
115
передачу обучающемуся лишь базовых фоновых знаний, что сравнимо с процессом
аккультурации. Под этим процессом понимается принятие и усвоение личностью,
воспитанной в одной культуре, элементов культуры другой, незнакомой, как части
ставшего для него новым общества. Однако познание иностранной культуры в курсе
страноведения отличается от приобщения к ней же в процессе приобщения. В случае
последней возникает вероятность отдаления личности от своей исконной культуры, ее
замещение, в то время как страноведение не только расширяет и обогащает фоновые
знания ученика, но и помогает с помощью сравнения и сопоставления глубже проникнуть
в культуру собственной страны. При этом
школьник не только остается ее носителем, но и становится компетентным в ее вопросах.
СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ:
1.
Азимов Э.Г., Щукин А.Н. Новый словарь методических терминов и
понятий, 2009.
2.
Акимова О. С. Формирование страноведческой компетенции старших школьников //
Молодой ученый. 2016, №8. — С. 896-898.
3.
Ариян М.А. страноведение в преподавании иностранного языка в старших классах
средней школы // Иностранные языки в школе 2000
4.
Английский язык. 5-9 классы. М.: Дрофа, 2015. 112 с.
5.
Биболетова М.З., Денисенко О.А., Трубанева Н.Н. Английский язык: Английский с
удовольствием / Enjoy English: Учебник для 6 класса общеобразовательных учреждений
Обнинск: Титул, 2014. 200 с.
6.
Бурмакина Л.В. Ролевые игры на уроках английского языка. Спб.: Каро, 2014. 144 с.
7.
Ваулина Е.Ю. Английский в фокусе. Книга для учителя. 6 класс. М.: Express
Publishing: Просвещение, 2008. 180 с.
8.
Ваулина Е.Ю., Дули Дж., Подоляко О.Е., Эванс В. Английский в фокусе. 6 класс. М.:
Express Publishing: Просвещение, 2008. 136 с.
9.
Верещагин Е.М. Костомаров В.Г. страноведческая теория слова - М. : Рус. яз., 2000
10.
Верещагин Е.М., Костомаров В.Г. Язык и культура: лингвострановедение в
преподавании русского языка как иностранного. М.: Просвещение, 1980. С. 36-38.
11.
Верещагин Е.М., Костомаров В.Г., «Язык и культура», М., 1973
ELEKTROTEXNIKA FANINI O`QITISHDA KO`RGAZMALI NAMOYISH
EKSPERIMENTAL METODLARNI QO`LLASHNI SAMARALI TOMONLARI
Akademik Sirojiddin Zaynobiddinov
Akademik Andijon davlat universiteti
To`lqinov Muhammad Ali Erkinjon oʻgʻli
Assistent Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oliy ta‘lim elektroenergetika talim yo`nalishi talabalari
uchun Elektrotexnika fanini dars jarayoniga kreativ yondashish orqali uni tashkil etish, o`quv
jarayonini qiziqarli tashkil etish usullaridan foydalanish, predmetlarni o`qitishda eksperimental
ko`rgazmali usullardan foydalangan holda o`rgatish metodlaridan foydalanib o`quv kursini
o`zlashtirish ko`rsatgichini oshirishning samarali tarflari ko`rilgan.
Kalit soʻzlar:
Eksperimental metod, ma‘ruza, ko`rgazmali, ko`rgazmali ma‘ruza,
nazariya, amaliy, kreativlik , innovatsiya, pedagogika, o`rganishga ta‘sir etuvchi omillar.
Elektrotexnikadan ma‘ruza orqali uzatilayotgan axborotni talabalar tomonidan qabul
qilishlarida hozirgi kunda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali
o`zlashtirish ko`rsatgichini oshirish, yetuk mutaxassislar tayyorlashda o‘qitish metodikasining
dolzarb
masalalaridan
bo`lib
kelmoqda.
Bu ma‘noda elektrotexnikadan ma‘ruza
mashg`ulotlarida namoyish eksperimentlari hamda ko`rgazmali vositalari katta imkoniyatlarga
ega xisoblanadi. Namoyish eksperimentining boy didaktik imkoniyatlari axborot uzatishda ilg‘or

116
samarali texnologiyalarni joriy qilish imkonini beradi. Bu o‘quv jarayonida eksperimentdan
foydalanishning mavzuga aloqador holatda amaliyot bilan bog`lagan holda ishlata bilish bilan
bo`g`liq xisoblanadi.[1]
Namoyish eksperimentlarini muammoli ko‘rsatish, talabalarning fikrlash qobiliyatlarini
faollashtirishni boshqarishning turli usullaridan foydalanish imkoniyatlarini belgilaydi.
Ko‘rgazmali vositalardan foydalanishning samaradorligi psixologik-fiziologik omillarga bog‘liq.
Ma‘ruzachi o‘z bayonotida eksperimentni kiritish bilan talabalarning axborotni qabul qilish
psixologik holatini o‘zgartirgan holda ularga ijobiy ta‘sir ko`rsatadi. Ko‘rish va eshitish
kanallarining bir vaqtda ishlashi o‘quv axborotining ishonchli qabulini va xotirada mustahkam
joylashuvini ta‘minlaydi.[2]
Quyida, misol tariqasida, 20 minutga mo`ljallangan o`quv materialini muayyan ketma-
ketlikdagi turli metodlarini uyg`unlashtirish yordamida uzatish keltirilgan. Unga ko`ra, yangi
mavzuni bayoni 6-7 minutlik maruzadan boshlanishi, so`ng esa 3-4 minut ma‘ruza qilingan
o`quv materialini vizuallashtirish, ya‘ni unga doir ko`rgazmali materiallar eksoerimental amaliy
mashqlar asosida tushuntirish, 3-4 minut davomida esa, unga doir biror tajribani namoyish qilish
yoki biror misolni tahlil qilish va oxirida 6-7 minut davomida o`quv materialini
mustahkamlashga qaratilgan mustaqil yoki guruhiy amaliy mashq o`tkazish jarayonni samarali
tashkil etilishini ta‘minlaydi. Ta‘lim metodlaridan bunday uyg`unlikda va ketma-ketlikda
foydalanish natijasida, nafaqat ta‘lim oluvchilarning diqqatini jalb etish darajasini oshirish va
oxir oqibat ta‘lim samaradorligini oshirishga erishish mumkin. Buni keltirilgan chizmadan ham
ko`rish mumkin.[4]
1-rasm: Ta‘lim oluvchi diqqatining vaqtga nisbatan o`zgarib borishi
Psixologik-pedagogik nuqatai nazardan kuzatish shuni ko‘rsatdiki, berilayotgan
axborotning chuqur va barqarorligi o‘qitish uslubiga bog‘liqdir.
Quyida eksperimental axborotni muammoli uzatish imkoniyatlarini namoyish
eksperimentlarida ko‘ramiz. Namoyish eksperimentlarining bunday ko‘rsatish, davriy muammoli
vaziyatlarni vujudga keltirish va muammoni yechish ketma-ketligi ayrim hollarda talabalarning
faoliyatini kuchaytirish orqali ularning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini faollashtirish imkonini
beradi.[3]
Namoyish eksperimentlarini muammoli ko‘rsatishning quyidagi turlarini ko`rib
chiqsak. Bu usullarning bir-biridan farqi ko‘rsatish uslubi, ko‘rgazmaliligi (haqiqiy
eksperiment, o‘quv filmi, o‘quv plakati, slayd, foto, videomateriallar va b.) hamda muammoli
bosqichlardan iboratligida bo‘lib, talabalarning uzatilayotgan axborotni ko`rgan holda mustaqil
fikrlashlaridan iboratdir.
1. Eksperiment mazmunini o‘qituvchi tomonidan hal qilish.

117
Bu holda eksperimentning mazmunini ochishda auditoriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oraliqda
javobi o`zida aksini topgan qoidalariga asoslangan holda savollar qo‘yiladi. O‘qituvchi
tomonidan namoyish eksperimentlarni mazmunini muammoli uslub bilan talabalarga yetkaziladi,
munozarali savollar qo‘yilishi ularning fikrlashlarini yaxshilab mavzu bo`yicha ma‘lumotlarni
o`zlashtirishlarini oshiradi.
