O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT

Аннотация

Ushbu maqola statistika faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish mavzusiga bag'ishlanadi. Maqolada statistik maʼlumotlarning o'ziga xos jihatlari, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari, shuningdek statistika tizimida "Raqamli Oʻzbekiston-2030" strategiyasining asosan amalga oshirilgan va amaliyotga joriy etilgan loyihalar kabi masalalar ko'rib chiqilgan.Raqamli iqtisodiyot dunyo miqyosida global iqtisodiyotni shakllantiruvchi asosiy omillardan biriga aylanib bormoqda. Informatsion texnologiyalar va raqamlashtirish jarayonlari iqtisodiyotning turli sohalarida inqilobiy o'zgarishlar olib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻlida qator islohotlarni amalga oshirib, bu yo'nalishda jadal qadamlar tashlamoqda. Ushbu maqolada O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning ahamiyati, rivojlanish tendensiyalari, mavjud imkoniyatlar va yechimini kutayotgan muammolar tahlil qilinadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
178-181
283

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Qodirov , F., & Murodulloyeva , J. . (2024). O’ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 3(15), 178–181. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/63092
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola statistika faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish mavzusiga bag'ishlanadi. Maqolada statistik maʼlumotlarning o'ziga xos jihatlari, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari, shuningdek statistika tizimida "Raqamli Oʻzbekiston-2030" strategiyasining asosan amalga oshirilgan va amaliyotga joriy etilgan loyihalar kabi masalalar ko'rib chiqilgan.Raqamli iqtisodiyot dunyo miqyosida global iqtisodiyotni shakllantiruvchi asosiy omillardan biriga aylanib bormoqda. Informatsion texnologiyalar va raqamlashtirish jarayonlari iqtisodiyotning turli sohalarida inqilobiy o'zgarishlar olib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻlida qator islohotlarni amalga oshirib, bu yo'nalishda jadal qadamlar tashlamoqda. Ushbu maqolada O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning ahamiyati, rivojlanish tendensiyalari, mavjud imkoniyatlar va yechimini kutayotgan muammolar tahlil qilinadi.


background image

178

O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT

Qodirov Farrux

Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Informatika va uni o‘qitish metodikasi”

kafedrasi mudiri

Murodulloyeva Jasmina Najim qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

“Matematika va informatika” yo‘nalishi 2- bosqich talabasi

jmurodulloeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14511640

Annotatsiya:

Ushbu maqola statistika faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish

mavzusiga bag'ishlanadi. Maqolada statistik maʼlumotlarning o'ziga xos jihatlari,
mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari, shuningdek statistika
tizimida "Raqamli Oʻzbekiston-2030" strategiyasining asosan amalga oshirilgan va amaliyotga
joriy etilgan loyihalar kabi masalalar ko'rib chiqilgan.Raqamli iqtisodiyot dunyo miqyosida
global iqtisodiyotni shakllantiruvchi asosiy omillardan biriga aylanib bormoqda. Informatsion
texnologiyalar va raqamlashtirish jarayonlari iqtisodiyotning turli sohalarida inqilobiy
o'zgarishlar olib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
yoʻlida qator islohotlarni amalga oshirib, bu yo'nalishda jadal qadamlar tashlamoqda. Ushbu
maqolada O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning ahamiyati, rivojlanish tendensiyalari,
mavjud imkoniyatlar va yechimini kutayotgan muammolar tahlil qilinadi.

Tayanch so‘zlar

: elektron tijorat(e-commerce), sun'iy intellekt(AI),YAIDXP, elektron

raqamli imzo(ERI),IT, elektron hukumat(e-government), raqamli O'zbekiston-2030, raqamli
iqtisodiyot.

Аннотация:

Данная статья будет посвящена теме использования цифровых

технологий в статистической деятельности.В статье рассматриваются такие вопросы,
как специфика статистических данных, тенденции развития цифровой экономики в
нашей стране, а также проекты стратегии "цифровой Узбекистан-2030", в основном
реализованные и внедренные в практику в системе статистики.Цифровая экономика
становится одним из ключевых факторов, формирующих мировую экономику во всем
мире. Информационные технологии и процессы цифровизации приводят к
революционным изменениям в различных секторах экономики. Республика
Узбекистан также предпринимает быстрые шаги в этом направлении, проводя ряд
реформ на пути развития цифровой экономики. В данной статье анализируется
значение цифровой экономики в Узбекистане, тенденции ее развития, имеющиеся
возможности и проблемы, ожидающие решения.

Ключевы

слова

:

электронная

коммерция(e-commerce),

искусственный

интеллект(Al), YAIDXP, электронная цифровая подпись ('i), IT,электронное
правительство(e-government), цифровой Узбекистан-2030, цифровая экономика.

