“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
500
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA BOLANING “MENI” SHAKLLANISHIDA
OTA-ONA VA OILANING AHAMIYATI.
ADPI Pedagogika va Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
Abdulmadjidova Mahdiyona Dilmurodjonovna
ADPI 1-bosqich talabasi
Turg`unova Mubinaxon To‘ychiboy qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarda kechadigan
inqiroz,bolalarning shaxs sifatida shakllanishida hamda “MEN”i shakllanishida ota-ona va oilaning
ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zi:
ontogenez, “Men”, avtoritar, demokratik, rivojlanish, yosh davri, shakllanish.
Ontogenezda insonning shaxs sifatida shakllanishida, yetuk inson bo‘lib rivojlanishida har bir
yosh davrlarining o‘rni beqiyos. Ammo bolaning shaxs sifatida shakllanishi, jamiyatda o‘z o‘rnini
topishi va “MEN”i vujudga kelishida “Maktabgacha yosh davri” muhim ahamiyatga ega.
Bog`cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga, bu davrni uch bosqichga ajratish
mumkin:
1-davr: 3-4 yosh oralig`ida bo‘lib, bola emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning
mustahkamlanishi bilan bog`liqdir;
2-davr: 4-5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini boshqarish bilan bog`liqdir;
3-davr: bu davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan
xarakterlanadi.[2]
Birinchi davrda bola onasining bag`ridan chiqib (bog`chaga chiqadi, ko‘chada do‘stlari bilan
o‘ynashni boshlaydi), ijtimoiylashuv jarayoniga qo‘shilishni boshlaydi va bevosita bolada har bir
yosh davrlarda bo‘lganidek turli inqirozlar boshlanadi. Jismoniy jihatdan mustaqillikka
erishish(yurish, yugurish) bolada erkin, kattalarning nazoratisiz, o‘z holicha qandaydir ishlarni
bajarish, ijtimoiy muhitda shaxs sifatida yashash istagini tug`diradi. 3 yoshli bolalar o‘zlarini kattalar
bilan taqqoslay boshlaydilar, hatto kattalar qilayotgan ishlarni, ular bajara oladigan harakatlarni
bajarishga intiladilar. Men katta bo‘lsam mashina haydayman, “Men sizga katta tort olib kelaman”,
“Mening 100 ta qo‘g`irchog`im bo‘ladi” kabi istaklarni kelasi zamonda gapirsa ham bugun amalga
oshirishga harakat qiladi. Ko‘pincha bu harakatlar qaysarlik va qat`iylik bilan namoyon bo‘ladi[1].
3-3,5 yoshlar oralig`ida bolalar o‘zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o‘z
munosabatlarini bildiradilar va bu asosan o‘zlariga beradigan yuqori bahosi asosida shakllanadi.[2]
Ikkinchi davrdagi ya`ni 4-5 yosh orasidagi bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va
baholashga qodir emaslar, shuningdek o‘zlari haqida ma`lum bir xulosani bera olmaydilar.[2] Mazkur
davrda bolalarning ‘’MEN’’ endigina yuzaga chiqishni boshlagan bo‘ladi hamda ular o‘zini ota-
onalarining unga bergan bahosi bilan baholaydilar. Ota-onaning fikri va munosabati bu davrda
shunchalik katta undovchi kuchga ega bo‘ladiki, u xulq-atvorning regulyatori va tsimulyatori bo‘lib
xizmat qiladi.[2]
Har bir davrda insonning o‘z-o‘ziga baho berishi,(MEN) I mavjud bo‘ladi va u turli omillar
ta`siriga hamda insonlarga bog`liq bo‘ladi . Aynan ushbu davrda ota-onaning bolaga bo‘lgan bahosi
shunchalik ahamiyatga ega bo‘ladiki , bu omil bolaning kelajakda o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori
bo‘lishida, muvaffaqiyatga erishishida va ‘’Buyuk inson’’ bo‘lib yetishida juda katta ta`sir ko‘rsatadi.
Tarixdagi buyuk insonlar hayotiga nazar tashlasak ham bu bolaning hayotida qanchalik muhim
ekanini ko‘rishimiz mumkin. Bunga misol tariqasida esa Edisonning hayotidagi qisqa hikoyani
olishimiz mumkin.
“Yangi uyga ko‘char mahali Tomas bolalik uyining har bir qarichini ko‘zdan kechirdi.
Xizmatkorlardan o‘ziga qadrdon jihozlarni mashinaga avaylabgina yuklashlarini iltimos
qildi.Bolaligida kiyimlari saqlangan shkafning yuqorisidan onasining sevimli qizil g`ilifli jomadoni
chiqdi. Tomas uni ehtiyotkorlik bilan stol ustiga qo‘yib, ochdi. Onasiga tegishli buyumlar orasidan
chiqqan sarg`ish qog`ozni oldi. Maktub ostiga uning imzosi chekilgan ekan. Bu imzo Tomasga onasi
bilan bog`liq xotirani eslatib yubordi. U paytda Tomas birinchi sinfda o‘qir edi. O‘sha u muallima
unga bergan, onasiga berishi zarurligini tayinlagan maktubni volidasiga keltirib berdi. Xatga ko‘z
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
501
tashlayotgan onaizorning g`amgin ko‘zlarida yosh aylandi, so‘ng farzandini bag`riga bosdi.“Ustozim
nima deb yozibdi” deb so‘radi o‘g`il onasidan.“U seni o‘ta qobiliyatli ekaningni, bu maktab senga
to‘g`ri kelmasligini aytib, mendan biror nufuzli maktabga o‘tkazishimni so‘rabdi’’, ona jilmayishga
harakat qilib javob qaytardi.
Jomadondan topilgan, vaqt urintirib qo‘ygan maktubni Tomas o‘qib hayratga tushdi. “Sizning
o‘g`lingiz ruhiy kasal. Iltimos, uni ixtisoslashgan boshqa biror maktabga joylashtirsangiz. Hurmat
bilan muallima”.
19 va 20 asrning tengsiz daholaridan biri Tomas Edison kipriklari bexosdan namlandi.
Onasining qanchalar oqila ayol bo‘lganiga yana bir bora amin bo‘lib, volidasini duo qilib, go‘zal
taqdiri uchun undan minnatdor bo‘ldi.”[3]
Albatta, har bir bolaning oiladagi munosabatlar o‘ziga xos hamda takrorlanmasdir. Biroq ota-
ona va bola munosabatlarining umumiy jihatlkari ham mavjuddir: Ota-onalar bolalar xulq atvorini
boshqarishda qanday usullardan foydalanishlariga ko‘ra o‘rtadagi munosabatlar ko‘pincha
“demokratik” va “avtoritar” nazorat qiluvchi kabilarga ajratiladi.
“Oiladagi “avtoritor” muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari ta`qiqlarning ko‘pligi bilan
xarakterlanadi. Hukmron “ota-onalar boladan to‘liq bo‘ysunishini talb qiladilar.”[2] Natijada esa
bolalar kelajakda osongina bo‘sunuvchi, shaxsiy fikrini ayta olmaydigan, o‘z hohish istaklarini oxirgi
o‘ringa qo‘yadigan bo‘lib ulg`ayishadi va o‘smirlik1 yoshida kasb tanlashga ham qiynalishadi.
Bunday bolalarda hamma insonlarda mavjud bo‘lgan, rivojlantirishlar asosida yuzaga chiqadigan
hamda keyinchalik iste`didga aylanadigan layoqat kurtaklari4 ham uyg`onmay kurtakligicha qolib
ketadi.
Shu narsa aniqlanganki,’’avtoritar’’ va “demokratik” oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning
shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo‘ladi. “Demokratik” oilalarning farzandlari
ijodkorlikka moyil, tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, kopnformizmni (guruh fikriga tobe
bo‘lishni) inkor etuvchi, ijtimoiy munosabatlarda ko‘proq emotsiyalarni his etuvchi bo‘ladilar[2].
Hamda bunday oilalarda tarbiyalangan bolalar shaxsiy fikriga ega, o‘z hoxish istaklarini namoyon eta
oladigan bo‘ladilar va ularning jamiyatda shaxs sifatida o‘rin egallashi, kasb tanlashi “avtoritar”
ikkinchi oilalarda o‘sgan bolalarga nisbatan osonroq bo‘ladi va ular hayotda boshqalarga qaraganda
ko‘proq muvaffaqiyatlarga, yuksak cho‘qqilarga erishadilar.
Sotsiometrik tajribalardan ma`lum bo‘lishicha oiladagi muhit iliq, ota-ona va bola o‘rtasidagi
munosabatlar demokratik asosga qurilgan bo‘lsa , bola o‘z tengdoshlarining orasida , jamoada yuqori
mavqega , aksincha, nosog`lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavqega ega
bo‘ladilar.[2]
Ko‘p bolali oilalarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola shaxsining rivojlanishiga
aka-ukalari, opa-singillari ham kuchli ta`sir ko‘rsatadi. Aka-opalar bolaga eng yaqin bo‘lgan
mikromuhit tarkibiga kirib, unda markaziy o‘rinni egallaydi. Ba`zi tadqiqotchilar , hatto shunday
fikrlardaki, oila a`zolarning soni ko‘payib borgan sari bolalrga ota-onalarning ta`siri kamayib, aka-
opalarning ta`siri kuchayib boradi.[2] Bu esa ayniqsa oiladagi katta farzandlarni tarbiyasiga ko‘proq
ahamiyat berish kerak ekanligini, ularni adolatli, samimiy mehribon hamda oqibatli qilib tarbiyalash
kerkligini taqozo etadi.
Katta bog‘cha yoshdagi bolalar o‘z kamchiliklari va afzalliklarini yaxshi biladilar va
atrofdagilarning bunga munosabatini inobatga oladilar. Bu bolada shaxsning rivojlanishida, axloq
motivlarini o‘zlashtirishda, ijobiy axloq namunalariga erishishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bola
shaxsining to‘g‘ri shakllanishi uchun, axloqiy me'yorlarni bilish ham katta ahamiyat kasb etadi. Ilk
va maktabgacha yosh davrida bola atrofdagi insonlar (kattalar, tengdoshlar va boshqa yoshdagi
bolalar) bilan muloqot orqali axloqning ijtimoiy me'yorlarini aniqlaydilar. Katta odamlar bolalarga
ma‘lum bir axloqiy xatti-harakatlarning kerakligi yoki to‘g‘rigi haqida fikrlashga yordam beradilar,
katta odamlar bolaninh ma‘lum bir xatti-harakatiga nisbatan o‘zining munosabati bilan ko‘rsatma
beradilar. Katta odamlarga hissiy bog‘liqlik zamirida bolada tan olishga intilish rivojlanadi.
Kattalar tomonidan tan olishga intilish va tan olinish bolaning eng muhim ehtiyojlaridan biri
hisoblanadi.[1]
Bu boladagi tan olishga bo‘lgan intilish ham o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishda("men"i
yuqori bo‘lishida) katta ahamiyat kasb etadi. "Tan olingan" va "Tan olinmagan" bolaning o‘rtasida,
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
502
bolalarning o‘ziga bo‘lgan bahosida, keyinchalik uning hayoti davomidagi o‘quv faoliyatida keskin
farq qiladi. Bolalarning ota-onalari tomonidan tan olinishi ,bu paytdagi har bir yutuqlariga,
fazilatlariga ular tomonidan rag‘batlantirilishi bolalar uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bunday holatda hech qachon: "Sen buni qila olmaysan" ,"Qo‘lingdan kelmaydi", “bekorchi savollar
bilan boshimni qotirma" va hokazo kabi iboralarni qo‘llamaslik kerak. Kattalarning bunday hurmatsiz
iboralari bolada o‘z imkoniyatlariga nisbatan ishonchi tushib ketadi. Bolada nomukammallik
kompleksi, o‘zining ojizlik hissi paydo bo‘ladi. Nomukammallik kompleksi –insonning eng
murakkab axloqiy kamchiliklardan biri bo‘lib, u boshqa insonlar bilan muloqotga kirishishni
murakkab lashtiradi hamda og‘ir ichki hissiyotni keltirib chiqaradi. [1]
Xulosa: Bola oppoq bir qog‘oz kabidir. Uning qanday rivojlanishi, shaxs sifatida shakllanishi,
hayotda katta yutuqlarga erishishi bevosita oiladagi unga bo‘lgan munosabatlar, ota-ona tomonidan
beriladigan ishonch va tarbiyaga bog‘liq. Shunday ekan ota-onalar va oila a'zolari har doim bolaga
ishonch berishi, qo‘llab-quvvatlashi, ularning fikrlarini inobatga olishi juda muhim. Zero, farzandlar
yurtning kelajagi va ularning tarbiyasidagi har bir jarayonga qattiq e‘tibor berish nafaqat ota-
onalarning, balki biz atrofdagi insonlarning vazifamizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi”, Z. T. Nishonova, F. N. Vahobova,
S. T .Madaliyeva. "Faylasuflar nashriyoti", Toshkent-2017.
2.
"Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi", Z. T. Nishonova, G. K. Alimova, A.
G. Turg‘unboyeva, M. X. Asranboyeva. Nizomiy nomidagi TDPU bosmaxonasi, Toshkent-
2017.Erkak.uz sayti.
