Взаимодействие жанров в узбекском и таджикском фольклоре

CC BY f
55-58
1

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Расулова, З. (2023). Взаимодействие жанров в узбекском и таджикском фольклоре. in Library, 1(1), 55–58. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/24192
Зулфия Расулова, Денауский институт предпринимательства и педагогики

Преподаватель русского языка и литературы

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek va tojik tili izohli lug‘atlarida berilgan ayrim xalq og‘zaki ijodi janrlari atamalarining bir-biri bilan bog‘liq va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodi hosilasi sanalgan maqol, latifa va iboralarning o‘zbek va tojik tilidagi variantlari berilib, misollarning madaniy, tarixiy bog‘liqligi o‘zaro solishtiriladi.

Похожие статьи


background image

Page 55

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 2, Issue 1, January 2023

www.in-academy.uz

O‘ZBEK VA TOJIK XALQ OG‘ZAKI IJODIDA BERILGAN

JANRLARNING O‘ZARO MUNOSABATI

Расулова Зулфия Холмуротовна

преподаватель русского языка и литературы

Денауский институт предпринимательства и педагогики

https://doi.org/10.5281/zenodo.7549813

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 13

th

January 2023

Accepted: 15

th

January 2023

Online: 19

th

January 2023

Ushbu maqolada o‘zbek va tojik tili izohli lug‘atlarida
berilgan ayrim xalq og‘zaki ijodi janrlari atamalarining
bir-biri bilan bog‘liq va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Xalq
og‘zaki ijodi hosilasi sanalgan maqol, latifa va
iboralarning o‘zbek va tojik tilidagi variantlari berilib,
misollarning madaniy, tarixiy bog‘liqligi o‘zaro
solishtiriladi.

KEY WORDS

folklor, janr, doston, afsona,
maqol, latifa, zarbulmasal,
chiston.

В данной статье анализируются взаимосвязанные и противоречащие друг другу
понятия некоторых жанров устного народного творчества, приведенные в толковых
словарях узбекского и таджикского языков. Даны варианты пословиц, анекдотов и
словосочетаний на узбекском и таджикском языках, являющиеся плодом устного
народного творчества, сопоставлены культурные и исторические признаки.
Ключевые слова: узбекское устное народное творчество, таджикское устное народное
творчество, фольклор, жанр, поэма, миф, пословица, анекдот.
O‘zbek xalqi o‘zining chegaradosh qo‘shni xalqlar bilan ko‘pgina o‘zaro tarixiy, madaniy,
iqtisodiy va ilmiy sohalarda mushtarak munosabatlari mavjud. Jumladan, tojik va o‘zbek
xalqlari xalq og‘zaki ijodi namunalarining bir-biriga hamohangligi seziladi. Folklor janrlari
orasida afsona, latifa, zarbulmasal, qo‘shiq namunalari mazkur ikki qardosh millat xalq og‘zaki
ijodida mazmun, sujet, obraz jihatlaridan bir umumiy ko‘rinishni namoyon qiladi.
Tojikistonlik adabiyotshunos olim A.Samadov o‘zining “Пайвандҳои дўсти ва адаби”
(“Do‘stlik va adabiylik payvandlari”) kitobida o‘zbek va tojik xalqi og‘zaki ijodi o‘rtasidagi
adabiy munosabatlar to‘g‘risida quyidagicha fikr bildiriladi: “O‘zbek va tojik xaqlari adabiyoti
o‘rtasidagi aloqa eng birinchi uning og‘zaki ijodida namoyon bo‘ladi. Ikki xalq og‘zaki ijodida
afsona, maqol, latifa doston va qo‘shiqlar o‘zining mazmun mundarijasi hamda g‘oyasi
jihatidan yaqinlik kasb etadiki, bu holat janrlarning ba’zan qaysi xalqning ijodiy me’rosi
ekanligini aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi.” [9] Ta’kidlash joizki, tojik-u o‘zbek xalq og‘zaki
ijodi dostonchiligida qahramonlik dostonlari alohida o‘ringa ega. Bu folklor namunalari
orasida Alpomish, Go‘ro‘g‘li, To‘maris, Rustam, Siyovush kabi obrazlarning shaxs g‘ururi,
vatanga muhabbat, elga xizmat qilish istagi yetakchi g‘oya darajasida ilgari suriladi hamda
vatanga xiyonat qilgandan ko‘ra o‘limni afzal ko‘rgan Ravshan, butun harakatini parchalangan
yurtni birlashtirishga bag‘ishlagan Alpomish, o‘z yurtini ichki va tashqi dushmandan himoya
qilgan Go‘ro‘g‘li kabi el botirlari kuylanadi. O‘zbek va tojik xalq og‘zaki ijodiga oid bo‘lgan


