Momordikaning dorivorlik xususiyatlari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
52-55
1
0
Поделиться
Ботиров, А., & Отажонова, Х. (2023). Momordikaning dorivorlik xususiyatlari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati . in Library, 1(2), 52–55. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/23440
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье объясняются пути использования ее в народном хозяйстве на основе изучения выращивания муммордики и ее лечебных свойств.


background image

Academic Research in Educational Sciences

Volume 4 | Issue 2 | 2023

ISSN: 2181-1385

ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

52

February, 2023

https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal

MOMORDIKANING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA XALQ

XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI

Alisher Botirov

Toshkent davlat agrar universiteti Samnarqand filaili, q.x.f.f.d. (PhD)

Hayotxon Otajonova

Toshkent davlat agrar universiteti Smarqand filiali, talaba

ANNOTATSIYA

Maqolada momordika yetishtirish va uning dorivorlik xususiyatlarini o'rganish

orqali undan xalq xo'jaligida foydalanish yo'llari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar:

Momordika, gul, meva, urug', damlama, ekstrakt, liana

ABSTRACT

In the article, the ways of using it in the national economy are explained by

studying the cultivation of Momordica and its medicinal properties.

Keywords:

Momordica, flower, fruit, seed, tincture, powder

KIRISH

Momordika kelib chiqish vatani Hindiston va Xitoy bo'lib, hozirgi kunda

manzarali va shifobaxsh o'simlik sifatida Janubiy Osiyoning barcha mamlakatlarida
yetishtirilmoqda. Bu o'simlik o'zining dorivorlik xususiyatlari, antiqa nomlari va
ajoyib tashqi ko'rinishi bilan insonlarni o'ziga jalb qiladi. Momordikaning o'ziga xos
xususiyatlarini o'rganish orqali dorivor o'simliklar salmog'ini yanada oshirishga o'z
hissamizni qo'shamiz.

ADABIYOLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Momordika - bir yillik, ko'p yillik va liana kabi hayotiy shakllarga ega o'simlik

bo'lib, qovoqdoshlar ( Cucubitatceae) oilasiga mansub. Momordikaning uzun
poyalari 2-5 metrga yetadi, barglari katta o'yilgan, och yashil rangga ega.
Momordikaning xushbo'y hidga ega va yorqin sariq rangli gullari insonga o'zgacha
zavq bag'ishlaydi. Momordikaning timsoh terisiga o'xshash ajoyib ko'rinishdagi
mevalari uzunligi 10-25 smgacha, diametri 6 smgacha yetadi. O'sish va pishib yetish
jarayonida ular ranglarini yashildan to'q sariq rangga o'zgartiradi.
Mevalari 30 tagacha urug'lardan va yoqut rangli qobig'dan iborat.
Momordikaning 60 ga yaqin turi mavjud bo'lib, ulardan iqtisodiy


background image

Academic Research in Educational Sciences

Volume 4 | Issue 2 | 2023

ISSN: 2181-1385

ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

53

February, 2023

https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal

jihatdan eng ahamiyatli 2 ta turi - Momordica Charantia va Momordica Cochinchin
ko'p yetishtiriladi va foydalaniladi. Momordika- telba bodring, hind bodringi, achchiq
qovun, hind anori, balsamik nok, timsoh bodring kabi antiqa nomlarga egaligi bilan
boshqa o'simliklardan farq qiladi. Momordika nomining o'zi ham lotincha
“momordicus” so„zidan kelib chiqqan bo'lib “tishlash” degan ma'noni anglatadi.


NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Momordika foydali mevalari uchun va dekorativ o'simlik sifatida ochiq

yerlarda, issiqxonalarda xona sharoitida tuvaklarda, ko'p qavatli uylarda balkonlarda
va bog'larda yetishtiriladi. Momordikadan ochiq yerlarga ekishda urug'idan va
issiqxonalarda yetishtirilgan ko'chatlaridan foydalanamiz. Bu o'simlik termofil
bo'lganligi uchun ko'chatlaridan yetishtirish samarali hisoblanadi. Urug'larini yirik,
to'liq, yetuk bo'lganlari saralanib olinadi. Urug'larni ekishdan oldin namlik muhitida
ko'p saqlamaslik kerak, aks holda bu holat urug'larni chirib qolishiga va
unuvchanlikni pasayishiga olib keladi. Boshqa mevali o„simliklarda bo„lgani kabi [2,
3, 4] urug'lar unib chiqishi uchun harorat kamida +22, +25C bo'lishi kerak.
Momordika organik birikmalar bilan yetarlicha ta'minlangan tuproqlarda yaxshi
o'sadi. Shu o'rinda ta'kidlab o'tishimiz kerakki, Turdaliyev. A. T ,

