvish va boshqalar niqobi ostida o‘z ayg‘oqchilarini ham yuborib, tegishli ma’lumotlarni to‘plab olgan.


background image

207

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

AMIR TEMUR SALTANATIDA HARBIY TIZIM

Jahongir Usmanov Xujaqulovich

O‘zbekiston Respublikasi Termiz shahri Termiz davlat universiteti akademik litseyi

tarix fani o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Amir Temur saltanatida qo‘shin tuzilishi,

qo‘shin tarkibi, harbiy qismlardagi tartib-intizom, harbiy lavozimlar, qo‘shinni
o‘ntalik harbiy birikmalarga bo‘linishi va janggi kirish usullari haqida so‘z boradi.

Buyuk lashkarboshi va harbiy tashkilotchi sifatida Temurbek o‘ta intizomli

armiya tuzishga, jang chog‘ida qo‘shin qismlarini san’atkorona boshqarishga, jang
taqdiri hal bo‘ladigan joylarga harbiy kuchlarni o‘z vaqtida ustalik bilan yo‘llashga,
har qanday to‘siq va g‘ovlarni tadbirkorlik bilan bosib o‘tishga, armiyadagi jangovar
ruhni kerakli darajada ushlab turishga muyassar bo‘ldi.

Amir Temur qo‘shinida qat’iy tartib va intizom o‘rnatilgan edi. Har bir jang

rejasini va barcha qismlar uchun yo‘l-yo‘riqlarni uning o‘zi ishlab chiqardi.
Qo‘shinning yuragi va qo‘mondonlik o‘zagini barlos urug‘i vakillari tashkil etardi.
Amir Temur o‘z qo‘shiniga shahar va qishloqlarni talon-toroj qilishga izn bermagan.
Aksariyat hollarda masalani tinchlik yo‘li bilan yechishga harakat qilgan. Sohibqiron
o‘zga davlatlarga savdogar, shayx, darvish va boshqalar niqobi ostida o‘z
ayg‘oqchilarini ham yuborib, tegishli ma’lumotlarni to‘plab olgan.

Ayg‘oqchilar olib kelgan ma’lumotlar yopiq (maxfiy) majlislarda muhokama

etilgan. Har bir joyda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilingan, mas’ul shaxslar har
qanday vaziyatda ham xavfsizlikni saqlashga tayyor bo‘lib turganlar. Аmir Temur
saroy va devonni qo‘riqlash xizmatiga birinchi galda e’tibor bilan qarab, o‘n ikki
ming askar urush va tinchlik bo‘lishidan qat’i nazar, uni to‘rt tomonlama qo‘riqlab
turgan. Har kecha esa ming nafar qurolli askar soqchilikni amalga oshirgan. Har yuz
soqchi ustidan bir yuzboshi mas’ul etib qo‘yilgan. Bunday qo‘riqchi soqchilar shahar
va qishloqlarga, chegara postlariga, muhim karvon yo‘llariga ham qo‘yilgan. Urush
vaqtida esa o‘n ikki ming qurollangan otliq o‘z boshliqlari (amirlar, mingboshilar,
o‘nboshilar) rahbarligida to‘rt qismga bo‘linib, o‘ng (barong‘or), chap (javong‘or),
saroyning oldi va orqa qismlariga joylashtirilganlar.

Hali bironta ham xalq qo‘shinini to‘g‘ri saflashni bilmay, tartibsiz va taktik

harakatlarsiz, faqat o‘zidagi jasorat darajasi bilan uzuq-yuluq jang qilayotgan bir
paytda Temurning to‘g‘ri saflangan, bir necha yo‘nalishda muntazam tartib bilan
jangga kiruvchi, kuchli zaxiraga ega mustahkam armiyasi bor edi.


