YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
116
TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELINING MOHIYATI
Avilov Nematjon
Andijon davlat texnika instituti “Buxgalteriya hisobi va
menejment” kafedrasi o‘qituvchisi
Komiljonov Abdulaziz Sherzodbek o‘g‘li
Andijon davlat texnika instituti Muhandislik iqtisodiyoti va
boshqariv fakulteti BIA-115-guruh 4-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15420992
Annotatsiya:
Mazkur maqolada tijorat banklari kredit portfelining iqtisodiy mohiyati,
uning tuzilmasi va sifat ko‘rsatkichlari yoritiladi. Kredit portfeli bank aktivlarining asosiy
qismini tashkil etib, bankning daromad manbai hamda moliyaviy barqarorligini belgilovchi
asosiy omildir. Maqolada kredit portfeli tarkibida foizli va foizsiz kreditlar, muddati, ta'minoti
va mijozlar toifasiga ko‘ra farqlanishi tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
kredit, portfel, risk, modernizatsiya.
Annotation:
This article explores the economic essence, structure, and quality
indicators of the credit portfolio of commercial banks. The credit portfolio represents the
main part of a bank’s assets and serves as a key source of income and financial stability. The
article analyzes distinctions in credit types based on interest terms, maturity, collateral, and
borrower categories.
Keywords:
credit, portfolio, risk, modernization.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va
moliyaviy tizimni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar
bank tizimining ham sifat jihatidan yangilanishini talab qilmoqda. So‘nggi yillarda tijorat
banklarini transformatsiya qilish, ularning kapital bazasini mustahkamlash, xalqaro moliya
institutlari
bilan
hamkorlikni
kengaytirish
orqali
bank-moliya
sektorining
raqobatbardoshligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, kredit resurslarini real
iqtisodiyotga yo‘naltirish, moliyaviy vositachilik sifatini oshirish va zamonaviy bank
xizmatlarini joriy etish orqali banklarning iqtisodiy o‘sishdagi roli yanada kuchaymoqda.
Bank tizimining asosiy funksiyalaridan biri bu – kreditlash hisoblanadi. Kreditlash orqali
ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, uy-joy qurilishi va boshqa ko‘plab sohalarga
moliyaviy qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatiladi. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida vaqtincha bo‘sh
turgan pul mablag‘larini samarali foydalanish uchun boshqa subyektlarga vaqtincha asosda
ajratish jarayonini bildiradi. Shu bois, har qanday bank faoliyatining muvaffaqiyati, birinchi
navbatda, uning kredit siyosati, mijozlar bilan ishlash qobiliyati va qarzlarning qaytarilish
darajasiga bog‘liqdir.
Shu nuqtai nazardan, bank kredit portfelining shakllanishi, tuzilmasi va sifati alohida
ahamiyat kasb etadi. Kredit portfeli bank tomonidan mijozlarga berilgan barcha kreditlarning
yig‘indisidir. G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti) professori Natalya
Prodanovaning ta’rifiga ko‘ra:
«Oddiy so‘zlar bilan aytganda, kredit portfeli — bu bankning barcha kredit
majburiyatlari yig‘indisidir. Bu majburiyatlarga iste’mol kreditlari, ipoteka kreditlari,
avtokreditlar, biznes uchun beriladigan kreditlar, kredit kartalari kabi turli xil kredit turlari
kiradi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
117
Kredit portfeli tarkibiga, shuningdek, mijozlar tomonidan taqdim etilgan turli xil
ta’minot va kafolatlar ham kiritilishi mumkin. Aynan mana shu omillar kredit portfelining
tuzilmasini shakllantiradi». Xalqaro Kichik va o‘rta tadbirkorlik assotsiatsiyasi rezidenti va
spikeri, Artem Pedanning tushuntirishicha:
«Kredit portfelini shakllantirish moliyaviy mablag‘larga muhtoj bo‘lgan mijozlarni jalb
qilishdan boshlanadi. Bank potentsial qarz oluvchilarning kreditga layoqatini tahlil qiladi va
ularga kredit ajratish bilan bog‘liq risklarni baholaydi. Ushbu tahlil asosida bank kimga,
qanday shartlar asosida kredit berishni belgilaydi.
Kredit portfeli tarkibiga turli xil kredit mahsulotlari kiradi, jumladan:
ipoteka kreditlari;
avtokreditlar;
iste’mol kreditlari;
kredit kartalari;
boshqa kredit turlari.
Har bir kredit mahsuloti o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular orasida kredit
summasi, to‘lov muddati, foiz stavkasi va taqdim etish shartlari mavjud bo‘ladi».
U bank aktivlarining asosiy qismini tashkil qilib, daromad keltiruvchi vosita va
bankning moliyaviy barqarorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Kredit portfelining
diversifikatsiyasi, risk darajasi, tuzilmaviy tarkibi va monitoringi bank faoliyatining
samaradorligi va xavfsizligini ta’minlaydi. Shunday ekan, kredit portfelining mohiyatini
chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni tahlil qilish va takomillashtirish yo‘llarini aniqlash
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shuningdek, kredit operatsiyalarini olib
borishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar banklar daromadining kamayishiga, ba’zi hollarda
ularning sinib ketishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli banklarning kredit portfeli va uning
sifatini nazorat qilib borish tijorat banklarining samarali faoliyatining garovididir. Aynan
kredit portfelini oqilona boshqarish kredit risklarini kamaytirishning omili hisoblanadi.
Kredit portfelining mohiyatini ochib berishda quyidagi omillarni inobatga olish zarur.
Bular:
kreditlar bo‘yicha risk darajasi;
kredit berish obyektlari;
kreditdan foydalanish muddati;
kreditning hajmi va ta’minlanganligi;
mijozning moliyaviy holati, mulk shakli va b.
“Kredit portfeli faqat normal kreditlarni emas, balki muddati o‘tgan kreditlarni ham o‘z
ichiga oladi. Bu omillarni e’tiborga olish tijorat banklarining kredit portfelini shakllantirishda,
ularning faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilishda katta ahamiyatga ega. Kredit risklarining darajasi
yorlig‘i banklar va bizning banklarimiz amaliyotida ham banklarning kredit portfeli
faoliyatidagi mezonlardan asosiyisi hisoblanadi. Aynan shu risklarning darajasiga qarab,
kredit portfelining sifati aniqlanadi. Banklarning kredit portfelini baholash va tahlil qilish ham
mezonlarga asosan operatsiyalarni samarali boshqarishga imkon beradi”
1
.
Banklarning kredit portfelini tashkil etilishining asosiy maqsadi bankning kredit siyosati
sohasidagi strategiyasini ishlab chiqish, kreditlarning sifatini yuqori qilish va uni yaxshilash
1
A 15 Bank ishi: Darslik/Sh.Z. Abdullayeva; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi.- T.:”Iqtisod-
Moliya”, 2017. -392 b.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
118
sohasida choralar ishlab chiqishga xizmat beradi. Chunki buning bank berilgan kreditlarning
belgilangan limitlarga mos kelishi, kredit resurslardan foydalanish samaradorligi, mijozning
kamayish va kreditlarning sifatini yaxshilash kabi ko‘rsatkichlarning haqiqiy holatini tekshirib
borar ekan.
Iqtisodiy inqirozlar va retsessiya davrlarida to‘g‘ri va oqilona shakllantirilgan kredit
portfeli bankning bozor sharoitida omon qolishining asosiy omili hisoblanadi. “Oqilona
shakllantirilgan kredit portfeli” tushunchasi quyidagi mazmunni anglatadi:
- Har bir bitim bo‘yicha qaror kredit portfelining joriy holatidan kelib chiqqan holda
qabul qilinishi lozim. Har qancha kredit riski alohida qarz oluvchilar tomonidan yuzaga
kelayotgan bo‘lsa-da, turli qarz oluvchilarning kreditlari bitta portfelga birlashtirilganida
risklar oshishi yoki kamayishi mumkin. Shunday ekan, kredit portfelini shakllantirishda
portfelning umumiy holatidan kelib chiqish va mazkur qarz oluvchi ayni paytda portfelning
umumiy riskini oshiradimi yoki kamaytiradimi - shuni aniqlash zarur;
- Kredit bo‘yicha qaror bankning yuqoridan pastga yo‘naltiriladigan va barcha
darajalarda yaxshi tushuniladigan kredit siyosatiga muvofiq ravishda qabul qilinishi kerak. Bu
esa rahbariyatga kreditlar bo‘yicha standartlarni saqlab qolish, ortiqcha risklardan qochish va
bankning kelajakdagi rivojlanish imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi.
Banklarning kredit portfelini shakllantirish va boshqarish jarayoni – bu nafaqat
moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi, balki kredit faoliyatining umumiy samaradorligini
oshiruvchi muhim bosqichlardan biridir. Kredit portfelining sifatini baholashda, eng avvalo,
kredit risklari darajasi inobatga olinishi lozim. Buning uchun kreditlarning sifatini baholash
mezonlarini aniq belgilash, baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va amaliyotga
tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda ssudalarni asosiy toifalarga ajratish,
ularning foiz stavkalari asosida tavsiflanishini ta’minlash zarur.
Shuningdek, har bir kredit turini tavsiflash (yoki turkumlash) orqali ularni aniq
segmentlarga ajratish, risk darajalarini tahlil qilish imkonini beradi. Bu esa banklar uchun har
bir kredit guruhi bo‘yicha risk foizini aniq baholashga imkon yaratadi. Ayniqsa, kredit
portfelining umumiy xavfini tahlil qilishda har bir alohida kredit hamda umuman bank
miqyosida kredit riskining absolyut miqdorini aniqlash muhim sanaladi. Bu ko‘rsatkich bank
risklarini boshqarishda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari, banklar o‘z kredit faoliyatidagi potentsial yo‘qotishlarni oldindan
hisobga olib, kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash uchun yetarli miqdorda zaxira
shakllantirishlari lozim. Bu zaxiralarning miqdori aniq va ishonchli statistik ma’lumotlarga
asoslangan bo‘lishi kerak.
Kredit portfeli sifatini kompleks tahlil qilishda koeffitsiyentlar asosida baholash ham
samarali usullardan biri hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar bank faoliyatining kreditlash
jarayoniga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish imkonini beradi. Shuningdek, kredit
portfelining tarkibiy tuzilmasini doimiy ravishda optimallashtirish, ya’ni unga oid chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish zarur. Bunda yuqori darajadagi riskga ega
kreditlarni kamaytirish, diversifikatsiyani oshirish va muammoli kreditlarning ulushini
qisqartirish asosiy maqsad bo‘lib xizmat qiladi. Natijada, bank o‘zining moliyaviy
barqarorligini mustahkamlab, kredit portfelining daromadliligini oshirishga erishadi.
Xulosa qilganda, Tijorat banklarida kredit portfeli shakllantirish va foydalanish
jarayonining muvaffaqiyati bankning moliyaviy holati va uzoq muddatli rivojlanishiga
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
119
bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli, kredit portfelining sifatini oshirish, risklarni kamaytirish va
innovatsiyalarni joriy etish banklar uchun eng muhim strategik maqsadlarga aylanishi kerak.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Miralimovich A. M. TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELI SAMARADORLIGINI
OSHIRISHDA KREDIT SIYOSATINING O’RNI VA AHAMIYATI //Scientific Journal of Actuarial
Finance and Accounting. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 38-45.
2.
Sultanov,
E.
(2025).
TIJORAT
BANKLARIDA
KREDIT
PORTFELINI
DIVERSIFIKATSIYALASH DARAJASINI OSHIRISH.
Modern Science and Research
,
4
(3), 662–666.
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/76459
3.
A 15 Bank ishi: Darslik/Sh.Z. Abdullayeva; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus
ta`lim vazirligi.- T.:”Iqtisod-Moliya”, 2017. -392 b.
4.
https://research-journal.org/archive/12-31-2014-december/sushhnost-i-ponyatie-
kreditnogo-portfelya-kommercheskogo-banka
5.
https://brobank.ru/kreditnyj-portfel/