background image

Page 56

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 2, Issue 1, January 2023

www.in-academy.uz

so‘zlarning izohi bu ikki xalqning o‘z izohli lug‘atlarida berilgan. Tojik xalqining 1969-yilda
nashr etilgan “Фарханги забони точики” lug‘at kitobi ikki asosiy qismdan iborat bo‘lib, u X
asrdan to XX asrgacha bo‘lgan 45000 ta so‘z va iborlar izohini o‘z ichiga oladi. Keyinchalik
2008-tilda Sayfiddin Nazarzoda, Ahmadjon Sanginov va boshqa mualliflar tahriri ostida 2
jilddan iborat “Фарxанги тафсирии забони точики” ya’ni “Tojik tili izohli lug‘ati”ning yangi
nashri chop etildi [6]. Xalq og‘zaki ijodidagi yaqinlik, hamohanglik nafaqat afsona va
dostonlarda balki turli zarbulmasal, maqol chiston va topishmoqlarda yorqin namoyon
bo‘ladi. Bu masal, maqol va topishmoqlar ikki tilda aks etgan bir mazmunni ifodalagandek
go‘yo. Shuni qayd etib o‘tish lozimki, ikki xalq adiblari mazkur janr turkumlarini aynan iqtibos
keltirish va tarjima qilish tarzida o‘z asarlarida qo‘llaydilar.
Masalan, S.Ayniy, J.Ikromi, R.Jalil singari tojik yozuvchilari “So‘rab berguncha urib ber”, “Ot
kimniki? Minganniki” singari maqollar, “Tayyor oshga bakovul”, “Ba’zi kunlarning qurboni
bo‘lay” kabi obrazli o‘zbek iboralarni keng qo‘llaydilar. O‘zbek adabiyotida ham bu holat kam
emas. Masalan, “Devona, gurez ki mast omad”, “Murosayu madoro”, “Tarki odat amri mahol”,
“Insof dori baraka” kabi tojik maqol va iboralari shu jumladandir. Ba’zan zarbulmasal va
maqollar tarjima yo‘li bilan ham istifoda qilinadi: «Агар ба туй рави шикаматро сер карда
рав» ya’ni «To‘yga borsang to‘yib bor, To‘rqa to‘ning kiyib bor»; «Девона ба кори худ хушёр»
“Devona o‘zining ishiga hushyor” va boshqalar. Xalqlarimiz og‘zaki ijodining barcha janrlari,
xususan, latifalar o‘rtasida ham mushtarak aloqalarni keltirish mumkin. Ikki xalq latifalarining
o‘ziga xos zohiriy xususiyatlari bo‘lsa-da, ularning mavzu, mazmun, tasvir vositalari va
obrazlar talqinida kamdan-kam farq seziladi. Bular orasida «Ду хара борро бардошт» («Ikki
eshakning yuki»), «Дар қиёмат сару либос» («Qiyomat»), «Думаш дар хўрчин» («Dumi
xurjunda»), «Доруи мушкушак» («Sichqon dori») va boshqalarni misol keltirish mumkin [7].
Yuqorida nomi tilga olingan ba’zi xalq og‘zaki ijodiga oid terminlarning mushtarak jihatlarini
o‘zbek va tojik xalqi izohli lug‘atlarida berilgan janrlar izohida yana bir bor guvohi bo‘lishimiz
mumkin: 1-jadval T/r O‘zbek tilining izohli lug‘ati Фарханги тафсирии забони точики 1
AFSONA [fors. — hikoya, naql; uydirma.] 1 Folklor janri: avloddan avlodga, og‘izdan og‘izga
o‘tib kelgan uydirma, to‘qimadan iborat, ba’zan diniy mazmundagi hikoya, rivoyat va sh.k. 2
ko‘chma Asossiz gap, yolg‘on-yashiq, uydirma. 3 ko‘chma Aql bovar qilmaydigan, aqlga
sig‘maydigan narsa, ish АФСОНА 1

