“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
520
ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA KASBIY TANLOV MUAMMOSI.
ADPI “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
Abdulmadjidova Mahdiyona Dilmurodjonovna
ADPI talabasi Ismatillayeva Iroda
Annotatsiya:
Maqolada ilk o‘spirinlarni kasbga yo‘naltirishning nafaqat ijtimoiy, balki
psixologik muammo ekanligi, bu ikki nuqtai nazar har doim bir - birini to‘ldirib kelishligi,
shuningdek, kasbga yo‘naltirishning individual psixologik xususiyatlarining imkoniyatlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Kasbga yo‘naltirish, ijtimoiy muhit, psixologik ta’sir, “Men” tabiati, kasb
tanlash, faoliyat, kasbiy motiv, kasb tasavvurlari, kasbiy yo‘nalganlik, kasbiy qobiliyat.
Respublikamizda
amalga
oshirilayotgan
tub
islohatlarning
yaratuvchisi
sifatida
shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi,
shaxs sifatida kamol topishi, kasb - hunar sirlarini o‘rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal
etishga tayyorlab borish masalasi asosiy muammolar tariqasida ta’lim jarayonining asosiy
vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Kasbiy yo‘nalganlik nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo hamdir. Bugungi kunda kasb
tanlashga turli nuqtai nazarlar asosida qarash mumkin bo‘lgan jarayondir.
Birinchidan, yoshlaming biror-bir kasbga yo‘naltirishda ijtimoiy muhitning roli asosiy omil
sifatida qaralsa, ikkinchidan esa, individning o‘z qiziqishlari va layoqatlari asosiy imkoniyat sifatida
namoyon bo‘ladi. Bu ikki nuqtai nazar har doim bir - birini to‘ldirib keladi.
Aynan ilk o‘spirinlik davri hayotiy kelajagi, rejalarini tuzadigan, o‘z kelajagini yaratishga
qadam qo‘ygan asosiy yosh bosqichi hisoblanadi.
Endigina o‘sib kelayotgan o‘spirin o‘quvchilar kasbga qanday yondashadilar? Bu muammo
ko‘pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan, turmush tajribasidan ma’lumki, odatda ilk o‘spirinlik
yoshidagi o‘g‘il - qizlar hayotda mustaqil qadam tashlash to‘g‘risida aniq, asosli fikr bildirishga
qiynaladilar. Shu sababli, kasb tanlash davrida oqilona va to‘g‘ri yo‘l tutishni bilmay dovdirab yoki
tavakkaliga ish tutadilar.O‘zlarining imkoniyatlarini hisobga olib harakat qilishga ojiz bo‘ladilar.
Natijada, noxush kechinmalar, umidsizliklar, ijtimoiy sustlik holatlari vujudga keladi. Yuqori sinf
o‘quvchilarining ba’zilari kasb tanlashda yaqqol ko‘zga tashlanib turgan namunalarga taqlid qiladilar
va o‘zlarida biror bir maqsadga yo‘nalgan g‘oyalar mavjud emas. Aynan atrofdagi xatti -
harakatlarning xuddi shunday ta’siri ularda biror bir kasbni tanlab, shu borada o‘quv faoliyatini
amalga oshirayotgan davrda o‘zi tanlagan kasbkorlikka nisbatan ikkilanishlar, umidsizliklarning kelib
chiqishiga olib keladi. Shuning uchun ham yoshlarni kasb tanlashda pedagog va ota - onalardan
ularning qobiliyatlari, layoqatiga qarab, ya’ni individual xususiyatlaridan kelib chiqib kasbga
yo‘naltira olishni talab qiladi. Bugungi fan texnika va ijtimoiy taraqqiyot davrida yoshlarni jamiyatni
barpo etishda ishtirokini ta’minlash bugungi kun maktabini har qachongidan ham muhim vazifasidir.
Ma’lumki, kasbga yonaltirishda har bir shaxsning individual xususiyatlari, qiziqishlarini,
shuningdek, jamiyatning qaysidir kasbga nisbatan ehtiyojini ta’minlash zarurligini inobatga olgan
holda tanlashni taqozo etadi. Kasbga to‘g‘ri yonaltirish shaxsning hayotida to‘ri yo‘lni to‘ishga imkon
beradi. O‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash va ularning kasb-hunarni o‘zlarining
qobiliyatlariga yarasha to‘ri tanlashlariga erishish uchun maktab o‘qituivchilarining pedagogik
mahorati, bilim saviyasi, perseptiv, akademik, kommunikativ kabi qobiliyatlari yuqori bo‘lishi,
kasblar bilan bog‘liq fan to‘garaklarining faoliyatini rivojlantirish, maktablarda kasb - hunar
to‘risidagi ma’ruzalarni tashkillash o‘z natijasini beradi, shuningdek, maktablarda “ Kasbim faxrim”,
“Kasbim kelajagim dasturi” kabi mavzularda seminar - trening mashg‘ulotlari, suhbatlar va
munozaralar o‘tkazilishi, uchrashuvlar, kasb - hunarga oid ko‘rgazmalar tashkil etilishi,
o‘quvchilarda kasb tanlashga qiziqish hamda ishtiyoqini uyg‘otadi. Umumta’lim maktablarida
o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish ishlari maktab rahbariyati bilan birgalikda maktabning amaliy
psixologi, kasbga yo‘naltiruvchi mutaxassislar va o‘qituvchilar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Kasbga yo‘naltirish borasida asosan maktab psixologi faoliyat olib borib, o‘quvchilarning
avvalo, qaysi kasbga nisbatan qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash maqsadida diagnostikani o‘tkazish
va uning statistik tahlilini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Biz tadqiqotlarimiz davomida yoshlarning
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
521
iqtidorining yo‘nalganligini, faoliyat va kasb - hunar sohalarini aniqlash maqsadida rus psixologi E.
