YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
146
RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA “MAʼLUMOTLAR BAZASI” BO‘LIMINI
INTERFAOL TA’LIM METODLARI YORDAMIDA O‘QITISH METODIKASI
TAKOMILLASHTIRISH
Avazberdiyeva Surayyo Lutfillo qizi
SHDPI talabasi
Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna
Ilmiy maslahatchi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15395731
Annotatsiya.
Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida “Ma’lumotlar bazasi” bo‘limini
interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalasi
yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida interfaol metodlarning o‘rni va ularning
o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda muammoli ta’lim
(PBL), loyiha metodi (PjBL), gamifikatsiya, elektron testlar va interaktiv platformalar kabi
interfaol usullarni qo‘llashning samaradorligi o‘rganilgan. Shuningdek, an’anaviy dars
shakllari bilan interfaol metodlar qo‘llangan darslarning natijalari taqqoslanib,
o‘quvchilarning faolligi, tushunish darajasi va bilimlarni mustahkamlashdagi farqlar ko‘rsatib
berilgan. Muhokama natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlar qo‘llangan darslarda
o‘quvchilarning motivatsiyasi oshadi, mustaqil fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalari
rivojlanadi hamda o‘rganilgan mavzularni amaliyotga tatbiq qilish imkoniyati kengayadi.
Interfaol metodlarni raqamli ta’lim jarayoniga joriy etish orqali informatika fanining
“Ma’lumotlar bazasi” bo‘limini yanada samarali o‘qitish va ta’lim sifatini oshirish mumkin.
Kalit soʻzlar:
raqamli ta’lim, interfaol metodlar, muammoli ta’lim, loyiha metodi,
ma’lumotlar bazasi, informatika ta’limi.
ANNOTATION:
This article explores the improvement of teaching methodology for the
“Database” section in the digital education system using interactive teaching methods. The
role of interactive methods in modern education and their impact on students' learning
processes are analyzed. The study examines the effectiveness of problem-based learning
(PBL), project-based learning (PjBL), gamification, electronic tests, and interactive platforms
in teaching database concepts. Additionally, the results of lessons conducted with and without
interactive methods are compared to highlight differences in student engagement,
comprehension, and knowledge retention. The findings indicate that lessons incorporating
interactive methods significantly enhance student motivation, foster independent thinking
and teamwork skills, and provide practical application opportunities. The integration of
interactive methods into the digital education system can greatly improve the teaching of the
“Database” section in informatics and enhance the overall quality of education.
Keywords
: digital education, interactive methods, problem-based learning, project-
based learning, database, informatics education.
KIRISH.
Zamonaviy raqamli ta’lim tizimi ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va
o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yengillashtirish uchun innovatsion metodlarga
asoslanmoqda. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida dasturlash va
ma’lumotlar bazasi bilan ishlash bo‘yicha bilimlar talab yuqori bo‘lgan sohalarga
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
147
aylantirilmoqda. Shu sababli, ma’lumotlar bazasi fanini interfaol ta’lim metodlari asosida
o‘qitish muhim ahamiyat kasb etib ushbu tadqiqotda ma’lumotlar bazasi bo‘limini o‘qitishda
interfaol metodlarni qo‘llash samaradorligini oshirish masalasini koʻrib chiqamiz. Interfaol
metodlar, jumladan, muammoli ta’lim, loyiha usuli, guruhli topshiriqlar va AKT vositalaridan
foydalanish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilib
kelmoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi – raqamli ta’lim tizimida ma’lumotlar bazasi bo‘limini
o‘qitishda interfaol usullarni tashkil etish orqali ta’lim sifatini oshirish va talabalarning fan
bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga ko‘maklashishdan iborat. Mazkur metodikani
takomillashtirish ta’lim jarayonini innovatsion yondashuvlar orqali takomillashtirish
imkonini yaratib beradi.
Adabiyotlar tahlili.
Raqamli ta’lim tizimida “Ma’lumotlar bazasi” bo‘limini oʻqitishda
interfaol metodlardan foydalanish global va mahalliy taʼlimda keng oʻrganiladi. Ta’lim
metodlari yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotchilar interfaol
taʼlim texnologiyalari oʻquv jarayonining samaradorligini oshirishni taʼkidlaydilar.
Oʻzbekistonlik tadqiqotchi Saydullayeva Ziyodaxonning "Pedagogik ta’lim jarayonlarida
interfaol metodlar qo‘llanilishi" maqolasida interfaol metodlarning ta’lim jarayonidagi
afzalliklari va ularning samaradorligi tahlil qilib chiqib "Interfaol metodlar o‘quvchilarning
mustaqil fikrlashini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi" deb takidlab oʻtgan.[1]
Shuningdek yana bir oʻzbek olimasi Jamoletdinova Maxfuza Xasanjon qizining "Ta’lim
jarayonini yaxshilashda interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik va psixologik
jihatlari" maqolasida interfaol o‘qitish metodlarining ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni,
o‘quvchilarni faol jalb etish, ularning mustaqil fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlarini
rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinib bir qancha interfaol metodlar haqida aytib oʻtgan.[2]
Amerikalik tadqiqotchi Jason Tanning "Ta’lim instituti" (2018) asarida interfaol ta’lim
usullarining o‘quvchilar faolligini oshirishdagi o‘rni va ularning ta’lim jarayoniga ta’sirini
oʻrganib, interfaol metodlar yordamida o‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va qiziqishini
ortirsh mumkinligini takidlagan.[3]
Yana bir qancha olimlar, Jill E. Stefani, Patrick Blessinger va Christine M. Stover
tomonidan tahrirlangan "Interfaol ta’lim: Innovatsion usullar va strategiyalar" (2017)
kitobida interfaol ta’lim metodlarining nazariyasi va amaliyoti, shuningdek, ularning turli
fanlarda qo‘llanilishi yoritilib, interfaol metodlarning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyatini
ta’kidlab oʻtganlar.[4]
Yuqoridagi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki raqamli ta’lim tizimida “Ma’lumotlar bazasi”
bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirishda
muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Metodlar.
Informatika darslarida "Raqamli ta’lim tizimida “Ma’lumotlar bazasi”
bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirish"
mavzusi bo‘yicha quyidagi interfaol ta’lim metodlar samarali boʻlishi mumkin.
- "Muammoli ta’lim (Problem-based learning – PBL)" O‘quvchilarga real hayotga oid
muammolar (masalan, kafe yoki do‘kon uchun mijozlar ma’lumotlar bazasini loyihalash)
beriladi. Ular mustaqil yoki jamoa bo‘lib, muammoni tahlil qilib, yechim ishlab chiqadilar.
- "Loyiha metodi (Project-based learning – PjBL)" Talabalar kichik guruhlarga bo‘linib,
ma’lumotlar bazasi loyihalarini yaratishadi. Masalan, kutubxona, talabalarning baholari yoki
shifoxona tizimi uchun ma’lumotlar bazasi loyihalanadi. O‘quvchilar SQL so‘rovlarini yozish,
normalizatsiya va diagrammalar bilan ishlashni o‘rganadilar.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
148
-"Gamifikatsiya va rol o‘yinlari" SQL buyruqlarini bajarishda “Kim tezroq?”, “Xato
top”, “Kod duel” kabi o‘yinlar o‘tkazish mumkin. Rol o‘yinlariga esa bir guruh o‘quvchi
dasturchi, boshqasi mijoz rolida bo‘lib, talablarni muhokama qiladi va loyihalashtiradilar.
- "Klasterlash va aqliy hujum (Brainstorming & Clustering)" Ma’lumotlar bazasi turlari,
asosiy tushunchalar yoki SQL operatorlari bo‘yicha fikrlar yig‘ishlari mumkin. O‘quvchilar o‘z
fikrlarini yozib, klasterlar shakllantiradilar.
-“Fikrlar zanjiri” usuli Birinchi o‘quvchi SQL operatori yoki ma’lumotlar bazasi haqida
gap boshlaydi, keyingi o‘quvchi davom ettiradi. Bu usul o‘zaro fikr almashishni
rag‘batlantiradi va bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
- "Elektron testlar va interaktiv platformalar" Kahoot, Quizizz, Mentimeter kabi vositalar
yordamida testlar va so‘rovnomalar o‘tkazish. Google Colab, W3Schools SQL Trainer orqali
kod yozish va natijalarni tahlil qilish. Ushbu interfaol usullar orqali o‘quvchilar mustaqil
fikrlash, guruhda ishlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Muhokama.
Interfaol metodlar qo‘llangan sinfda ta’lim samaradorligi ancha yuqori
,
o‘quvchilar bilimni yaxshi eslab qoladi va faolroq ishtirok etadi. Misol uchun: 7-sinflarda
interfaol metodlardan foydalanib oʻtilgan dars va interfaol metodlar qoʻllanilmagan darsni
taqqoslaganimizda quyidagicha natijaga ega boʻldik.
7-sinf informatika fanida “Ma’lumotlar bazasi” bo‘limini o‘qitishda interfaol metodlarni
qoʻllash orqali oʻquvchilarda qiziqish va motivatsiya oshib oʻquvchilar darsga faolroq jalb
qilinadi. Tushunish darajasi ortib nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllay olishni oʻrganishadi.
Muloqot va jamoaviy ish koʻnikmalari ortib oʻquvchilar bir biri bilan ishlashni oʻrganib
boradilar. Natijada esa oʻquvchilar yuqori baholar, tushuncha va mustahkam bilimga ega
boʻlishadi.
Dars jarayonida interfaol taʼlim metodi qoʻllanilmagan darsda esa oʻquvchilarning faol
ishtiroki kuzatilmaydi, amaliy mashqlar bajarilmaydi, muloqot va jamoaviy ishlarsz dars oʻyin
va qiziqarli topshiriqlar boʻlmaganligi sababli oʻquvchilar past baholanadlar darsga
qiziqishlari kam, oʻzlshatirish darajasi esa sezilarli darajada pastligini koʻrish mumkin
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib shuni aytamanki tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
raqamli ta’lim tizimida “Ma’lumotlar bazasi” bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida
o‘qitish ta’lim samaradorligini sezilarli oshiradi. Interfaol metodlarni qo‘llash o‘quvchilarning
faolligini oshirishga, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga, shuningdek,
olingan bilimlarni real loyihalar orqali mustahkamlashga xizmat qiladi. Taqqoslash natijasida
an’anaviy o‘qitish usullari bilan solishtirganda, interfaol metodlar o‘quvchilarning darsga
qiziqishini orttirish, mavzularni yaxshiroq tushunish va eslab qolish, jamoada ishlash hamda
muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Ayniqsa, muammoli ta’lim, loyiha
metodi, gamifikatsiya va elektron platformalar orqali o‘qitish natijalarining samaradorligi
yuqori ekanligi koʻrishimiz mumkin. Yuqoridagi fikrlar asosida quyidagilarni taklif etaman:
- Interfaol metodlarni keng joriy etish: Informatika darslarida, ayniqsa, “Ma’lumotlar
bazasi” bo‘limini o‘qitishda muammoli ta’lim, loyiha metodi, gamifikatsiya va elektron testlar
kabi metodlarni keng qo‘llash.
- Amaliy mashg‘ulotlarni ko‘paytirish: O‘quvchilarga real loyihalar ustida ishlash
imkoniyatini yaratish, masalan, shaxsiy ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish yoki SQL orqali
amaliy topshiriqlar bajarish.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
149
- Raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish: Google Colab, W3Schools, SQL Trainer
kabi interaktiv o‘quv platformalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilimlarini
mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini oshirish.
- O‘qituvchilar malakasini oshirish: Informatika o‘qituvchilari uchun interfaol
metodlarni qo‘llash bo‘yicha treninglar va seminarlar tashkil qilish.
- Baholash tizimini diversifikatsiya qilish: O‘quvchilarni faqat testlar orqali emas, balki
loyiha ishlari, jamoaviy muhokamalar va amaliy topshiriqlar orqali baholash.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Saydullayeva, Ziyodaxon. "Pedagogik ta’lim jarayonlarida interfaol metodlar
qo‘llanilishi." Universal Jurnal, 2023, universaljurnal.uz.
2.
Jamoletdinova, Maxfuza Xasanjon qizi. "Ta’lim jarayonini yaxshilashda interfaol
metodlardan foydalanishning pedagogik va psixologik jihatlari." Scientific Journal, 2023,
scientific-jl.org.
3.
Tan, Jason. "Educational Institution: Analyzing Interactive Teaching Methods." Springer,
2018.
4.
Stefani, Jill E., Patrick Blessinger, and Christine M. Stover, editors. "Interactive Learning:
Innovative Methods and Strategies." Routledge, 2017.
5.
Турсунова,
Луиза
Шамсиддинов
Гиесжон.
"ОБРАЗ
ПЕДАГОГА
В
ИНФОРМАЦИОННОМ МИРЕ." Uz-conferences. No. 1. 2024.
6.
Турсунова, Луиза. "РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ
ТУРИЗМА." YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
7.
Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat, and Norova Dilobar Baxromovna. "APP GYVER
PLATFORMA IMKONIYATLARINI OʻRGANISH." Modern education and development 17.4
(2025): 152-159.
8.
Normurodova, S. X., et al. "Using mind maps in formation of imagination and creative
thinking skills in 5-6 year-old children." European Journal of Molecular and Clinical Medicine
7.11 (2020): 339-343.
9.
Normurodova, Sadoqat, Sevinch Xaydarova, and Shaxina Asadova. "O ‘QITUVCHI
PORTFOLIOSINI YARATISH USULLARI VA VOSITALARI." Молодые ученые 3.5 (2025): 126-
129.
10.
Normurodova, Sadoqat, Durdona Zayniddinova, and Shaxina Asadova. "MAʼLUMOTLAR
BAZASI BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI." Молодые ученые 3.5 (2025): 130-134.
11.
Normurodova, Sadoqat, Farangiz Ziyodullayeva, and Shaxina Asadova. "OʻQUV-TARBIYA
ISHLARINI TASHKIL ETISHDA INTERNETDAN FOYDALANISH." Наука и инновация 3.4
(2025): 128-133.
12.
Normurodova, Sadoqat, Dilshod Xolyorov, and Shaxina Asadova. "MATN VA GRAFIK
MUHARRIRLARI BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Наука и инновация 3.4 (2025): 125-
127.
13.
Milinorov, XX va DN Eshmuratova. “O’ZBEK URNAVALARI, MAROSIMLARI VA
ODAMLARINI SHAXS TARBIYoTIDAGI O’RNI”. Web of Teachers: Inderscience Research 2.5
(2024): 205-209.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
150
14.
Milinorov, X. X., and D. N. Eshmuratova. "THE ROLE OF UZBEK TRADITIONS,
CEREMONIES AND CUSTOMS IN PERSONALITY DEVELOPMENT." Web of Teachers:
Inderscience Research 2.5 (2024): 205-209.
15.
Anatolyevna, Boyarkina Yulia, Sokhibov Akram Rustamovich, and Milinorov Khusniddin
Khushmatovich. "EDUCATIONAL TOURISM AS A POTENTIAL FOR THE DEVELOPMENT OF
THE REGION." Web of Teachers: Inderscience Research 2.6 (2024): 185-189.
16.
Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "KLIENT-SERVER
ARXITEKTURALARI."
Наука и инновация
3.6 (2025): 113-119.
17.
Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "VIRTUAL BORLIQ
VA UNING ASOSIY TUSHINCHALARI."
Наука и инновация
3.6 (2025): 52-58.
18.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH
TA’LIMDA
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
USULLARI
VA
AFZALLIKLARI."
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и
практические исследования
3.10 (2024): 39-41.
19.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O ‘ZBEKISTONDA AXBOROT
HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI."
Решение социальных проблем в
управлении и экономике
3.4 (2024): 45-57.