82
XORIJIY TIL KOMPETENSIYALARINI O’QITISHDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARNI AMALIYOTGA SAMARALI JORIY ETISHNING
AHAMIYATI
MIRZOALIYEVA Kibriyo Botir qizi,
O’zbekiston Respublikasi Davlat Jahon Tillar Universiteti 1-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: JAKBAROVMusoxon Pulotovich,
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xorijiy til kompetensiyalarini o’qitishda innovatsion
texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish va yangi texnologik jarayon va
o’qitishning yangi zamonaviy usullari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek,
o'quvchilarda o’rganayotgan xorijiy tilga nisbatan qiziqishni kuchayirish ular
xotirasining ichki imkoniyatlarini ishga solish, o’quvchilardagi o’z kuchiga bo’lgan
ishonchini hosil qilishni ham o’z ichiga oladi.
Kalit so'zlar:
kompetensiya, innovatsiya, xotira, tajriba tizimi, interfaol
metod, zamonaviy yondashuv, nutqiy ko’nikmalarni shakllantirish, innovatsion
audio yozuvlar, “aqliy hujum”, ishbilarmonlik o’yinlari , “pinbord”, “klaster”,
sinkveyn”, “kyubik texnologiyasi”, “innovatsion texnologiya”, faollikni oshiruvchi
metod va zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanish.
Yangi texnologik jarayon va o’qitishning yangi zamonaviy usullarini o’quv
jarayoniga tatbiq qilishdagi yangicha zamonaviy yondashuv xorijiy til o’qitishning
maqsadini o’quvchilarga bilim berish va ma’lum, nutqiy ko’nikmalarni
shakllantirishdagina emas, balki shu bilan birga o’quvchilarning qobiliyatlarini
rivojlantirish, o’rganayotgan xorijiy tilga nisbatan qiziqishni kuchayirish ular
xotirasining ichki imkoniyatlarini ishga solish, o’quvchilardagi o’z kuchiga bo’lgan
ishonchini hosil qilishni ham o’z ichiga oladi. Oquvchilarning xorijiy tillardagi
sozlarni talaffuz qilishdagi nutqiy kamchiliklarni innovatsion audio yozuvlar orqali
eshitib tog'irlash.
Ma’lumki ta’lim jarayoni murakkab hisoblanadi. Xorijiy til darslarida yangi o’quv
materialini prezentatsiya uning turli mashqlar orqali mashq qilinishi va turli nutqiy
vaziyatlarga mos qo’llash orqali tegishli nutqiy ko’nikma va malakalar hosil qilish
bosqichlarini o’z ichiga oladi. Talabalarning darsdagi faolligini oshirishda qator
interfaol usullardan fodalanish mumkin. Interfaol metod iborasi ingliz tilidagi
“interactive” so’zidan olingan bo’lib u talabalarda ichki faollikni oshirishni nazarda
tutadi. Ushbu metodning turli qator turlari bo’lib hozirda keng qo’llanilayotgan
“aqliy hujum”, ishbilarmonlik o’yinlari , “pinbord”, “klaster”, sinkveyn”, “kyubik
texnologiyasi” rolli o’yinlar kabi interfaol metodlarlarning ayrim ko’rinishlari ta’lim
jarayonida talabalarning faolligini oshirishga qaratilgan. Interfaol o’qitishda guruh
guruh bo’lib o’qitish, 3-3 kishidan iborat kichik guruhlar tuzish, samarali hisoblanadi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib “innovatsion texnologiya” deb atash mumkin. Ta’lim
83
tizimining hozirgi holati noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining ro’lini oshirish bilan
tavsiflanadi. Talabalar tomonidan ularning yordami bilan bilimlarni o’zlashtirish
an'ananaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir. Ushbu texnologiyalar
bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o’zgartiradi,
o’rganilayotgan fanlarni mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda
yangilash, samaraliroq o’qitish usullarini qo’llash, shuningdek, har bir kishining
ta’lim olish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi.
Izlanishlar natijasida hozirgi kunda interfaol metodning yuzdan ortiq yuti mavjud
bo’lib, ularning aksariyati tajriba sinovdan o’tib yaxshi natija bergan. Ta’lim
texnologiyalarini o’quv jarayoniga tadbiq etishning asosiy shartlari quyidagilardan
iborat:
•
Darsni o’ qitish jarayonida har bir o’ quvchining bilimlarni o’ zlashtirshda
erkin muloqotga kirishishni rivojlantirish;
•
Talim jarayonida ham faollikni oshiruvchi metod va zamonaviy ta’lim
vositalaridan foydalanish va oquvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda sinash.
Izlanishlar natijasi muhokamasi shuni ko’rsatadiki Innovatsion texnologiyalarning
xorijiy til kompetensiyalarni o’qitishdagi ahamiyati katta. Xorijiy tillarni o’qitishda
innovatsion texnologiyalardan foydalanish darsni sifatli va qiziqarli bo’lishini
ta’minlaydi. Innovatsion texnologiya ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan
foydalanish, turli pedagogic jarayonlarni loyihalash va amalda qo’llash orqali bilim
egalashni takomillashtirish usullaridir. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida
o’qituvchi va bilim oluvchi faoliyatga yangilik, o’gartirishlar kiritish bo’lib, interfaol
metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida
qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga erkin va mustaqil fikr yuritishga
asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg’ulotga aylanadi.
Interfaol ususllar qo’llanilganda mustaqil ishlash ko’nikma va malakasi rivojlanadi.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, ayni paytda xorijiy tillarni o’qitishda innovatsion
texnologiyalardan samarali foydalanish darsni har tomonlama sifatli va qiziqarli
o’tish imkonini beradi va innovatsion texnologiyaga qiziqish kundan kunga ortib
bordi. Innovatsion texnologiyalar o’quvchilarni mustaqil fikrlashga tahlil, xulosa
qilishga o’rgatadi. Bundan tashqari hammamizga ma'lumki hozirda Innovatsion
texnologiyalardan butun jahon foydalanadi, bu oquvchilarning nafaqat Ozbekiston
balki chet el bilim konikmalari bilan tanishishga yol ochadi
REFERENCES
1.
Hinkel E. Culture in Second Language Teaching and Learning. Oxford, 1999.
2.
Robatjazi, M. A. (2008). Language education: Intercultural communicative
competence and curriculum. Glossa, 3(2), 245-265
3.
Nietro S. Language, Culture and Teaching. N. J., 2002.
84
4.
Gazieva, S.T. (2021). READING IS THE RECEPTIVE SIDE OF WRITING.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. ARES, 2 (5),
15641570.
5.
Палуанова, Х. Д. "Инглиз, ўзбек, рус ва қорақалпоқ тилларида экологик
терминларнинг деривацион-семантик принциплари. Филол. ф. док......
дис." (2016).
6.
Палуанова, Халифа Дарибаевна. "Изучение экологических единиц в
английском языке." (2016): 72-72.