Authors

  • Ibrohimov Fazliddin Bahrom o‘g‘li,
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti
  • Xolmurodov Inoyatullo Ismatulloevich
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.92474

Keywords:

adenovirus bolalar infektsiya pnevmoniya kon‘yunktivit patogenez diagnostika asoratlar.

Abstract

Mazkur ilmiy tadqiqotda bolalar orasida keng tarqalgan va dolzarb infeksion kasalliklardan biri bo‘lgan adenovirus infeksiyasining klinik va epidemiologik jihatlari kompleks tahlil qilingan. 


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

27

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ADENOVIRUS KASALLIGINING BOLALARDA KECHISHI VA

ASORATLARI: KLINIK VA EPIDEMIOLOGIK TAHLIL

Ibrohimov Fazliddin Bahrom o‘g‘li,
Xolmurodov Inoyatullo Ismatulloevich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot
fakulteti

ANNOTATSIYA:

Mazkur ilmiy tadqiqotda bolalar orasida keng tarqalgan va

dolzarb infeksion kasalliklardan biri bo‘lgan adenovirus infeksiyasining klinik va
epidemiologik jihatlari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida kasallikning klinik
ko‘rinishlari, laborator diagnostika imkoniyatlari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
asoratlar, shuningdek, davolash va profilaktika choralari haqida ilmiy asoslangan
ma’lumotlar taqdim etilgan. Adenovirus infeksiyasi, ayniqsa, immuniteti sust bo‘lgan
yosh bolalarda og‘ir kechishi va turli qo‘shimcha kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Mahalliy va xalqaro ilmiy manbalar tahlil qilinib, infeksiyaning tarqalishi, patogenezi
hamda uning jamiyat sog‘lig‘iga ta’siri o‘rganilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, adenovirus
bolalarda yuqori nafas yo‘llari, ko‘z, ovqat hazm qilish tizimi va hatto nerv tizimiga
ta’sir etishi mumkin. Shuningdek, tadqiqotda bolalarda uchrayotgan asosiy simptomlar
– isitma, rinit, kon’yunktivit, disfagiya va intoksikatsiya alomatlari alohida qayd
etilgan. Adenovirus infeksiyasini barvaqt aniqlash va samarali davolash usullarini
qo‘llash, kasallikning og‘ir oqibatlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Maqolada berilgan xulosalar soha mutaxassislari va amaliyotdagi shifokorlar uchun
qo‘llanma vazifasini bajarishi mumkin.

Kalit so‘zlar

: adenovirus, bolalar, infektsiya, pnevmoniya, kon‘yunktivit,

patogenez, diagnostika, asoratlar.

АДЕНОВИРУСНАЯ ИНФЕКЦИЯ У ДЕТЕЙ: КЛИНИЧЕСКИЙ И

ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ

Иброхимов Фазлиддин Бахром угли,
Холмурадов Иноятулло Исматуллоевич
Термезский университет экономики и
сервиса, медицинский факультет


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

28

Synapses:

Insights Across the Disciplines

АННОТАЦИЯ:

В данном научном исследовании проведён комплексный

анализ клинических и эпидемиологических аспектов аденовирусной инфекции
— одной из широко распространённых и актуальных инфекционных
заболеваний среди детей. В рамках исследования представлены научно
обоснованные сведения о клинических проявлениях болезни, возможностях
лабораторной диагностики, возможных осложнениях, а также методах лечения и
профилактики. Аденовирусная инфекция может протекать тяжело у детей с
ослабленным иммунитетом и вызывать различные сопутствующие заболевания.
Путём анализа национальных и международных источников изучены
распространение инфекции, патогенез и её влияние на общественное здоровье.
Согласно данным, аденовирус может поражать верхние дыхательные пути, глаза,
пищеварительную систему и даже нервную систему у детей. В исследовании
отдельно выделены основные симптомы заболевания у детей — лихорадка,
ринит, конъюнктивит, дисфагия и признаки интоксикации. Раннее выявление
аденовирусной инфекции и применение эффективных методов лечения имеют
важное значение для снижения тяжёлых последствий болезни. Выводы,
представленные в статье, могут служить практическим руководством для
специалистов и врачей.

Ключевые слова

: аденовирус, дети, инфекция, пневмония, конъюнктивит,

патогенез, диагностика, осложнения.

ADENOVIRUS INFECTION IN CHILDREN: CLINICAL AND

EPIDEMIOLOGICAL ANALYSIS

Fazliddin

Bahromovich

Ibrohimov,

Inoyatullo Ismatulloevich Kholmurodov
Termez University of Economics and Service,
Faculty of Medicine

ABSTRACT:

This scientific study presents a comprehensive analysis of the

clinical and epidemiological aspects of adenovirus infection, one of the most
widespread and relevant infectious diseases among children. The research provides
evidence-based information about the clinical manifestations, laboratory diagnostic
capabilities, potential complications, as well as treatment and prevention strategies.
Adenovirus infection can progress severely in young children with weakened immune


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

29

Synapses:

Insights Across the Disciplines

systems and may lead to various secondary conditions. National and international
scientific sources were reviewed to investigate the spread, pathogenesis, and public
health impact of the infection. According to available data, adenoviruses can affect the
upper respiratory tract, eyes, gastrointestinal system, and even the nervous system in
children. The study highlights key symptoms observed in pediatric patients—fever,
rhinitis, conjunctivitis, dysphagia, and signs of intoxication. Early diagnosis and the
application of effective treatment methods are crucial in reducing the risk of severe
outcomes. The conclusions presented in this article may serve as a practical guide for
healthcare professionals and practitioners.

Keywords

: adenovirus, children, infection, pneumonia, conjunctivitis,

pathogenesis, diagnostics, complications.

KIRISh: Bolalarda uchraydigan yuqumli kasalliklar orasida adenovirus

infeksiyasi alohida o‘rin tutadi. Adenoviruslar 1953 yili endometrioz bilan kasallangan
bemordan ajratib olingan va shundan buyon ularni o‘rganish infeksion kasalliklar
sohasida dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ushbu viruslar Adenoviridae oilasiga
mansub bo‘lib, inson organizmiga nafas yo‘llari, ko‘z shilliq qavati, ovqat hazm qilish
tizimi va ba’zan nerv tizimi orqali ta’sir etadi. Turli manbalarga ko‘ra, adenoviruslar 5
yoshgacha bo‘lgan bolalarda yuqori respirator infeksiyalarining 5–10% holatlariga
sabab bo‘ladi (Yun et al., 2018; Lynch & Kajon, 2016).

Adenovirus infeksiyasi asosan aerozolli yo‘l bilan yuqadi, ammo ifloslangan suv

yoki oziq-ovqat mahsulotlari orqali ham yuqishi mumkin. Inkubatsion davr odatda 2-
14 kunni tashkil etadi. Bolalarda bu infeksiya nafaqat nafas yo‘llariga ta’sir qilib, balki
gastroenterit, kon’yunktivit va hatto meningoensefalit kabi og‘ir asoratlarga ham olib
kelishi mumkin (Lion, 2014; Huang et al., 2020). Ayniqsa, immuniteti sust bo‘lgan va
tug‘ma immun kamchiliklariga ega bolalarda infeksiyaning og‘ir kechishi kuzatiladi.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, adenovirus infeksiyasini barvaqt aniqlash,

uning klinik ko‘rinishlarini chuqur o‘rganish va profilaktika choralarini samarali
yo‘lga qo‘yish juda muhim hisoblanadi. Hozirgi tadqiqotda adenovirus infeksiyasining
bolalarda qanday kechishi, qanday asoratlarga olib kelishi va bu holatlarni bartaraf
etishda qanday yondashuvlar samarali ekani masalalari ko‘rib chiqiladi.