هناسفا

қисса, достон, хикоят, накл; 1. Яке аз жанрхои

насрии эчодиёти шифоҳии халқ, ки асоси онро вокеаи саргузаштои бофтаю хаёли
ташкил медихад; 2. Суханхои бофта, хикояхои беасл; афсона гардидан//афсона шудан,
овоза шудан; афсона гуфтан сафсата хондан; (qissa, doston, hikoya, naql: 1 xalq og‘zaki
ijodining nasriy janrlaridan biri bo‘lib, asosida xayolda to‘qilgan voqea va sarguzashtlar
yotadi; 2 to‘qima gap, asossiz hikoya; afsomaga aylanmoq// afsona bo‘lmoq, ovoza bo‘lmoq,
afsona aytmoq)
2 DOSTON [fors. — qissa, hikoya; tarix] 1 ad.Nazm bilan yozilgan ulkan hikoya, qissa; poema.
2 Xalq qahramonlari haqida nazm va nasrda aytilgan epik asar. 3 Kechmish voqealar;
sarguzasht; dard-u hasrat. 4 Og‘izdan og‘izga o‘tib yurgan ma’lum, mashhur sarguzasht
hikoyalar, gap-so‘zlar, ta’rif-tavsiflar. 5 ko‘chma Ovoz, xonish; sayrash ДОСТОН 1

تان

س

دا

. 1

қисса, xикоя, афсона: достони муxаббат, достони ҳаёт, достони қаxрамони. 2 адш. яке аз
намудҳои асари манзум, ки дар он воқеаи калоне ё қиссае тасвир меёбад (qissa, hikoya,
afsona: ishqiy doston, hayotiy doston, qahramonlik dostoni. Poetik asarlar namunasi bo‘lib,
unda katta hajmdagi voqea yoki qissalar tasvirlanadi) 3 ZARBULMASAL [arab. — turli


background image

Page 57

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 2, Issue 1, January 2023

www.in-academy.uz

masallar, maqollar] Ramzli gap, hikoya; masal. Zarbulmasal bo‘lmoq. Mashhur bo‘lmoq,
tanilmoq; kulgi bo‘lmoq. ЗАРБУЛМАСАЛ а.

لامثل

ب

ر

ض

сухани хикматноки пандомўз ва

вирди забонгашта, ки дар нутқ ҳамчун мисол оварда мешавад. (nutqda ham misol keltirib
bo‘ladigan, pand-nasihat va tilda takror aytiluvchi hikmat asosida qurilgan janr) 4 MAQOL
[arab. Maqola, kichik asar; so‘z, nutq] Hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan,
odatda pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hikmatli ibora,
gap.
МАҚОЛа.

مقلا

. 1 гуфтор, сухан, нутқ. 2Як жанри фолклории бештар иборат аз ифодаю

иборахои рехтаи мўчаз ва барчастаи вирди забон гардида, ки дар нутқ барои мисол ва
далел ба кор мебаранд, масал; (1 nutq, gap, so‘z. 2 folklorning katta qismi tashkil etib,butun
ifoda va iboralardan iborat ixcham, lo‘nda tarzda nutqda misol va dalil keltirish uchun
qo‘llaniladi.) 5 CHISTON [fors. (bu) nimadir?!] 1 Topishmoq, jumboq, she’r. 2 Qochiriqli gap,
ibora; qochiriq, qochirim ЧИСТОН

چيستان

тасвири ягон муаммо ба воситаи жумла ё шеър, ки

чавобро талаб мекунад, чист он? жанри фолклор. (Bu) u nimadir? Biror muammo tasviri
berilib, unga javob talab qiluvchi she’r yoki nasriy yo‘lda yoziladigan folklor janrlaridan biri)
Aytilayotgan yoki xirgoyi qilinayotgan afsonalarga go‘yanda ham eshituvchi ham ishona
olmaydi, buni tojik xalq afsonalarida uchraydigan quyidagi misollarda ko‘rish mumkin:
echkining qo‘shiq kuylashi, laylak tulkini mehmonga chaqirishi, shamdonning qasr qurishi,
devning joni kabutarning ichidaligi va hokazo [4].
Shuning bilan birga afsonani hayotiy ahamiyatga ega emas ham deyolmaymiz. Chunki afsona
vositasi orqali insonda ezgulik, insof, adolat kabi xislatlarning uyg‘onishi, insoniyat ozodligi
yo‘lida shiddatli kurash olib borish yo‘lini o‘zida namoyon qiladi. O‘zbek adabiyotida afsona
atamasi Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “saw” so‘zi bilan ifodalangan
va u hikoya yoki qissa kabi ma’nolarni anglatadi deb izohlanadi. Mazkur asarda afsonani
“O‘tmish voqealaridan xabar beruvchi” deb ataydi va fikrini davom ettirib “hikoyalarda faqat
o‘tganlar haqida aytilishi shart emas” deb ta’kidlaydi [2]. Shubhasiz, tojik va o‘zbek xalqi
haqida gap ketar ekan bu ikki benazir xalqni «ду мағзи як бодом», «ду решаи як чинор»,
«ду мисраъи як шоҳбайт» ya’ni “bir bodomning ikki mag‘zi”, “bir chinorning ikki ildizi” yoki
“bir shohbaytning ikki misrasi”ga qiyoslashadi. Ikki xalq madaniyatining shakllanishi,
ma’naviy takomilida xalq og‘zaki ijodining, aynan qo‘shiq, chiston, tez aytish, maqol, doston,
afsona va rivoyatlarning o‘rni katta. Zero, folklor namunalari xalqlarimizning tarixiy ildizlarini
o‘zida keng, mukammal hamda chambarchas bog‘lab turadigan mushtarak badiiy inikosi
hisoblanadi.

