YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
135
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN VEBINAR
DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Qo‘ziyeva Dilnura Olim qizi
SHDPI talabasi
Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna
Ilmiy maslahatchi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15395681
Annotatsiya.
Maqola “Informatika va axborot texnologiyalari fanidan vebinar darslarni
tashkil etish metodikasi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, informatika va axborot
texnologiyalari fanidan samarali onlayn ta’lim jarayonlarini tashkil etishning usullari va
metodlarini ko‘rib chiqamiz hamda, vebinarlar orqali o‘quvchilarga ilmiy ma’lumotlarni
yetkazish, interaktiv aloqalar o‘rnatish, va ta’lim jarayonini sifatli tashkil etishning
innovatsion yondashuvlari tahlil qilinadi. Darslarning samarali o‘tkazilishi uchun zarur
bo‘lgan texnik vositalar, platformalar va o‘qituvchining metodik yondoshuvlarining ahamiyati
muhokama qilib virtual o‘quv jarayonida ishtirokchilarning motivatsiyasini oshirish va ularni
faol ishtirok etishga undash masalalari ham yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
axborot texnologiyalari, onlayn darslar, internet, seminar, metodika,
axborot, masofaviy ta’lim.
Annotation.
the article is devoted to the topic “methodology for organizing webinar
lessons in Informatics and Information Technology” and examines the methods and methods
of organizing effective online educational processes in Informatics and Information
Technology. This article analyzes innovative approaches to communicating scientific
information to students through webinars, making interactive contacts, and Quality
Organization of the educational process. The importance of technical means, platforms and
methodological approaches of the teacher, necessary for the effective conduct of classes, is
discussed. Issues of increasing the motivation of participants in the virtual learning process
and encouraging them to take an active part are also covered.
Keywords:
information technology, online classes, internet, workshop, methodology,
information, distance learning.
KIRISH
.
Informatika va axborot texnologiyalari (IAT) fani zamonaviy ta’lim tizimining eng
muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylangan bo‘lib, bugungi kunda ushbu fan o‘quvchilarga
nafaqat texnologik bilimlar, balki analitik fikrlash, muammolarni hal qilish va innovatsion
yondashuvlarni rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun IAT sohasidagi
ta’lim metodikasi doimiy ravishda yangilanib, zamonaviy texnologiyalarni o‘z ichiga olgan
metodlardan foydalanishni talab qiladi. Masofaviy ta’lim va onlayn darslar bugungi kunda
juda ommalashgan, vebinarlar (onlayn seminarlar) bu metodlardan biridir va IAT fanidan
ta’lim berishda katta potensialga ega hamda, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida interaktiv
muloqot o‘rnatish, o‘quv materiallarini jonli tarzda taqdim etish, savol-javoblar orqali fikr
almashish imkonini yaratadi. Ushbu metodning samaradorligi, o‘quvchilarning darsga faol jalb
qilinishi va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini qiziqarli va samarali tarzda tashkil etishga
bog‘liqdir. Quyida, informatika va axborot texnologiyalari fanidan vebinar darslarini tashkil
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
136
etishning metodikasi tahlil qilinib, ularni o‘tkazishning asosiy prinsiplari, texnik jihatlari va
pedagogik usullari o‘rganiladi natijada, o‘quvchilarga darsni samarali o‘zlashtirish
imkoniyatlarini yaratish uchun qanday metodlar qo‘llanilishi kerakligi aniqlanadi.
Vebinar darslari hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab ta’lim jarayonining ajralmas
qismiga aylangan. Biroq, chet el va O‘zbekistondagi ta’lim tizimlarida vebinarlarni tashkil
etish usullari, ta’lim mazmuni va metodikalari o‘rtasida bir qancha farqlar mavjud va quyida
ularni taqqoslab ko‘rib chiqamiz:
Ta'limning umumiy tizimi va yondashuvlar. Chet elda, ayniqsa, rivojlangan
mamlakatlarda ta’lim tizimi ko‘proq talabaga yo‘naltirilgan bo‘lib, vebinarlar ko‘pincha
interaktiv, muammoga yo‘naltirilgan yondashuvda tashkil etiladi. Ta’lim metodlari keng
turdagi onlayn platformalar orqali olib boriladi, bunda talabalar o‘zlari mustaqil ravishda
materiallarni o‘rganishlari uchun video darslar, interaktiv mashqlar va onlayn muhokamalar
mavjud. Chet elda ta’lim tizimida ko‘pincha masofaviy ta’limning integratsiyasi rivojlangan.
