Радикализация как опасный социальный, духовный и идеологический феномен

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
60-65
0
0
Поделиться
Қуйсинова, Ф. (2024). Радикализация как опасный социальный, духовный и идеологический феномен. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(4), 60–65. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30006
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье анализируется проблема радикализации и ее внутреннее смысловое содержание. Раскрыта роль идеологии в глобализации и ее характерные черты. Идеология, являясь фундаментом, на котором строится террористическая деятельность, отражает ее целевую и ценностно-смысловую стороны. Ценностное содержание идеологии составляют идеи свободы и справедливости, имеющие субъективное значение и придающие смысл террористической деятельности. Также в статье проанализирован вопрос профилактики и борьбы с экстремизмом и радикализмом

Похожие статьи


background image

Alfraganus Universiteti

60

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

1

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Markaziy apparat xodimi. Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori,

PhD, dotsent. e-mail: fazilatflower@mail.ru. ORCID: 0009-0009 6521-7853

RADIKALLASHUV XAVFLI IJTIMOIY, MA’NAVIY VA

MAFKURAVIY HODISA SIFATIDA

RADICALIZATION AS A DANGEROUS SOCIAL, SPIRITUAL

AND IDEOLOGICAL PHENOMENON

РАДИКАЛИЗАЦИЯ КАК

ОПАСНЫЙ СОЦИАЛЬНЫЙ, ДУХОВНЫЙ И ИДЕОЛОГИ

-

ЧЕСКИЙ ФЕНОМЕН

Qo‘ysinova Fazilat Oripovna

1


background image

61

Alfraganus Universiteti

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Annotatsiya

aqolada radikallashuv muammosi, uning ichki semantik mazmuni tahlil

etilgan. Globallashuvda mafkuraning o‘rni va uning xarakterli xususiyatlarini ochib berilgan.

Mafkura, terrorchilik faoliyati quriladigan poydevor bo‘lib, uning maqsadli va qadriyat-semantik

tomonlarini aks ettiradi. Mafkuraning qadriyat mazmunini sub’ektiv ahamiyatga ega bo‘lgan va

terrorchilik faoliyatiga ma’no beruvchi erkinlik va adolat g‘oyalari tashkil etadi. Shuningdek,

maqolada ekstremizm va radikalizmni oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi tahlil

qilingan.

M

Abstract

he article analyzes the problem of radicalization and its internal semantic

content. The place of ideology and its characteristic features are revealed in globalization. Ideology

is the foundation on which terrorist activities are built, reflecting its purposeful and value-semantic

sides. The value content of ideology is formed by the ideas of freedom and Justice, which have

subjective significance and give meaning to terrorist activities. The article also analyzes the issue

of preventing and combating yextremism and radicalism.

T

Аннотация

статье анализируется проблема радикализации и ее внутреннее

смысловое содержание. Раскрыта роль идеологии в глобализации и ее характерные черты.

Идеология, являясь фундаментом, на котором строится террористическая деятельность,

отражает ее целевую и ценностно-смысловую стороны. Ценностное содержание идеологии

составляют идеи свободы и справедливости, имеющие субъективное значение и придаю

-

щие смысл террористической деятельности. Также в статье проанализирован вопрос про

-

филактики и борьбы с экстремизмом и радикализмом.

B

Tayanch so'zlar

globallashuv, mafkura, diniy ekstremizm, terrorizm, radikallashuv,

deradikalizatsiya, diniy reabilitatsiya, islomiy tarbiya, destruktiv g‘oyalar.

Ключевые слова:

globalization, ideology, religious yextremism, terrorism, radicalization,

deradicalization, religious rehabilitation, Islamic yeducation, destructive ideas.

Key words:

глобализация, идеология, религиозный экстремизм, терроризм, ра-

дикализация, дерадикализация, религиозная реабилитация, исламское

воспитание, деструктивные идеи.

KIRISH

B

archa mintaqalarda globallashuv jarayoni ijtimoiy-madaniy xodisalarga o‘zining turlicha

ta’sirini o‘tkazmoqda. Ushbu ta’sir ko‘lami dunyo mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy,

ijtimoiy, axborot, ma’naviy saloxiyati va geosiyosiy omillar bilan chambarchas bog‘liq. Bunday

sharoitda jamiyat havfsizligi xamda mamlakat barqarorligini ta’minlash hozirgi kunning dolzarb

muammosi hisoblanadi. Dunyo mikyosida globallashuv jarayonining kuchayishi natijasida

avj olib borayotgan ma’naviy va mafkuraviy tahdidlar, yot g‘oya va mafkuralar ta’sirida inson

qalbi va ongini zabt etishga xarakat tobora kuchayib bormoqda. Radikal mafkuraning tarqalishi,

insonlarning siyosiy, diniy, ijtimoiy, milliy, hududiy, etnik manfaatlarini manipulyatsiya qilish

orqali sodir bo‘lmoqda. Radikalizmning xalqaro miqyosda keng tarqalishi, global muammolardan

biri sifatida qayd yetilmoqda.

Radikalizatsiya va deradikalizatsiya masalasi nemis olimi Daniel Kyoler, Yevropa

davlatlaridagi radikallashuv jarayoni Karolin Goerzik va Xolid al-Hoshimiy, jazoni o‘tash

muassasalarida mahkumlarning radikallashuvi muammolari Daan Veggemans, Beatris de


background image

Alfraganus Universiteti

62

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Graaf, Inmakulado Marero Rocha, M.Umberto va Truxillo Mendoza tomonidan ko‘rib chiqilgan .

Jihodchilarni deradikalizatsiya qilish jarayoni Umar Ashur ilmiy asoslantirgan. Olim tadqiqotida

muvaffaqiyatli deradikalizatsiya sodir bo'lishi mumkin bo'lgan o'ziga xos jihatlar tahlil qilingan.

Radikalizmning xalqaro miqyosda yoyilishi, global muammolarning ushbu ijtimoiy hodisaga

ta’siri masalasi olimlar N.Jdanov, S.Samoylov, A.Arystanbekova, E.Tukumov va boshqalar

tadqiqotlarida yoritilgan .

Markaziy Osiyo ekspert va olimlari S.Qushkumboev, E.Karin, M.Laumulin, M.Abisheva,

T.Shaymergenova, M.Onuchkolar tadqiqotida xalqaro xavfsizlik muammolari tadqiq etilib

radikallashuv, ekstremizm, terarizm masalalari alohida e’tibor qaratilgan .

Manbalarda qayd yetilishicha radikalizm odatda har qanday qarashlarga, fikrlash tarziga,

kontseptsiyaga o‘ta murosasiz amal qilish deb tushuniladi. Ya.Yaxyaev ta’kidlashicha radikalizm

o‘ta tajovuzkor mafkuraga o‘ta buzg‘unchi harakatlarga asoslangan ijtimoiy-siyosiy faoliyat

bo‘lib, u butun ijtimoiy-siyosiy tuzumni o‘zgartirishga yo‘naltiriladi .

METOD

O

‘zining dastlabki ma’nosida radikalizm murosasizlikni anglatgan bo‘lsada, uni

zo‘ravonlik xususiyatiga ega, faqat buzg‘unchilikka yo‘naltirilgan voqelik deb

tushunish to‘g‘ri emas. Ko‘pgina mualliflar radikalizmni nafaqat destruktiv, balki taraqqiyotni

tezlashtiradigan ijobiy hodisalarning katalizatori deb qayd etishgan.

