Bo‘lajak veterinar mutaxassislarida tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish

Annotasiya

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida bo‘lg‘usi veterinary mutaxassislarining tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish holati, talabalarda tadqiqot faoliyati muammolarini rejalashtirish va yechish usullarini tanlash mezonlari, talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyalari va ularning rivojlanish darajasining pedagogik-psixologik xususiyatlari va bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyalari asosida mashg‘ulotlar jarayonida shakllantirish, tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish metodlari ochib berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2020
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
3-6
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Narziyeva, N. (2025). Bo‘lajak veterinar mutaxassislarida tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish. in Library, 1(2), 3–6. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/106956
Nargiza Narziyeva, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Ijtimoiy gumanitar fanlar va sport kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida bo‘lg‘usi veterinary mutaxassislarining tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish holati, talabalarda tadqiqot faoliyati muammolarini rejalashtirish va yechish usullarini tanlash mezonlari, talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyalari va ularning rivojlanish darajasining pedagogik-psixologik xususiyatlari va bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyalari asosida mashg‘ulotlar jarayonida shakllantirish, tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish metodlari ochib berilgan.


background image

3

1

-

SHO‘BA. YANGI AVLOD KADRLARINI TAYYORLASHDA

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING O‘RNI

BO‘LAJAK VETERINAR MUTAXASSISLARIDA

TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Narziyeva N.N.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti dotsenti, p.f.b.f.d. (PhD)

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida bo‘lg‘usi veterinar

mutaxassislarining tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish holati,
talabalarda tadqiqot faoliyati muammolarini rejalashtirish va yechish
usullarini tanlash mezonlari, talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyalari va
ularning rivojlanish darajasining pedagogik-psixologik xususiyatlari va
bosqichlari

yoritilgan.

Shuningdek,

talabalarning

tadqiqotchilik

kompetensiyalari

asosida

mashg‘ulotlar

jarayonida

shakllantirish,

tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish metodlari ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

tadqiqot, faoliyat, malaka, kompetensiya, bo‘lg‘usi

veterinar mutaxassislar, tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish.

Kirish (Introduction).

Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish,

o‘quv-texnik ta’minlash, oliy ta’lim uchun davlat ta’lim standartlari va
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, o‘qitishning ilg‘or yondashuvlarini joriy
etish bo‘yicha olib borilgan islohotlar natijasida ta’lim oluvchilarning ijodiy
fikrlash qobiliyatlarini, iqtidorini barvaqt aniqlash hamda ularni tadqiqotchilik
faoliyatiga yo‘naltirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Shu bilan birga
bo‘lg‘usi veterinar mutaxassislarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini
rivojlantirish

mexanizmlarini

pedagogik

imkoniyatlariga

ko‘ra

takomillashtirish zarurati har qachongidan ham muhim vazifalardan biriga
aylandi. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot
strategiyasida “47-maqsad: 2026 yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim
muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash
“Oliy ta’lim muassasalarining QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishi uchun
maqsadli dasturni ishlab chiqish, 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini
tanlash, salohiyati va o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, xalqaro
reytinglarga kiritish bo‘yicha 5 yilga mo‘ljallangan maqsadli dasturlarni ishlab
chiqish va tasdiqlash”, 52-maqsad: Global innovatsion indeksda O‘zbekiston
respublikasining o‘rnini yaxshilash va 2030 yilga qadar top-50 mamlakatlari
qatoriga kirish, global innovatsion indeksda qayd etilgan past indikatorlar
bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilash innovatsion loyihalarni amalga
oshirish uchun barcha yo‘nalishlarda keng imkoniyatlarni yaratish,
tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy
mexanizmlarini joriy qilish” kabi maqsadlar belgilangan. Bu borada bo‘lg‘usi
veterinar mutaxassislarning tadqiqotchilik kompetensiyalari shakllanganligini


background image

4

aniqlash mezonlari, pedagogik-psixologik optimal prinsiplari, integrallashgan
metodik tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etib, oliy ta’lim sifati
va samaradorligini oshirish imkoniyatini oshiradi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

(Literature review). Talabalarda

ilmiy

dunyoqarashni

shakllantirish

muammolari

R.G‘.Safarova[7],

N.Ataqulova[2]lar,

talabalarning

fanlarga

xos

tadqiqot

tajribalarini

shakllantirish va tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish masalalari
Sh.Hasanova [8], N.Narziyeva [4], S.I.Osipova[5], B.X.Raximov[6]lar
tomonidan o‘rganilgan.

“Kompetentlilik” termini pedagogikaga psixologiyadagi ilmiy-tadqiqotlar

natijasida kirib kelgan. Psixologiya fanida kompetentlilik “noan’anaviy
vaziyatlar, kutilmagan hollarda shaxsning o‘zini qanday tutishi, muloqotga
kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq
vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda izchil
rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”
[10] ni anglatadi.

Shuningdek, tayanch kompetensiyalar bilimlarni doimo boyitib borishni,

yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi
ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay
bilishni taqozo etadi.

Talabalarda rivojlanadigan kompetensiyalar shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy

hayotda uchraydigan turli vaziyatlarda samarali foydalanishga o‘rgatish
ta’limga

yangicha

yondashuvni

nazarda

tutadi.

Talabalardagi

kompetensiyalarda kutilmagan noaniq, muammoli, yangi vaziyatlarga duch
kelinganda olingan bilim, kompetensiya, malakalardan foydalana olishga
e’tibor qaratiladi. Shuning uchun har bir predmetni o‘qitish jarayonida uning
mazmuni hamda xususiyatlariga muvofiq ravishda unga doir kompetensiyalar
shakllantiriladi.

Pedagog olimlarimizning tadqiqotlarida kasbga xos kompetentlilikning

o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Jumladan, N.A.Muslimov o‘zining tadqiqot
ishlarida kasbiy kompetentlilikni oltita sifat ko‘rinishida keltirib o‘tganlar:

1) Motivatsion xislatlar (insonning butun hayoti davomida shakllanib,

rivojlanib boruvchi tanlagan kasbiga bo‘lgan ehtiyojlari, motivlari va
maqsadlarni qamrab oladi);

2) Intellektual salohiyat (barcha rasmiy hujjatlar asosida o‘qituvchi

axborot va ma’lumotlarni uzatishga, bilim, kompetensiya va malakalarni
shakllantirishga intiladi);

3) Irodaviy sifatlar (maqsadga intiluvchanlik, ichki va tashqi to‘siqlarni,

jismoniy va aqliy zo‘riqishlarni yenga olishlik, o‘zini tuta bilish va
tashabbuskorlik xislatlari);

4) Amaliy kompetensiyalar (psixologik, pedagogik, metodik va texnik-

texnologik qobiliyatlar, amallar, individning faoliyat va muloqotning turli
sohalaridagi kompetensiyalari);


background image

5

5) Hissiy sifatlar (o‘z hissiyotlarini boshqarishning zaruriy malakalarini

shakllantirilishi (qahr, g‘azab, bezovtalik, arazlash, hasad, hamdardlik, uyalish,
mag‘rurlik, qo‘rqish, ko‘ngilchanlik, muhabbat va boshqalar)ni boshqarishi
hamda o‘z hissiy holatlarini va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni
tushunishi);

6) O‘z-o‘zini boshqara olish (maqsadlarni va ularga erishish vositalarini

tanlashdagi erkinlik, vijdoniylik, o‘z faoliyatiga tanqidiy yondashuv,
harakatlarning keng qamrovliligi va anglanganligi, o‘z xulqini boshqalarniki
bilan qiyoslab borishi, kelajakka ishonch, o‘z jismoniy va psixologik holatini
talab darajasida tutib turishi va boshqara olishi) [3].

Tadqiqot

metodologiyasi

(Research

Methodology)

.

Yuqoridagi

ma’lumotlar oliy ta’lim faoliyati mazmuni hamda talabalarning tadqiqotchilik
qobiliyatini shakllantirish jarayoniga ham o‘zgartirishlar kiritish zarurligini
ko‘rsatmoqda. Tadqiqotimiz shuni ko‘rsatadiki:

- talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish tizimini

yaratish;

-

fanlarni

o‘qitish

jarayonida

talabalarning

tadqiqotchilik

kompetensiyalarining rivojlanishida muhim o‘rin tutuvchi pedagogik va
psixologik bilimlar asoslari borasidagi nazariy ma’lumotlarni tayanch
kompetensiyalar asosida berilishiga erishish;

- talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida

ta’lim va ishlab chiqarish amaliyoti o‘rtasida mustahkam integratsiyaning qaror
topishi hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish kabilar.

Talabalarda tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirishda dialektik tafakkurni

rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Dialektika atamasi o‘tmishda, asosan, uch
ma’noda: birinchidan, bahs-munozara yuritish orqali suhbatdoshlarining
fikridagi qarama-qarshiliklarni fosh etib, haqiqatga erishish quroli sifatida;
ikkinchidan, falsafiy fikrlash qonun-qoidalarini o‘zida mujassamlashtirgan
tafakkur shakli sifatida; uchinchidan, falsafa va boshqa fanlarda tadqiqot
yuritish jarayonida narsa va hodisalarni har tomonlama hamda atroflicha bilish
uchun qo‘llaniladigan usul sifatida [9] ishlatilib kelingan.

Tahlil va natijalar (Analysis and results)

. Ta’limning muvaffaqiyati

o‘quv materiallarining mazmunigagina, ta’lim usullarigagina emas, balki u
ko‘p jihatdan talabaning qanday o‘qiyotganligini bilishga, ya’ni talabaning
yosh xususiyatlariga, aqliy taraqqiyoti va faolligiga muvofiq malakalarni
o‘zlashtirish jarayonining psixologik asoslarini bilishga ham bog‘liqdir.

Talabalarning kompetensiyalariga oid faoliyatini rivojlantirishning o‘ziga

xos xususiyatlari quyidagilar:

• intiluvchanligi;
• yaratuvchanlik qobiliyatiga ega ekanligi;
• mantiqiy fikrlash qobiliyatining ustunligi;
• izlanuvchanlik qobiliyatiga ega ekanligi;
• yangilikka moyilligi;
• analitik fikrlash qobiliyatining yuqoriligi;


background image

6

• sintetik fikrlash qobiliyatining yuqoriligi;
• tadqiqotchilik qobiliyatining kuchliligi.
Talabalarning tadqiqotchilik ishlariga oid faoliyatini shakllantirishning

o‘ziga xos xususiyatlariga bundan keyin ham qo‘shish mumkin. Chunki ular
davr o‘tishi bilan rivojlanib boradi.

Xulosa (Conclusion).

Tadqiqotda xorijiy va respublikamiz oliy ta’lim

muassasalarida talabalarning tadqiqot faoliyatini shakllantirish holati tahlil
etildi. Natijalar oliy ta’lim muassasalari talabalariga dastlab dunyoviy ilmlar
haqida ma’lumot, tushuncha hosil qilish, dunyoni o‘zi anglab yetish uchun
sharoit, imkoniyat yaratish, so‘ngra ularni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish
zarurligini ko‘rsatmoqda. Talabalarning tadqiqot ishlaridagi faolligini
oshirishda ularning faoliyati, ijtimoiy fikrini o‘rganish borasida tadqiqotlar
o‘tkazish va shular natijasida bu sohada yangi yo‘nalishlarni belgilash lozim.

Talabalarni tadqiqot ishlariga yo‘naltirishni faollashtirishga doir xorij va

milliy tajribalarni o‘rganish va ularni muvofiqlashtirgan holda ommalashtirish
zarur.

Фойдаланилган адабиётлар

(

References)

1.

https://lex.uz/docs/5841063

. 2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги

Ўзбекистоннинг Тараққиёт стратегияси тўғрисида.

2.

Атакулова Н.А. Таълим жараёнида талабаларда илмий дунёқарашни
шакллантириш. Монография. -Т.: 2016. -Б.11.

3.

Муслимов

Н.А.

Касб

таълими

ўқитувчисини

касбий

шакллантиришнинг назарий-методик асослари: Пед. фан. док. ... дис.-
Т.: 2007. –Б. 315.

4.

Narziyeva N. Development of Education and Research Activity Profile Class
Students on the Basis of Integrative and Personal Approach // Eastern
European Scientific Journal (Germany).

www.auris-verlag.de

. DOI

10.12851/EESJ201703. ISSN:2199-7977. -P.105-108.

5.

Осипова С.И. Развитие исследовательской компетентности одарѐнных
детей. Электронный ресурс. – ГОУ ВПО.

www.fkgru.ru/conf/17.doc

.

6.

Рахимов Б.Х. Талаба-ёшларни илмий тадқиқот ишларига йўналтириш
асослари. Монография. Т.: Фан. 2007. -Б.11,152.

7.

Сафарова Р.Ғ. Шахсни шакллантириш омиллари // Таълим тараққиёти
Ж.. 2001. № 3-4. –Б.60-63.

8.

Ҳасанова Ш. Биология дарсларида талабаларни тадқиқотчилик
фаолиятига йўналтириш. // Халқ таълими Ж. 2015/6. –Б.35-36.

9.

Шодиев Н.Ш. Талаба шахсига йўналтирилган ўқитиш технологиялари.
Т: ТДИУ, 2004. –Б. 182.

10.

Научная библиотека диссертаций и авторефератов disser Cat

http://www.dissercat.com/content/razvitie-issledovatelskoi-kompetentnosti-
starsheklassnikov-v-usloviyakh-profilnogo-obucheniy#ixzz4sXVDDvrC

.

Bibliografik manbalar

https ://lex.uz/docs/5 841063. 2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Узбекистоннинг Тараққиёт стратегияси тўғрисида.

Атакулова Н.А. Таълим жараёнида талабаларда илмий дунёқарашни шакллантириш. Монография. -Т.: 2016. -Б.11.

Муслимов Н.А. Касб таълими ўқитувчисини касбий шакллантиришнинг назарий-методик асослари: Пед. фан. док. ... дис.-Т.: 2007. -Б. 315.

Narziyeva N. Development of Education and Research Activity Profde Class Students on the Basis of Integrative and Personal Approach // Eastern European Scientific Journal (Germany), www.auris-vcrlag.de. DOI 10.12851/EESJ201703. ISSN:2199-7977. -P.105-108.

Осипова С.И. Развитие исследовательской компетентности одарённых детей. Элекгронный ресурс. - ГОУ ВПО. www.fkgru.ru/conf/17.doc.

Рахимов Б.Х. Талаба-ёшларии илмий тадқиқот ишларига йўналтириш асослари. Монография. Т.: Фан. 2007. -Б.11,152.

Сафарова Р.Ғ. Шахсни шакллантириш омиллари // Таълим тараққиёти Ж.. 2001. №3-4. -Б.60-63.

Ҳасанова Ш. Биология дарсларида талабаларни тадқиқотчилик фаолиятига йўналтириш. // Халқ таълими Ж. 2015/6. -Б.35-36.

Шодиев Н.Ш. Талаба шахсига йўналтирилган ўқитиш технологиялари. Т: ТДИУ, 2004.-Б. 182.

Научная библиотека диссертаций и авторефератов disser Cat http://www.dissercat.com/content/razvitie-issledovatelskoi-kompetentnosti-starsheklassnikov-v-usloviyakh-profilnogo-obucheniy#ixzz4sXVDDvrC.