“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
459
TERPENLARNING KIMYOVIY XUSUSIYATLARI, BIOLOGIK FAOLLIGI VA
KO‘P QIRRALI FUNKSIYALARI
Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o‘g‘li, o‘qituvchi, Andijon davlat universiteti
ibroximismoilov05@gmail.com
Olimov Maxsudbek Odiljon o‘g‘li, talaba, Andijon davlat universiteti
maxsudbekolimov1@gmail.com
Ismoilov Ollohberdi Ikromjon o‘g‘li, talaba, Andijon davlat universiteti
ollohberdii202@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15578595
Annotatsiya:
Mazkur tezisda o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan va biologik faol tabiiy
moddalar guruhiga kiruvchi terpenlarning o‘simliklar fiziologiyasidagi roli, ekologik funksiyasi va
inson salomatligidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu birikmalarning kimyoviy tuzilishi,
sintezlanish mexanizmlari, tibbiyot, ayniqsa, urologiya sohasida qo‘llanilishi yoritilgan. Ishda
zamonaviy tadqiqotlar natijalari asosida terpenlarning litokinetik va yallig‘lanishga qarshi ta’siri
isbotlab berilgan hamda kelajakdagi amaliy tadqiqotlar uchun istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rsatib
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Terpenlar, monoterpenlar, litokinetik ta’sir, izopren, mentol, pinen.
Аннотация
:
В
диссертации
анализируется
роль
терпенов
–
группы
биологически
активных
природных
веществ
,
широко
распространенных
в
растительном
мире
,
в
физиологии
растений
,
их
экологическая
функция
и
значение
для
здоровья
человека
.
Также
рассматриваются
химическая
структура
этих
соединений
,
механизмы
синтеза
и
их
применение
в
медицине
,
особенно
в
урологии
.
В
работе
на
основе
результатов
современных
исследований
доказаны
литокинетические
и
противовоспалительные
эффекты
терпенов
и
указаны
перспективные
направления
для
будущих
практических
исследований
.
Ключевые
слова
:
терпены
,
монотерпены
,
литокинетический
эффект
,
изопрен
,
ментол
,
пинен
.
Abstract:
This thesis analyzes the role of terpenes, which are widespread in the plant world
and belong to the group of biologically active natural substances, in plant physiology, their ecological
function and significance in human health. The chemical structure of these compounds, synthesis
mechanisms, and their application in medicine, especially in urology, are also discussed. The work,
based on the results of modern research, proves the lithokinetic and anti-inflammatory effects of
terpenes and indicates promising directions for future practical research.
Keywords:
Terpenes, monoterpenes, lithokinetic effect, isoprene, menthol, pinene.
Terpenlar o‘simliklar fiziologiyasida eng muhim ikkilamchi metabolitlardan biri sifatida keng
tarqalgan. Ular izopren birliklaridan tashkil topgan va ko‘plab uglevodorodlar hamda ularning
hosilalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu moddalarning o‘simliklar hayotidagi o‘rni nihoyatda keng bo‘lib,
ular nafaqat o‘simliklarning ekologik muhitga moslashuvi va himoya mexanizmlarini
shakllantirishda, balki ularning signal uzatish, o‘sish va rivojlanish jarayonlarida ham ishtirok
etadi[1].
Terpenlar o‘simliklarning himoya tizimida fitofaglar, patogenlar va abiotik stresslarga qarshi
faol modda sifatida xizmat qiladi. Ular efir moylari tarkibida bo‘lib, ko‘plab o‘simliklarning barg,
gullar, po‘stloq yoki ildizlarida to‘planadi va o‘ziga xos hid, ta’m yoki toksik ta’siri orqali o‘simlikni
zararli organizmlardan saqlaydi[1, 2].
Terpenlar kimyoviy tuzilishiga ko‘ra turli xil sinflarga bo‘linadi: monoterpenlar,
seskviterpenlar, diterpenlar, triterpenlar, tetraterpenlar va politerpenlar. Har bir sinfning o‘ziga xos
biologik va farmakologik xususiyatlari mavjud. Masalan, monoterpenlar o‘tkir hidli moddalar bo‘lib,
ular parfyumeriya, kosmetika, oziq-ovqat sanoatida, shuningdek, tibbiyotda keng qo‘llaniladi.
Diterpenlar esa A vitamini (retinol) va boshqa muhim moddalar tarkibida bo‘lib, inson sog‘lig‘ida
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
460
muhim rol o‘ynaydi. Tibbiyotda terpenlarning qo‘llanilishi ayniqsa ahamiyatlidir. Ular antiseptik,
yallig‘lanishga qarshi, analjezik, diuretik va litokinetik xususiyatlarga ega. Urologiya sohasida olib
borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, terpenlarga asoslangan dorilar buyrak toshlarini eritishga
va siydik yo‘llaridan chiqarishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu preparatlar yengil toksiklik
darajasi va tabiiy kelib chiqishi bilan ajralib turadi. Misol tariqasida,
α
-pinen, limonen va mentol kabi
moddalarning validol, skipidar va boshqa dorivor vositalar tarkibida ishlatilishini keltirish mumkin.
Bundan tashqari, sitral, terpineol va geraniol kabi moddalar parfyumeriya va kosmetik vositalarda
keng foydalaniladi[3, 4].
Terpenlarning ekologik ahamiyati ham katta. Ular o‘simliklarning boshqa organizmlar bilan
o‘zaro ta’sirini ta’minlaydi: yirtqich hasharotlarni jalb qiladi, o‘simliklararo signal uzatishda ishtirok
etadi, o‘simliklar hayotiyligini ta’minlaydi. Ularning hosilalari – saponinlar, kardenolidlar, forbol
efirlari hayvon va odam organizmiga nisbatan faollik ko‘rsatadi. Bu moddalarning ayrimlari toksik,
boshqalari esa dori sifatida ishlatiladi. Terpenlar o‘simliklarning biologik faol moddalari sifatida
ekologiya, tibbiyot, kimyo va boshqa sohalarda keng o‘rganilmoqda. Ularning ko‘p qirrali
xususiyatlari kelajakda yanada chuqur tadqiqotlarni talab etadi va ulardan olinadigan yangi
preparatlar insoniyat salomatligi va farovonligiga xizmat qiladi. Ushbu tezisda terpenlar o‘simliklar
fiziologiyasining muhim komponenti sifatida keng tahlil qilinadi. Terpenlar – izopren birliklariga
asoslangan tabiiy uglevodorodlar bo‘lib, ular o‘simliklarda himoya mexanizmlarini shakllantiradi,
hayvon va inson organizmida esa dorivor ahamiyatga ega[4,5,6].
Monoterpenlar, seskviterpenlar, diterpenlar, triterpenlar va tetraterpenlar biologik faolligi bilan
ajralib turadi. Terpenlarning o‘simliklarda sintezlanishi ularni fitofaglardan, patogenlardan va abiotik
stresslardan himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, mentol, limonen,
α
- va
β
-pinen kabi
birikmalar o‘simliklarning yirtqich hasharotlarga qarshi tabiiy himoyasini kuchaytiradi. Tibbiyotda
terpenlar antiseptik, analjezik, yallig‘lanishga qarshi va litokinetik (buyrak toshlarini
harakatlantiruvchi) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Urologiyada terpenlarga asoslangan preparatlar
siydik yo‘llaridagi toshlarni o‘z-o‘zidan chiqarish samaradorligini 78% gacha oshirishi ilmiy
tadqiqotlar orqali isbotlangan. Shuningdek, ularning nefroprotektiv va geroprotektiv ta’siri
mavjud[7].
Xulosa qilib aytganda, Terpenlar o‘simliklar fiziologiyasida muhim o‘rin tutadigan tabiiy
birikmalar bo‘lib, ularning kimyoviy tuzilishi va funksiyalari hayratlanarli darajada xilma-xildir.
Ushbu kurs ishi davomida terpenlarning turlari, ularning o‘simliklardagi sintezlanishi, tabiatdagi
tarqalishi va inson hayotidagi ahamiyati keng yoritildi. Terpenlar nafaqat o‘simliklarning himoya
mexanizmlarida, balki tibbiyot, parfyumeriya va sanoatning boshqa sohalarda ham katta rol o‘ynaydi.
Umuman olganda, terpenlar o‘simliklar fiziologiyasining ajralmas qismi sifatida nafaqat tabiatda,
balki inson hayotida ham katta ahamiyatga ega. Ularning farmakologik xususiyatlari, past toksikligi
va ko‘p qirrali qo‘llanilishi kelajakda yanada chuqurroq o‘rganilishi va yangi dori vositalari ishlab
chiqarishda kengroq foydalanilishini taqozo etadi. Ushbu kurs ishi terpenlarning o‘simliklar va inson
hayotidagi muhim o‘rnini yoritishga xizmat qildi va bu sohada keyingi tadqiqotlar uchun zamin
yaratdi[8].
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Asqarov, I.R. (2020). O‘simliklar kimyosi va fiziologiyasi. Toshkent: Fan va texnologiya.
2. G‘ulomov, G‘. (2023). O‘simliklar fiziologiyasi bo‘yicha qo‘llanma. Andijon: Andijon Davlat
Universiteti.
3. Ismoilov, I.X. (2021). Terpenlar va ularning biologik ahamiyati. Andijon: Ilmiy nashrlar.
4. Faragi, G., & boshqalar. (2015). Terpen-based therapies in urology. Journal of Urological
Research.
5. Kudryavtseva, A., & boshqalar. (2019). Geroprotective properties of terpenoids. Anti-Aging
Research Journal.
6. Saito, A., & boshqalar. (2017). Antimalarial activity of nerolidol in mice models. Malaria
Journal.