Annotation:

This article will focus on the topic of the use of digital technologies in

statistical activities.The article covers such issues as the specifics of Statistics, Trends in the
development of the digital economy in our country, as well as projects implemented and put
into practice mainly by the strategy of "digital Uzbekistan-2030" in the statistical system.The
digital economy is becoming one of the main factors that shape the global economy on a global
scale. Informative technologies and digitization processes are bringing revolutionary changes
in various sectors of the economy. The Republic of Uzbekistan is also making a number of


background image

179

reforms towards the development of the digital economy, taking rapid steps in this direction.
This article will analyze the importance of the digital economy in Uzbekistan, development
trends, available opportunities and problems waiting for a solution.

Keywords

: e-commerce(e-commerce),artificial intelligence(AI),YAIDXP, electronic

digital signature(ERI),it, e-Government (e-government),Digital Uzbekistan-2030,digital
economy.

So'nggi yillarda Oʻzbekiston raqamli iqtisodiyot sohasida sezilarli yutuqlarga erishdi.

Elektron tijoratning jadal rivojlanishi, davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi, AKT
infratuzilmasining kengayishi va xalqaro hamkorliklar raqamli iqtisodiyotning jadal
surʼatlarda rivojlanishiga yordam bermoqda.

Raqamli iqtisodiyot-bu raqamli texnologiyalar, axborot tizimlari va internet asosida

shakllangan iqtisodiy faoliyatdir. Raqamli iqtisodiyotning asosiy omillari:

Elektron tijorat(e-commerce)-tovar va xizmatlarni onlayn tarzda sotish va sotib olish

jarayonlari.

Raqamli xizmatlar-moliyaviy texnologiyalar (fintech), ta'lim, sog'liqni saqlash va boshqa

sohalarda raqamlashtirilgan xizmatlar.

Big Data va Sun'iy intellekt(AI)-katta ma'lumotlar yordamida iqtisodiy jarayonlarni

optimallashtirish va samaradorlikni oshirish.

Bulutli texnologiyalar-korxonalar va tashkilotlar uchun axborotlarni xavfsiz saqlash va

ularga masofadan kirish imkoniyatlari.

O'zbekiston hukumati raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni milliy strategiyaning

ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. 2020-yil qabul qilingan "Raqamli
O'zbekiston-2030" dasturi mamlakatda raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish va turli
sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu dasturning
asosiy maqsadi bu elektron hukumat tizimini joriy etish orqali davlat xizmatlarini onlayn
rejimga o'tkazish va fuqarolar hamda tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratish. Shuningdek
ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamli texnologiyalar yordamida
samaradorlikni oshirish. Raqamli infratuzilmasini rivojlantirish ya'ni internet tarmoqlarining
kengaytirilishi, mobile aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT)joriy
etilishi va raqamli iqtisodiyot uchun malakali mutaxassislar tayyorlash va xalqaro mehnat
bozorida raqobatbardosh kadrlar yetishtirish raqamli iqtisodiyotning oldidagi muhim
maqsadlar O'zbekiston uchun raqamli iqtisodiyot bir nechta muhim afzalliklarni taqdim etadi
ya'ni raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, yangi
bozorlar ochilishiga va investitsiyalar jalb qilinishiga yordam beradi. Tadbirkorlikni
rivojlantirish maqsadida elektron tijorat va raqamli xizmatlar orqali tadbirkorlar o'z
bizneslarini global miqyosda kengaytirish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. Bunga misol
sifatida O'zbekistonda elektron to'lov tizimlarining rivojlanishi va xalqaro platformalarga
kirish imkoniyatlarining kengayganini koʻrsatib oʻtish mumkin. Korrupsiyaga qarshi
kurashishda Davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish va bu orqali
korrupsiya xavfini sezilarli darajada pasaytirish mumkin.Shu bilan birga raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishda bir qator muammolar ham yuzaga kelgan bulardan infratuzilmasi
yetishmovchiligi ya'ni aholining barcha qismi internet va zamonaviy texnologiyalarga teng
kirish imkoniga ega emas. Kadrlar yetishmasligi raqamli iqtisodiyot uchun zarur boʻlgan


background image

180

yuqori malakali AKT mutaxassislarning yetishmasligi raqamli transformatsiyani
sekinlashtirish mumkin.

Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot rivoji milliy iqtisodiyotning barqaror va jadal oʻsishi

uchun zarur boʻlgan omillardan biridir. Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish nafaqat
iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki ijtimoiy-iqtisodiy tenglikni ta'minlashga ham yordam
beradi. Biroq bu jarayon muvaffaqiyatli kechishi uchun mavjud muammolarni bartaraf etish
va raqamli infratuzilmani kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrilishi zarur.
"Raqamli Oʻzbekiston-2030"dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mamlakatni raqamli
iqtisodiyotning global salohiyatli ishtirokchisiga aylantirishi mumkin. Raqamli iqtisodiyot-bu
nafaqat iqtisodiy model, balki rivojlanishning yangi davridir.

