“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
516
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA BOLALARNING PSIXIK VA NUTQIY
RIVOJLANISHI.
ADPI Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
Abdulmadjidova Mahdiyona Dilmurodjon qizi
ADPI talabasi Shaxobova Zamira.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha yosh davrida bolaning psixik va nutqiy
rivojlanishi, bolaning psixik tomonlama rivojlanishi va bola “men” ning shakllanishi, bolalar bilan
pedagogik ishlar olib borilayotganda ularni ko‘proq rag‘batlantirish, Maktabgacha yosh davrda
bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan talaffuziga e’tibor haqida fikrlae ilgari surilgan
Kalit so‘z:
Psixika, nutqiy rivojlanish, ontogenez, ixtiyoriy esda qoldirish, o‘z-o‘ziga baho
berishi, ijtimoiy institutlar
“Ontogenezda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davr maktabgacha yosh davri hisoblanadi.
Maktabgacha yosh davri 3 ta davrdan:
• Kichik maktabgacha yosh davri.
• O
ʻ
rta maktabgacha yosh davri.
• Katta maktabgacha yosh davridan iborat” [1.]
Maktabgacha yosh davrida birinchi davr 3 - 4 yosh oralig
ʻ
ida bo
ʻ
lib bola emotsional jihatdan
o‘zini - o‘zi boshqarishni mustahkamlashi bilan bog‘liqdir.
Ikkinchi davr 4 - 5 yoshni tashkil qilib davrda bola ahloqiy tomondan o‘zini-o‘zi boshqara
olishidir.
Uchinchi davr 5 - 6 - 7 yosh oralig‘ida bo
ʻ
lib yosh davr bu davrda shaxsiy ishchanlik va bola
nutqining to‘la to‘kis rivojlanib bo‘lganligini ko
ʻ
ramiz.
“Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan baho juda muhim hisoblanadi.”[ 1
]. Kattalarning bolalar uchun bergan bahosi bolaning psixik tomonlama rivojlanishi va bola “men”
ning shakllanishiga katta ta‘sir ko
ʻ
rsatadi. Maktabgacha yosh davridagi bolalarga maqtov, rag‘bat va
ular bilan faxrlanish juda yoqadi. Bu yosh davrdagi bolalar bilan pedagogik ishlar olib borilayotganda
ularni ko‘proq rag‘batlantirib turish maqsadga muvofiq. Ularga ko
ʻ
rsatilgan maqtov esa ularning
o‘zlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradi. Ushbu yosh davrda bolalarda kuzatiladigan har xil
inchiqliklar kattalarning fikricha bolaning o‘zini o‘zi tan oldirishga intilish deb yuritilsa N.A
Menchinskaya V. S. Muxinalarning oqilona mulohazalariga qaraganda ushbu injiqliklar ular shaxsiga
adolatsiz noto
ʻ
g
ʻ
ri munosabatda bo‘lishdan iboratdir.
“Maktabgacha yoshdagi bolada ko
ʻ
proq ixtiyorsiz esda qoldirish va ixtiyoriy esga tushirish
ustunlik qiladi.”[2] Bola so
ʻ
zlarni ma‘nosini farqlamay tushunmay hech qanday ma‘nosiz
takrorlayveradi. Ammo, keyinchalik kattalarning ta‘sirida ixtiyoriy esda qoldirish ham asta-sekin
rivojlanib boradi.
Maktabgacha yosh davrda bo‘lgan bolalarning oilasida kuzatiladigan har xil urush-janjallar
bolalarning ruhiyatiga, psixikasiga ta‘sir ko
ʻ
rsatmasdan qolmaydi. Tinimsiz uyda janjal bo‘ladigan
bolalarda Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning Psixogen turi uchraydi. Ruhiy rivojlanishi
sustlashgan bolalar har tomonlama bilish jarayonlari xayoli tafakkuri diqqati aqliy faoliyati
o‘zlashtirishda o‘z tengdoshlaridan ancha orqada qolgan bo‘ladi. Bu yosh davrdagi bolalarda ruhiy
rivojlanishlashganlikni kuzatmaslik uchun bolalarda oldida notinch masalalarni hal qilmaslik,
urishmaslik lozim. Bu davrda bola o‘yin faoliyatida bo‘ladi ushbu o‘yinlar orqali bolaning layoqati
qizishiqishlari namoyon bo‘lsa, bilish jarayonlari tafakkuri xayoli diqqati idroki va nutqi
shakllanadi.
“Bola ulg‘ayar ekan unda so
ʻ
zlashishga ehtiyoj paydo bo‘la boshlaydi, - deydi Farahnoz
Bekmurodova. Dastlab atrofdagilarni taniydi eshitgan so‘z va jumlalarni asta-sekinlik bilan
o‘zlashtiradi. Tilga kirgach esa uning so‘z boyligi jadal o‘sadi.”[4.1040 b.] Bolaning dialogik nutqi
oilada ota-ona aka-opalari davrasida vujudga keladi. O‘ziga kerakli bo‘lgan narsalarni so‘rash uchun
harakat, muloqotga kirishadi.
“Maktabgacha yosh davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan talaffuz oson
talaffuz etiladigan lab-lab, lab-tish undoshlari - p, b, m, f, v, va boshqa tovushlarni to‘g‘ri talaffuzini
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
517
o‘rganadilar. Artikulyatsion jihatdan talaffuz etish qiyin bo‘lgan shivirlovchi sirg
ʻ
aluvchi ( s, z, sh, j,
ch, ) va sonsor (l va r) Tovushlarini talaffuz qilishda qiynaladilar “[5.76b]. Shuning uchun talaffuz
paytida ushbu tovushlardan foydalanishmaydi yoki notoliq qo‘llaydilar. Ushbu yosh davrda bolalarda
fonematik idrok shakllanib boradi ya
ʼ
ni bola-o‘z o‘zi talaffuz qilayotgan tovushlarga e'tiborini qarata
boshlaydi ularni noto‘g‘ri talaffuz qilayotgan bo‘lsa to‘g‘ri talaffuz qilishga intiladi. Sog‘lom bolada
fonematik idrok 4 yoshda shakllanlanadi , 3 yoshli bolaning lug‘at boyligi o‘rtacha hisobda 100 ta
so‘zdan iborat bo‘ladi.
" Bolaning 4 - 6 yoshida uning aktiv lug
ʻ
ati 3000-4000 ta so‘zgacha yetadi. lug‘at boyligi bilan
birgalikda bola nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. " [ 6.76 bet ]
Bu yosh davrda bolalarning nutqiy tomonlama orqada qolishining asosiy sababi deb
bolalarning elektron vositalar telefon va televizorlarga bog‘lanib qolganligini aytishimiz joiz. Ushbu
elektron vositalar bolalarning nafaqat nutqiy tomonlama balki bilish jarayonlaridan ham orqada
qolishiga ta'sir ko
ʻ
rsatmay qolmaydi. Shunday ekan bolalarning elektron vositalardan foydalanish
vaqtini anchagina qisqartirish uning o‘rniga esa bola nutqini bilish jarayonlarini aqliy faoliyatini
rivojlantiruvchi o‘yinlarni o‘ynatish lozim. Qisqa vaqt bo‘lsa ham bola telefon yoki televizorda
tomosha qilayotgan multfilmini ota yoki onasi u bilan birgalikda tomosha qilib uning tafakkurini
xayolini nutqini diqqatini xotirasini rivojlantirishim mumkin. Bola bilmasa aytib o‘rgatishi yoki
multfilmda bo‘layotgan hodisaning yomon tomoni bo‘lsa uning yomon ekanligini bolaga
tushuntirishi o‘rnak qilishi kerak.
Xulosa sifatida
Adabiyotlar ro‘yhati.
1.Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogik psixologiyasi Z.T.nishonova, N.G‘.Kamilova, D.U.
Abdullayeva T-2019
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish. Dursunov Sardor, Nigora Axtamova
Tashkent Medical Academy Integrational of Science, Education and Practice in Modern Psychology
and Pedagogy: Problems and Solutions 2023 y. 6 may 1040 bet
3. Logopediya M.Y.Ayupova T - 2007 76 bet.
4. Logopediya M.Y.Ayupova T - 2007 76 bet.