Isagaliyev M, Eshpo'latov Sh. Y, Haydarov M.M , Asqarov K. A kabi olimlar

tuproqlarning xossa xususiyatlarini o'rgangan. Momordika vegetatsiya davri
davomida agrotexnik tadbirlar o'z vaqtida bajariladi, 3 marta o'g'itlanadi va tez-tez
sug'orib turiladi. Momordikaning dastlabki hosili avgust oylarida pishishni boshlaydi
va bu o'simlikdan bir necha marta hosil olishimiz mumkin.

Momordika - mamlakatimiz uchun yangi o'simlik turi hisoblanib, bu

o'simlik haqida olib borilgan tadqiqotlar kam. Hozirgi kungacha respublikamiz
bo'yicha Farg'ona davlat universiteti Zootexniya va agronomiya kafedrasi
o'qituvchisiA.A.Saminov,

FarDu

talabalari

D.E.Ismoiljonova

va

I.T.Kamoliddinovalar “Dorivor momordika yetishtirish va o'simlikning o'ziga xos
xususiyatlari" mavzusida ilmiy ish olib borishgan [1].

Dorivor momordikaning foydali xususiyatlari

Momordika-immunitetni ko„taradigan va ko'rishni yaxshilaydigan, tanadan

toksinlarni chiqarib tashlaydigan meva. Urug'i qobig'ida karotinga boy yog' mavjud.
Inson tanasida bu modda A vitaminiga aylanadi. Urug'lari yallig'lanishga qarshi,
isitma tushiruvchi, antiseptik va shishni yengillashtiruvchi vosita sifatida
foydalaniladi.

Momordika

ildizlarida

revmatizmni

davolashda

ishlatiladigan moddalar triterpen saponinlar mavjud.


background image

Academic Research in Educational Sciences

Volume 4 | Issue 2 | 2023

ISSN: 2181-1385

ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

54

February, 2023

https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal

O'simlikning dorivorlik xususiyatlari tarkibi vitaminlarga boyligi bilan bog'liq.

Momordika mevasi tarkibida A, B, F, E, C va PP vitaminlari, shuningdek, alkaloidlar,
organik kislotalar, aminokislotalar mavjud. O'simlik tarkibidagi B guruhidagi
vitaminlar soch, teri, to'qimalarining holatini yaxshilaydi. A vitamini ko'rish
o'tkirligini kuchaytiradi. Noyob biologik faol moddalar hisoblangan E vitamini erta
qarishni oldini oladi va antioksidant ta'sirga ega, F vitamini esa butun tanani kuchga
to'ldiradi. Eng keng tarqalgan komponent C vitamini - bu o'simlikda ham mavjud.
Shuning uchun ham immunitetni ko'tarishda momordika foydali hisoblanadi.

Momordika mevalari fitonsidlarning ajoyib manbayi bo„lib, ular infeksiyalarni

o'ldiradi va yallig'lanishni yengillashtiradi.

O'simlik qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlar uchun juda foydali.

Uning mevalarida qondagi qand miqdorini pasaytiradigan harontin moddasi mavjud
bo'lib, ushbu komponent tanada insulin ishlab chiqarilishini normallashtiradi va
oshqozon osti hujayralari sonini oshiradi.

Momordika ekstrakti sarkoma, melanoma, leykemiya kasalligiga chalingan

bemorlarni davolashda yaxshi samara beradi.

Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, mevalaridagi mavjud antiviral va

antibakterial faollik tufayli gepatit va OIV ni davolashda ishlatilishi mumkin.
Amerikalik olimlar momordika sharbatidagi moddalar nafaqat saraton hujayralarini
o'sishini to'xtatibgina qolmay, balki ularni yo'q qilishini ham aniqladilar.

Xalq xo'jaligida foydalaniladigan shifo beruvchi damlamalar
Momordika urug'idan damlama

Taxminan 15-20 ta maydalangan momordika urug'i va 1 stakan qaynoq suv 10

daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. Keyin 1 soat tindiriladi va filtrlanadi.
Momordika urug'ining damlamasi 50 mg dan kuniga 3-4 marta isitma kasalliklarida
va siydik haydovchi vosita sifatida ichiladi.