Vebinarlar, video konferensiyalar va onlayn guruhli ishlar yordamida talabalar o‘z bilimlarini
mustahkamlashadi.
O‘zbekiston ta’lim tizimi: O‘zbekistonda ta’lim tizimi ko‘proq o‘qituvchiga yo‘naltirilgan
va o‘quvchilar uchun ko‘proq passiv tarzda bo‘ladi. Bu o‘qituvchi markazli ta’lim tizimi
(traditional model) bo‘lib, ko‘pincha vebinarlar bir tomondan o‘qituvchidan bilim olishga
qaratilgan. Vebinarlar ko‘proq darsni ma’lumot beruvchi shaklda olib boriladi, interaktivlik
darajasi cheklangan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, vebinarlar va onlayn ta’limning
rivojlanishi so‘nggi yillarda faollashgan bo‘lsa-da, texnik infratuzilma va o‘qituvchilarning
metodik tayyorgarligi cheklangan holatlar mavjud.
Texnik infratuzilma va platformalar. Chet elda ta’lim platformalari va texnik infratuzilma
yaxshi rivojlangan jumladan, Zoom, Google Meet, Microsoft Teams kabi platformalar keng
tarqalgan bo‘lib, talabalar bu platformalarda oson va samarali tarzda darslarga qatnashadilar.
Chet elda internet tarmog‘i va texnik vositalar yaxshi rivojlangan bo‘lgani uchun masofaviy
ta’limni tashkil etish ancha soddalashtirilgan.
O‘zbekiston ta’lim tizimi: O‘zbekistonda vebinarlar uchun foydalanilayotgan
platformalar, asosan, Zoom va Telegram kabi dasturlarda amalga oshiriladi. Biroq,
ba’zihollarda texnik cheklovlar, internetning sekinligi va internetga kirish imkoniyatining
cheklanganligi ta’lim sifatiga ta’sir qiladi. Infratuzilmaning rivojlanishi hali ham cheklangan,
ayniqsa, qishloq joylarda internet va texnik vositalarga kirish imkoniyati muammo bo‘lishi
mumkin. O‘zbekistonda onlayn ta’limning rivojlanishi uchun hukumat va ta’lim muassasalari
bir qator tashabbuslar ko‘rmoqda, lekin hali ham ba’zi joylarda texnik ta’minot zaif bo‘lishi
mumkin.
O‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi. Chet elda o‘qituvchilar onlayn ta’lim va
vebinarlarni samarali o‘tkazish uchun professional treninglardan o‘tib, metodik jihatdan
yaxshi tayyorlangan bo‘ladilar. O‘qituvchilar zamonaviy pedagogik metodlar, texnologiyalar
va interaktiv ta’lim usullarini yaxshi biladilar, shuningdek, masofaviy ta’limni tashkil
etishning barcha jihatlari bo‘yicha tajribaga ega.
O‘zbekiston ta’lim tizimi: O‘zbekistonda o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi vaqt
o‘tishi bilan yaxshilanib bormoqda, ammo vebinarlar va onlayn ta’limni samarali tashkil etish
bo‘yicha umumiy tajriba cheklangan bo‘lishi mumkin. O‘qituvchilarga onlayn darslarni
o‘tkazish bo‘yicha ko‘plab o‘quv kurslari va treninglar tashkil etilayotgan bo‘lsada, ba’zi
o‘qituvchilar uchun texnologiyalarga moslashish hali ham murakkab bo‘lishi mumkin.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
137
Natijalar va o‘quvchilarni baholash. Chet elda onlayn ta’limda baholash va natijalarni
aniqlashda keng qo‘llaniladigan vositalar mavjud, bular onlayn testlar, avtomatik baholash
tizimlari, video darslar orqali talabalar ishlagan ishlarni tekshirish kiradi. O‘quvchilarni
baholashda muammolarni hal qilish va amaliy ko‘nikmalarni baholash tizimi ko‘proq
rivojlangan.