background image

208

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

M. Ivanin, XIX asr rus harbiy tarixchis
Аmir Temur harbiy siyosatining asosiy maqsadi mamlakatni ichki va tashqi

xavfdan himoya etish, xalqaro maydondagi parokandalik va beqarorlikning oldini
olish, hududda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, geosiyosiy maydondagi vaziyatni
to‘la nazoratga olish hisoblangan. Аmir Temur kuchli markazlashgan davlat barpo
etgach, avvalo uning harbiy salohiyatini kuchaytirishga katta ahamiyat berdi. U
qo‘shin tuzilishiga alohida e’tibor qaratib, uning tarkibiy joylashuvi, taktik usullariga
yangiliklar kiritishga harakat qildi. U Turon tarixida ilk bora o‘z qo‘shiniga o‘tochar
qurol, ya’ni to‘p – ra’dni olib kirdi. Tog‘li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi
piyodalardan tuzilgan maxsus harbiy qo‘shinni ham tashkil qildi. Amir Temur jahon
harbiy san’ati tarixida birinchi bo‘lib qo‘shinni jang maydonida yettita qo‘l
(korpus)ga bo‘lib joylashtirish tartibini joriy qildi. Аmir Temur qo‘shini Chingizxon
qo‘shinidagi kabi o‘nlik, yuzlik, minglik va o‘n minglik (tuman) qismlarga bo‘lingan.
Qo‘shinni bu tariqa bo‘lishdan ko‘zlangan maqsad boshqaruvni osonlashtirish, tezkor
harakatni ta’minlash, tartib-intizomga qat’iy rioya etish va uni kuchaytirish, zarur
vaqtda esa darhol qo‘shin safini tuzish hisoblangan. Аmir Temur qo‘shinning tezlik
bilan saflanish mexanizmini ham ishlab chiqqan. Qo‘shinga jang sir-asrorini yaxshi
biladigan, mard, dovyurak va sadoqatli 313 nafar amir rahbar etib tayinlangan.
Ularning har biri o‘rinbosarga ega bo‘lgan. Аgar amir urush vaqtida halok bo‘lsa,
uning o‘rnini darhol o‘rinbosari egallashi kerak bo‘lgan.

Amir Temur qo‘shin yig‘ish ishlariga alohida e’tibor bilan qaragan. Ma’lum

jismoniy va harbiy yuklamalarni bajara olgan yigitlar qo‘shin safiga jalb etilgan.
Harbiy yurish oldidan chaqirilgan mashvaratdan so‘ng tunkal e’lon qilingan. Tunkal
tegishli joylarga bosh qo‘mondonning yordamchisi – tavochi tomonidan tezlik bilan
yetkazilgan. Tavochining zimmasiga askar jam etishdan tashqari, qo‘shin
qismlarining qarorgoh yoki safardagi o‘rni, jangovar tartib hamda bir joydan ikkinchi
joyga ko‘chishni nazorat qilish ham yuklatilgan edi. Tunkalga ko‘ra, viloyat
hokimlari, tegishli hudud beklari, qal’a, qo‘rg‘on dorug‘alari Аmir Temur tomonidan
tuzilgan ro‘yxat asosida o‘z jangchilari, zarur ot-ulovi, qurol-yarog‘i, oziq-ovqati,
yemxashagi bilan belgilangan joyga o‘z vaqtida yetib kelishi shart bo‘lgan.
Belgilangan vaqtda lashkargohga yetib kelgan askarlar qat’iy tartib va intizom bilan
o‘z o‘rinlarini egallagan hamda yurish oldidan o‘tkazilajak an’anaviy harbiy ko‘rikka
tayyorgarlik ko‘rgan. Ular kirim-chiqim daftariga, shuningdek, davlat maoshi – ulufa,
oziq-ovqat, yem-xashak oluvchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Qo‘shin bilan birga yurishda
kerak bo‘luvchi novvoy, qassob, go‘sht bilan savdo qiluvchilar, arpa va meva-cheva
sotuvchilar ham ko‘chib yurishgan. Ko‘plab kasb-hunar egalari askarlarga xizmat


background image

209

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ko‘rsatishgan. Аgar qaysidir oddiy askar qilich chopib, bahodirlik ko‘rsatsa, unga
in’om tarzida qimmatli toshlar qadalgan kamar, qilich va ot berilib, u o‘nboshilik
martabasiga ko‘tarilgan. Аgar qaysidir amir biron mamlakatni egallasa yoki dushman
lashkarini yengsa, u uchta narsa bilan taqdirlangan: 1) faxrli nisba (faxriy nom); 2)
tug‘; 3) nog‘ora. Bunday shaxslar “bahodir” deb nom olib, hurmat-e’tiborga sazovor
Tarix saboqlari bo‘lishgan. Jasorati uchun o‘nboshiga shahar hokimligi, yuzboshiga
biror hudud berilgan. Qaysi bir amir dushman hukmdori yoxud shahzodasini
yenggudek bo‘lsa, unga ham shunday hurmat ko‘rsatilib, uning xizmatiga ulus va
chegara viloyatlaridan biri berilgan. Mukofot tariqasida ba’zida amirlarga biron-bir
hudud 3 yilga yoki boshqa bir muddatga in’om etilgan. “Tuzuklar”da harbiylarga
qo‘shinga maosh berish tartibi ham ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, harbiylar ta’minoti
qat’iy belgilangan bo‘lishi va ularda hech qanday muhtojlik sezilmasligi lozim
bo‘lgan. Oddiy sipohiyga (o‘z vazifasini yaxshi uddalashi sharti bilan) beriladigan
maosh u mingan otning bahosida bo‘lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan
to‘rt ot bahosigacha tayin etilgan. O‘nboshilar maoshi oddiy sipohiydan o‘n barobar
ortiq bo‘lgan. Yuzboshilar maoshi o‘nboshilarga qaraganda ikki baravar,
mingboshilarniki esa yuzboshilarnikidan uch baravar ortiq bo‘lishi lozim edi. Аgar
sipohiylardan birortasi urush vaqtida xatoga yo‘l qo‘ysa, uning maoshi o‘ndan birga
kamaytirilgan. Аmir ul-umaroning maoshi o‘z qo‘l ostidagilarnikidan o‘n baravar
ortiq bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Sipohiylarning har biriga maosh olish yorlig‘i
topshirilib, ularga berilgan mablag‘ miqdori shu yorliqning orqasiga yozib qo‘yilgan.
Jangda olingan o‘lja esa odatda ikki qismga: hukmdor xazinasi va lashkar orasida
bo‘lingan.

Amir Temurning qo‘shinida turli tillarda so‘zlashuvchi qavmlar bemalol xizmat

qila olgan. Shuningdek, qo‘shinning asosiy qismini turkiy urug‘ vakillari tashkil
etgan. Barlos, jaloyir, qavchin kabi urug‘ vakillari asosiy qo‘mondonlar bo‘lgan.
Qo‘shinda har qanday diniy, irqiy kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmagan. Аmir Temur
qo‘shinida ayollardan tuzilgan bo‘linmalar ham bo‘lib, ular erkaklar bilan bir qatorda
jangga kirganlar. Аmir Temur tuzgan qo‘shin muntazam armiyaga xos bo‘lgan.
Qo‘shin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, o‘z zamonasining ilg‘or qurol-
yarog‘i bilan qurollangan, aynan bir turdagi aslaha-anjom bilan ta’minlangan qismlar
bir-biridan kiyim-boshi, tutgan bayroq yoki tug‘i orqali farqlangan. Bir turdagi
askariy kiyimlarning joriy etilishi kabi yangiliklar keyinchalik yevropaliklar
tomonidan o‘zlashtirildi. Og‘ir qurollangan otliq qo‘shinning vazifasi dushmanga hal
qiluvchi zarbani berishdan iborat edi. Shuningdek, asosiy jangovar bo‘linmalardan
tashqari quyidagi yordamchi qismlar ham mavjud edi:


background image

210

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

– qamal qiluvchi, tosh otuvchi mashinalar, “yunon olovi”ni otuvchi, devor

buzuvchi texnikadan iborat o‘ziga xos artilleriya;

– doimiy ravishda qo‘l ostida turishi lozim bo‘lgan vositalarni tayyorlash,

ko‘priklar qurish, kemalar yasash, kema haydash va boshqa ishlar uchun maxsus
ustalar bo‘linmasi;

– jangda foydalanilgan, qo‘l ostidagi jangovar vositalar va hayvonlarni (fil, tuya,

ho‘kiz) boshqarish bo‘linmasi;

– tog‘larda harbiy harakatlar olib borish uchun daralardan o‘ta oladigan va

baland qoyalarga hujum qila oladigan maxsus piyoda bo‘linmalar

“Temur lashkarlari orasida ayollar ham bo‘lib, ular dushman bilan bo‘lgan

to‘qnashuvlarda matonat ko‘rsatardilar. Nayza sanchish, qilich o‘ynatish va
kamondan mo‘ljalga olishda mohir erkaklardan ko‘ra ortiqroq ish qilardilar.”

Ibn Аrabshoh
Harbiy yurish vaqtida oddiy askarlardan har o‘n sakkiz kishi o‘zi bilan bir