Adabiyot:

1.

Madayev O., Sobitova T. Xalq o‘gzaki poetik ijodi. — T.: “Sharq”, 2010. 208 b Mahmud

Koshg‘ariy. Turkiy so‘zlar devoni. (Devonu lug‘otit turk) uch tomlik. III tom. — T.:
“O‘zfanakademnashr”, 1963. 463 bet. Rahimov K. Structure of syllables in Tajik folk epic
“Gurughli” Herald of culture scientific and analytical edition. ─ Dushanbe, 2014, № 4 (28)
Асрори В., Амонов Р.Эчодиёти даҳанакии халқи точик. — Душанбе, Маориф, 1980. 304
саҳ. Калонтаров Я. Фарханги нави точики-руси.– Душанбе, 2008. 320 сањифа Фарханги
тафсирии забони точики. Пажўхишгохи забон ва адабиёти Рўдаки, — Душанбе, 2008.
Чилди 1–2. Шерназаров А. Эчодиёти даханакии халқи точик. — Самарканд, 2016. 130 б
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. "Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий
нашриёти, 2006. 1–5 жилдлар. Самадов А. Пайвандҳои дўсти ва адаби. –Тошканд,


background image

Page 58

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 2, Issue 1, January 2023

www.in-academy.uz

Муҳаррир, 2012, сањ.14 Основные термины (генерируются автоматически): Душанбе,
AFSONA, CHISTON, DOSTON, III, MAQOL, ZARBULMASAL, дар, устное народное творчество,
як аз.
2.

Пожалуйста, не забудьте правильно оформить цитату:

3.

Кодиров, А. А. O‘zbek va tojik xalq og‘zaki ijodida berilgan janrlarning o‘zaro munosabati /

А. А. Кодиров. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 13 (303).
— С. 264-266. — URL: https://moluch.ru/archive/303/68399/ (дата обращения:
14.05.2022).

Библиографические ссылки

Madayev O., Sobitova T. Xalq o‘gzaki poetik ijodi. — T.: “Sharq”, 2010. 208 b Mahmud Koshg‘ariy. Turkiy so‘zlar devoni. (Devonu lug‘otit turk) uch tomlik. III tom. — T.: “O‘zfanakademnashr”, 1963. 463 bet. Rahimov K. Structure of syllables in Tajik folk epic “Gurughli” Herald of culture scientific and analytical edition. ─ Dushanbe, 2014, № 4 (28) Асрори В., Амонов Р.Эчодиёти даҳанакии халқи точик. — Душанбе, Маориф, 1980. 304 саҳ. Калонтаров Я. Фарханги нави точики-руси.– Душанбе, 2008. 320 сањифа Фарханги тафсирии забони точики. Пажўхишгохи забон ва адабиёти Рўдаки, — Душанбе, 2008. Чилди 1–2. Шерназаров А. Эчодиёти даханакии халқи точик. — Самарканд, 2016. 130 б Ўзбек тилининг изоҳли луғати. "Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2006. 1–5 жилдлар. Самадов А. Пайвандҳои дўсти ва адаби. –Тошканд, Муҳаррир, 2012, сањ.14 Основные термины (генерируются автоматически): Душанбе, AFSONA, CHISTON, DOSTON, III, MAQOL, ZARBULMASAL, дар, устное народное творчество, як аз.

Пожалуйста, не забудьте правильно оформить цитату:

Кодиров, А. А. O‘zbek va tojik xalq og‘zaki ijodida berilgan janrlarning o‘zaro munosabati / А. А. Кодиров. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 13 (303). — С. 264-266. — URL: https://moluch.ru/archive/303/68399/ (дата обращения: 14.05.2022).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов