Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.59647

Аннотация

Ushbu maqolada biz, ta’lim sohasida keng targ‘ib etilayotgan 5 E modelini o‘quv mashg‘ulotlarida samarali foydalanish va ushbu metod orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni, mustaqil o‘rganish qobiliyatini rivojlantirishning afzallik taraflariga e’tiborimizi qaratamiz.


background image

84

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

TA’LIM SOHASIDA 5 E MODELIDAN FOYDALANISH.

Komilova Nilufar Mirolimovna

Shahrixon tumani 23-umum taʼlim maktabi Geografiya fani

oʻqituvchisi, nilufarkomilova591@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14538911

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 16-dekabr 2024 yil

Ma’qullandi: 18-dekabr 2024 yil

Nashr qilindi: 21-dekabr 2024 yil

Ushbu maqolada biz, ta’lim sohasida keng targ‘ib

etilayotgan 5 E modelini o‘quv mashg‘ulotlarida

samarali foydalanish va ushbu metod orqali

o‘quvchilarda

tanqidiy

fikrlashni,

mustaqil

o‘rganish qobiliyatini rivojlantirishning afzallik

taraflariga e’tiborimizi qaratamiz.

5E modeli, jalb qilish, tadqiq qilish,

tushuntirish, qo‘llash, baholash,

ilmiy hodisa, tanqidiy fikrlash,

motivatsiya, adaptatsiya.

Bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan ko‘plab islohotlar qatorida, ta’lim sohasiga

ham katta ahamiyat berilmoqda. Davlatimiz rahbari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi tabiiy fanlarni rivojlantirish borasiga e’tibor qaratib, bu borada, ko‘plab qarorlar

qabul qilyapti. Bunga misol tariqasida, 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli “Kimyo va

biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11

iyundagi 484-sonli “2019-2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-

xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarini keltirishimiz mumkin. Va

ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq ta’lim tizimidagi o‘qituvchilarga yangi

innovotsion metodlarni o‘rgatish va ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘lga qo‘yildi. 5 E modeli

tabiiy fanlarni o‘qitishdagi zamonaviy metod hisoblanadi.

5E ingliz tilidan olingan bo‘lib: Engage, Explore, Explain, Eloborate Evaluate ning

qisqartirilgan shaklidir. Dars jarayonida ushbu metoddan quyidagicha foydalanishimiz

mumkin.
1-bosqich Engage (qiziqtirish): Ushbu bosqich darsning warming-up qismini tashkil etadi.

Ya’ni bunda o‘qituvchi o‘quvchilarni yangi mavzuga jalb etish maqsadida, mavzuga oid turli xil

qiziqarli savollar beradi. Ba’zan, 2,3 minutli video lavhalar namoyish etadi. Bu orqali,

o‘quvchida dars muhiti paydo bo‘ladi, yangi mavzuni o‘rganishga motivatsiya paydo bo‘ladi.
2-bosqich Explore(O‘rganish): Yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib

tajriba-sinovini o‘tkazishadi, bu orqali ular yangi bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirishadi.

Bu bosqichning afzallik jihati shundaki, birinchidan, ularda mustaqil ishlash qobilyati paydo

bo‘ladi, ikkinchidan esa, olingan bilimlar xotiralarida uzoq saqlanadi.
3-bosqich Explain(Tushuntirish): Bu bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarga mavzuni to‘liq va

batafsil tushuntiradi, o‘quvchilar o‘zlari mustaqil o‘rgangan bilimlarini ustoz bergan

ma’lumotlar bilan boyitishadi. Bu esa o‘z navbatida, mavzuni mustahkamlashga xizmat qiladi.


background image

85

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

4-bosqich Elaborate(Kengaytirish): O‘quvchilar bilimlarini rivojlantirish maqsadida, ushbu

bosqichda ularga turli xil topshiriqlar beriladiki, bunda o‘quvchilar olingan bilimlarini boshqa

vaziyatlarda qo‘llashadi va ularda yangi jarayonlarga adaptatsiya paydo bo‘ladi.

5-bosqich Evaluate(Baholash): bu bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarni olgan bilimlarini

sinovdan o‘tkazish uchun ularga turli xil savollar beradi. Bu bosqichda qo‘shimcha ravishda

o‘quvchilarga self-evaluation ya’ni o‘z-o‘zini baholash metodini ham qo‘llashni tavsiya

beramiz. Chunki bu metod orqali o‘quvchilar nimani bilishmasdi va qanday bilimlarni

o‘zlashtirishganini o‘zlari tahlil qilishadi.
Quyida 10-sinflar uchun Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi mavzusini

5E modeli misolida ko‘rib chiqamiz.
Engage ya’ni qiziqtirish bosqichi: bu bosqichda o‘quvchilarga Birlashgan qirollikni diqqatga

sazovor joylari aks etgan video rolik qo‘yib beriladi.

Explore ya’ni tadqiqot bosqichida o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratib Birlashgan Qirollikni

xaritadan ko‘rsatib, qaysi o‘lkalar(mamlakatlar) kirishligi va Birlashgan Qirollikning jahon

iqtisodiy va siyosiy hayotidagi o‘rni to‘g‘risida nimalarni bilishligi haqida savol beriladi.

O‘quvchilar

bilimlariga

tayangan

holda

kichik

guruhlarda

javob

berishadi.


background image

86

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

Explain- Tushuntirish.Oldingi bosqichda berilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun

o‘qituvchi tayorlab kelgan taqdimotni o‘quvchilarga qo‘yib beradi va qo‘shimcha ma’lumotlar

beradi.

Elaborate- kengaytirish: o‘quvchilarni yana kichik guruhlarga bo‘lib, oldingi bosqichda

berilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun vaziyat beriladi, o‘quvchilar yangi vaziyatda

olingan bilimlarni qo‘llashadi.
Evaluation-baholash: mavzu oxirida o‘qituvchi quyidagi savollarni so‘rab ularni baholaydi:
1.Birlashgan Qirollik siyosiy-hududiy tuzilishini tavsiflang.
2.Buyuk Britaniya iqlimining muhim xususiyatlari va ularni keltirib chiqargan omillarni

izohlang.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. B.Namdar, M.Kucuk. Preservice Science Teachers’ Practices of Critiquing and Revising 5E

Lesson Plans. Journal of Science Teacher Education. 2018, May.
2. Fatchul Fauzi, Ali Mustadi. Learner autonomy using 5e learning cycle. Universitas Negeri

Yogyakarta, Indonesia, 2019.
3. II -Ustozlar Forumi materiallari, 2023.
4. V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva– Geografiya (Jahon iqtisodiy-

ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,

Respublika ta’lim markazi, 2022
5. @edurtm_uz

Библиографические ссылки

B.Namdar, M.Kucuk. Preservice Science Teachers’ Practices of Critiquing and Revising 5E Lesson Plans. Journal of Science Teacher Education. 2018, May.

Fatchul Fauzi, Ali Mustadi. Learner autonomy using 5e learning cycle. Universitas Negeri Yogyakarta, Indonesia, 2019.

II -Ustozlar Forumi materiallari, 2023.

V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva– Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10- sinf o‘quvchilari uchun darslik, Respublika ta’lim markazi, 2022

@edurtm_uz

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Murodbek Usmonov , Nilufar Abdivaliyeva , Jasurbek Abdujalilov , Alijon Fayziyev , INSTITUTSIONAL MATRITSA VA UNING AMAL QILISHI , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 1 № 15 (2024)

Murodbek Usmonov , Nilufar Abdivaliyeva , Jasurbek Abdujalilov , Alijon Fayziyev , INSTITUTSIONAL MATRITSA VA UNING AMAL QILISHI , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 1 № 15 (2024)

Nilufar Saidova, INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ORQALI BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING LOYIHAVIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 2 № 4 (2025)

, ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 1 № 12 (2024)

Nilufar Baltabaeva , MEKTEPKE SHEKEMGI JASTAǴI BALALARDIŃ RAWAJLANIWINDA PSIXIKALIQ PROCESSLERDIŃ ÁHMIYETI , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 2 № 5, 2-qism (2025)

Dilrabo Murodova, Nilufar Norbo’tayeva , BUXORO VOHASINING ANTIK VA ILK O’RTA ASRLAR DAVRI ARXEOLOGIYASI XUSUSIDA , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 2 № 4, 2-qism (2025)

Nilufar Akramova, TURLI TIZIMLI TILLARDA OZIQ-OVQAT KONSEPTUAL MAYDONLARINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 1 № 11 (2024)

Bobonazar Murtazoyev, Nilufar Abdullayeva, XORAZMSHOH OTSIZ VA RASHIDIDDIN VATVOT , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 1 № 7 (2024)

Nilufar Khudayberganova , Effective methods of teaching French at school , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 1 № 7 (2024)

Nilufar Tuliboyeva, A METHODOLOGY FOR DEVELOPING 4K (COMMUNICATION, COLLABORATION, CRITICAL THINKING, AND CREATIVITY) SKILLS IN ENGLISH , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 1 № 15 (2024)

1 2 > >>