Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Socio-pedagogical analysis of issues related to family-
school collaboration
Akramjon MATKARIMOV
1
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 25 November 2024
Available online
25 December 2024
International assessment studies pay special attention to the
socio-pedagogical aspects of families and educational
institutions. The family atmosphere, the creation of a
supportive educational environment at home, and the positive
attitude of parents towards education play a key role in
students' academic success. The article also systematically
examines issues related to establishing effective cooperation
between families and schools.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
family,
school,
student,
cooperation,
educational environment in
the family,
international evaluation
studies.
Oila va maktab hamkorligiga doir muammolarning
ijtimoiy-pedagogik tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
oila,
maktab,
o‘quvchi,
hamkorlik,
oiladagi ta’lim muhiti,
xalqaro baholash
tadqiqotlari.
Xalqaro baholash tadqiqotlarida ham oila va
ta’lim
muassasasi hakorligining ijtimoiy-pedagogik jihatlariga keng
e‘tibor qaratilgan. O‘quvchining ta’limda muvaffaqiyatga
erishishida oila muhiti, oilada ta’lim muhitining shakllanganligi
hamda ota-
onalarning ta’limga bo‘lgan ijobiy munosabati hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Maqolada shuningdek oila va maktab
hamkorligini yo‘lga qo‘yishdagi muammolar ham tizimli tahlil
qilingan.
1
Acting Professor, Department of Primary Education Methodology, Andijan State Pedagogical Institute.
E-mail: akramjon14@list.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
73
Социально
-
педагогический анализ проблем
сотрудничества семьи и школы
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
семья,
школа,
ученик,
сотрудничество,
образовательная среда
в семье,
международные
оценочные исследования
.
Международные оценочные исследования уделяют
особое внимание социально
-
педагогическим аспектам
семьи
и
образовательных
учреждений.
Семейная
атмосфера, создание
благоприятной образовательной
среды дома, а также позитивное отношение родителей к
обучению играют ключевую роль в достижении успехов
учащихся. В статье также систематически рассматриваются
проблемы, связанные с установлением эффективного
сотрудничества между семьёй и школой.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
-yil 26-maydagi PF
–
79-son Farmoni
6-
ilovasida keltirilgan “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida islohatlarni
chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi
”
da ta’lim
tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan oshirishga
qaratilgan vazifalarda “ota
-
onalarning farzand tarbiyasiga bee’tiborligi, o‘quvchilar
o‘rtasida turli huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etishning
salbiy oqibatlari aks
ettirilgan videokontentlarni tayyorlash hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida
o‘quvchilar, ota
-
onalar o‘rtasida namoyish etish [1]”
belgilab qo‘yilgan. Shuningdek,
mazkur yo‘l xaritasida “Ta’lim olish uchun qulay shart
-sharoit yaratish
”
deb nomlangan
V qismida “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit”
dasturini amalga
oshirish
”
alohida ta’kidlab o‘tigan. Mazkur vazifalar mazmuniga “aholini ta’lim muhitini
rivojlantirishga jalb qilish, maktablarni rivojlantirishda shaxsiy daxldorlik hissini
shakllantirish
”
vazifasi alohida belgilab o‘tilgan.
Xalqaro baholash tadqiqotlarida o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyati yuqori
ko‘rsatkichga ega emasligi, milliy ta’lim tizimi va oila hamkorligiga doir muammolarni
yetarli darajada hal qilinmaganligi bilan izohlanadi. Bu masala milliy ta’lim tizimining
siyosiy maqsadi sifatida shakllanmog‘i darkor. Shuningdek, oilalarning rivojlanishi oila
joylashgan hududga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu o‘z navbatida kommunal siyosatning
aniq maqsadga yo‘naltirilgan va hududda yashovchi aholi talab va istaklari asosida
shakllantirilgan chora-
tadbirlarning samarali tadbiq etish bilan ham bog‘liq. Oiladagi
ta’lim va tarbiya jarayoniga ko‘maklashish hududdagi oilalar bilan ishlash muassasalari,
kattalar ta’limi markazlari, yoshlar markazlari, bolalar bog‘chalari, maktablar,
diniy
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oilaning ta’lim resurslarini oila a‘zolari tomonidan farzandlarining ta’lim olishi
uchun xizmat qiladigan ta’lim vositalari, materiallari va texnologiyalari tashkil etadi.
Ta’limiy resurslar farzandlarni bilimlarni o‘zlashtirishi, mustaqil ta’lim olish jarayonini
ta'minlash va qo‘llab
-
quvvatlash, o‘rganish strategiyasini egallashga yordam beruvchi,
jamiyatning yangi talablaridan kelib chiqqan holda yangi innovatsion texnologiyalardan
foydalanish (virtual ta’
lim texnologiyalari va ulardan foydalanish uchun imkoniyat),
o‘qitish metodikasini o‘zgartirish, yangi talabalar uchun tayyorlash, fanlar bilan bog‘liq
barcha ko‘nikmalarni o‘rganishga va fani tahlil qilishga yordam beradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
74
Oiladagi ta’limiy muhit bilan bog‘liq muammolarning asosiysi ota
-onalarning
pedagogik kompetentsiyalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi, jamiyatda farzand
tarbiyasi va ta’limi bo‘yicha professional ta’lim dasturlarining mavjud emasligi, kamligi
yoki mazmunining sifat darajasi pastligi. Buning natijasida ota-
onalar internet tarmog‘i
orqali, o‘z tanishlari orqali tajriba almashish orqali istagan ma’lumotlarini topishga
harakat qiladi. Yana bir jihati aynan oiladagi ta’lim muhitini rivojlantirishga doir
ma’lumotlar oiladagi tarbiyaviy
muhitni rivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlarga
nisbatan kamroq uchraydi. Ota-onalarning pedagogik kompetentsiyalarini rivojlantirish
institutsional va professional yondoshuvni taqozo etadi.
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy
kamolotini ta’minlab, ota
-
onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita
ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari
mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq a
nglash, ya’ni, farzandlar
kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini qurish holati ro‘y beradi. Bularni
amalga oshirishda ota-
onalar va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot ham muhim
ahamiyatga ega [2; 11]. Oila va maktab hamkorligiga doir ijtimoiy-pedagogik muammolar
quyidagi jadvalda tasvirlangan (1-jadvalga qarang).
1-jadval.
Oila va maktab hamkorligiga doir ijtimoiy-pedagogik muammolar
Muammolar
Tavsifi
Muloqotga doir
muammolar
Maktab va ota-
onalar o‘rtasidagi aloqaning yo‘qligi yoki
tushunarsizligi,
tushunmovchiliklar yoki ma‘lumotlarning to‘liq emasligi yoki to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri manzilli muloqotning mavjud emasligi
Turli tuman xohish-
istak va kutishlari
Maktab va ota-
onalarning ta’lim, tarbiya va hamkorlik bo‘yicha turli
xohish-istaklari va kutishlari. Ota-onalar maktabdan farzandini yetarli
bilim olishini umid qilsa, maktab o‘qituvchisi mavjud shart
-sharoit va
o‘quvchining vaziyatida ota
-
onaning ko‘proq ishtirokiga umid qilishi va shu
kabilar
Til yoki madaniy
to‘siqlar
M
uloqot va hamkorlikni qiyinlashtiradigan til to‘siqlari yoki madaniy
farqlar tufayli qiyinchiliklar. Rus guruhlari, boshqa hududdan ko‘chib
kelish hisobiga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar
Vaqt va tashkiliy
muammolar
Ota-onalarning maktab tadbirlari, ota-
onalar yig‘ilishlari yoki boshqa
maktab tadbirlarini muvofiqlashtirishda qiyinchiliklar yoki jiddiy qabul
qilmasligi.
Ishtirok etish va
majburiyatning
yetishmasligi
Ota-onalarning
maktab
masalalariga
kam
qiziqishi
yoki
tashabbuskorlikning yetishmasligi, ota-
onalar yig‘ilishlari yoki loyihalarida
kam ishtirok etish.
Mojarolar va
keskinliklar
Turli qarashlar, taxminlar yoki xatti-harakatlar tufayli maktab va ota-
onalar o‘rtasida ziddiyat yoki keskinlikning paydo bo‘lishi.
Tengsizlik va ijtimoiy
noqulaylik
Ijtimoiy yoki iqtisodiy farqlar tufayli ota-onalarning ayrim guruhlariga
teng bo‘lmagan munosabat yoki noqulayliklar.
Qo‘llab
-quvvatlash
tizimlarining
yetishmasligi
Alohida ehtiyojga ega, murakkab vaziyatga tushib qolgan ota-onalar
uchun maktab tomonidan tizimli qo‘llab
-quvvatlash hamda resurslarning
yetishmasligi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
75
Shaffoflik va ishtirok
etishning etishmasligi
Maktab tomonidan qabul qilingan qarorlar hamda jarayonlar haqida
shaffoflikning yo‘qligi yoki kamli
gi, ota-onalarning maktab qarorlarini
qabul qilish jarayonlarida kam ishtirok etishi.
Jamiyatda oilalardagi tuzilmalar o‘zgarib bormoqda. Ba’zi yosh oilalarda
avvalgidek uch avlod birga yashashi kamayib bormoqda. Oila katta avlod vakillarining
birgalikda yashashi farzandlarda qadriyatlar kamol topishida katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, glo
ballashuv davrida axborot oqimining kattaligi yoshlarga ta’sir qilmay
qolmaydi. Insonlarning iqtisodiy-
ijtimoiy, madaniy ehtiyojlari ham o‘zgarib bormoqda.
Bu esa har bir insonning individual turmush kechirishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda
avlodlar almas
hinuvi jarayoni tezlashmoqda va ularning fikrlash darajasi ham o‘zgarib
bormoqda. Hozirgi maktab yoshidagi bolalar asosan Z va α gen avlodlariga to‘g‘ri keladi.
Bu esa ma’naviy
-
ma’rifiy sohada qadriyatlarga munosabatni shakllanishida muhim
ekanligini ko‘rsatadi. Boshqa tarafdan maktablarning o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya
berishdagi funksional vazifalari salmog‘i, ijtimoiy ma’suliyati yildan
-yilga oshib
bormoqda. Bunday vaziyatda o‘quvchilarga qadriyatlarni yetkazishda ham o‘qituvchidan
ulkan professionall
ik, muntazam ravishda faollashtirib turuvchi bilim va ko‘nikmalar
talab etadi. Shuningdek, ta’lim tizimidagi xalqaro baholash dasturlarining joriy etilishi
jamiyatning yildan-
yilga ta’lim va uning sifatiga talablari oshib borayotganini bildiradi.
Oila va maktabning muvaffaqiyatli hamkorligi uning barcha ishtirokchilari
(o‘qituvchi, o‘quvchi, ota
-onalar, maktab rahbariyati) uchun ijobiy jihatlari bilan
tavsiflanadi. O‘qituvchilarga muvaffaqiyatli hamkorlikning ijobiy tomonlari sifatida
ularning kasbiy faoli
yatidagi yengillik effekti bilan xarakterlanadi va ular o‘quvchilarning
oilasi va ijtimoiy-
madaniy kelib chiqishi to‘g‘risida osonroq va ko‘proq ma‘lumotga ega
bo‘lishi va shu tariqa ta’lim
-tarbiya ishlarida maqsadli faoliyat va samarali natijaga
erishadi. Ota-
onalar esa maktab faoliyati haqida keng va atroflicha ma’lumotga ega
bo‘ladi, shuningdek hamkorlikning barcha ishtirokchilari o‘rtasidagi ishonch
mustahkamlanadi. Hamkorlikning samarador natijalaridan eng ko‘pi o‘quvchilarga
tegishli bo‘lib, ular ta’l
im-tarbiya jarayonida va shaxsiy rivojlanishida har tomonlama
qo‘llab
-quvvatlanadi [5; 21].
Tadqiqotlar oila va maktab hamkorligini mustahkamlash borasida ko‘plab
muammolar mavjud ekanligini ko‘rsatadi [3; 266].
Muammoning eng asosiysi sifatida
ota-onalar
yoki o‘qituvchilarning hamkorlikka qiziqishi yo‘qligi bilan tavsiflanadi.
Otterpohl va Wild [4; 295]
o‘z tadqiqotlarida qat’iy xulosa sifatida, muvaffaqiyatli
hamkorlik uchun aslida barcha ishtirokchilarning yagona
“hamkorlik
”
tushunchasiga ega
bo‘lishi tushuniladi
. Bunda ota-
onalar, shuningdek maktab ma’muriyati, o‘qituvchilarning
hamkorlik borasidagi tasavvurlari tubdan bir-biridan farq qiladi. Asosiy faoliyat sifatida
darsdan tashqari tadbirlarda ishtirok etish, zarurat bo‘lganda tashkillashti
riladigan kam
sonli suhbatlar oddiy sheriklik munosabatlari sifatida baholanishi mumkin. Bunda
albatta kommunikativ muvafiqlashtirish jarayoni zarur bo‘lib, ota
-ona va maktab
hamkorligi aslida qanday bo‘lishi va amalga oshirilishi lozimligi muzokaralar orq
ali
aniqlashtirib olinishi lozim.
Xalqaro baholash tadqiqotlari natijalari va ularning turli davlatlardagi ilmiy tahlili
asosida o‘quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishi ularning ta’limdagi muvaffaqiyati bilan
chambarchas bog‘liqligini, milliy ta’lim tizim
i samaradorlgi uning ijtimoiy jihatlarini
hisobga olinishi va doimiy ravishda ta’lim tizimiga doir muammolar bilan birgalikda
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
76
ijtimoiy masalalarni ham o‘rganib borishni taqozo etishini yaqqol ko‘rsatadi. Gap
shundaki, ta’limdagi ijtimoiy tengsizlikning sab
ablari xilma-xil va murakkabd
tushunchadir. Milliy ta’lim tizimi sohasiga doir ta’lim siyosati bu kabi ijtimoiy masalalarni
hal qilishda muhim ahamiyatga ega, ammo bu barcha ijtimoiy muammolarni hal
qilinishida yagona yechim bo‘la olmaydi. Ta’limga doir ijtimoiy muammolar umumta’lim
maktablarining jamiyatning boshqa institutlari bilan hamkorligi, o‘qituvchilarni
tayyoqlash va malakasini oshirish, jamiyatdagi iqtisodiy resurslarni taqsimoti hamda
ta’limni moliyalashtirish, ta’limning ahamiyatini qadriyatlar
darajasiga kotarililganligi
kabi masalalar bilan o‘rganish barobarida ijtimoiy masalalar hal bo‘lib boradi. Ta’lim
sohasidagi vazirliklar, boshqarmalar ta’lim muammolarini barchasini hal qiluvchi yagona
institute deb qaramaslik lozim bo‘ladi.
Ota-ona va maktab hamkorligi doirasidagi chora-tadbirlar maktab pedagogik
jamoasi hamda ota-onalar bilan kelishilgan holda ishlab chiqilishi hamda kelishilishi
lozim. Qabul qilingan chora-
tadbirlardan qat‘i nazar, ota
-onalarga nisbatan ochiq,
minnatdor va hamkorlikda
munosabatda bo‘lish ota
-
onalar va maktab o‘rtasidagi
muvaffaqiyatli hamkorlikning asosi hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘Y
XATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
-yil 26-maydagi PF
–
79-son
Farmoni 6-
ilovasida keltirilgan „Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida islohatlarni
chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi“//
https://lex.uz/uz/docs/-6476175
2.
Alimova G. Oilada bolalar muloqotchanligini oshirishning pedagogik-psixologik
shart-sharoitlari/Kasb-
hunar ta’limi, 1
-son, 2019. -11-14B.
3.
Jäger
-
Flor, D. & Jäger, R. S. (2010). Bildungsbarometer zur Kooperation
Elternhaus-Schule. Ergebnisse, Bewertungen und Perspektiven. Landau: VEP Verlag
Empirische Pädagogik.
-p. 266
4.
Otterpohl, N. & Wild, E. (2019). Kooperation zwischen Elternhaus und Schule im
Kontext der schulischen Leistungsentwicklung. In B. Kracke & P. Noack (Hrsg.),
Handbuch Entwicklungs- und Erziehungspsychologie. Springer Reference Psychologie
(Springer eBook Collection, S. 293-306). Berlin: Springer.
5.
Sacher, W. (2017). Eltern, Lehrkräfte und pädagogische Fachkräfte als Partner –
Voraussetzungen und Wege ihrer Kooperation. In G. Aich, C. Kuboth, M. Gartmeier &
D. Sauer (Hrsg.), Kommunikation und Kooperation mit Eltern (1. Auflage, S. 21-34).