2. Namoyish eksperimentining mazmunini baxs munozara orqali yechish.
Bu uslubda o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan namoyish eksperimenti orqali ochiladigan
voqea va xodisalar, o‘qituvchi bergan nazariy mazmunga va eksperiment natijalariga qarama-
qarshi chiqishi ko`zda tutiladi, bu hol aqliy fikrlash imkoniyatini oshiradi, hamda baxs
munozaralar orqali jarayon oydinlashtiriladi.
3. Namoyish eksperimentining mazmunini suhbat usulida ochish.
Bu uslubda o‘qituvchi namoyish eksperimentini ko‘rsatish jarayonida talabalar bilan
suhbat (dialog)da bo‘ladi. Dialog davomida talabalardan ilgari suriladigan ilmiy holatlarni
asoslash va isbot qilish, kuzatilayotgan hodisani tahlil qilish, xulosalarni mustaqil ifodalab berish
talab qilinadi. Ushbu holda dialog faqatgina savol va javob faoliyatidan iborat bo‘lmasdan, u
izlanuvchan tadqiqot suhbatidan iborat bo`lishiga katta ahamiyat qaratish kerak. Bu uslubda ham
o`qituvchi tomonidan vujudga keltirilgan muammoviy vaziyat muammoli savollar qo‘yish orqali
talabalar bilan birgalikda yechiladi.
Talabalarga dars jarayonini tashkil etishda ko`rgazmali namoyish eksperimentar
uslublardan foydalanish orqali mavzu mazmunini ochishning samarali yuqorida korgan
uslublarni qo`llash dars jarayonidagi o‘qituvchining boshqaruv rolini oshirish va talabalarning
mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘sib borishini, o`zlashtirish ko`rsatgichlarni yaxshilashni hamda
talabalarning muammolarni yechishga ijodiy ishtirok etishlari kabi qobiliyatlarini rivojlatrishga
asos bo`ladi.[5]
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
A.S. Karimov, M.Ibadullayev, B.Abdullayev. ―Elektrotexnikaning nazariy asoslari‖
Darslik. T.: <<Fan va texnologiya>> 2017 y
2.
M.Jo`rayev, B.Sattorova. ―Fizika va astronomiya o`qitish nazariyasi va metodikasi‖
O`quv qo`llanma. T.: <<fan va texnologiya>> 2015 y
3.
H.T.Omonov, N. X. Xo`jayev, S.A. Madyorova, E.U. Eshchonov. ―Pedododik
texnologiyalar va pedagogik mahorat‖ Darslik. T.: <<Iqtisod moliya >> 2009 y
4.
M.U Dexkanova. ―Kasb ta`limi metodikasi‖ o`quv qo`llanma. ToshTYMI. T.: 2019 y
5.
S. Zaynobiddinov, M. To`lqinov 2022 ―Ko`p fazali elektr zanjirlari mavzusini samarali
o`qitish metodini ishlab chiqish‖ NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_4-son 555-562
UMUMTA‘LIM MAKTABLARIDA SAVIYALI TABAQALASHTIRISHNI SAMARALI
AMALGA OSHIRISH SHARTLARI
Xayitmuradov Sherzod Sag‗dullayevich,
Aktamov Husan Sanaqulovich
Sh.Rashidov nomidagi SamDU O‗zbekiston-
Finlandiya pedagogika instituti o‗qituvchilari
Annotatsiya:
Bu maqolada matematikani shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishda saviyali
tabaqalashtirish texnologiyasi bayon etiladi. Bundan tashqari, ta‘limning variativligi hamda
o‘quvchilarning shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish sharoitlarida tarbiyalash masalalarini amalga
oshirish bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit
so‗zlar
:
individuallashtirish,
saviyali
tabaqalashtirish,
mutaxassislik
tabaqalashtirish, sanoqchilar, yechuvchilar, ziyraklar.
O‘zbekiston Respublikasining kadrlarni tayyorlash milliy dasturi [1] da ta‘lim sistemasini
insonparvarlashtirish, uning har bir ta‘lim oluvchi shaxsiga yo‘naltirilganligi e‘tiborga olingan.