Mualliflar

  • Feruza Tuxtaboyeva
    Andijon davlat universiteti
  • Ibroximjon Ismoilov
    Andijon davlat universiteti
  • Muhtasar Odasheva
    Andijon davlat universiteti
  • Xoldarxon Obloberdiyeva
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110638

Kalit so‘zlar:

Nafas olish o‘simlik fiziologiyasi ichki omillar tashqi omillar fermentlar kislorod harorat.

Annotasiya

Mazkur maqolada o‘simlik hujayralarida sodir bo‘ladigan nafas olish jarayonining biologik mohiyati va uni tartibga soluvchi ichki (endogen) hamda tashqi (ekzogen) omillar yoritilgan. Shuningdek, har bir omilning nafas olishga ta’sir mexanizmi qisqacha tahlil qilinadi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

259

O‘SIMLIKLARDA NAFAS OLISH JARAYONINING ICHKI VA TASHQI

OMILLARGA BOG

ʻ

LIQLIGI

Tuxtaboyeva Feruza Muratovna

1

., Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o‘g‘li

2

., Odasheva

Muhtasar Shavkatbek qizi

3

., Obloberdiyeva Xoldarxon Baxtiyorjon qizi

3

Andijon davlat universiteti b.f.n., dotsent

1

,

feruzatoxtaboyeva1971@gmail.com

Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi

2

,

ibroximismoilov05@gmail.com

muhtasarodasheva@gmail.com

xoldarxonobloberdiyeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15597080

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘simlik hujayralarida sodir bo‘ladigan nafas olish

jarayonining biologik mohiyati va uni tartibga soluvchi ichki (endogen) hamda tashqi (ekzogen)
omillar yoritilgan. Shuningdek, har bir omilning nafas olishga ta’sir mexanizmi qisqacha tahlil
qilinadi.

Kalit so‘zlar

: Nafas olish, o‘simlik fiziologiyasi, ichki omillar, tashqi omillar, fermentlar,

kislorod, harorat.

Аннотация

:

В

данной

статье

освещается

биологическая

природа

дыхательного

процесса

,

протекающего

в

клетках

растений

,

и

регулирующие

его

внутренние

(

эндогенные

)

и

внешние

(

экзогенные

)

факторы

.

Также

кратко

проанализирован

механизм

влияния

каждого

фактора

на

дыхание

.

Ключевые

слова

:

дыхание

,

физиология

растений

,

внутренние

факторы

,

внешние

факторы

,

ферменты

,

кислород

,

температура

.

Annotation:

this article covers the biological essence of the respiratory process that occurs in

plant cells and the internal (endogenous) and external (exogenous) factors that regulate it. Also, the
mechanism of action of each factor on breathing is briefly analyzed.

Keywords:

breathing, plant physiology, internal factors, external factors, enzymes, oxygen,

temperature.

O‘simliklarda nafas olish - bu organizmga zarur bo‘lgan energiyani ajratib beruvchi muhim

metabolik jarayonlardan biridir. Bu jarayon orqali o‘simliklar turli hujayraviy faoliyatlar uchun ATF
shaklida energiya hosil qiladi. Nafas olish jarayonining samaradorligi ko‘plab ichki va tashqi
omillarga bog‘liq. Ularning o‘zgarishi o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va moslashuvchanligiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi [1].

Ichki omillar (endogen omillar)

Hujayra va to‘qima turi.

Turli to‘qimalarda nafas olish faolligi har xil bo‘ladi. Masalan, faol

bo‘linayotgan meristema hujayralarida - yuqori, pishgan, differensiallashgan to‘qimalarda – pastroq, yashil
barglar - fotosintez tufayli energiya muvozanatini ushlab turadi, ammo qorong‘ilikda nafas olish kuchayadi.

O‘simlikning yoshiga bog‘liq. Yosh o‘simliklarda nafas olish tezligi yuqoriroq bo‘ladi, chunki

ularning o‘sishi faoldir. Qarigan o‘simliklarda metabolik faollik pasayadi.