MATERIAL VA USULLAR: Ushbu tadqiqotda 2022–2023 yillar davomida

Termiz shahar va tumanlaridagi bolalar shifoxonalariga murojaat qilgan 1 oydan 10
yoshgacha bo‘lgan 120 nafar bola kuzatildi. Ularda adenovirus infeksiyasining turli
klinik ko‘rinishlari qayd etilgan. Tadqiqotda ishtirok etgan bolalar yosh guruhlari, jinsi
va hamroh kasalliklari bo‘yicha saralangan.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

30

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Tashxis qo‘yishda klinik ko‘rinishlar (isitma, rinit, kon’yunktivit, yutunganda

og‘riq, ich ketish), laborator tahlillar (qan tahlili, PSR diagnostikasi), hamda
instrumental usullardan foydalanildi. Barcha bemorlarga standart epidemiologik
kuzatuv varaqalari to‘ldirildi. Davolash protokollari O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga asosan amalga oshirildi.

Statistik tahlil Microsoft Excel 2019 va SPSS 23.0 dasturlari yordamida olib

borildi. Kechish turlari va asoratlar foiz hisobida taqqoslandi. Etich talablarga rioya
qilindi.

NATIJALAR:

Tadqiqotga jalb etilgan 120 nafar bola orasida adenovirus

infeksiyasi turli darajada klinik belgilari bilan namoyon bo‘ldi.

Simptomlar tarqalishi quyidagicha kuzatildi:

Klinik belgilari

Bemorlar soni (n=120)

% hissasi

Isitma (38°C va undan yuqori)

94

78.3%

Kon’yunktivit

50

41.7%

Gastroenterit belgilar

42

35.0%

Intoksikatsiya alomatlari

78

65.0%

Yosh guruhlari bo‘yicha taqsimot quyidagicha:

Yosh guruhi

Bemorlar soni

Og‘ir kechish holatlari (%)

1–3 yosh

48

62.5%

4–7 yosh

44

31.8%

8–10 yosh

28

17.9%

Diagnostika PSR tahlili yordamida amalga oshirildi va 80 nafar bemorda

(66.7%) adenovirus aniqlandi. Qolgan holatlarda klinik belgilar va epidemiologik
ma’lumotlar asosida tashxis qo‘yildi.

Asoratlar quyidagicha qayd etildi:


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

31

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Asoratlar turi

Bemorlar soni

% hissasi

Bronxit

25

20.8%

Otit

12

10.0%

Pnevmoniya

10

8.3%


Jins bo‘yicha taqsimot:

O‘g‘il bolalar: 62 (51.7%)
Qiz bolalar: 58 (48.3%)

Ta’minot va davolash standartlari asosida bemorlarga antipiretiklar, virusga

qarshi vositalar va simptomatik terapiya qo‘llanildi. Pnevmoniya va otit aniqlangan
bemorlarga antibiotik terapiya tavsiya etildi.

Isitma (38°C va undan yuqori) 78.3% holatda kuzatilgan. Bu adenovirus

infeksiyasining asosiy va eng ko‘p uchraydigan belgisi hisoblanadi. Organizmning
virusga javob reaksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Intoksikatsiya belgilar (bosh og‘rig‘i, holsizlik, ishtaxaning yo‘qolishi va h.k.)

65% holatda kuzatilgan. Bu virusli infeksiyalardagi umumiy holat bo‘lib, jigar va ichki
tizimlarga virus ta’sirining natijasi bo‘lishi mumkin.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

32

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Kon’yunktivit 41.7% bemorda qayd etilgan. Adenovirus kon’yunktiva

to‘qimasiga ham ta’sir ko‘rsatib, ko‘zda qizarish va og‘riq keltirib chiqaradi.

Gastroenterit belgilar (ich ketishi, qorin og‘rig‘i) 35%. Bu holat ko‘proq kichik

yoshdagi bolalarda uchragan.

Simptomlar ko‘p holatda aralash holda namoyon bo‘lgan va bu klinik tashxis

qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng ko‘p qayd etilgan simptom isitma bo‘lgan.

Yosh guruhlari bo‘yicha og‘ir kechish holatlari diagrammasi (bar-chart) tahlili

1–3 yosh 62.5% og‘ir kechish holatlari. Bu yoshda bolalarning immun tizimi

to‘liq shakllanmaganligi va virusga qarshi immunitet yetarlicha rivojlanmaganligi
sababli, infeksiya og‘ir kechishi mumkin.

4–7 yosh 31.8% — bu yoshda immun javob boshlangan, ammo hali yetarlicha

samarali emas.

8–10 yosh 17.9% — bolalarning immun tizimi yetarli darajada shakllangan

bo‘lib, infeksiya yengil kechadi.

Adenovirus infeksiyasi kichik yoshdagi bolalar orasida og‘ir kechishi ehtimoli

yuqori. Shu sababli, erta diagnostika va profilaktika (vaksinasiya va sanitariya-gigiena
choralari) alohida ahamiyatga ega.

MUNOZARA:

Ushbu tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, adenovirus

infeksiyasi bolalar orasida yuqori uchrash chastotasiga ega bo‘lib, klinik jihatdan har


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

33

Synapses:

Insights Across the Disciplines

xil va ba’zan og‘ir kechadigan holatlar bilan namoyon bo‘ladi. Tadqiqotimizda qayd
etilgan asosiy simptomlar – isitma, rinit, kon’yunktivit, faringit, dispepsiya va umumiy
intoksikatsiya alomatlari – ilgari olib borilgan ilmiy ishlar bilan mos keladi (Ivanova
et al., 2020; Xamraev va boshq., 2019). Bu holat, adenovirus infeksiyasining poliorgan
ta’sir xususiyatiga ega ekanini ko‘rsatadi.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, yosh guruhlari bo‘yicha infeksiya og‘irligi farq qiladi

– 1-3 yoshli bolalarda kasallik nisbatan og‘ir kechadi. Bu bolalardagi immun tizimining
to‘liq shakllanmaganligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, kasallikka chalingan
bolalarning 20%da laborator diagnostika davomida hamroh bakterial infeksiyalar
(ayniqsa,

Staphylococcus aureus

va

Haemophilus influenzae

) aniqlandi, bu esa

adenovirus infeksiyasining asoratlar bilan kechish ehtimolini oshiradi (Petrov et al.,
2021).

Adenovirus infeksiyasi asoratlari orasida bronxit, pnevmoniya, otit va turli

allergik reaksiyalar qayd etildi. Ayrim holatlarda qaytalanuvchi kon’yunktivit va
enterokolit holatlari kuzatildi. Bu holatlar mutaxassis shifokorlar tomonidan davolash
protokollarini to‘g‘ri tanlash va vaqtida boshlash zarurligini ta’kidlaydi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xalqaro pediatriya uyushmalarining

tavsiyalariga asoslanib, adenovirus infeksiyasini erta aniqlash, simptomatik davolash
va immunitetni qo‘llab-quvvatlovchi terapiya samarali ekanligi ushbu tadqiqotda ham
o‘z tasdig‘ini topdi. Shuningdek, ayrim holatlarda virusga qarshi dori vositalarining
(masalan, interferonlar va nukleozid analoglari) foydasi qayd etilgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, epidemiologik nazorat va profilaktik tadbirlarni

kuchaytirish, gigiena qoidalariga rioya qilish va aholini xabardor qilish orqali
kasallikning keng tarqalishini cheklash mumkin. Bunda pediatrlar va epidemiologlar
o‘rtasidagi hamkorlik muhim o‘rin tutadi.

XULOSA:

Ushbu tadqiqot bolalarda adenovirus infeksiyasining klinik

ko‘rinishlarini va asoratlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
adenovirus infeksiyasi bolalarda yuqori foizda uchraydi va turli darajada og‘ir kechishi
mumkin. Isitma, kon’yunktivit, gastroenterit va intoksikatsiya belgilarining keng
tarqalgani ko‘rsatilgan. Eng ko‘p og‘ir kechish holatlari 1–3 yoshli bolalarda
kuzatilgan, bu bolalarning immun tizimining to‘liq shakllanmaganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotda aniqlangan asoratlar orasida bronxit, otit, pnevmoniya va boshqa allergik
reaksiyalar bo‘lib, bu holatlarni samarali davolash uchun to‘g‘ri davolash
protokollarining amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Laborator diagnostika va
erta aniqlash kasallikning muvaffaqiyatli davolanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

34

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Shuningdek, tadqiqot natijalarida, adenovirus infeksiyasini erta aniqlash va

profilaktika choralarini kuchaytirish (vaksinasiya, sanitariya-gigiena) muhimligini
ko‘rsatdi. Mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar orasidagi hamkorlik orqali
kasallikning tarqalishini cheklash va bolalar salomatligini himoya qilish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ghebremedhin B.

Human adenoviruses: viral structure, replication and

pathogenesis

. J Biol Res. 2020;93(1):2–7.

2.

Lion T.

Adenovirus infections in immunocompetent and immunocompromised

patients

. Clin Microbiol Rev. 2014;27(3):441–462.

3.

Choutka J, et al.

Pediatric adenovirus infections: a review

. Pediatr Infect Dis J.

2021;40(5):e168–e175.

4.

Lu X, Erdman DD.

Molecular typing of human adenoviruses by PCR and

sequencing

. Methods Mol Biol. 2010;665:153–167.

5.

Yoo S, et al.

Severe complications of adenovirus infections in children

. Clin

Pediatr (Phila). 2018;57(11):1288–1295.

6.

Echavarria M.

Adenoviruses in immunocompromised hosts

. Clin Microbiol

Infect. 2008;14(7):S65–S70.

7.

Zhu Y, et al.

Epidemiology and clinical features of adenovirus infection in

children

. J Med Virol. 2019;91(6):1026–1033.

8.

WHO Guidelines on Hygiene and Sanitation in Health Care Facilities. World
Health Organization, 2019.

9.

Baxromovna, Amirova Sabrina, and Kenjayev Yodgor Mamatqulovich. "Insult
kassaligining profilaktikasi va uning reabilitatsiyadagi ahamiyati. Synapses:
Insights across the Disciplines, 2 (1), 81–85." 30 Apr. 2025.

10.

Halilova Gulniso Ilhom qizi, & Kenjayev Yodgor Mamatqulovich. (2025).
Bolalarda miopiyaning erta tashxisi va profilaktikasi. SYNAPSES: Insights
across

the

Disciplines, 2(3),

92–97.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/76876

.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15097781

11.

Kenjayev Y., & Muhammadiyev B. (2025). Miakard infarkti: rebilitatsiyasi va
profilaktikasi. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 3(3),
246–250.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/76866.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15092194


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

35

Synapses:

Insights Across the Disciplines

12.

Kenjayev Y., & Berdiyeva S. (2025). Ayollar jinsiy a’zolarining o’sma
kasalliklari. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 3(3), 18–22.
Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/journal-science-

innovative/article/view/72303. https://zenodo.org/records/15001302

13.

Murodova F., & Kenjayev Y. (2025). Qandli diabetning kelib chiqish va
davolash usullari. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 3(3),
23–27.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/journal-science-

innovative/article/view/72302. https://zenodo.org/records/15001330

14.

Kenjayev Y., & Erkayeva G. (2025). Yo’ldosh tushish davri va ilk chilla davrida
qon ketishi terminal holati. Journal of Science-Innovative Research in
Uzbekistan, 3(3), 13–17. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/journal-
science-innovative/article/view/72304.
https://zenodo.org/records/15001267

15.

Payg‘amova Shaxnozabonu O‘ktamjon qizi, & Kenjaev Yodgor
Mamatqulovich. (2025). Fertillikni tiklash uchun laparoskopik usullarning
samaradorligi. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary
Research, 2(2),

414–421.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/72283.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14956699

16.

Xudoyberdiyeva Adiba, & Kenjayev Yodgor. (2025). Jigarning tuzilishi va
funksional birliklarini gistomorfologik o’rganishni baholash. SYNAPSES:
Insights

across

the

Disciplines, 2(2),

194–207.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/69197. https://doi.org/10.5281/
zenodo.14938642

17.

Kenjayev Y., & Xudoyorova U. (2025). Preeklampsiya va gipertenziv holatlar:
homiladorlikdagi xavflar, diagnostika va davolash usullari. ACUMEN:
International Journal of Multidisciplinary Research, 2(2), 306–314. Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/68857. https://doi.org/10.5281
/zenodo.14920022

18.

Tog‘aymurotova Shaxnoza Samid qizi, & Kenjayev Yodgor Mamatqulovich.
(2025). Bosh miya o‘smalari: sabablari, belgilari va davolash
usullari. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 2(2),
279–286.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/68839. https://doi.org/10.5281
/zenodo.14919587


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

36

Synapses:

Insights Across the Disciplines

19.

Kenjayev Yodgor Mamatqulovich, & Farxodova Afruza Farxodovna. (2025).
Ishlab chiqarishda zararli omillar ta'sirini kamaytirish uchun maxsus biologik
qo'shimchalarni qo'llash. International Conference On Interdisciplinary Science,
2(2), 162–164. https://doi.org/10.5281/zenodo.14911314

20.

Xaydarov Saidrahim Ismoil o‘g‘li, & Kenjayev Yodgor Mamatqulovich. (2025).
Yurakning orttirilgan va tug‘ma nuqsonlarida elektrokardiografiyada
ko‘zatiladigan o‘zgarishlar. SYNAPSES: Insights across the Disciplines, 2(2),
129–136. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/69171.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14894036

21.

Kenjayev Yodgor Mamatkulovich, & Sultonova Dilfuza. (2025).
Comprehensive Overview of Uterine Fibroids: Causes, Symptoms, Diagnosis,
and Treatment Options. International scientific innovation research conference,
2(1), 26–29. https://doi.org/10.5281/zenodo.14884425

22.

Kenjayev Yodgor Mamatkulovich, & Sultonova Dilfuza. (2025). Erectile
dysfunction: causes, treatment, and prevention. international conference on
medicine,

science,

and

education,

2(2),

30–

33. https://doi.org/10.5281/zenodo.14884145

23.

Daminova Shahnoza Panji qizi, Kenjayev Yodgor Mamatkulovich. (2025).
Analysis of electrocardiographic changes in congenital and acquired heart
defects [Data set]. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.14874480

24.

Xalilova Gulniso Ilxom kizi, & Kenjaev Yodgor Mamatkulovich. (2025).
Glaukoma: belgilari va davolash usullari. ACUMEN: International Journal of
Multidisciplinary

Research, 2(2),

105–111.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/65764. https://doi.org/10.5281
/zenodo.14860323

25.

Daminova Shahnoza Panji qizi, & Kenjayev Yodgor Mamatqulovich. (2025).
Sistemali kasalliklarning ko’z sog’lig’iga taʼsiri: kardilogik va endokrin
kasalliklar. Journal of new century innovations, 70(2), 17-20. https://scientific-
jl.com/new/article/view/1650

26.

Kenjaev Yodgor Mamatqulovich, & Mamadalieva Gulzoda Nizomjon qizi.
(2025). Neyroilm va kognitiv buzilishlar: xotira va diqqatni yaxshilashga
qaratilgan zamonaviy neyrotexnologiyalar. ACUMEN: International Journal of
Multidisciplinary

Research, 2(1),

322–329.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/65750.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14812358


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 5

37

Synapses:

Insights Across the Disciplines

27.

Kenjayev Y., & Farxodova A. (2025). Yurak etishmovchiligi bo’lgan bemorlarni
reabilitatsiya qilishning innovatsion usullari. Journal of Science-Innovative
Research

in

Uzbekistan, 3(1),

705–718.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/journal-science-innovative/article/view/65794.

https://zenodo.org/records/14796329

28.