Shuningdek, radikalizm muammosiga bag‘ishlangan ayrim tadqiqotlarda bu atamaning

ta’rifi va mazmuniga nisbatan boshqacha yondashuvlar mavjud bo‘lib unda radikalizmning

ajralmas elementlari sifatida tajovuzkorlik va buzg‘unchilik keltirilib, ular g‘oya toifasidan radikal,

ko‘pincha noqonuniy faoliyat toifasiga o‘tishi asoslantirilgan.

ilmiy adabiyotlarda radikalizm turlari va tushunchalarning mohiyatiga oid aniq fikrlar to‘liq

shakllanmagan. Manbalarda radikalizm tushunchasi bir qancha ma’noda keltirilgan. Xususan:

-radikalizm siyosiy tendentsiya sifatida talqin qilishnib, unda ijtimoiy-siyosiy tizimga

tanqidiy yondashilib, radikal ijtimoiy o‘zgarishlar va siyosiy islohotlar zarurligi ta’kidlanadi.

Bunda radikalizm faqat ijtimoiy-siyosiy mafkura sifatida tushuniladi. Ushbu mafkuraga ko‘ra

radikalizm siyosiy faoliyat usuli hisoblanmaydi;

- keskin choralarni qo‘llash orqali hal qiluvchi harakat deya ta’riflanib, bunda ijtimoiy

faoliyat turidan qat’i nazar, radikalizm tegishli ijtimoiy sub’ektlarning harakat usullari sifatida

tushuniladi .

- radikalizm ijtimoiy va siyosiy xususiyatga yega faoliyat sanalib, u keskin, yuqori darajada

tajovuzkor mafkuraga asoslanadi. U mavjud ijtimoiy-siyosiy tizimni tubdan o‘zgartirishga

qaratilgan harakatlar orqali amalga oshiriladigan ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi faoliyatni

anglatadi. Ushbu faol harakt ekstremizm deb ataladi .

Shuni alohida ta’kidlash joizki ushbu hodisa muayyan sub’ektlarning davlatdagi mavjud

siyosiy tizim yoki davlatning ijtimoiy-iqtisodiy xolatiga qarshi reaktsiyasi sifatida talqin qilinishi

ahamiyatlidir. Ushbu jarayon radikalizmning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki jihati – radikal mafkura

va radikal faoliyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun zamin yaratadi.

TAHLIL

Radikalizm uning tashuvchisining rivojlanganlik darajasiga va u joylashgan ijtimoiy sharoitga

qarab keskin qarashlarni nazarda tutadi. Yuqori darajadagi ijtimoiy inqirozlar davrida radikal

dunyoqarash destruktiv qudratga ega bo‘ladi. Radikal dunyoqarash ijtimoiy hayotning mavjud

modelini barbod etishga qaratilgan faol harakatlarga undaydi. Bunday sharoitda radikal qarashlar

tarafdorlari mamlakatdagi hokimiyatga da’vogar kuchlar tomonidan o‘z siyosiy maqsadlariga


background image

63

Alfraganus Universiteti

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

erishish uchun ideal vositaga aylanadi. Bunday hollarda diniy radikalizmga siyosiy mazmun

berilib, undan hokimiyat uchun kurashda foydalaniladi.

Radikalizmning o‘ziga xos bo‘lgan turi – inqilobiy (revolyusion) radikalizm har qanday

to‘siqni kuch ishlatish yo‘li bilan, shuningdek, murosasiz va qurbon berish yo‘li bilan bo‘lsada,

amalga oshirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunga kelib yesa radikalizmning

bu turi hokimiyat uchun, hududlarni qo‘lga kiritish yoki g‘oyalar, diniy va yetnik g‘oyalar

uchun siyosiy va mafkuraviy kurash yo‘lini tanlaganligi bilan ajralib turadi . Siyosiy radikalizm

har qanday murosadan to‘la voz kechgan holda belgilangan maqsadlarga majburiy ravishda

yerishishni anglatadi. Diniy radikalizm – bu ma’lum bir ye’tiqod tizimi tarafdorining maqsadli

harakatlar bilan birga keladigan mafkuraviy qarashlar, g‘oyalar tizimi hisoblanadi .

Diniy e’tiqoddan radikal maqsadlarda foydalanish hamda uni shaxsiy manfaatlar yo‘lida

siyosiylashtirish umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan destruktiv g‘oyalarning shakllanishiga

sabab bo‘ladi. N.Kutuzovaning fikricha, diniy radikalizm mavjud diniy an’analar doirasida

vujudga kelgan, asosiy dogmaga qarshi chiqish va tanqid qilish yo‘li bilan rivojlanadigan mafkura

deb ye’tirof yetiladi . Olima diniy radikalizmning uch turini keltiriladi:

- diniy radikalizm

- diniy-yetnik radikalizm;

- diniy-siyosiy radikalizm.

diniy radikalizm - diniy yetakchi atrofida ma’lum bir ijtimoiy-diniy loyihalarni amalga

oshirish uchun shakllanadi va yesxatolorik yelementlar bilan to‘ldiriladi. Odatda, bunday

radikalizm ijtimoiy larza larga olib kelmaydi, ommaviy namoyishlarga va siyosiy aksiyalarga

chaqirmaydi;

Diniy-yetnik radikalizm yetnik diniy o‘yg‘onish g‘oyalaridan jahon diniy faoliyat qurilishiga

qarshi tarzda shakllanadi;

MUNOZARA

Diniy-siyosiy radikalizm diniy-yetnik radikalizmning davomi bo‘lishi mumkin. Chunki

bunday radikalizm bosiqma-bosqich siyosiy ahamiyat kasb yetib boradi va o‘z navbatida

yekstremizmga qadar o‘sib borishiga jiddiy sharoit yaratadi. Diniy-siyosiy radikalizmning

maqsadi davlat darajasida diniy g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish uchun diniy nizolarni vujudga

keltirish yo‘li bilan hokimiyatni kuch bilan qo‘lga kiritish hisoblanadi.

Manbalar tahlilida olimlar diniy radikalizm/ekstremizm bilan fundamentalizm fenomeni

ko‘p jihatdan bir biriga bog‘liq deb hisoblaydilar. Diniy fundamentalizmning asosiy vazifalaridan

biri jamiyatdagi hukmron diniy tuzilmalarga qaytishdir . N.Safarova tadqiqotida radikalizm,

fundamentalizm, ekstremizm va terrorizmning o‘zaro aloqadorligi, terrorizm klassifikatsiyasi

va dinamikasi hamda unga qarshi g‘oyaviy kurash masalasi tarixiyfalsafiy jihatdan tahlil etilgan

. Demak “diniy fundamentalizmning o‘zgaruvchanlik, o‘sib boruvchi xususiyatlari radikalizm,

ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishiga asos bo‘lgan” .

Diniy ekstremizm radikal amaliyotlarning oxirgi chorasi sifatida fundamentalizm ta’sirida

shakllangan va g‘ayriinsoniy mafkura va amaliyotga asoslanib, radikalizm va fundamentalizmga

moyilligi, radikal tabiatga ega jihatlarning mavjudligi bilan din niqobi ostida zo‘ravonlikning

barcha shakllarini qabul qilishi mumkin.

Bizning fikrimizcha, ilmiy adabiyotlarda diniy yoki boshqa turdagi radikalizm tushunchasi

mohiyatiga oid aniq fikr shakllanmagan. Umumiy ma’noda radikalizm odatda har qanday

qarashlarga, fikrlash tarziga, kontseptsiyaga o‘ta murosasiz amal qilish deb tushuniladi.

Ushbu atama ko‘proq siyosiy va ijtimoiy sohalarda ishlatilib, u mavjud ijtimoiy tuzilmalar yoki

institutlarni tubdan o‘zgartirish zaruriyati vujudga kelganda qo‘llaniladi.

XX- XXI asrda radikalizm siyosiy, diniy, ijtimoiy, milliy, hududiy, yetnik sohalarda namoyon

bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida inson ongi va shuuriga murosasizlik, o‘zlariga tegishli bo‘lmagan

har qanday g‘oya va qarashlardan norozilik kabi jarayonlarga sabab bo‘lmoqda.


background image

Alfraganus Universiteti

64

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Jamiyat va davlat hayotida radikalizmning shakllanishi va rivojlanishiga sabab bo‘luvchi

omillarni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin:

• bolalikdagi tarbiya, ya’ni oilalarda bolaga nisbatan turli bosimlar o‘tkazilishi, unga ruhiy

ta’sir kuchaytirilishi, uning o‘ziga va kelajagiga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazilishi va xokazo

holatlar;

• shakllanayotgan shaxsning o‘ziga past baho berishi, hayotda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan

ishonchi va ishtiyoqining pastligi va yeng asosiysi, o‘ziga nisbatan qaysidir yo‘llar bilan “yupanch”

topishga intilishi;

• hayotida ro‘y beradigan keskin yoki murakkab holatlarda biror bir ruhiy “zarba” olishi va

undan chiqish uchun destruktiv yo‘llarni qidirishi;

• muayyan shaxsning xulq-atvorida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi, ya’ni birovga bo‘ysinuvchanlik,

tobelik va ularning izmiga tushgan holda, radikal qarashlarga yega bo‘lish.

So‘z va e’tiqod erkinli mavjud bo‘lgan demokratik davlatlarda radikal oqimlarning kelib

chiqishini aniqlash yoki uni kuzatish juda qiyin, chunki demokratiya mutlaq so‘z va e’tiqod

erkinligini nazarda tutadi. Radikal oqimlarni aniqlash darajasiningpastligi ularni yanada

rivojlanishi va tabiiy ravishda ekstremizmning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, radikal

qarashlar insonning mamlakatda sodir bo‘layotgan va u qabul qila olmaydigan jarayonlardan

o‘ziga xos himoya reaktsiyasi sifatida paydo bo‘lishi mumkinligi kuzatiladi. O‘z navbatida,

qarashlarning radikalligi va ularga xos maksimalizm ekstremizmning paydo bo‘lishiga yordam

beradi. Natijada bu yo‘nalishni kuch bilan o‘zgartirish yoki uni keltirib chiqaradigan siyosiy

tizimni yo‘q qilish istagida namoyon bo‘ladi. Bunday qarashlarni amalga oshirishga chorlash ham

o‘z-o‘zidan ekstremizm hisoblanadi.

Olim R.Prus “radikalizmni maqsadli harakatlar tizimi bilan birga keladigan mafkuraviy

qaysarlik sifatida baholaydi” . Har qanday g‘oyaga, uning mazmunidan qat’i nazar, ko‘r-ko‘rona

amal qilishi biror guruh yoki muayyan shaxsni ekstremistlar qatoriga kiritishga asos bo‘ladi.

Radikalizm va ekstremizmning kuchayishiga turmush darajasining keskin yomonlashuviga

olib keladigan iqtisodiy va ijtimoiy silsilalar, shuningdek, tashqi aralashuv yordam berishi

mumkin. “Ekstremizm deganda keskin qarashlarga rioya qilishga asoslangan va mavjud normalar

va tamoyillarni buzish, destruktiv ta’sir ko‘rsatish yoki parchalashga qaratilgan zo‘ravonlik

yoki boshqa noqonuniy harakatlar bilan bog‘liq faoliyat tushunililadi” . Ekstremizmning eng

tajovuzkor ko‘rinishi terrorizm bo‘lib, maqsadlarga kuch bilan erishishning eng shafqatsiz usuli

hisoblanadi. Shunday qilib, ko‘rib chiqilayotgan tushunchalar radikalizmdan ekstremizmgacha

bo‘lgan ijtimoiy xavf, natijada ushbu xavfning yovuz ko‘rinishi – terrorizmga qadar kuchayishi

kuzatiladi. Ushbu tushunchalar mohiyatan bir-biriga mos kelishi olimlar tomonidan ilmiy

asoslantirilgan.