O‘zbekiston ta’lim tizimi: O‘zbekistonda baholash tizimi ko‘proq an’anaviy metodlarga
asoslangan bo‘lib, ba’zi hollarda onlayn baholashning samaradorligi va tahlil qilishda
qiyinchiliklar mavjud. Vebinarlar orqali baholash jarayoni ko‘pincha yakuniy imtihonlarga
yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalar mustaqil ishlarni bajarganligi kam baholanadi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan vebinar darslarini tashkil etish
metodikasi bo‘yicha xorijiy va o‘zbek olimlarining tadqiqotlari alohida ahamiyatga ega bo‘lib
ushbu sohada amalga oshirilgan ilmiy ishlar vebinarlar orqali ta’limning samaradorligini
oshirish, o‘quvchilarga masofaviy ta’lim imkoniyatlarini taqdim etish, shuningdek, metodik
yondashuvlarni takomillashtirish borasida qimmatli ma’lumotlar taqdim etadi. Xorij
tadqiqotlaridan Khan va Moore masofaviy ta’limda interaktivlikning ahamiyatini “Vebinarlar
interaktiv o‘qitish uchun samarali vosita bo‘lib, o‘quvchilarni o‘z-o‘zini o‘qitish va darsga jalb
qilishda yuqori darajada muvaffaqiyatli ekanligi ko‘rsatilgan” deya ta’kidlaydilar. Tadqiqot
vebinarlar orqali o‘qitishning asosiy afzalliklaridan biri sifatida o‘quvchilarning faol
ishtirokini ta’kidlaydi. Shuningdek, Bates masofaviy ta’limning yangi metodlarini ishlab
chiqishda vebinarlarning pedagogik samaradorligini o‘rganib, “Vebinarlar orqali o‘quvchilar
bilan jonli aloqada bo‘lish, murakkab mavzularni tushuntirish va ularni o‘zlashtirishda
interaktiv yondashuvlar samarali natijalar beradi” deb yozadi.
O‘zbek olimlari ham informatika va axborot texnologiyalari fanidan vebinar darslarini
tashkil etishning metodik jihatlarini chuqur o‘rganishmoqda jumladan, M. Sh. Murodov
o‘zining tadqiqotida, “Axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali masofaviy ta’limda
o‘qituvchining roli va o‘quvchilarning motivatsiyasi muhim o‘rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
Shuningdek, N. T. Qodirov o‘zining ishida, “Vebinarlar yordamida o‘qitish metodikasini
takomillashtirishda interaktiv pedagogik usullarni joriy etish orqali o‘quvchilarni darsga faol
jalb qilish imkoniyati kengayadi” — deb yozadi. Ushbu tadqiqotlar, informatika va axborot
texnologiyalari fanidan vebinar darslarini tashkil etish metodikasining samaradorligini
oshirishda interaktiv yondashuvlarni va pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyatini
ko‘rsatadi. Informatika darslarida “vebinar darslar” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning faol
ishtirokini ta’minlash va ularni darsga jalb qilish uchun bir nechta interfaol ta’lim metodlarini
qo‘llash juda samarali bo‘lishi mumkin. Quyidagi metodlar, vebinarlar orqali informatika
fanini o‘rgatishda foydali bo‘lishi mumkin:
Savol-javob sessiyalari. Vebinar davomida o‘qituvchi darsning har bir qismi bo‘yicha
savollar beradi va o‘quvchilarni javob berishga undaydi bunda o‘quvchilarning mavzu
bo‘yicha tushunchalarini tekshiriladi. Bu metod o‘quvchilarni darsga jalb qiladi, mavzuni
yaxshiroq tushunishga yordam beradi va o‘quvchilarning savollariga tezkor javob berish
imkonini yaratadi. O‘qituvchi dars davomida yoki dars oxirida qisqa testlar yoki savollar
orqali o‘quvchilarni qiziqtirib, ularni javob berishga undaydi.
Tajribaviy mashqlar. Vebinar davomida o‘quvchilarga kompyuterlarida amaliy mashqlar
bajarishni taklif qilish. Masalan, dasturlash tillari, ma’lumotlar bazasini boshqarish yoki veb-
texnologiyalar bo‘yicha mashqlar, ular tezda tushuncha hosil qilish va amaliy ko‘nikmalarni
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
138
shakllantirishga yordam beradi. O‘quvchilar amaliy ishlar orqali darsni yaxshiroq
o‘zlashtiradilar.