"Raqamli Oʻzbekiston-2030" dasturi mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga

qaratilgan keng koʻlamli strategik hujjat boʻlib, uning muvaffaqiyatini oʻlchash uchun bir qator
mezonlar mavjud. Ushbu mezonlar dastur doirasida amalga oshirilgan islohotlarning
natijadorligini tahlil qilish va baholash imkonini beradi. Ushbu dasturning bosh maqsadi
davlat boshqarilishi va xizmatlarining raqamlashtirilishi: elektron hukumat tizimi orqali
davlat xizmatlarini toʻliq raqamlashtirish. Bu orqali fuqarolar va tadbirkorlarga xizmat
koʻrsatish jarayonlari soddalashtiriladi hamda raqamli infratuzilma rivojini oshirish bunda
internet qamrovi va tezligini oshirilishi. Raqamli iqtisodiyotning asosiy ustunlaridan biri bu
malakali kadrlarning mavjudligi. Oʻzbekistonda raqamli savodxonlik darajasini oshirish va
AKT sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha qator dasturlar amalga oshirilmoqda.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni

kuchaytirdi. Oʻzbekiston Huawei, Microsoft, IBM, Google kabi xalqaro texnologiya
kompaniyalari bilan hamkorlik oʻrnatib, AKT infratuzilmasini rivojlantirish yoʻlida qator
loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu kompaniyalar bilan hamkorlik Oʻzbekistonda raqamli
texnologiyalarni joriy etish va yangi innovatsion yechimlarni taqdim etishga yordam
bermoqda. Oʻzbekistonda elektron hukumat sohasidagi rivojlanishlar mamlakatning raqamli
iqtisodiyotiga muhim hissa qo‘shmoqda. Davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi, elektron
identifikatsiya tizimlarining kengayishi, mobil platformalar va xalqaro hamkorlik
mamlakatning raqamli infratuzilmasini kuchaytirish va fuqarolar uchun qulaylik yaratish
yo‘nalishida katta ahamiyatga ega. Elektron hukumat tizimining to‘laqonli shakllanishi
Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi, iqtisodiy faoliyat va jamiyatdagi shaffoflikni oshirishda
muhim rol o‘ynaydi.

Raqamli infratuzilmaning kengayishi, davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi, raqamli

iqtisodiyotning YaIMdagi ulushining oshishi, malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro integratsiya
va xavfsizlik kabi ko'rsatkichlar ushbu dastur doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning
qanchalik samarali ekanligini ko'rsatadi. Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda,
O'zbekiston global raqamli iqtisodiyotning faol ishtirokchisiga aylanishi mumkin va bu
mamlakatning iqtisodiy o'sishi va ijtimoiy farovonligini ta'minlashda muhim rol
o'ynaydi.Oʻzbekistonda raqamlashtirish jarayoni nafaqat iqtisodiy taraqqiyot va
samaradorlikni oshirishga, balki jamiyatning barqaror rivojlanishi va axborotga kirish
imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi, bu esa kelajak avlodlar uchun yangi
imkoniyatlar yaratadi va mamlakatimizni global raqobatda mustahkam o‘ringa olib chiqadi.


background image

181

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Elektron tijoratni jadal

rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3724-son Qarori. Toshkent sh. 2018-yil 14-
may. www.lex.uz.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning ““Raqamli O‘zbekiston –

2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF–6079-son Farmoni. Toshkent sh. 2020-yil 5-oktabr. www. lex.uz.
3.

S. N. Xamrayeva “O‘zbekistonda elektron savdo va elektron tijoratni rivojlantirishning

o‘ziga xos xususiyatlari” Innovatsion iqtisodiyot / 4.Инновационная экономика / The
Innovation Economy №1. 2023.
4.

Sunnatullo Do‘stov va boshqalar “Raqamli iqtisodiyot sharoitida biznes va tadbirkorlikni

rivojlantirishning dolzarb muammolari” https://cyberleninka.ru/article/n/234.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3724-son Qarori. Toshkent sh. 2018-yil 14-may. www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning ““Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6079-son Farmoni. Toshkent sh. 2020-yil 5-oktabr. www. lex.uz.

S. N. Xamrayeva “O‘zbekistonda elektron savdo va elektron tijoratni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari” Innovatsion iqtisodiyot / 4.Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023.

Sunnatullo Do‘stov va boshqalar “Raqamli iqtisodiyot sharoitida biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning dolzarb muammolari” https://cyberleninka.ru/article/n/234.