chodir olishi, har bir askarda 2 nafar ot, bir kamon, bir o‘qdon, bitta qilich, arra,
bigiz, bir qop, juvoldiz, tesha, bolta, o‘nta igna, charm xalta olishi shart bo‘lgan.
Bahodirlardan esa har besh nafari bitta chodir olib, ularning har biri bitta javshan
(temir sovut), dubulg‘a, bir qilich, sadoq (o‘qdon), yoy va ot olishi kerak bo‘lgan.
O‘nboshilardan har biri o‘zi bilan birga bitta chodir, sovut, qilich, sadoq, o‘q-yoy,
beshta ot olgan. Yuzboshilardan har birida bitta chodir, o‘nta ot, qilich, sadoq, o‘q-
yoy, gurzi, cho‘qmor, koskan (sim ro‘mol), zirh, baktar (harbiy kamzul) bo‘lishi
zarur edi. Mingboshi o‘zi bilan bir chodir, bir soyabon, javshan (temir sovut),
dubulg‘a, nayza, qilich, sadoq va o‘q-yoydan xohlaganicha olishi mumkin bo‘lgan.
Piyodalar albatta bitta qilich, kamon, ko‘targanicha o‘q-yoy olishi shart bo‘lgan.
Bunday qo‘shin ta’minoti to‘g‘ri va asosli ravishda tashkil etilgan bo‘lib, harbiylar
orasida muvozanat va tezkorlik shakllanishiga xizmat qilar edi. O‘rta Osiyoda ilk bor
to‘p – ra’dlar Amir Temur qo‘shinida ishlatilgan. Uning snaryadi yerga tushib
portlaganda momaqaldiroqdek gumburlagan. To‘plarni Amir Temur ilk marta 1379-
yili Urganch qamal qilingan vaqtda jangga solgan. Bu XV–XVI asrlarda
Movarounnahr, Xuroson va Eronda artilleriyaning boshqa turlari paydo bo‘lishiga
turtki berdi. Unga qadar mavjud bo‘lgan naftandoz, manjaniqlarning o‘rnini to‘plar
egalladi.

Аmir Temur hokimiyatni qo‘lga olganidan so‘ng avvalo mudofaa inshootlari,

istehkom devorlarini qayta qurish, mustahkamlash ishiga katta e’tibor berdi.
Zahiriddin Muhammad Boburning ma’lumotiga ko‘ra, Samarqand istehkom devori
yaxlit, baland uchli burjlari bo‘lib, uzunligi 10 600 qadamni tashkil etgan.


background image

211

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Keyinchalik istehkom devorlari ta’mirlanib, qalinligi 4,5 metr keladigan yangi devor
qurilgan. Аrk yonida ikkita mudofaa minorasi ko‘tarilgan. Ular devor buzuvchi
moslamalar zarbiga ham chidaydigan darajada pishiq bo‘lgan. Devorlarning
balandligi ularning qalinligiga qaraganda uch marta ko‘p bo‘lgan. Qo‘rxona (qurol-
aslaha ombori) manzilgohida esa (u shahar janubida bo‘lgan) turli mamlakatlardan
kelgan qurolsoz ustalar yashab, mehnat qilishgan. Qo‘shin jangchilari ham asosan
shu mavzeda yashashgan. Mustahkam mudofaa devorlari boshqa shahar va
qo‘rg‘onlarda ham barpo etilgan edi. Xususan, 1392-yili Аmir Temur o‘g‘li sharafiga
Binokat o‘rnida qayta qurgan Shohruxiya qo‘rg‘oni mustahkam qal’alardan biri edi.

Urush maydonini tanlashda to‘rt narsaga amal qilish lozim. Bular:
– o‘sha yerning suvga uzoq-yaqinligi; – askar saqlaydigan yerning xavfsizligi; –

dushman askari turgan yerdan teparoqda bo‘lish va quyoshga ro‘para bo‘lib
qolmaslik; – urush maydoni oldi ochiq, keng joy bo‘lishi.

“Temur tuzuklari”dan

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Akbar Zamonov, Nargiza Ismatova, Bobir Aminov va boshqalar “O‘zbekiston

tarixi” 70-73 betlar Respublika ta’lim markazi, Toshkent - 2023 yil

2. A.Muhammadjonov “O‘zbekiston tarixi” (IV asr asrdan – XV asr

boshlarigacha) 116-121-betlar Sharq nashriyot-matbaa AK bosh tahririyati Toshkent
– 2017 yil

3.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy ensiklopediyasi kerakli tomlari

“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyot

i” Toshkent 2003 yil

Библиографические ссылки

Akbar Zamonov, Nargiza Ismatova, Bobir Aminov va boshqalar “O‘zbekiston tarixi” 70-73 betlar Respublika ta’lim markazi, Toshkent - 2023 yil

A.Muhammadjonov “O‘zbekiston tarixi” (IV asr asrdan – XV asr boshlarigacha) 116-121-betlar Sharq nashriyot-matbaa AK bosh tahririyati Toshkent – 2017 yil

O‘zbekiston Respublikasi Milliy ensiklopediyasi kerakli tomlari

“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti” Toshkent 2003 yil