XULOSA

Хulоsа о‘rnidа аytish lоzimki, rаdikаlizm –yоshlаr оngu-ruhigа jiddiy sаlbiy tа’sir

kо‘rsаtаyоtgаn jаrаyоn sifаtidа хаvfli tеndеnsiyаgа аylаnmоqdа. Еng аsоsiysi, rаdikаlizm dаvlаt

vа jаmiyаtning tinchligi vа bаrqаrоrligi uchun jiddiy хаvоtir о‘yg‘оtаdigаn ijtimоiy, kеrаk bо‘lsа

siyоsiy vоqеlik sifаtidа nаmоyоn bо‘lmоqdа. Аynаn yоshlаrning turli оqimlаr tа’sirigа tushib

qоlishi, diniy rаdikаl kuchlаrning “о‘ljаsigа” аylаnishining dаstlаbki qаdаmi sifаtidа – ulаrdа аqliy

immunitеtning yеtаrli dаrаjаdа hоsil bо‘lmаgаnligi shаrоitidа turli diniy “ilm”lаrni еgаllаshgа

bо‘lgаn qiziqish vа intilishini оrtishi, ushbu ilmni еgаllаshdа turli ахbоrоtlаrgа ishоnuvchаnligi,

kаttа muvаffаqiyаtlаrgа birdаnigа еrishishgа bо‘lgаn intilishi kаbi mа’nаviy-ruhiy оmillаrni

аlоhidа аjrаtib kо‘rsаtish lоzim. Shuningdеk, rаdikаlizm bоtqоg‘igа bоtib qоlishning yаnа bir

оmili – bu оilаdаgi mоddiy yеtishmоvchiliklаr, ishsizlik, qiyinchilik vа ulаr tufаyli shахsning

jаmiyаtdаn yоki hоkimiyаtdаn nоrоzi bо‘lishi, аlаmzаdаlikning chuqurlаshib bоrishigа sаbаb

bо‘lаdi. Ijtimоiy vаziyаt hаm shахsning rаdikаllаshuvining аsоsiy оmili bо‘lib хizmаt qilаdi.


background image

65

Alfraganus Universiteti

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

1. Koehler D. Understanding Deradicalization: Methods, Tools and Programs for Countering

Violent Extremism. – NY.: Routledge, 2016. – 322 p/

2. Görzig C., Al-Hashimi K. Radicalization in Western Europe: Integration, Public Discourse and

Loss of Identity among Muslim Communities. – NY.: Routledge, 2015. – 192 р.

3. Weggemans D., De Graaf B. Reintegrating Jihadist Extremist Detainees: Helping Extremist

Offenders Back into Society. – NY.: Routledge, 2017. – 165 р.

4. Rocha I.M., Mendoza H.M.T. Jihadism, Foreign Fighters and Radicalization in the EU: Legal,

Functional and Psychosocial Responses. – NY.: Routledge, 2018. – 278 р.

5. Жданов Н.В. Исламская концепция миропорядка. – М.: Междунар. отношения, 2003. –

568 с.

6. Самойлов С.Ф. К проблеме разграничения понятий социального и политического ради

-

кализма // Общество: политика, экономика, право. - 2008. - № 2. - С. 81-87.

7. Арыстанбекова А.Х. Глобализация. –Алматы: Дайк Пресс, 2007. –304 с.

8. Тукумов Е.В. Религиозно-политический экстремизм как угроза региональной, нацио

-

нальной безопасности стран Центральной Азии: автореф. ... канд. полит. наук. – Алматы, 2004.

– 29 с

9. Кушкумбаев С.К. Ислам в Казахстане: между общностью и размежеванием // В кн.: Цен

-

тральная Азия: пространство «шелковой демократии». Ислам и государство. – Алматы: Фонд

им. Фридриха Эберта, 2017. – С. 24-34.

10. Карин Е.Т. Операция "Жусан". – Алматы: Print House Gerona, 2020 – 272 с.; Лаумулин

М.Т. Эволюция восприятия террористической и экстремистской угрозы // Профилактика экс

-

тремизма. Успехи и трудности: матер. междунар. науч.-практ. конф. – Нур-Султан: КИСИ при

Президенте РК, 2019. – С. 141-148.

11. Абишева М.А., Шаймергенов Т.Т. Религиозно-политический экстремизм в странах Цен

-

тральной Азии: анализ причин распространения // Центральная Азия и Кавказ. – 2006. – №

6(48). – С. 50-64.

12. Онучко М.Ю. Религиозный экстремизм среди молодежи в Центральной Азии: особен

-

ности проблемы и пути решения // Центральная Азия и Кавказ. – 2019. – № 3. – С. 123-137.;

13. Яхъяев М.Я. Причины радикализации ислама в современном мире // Исламоведение. –

2012. - № 2. – С. 4-14.

14. Айтжанова Д.А. Опыт европейских стран в противодействии религиозному экстремиз

-

му: Дисс. ... д-ра по проф. – Нур-Султан, 2021. – С.21. 180 с.

15. Gаlаntе Qаrrоnе F. I rаdicаli in Itаliа (194852). Mil., 1973

16. Prus R. Tеrrоrism, Tyrаnny аnd Rеligiоus Ехtrеmism аs Cоllеctivе Аctivity: Bеyоnd thе

Dеviаnt, Psychоlоgicаl, аnd Pоwеr Mystiquеs // Thе Аmеricаn Sоciоlоgist. - 2005. -Vоl. 36(1). - Р. 47-

74.

17. Кутузова Н.А. Религиозный радикализм и альтернативные социальные проекты // Ре

-

лигия и общество. Актуальные проблемы современного религиоведения: сб. науч. тр. - Могилев,

2008. - С. 164-167.

18. Marty M.E., Appleby R.S. An Interim Report on a Hypothetical Family // In book:

Fundamentalisms Observed. – Chicago; London: Chicago University Press, 1991. – Vol. 1. – Р. 814-842.

19. Safarova N. Terrorizm: manbalar, maqsadi, globallashuv jarayoni. (Monografiya) T.: – Fan.

2006. –B.191.

20. Kurbanov D.D. Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixining diniy fundamentalizm

va ekstremizmga qarshi kurashdagi ahamiyati: Fals. f-i bo‘y. fal. d-ri (PhD) diss. ... avtoref. – Buxoro,

2023. – B.12.

21. Prus R. Terrorism, Tyranny and Religious Extremism as Collective Activity: Beyond the

Deviant, Psychological, and Power Mystiques // The American Sociologist. – 2005. –Vol. 36(1). – Р. 47-

74.

22. Hołub A. Ekstremizm i radykalizm jako środowiska rozwoju terroryzmu //Studia Politicae

Universitatis Silesiensis. – 2016. – №. 17. – С. 23-38

23. Oripovna Q.F. Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasida xalqaro tashkilotlarning roli: //

Obrazovanie i innovatsionnыe issledovaniya mejdunarodnыy nauchno-metodicheskiy jurnal. – 2022.

– №. 12. – S. 42-48.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Библиографические ссылки

Koehler D. Understanding Deradicalization: Methods, Tools and Programs for Countering Violent Extremism. – NY.: Routledge, 2016. – 322 p/

Görzig C., Al-Hashimi K. Radicalization in Western Europe: Integration, Public Discourse and Loss of Identity among Muslim Communities. – NY.: Routledge, 2015. – 192 р.

Weggemans D., De Graaf B. Reintegrating Jihadist Extremist Detainees: Helping Extremist Offenders Back into Society. – NY.: Routledge, 2017. – 165 р.

Rocha I.M., Mendoza H.M.T. Jihadism, Foreign Fighters and Radicalization in the EU: Legal, Functional and Psychosocial Responses. – NY.: Routledge, 2018. – 278 р.

Жданов Н.В. Исламская концепция миропорядка. – М.: Междунар. отношения, 2003. – 568 с.

Самойлов С.Ф. К проблеме разграничения понятий социального и политического радикализма // Общество: политика, экономика, право. - 2008. - № 2. - С. 81-87.

Арыстанбекова А.Х. Глобализация. –Алматы: Дайк Пресс, 2007. –304 с.

Тукумов Е.В. Религиозно-политический экстремизм как угроза региональной, национальной безопасности стран Центральной Азии: автореф. ... канд. полит. наук. – Алматы, 2004. – 29 с

Кушкумбаев С.К. Ислам в Казахстане: между общностью и размежеванием // В кн.: Центральная Азия: пространство «шелковой демократии». Ислам и государство. – Алматы: Фонд им. Фридриха Эберта, 2017. – С. 24-34.

Карин Е.Т. Операция "Жусан". – Алматы: Print House Gerona, 2020 – 272 с.; Лаумулин М.Т. Эволюция восприятия террористической и экстремистской угрозы // Профилактика экстремизма. Успехи и трудности: матер. междунар. науч.-практ. конф. – Нур-Султан: КИСИ при Президенте РК, 2019. – С. 141-148. Абишева М.А., Шаймергенов Т.Т. Религиозно-политический экстремизм в странах Центральной Азии: анализ причин распространения // Центральная Азия и Кавказ. – 2006. – № 6(48). – С. 50-64.

Онучко М.Ю. Религиозный экстремизм среди молодежи в Центральной Азии: особенности проблемы и пути решения // Центральная Азия и Кавказ. – 2019. – № 3. – С. 123-137.;

Яхъяев М.Я. Причины радикализации ислама в современном мире // Исламоведение. – 2012. - № 2. – С. 4-14.

Айтжанова Д.А. Опыт европейских стран в противодействии религиозному экстремизму: Дисс. ... д-ра по проф. – Нур-Султан, 2021. – С.21. 180 с.

Gаlаntе Qаrrоnе F. I rаdicаli in Itаliа (194852). Mil., 1973

Prus R. Tеrrоrism, Tyrаnny аnd Rеligiоus Ехtrеmism аs Cоllеctivе Аctivity: Bеyоnd thе Dеviаnt, Psychоlоgicаl, аnd Pоwеr Mystiquеs // Thе Аmеricаn Sоciоlоgist. - 2005. -Vоl. 36(1). - Р. 47- 74.

Кутузова Н.А. Религиозный радикализм и альтернативные социальные проекты // Религия и общество. Актуальные проблемы современного религиоведения: сб. науч. тр. - Могилев, 2008. - С. 164-167.

Marty M.E., Appleby R.S. An Interim Report on a Hypothetical Family // In book: Fundamentalisms Observed. – Chicago; London: Chicago University Press, 1991. – Vol. 1. – Р. 814-842.

Safarova N. Terrorizm: manbalar, maqsadi, globallashuv jarayoni. (Monografiya) T.: – Fan. 2006. –B.191.

Kurbanov D.D. Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixining diniy fundamentalizm va ekstremizmga qarshi kurashdagi ahamiyati: Fals. f-i bo‘y. fal. d-ri (PhD) diss. ... avtoref. – Buxoro, 2023. – B.12.

Prus R. Terrorism, Tyranny and Religious Extremism as Collective Activity: Beyond the Deviant, Psychological, and Power Mystiques // The American Sociologist. – 2005. –Vol. 36(1). – Р. 47- 74.

Hołub A. Ekstremizm i radykalizm jako środowiska rozwoju terroryzmu //Studia Politicae Universitatis Silesiensis. – 2016. – №. 17. – С. 23-38

Oripovna Q.F. Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasida xalqaro tashkilotlarning roli: // Obrazovanie i innovatsionnыe issledovaniya mejdunarodnыy nauchno-metodicheskiy jurnal. – 2022. – №. 12. – S. 42-48

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов