Mualliflar

  • Mahdiyona Abdulmadjidova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Zulxumor Nizomova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74242

Kalit so‘zlar:

gerontopsixologiya keksalik psixofiziologik o‘zgarishlar biologik keksayish muloqot

Annotasiya

Ushbu maqolada keksalik davrining psixofiziolagik xususiyatlari, keksayish
jarayonidagi fiziologik o‘zgarishlar va uzoq umr ko‘rish xususida munozaralar yurutilgan.
Atrofdagilar va yaqin insonlari keksalarni hayotidagi o‘zgarishlarga moslashishiga intilishlari
kerakligi haqidagi g‘oya asoslanadi, chunki yoshi bilan moslashish mehanizmi bu davrda juda
zaiflashadi. Keksa odam uchun Kuchli motivatsiya uning yaqinlari uchun foydali ekanligini his qilishi
hisoblanadi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

511

YANGI O‘ZBEKISTONDA KEKSALARNI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK QO‘LLAB

QUVVATLASH – UZOQ UMR KO‘RISH GAROVI SIFATIDA.

ADPI Pedagogika va Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

Abdulmadjidova MahdiyonaDilmurodjon qizi

ADPI logopediya yo‘nalishi talabasi Nizomova Zulxumor Ne’matovna

Anotatsiya:

Ushbu maqolada keksalik davrining psixofiziolagik xususiyatlari, keksayish

jarayonidagi fiziologik o‘zgarishlar va uzoq umr ko‘rish xususida munozaralar yurutilgan.
Atrofdagilar va yaqin insonlari keksalarni hayotidagi o‘zgarishlarga moslashishiga intilishlari
kerakligi haqidagi g‘oya asoslanadi, chunki yoshi bilan moslashish mehanizmi bu davrda juda
zaiflashadi. Keksa odam uchun Kuchli motivatsiya uning yaqinlari uchun foydali ekanligini his qilishi
hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

gerontopsixologiya, keksalik psixofiziologik o‘zgarishlar, biologik keksayish,

muloqot, stress, qarilik davri, samari faoliyat, kategoriya

Keksalik ijtimoiy kategoriya sifatida XX-asrda ajratildi. Donishmand xalqimiz asrlar

osha yashab kelayotgan o‘lmas qadriyatlarida biri-bu keksa avlod vakillariga chuqur xurmat va
ehtiromdir.2015-yil yurtimizda “Keksalarni e’zozlash” yili deb nomlanishi ham xalqimizning
keksalarga o‘zgacha xurmat nishonasi desak hato bo‘lmaydi. Shu ma’noda xalqimizda keksalarning
xolidan habar olish, ularni moddiy-ma’naviy, qo‘llab-quvvatlash, salomatliglarini tiklash ishlariga
amaliy ko‘mak berish kabi tadbirlarning yanada keng ko‘lamda olib borishi va borada davlat
dasturing qabul qilinishi fikrimizning tasdig‘idir. Keksa avlod vakillariga berilayotgan e’tibor va
ko‘rsatilayotgan tibbiy hizmat samarasi o‘laroq, aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi oshib
bormoqda. Bu haqida Prezidentimiz BMT bosh Assambleyasining Ming yillik rivojlanish
maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisisdagi nutqida: “qaryb 20 yil mobaynida odamlarning
o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshgacha, ayollarning umr ko‘rishi esa 75 yoshgacha oshdi”
deb ta’kidlagan edi.[1]

Psixogerontologiya bu keksa yoshdagi insonlarda yuzaga keladigan psixik hodisa va

xususiyatlarini o‘rganuvchi fan bo‘lib, bu fanda gerontogenezning evolutsion omillari qatoriga
I.V.Davidovskiy nasli ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlarni kiritadi. D.Bromley insonning qarilik
sikli uchta bosqichdan iborat bo‘lishini ta’kidlaydi: 1) ”ishdan,xizmatdan uzoqlashish”(istefo)-66-70
yosh; 2) keksalik (70 va undan katta yosh); 3) munkillagan keksalik (xasta keksalik va o‘lim)-
maximum 110 yosh. Shu bilan birga keksalikni qonuniyatlari ham kashf qilingan, ular qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin: 1) geteroxronlik (har xil vaqtlilik) qonuni; 2) o‘ziga hoslik qonuni 3)
hilma hillik qonuni.I.D.Davidovskiy “keksayish nima?” nomli asarida ta’kidalaganidek, inson 50-60
yoshga to‘lganda yoki undan oshgan chog‘ida yetuklikning kechikkan davriga kirib keladi. Juda ko‘p
olimlar keksalik yoshi va undagi bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘rganib, tadqiqotlar o‘tkazganlar.[2]

Keksalikda muloqot doirasi kengayib boradi. Shu sababli oil ava do‘stlik rishtalari turli

sabablarga ko‘ra zaiflashadi, shaxs o‘zini yolg‘iz his qila boshlaydi. Keksalar g‘amxo‘rlik va
e’tiborga muhtojligini, ularning tajriba va bilimlarini atrofdagi odamlarning o‘zlashtirish istagida his
qiladilar. Do‘stona aloqalar va muloqot almashuvining ro‘li ortib boradi. Shunday qilib, befarqlik
keksa odamning psixologik xavfsizligini his qilishiga yomon ta’sir qiladi. Do‘stona aloqalarning
yo‘qligi va muloqot qobilyatining pasayishi hayotining o‘zgarishiga olib keladi. Ayniqsa, keksalar
e’tibor va g‘amxo‘rlikka sezgir bo‘ladilar va buning natijasida ularda do‘stlikning ro‘li oshadi.
Ko‘pincha keksalikda odamlar haddan tashqari kam gapirishni boshdan kechiradilar va nutq keraksiz
tushuntirishlar bilan ajralib turadi va mohiyatdan uzoqlashadi. Qoida tariqasida aytib o‘tish joizki, bu
aloqa yetishmasligidan dalolat beradi[3]

Qarilik davri ijtimoiy mavqe va qadriyatlar tizimini o‘zgartiradi yaqin insonlaridan biri va

turmush o‘rtog‘i vafoti his tuyg‘ular sonining keskin kamayishiga yolg‘izlanib qolishiga sabab
bo‘ladi. Natijada paydo bo‘lgan bo‘shliqni hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydi yosh avlod keksa
qarindoshi bilan muloqot qilishni istamaydi ularning hayotiga qiziqish bildirmaydi. Muloqot telefon
qo‘ng‘iroqlari kechki ovqatlarga ham kelmaydi. Shaxslararo aloqa va insoniy munosabatlarining
keskin yetishmasligi vujudga keladi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

512

Ba’zida odamlar tezroq qariydi, boshqalari esa uzoqroq. Bundan tashqari, nafaqat tashqi

yoshga bog‘liq o‘zgarishlar, balki fiziologik, anotomik, psixologik qarish jarayonlari mavjud. Shunga
ko‘ra, qarish jarayoni turli ichki va tashqi omillar ta’sirida vujudga keladi.

Qarishning tashqi omillari ma’lum turmush tarzi, jismoniy faollik darajasi, yomon odatlar,

stress va kasalliklarga duchor bo‘lishdir. Erta keksalikka shaxsning e’tiqodlari hayotiy
tamoyillarining o‘zgarishiga, hayotga boshqacha qarashga toqatsizlik paydo bo‘ladi. Ba’zi hollarda,
keksa odam o‘z e’tiqodini himoya qilib, tajovuskor xatti-harakatlarni namoyish qilishi mumkin.

Shuni esda tutish kerakki, qariyalarning asosiy psixologik xususiyati-bu allaqachon

yashagan hayotining ma’nosini izlashdir. Ko‘pchilikning keksalik yoqimli va foydali bo‘lishi
mumkin emas degan fikri noto‘g‘ri, agar keksa odam o‘zini baxtli va hotirjam his qilsa unda keksalik
hayotining uyg‘un davomi bo‘ladi.

Agar qarilikning salbiy oqibatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, u holda rivojlanish

psixologiyasida quyidagilarga e’tibor qaratiladi

1.Intellektual o‘zgarishar. Yangi materialni o‘rganish, vaziyatga moslashish qiyinchiliklar

mavjud.

2.Hissiy. Ko‘z yoshi, qayg‘uga olib keladigan kuchli asab tuyg‘usi bo‘lishi mumkin. Odatda

oddiy hodisalar (masalan, sevimli filimingizni tomosha qilish)sabab bo‘ladi.

3.Belgilardagi o‘zgarishlar. Hayot matevatsiyasini o‘zgartirish imkonsiz emas.
Garchi qariyalarga erishish hayotda hech qanday yorug‘lik bo‘lmaydi degani emas. Ko‘pchilik

o‘zlarini “o‘lim”ga qo‘shib, ixtiyoriy ravishda tashqi dunyodan ajratib, ijtimoiy zaiflikdan
qiynalishadi. Qoida tariqasida aytib o‘tish joizki, bu aloqa yetishmasligidan dalolat beradi.[4]

Ko‘pgina keksa odamlar psixosomatik kasalligidan aziyat cheka boshlaydilar, ular o‘zlarini

abadiy kasal ekanligiga ishontirishadi, bundan ham battar, ular doimiy kasallik tuyg‘usiga o‘rganib
qolishadi, bu ularning yoshiga norma hisoblanadi.Bunday holatlarning asosiy sabablari noto‘g‘ri
munosabat va psixo-emotsional stressdir. Ba’zi keksa odamlarda kasalliklar aniqlanmaydi, lekin ular
o‘zlarining holatini tahlil qilishda davom etadilar, yaqinlarining e’tiborini jalb qilishga va diqqat
markazida qolishga harakat qilishadi.

Yuqorida aytilganlarning barchasini umumlashtirib, shuni ta’kidlash kerakki, katta hayot

tajribasiga ega bo‘lgan keksalarimizni asrab-avaylash, unga mehr-muruvvat ko‘rsatish, e’zozlash,
jamiyatda o‘zaro hurmat, insof, oqibat, ahillilik tuyg‘ulari yanada mustahkamlashishiga hizmat qilishi
lozim. Atrofdagilar va yaqin odamlar keksa odamlarni hayotidagi o‘zgarishlarga moslashtirishga
harakat qilishlari kerak. Chunki moslashish mehanizmi keksalik yoshi bilan juda zaiflashadi.
Qariyalar uchun kuchli motivatsiya ularning ijtimoiy hayotda kerakli ekanligini his etishi deb
xisoblaymiz. Keksalik hayotning ajralmas qismi bo‘lib, unumli va qiziqarli bo‘lib qolishi kerak

Foydalanga adabiyotlar
1.I.A.Karimov “yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”-, Toshkent:2008-yil
2.Yoshlar psixologiyasi va pedagagik-psixologiya: Ped.in-t.talabalari uchun o‘quv

qo‘llanma/M.G.Davletshin umumiy tahriri ostida.-T.:O‘qituvchi,1074-194s

3.Xell L.Teorii Lichnosti /L.Xell, D.Zigler.-SPb.:Rech,2006.217s
4.I.G‘.G‘oziyev “psixologiya”-, Toshkent:, 1994-yil
5.Psixologiya jurnali, BUXDU-2014-yil 1-son
6.Abremova G.S Vozrostnaya psixologiya. M:Akademichiskiy proekt, 2012. 340s

Bibliografik manbalar

I.A.Karimov “yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”-, Toshkent:2008-yil

Yoshlar psixologiyasi va pedagagik-psixologiya: Ped.in-t.talabalari uchun o‘quv

qo‘llanma/M.G.Davletshin umumiy tahriri ostida.-T.:O‘qituvchi,1074-194s

Xell L.Teorii Lichnosti /L.Xell, D.Zigler.-SPb.:Rech,2006.217s

I.G‘.G‘oziyev “psixologiya”-, Toshkent:, 1994-yil

Psixologiya jurnali, BUXDU-2014-yil 1-son

Abremova G.S Vozrostnaya psixologiya. M:Akademichiskiy proekt, 2012. 340s

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Mahdiyona Abdulmadjidova, Inoyatxon Sotvoldiyeva, Shukronaxon Abdujabborova, IJTIMOIYLASHUV JARAYONIDA MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 4 (2024)

Mahdiyona Abdulmadjidova, Mahdiyona Abdulmadjidova, Nozima Mirzahamdamova, BOLALARNI INTERNETGA QARAMLIK - PSIXIK, NUTQIY KAMCHILIK SIFATIDA. , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 4 (2024)

Mahdiyona Abdulmadjidova, Sojidaxon Mamarasulova, SHAXSDAGI INTERNET VA KOMPYUTER ÒYINLARIGA TOBELIKNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 4 (2024)

Mahdiyona Abdulmadjidova, Nozima Ro‘ziyeva , OILADAGI NIZOLI VAZIYATLARNI BOLA PSIXIKASIGA TASIR , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 4 (2024)

Mahdiyona Abdulmadjidova , Iroda Ismatillayeva , ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA KASBIY TANLOV MUAMMOSI. , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 4 (2024)

Zulxumor Nizomova, NUTQ NUQSONIGA EGA BOLALAR IJTIMOILASHUVI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.1 (2025)

Mahdiyona Abdulmadjidova , Zamira Shaxobova , MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA BOLALARNING PSIXIK VA NUTQIY RIVOJLANISHI. , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 4 (2024)

Mahdiyona Abdulmadjidova, Nodira Abdullayeva, O‘SMIR PSIXIKASI SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING AHAMIYATI. , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 4 (2024)

Mahdiyona Abdulmadjidova , Turg`unova Mubinaxon , MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA BOLANING “MENI” SHAKLLANISHIDA OTA-ONA VA OILANING AHAMIYATI. , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 4 (2024)

Mahdiyona Abdulmadjidova , Turg`unova Mubinaxon , MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA BOLANING “MENI” SHAKLLANISHIDA OTA-ONA VA OILANING AHAMIYATI. , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 1 № 4 (2024)

1 2 > >>