KOMPYUTER TARMOQLARI TURLARI: LOKAL, GLOBAL VA METROPOLITAN

Аннотация

Ushbu maqolada tarmoq texnologiyalarining rivojlanish tarixi, uning bosqichlari va muhim innovatsiyalar yoritiladi. Dastlabki kompyuter tarmoqlari 1960-yillarda paydo bo‘lib, ARPANET loyihasi orqali zamonaviy internetning asosi yaratilada. Keyinchalik Ethernet, TCP/IP protokollari va simsiz tarmoqlar kabi texnologiyalar rivojlandi. XXI asrda esa 5G, sun’iy intellekt integratsiyalangan tarmoqlar va IoT kabi ilg‘or yechimlar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu maqola tarmoq texnologiyalarining tarixiy taraqqiyoti va kelajakdagi tendensiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
111-115
71

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Qodirov , F. ., & Asadova , S. . (2025). KOMPYUTER TARMOQLARI TURLARI: LOKAL, GLOBAL VA METROPOLITAN. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 4(3), 111–115. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/76110
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada tarmoq texnologiyalarining rivojlanish tarixi, uning bosqichlari va muhim innovatsiyalar yoritiladi. Dastlabki kompyuter tarmoqlari 1960-yillarda paydo bo‘lib, ARPANET loyihasi orqali zamonaviy internetning asosi yaratilada. Keyinchalik Ethernet, TCP/IP protokollari va simsiz tarmoqlar kabi texnologiyalar rivojlandi. XXI asrda esa 5G, sun’iy intellekt integratsiyalangan tarmoqlar va IoT kabi ilg‘or yechimlar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu maqola tarmoq texnologiyalarining tarixiy taraqqiyoti va kelajakdagi tendensiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.


background image


111

KOMPYUTER TARMOQLARI TURLARI: LOKAL, GLOBAL VA METROPOLITAN

Qodirov Farrux Ergash o’g’li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Matematika va ta’limda axborot texnologiyasi

kafedrasi mudiri, Ilmiy rahbar

Asadova Shaxina Halim qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika yo’nalishi

2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15117486

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tarmoq texnologiyalarining rivojlanish tarixi, uning

bosqichlari va muhim innovatsiyalar yoritiladi. Dastlabki kompyuter tarmoqlari 1960-yillarda
paydo bo‘lib, ARPANET loyihasi orqali zamonaviy internetning asosi yaratilada. Keyinchalik
Ethernet, TCP/IP protokollari va simsiz tarmoqlar kabi texnologiyalar rivojlandi. XXI asrda
esa 5G, sun’iy intellekt integratsiyalangan tarmoqlar va IoT kabi ilg‘or yechimlar keng
qo‘llanilmoqda. Ushbu maqola tarmoq texnologiyalarining tarixiy taraqqiyoti va kelajakdagi
tendensiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.

Kalit so‘zlar:

Tarmoq texnologiyalari, Rivojlanish tarixi, ARPANET, Internet, Ethernet,

TCP/IP, Simsiz tarmoqlar, 5G, Sun’iy intellect, IoT (Internet of Things), Innovatsiyalar, Kelajak
tendensiyalari.

Kirish:

Tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi zamonaviy axborot jamiyatining

shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Bugungi kunda internet va telekommunikatsiya tizimlari
iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat va kundalik hayotning barcha jabhalariga chuqur
kirib kelgan. Biroq bu texnologiyalarning taraqqiyoti uzoq yillik izlanishlar, innovatsiyalar va
texnologik kashfiyotlar natijasi bo‘lib, ularning rivojlanish yo‘li turli bosqichlardan iborat.
Dastlabki kompyuter tarmoqlari XX asrning o‘rtalarida ilmiy va harbiy maqsadlar uchun
yaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda ular global miqyosdagi axborot almashinuvining asosiy
vositasiga aylangan. 1969-yilda AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan yaratilgan ARPANET
loyihasi zamonaviy internetning asosi bo‘lib, u kompyuterlarni o‘zaro bog‘lash va ma’lumot
uzatish imkoniyatini yaratdi. Keyingi bosqichlarda TCP/IP protokollari, Ethernet
texnologiyasi, Wi-Fi, mobil aloqa va optik tolali internet kabi innovatsiyalar tarmoq
infratuzilmasining yanada kengayishiga olib keldi.

