Universal International Scientific Journal
49
Tuxtaboyeva Feruza Muratovna.,
Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o‘g‘li.,
Tojidinova Ominaxon Sherzodbek qizi.
Andijon davlat universiteti
Uzbekistan
EFEDRIN ALKALOIDINING BA’ZI XUSUSIYATLARIGA OID
Abstract:
This article provides information about the ephedrine alkaloid and its structure,
composition, positive and negative effects. Ephedrine is mainly found in common Ephedra distachya and
Ephedra equisetina Bge in greater quantities than in other plants. Ephedrine is used in medicine and herbal
medicine, but is rarely used today.
Keywords:
Ephedra, ephedrine, anise, morphine, scopolamine.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada efedrin alkaloidi haqida va uning tuzulishi, tarkibi, ijobiy va salbiy ta’sirlari
haqida ma’lumotlar keltirilgan. Efedrin asosan oddiy qizilicha va tog‘ qizilchasi tarkibida boshqa o‘simliklarga
nisbatan ko‘p bo‘ladi. Efedrin tibbiyot va tabobatda qo‘llaniladi, lekin hozirgi kunda kam foydalaniladi.
Kalit so‘zlar:
Efedra, efedrin, qizilcha, morfin, skopolamin.
Аннотация:
В данной статье представлена информация об алкалоиде эфедрина, его структуре,
составе, положительных и отрицательных эффектах. Эфедрин в основном содержится в душице
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Universal International Scientific Journal
Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9
International indexes
Universal International Scientific Journal
50
обыкновенной и горной орегано по сравнению с другими растениями. Эфедрин применяется в медицине и
медицине, но сегодня применяется редко.
Ключевые слова:
Эфедра, эфедрин, скарлатина, морфин, скополамин.
Language:
Uzbek
Citation:
Tukhtaboyeva , F., Ismoilov , I., & Tojidinova , A. ON SOME PROPERTIES OF EPHEDRINE
ALKALOID.
Universal
International
Scientific
Journal,
1(9),
49–51.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1209
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14359211
Alklaoidlar asosan geterosiklik tuzulishga
ega bo‘lgan, tarkibida uglerod, vodorod va
azotga qo‘shimcha ravishda, molekulalarida
oltingugurt atomlari va kamroq xlor, brom yoki
fosfor bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina alkaloidlar
aniq fiziologik faollikka ega. Alkaloidlarga
masalan, morfin, kofein, kokain, xinin, nikotin,
efedrin kabi moddalar kiradi. Ko‘pgina
alkaloidlar kichik dozalarda terapevtik ta’sirga
ega, lekin katta dozalarda zaharli hisoblanadi.
Alkaloidlar fiziologik ta’siri bilan farqlanadi
ularning ba’zilari asab tizimini susaytiradi yoki
qo‘zg‘atadi,
boshqalari
nerv
uchlarini
falajlaydi, qon tomirlarni kengaytiradi yoki
toraytiradi, boshqalari og‘riq qoldiruvchi
ta’sirga ega. Alkaloidlar tirik organizmlar
tomonidan sintezlanadi. Ular eng yuksak
o‘simliklarda tarqalgan bo‘lib, o‘simliklar
tanasida 10 % dan 25 % gacha alkaloid borligi
taxmin qilingan. Yuksak o‘simliklar qatoriga
kiruvchi efedra (qizilcha) o‘simligidan efedrin
alkaloidi topilgan [1, 2, 3, 4].
Efedrin alkaloidi.
Efidrin tarkibida atsiklik (ochiq zanjirli)
va azot yon zanjirida joylashgan alkaloid.
Efidrin alkaloidi O‘zbekistonda uchrovchi
qizilchadoshlar (Ephedraceae) oilasiga kiruvchi
qizilcha (efedra) turkumining 2 ta turidan
olinadi: Tog‘ qizilchasi (Ephedra equisetina
Bge) va Oddiy qizilcha (Ephedra distachya).
Tog‘ qizilchasi tarkibida alkaloidlarning 90%
efedrin tashkil qiladi. Efedrin xlorid kislata
bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Tuz
efedrin gidroxlorid suvda va spirtda yaxshi
eriydigan, rangsiz, hidsiz, achchiq mazali
kristall moddadir. Efedrin gidroxlorid kukun
(poroshok), tabletka va ampuladagi eritma
holida chiqariladi. Efedrin gidroxlorid turli
komplekslar tarkibiga kiradi. Oddiy qizilcha yer
ustki qismini tarkibida 0.25-1.7 foiz alkaloid
bo‘lib, alkaloidlarning 65 % ni efedrin tashkil
etadi. Bu o‘simlikdan efidrin alkaloidi
olinmaydi.
Efedrin
kishi
organizmiga
adrenalinga o‘xshash ta’sir qiladi ya’ni simpatik
nervlarni qo‘zg‘atadi, qorin bo‘shlig‘i va
Universal International Scientific Journal
51
teridagi qon tomirlarini nihoyatda toraytiradi.
Efedrin og‘ir operatsiya yoki travmadan
so‘ng ko‘p qon yo‘qolishi natijasida yuz bergan
kollaps holatida, qon bosimi pasayganda
(gipotoniya), miasteniya, allergik bronxial
astma, pichan istmasida (pichan astmasi),
eshakem toshganda, vazomotor tumov va
boshqa
kasalliklarda
ishlatiladi.
Bundan
tashqari efedrin alkaloidi morfin, skopolamin
va gangliotiklar bilan zaharlanganda ham
ishlatiladi.
Efedrin 1887-yilda Xitoy Ephedra turidan
ajratilgan. Qadim zamonlardan beri tibbiyotda
ishlatilgan.
Efedrin
organizm
tarkibiga
tarkibidagi kimyoviy birikmalar shu jumladan
efidrin malekulasi ta’siri katta deb qaraladi.
Shunday qilib, 3000 yil oldin Efedrindan yo‘tal
va yuqori harorat asosiy dorivor birlik sifatida
qo‘llanila boshlagan [1, 2, 3, 4].
Efedrin alkaloidi haqida ko‘plab ilmiy
ishlar qilinib, efedrin quyidagi ta’sirlarni
ko‘rsatishi
aniqlangan:
Metabalizmni
tezlashtiradi va tez yog‘ yo‘qotish xususiyatiga
ega bo‘lganligi sababli tez vazn yo‘qotish,
tanada yog‘ miqdorini kamaytirish qobilyati
uchun o‘rganilgan. Dastlab 1980-2000-yillarda
vazn
tez
yo‘qotish
xususiyati
bilan
mashhurlikka erishdi keyinchalik esa xavsizlik
sababli, bir qator mamlakatlarda shu jumladan,
AQSHda efedrin alkaloidlari taqiqlangan.
Xulosa qilib aytganda Efedrin tanadagi bir
qancha jarayonlarga bir vaqtning o‘zida ijobiy
ta’sir qilishi mumkin lekin bir qator
mamlakatlar bu modda bor mahsulotlarni
taqiqlashadi. Efedrin alkaloidi taqiqlanishi
sababi u kofein singari sinergik ta’sir ko‘rsatadi.
Organizm
tarkibidagi
ortiqcha
yog‘ni
yo‘qotishda efedrin kofein bilan birlashtiriladi.
Efedrin va kofein kombinatsiyasi tanaga
ko‘proq ta’sir ko‘rsatib faolligini oshirib
yuboradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. A. Beknazarov O‘simliklar fiziologiyasi -2009.
2. Вторичные метаболиты растений: физиологические и биохимические аспект. Часть 2
Алкалоиды -КАЗАНЬ -2009
3. S.X.Sulliyeva, F.A.Tojiyeva, U.B.Ravshanva “O‘simliklar fiziologik faol moddalari” fanidan
amaliy mashg‘ulotlar –– Termiz- 2023.
4. Ж.Х. Хожаев “Ўсимликлар физиологияси” – 2004.