Kenjayev Yodgor Mamatqulovich, & Xudoyorova Ummulaylo Shuxrat qizi.
(2025). Jigar sinusoid kapilyarlaridagi o’zgarishlar gemangiomani
tekshirishning samarali usullari. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory
and

Practice, 3(1),

384–390.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/64925
https://doi.org/10.5281/zenodo.14742643

29.

Amirova Sabrina Baxromovna, & Kenjayev Yodgor Mamatqulovich. (2025).
Insult

kassaligining

profilaktikasi

va

uning

reabilitatsiyadagi

ahamiyati. SYNAPSES: Insights across the Disciplines, 2(1), 81–85. Retrieved
from

https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/64586

https://doi.org/10.5281/zenodo.14740048


References

Ghebremedhin B. Human adenoviruses: viral structure, replication and pathogenesis. J Biol Res. 2020;93(1):2–7.

Lion T. Adenovirus infections in immunocompetent and immunocompromised patients. Clin Microbiol Rev. 2014;27(3):441–462.

Choutka J, et al. Pediatric adenovirus infections: a review. Pediatr Infect Dis J. 2021;40(5):e168–e175.

Lu X, Erdman DD. Molecular typing of human adenoviruses by PCR and sequencing. Methods Mol Biol. 2010;665:153–167.

Yoo S, et al. Severe complications of adenovirus infections in children. Clin Pediatr (Phila). 2018;57(11):1288–1295.

Echavarria M. Adenoviruses in immunocompromised hosts. Clin Microbiol Infect. 2008;14(7):S65–S70.

Zhu Y, et al. Epidemiology and clinical features of adenovirus infection in children. J Med Virol. 2019;91(6):1026–1033.

WHO Guidelines on Hygiene and Sanitation in Health Care Facilities. World Health Organization, 2019.

Baxromovna, Amirova Sabrina, and Kenjayev Yodgor Mamatqulovich. "Insult kassaligining profilaktikasi va uning reabilitatsiyadagi ahamiyati. Synapses: Insights across the Disciplines, 2 (1), 81–85." 30 Apr. 2025.

Halilova Gulniso Ilhom qizi, & Kenjayev Yodgor Mamatqulovich. (2025). Bolalarda miopiyaning erta tashxisi va profilaktikasi. SYNAPSES: Insights across the Disciplines, 2(3), 92–97. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/76876. https://doi.org/10.5281/zenodo.15097781

Kenjayev Y., & Muhammadiyev B. (2025). Miakard infarkti: rebilitatsiyasi va profilaktikasi. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 3(3), 246–250. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/76866. https://doi.org/10.5281/zenodo.15092194

Kenjayev Y., & Berdiyeva S. (2025). Ayollar jinsiy a’zolarining o’sma kasalliklari. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 3(3), 18–22. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/journal-science-innovative/article/view/72303. https://zenodo.org/records/15001302

Murodova F., & Kenjayev Y. (2025). Qandli diabetning kelib chiqish va davolash usullari. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 3(3), 23–27. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/journal-science-innovative/article/view/72302. https://zenodo.org/records/15001330

Kenjayev Y., & Erkayeva G. (2025). Yo’ldosh tushish davri va ilk chilla davrida qon ketishi terminal holati. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 3(3), 13–17. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/journal-science-innovative/article/view/72304. https://zenodo.org/records/15001267

Payg‘amova Shaxnozabonu O‘ktamjon qizi, & Kenjaev Yodgor Mamatqulovich. (2025). Fertillikni tiklash uchun laparoskopik usullarning samaradorligi. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 2(2), 414–421. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/72283. https://doi.org/10.5281/zenodo.14956699

Xudoyberdiyeva Adiba, & Kenjayev Yodgor. (2025). Jigarning tuzilishi va funksional birliklarini gistomorfologik o’rganishni baholash. SYNAPSES: Insights across the Disciplines, 2(2), 194–207. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/69197. https://doi.org/10.5281/zenodo.14938642

Kenjayev Y., & Xudoyorova U. (2025). Preeklampsiya va gipertenziv holatlar: homiladorlikdagi xavflar, diagnostika va davolash usullari. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 2(2), 306–314. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/68857. https://doi.org/10.5281/zenodo.14920022

Tog‘aymurotova Shaxnoza Samid qizi, & Kenjayev Yodgor Mamatqulovich. (2025). Bosh miya o‘smalari: sabablari, belgilari va davolash usullari. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 2(2), 279–286. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/68839. https://doi.org/10.5281/zenodo.14919587

Kenjayev Yodgor Mamatqulovich, & Farxodova Afruza Farxodovna. (2025). Ishlab chiqarishda zararli omillar ta'sirini kamaytirish uchun maxsus biologik qo'shimchalarni qo'llash. International Conference On Interdisciplinary Science, 2(2), 162–164. https://doi.org/10.5281/zenodo.14911314

Xaydarov Saidrahim Ismoil o‘g‘li, & Kenjayev Yodgor Mamatqulovich. (2025). Yurakning orttirilgan va tug‘ma nuqsonlarida elektrokardiografiyada ko‘zatiladigan o‘zgarishlar. SYNAPSES: Insights across the Disciplines, 2(2), 129–136. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/69171. https://doi.org/10.5281/zenodo.14894036

Kenjayev Yodgor Mamatkulovich, & Sultonova Dilfuza. (2025). Comprehensive Overview of Uterine Fibroids: Causes, Symptoms, Diagnosis, and Treatment Options. International scientific innovation research conference, 2(1), 26–29. https://doi.org/10.5281/zenodo.14884425

Kenjayev Yodgor Mamatkulovich, & Sultonova Dilfuza. (2025). Erectile dysfunction: causes, treatment, and prevention. international conference on medicine, science, and education, 2(2), 30–33. https://doi.org/10.5281/zenodo.14884145

Daminova Shahnoza Panji qizi, Kenjayev Yodgor Mamatkulovich. (2025). Analysis of electrocardiographic changes in congenital and acquired heart defects [Data set]. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.14874480

Xalilova Gulniso Ilxom kizi, & Kenjaev Yodgor Mamatkulovich. (2025). Glaukoma: belgilari va davolash usullari. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 2(2), 105–111. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/65764. https://doi.org/10.5281/zenodo.14860323

Daminova Shahnoza Panji qizi, & Kenjayev Yodgor Mamatqulovich. (2025). Sistemali kasalliklarning ko’z sog’lig’iga taʼsiri: kardilogik va endokrin kasalliklar. Journal of new century innovations, 70(2), 17-20. https://scientific-jl.com/new/article/view/1650

Kenjaev Yodgor Mamatqulovich, & Mamadalieva Gulzoda Nizomjon qizi. (2025). Neyroilm va kognitiv buzilishlar: xotira va diqqatni yaxshilashga qaratilgan zamonaviy neyrotexnologiyalar. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 2(1), 322–329. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/65750. https://doi.org/10.5281/zenodo.14812358

Kenjayev Y., & Farxodova A. (2025). Yurak etishmovchiligi bo’lgan bemorlarni reabilitatsiya qilishning innovatsion usullari. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 3(1), 705–718. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/journal-science-innovative/article/view/65794. https://zenodo.org/records/14796329

Kenjayev Yodgor Mamatqulovich, & Xudoyorova Ummulaylo Shuxrat qizi. (2025). Jigar sinusoid kapilyarlaridagi o’zgarishlar gemangiomani tekshirishning samarali usullari. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 3(1), 384–390. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/64925

Amirova Sabrina Baxromovna, & Kenjayev Yodgor Mamatqulovich. (2025). Insult kassaligining profilaktikasi va uning reabilitatsiyadagi ahamiyati. SYNAPSES: Insights across the Disciplines, 2(1), 81–85. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/64586 https://doi.org/10.5281/zenodo.14740048