Bugungi kunda 5G texnologiyasi, sun’iy intellekt (AI) asosida ishlovchi tarmoqlar, bulutli

hisoblash, Internet of Things (IoT) va blokcheyn kabi yangi texnologiyalar tarmoq
infratuzilmasini yanada samarali va xavfsiz qilishga qaratilgan. Ushbu maqolada tarmoq
texnologiyalarining tarixiy rivojlanish bosqichlari, ularning jamiyatga ta’siri hamda kelajakda
qanday yo‘nalishda rivojlanishi muhokama qilinadi.

Kompyuter tarmoqlari kompyuterlarni bir biriga bog'lash uchun xizmat

qiladi.Kompyuter tarmoqlari ulanish turiga(interfeys) ko'ra simli yoki simsiz bo'lishi mumkin.
Kompyuter tarmoqlari uch turga bo'linadi: lokal, mintaqaviy va global turlarga bo'linadi.
Lokal kompyuter tarmoqlari bir xona yoki binodagi kompyuterlarni birlashtiradi. Mintaqaviy
kom pyuter tarmoqlari ma'lum bir hudud tuman, viloyat yoky/ mamlakat kompyuter
tarmoqlarini birlashtiradi. Global kompyuter tarmoqlari mamlakatlardagi kompyuter
tarmoqlarini birlashtiradi. Global kompyuter tarmoqlari o'z ichiga minglab lokal kompyuter
tarmoqlarini o'z ichiga oladi. Kompyuter tarmoqlaridan foydalanishdan maqsad butun dunyo
kompyuterlari bilan aloqa o'rnatishdir. Kompyuter tarmoqlari orqali kompyuterlar o'rtasida
axborot almashinish mumkin. Kompyuter tarmoqlari yordamida bir kompyuterda hosil


background image


112

qilingan axborotni boshqa kompyuterlarga tezkor ravishda yetkazish mumkin.Kompyuter
tarmoqlaridan foydal anish juda katta ahamiyatga ega.

Kompyuter tarmoqlari turlari

: Lokal tarmoq - Lokal kompyuter tarmoqlari bir xona

yoki binodagi kompyuterlarni birlashtiradi.

Mintaqaviy tarmoq -

Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari ma'lum bir hudud tuman,

viloyat yoki mamlakat,kompyuter tarmoqlarini birlashtiradi.

Global tarmoq

- Global kompyuter tarmoqlari mamlakatlardagi kompyuter

tarmoqlarini birlashtiradi.

Kompyuter tarmoqlari TCP/IP bilan uzviy bog'liqlikda ishlaydi. TCP/IP qisqartmasi

Transmission Control Protocol va Internet Protocol dan tashkil topgan.Tarmoqqa ulangan
barcha kompyuterlar o'z IP manziliga ega bo'ladi. IP manzil qaysi kompyuterdan qays
kompyuterga xizmat ko'rsatilishini aniqlash uchun kerak bo'ladi. Tarmoqda bir xil IP
manzilga ega ikkita kompyuter bo' lishi mumkin emas.Kompyuterlar IP manzillarsiz
kompyuter tarmoqlarini tashkil qilolmasdi.

Tarmoq texnologiyalari

- Tarmoq texnologiyalari kompyuter tarmoqlarini tashkil etish

qonun-qoidalarini,dasturiy va texnik ta'minotini o'z ichiga oladi. Kompyuter tarmoqlari
ulanish turiga(interfeys) ko'ra simli yoki simsiz

po'lishi mumkin. Kompyuter tarmoqlarida asosan raqam li signallardan foydalaniladi

Kompyuterni o'zi ham raqamli signallar bilan ishlaydi. Kompyuter tarmoqlariga misollar:
Ethernet, Internet, Bluetooth, Wi-Fi, WiMax va boshqalar.

Ethernet - simli lokal tarmoqlarni tashkil qilishda yoki kompyuterlarni simli ulash uchun

ishlatiladi. Kompyuter ushbu tarmoqlar bilan ishlashi uchun RJ-45 portidan foydalaniladi,
Ikkita kompyuter shu port orqali sim bilan ulanadi. Agar ikkita kompyuter emas, undan ko'p
kompyuter ulanishi kerak bo'lsa, Hub, Switch lardan foydalaniladi.Shuningdek modem yoki
routerlardan foydalanish mumkin, ular ham RJ-45 portiga ega bo'ladi.

Bluetooth

- Ikki kompyuterni simsiz ulanishi uchun ishlatiladi.Asosan ma'lumot

almashinish uchun ishlatiladi. Lekin Bluetooth texnolog/yasida boshga xizmatlar ham bor.
Bluetooth 2.4Ghz chastota diapazonida ishlaydi. Kompyuter Bluetooth tarmoqlar bilan ishlay
olishi uchun Bluetooth kengaytirish kartasi kerak bo'lishi mumkin. Blutooth - Ko'k tish
degani.WPAN - Wireless Personal Area Network - Simsiz shaxsiy tarmoq texnologiyasi
hisoblanadi. Wi-Fi simsiz lokal tarmoqlarni tashkil qilishda yoki kompyuterlerni simsiz ulash
uchun ishlatiladi. Asosan kompyuterlarni WiFi] internetga ulask uchun ishlatiladi. Wi-Fi
2.4Ghz yoki 5Ghz chastota diapazonida ishlaydi. Kompyuter Wi-Fi tarmoqlar bilan ishlay
olishi uchun WiFi kengaytirish kartasi kerak bo'lishi mumkin. Wi-Fi - Wireless-Fidelity -
Simsiz vafolik degani. WLAN - Wireless Local Area Network - Simsiz mahalliy tarmoq
texnologiyasi hisoblanadi.

Internet -Internet qisgartmasi Interconnected Network so'zlaridan tashkil/topgan.

Butun dunyodagi mavjud bo'lgan deyarli barcha kompyuter tarmoqlarini o'z ichiga olgan eng
katta kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Internet tarmog'iga ulangan kompyuter, internetga
ulangan boshqa kompyuter tarmoqlari yoki kompyuterlar bilan axborot Imashinadi yoki turli
xil xizmatlardan foydalanadi. Har bir internetga ulangan kompyuter o'z navbatida lokal,
mintaqaviy va global tarmoqlarn/ bir nechtasiga ulangan bo'ladi. Internet tarmoqlar aro
ishlaydi, o'z ichiga ko'plab kompyuter tarmoqlarini oladi. Internetga ulanish to'g'ridan to'g'ri
amalga oshirilmaydi. Sabab butun dunyoni tarmoqlar bilan qoplash oson ish emas va


background image


113

qimmatga tushadi. shuning uchun internetga ulanish telefon tarmog'i orqali amalga oshiriladi.
Telefon analog signallar bilan ishlaydi, kompyuter esa raqamli signallar bilan ishlaydi.
Kompyuterni shundayligicha telefon tarmog'iga ulab bo'lmaydi. Ulashimiz uchun
modemqurlmasi kerak bo'ladi. Modem qisqartmasi Modulator va Demodulator so'zlaridan
tashkil topgan. Modulator -raqamli signalni analog signalga aylantirish va Demodulator -
analog signalni raqamli signalga aylantirishdir. Shu ikki vazifani modem amalga oshiradi.
Modem so'zi Mo - modulator va Dem - demodulator so'zlarining qo'shilmasidir. Turli
modemlar internetga turli xil ulanish texnologiyasiga ega bo'ladi. Misol: ADSL,VDSL, Dial-UP
va boshga texnologiyalarda ishlaydigan modemlar bor. Ammo telefon tarmog'i orqali
internetga ulanilganda internet tezligi past bo'ladi. Hozirgi kunda telefon tarmog'i orqali
internetga ulanish zamon talabiga Javob bermaydi.Shuning uchun Optik kabellar internetga
ulanish uchun ishlatilyapdi. Bunda tezligi ancha yuqori bo'ladi.

Intranet-biror yurodik shaxs (vazirlik, kompanya, tashklot,korxona, ta'lim muassasalari

va shunga o'xshash)ga tegishli kompyuter tarmog'i bo'lib, u jnteretda sinovlardan yaxshi
o'tgan axborot texnologiyalari asosida yar atiladi.

Mavzuga doir adabiyotlar tahlili:

Tarmoq texnologiyalarining rivojlanish tarixi va hozirgi tendensiyalari bo‘yicha ilmiy

manbalar, kitoblar va tadqiqot maqolalari keng o‘rganilgan. Ushbu bo‘limda tarmoq
texnologiyalariga oid muhim ilmiy asarlar, ularning asosiy mazmuni va mualliflarning
qarashlari bayon qilinadi.

Tarmoq texnologiyalarining asoslari, Tarmoq texnologiyalari bo‘yicha fundamental

adabiyotlardan biri Andrew S. Tanenbaum va David J. Wetherall tomonidan yozilgan
"Computer Networks" kitobidir. Kitobda lokal va global tarmoqlar (LAN, WAN, MAN) ishlash
mexanizmlari ham atroflicha yoritilgan.Internet va uning rivojlanishi.Internet tarixiga oid
muhim manbalardan biri John Naughton’ning "A Brief History of the Future: The Origins of
the Internet" kitobidir. Ushbu asarda ARPANET’ning yaratilishi, internetning rivojlanish
bosqichlari hamda uning jamiyatga ta’siri haqida batafsil ma’lumot berilgan. Simsiz aloqa va
mobil tarmoqlar: William Stallings’ning "Wireless Communications and Networks" asari
simsiz aloqa va mobil tarmoqlar rivojlanishiga bag‘ishlangan muhim manbalardan biridir.
Unda Wi-Fi, Bluetooth, 3G, 4G va 5G texnologiyalari, ularning ishlash tamoyillari va
kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, 5G texnologiyalari
bo‘yicha Martin Sauter tomonidan yozilgan "From GSM to LTE-Advanced Pro and 5G: An
Introduction to Mobile Networks and Mobile Broadband" kitobi mobil aloqa tizimlarining
evolyutsiyasini tahlil qiladi va 5G’ning asosiy imkoniyatlari haqida tushuncha beradi.

Sun’iy intellekt va tarmoq xavfsizligi bugungi kunda tarmoq xavfsizligi va sun’iy intellekt

(AI) asosida boshqariladigan tarmoqlar bo‘yicha ham ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bruce
Schneier’ning "Secrets and Lies: Digital Security in a Networked World" asari kiberxavfsizlik
masalalariga bag‘ishlangan. AI asosida tarmoqlarni boshqarish bo‘yicha esa Peter
Harrington’ning "Machine Learning in Action" kitobi sun’iy intellekt texnologiyalarining
tarmoq optimizatsiyasi va xavfsizlik sohasida qo‘llanilishi haqida qimmatli ma’lumotlar
taqdim etadi. Kelajak texnologiyalari va tarmoq innovatsiyalari Kevin Kelly’ning "The
Inevitable: Understanding the 12 Technological Forces That Will Shape Our Future" kitobi
kelajakdagi innovatsion texnologiyalar, jumladan IoT, bulutli hisoblash, blokcheyn va sun’iy
intellektning tarmoq texnologiyalariga ta’siri haqida prognozlar beradi.


background image


114

Xulosa va takliflar

:

Tarmoq texnologiyalarining rivojlanish tarixi zamonaviy axborot jamiyatining

shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Dastlabki kompyuter tarmoqlari ilmiy va harbiy maqsadlar
uchun yaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda ular inson hayotining ajralmas qismiga aylandi.
ARPANET tizimining yaratilishi bilan boshlangan ushbu jarayon TCP/IP protokollarining
ishlab chiqilishi, Ethernet va Wi-Fi texnologiyalarining rivojlanishi, mobil aloqa tizimlarining
takomillashuvi va internetning jadal taraqqiyoti bilan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugungi
kunda tarmoq texnologiyalari sun’iy intellekt, 5G, IoT va bulutli hisoblash kabi innovatsiyalar
bilan boyitilib, global axborot almashinuvining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Kelajakda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi yanada yuksak pog‘onaga ko‘tarilishi
kutilmoqda. Sun’iy intellekt yordamida o‘z-o‘zini boshqaruvchi tarmoqlar, kvant hisoblash
texnologiyalari va yanada yuqori tezlikdagi ulanish imkoniyatlari inson hayotini yanada
osonlashtirish va samaradorlikni oshirish uchun xizmat qiladi.Ushbu tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki, tarmoq texnologiyalari sohasidagi innovatsiyalar global iqtisodiyot, fan, ta’lim va
kundalik hayotda inqilobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarishda davom etadi. Shu sababli, ushbu
sohani chuqur o‘rganish va yangi texnologiyalarni rivojlantirishga e’tibor qaratish kelajak
taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Qodirov, F. E., D. A. Akbarova, and S. H. Shokirov. "SOFTWARE FOR WORKING WITH

COMPUTER GRAPHICS AND THEIR TASKS. APPLICATION OF DIGITAL IMAGE PROCESSING
FIELDS." (2021): 57-58.
2.

Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of

electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования
15 (99) (2020): 31-36.
3.

Kodirov, F. E., and J. E. Nematov. "BASIC TECHNOLOGY AND SERVICE

MANAGEMENTMULTISERVICE NETWORKS." Инновации в технологиях и образовании: сб.
ст. участников XII Между (2019): 214.
4.

Қодиров, Ф. Э., and Ж. Э. Нематов. "РАЗВИТИЕ ЛОКАЛЬНОЙ СЕТИ НА ОСНОВЕ

ТЕХНОЛОГИИ GPON." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII
Между (2019): 288.
5.

Кодиров, Ф. Э., and М. У. Маматмурадова. "РАЗРАБОТКА ЦИФРОВОЙ ПРОГРАММЫ

ШИФРОВАНИЯ И ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ." Инновации в технологиях и образовании:
сб. ст. участников XII Между (2019): 275.
6.

Абдирасулов, Ж. У., and Ф. Э. Кодиров. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ANGULAR JS ДЛЯ

СОЗДАНИЯ

ДИНАМИЧЕСКИХ

ВЕБ-САЙТОВ

И

ОПТИМИЗАЦИИ

ИХ

ПРОИЗВОДИТЕЛЬНОСТИ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников
XII Между (2019): 228.
7.

Qodirov, F. E., J. B. Zohidov, and H. I. Karamatova. "ADVANTAGES OF PROGRAMMING

LANGUAGES JAVASCRIPT, JAVA AND PYTHON." МОДЕЛИРОВАНИЕ И АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ
ТЕХНИЧЕСКИХ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СИСТЕМ. 2019.
8.

Qodirov, F. E., J. U. Abdirasulov, and J. E. Nematov. "FORMING GOVERNMENT AGENCY

WEBSITES WITH WORDPRESS CONTENT MANAGEMENT SYSTEM." Инновации в


background image


115

технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 219.
9.

Турдиев, У. К., and Ф. Э. Кодиров. "Задача Коши Для Одномерной Системы

Уравнений Типа Бюргерса Возникающей В Двухскоростной Гидродинамике."
Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XI Между (2018): 349.
10.

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical

services through econometric modeling and forecasting options." academy. uz/index. php/yo.
11.

Qodirov, F. "ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF IMMITATION TRAINING."

ACUMEN: International journal of multidisciplinary research 2.2 (2025): 296-301.
12.

Qodirov, Farrux, Sabrina Turayeva, and Sevinch Negmatova. "EKOTURIZM ORQALI

TABIIY

RESURSLARDAN

BARQAROR

FOYDALANISH."

Журнал

академических

исследований нового Узбекистана 2.1, 2-qism (2025): 4-8.
13.

Qodirov, Farrux, and Jasmina Murodulloyeva. "O'ZBEKISTONDA RAQAMLI

IQTISODIYOT." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
3.15 (2024): 178-181.
14.

Qodirov, Farrux, and Mushtariy Musayeva. "AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING O'ZIGA

XOS JIHATLARI VA INSONNING TUTGAN O'RNI." Инновационные исследования в
современном мире: теория и практика 3.15 (2024): 41-48.

Библиографические ссылки

Qodirov, F. E., D. A. Akbarova, and S. H. Shokirov. "SOFTWARE FOR WORKING WITH COMPUTER GRAPHICS AND THEIR TASKS. APPLICATION OF DIGITAL IMAGE PROCESSING FIELDS." (2021): 57-58.

Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования 15 (99) (2020): 31-36.

Kodirov, F. E., and J. E. Nematov. "BASIC TECHNOLOGY AND SERVICE MANAGEMENTMULTISERVICE NETWORKS." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 214.

Қодиров, Ф. Э., and Ж. Э. Нематов. "РАЗВИТИЕ ЛОКАЛЬНОЙ СЕТИ НА ОСНОВЕ ТЕХНОЛОГИИ GPON." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 288.

Кодиров, Ф. Э., and М. У. Маматмурадова. "РАЗРАБОТКА ЦИФРОВОЙ ПРОГРАММЫ ШИФРОВАНИЯ И ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 275.

Абдирасулов, Ж. У., and Ф. Э. Кодиров. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ANGULAR JS ДЛЯ СОЗДАНИЯ ДИНАМИЧЕСКИХ ВЕБ-САЙТОВ И ОПТИМИЗАЦИИ ИХ ПРОИЗВОДИТЕЛЬНОСТИ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 228.

Qodirov, F. E., J. B. Zohidov, and H. I. Karamatova. "ADVANTAGES OF PROGRAMMING LANGUAGES JAVASCRIPT, JAVA AND PYTHON." МОДЕЛИРОВАНИЕ И АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ ТЕХНИЧЕСКИХ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СИСТЕМ. 2019.

Qodirov, F. E., J. U. Abdirasulov, and J. E. Nematov. "FORMING GOVERNMENT AGENCY WEBSITES WITH WORDPRESS CONTENT MANAGEMENT SYSTEM." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 219.

Турдиев, У. К., and Ф. Э. Кодиров. "Задача Коши Для Одномерной Системы Уравнений Типа Бюргерса Возникающей В Двухскоростной Гидродинамике." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XI Между (2018): 349.

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical services through econometric modeling and forecasting options." academy. uz/index. php/yo.

Qodirov, F. "ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF IMMITATION TRAINING." ACUMEN: International journal of multidisciplinary research 2.2 (2025): 296-301.

Qodirov, Farrux, Sabrina Turayeva, and Sevinch Negmatova. "EKOTURIZM ORQALI TABIIY RESURSLARDAN BARQAROR FOYDALANISH." Журнал академических исследований нового Узбекистана 2.1, 2-qism (2025): 4-8.

Qodirov, Farrux, and Jasmina Murodulloyeva. "O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 3.15 (2024): 178-181.

Qodirov, Farrux, and Mushtariy Musayeva. "AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING O'ZIGA XOS JIHATLARI VA INSONNING TUTGAN O'RNI." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 3.15 (2024): 41-48.