A. Klimovning “ Professional - diagnostik so‘rovnomasini” 8-9 -sinf o‘quvchilardan iborat 60 ta
sinaluvchilarda otkazdik. Sinaluvchilar guruhida o‘tkazilgan natijalar sifat va miqdor jihatdan tahlil
qilindi.
Metodika bo‘yicha natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, kasblarga nisbatan yo‘nalganlik shkalasi
ko‘proq bizning sinaluvchilarimiz o‘g‘il bolalarni tashkil etganligi sababli texnika va belgili simvollar
bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlarda nisbatan yuqori natijani ko‘rsatdi. O‘quvchilarning ma’lum bir
kasbni tanlashida ularning individual xususiyatlari ham asosiy o‘rinni egallaydi. Xususan,
o‘quvchilarning xarakter va temperament tiplariga xos xususiyatlari kelejakda ular tanlagan
kasbkorliklarida o‘zini namoyon qilishlarida muhum rolni taqozo etadi.
Zero, atrofdagi yaqinlarini ko‘magida tanlangan kasbga intilish davomida, o‘quv faoliyati
jarayonida ko‘pchilik yoshlarda tanlangan kasbdan qoniqmaslik xissi paydo bo‘ladi. Kasbga
yo‘naltirish - shaxsning ijtimoiy taqdirini belgilashning tarkibiy qismidir. Kasb tanlash - hayot
mazmuni haqidagi o‘ylari va shaxsiy “Men” tabiati bilan mos kelganda muvaffaqiyatli hisoblanadi.
Katta yoshdagi maktab o‘quvchilarida biror o‘quv faniga ishtiyoq natijasida ularda har xil
kasblarga qiziqish vujudga keladi. Tanlagan kasbni o‘zlashtirish bilan bog‘liq fanga qiziqish ham
ortadi. Natijada qiziqqan faniga oid ma’lumotlarni o‘qish, to‘garak mashg‘ulotlarida qatnashish
tug‘iladi. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, bu esa pedagog va
ota - onalardan ham mas’uliyatlik bilan yondashish, teranlikni talab qiladi.
Yuqori sinf o‘quvchilarini qiziqishlari, mayllari, intilishlari, qobiliyatlari, iste’dodlari asosida
tanlagan kasblarga to‘g‘ri yo‘naltirish o‘spirinlar uchun katta hayotiy masaladir.
O‘spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasavvurlar bo‘lmasligi sababli, ular xatolarga yo‘l
qo‘yadilar. Tanlangan va tanlanishi zarur bo‘lgan kasb qanday shaxsiy fazilatlarni talab qilishini
tushunib yetmaydilar. Biroq, bunday ko‘ngilsizliklarni oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari
mavjud bo‘lib, bu omillarni quyidagicha keltirish mumkin:
-kasblarni o‘rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va ifoda etish; -psixologlarning
kasblar bo‘yicha tashviqot ishlari olib borishi, o‘quvchilarga kasblar yuzasidan maslahatlar berishi;
-psixolog va ota - onalar bilan birga kasbga yo‘naltirish tadbirlirini ko‘rib chiqishi; -
o‘spirinlarni kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish;
-mehnat ta’limi darslarida yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga tayyorlash va qiziqish uyg‘otish;
-kasb tanlash usullarini amaliyotga tadbiq qilingan psixodiagnostik usullarini ishlab chiqish;
-kasbga yo‘naltirish yuzasidan o‘spirinlar orasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish va
psixologik tayyorlash kabi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, o‘spirinlarni yangi hayotga qadam bosayotgan, kelajagini
yaratayotgan davrda ularga alohida e’tibor berishlikni, ularning individual xususiyatlaridan kelib
chiqib, kasbga yo‘naltirishni talab etadi. Zero, o‘spirinlar tanlagan kasblaridan kelajakda qoniqish
hissini hosil qilishsin.
Adabiyotlar ro‘yhati.
1.
Klimov E. A. Puti v professionalizm. - M.: Filinta, 2003.
2.
Karimova V. M. Psixologiya.- T. : 2000.
3.
Nishonova Z. T. , Alimbaeva M. V. Psixologik xizmat. -T.: Fan va texnologiya
markazi, 2014.
4.
G‘oziev E.E. Psixologiya. Toshkent, 2008