Momordika meva damlamasi

Urug'siz momordika mevalari mayda bo'laklarga kesib olinadi. Ularni 3 litrli

idishga zich qilib to'ldiriladi va unga yarim litr spirt quyiladi, qopqog'ini yopib, 2
hafta davomida qorong'u salqin joyda saqlanadi. Momordika mevalarining damlamasi
3 kun davomida och qoringa ( ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin ), kuniga 3 marta 1
choy qoshiqda ichiladi. Momordika meva damlamasi shamollash ( yo'tal, burun
oqishi, isitma, psoriaz va revmatizm uchun samarali. Shuningdek, u tananing
immunitetini mustahkamlash uchun vosita sifatida ishlatiladi.

Xalq tabobatida va zamonaviy tibbiyotda momordikaning

barcha qismlaridan - ildizidan, barglaridan, meva va urug'laridan
foydalaniladi. Ildizlari, barglari va urug'laridan qaynatma va


background image

Academic Research in Educational Sciences

Volume 4 | Issue 2 | 2023

ISSN: 2181-1385

ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

55

February, 2023

https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal

damlamalar tayyorlab iste'mol qilinadi. O'simlik mevalari esa xom va pishgan
holatida qovurilgan, qaynatilgan, tuzlangan va konservalangan holda iste'mol
qilinadi. Momordika o'simligi Osiyo xalqlarida an'anaviy oshxonada ishlatiladi.
Sho'rvalar, salatlar va turli xil ovqatlar tayyorlashda yosh barglari va barra
mevalaridan foydalaniladi. Bundan tashqari mevalaridan ekstrakt olinadi, urug'laridan
esa qandolatchilikda foydalanish mumkin.Momordikaning xalq xo'jaligidagi yana bir
ahamiyatli tarafi shundaki, terining qarishini sekinlashtirish xususiyati mavjudligi
tufayli parfyumeriya mahsulotlari tayyorlashda va kosmetikada foydalaniladi [6, 7,
8].

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, momordikaning barcha qismlari foydali

xususiyatlarga ega, shu sababdan momordika yetishtirishni xalqimiz orasida
ommalashtirishimiz va ko'paytirishimiz kerak. Momordika nafaqat dorivorlik
xususiyatlari tufayli balki manzarali dekorativ o'simlik sifatida va estetik zavq olish
maqsadida ham ekib o'stiriladi.

REFERENCES

1. A.A.Saminov, D.E.Ismoiljonova, I.T.Kamoliddinova “Dorivor momordika
yetishtirish va o'simlikning o'ziga xos xususiyatlari'' ilmiy maqola. Science and
innovation - international scientific journal.
2. Botirov, A., & Arakawa, O. (2021). Root growth changes in the winter planting of
young „Miyabi Fuji‟apple trees. International Journal of Horticultural Science and
Technology, 8(3), 227-233.
3. Botirov, A., & Arakawa, O. (2022). The interaction of rootstocks, water and soil
humectants and young apple tree growth. Academic research in educational
sciences, 3(Speical Issue 1), 43-56.
4. Botirov, A. E., & Aliyev, O. B. O. G. L. (2022). NOK (PYRUS) MEVALI EKINI–
TADQIQOTLAR VA NATIJALAR. Academic research in educational sciences,
(Conference), 199-202.
5.

https://uz.healthy-food-near-me.com/momordica-is-an-explosive-source-of-

vitamins/.

Библиографические ссылки

A.A.Saminov, D.E.Ismoiljonova, I.T.Kamoliddinova “Dorivor momordika yetishtirish va o'simlikning o'ziga xos xususiyatlari'' ilmiy maqola. Science and innovation - international scientific journal.

Botirov, A., & Arakawa, O. (2021). Root growth changes in the winter planting of young „Miyabi Fuji‟apple trees. International Journal of Horticultural Science and Technology, 8(3), 227-233.

Botirov, A., & Arakawa, O. (2022). The interaction of rootstocks, water and soil humectants and young apple tree growth. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 43-56.

Botirov, A. E., & Aliyev, O. B. O. G. L. (2022). NOK (PYRUS) MEVALI EKINI–TADQIQOTLAR VA NATIJALAR. Academic research in educational sciences, (Conference), 199-202.

https://uz.healthy-food-near-me.com/momordica-is-an-explosive-source-of-vitamins/.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов