Авторы

  • Meliboyeva Go’zal Shuxrat qizi
  • Ne’matova Zahroxon Obidxon qizi
  • Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna
  • Majlimov Farrux Baxtiyor o’g’li

Биографии авторов

  • Meliboyeva Go’zal Shuxrat qizi

    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

    1-kurs, 1- son davolash, 107-"A" guruh talabasi

  • Ne’matova Zahroxon Obidxon qizi

    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

    1-kurs, 1- son davolash, 107-"A" guruh talabasi

  • Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna

    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi dotsent

  • Majlimov Farrux Baxtiyor o’g’li

    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi asistent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88281

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Akustik biofizika tovush inson miyasi eshitish tizimi musiqiy terapiya stress kognitiv jarayonlar limbik tizim ultratovush shovqin.

Аннотация

Annotasiya: Ishda akustik biofizika va inson miyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlili o’rganilgan bo’lib tovushning kayfiyat, stress va kognitiv jarayonlarga ta’siri, eshitish tizimi, musiqiy terapiya va shovqinning salbiy oqibatlari haqida ilmiy asoslar yoritilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

375

MUSIQA VA MIYA:AKUSTIKANING ONG VA HISSIYOTLARGA

TA’SIRI

Meliboyeva Go’zal Shuxrat qizi

1

,

Ne’matova Zahroxon Obidxon qizi

2

Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna

3

,

Majlimov Farrux Baxtiyor o’g’li

4

1-kurs, 1- son davolash, 107-"A" guruh talabasi

1,2

, dotsent

3

, asistent

4

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Annotasiya: Ishda akustik biofizika va inson miyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik

tahlili o’rganilgan bo’lib tovushning kayfiyat, stress va kognitiv jarayonlarga

ta’siri, eshitish tizimi, musiqiy terapiya va shovqinning salbiy oqibatlari haqida

ilmiy asoslar yoritilgan.

Kalit so’zlar: Akustik biofizika, tovush, inson miyasi, eshitish tizimi,

musiqiy terapiya, stress, kognitiv jarayonlar, limbik tizim, ultratovush, shovqin.

Musiqa – bu shunchaki tovushlar ketma-ketligi emas, u inson ongiga chuqur

ta’sir qiluvchi kuchdir. Olimlar musiqaning miyada qanday ishlashini, qanday

qilib u bizni quvonchga to‘ldirishi yoki ko‘zimizga yosh keltirishini tadqiq

qilmoqda. Qiziq, musiqaning sehrli kuchi qayerdan keladi? Ushbu maqolada

musiqaning miyaga va hissiyotlarga ta’siri haqida ilmiy jihatdan qiziqarli faktlar

bilan tanishamiz.

Eshitish korteksi – Miyamiz musiqa ohangini tahlil qiladi, uni ritm va tembr

bo‘yicha ajratadi.

Limbik tizim – Musiqa hissiyotlarimizni boshqaruvchi bu miyaning qismi

bizni xursand qiladi yoki qayg‘uli qiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

376

Dofamin portlashi – Sevimli qo‘shig‘ingiz yangraganda, miya dofamin

ishlab chiqaradi – bu esa bizni zavqlanish va motivatsiyaga undaydi.

Kanadalik neyrofiziolog Robert Zatorre (2005) ta’kidlaydi: "Musiqa – bu

inson miyasi uchun tabiiy mukofot vositasidir" deydu, demak, biz sevimli

qo‘shig‘imizni tinglaganda, miyamiz uni zavqlanishga arziydigan narsa deb

qabul qiladi!

Quvnoq musiqa - baxt hissi, tadqiqotlarga ko‘ra, tez va jo‘shqin musiqalar

dopamin ishlab chiqarishni oshiradi, bu esa bizni baxtli qiladi. Shuning uchun

sportchilar energiya olish uchun tez ritmli musiqalarni tinglaydi.

Lirik musiqa - o‘ychan kayfiyatni tug’diradi, sevimli lirik qo‘shig‘ingiz

birdan sizni o‘tmish xotiralaringiz tomon yetaklaydi, chunki sekin, chuqur ohanglar

miyamizdagi xotira va his-tuyg‘ular bilan bog‘liq hududlarni faollashtiradi.

Tinchlantiruvchi musiqa - stress yo‘qolishi tabiat tovushlari yoki klassik

musiqa kortizol – stress gormonini kamaytiradi. Kraus va Chandrasekaran (2010)

tadqiqotlariga ko‘ra, yomg‘ir ovozi yoki sekin pianino kuylarini tinglash yurak

urishini sekinlashtirib, asab tizimini tinchlantiradi.

Musiqa nafaqat ruhiy, balki jismoniy salomatlikka ham ijobiy ta’sir qiladi.

Olimlar hatto og‘riqni kamaytirish va miya faoliyatini yaxshilash uchun musiqiy

terapiyadan foydalanishmoqda.

Musiqa inson ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, ayrim holatlarda

salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Doimiy ravishda baland ovozda

musiqa tinglash eshitish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Jahon sog‘liqni

saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, quloqchin orqali 85 dB dan

yuqori ovoz eshitish qulog‘imizga zarar yetkazishi mumkin. Ba’zi tadqiqotlarga

ko‘ra, musiqa doimo fon sifatida yangrasa, ayniqsa, murakkab matn yoki ilmiy

ma’lumotlarni o‘qiyotganda, diqqatni jamlashga xalaqit berishi mumkin. Ba’zi

juda tez ritmli qo‘shiqlar yurak urish tezligini oshirib, bezovtalikni kuchaytirishi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

377

mumkin. Brunel universiteti tadqiqotchilari og‘ir musiqa tinglash ba’zi hollarda

agressiyani oshirishi mumkinligini aniqlagan. Tunda baland ritmli musiqa

tinglash melatonin gormonining ishlab chiqarilishini sekinlashtirishi va uyqu

sifatini yomonlashtirishi mumkin.

Musiqa inson miyasi va hissiyotlariga bevosita biofizik ta’sir ko‘rsatadi. U

kayfiyatni ko‘tarishi, stressni kamaytirishi va neyrofiziologik jarayonlarni

tartibga solishi mumkin. Shu bilan birga, yuqori darajadagi shovqin va noto‘g‘ri

tovush ta’siri salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Shu sababli,

musiqadan ongli ravishda foydalanish inson salomatligi uchun muhim

sanaladi.Demak musiqa tinglash biz uchun foydali ammo har narsa o’z

me’yorida bo’lgani undanda foydali ekan!

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Levitin, D. J. (2006). This Is Your Brain on Music: The Science of a

Human Obsession.

2.

Zatorre, R. J. (2005). Sound Processing in Auditory Cortex.

3.

Patel, A. D. (2008). Music, Language, and the Brain.

4.

Janata, P. (2010). The Neural Architecture of Music-Evoked Memories.

5.

Kraus, N., & Chandrasekaran, B. (2010). Music Training and Auditory Skills.

6.

Elmurotova D.B., Ixrorova S.I., Ergashev A.A. Technical parameters of x-ray

equipment // European international journal of multidisciplinary research and

management studies ISSN: 2750-8587, V.03, Issue 01, Jan. 2023, P.78-83.

7.

Elmurotova D.B., Tursunboyev Q.N., Yusupova N.S., Odilova N.J.,

Jumanov Sh.E. Main technical characteristics of radiation kilovoltmeter //

International Journal of Studies in Natural and Medical Sciences, Amstradam,

Niderlandiya, V02 Issue 06, June, 2023 ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org,

P.1-5.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

378

8.

Elmurotova D.B., Ibragimova M.N., Tashev B.J. Historical X-Ray Tubes //

Scholastic: Journal of Natural and Medical Education. 2023, V.1, P.209-213.

9.

Elmurotova D.B., Abdullayev I.N., Yunusxodjaeva M.Z. Medical

Computers for Measuring Glucose and Blood Gas Levels in the Human Body //

International Journal of Studies in Natural and Medical Sciences V. 02 Is.05, May,

2023. P. 121-124, ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)