Metabolitlar konsentratsiyasi. Hujayradagi glyukoza, piruvat, atsetil-KoA kabi substratlar

miqdori nafas olish faolligini belgilaydi. Substratlar yetishmasa, nafas olish sekinlashadi.

Genetik xususiyatlar. Nafas olish jarayonining fermentativ bosqichlari genlar tomonidan

boshqariladi. Turli o‘simlik navlari yoki turlari ferment faolligi, mitoxondriya soni va turg‘unligiga
ko‘ra farqlanadi [2].

Tashqi omillar (ekzogen omillar)

Harorat.

O‘simliklarning nafas olish jaraayoni harorat ta’siriga bog‘liq. Bu bog‘liqlik ma’lum

harorat darajalarida Vant-Goff qoidasiga bo‘ysunadi, ya’ni harorat har safar 100

0

ga ko‘tarilganda

nafas olish tezligi ikki barobar oshadi. Optimal haroratda fermentlar faol ishlaydi. 0–10°C - nafas
olish sekin kichadi, 25–35°C - eng faol bosqich, 40°C dan yuqori - fermentlar denaturatsiyalanadi va


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

260

nafas olish to‘xtashi mumkin. Shuning uchun ham nafas olish uchun dastlab kuchayib, so‘ngra
pasayadigan harorat emas, balki bu jarayon doim yuqori darajada bo‘ladigan harorat optimal deyiladi.
Ko‘pchilik o‘simliklar uchun 30-40 C atrofida bo‘ladi. Bu fotosintezning maqbul darajasidan 5-10 C
yuqori. Maksimal haroratda esa 45-55 C atrofida bo‘lib, har bir o‘simlik oqsilining xususiyatiga
bog‘liq. Nafas olishning maqbul harorat darajasi tanadagi modda almashinuv jarayonidagi barcha
biokimyoviy reaksiyalar va fermentlarning faolligi uchun ham ancha qulaydir.

Kislorod konsentratsiyasi.

Nafas olish uchun zarur bo‘lgan O

yetarli bo‘lmasa (masalan,

suvga to‘yingan tuproqda), o‘simlik anaerob nafas olishga o‘tadi, bu esa energiya hosil bo‘lishini
keskin kamaytiradi. Nafas olish jarayoni uchun kislorodning miqdori eng muhim omillardan biri
hisoblanadi. Havo tarkibidagi kislorod 21 % o‘simliklarning erkin nafas olishiga to‘la yetarli bo‘lib,
hatto uning miqdori 9 % gacha kamaysa ham o‘simliklarga zararli ta’sir qilmaydi. Faqat atmosferada
5 % ga tushgandan so‘ngina uning yetishmasligi sezila boshlaydi. O‘simlik to‘qimalaridagi kislorod
miqdori atmosfera tarkibidagi kisloroddan past bo‘lib, o‘zgarib turadi. Atmosferadagi kislorod
o‘simliklar uchun to‘la yetarli ammo, ildiz tizimi joylashgan tuproqda tez-tez kislorod yetishmaslik
hollari sodir bo‘lishi mumkin aynisa, tuzulmasi buzilgan, chirindi moddalari kam, suv bosib, uzoq
muddatga saqlanib qolgan qatqaloq hosil bo‘lgan yerlarda kislorodning tuproq zarrachalari orasiga
kirib turish jarayoni buziladi va ildizlar uchun anaerob sharoit yuzaga keladi. Ildiz tizimi
joylasgshgan tuproq muhitida kislorodning yetishmasligi aerob nafas olish o‘rniga bijg‘ish jarayonini
faollashtiradi va natijada zaxira organik moddalar ko‘proq sarflanadi. Organik moddalar sifatida
spirtlar ajralib to‘planib, o‘simlik ildizi chiriy boshlaydi. Bu uzoqroq davom etsa o‘simliklarning
o‘sish va rivojlanishi, hosildorligi keskin kamayadi va hatto o‘simlik o‘lishi ham mumkin. Shuning
uchun bunday yerlarga qo‘shimcha ishlov berish, ya’ni tuproqni yumshatish, qatqaloqqa yo‘l
qo‘ymaslik, o‘g‘itlash zarur [3].

Namlik.

Tuproqdagi suv miqdori o‘simlik hujayralaridagi metabolik jarayonlarni ta’sir qiladi.

Namlik yetishmasa, nafas olish jarayoni sekinlashadi, chunki substratlar va fermentlar faol ishlay
olmaydi.

Yorug‘lik.

Yorug‘lik bevosita nafas olishga emas, balki fotosintez orqali hosil bo‘ladigan

substratlar orqali bilvosita ta’sir qiladi. Qorong‘ilikda nafas olish kuchayadi, chunki fotosintez
to‘xtaydi va hujayra energiyani faqat nafas olish orqali oladi. Yorug‘lik yashil o‘simliklarga ta’sir
etganda haroratning ko‘tarilishi kuzatiladi va buning natijasida nafas olish ham tezlashadi.
Fotosintezga yorug‘likning ta’siri natijasida esa nafas olish jarayoni uchun eng zarur organic modda
hosil bo‘ladi. Yorug‘lik yashil o‘simliklarning nafas olishiga tog‘ridan-tog‘ri emas, balki boshqa
fiziologik jarayonlar orqali ta’sir etdi. Yorug‘lik ta’sirini yashil bo‘lmagan o‘simliklarda o‘rganish
natijasida uning ma’lum miqdori tog‘ridan-tog‘ri ta’sir etishi ham mumkinligi kuzatilgan. Nafas olish
jarayonining faoliyati yorug‘lik spektirining ultrabinafsha (380 nm) va ko‘k-yashil (400-500nm)
nurlarning yutulishi natijasida kuzatilgan.

CO

va boshqa gazlar miqdori

. Ba’zida CO

ortishi fermentlar faoliyatiga tormozlovchi ta’sir

ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, sanoat ifloslanishlari yoki metan, SO

kabi gazlar o‘simlik nafas

olishiga zarar yetkazadi. Karbonat angidridning miqdori ham nafas olish jarayonida muhim
hisoblanib to‘qimalarda ko‘p miqdorda to‘planganda nafas olish tezligi pasayadi. Karbonat
angidridning to‘planishi ko‘pincha pishib yetilgan va qattiq po‘st bilan qoplangan urug‘lari uzoq
yillar davomida o‘zining ko‘karish qobilyatini yo‘qotmaydi, chunki ularning po‘sti ostida to‘plangan
karbonat angidrid ta’siridan nafas olish tezligi juda sust bo‘lib, organik modda tezda sarflanmaydi.
Omborlarda karbonat angidridning miqdori ko‘p bo‘lganda mevalar uzoq muddatgacha yaxshi
saqlanadi [4].

Mineral moddalar

. Azot, fosfor, kaliy kabi makroelementlar fermentlarning sintezi va

faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, fosfor ATF sintezi uchun zarur.

Suv rejimi. Nafas olish tezligiga hujayralarning suv bilan ta’minlanish darajasi ham katta ta’sir

qiladi. O‘simliklarning barglarida birdaniga suvning kamayishi sababli dastavval nafas olish
tezlashadi. Keyinchalik esa suv tanqisligi ortib borishi bilan nafas olish tezligi ham pasaya boradi.
Buni urug‘larda yaxshi kuzatish mumkin. Yetilmagan urug‘larda suvmiqdori ko‘p, nafas olish ham


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

261

nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Urug‘lar pishib yetilgach suv miqdori past darajada boradi. Bunday
urug‘larda nafas olish ham past darajada borib, ular yaxshi saqlanadi. Ekish oldidan ivitilgan urug‘lar
suvni 30-35 % gacha shimib olgandan so‘ng ularning nafas olish tezligi bir necha ming martadan
oshib ketadi va unish jarayoni boshlanadi. Urug‘larda kechadigan bu fiziologik jarayonlarni
boshqarish yo‘li bilan donlarni sifatli saqlash, ulardan yuqori darajada foydalanish mumkin. Urug‘lar
oshiqcha suvni shimib olganda ham aerasiya jarayoni buzulib, bijg‘ish boshlanishi va urug‘lar nobud
bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda urug‘ qorayib qoladi va unuvchanlik qobilyatini yo‘qotadi.

Xulosa

qilib aytganda o‘simliklarda nafas olish murakkab va ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, u

ko‘plab ichki va tashqi omillar bilan chambarchas bog‘liq. Ichki omillar - o‘simlikning fiziologik
holati, to‘qima turi, yoshiga; tashqi omillar esa - atrof-muhit sharoitlariga bog‘liq. Nafas olishning
optimal kechishi o‘simlik organizmida energiya muvozanatini ta’minlaydi, bu esa o‘sish va
rivojlanish uchun zaruriy shart hisoblanadi. Shu sababli, bu omillarni nazorat qilish agronomik va
ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ushbu omillarni chuqur o‘rganish nafaqat o‘simlik fiziologiyasi
va ekologiyasi uchun muhim, balki qishloq xo‘jaligida hosildorlikni boshqarishda ham muhim
ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Beknazarov A. O‘simliklar fiziologiyasi -2009.
2.

Вторичные

метаболиты

растений

:

физиологические

и

биохимические

аспект

.

Часть

2

Алкалоиды

-

КАЗАНЬ

-2009

3. S.X.Sulliyeva, F.A.Tojiyeva, U.B.Ravshanva “O‘simliklar fiziologik faol moddalari”

fanidan amaliy mashg‘ulotlar –– Termiz- 2023.

4.

Ж

.

Х

.

Хожаев

Ўсимликлар

физиологияси

” – 2004.

Bibliografik manbalar

Beknazarov A. O‘simliklar fiziologiyasi -2009.

Вторичные метаболиты растений: физиологические и биохимические аспект. Часть 2 Алкалоиды - КАЗАНЬ -2009

S.X.Sulliyeva, F.A.Tojiyeva, U.B.Ravshanva “O‘simliklar fiziologik faol moddalari” fanidan amaliy mashg‘ulotlar –– Termiz- 2023.

Ж.Х. Хожаев “Ўсимликлар физиологияси” – 2004.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Maftuna Hoshimova , Azizaxon Axmadjonova , NA’MATAK O‘SIMLIGINING BA’ZI FOYDALI XUSUSIYATLARI VA ORGANIZIMGA TA’SIRI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Feruza Tuxtaboyeva , Mashxura Mukumjonova , Ruxshona Xamdamova , Zulxumor Rahmonova , XAYVON XUJAYRALARI GEN MUXANDISLIGI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Feruza Tuxtaboyeva , Zilola Mahmudojonova , Baxridil Oqyo’lova , FERMENTLARNI IMMOBILLASH: MOHIYATI, USULLARI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Nodira Rayimjonova , MOYCHECHAK (ROMASHKA) DORIVORLIGI VA ISHLATILISHI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Rayhona Latipova , Saboxat Latifjonova , ODDIY BANGIDEVONA (DATURA STRAMONIUM) O‘SIMLIGINING XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Ibroximjon Ismoilov, Maxsudbek Olimov , Ollohberdi Ismoilov , TERPENLARNING KIMYOVIY XUSUSIYATLARI, BIOLOGIK FAOLLIGI VA KO‘P QIRRALI FUNKSIYALARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Ibroximjon Ismoilov, Ruxshona Xamdamova , Gulshoda Temirova , FOTOSINTEZ EKOLOGIYASI VA HOSILDORLIK , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Namuna Tursunaliyeva, Irodaxon Muhtorova , Ibroximjon Ismoilov, QULUPNAY OʻSIMLIGINING AHAMIYATI VA BIOKIMYOVIY TARKIBI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Ominaxon Tojidinova , EFEDRIN ALKALOIDINING BA’ZI XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 9 (2024)

Ibroximjon Ismoilov, Mashxura Mukumjonova , Zulxumor Rahmonova , O‘SIMLIKLARNING ZAMBURUG`LI KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

1 2 3 > >>