Mualliflar

  • Feruza Tuxtaboyeva
    Andijon davlat universiteti
  • Ibroximjon Ismoilov
    Andijon davlat universiteti
  • Maftuna Hoshimova
    Andijon davlat universiteti
  • Azizaxon Axmadjonova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.58514

Kalit so‘zlar:

Na’matak askorbin kislotasi yovvoyi atirgul avitaminoz karotolin

Annotasiya

Ushbu maqola na’matak o‘simlik turlari, organizmga foydali va zararli ta’sirlari, ozuqaviy qiymati haqida ma’lumotlar berilgan. Na’matak - erta bahorda chiroyli pushti rangli gullaydigan, yozning oxiri va sentabr oyining boshida pishib yetilgan mevalari bilan quvontiradigan ko‘p yillik buta. Xalq orasida bu o‘simlik «yovvoyi atirgul» deb ham ataladi.


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

18

Universaljurnal.uz

Tuxtaboyeva Feruza Muratovna.,

Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o‘g‘li.,

Hoshimova Maftuna Rashidjon qizi.,

Axmadjonova Azizaxon Asqarbek qizi.

Andijon davlat universiteti

Uzbekistan


NA’MATAK O‘SIMLIGINING BA’ZI FOYDALI XUSUSIYATLARI VA

ORGANIZIMGA TA’SIRI

Abstract:

This article provides information about the species of the rosehip plant, its beneficial and

harmful effects on the div, and its nutritional value. Rosehip is a perennial shrub that blooms beautifully

in early spring and delights with its ripe fruits in late summer and early September. This plant is also

popularly called "wild rose".

Keywords:

Rosehip, ascorbic acid, wild rose, avitaminosis, carotolin.

Annotatsiya:

Ushbu maqola na’matak o‘simlik turlari, organizmga foydali va zararli ta’sirlari, ozuqaviy

qiymati haqida ma’lumotlar berilgan. Na’matak - erta bahorda chiroyli pushti rangli gullaydigan, yozning oxiri va

sentabr oyining boshida pishib yetilgan mevalari bilan quvontiradigan ko‘p yillik buta. Xalq orasida bu o‘simlik

«yovvoyi atirgul» deb ham ataladi.

Kalit so‘zlar:

Na’matak, askorbin kislotasi, yovvoyi atirgul, avitaminoz, karotolin.

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

Universal International Scientific Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9

Published: 02.12.2024

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

1

9

Аннотация:

В данной статье представлена информация о различных видах растений, их полезном и

вредном влиянии на организм, а также их пищевой ценности. Шиповник– многолетний кустарник, цветущий

ранней весной красивыми розовыми цветками и созревающий в конце лета – начале сентября. В народе это

растение еще называют «дикой розой».

Ключевые слова:

Шиповник, аскорбиновая кислота, шиповник, авитаминоз, каротолин.

Language:

Uzbek

Citation:

Tukhtaboyeva , F., Ismoilov , I., Hoshimova , M., & Akhmadjonova , A. SOME BENEFICIAL

PROPERTIES AND INFLUENCES OF THE ORGANISM OF NAMATAK PLANT. Universal International

Scientific Journal, 1(9), 18–21. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1202

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14293681

Na’matak bo‘yi 2 m ga yetadigan tikanli

buta. Novdasi egiluvchan bo‘lib, yaltiroq

qo‘ng‘ir-qizil yoki qizil-jigarrang tusli po‘stloq

hamda tikanlar bilan qoplangan. Bargi toq patli,

poyada bandi bilan ketma-ket o‘rnashgan.

Bargchasi (5-7 ta) tuxumsimon shaklli va

arrasimon qirrali. Gullari yirik, yakka yoki 2-3

tadan shoxlarga o‘rnashgan. Guli qizil, pushti,

sariq yoki oq rangli, xushbo‘y hidli. Guloldi

barglari lansetsimon. Kosacha bargi va tojbargi

5 tadan, otalik va onaliklar ko‘p sonli. Mevasi

gul o‘rnidan hosil bo‘ladigan shirali soxta

meva. Ichida onaliklaridan hosil bo‘lgan bir

nechta haqiqiy meva yong‘oqchalar bor.

Yong‘oqcha o‘tkir uchli, sertuk bo‘lib,

burchaksimon shaklga ega. Na’matak turlari

o‘rmonlarda, ariq bo‘ylarida, butalar orasida,

tog‘larning quruq toshloq yon bag‘irlarida va

boshqa yerlarda o‘sadi.

Na’matakning

ayrim

turlari

bir-biridan

mevasining, novda po‘stlog‘idagi tikanning

rangi, shakli, katta-kichikligi hamda novdadagi

tikanlar soni va joylashishiga qarab farq qiladi.

Quyida ayrim na’matak turlari haqida

ma’lumotlar berilgan.

Jadval 1. Na’matak o‘simligining turlari.

Na’matak nomi

Lotincha nomi

Maydagul

na’matak

Micrantha Smith

Rosa

May na’matagi

(dolchinsimon

na’matak)

Nerrni. (Rosa

cinnamomea

L.

)

Rosa majalis

Itburun na’matak

Rosa canina

L

Zangezur na’matak

Rosa zangezura

P.

Jarosch.

Burushqoq

na’matak

Rosa rugosa Thunb

Begger na’matagi

Rosa beggeriana

Schrenk

Pahmoq na’matak

Rosa tomentosa

Smith.

Tikanli na’matak

Rosa acicularis

Lindl

Fedchenko

na’matagi

Rosa

fedtschenkoana

Regel

Qalqonburun

na’matagi

Rosa corymbifera

Borkh.

Qumsevar

na’matak

Rosa psammophila

Chrshan


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

20

Qo‘qon na’matagi

Rosa kokanica

(Regel.) Regel

Fedchenko na’matagi (Rosa fedtschenkoana

Regel) yirik, bo‘yi 2-3, ba’zan 6 m gacha

boʻlgan buta. Tikanlari yirik, gorizontal

joylashgan, qattiq asos qismi kengaygan bo‘lib,

yirik shoxlarida zichroq joylashgan. Murakkab

barg bo‘lakchalari bargchalari qalin, zangori,

tuksiz. Gullari yirik, oq yoki pushti rangli.

Mevasi yirik (5 sm gacha uzunlikda), etli, to‘q

qizil, tuxumsimon. Asosan, O‘rta Osiyoda

(Tyan-Shan, Pomir-Oloy tog‘larida) tog‘

yonbag‘irlarida

o‘sadi.

O‘zbekistonning

Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo

va

Surxondaryo

viloyatlarining

tog‘li

hududlarida ko‘p tarqalgan [1, 2, 3].

Na’matak gullari dorivor xususiyatlarga ega

emas, ammo mevalari xalq tabobatida keng

qo‘llaniladi. Meva urug‘ida E vitamini va

moylar bor. Na’matak mevalari ko‘pincha

avitaminoz

kasalliklarida

qo‘llaniladi.

Urug‘dan olingan moyi va mevasining

yumshoq

qismidan

tayyorlangan

moyli

ekstrakti «karotolin» kuyganni, tropik yaralarni

ekzema, teri kasalliklarini, rentgendan kuygan

joylar, yarali kolit va boshqa kasalliklarda

ishlatiladi. Na’matak turlarining ba’zi turlaridan

vitaminli sharbatlar tayyorlanadi Odatda

tabobatda

na’matak

damlamasidan

foydalaniladi.

Shamollashning oldini olish va davolash

uchun

tavsiya

etishadigan

na’matak

mevalarining damlamasi - askorbin kislotasi

(vitamin C) ning tabiiy manbai sanaladi. Ushbu

o‘simlik mevalarida C vitamini ekzotik limon

va apelsinga qaraganda 50 barobar, qora

smorodina tarkibidagidan esa 10 barobarga

ko‘proq. Na’matakni hozir ayni kuz va qishda

avjiga chiqadigan shamollash va viruslarni

oldini olishda ham, ularni davolashda ham

iste’mol qilish kerak Bundan tashqari, u bir

qator foydali mikroelementlar, shu jumladan

kaliy, magniy, kaltsiy va natriyni o‘z ichiga

oladi.

Na’matak immunitetni mustahkamlab,

organizmni sog‘lom qiladi, yurak va qon-tomir

tizimiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, qon bosimini

normallashtiradi, kamqonlikda ham foydali

sanaladi, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab,

zarali toksinlar va shlaklarni chiqarib tashlaydi,

ozishga yordam beradi, o‘t va siydik haydovchi

vosita sanaladi.

Na’matak siropi yoki mevalardan

tayyorlangan choy sovuq mavsumda juda

samarali ichimlik sanaladi, ayniqsa viruslar

faollashganda

va

immunitet

darajasi

pasayganda ushbu xalqona vosita muntazam

ravishda qabul qilib boriladigan bo‘lsa, unda

shamollashdan saqlanish, shifo jarayonini

tezlashtirish va kasallikdan keyin tezroq

tiklanish mumkin bo‘ladi.

Na’matak damlamasi tayyorlash uchun


background image

Universal International Scientific Journal

2024, 1(9)

Universaljurnal.uz

2

1

termosga uning 3 osh qoshiq quruq mevalari va

bir litr qaynoq suv solinadi. Aralashma 12 soat

davomida

tindiriladi.

Tayyor

damlama

ovqatdan 30-40 daqiqa oldin qabul qilinadi.

Damlama tayyorlashdan oldin mevalarni

yaxshilab yuvib, maydalash tavsiya etiladi [1, 2,

3].

Jadval 2. Namatak o‘simligining ozuqaviy

qiymati

100 g na’matakning
ozuqaviy

kaloriyasi:

162 kkal

Yog‘lar

0.3 g

Uglevodlar

38g

Oqsil

1,6 g

Nartiy

4 mg

Kaliy

429 mg

Temir

1,1 mg

Magniy

69 mg

Vitamin A

217 mg

Vitamin B6

0,1 mg

Vitamin C

426 mg

Na’matakdan shifobaxsh vosita sifatida

foydalanish uchun ko‘plab ko‘rsatmalar

mavjudligiga qaramay, u inson organizmiga

salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin.

Na’matakni ko’p iste’mol qilish oshqozon

sekretsiyasining oshishi, ya’ni kislotalilik

darajasining ortishi, gastritning rivojlanishi,

allergik (dermatologik) holatlar, qon tomirlarda

tromblarning

shakillanishi,

endokardit,

pankreatit kabi kasalliklarning rivojlanishiga

olib keladi.

Na’matakni ehtiyotkorlik bilan qabul

qilish

kerak.

Chunki

tish

emalining

yupqalanishini tezlashtiradi, ich qotishiga sabab

bo’ladi, safro sekretsiyasini sekinlashtiradi, qon

bosimining ko‘tarilishiga va sariq kasalligining

rivojlanishiga olib keladi. Ushbu o‘simlikning

odam uchun kundalik me’yori - 10 tagacha

mevani tashkil qiladi. Bunda ularni maydalab,

choyga qo‘shish mumkin.

Xulosa

qilib

aytish

mumkinki,

na’matakda inson organizmi uchun foydali

moddalar ko‘p, ayniqsa ayni atrof-muhit

ekologiyasi salbiy tarafga o‘zgargan vaqtda

juda ahamiyatlidir. Belgilangan miqdorda va

ehtiyotkorlik bilan isteʼmol qilingan na’matak

damlamasi foydali va kerakli mahsulot

hisoblanadi. Na’matak tarkibida ko‘p miqdorda

vitamin C tutishi bilan ajralib turadi. 100 gr

mahsulotda 426 mg vitamin C bor va shuning

uchun

na’matakdan

xalq

tabobatida

shamollashning oldini olish va davolash uchun

qo‘llaniladi..

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. H.X.Xolmatov, O’.A.Ahmedov Farmakogneziya Toshkent 2008

2. Po’latova T.P, Xolmatov H.X Farmokognoziya amaliyoti Toshkent 2002

3. A.S. Dariyev, B.A. Sirojiddinov, E.YU. Ro’zmatov Na’matak (Rosa L) morfologiyasi,

anatomiyasi, ekologiyasi Andijon-2016

Bibliografik manbalar

H.X.Xolmatov, O’.A.Ahmedov Farmakogneziya Toshkent 2008

Po’latova T.P, Xolmatov H.X Farmokognoziya amaliyoti Toshkent 2002

A.S. Dariyev, B.A. Sirojiddinov, E.YU. Ro’zmatov Na’matak (Rosa L) morfologiyasi, anatomiyasi, ekologiyasi Andijon-2016

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Feruza Tuxtaboyeva , Mashxura Mukumjonova , Ruxshona Xamdamova , Zulxumor Rahmonova , XAYVON XUJAYRALARI GEN MUXANDISLIGI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Feruza Tuxtaboyeva , Zilola Mahmudojonova , Baxridil Oqyo’lova , FERMENTLARNI IMMOBILLASH: MOHIYATI, USULLARI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Nodira Rayimjonova , MOYCHECHAK (ROMASHKA) DORIVORLIGI VA ISHLATILISHI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Muhtasar Odasheva , Xoldarxon Obloberdiyeva , O‘SIMLIKLARDA NAFAS OLISH JARAYONINING ICHKI VA TASHQI OMILLARGA BOGʻLIQLIGI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Rayhona Latipova , Saboxat Latifjonova , ODDIY BANGIDEVONA (DATURA STRAMONIUM) O‘SIMLIGINING XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Ibroximjon Ismoilov, Maxsudbek Olimov , Ollohberdi Ismoilov , TERPENLARNING KIMYOVIY XUSUSIYATLARI, BIOLOGIK FAOLLIGI VA KO‘P QIRRALI FUNKSIYALARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Ibroximjon Ismoilov, Ruxshona Xamdamova , Gulshoda Temirova , FOTOSINTEZ EKOLOGIYASI VA HOSILDORLIK , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Namuna Tursunaliyeva, Irodaxon Muhtorova , Ibroximjon Ismoilov, QULUPNAY OʻSIMLIGINING AHAMIYATI VA BIOKIMYOVIY TARKIBI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Ominaxon Tojidinova , EFEDRIN ALKALOIDINING BA’ZI XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Ibroximjon Ismoilov, Mashxura Mukumjonova , Zulxumor Rahmonova , O‘SIMLIKLARNING ZAMBURUG`LI KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

1 2 3 > >>