Guruhli muhokamalar. Vebinar ishtirokchilarini kichik guruhlarga bo‘lib, ular o‘rtasida
mavzu bo‘yicha muhokama o‘tkazish bunda har bir guruh o‘z fikrini taqdim etish uchun vaqt
oladilar o‘quvchilar o‘zaro fikr almashib, masalalarni birgalikda yechishga harakat qilishadi,
bu esa ijodkorlikni va fikrlashni rivojlantiradi. O‘qituvchi guruhlar uchun masalalar yoki
tadbirlar taqdim etadi va har bir guruhdan o‘z fikrlarini taqdim etishni so‘raydi.
Virtual laboratoriyalar. O‘quvchilarga virtual laboratoriyalar yoki simulyatsiyalar orqali
dasturlash, tarmoqlarni sozlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqa amaliy ko‘nikmalarni
o‘rganish imkonini beradi, o‘quvchilar real hayotdagi muammolarni hal qilishni simulyatsiya
qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga
yordam beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga virtual tizimlar yoki dasturlarni sozlash bo‘yicha
topshiriqlar beradi va ularni sinovdan o‘tkazish uchun ma’lumotlar bazasidan foydalanishga
undaydi.
Interaktiv taqdimotlar va vizual vositalardan foydalanish. O‘qituvchi taqdimotlarda
interaktiv elementlar, animatsiyalar, diagrammalar va grafiklardan foydalanadi, ko‘rgazmali
materiallar o‘quvchilarning tushunish darajasini oshiradi va mavzu bo‘yicha diqqatni saqlab
turishga yordam beradi. O‘qituvchi diagrammalar yoki grafiklar orqali murakkab mavzularni
tushuntiradi va har bir bo‘limni interaktiv tarzda ko‘rsatib o‘tadi.
Vebinar darslarning ham o‘z afzallik va kamchiliklari bo‘lib, ularlarni ko‘rib chiqish,
ta’lim jarayonini optimallashtirish uchun juda muhim. Quyida vebinarlar tashkil etishning
ba’zi asosiy afzalliklari va kamchiliklarini keltirilgan:
Afzalliklari:
Masofaviy o‘qitish imkoniyatlari: vebinarlar orqali o‘quvchilar yoki ishtirokchilar
masofadan turib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lib bu, ayniqsa, geografik
joylashuvi cheklangan yoki harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun qulaydir.
Qulaylik va moslashuvchanlik: o‘qituvchi va ishtirokchilar o‘z uylaridan, ofislaridan yoki
boshqa joylardan qatnashishlari mumkin, bu vaqt va joyni tanlashda katta erkinlik yaratadi.
Keng auditoriya: bir vaqtning o‘zida ko‘plab ishtirokchilarni yig‘ish mumkin, bu esa
auditoriyani kengaytirish va yirik auditoriyaga ma’lumot yetkazish imkonini beradi.
Qayta ko‘rish imkoniyati: ko‘plab vebinar platformalari yozib olish imkoniyatini taqdim
etadi, shuning uchun ishtirokchilar darsni keyinchalik qayta ko‘rishlari mumkin.
Kamchiliklari:
Texnik muammolar: internet aloqasi, platforma ishlashidagi nosozliklar yoki
audio/video sifati bilan bog‘liq texnik muammolar vebinarning samaradorligini pasaytirishi
mumkin.
O‘qituvchi uchun yangi usullarni o‘zlashtirish zarurati: vebinar o‘qituvchilardan yangi
texnologiyalardan foydalanishni va virtual muhitda samarali o‘qitishni talab qiladi, bu ba'zida
murakkabliklar va o‘qituvchilarni yangi ko‘nikmalarni o‘rganishga majbur qilishi mumkin.
Texnik bilimlar va resurslar: vebinarlarni muvaffaqiyatli tashkil qilish uchun
o‘qituvchidan va tashkilotchidan texnik bilimlar talab qilib, to‘g‘ri apparat va dasturlarni
tanlash muhimdir.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
139
Interaktivlikning cheklanganligi: ba’zi holatlarda, vebinarlar real vaqtli interaktivlikni
to‘liq ta’minlamasligi mumkin, chunki vaqtni boshqarish, savollarni javoblash va
muammolarni hal qilishda kechikishlar bo‘lishi mumkin.
Xulosa.
Vebinarlar zamonaviy o‘qitish vositasiga aylanmoqda, chunki ular qulay va
samarali bo‘lishi mumkin, ammo ular texnik muammolar va interaktivlikni boshqarish kabi
ba’zi cheklovlarga duch kelishi mumkin. Agar vebinar darslari muvaffaqiyatli o‘tkazilsa, ular
katta auditoriyaga xizmat qilish va ta’limni yanada samarali qilish imkoniyatlarini taqdim
etadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Bates, Tony.
Teaching in a Digital Age: Guidelines for Designing Teaching and Learning
.
Tony Bates Associates Ltd, 2019.
2.
Khan, M. S., and L. Moore. "The Effectiveness of Interactive Vebinars in Distance
Education."
Journal of Educational Technology
, vol. 17, no. 4, 2018, pp. 72-85.
3.
Murodov, M. Sh.
Axborot Texnologiyalaridan Foydalanish Orqali Masofaviy Ta’lim ni
Takomillashtirish
. Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, 2020.
4.
Qodirov, N. T.
Vebinarlar Yordamida O‘qitish Metodikasini Takomillashtirish
. Toshkent
Davlat Texnika Universiteti, 2021.
5.
Турсунова,
Луиза
Шамсиддинов
Гиесжон.
"ОБРАЗ
ПЕДАГОГА
В
ИНФОРМАЦИОННОМ МИРЕ." Uz-conferences. No. 1. 2024.
6.
Турсунова, Луиза. "РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ
ТУРИЗМА." YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
7.
Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat, and Norova Dilobar Baxromovna. "APP GYVER
PLATFORMA IMKONIYATLARINI OʻRGANISH." Modern education and development 17.4
(2025): 152-159.
8.
Normurodova, S. X., et al. "Using mind maps in formation of imagination and creative
thinking skills in 5-6 year-old children." European Journal of Molecular and Clinical Medicine
7.11 (2020): 339-343.
9.
Normurodova, Sadoqat, Sevinch Xaydarova, and Shaxina Asadova. "O ‘QITUVCHI
PORTFOLIOSINI YARATISH USULLARI VA VOSITALARI." Молодые ученые 3.5 (2025): 126-
129.
10.
Normurodova, Sadoqat, Durdona Zayniddinova, and Shaxina Asadova. "MAʼLUMOTLAR
BAZASI BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI." Молодые ученые 3.5 (2025): 130-134.
11.
Normurodova, Sadoqat, Farangiz Ziyodullayeva, and Shaxina Asadova. "OʻQUV-TARBIYA
ISHLARINI TASHKIL ETISHDA INTERNETDAN FOYDALANISH." Наука и инновация 3.4
(2025): 128-133.
12.
Normurodova, Sadoqat, Dilshod Xolyorov, and Shaxina Asadova. "MATN VA GRAFIK
MUHARRIRLARI BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Наука и инновация 3.4 (2025): 125-
127.
13.
Milinorov, XX va DN Eshmuratova. “O’ZBEK URNAVALARI, MAROSIMLARI VA
ODAMLARINI SHAXS TARBIYoTIDAGI O’RNI”. Web of Teachers: Inderscience Research 2.5
(2024): 205-209.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
140
14.
Milinorov, X. X., and D. N. Eshmuratova. "THE ROLE OF UZBEK TRADITIONS,
CEREMONIES AND CUSTOMS IN PERSONALITY DEVELOPMENT." Web of Teachers:
Inderscience Research 2.5 (2024): 205-209.
15.
Anatolyevna, Boyarkina Yulia, Sokhibov Akram Rustamovich, and Milinorov Khusniddin
Khushmatovich. "EDUCATIONAL TOURISM AS A POTENTIAL FOR THE DEVELOPMENT OF
THE REGION." Web of Teachers: Inderscience Research 2.6 (2024): 185-189.
16.
Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "KLIENT-SERVER
ARXITEKTURALARI."
Наука и инновация
3.6 (2025): 113-119.
17.
Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "VIRTUAL BORLIQ
VA UNING ASOSIY TUSHINCHALARI."
Наука и инновация
3.6 (2025): 52-58.
18.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH
TA’LIMDA
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
USULLARI
VA
AFZALLIKLARI."
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и
практические исследования
3.10 (2024): 39-41.
19.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O ‘ZBEKISTONDA AXBOROT
HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI."
Решение социальных проблем в
управлении и экономике
3.4 (2024): 45-57.