“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
623
O‘SMIR PSIXIKASI SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING
AHAMIYATI.
ADPI o‘qituvchi
Abdulmadjidova Mahdiyona Dilmurodjon qizi.
ADPI talabasi Abdullayeva Nodira Yo‘lchievna
Annostatsiya
: Ushbu maqolada o‘smirlik davri haqida tushuncha va o‘smirlarning
anatomik, fiziologik, psixik xususiyatlari, ularning hayotiga ommaviy axborot vositalarining
ta’siri sabablari haqida bayon qilindi.
Kalit so‘zlar
: o‘smirlik davri, psixik, fiziologik, anatomik xususiyatlar,ta’lim va
tarbiya, internet va axborot vositalari
O‘smirlik davri inson shaxs sifatida kamol topishida alohida o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy
barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907- son qarori ijrosini
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019-yil 12-iyulda
“O‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish
to‘grisida” 577-sonli qaror qabul qilindi. Zero ta’lim olish uchun tarbiyaning o‘rni juda
muhim sanaladi. Tarbiya esa oiladan boshlanadi.
Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida
“Talimni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona
hayot falsafasi” deb bejizga aytmagan. [1. 21-b.] Farzand tug‘ilibdiki, mustahkam oilada
chiroyli tarbiya olsa, hayoti davomida duch keladigan qiyinchilik,inqirozlarda qiynalmaydi.
To‘g‘ri tarbiya olgan bola maktabga kelganida o‘qituvchida qiyinchilik tug‘dirmaydi. O‘z
hohishi bilan bilim oladi. Ta’lim va tarbiya bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.
O‘smirlik yoshidagi o‘quvchilarning hulq-atvor xususiyatlari; o‘smirlar 10-15
yoshlardan 14-15 yoshlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi yoshlar o‘tmishdoshlariga nisbatan
jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan biroz ustunroqdir. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv
jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqda.
“Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas”- ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining
muhim harakteridir. [2. 4-b.]
O‘smirlar
hozir ilgariga nisbatan tez yetilishiga
bir nechta sabablarni
E.G.’G‘oziyevning
“Ontogenez
psixologiyasi
kitobida
keltirib
o‘tgan.
-1) fan va texnikaning rivojlanishini, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarayotgani;
2) ommaviy axborot tizimining kengayishi tufayli o‘smirlar ongliligi darajasi
ko‘tarilgan;
3) o‘gil va qizlarning dunyo voqealaridan,tabiyat va jamiyat qonunlaridan,tarixdan
yetarli darajada xabardorligi;
4) ularning jismoniy va aqliy kamoloti jadallashgani;
5) o‘smirlar bilan ishlashda g‘oyaviy- siyosiy,vatanparvarlik va baynalminal tarbiyaga
alohida yondashish zarurligi;
6) oshkoralik, ijtimoiy adolat, demakratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur
kirib borayotgani;
7) o‘quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o‘z-o‘zini
boshqarish,anglash,baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani;[3. 143-b.]
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha sabablar o‘rinli. Bobo-buvijonlarimiz yoshlik davrlarini
eslashganda avvalgi qiyinchiliklarni hozirgi zamon yoshlari butunlay ko‘z oldiga
keltirishmaydi deydilar. Mustaqillimizni qadriga yetishimiz kerakligini doimo takrorlashadi.
Yurtboshimiz o‘gil-qizlarni o‘sib rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
624
Ularni o‘qib, bilim olib, o‘z kelajagini poydevorini mustahkamlab olishga hamma
imkoniyatlarni ochib berdi , buning uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Bu
imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalangan yoshlar ko‘p yutuqlarga erishmoqda. Noto‘g‘ri
maqsadlarda foydalanish esa yomon oqibatlarga olib kelishi hammamizga ma’lum. Lekin
tarbiyasi qiyin o‘smirlar bularni qo‘ldan boy berib qo‘yishmoqda. Tadqiqodlarning
ko‘rsatishicha ,tarbiyasi qiyin; injiq, xulqi salbiy bolalarning kelib chiqishining ijtimoiy
sabablaridan tashqari, pedagogik va psixologik sabalari mavjud. Shaxsning biologik
o‘sishidagi nuqsonlar, va sezgi organlarining kamchiliklari, o‘qishga salbiy ta’sir etuvchi
oliy nerv faoliyati va temperamentdagi qusurlar tarbiyasi qiyinlarni keltirib chiqaradi.
Shaxsning psixik o‘sishidagi kamchiliklar, aql-idrokning zaif rivojlangani, irodaning
bo‘shligi, hissiyotning kuchsizligi zarur ehtiyoj va qiziqishlar mavjud emasligi, o‘smirning
intilishi bilan mavjud imkoniyati o‘rtasidagi nomutanosiblikva boshqalar xatti-harakatni
izdan chiqaradi. Shaxsning faziltlari tarkib topishidagi nuqsonlar: axloqiy xislarning
yetishmasligi, o‘qituvchi, sinf jamoalari, oila a’zolari bilan noto‘g‘ri muloqot, ishyoqmaslik,
bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlamaslik va boshqalar salbiy qiliqlarni vujudga keltiradi.
Shaxsning bilim, o‘quv faoliyatidagi kamchiliklari: aqliy faoliyat usullaridan keng foydalana
bilmaslik, eng muhim bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi uzilishlar, maktab
faoliyatidagi va maktabdan tashqari muhitning ta’siridagi nuqsonlar tarbiyasi qiyn
o‘smirlarni o‘smirlar ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. [3. 156-b.]
Yurtimizdagi keng imkoniyatlar o‘smirlarning psixik, fiziologik, ijtimoiy jihatdan
erta rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Tartib qoidalarga so‘zsiz amal qilib yurgan samimiy
o‘smir endi maktabda, oilada intizomsiz, qo‘rs, injiq bo‘lib qoladi. Ustozlar va ota-onasining
koyishlari, tergashlari yoqmay qoladi. Ularda o‘z shaxsiy fikr paydo bo‘ladi, o‘z qadr-
qimmati haqida tushuncha paydo bo‘ladi. Organizmida gormonal o‘zgarishlar sabab o‘smir
o‘ziga-o‘zi ham yoqmay qoladi. Ba’zan o‘smirlar o‘z ichki his-tuyg‘u va fikrlarini
atrofdagilarga ifoda etishga qiynalishadi. Bunday paytda ota-onalar ularni to‘g‘ri tushunishi,
do‘stona munosabatda bo‘lishi, ochiq muloqotni rag‘batlantirish orqali jarayonni
osonlashtirishi mumkin. O‘smirga yaqinlari tomonidan ko‘satilgan mehr, ishonch bu davr
qiyinchiliklarini yengishiga yordam beradi.
O‘smirlik davrida ijtimoiy tarmoq, ommaviy axborot vositalarining ta’siri haqida
to‘xalib o‘tsak.
1-marotaba 1954-yilda “Ijtimoiy tarmoq” iborasi Jon Berns tomonidan ilgari surilgan.
Bizning yurtimizga 20- asrda kirib kelgan. Tarmoqlari rang-barang va xilma – xildir. Hozirgi
vaqtda ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy yoshlarni hayotining muhim qismini egallaydi. Ko‘plab
so‘rovlar kuzatishlar va tadqiqodlar ko‘rsatishicha foydalanuvchilarning aksariyat qismini
o‘smirlar tashkil qilar ekan. Ijtimoiy tarmoqlardan nazoratsiz, cheklanmagan holda
foydalanish yomon oqibatlarga olib keladi.
-avvalambor vaqt tuyg‘usini yo‘qotadi.
Bir necha daqiqaga kirgan foydalanuvchi bir necha soatlab qolib ketganini hatto o‘zi
sezmay qolishi mumkin.
-hech qanday maqsadsiz tarmoqqa kirishi.
-muloqot qobilyati yo‘qolishi turli xil kasalliklar miya faoliyatiga, ko‘z nuriga zarar
yetkazishi
-yolg‘on gapirishga odatlanish kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
lekin to‘g‘ri foydalansa ijobiy tomonlari ham bor.
-muhim masalalar boyicha bilimlarini oshirish
-ijtimoiy aloqalarni yahshilash va ijodkorlikni oshirish ma’naviy dunyosini boyitishi
-masofadan turib do‘st orttirish, u bilan bog‘lanish, tajriba almashish
-o‘zi uchun kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”
mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
625
Xulosa qilib aytganda biz hohlardikki ota-onalar farzandlari bilan do‘stona aloqani
o‘rnatib ularga to‘gri yo‘lni ko‘rsatishlarini, ularga qarshi chiqmasligini, shunda har bir
farzand ko‘chadan do‘st qidirmaydi. O‘smirlarga ta’lim tarbiya berishning ularga xos bo‘lgan
usullardan foydalanish, xis-tuyg‘ularini qadrlash,hurmat qilish, kamsitmaslik, muloqot
jarayonida ehtiyotkorlik bilan ish tutishimiz kerak ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I. Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch T “Manaviyat” 2008.
2. Z. Nishonova , D. Abdullayeva, G Bayqunusova, O‘smirlik davri psixodiagnostiksi
va psixokorreksiyasi. Toshkent – 2015y.
3.E .G”oziyev. Ontogenez psixologiyasi.T: 2010 y
4. M.G. Davletshin, Sh. Do‘stmuhammedova, M. Mavlonov
Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. O‘quv metodik qo‘llanma. T: 2004 y.
