Лабораторные исследования павших сельскохозяйственных животных патологоанатомом после анатомического вскрытия

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
23-24
4
0
Поделиться
Джураев, О. (2024). Лабораторные исследования павших сельскохозяйственных животных патологоанатомом после анатомического вскрытия. in Library, 4(4), 23–24. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/30572
Олимжон Джураев, Ветеринарный научно-исследовательский институт

Ветеринарный научно-исследовательский институт, заведующий лабораторией патоморфологии, кандидат ветеринарных наук, старший научный сотрудник

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье приведены данные о научно-практическом значении порядка и методики лабораторных исследований после проведения патологоанатомического вскрытия сельскохозяйственных животных. Освещены сведения по проведению бакетериологических, гистологических, химико-токсикологических исследований патологического материала для подтверждения первичного и патологоанатомического заключения или установления дианоза.


background image

23

#10 (191) 2023

VETERINARIYA

MEDITSINASI

Yuqumli, invazion va yuqumsiz kasalliklardan o‘l gan

hayvonlarning jasadlarini yorib tekshirishda diagnozni

aniqlash yoki birlamchi xulosani tasdiqlash uchun ko‘pin-

cha patmaterialni qo‘shimcha laboratoriya tekshirishla-

ridan o‘tkazish zarurati tug‘iladi. Buning uchun jasaddan

patologik material olish va uni veterinariya laboratoriyasi-

ga jo‘natish juda tez bajarilishi zarur. Agar olingan patma-

terialni veterinariya laboratoriyasiga tezda yetkazishning

imkoniyati bo‘lmasa, uni maxsus eritmalarda konservatsi-

ya yoki fi ksatsiya qilib yuborish kerak.

Hozirgi kunda tumanlardagi veterinariya va chor-

vachilikni rivojlantirish bo‘limlarining mutaxassislari qon

surtmalari, a’zolardan olingan surtmalar va qirin dilarni

murakkab bo‘lmagan, ammo juda muhim diagnostik

tekshirishlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha as-

bob-uskuna va jihozlar (mikroskoplar, reaktiv, bo‘yoqlar

va b.) bilan ta’minlangan. Bunda patmaterialni fi ksatsiya

qilinmagan holatda ham fi ksatsiya qilinib, bo‘yalgan ho-

latda ham, tekshirish imkoniyatlari mavjud.

Fiksatsiya qilinmagan patmaterialni tekshirishlarga

ezilgan mushak to‘qimasining trixinelloskopiyasini yoki

ichaklardagi massadan tayyorlangan surtmalarni, koksidi-

yalar, balantidiyalar va gelmintlar tuxumlarining mavjud-

ligiga tekshirish usullarini misol qilib keltirish mumkin.

Aslida esa, fi ksatsiya qilinmagan yangi olingan patmate-

rialni tekshirish usullari veterinariya amaliyotida unchalik

ko‘p qo‘llanilmaydi.

Ishlab chiqarish sharoitlarida odatda veterinariya

mutaxassislari fi ksatsiya qilingan va bo‘yalgan qon surt-

malari, ichki a’zolardan buyum shishalariga qilingan

bosmalarni tekshirish usullaridan foydalanadilar, ma-

salan, gemosporidiozlar, leykozr va boshqa virusli kasal-

liklarda.

Bunday bosma surtma va qon surtmalarini tayyorlash-

da yog‘sizlantirilgan buyum shishalarini spirtovka yoki

urotropin kukunining (ko‘k alanga berib yonadi va qurum

hosil qilmaydi) alangasida qizdirish zarur. Ichki a’zoning

kesim qilingan yuzasi yoki shilliq qatlami juda ham ser-

nam bo‘lsa, dastlab quruq yog‘sizlantirilgan buyum shi-

shasini bosib olish yo‘li bilan uni biroz quritish kerak.

Qon surtmalari va bosmalar havoda, havoning namligi

baland bo‘lganda esa – sterilizatorning qizitilgan qopqog‘i

ustida quritiladi. Shundan so‘ng etil spirti va efi rning teng

miqdorlardagi aralashmasi, metil spirti yoki metil spirti va

xloroformning (mos ravishda 90 ml va 10 ml dan) aralash-

masida fi ksatsiya qilinadi. Gemosporidiyalar va viruslarga

tekshirish, shuningdek leykoformulani hisoblash, uchun

surtmalar va bosmalarni Romanovskiy-Gimza usulida

bo‘yash mumkin.

Katta tajribaga ega bo‘lgan ishlab chiqarishdagi vete-

rinariya mutaxassislari qon surtmalarini kuydirgi, bo‘yrak-

lardan tayyorlangan bosmalarni cho‘chqalarning saramas

kasalliklariga tekshirishlari, shuningdek eritrotsitlarning

cho‘kish tezligini hamda siydikda oqsil va qand mavjud-

ligini aniqlashlari mumkin.

Mazkur oddiy laboratoriya tekshirishlarining nati-

jalari ko‘pincha o‘z vaqtida diagnoz qo‘yish va tegishli

tartibdagi davolash-profi laktika tadbirlarini tashkil etish-

ga, bundan tashqari joylardagi veterinariya xodimlarining

laboratoriyaga patmaterial yuborish bo‘yicha ortiqcha

tashvishlardan xalos etish inkoniyatlarini tug‘diradi.

Biroq joylarda laboratoriya tekshirishlarini o‘tkazish

imkoniyatlarining cheklanganligi tufayli, barcha noaniq

holatlarda, infeksiya, invaziya va zaharlanishlarga gumon

qilinganda, veterinariya mutaxassislari tegishli tarzda pa-

tologik material olishlari va uni tekshirish uchun veteri-

nariya laboratoriyasiga yuborishlari shart va zarurdir.

Patologogistologik tekshirishlar uchun o‘lgan yoki

so‘yilgan hayvonlardan tezlik bilan eskirtirmasdan pat-

material olinadi, chunki organizmda o‘limdan keyin rivoj-

lanadigan autoliz jarayonlari tiriklikdagi o‘zgarishlarning

buzilishiga va diagnoz qo‘yishning murakkablashuviga

olib kelishi mumkinligini unutmaslik zarur. Buning uchun

ichki a’zolardan o‘tkir pichoq yoki qaychi yordamida 3-4

sm

2

kattalikdagi va 0,5-1 sm qalinlikdagi bo‘lakchalar

kesib olinadi. Bo‘lakchalarni kesishda a’zoning anatomik

tuzilishi va asosiy strukturaviy elementlarining, masalan

a’zoning kapsulasi, bo‘yraklarning qobiq va miya qism-

UDK 619.616:591.8

O.A.Djurayev,

v.f.n., laboratoriya mudiri,

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

O‘LGAN QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI PATOLOGOANATOMIK

YОRISHDAN KEYINGI LABORATORIYA TEKSHIRISHLARI

Аннотация

В статье приведены данные о научно-практическом зна-

чении порядка и методики лабораторных исследований после

проведения патологоанатомического вскрытия сельскохозяй-

ственных животных. Освещены сведения по проведению баке-

териологических, гистологических, химико-токсикологических

исследований патологического материала для подтверждения

первичного и патологоанатомического заключения или уста-

новления дианоза.

Annotation

The article presents data on the scientifi c and practical signifi -

cance of the order and methodology of additional laboratory studies

after the pathoanatomical autopsy of farm animals. Information on

the conduct of baketeriological, histological, chemical and toxico-

logical studies of pathological material to confi rm the primary path-

oanatomical conclusion or establish dianosis is covered.

Kalit so‘zlar:

patologik material, veterinariya laboratoriyasi, qo‘shimcha tekshirishlar, gistologiya, bakteriologiya, kimyo-toksi-

kologiya, qon surtmalari, bosmalar, qirindilar, fi ksatsiya, formalin.

ҲАЙВОНЛАР ВА ПАРРАНДАЛАРНИНГ АНАТОМИЯСИ

(ПАТФИЗИОЛОГИЯСИ)


background image

24

#10 (191) 2023

VETERINARIYA

MEDITSINASI

lari, oshqozon va ichaklar devorlari barcha qatlamlarining

saqlanishiga e’tibor berish kerak. O‘sma va shishlarda,

o‘choqli nekrozlarda, infeksion granulyomalarda jarohat-

ning chegarasida yoki yangi shakllangan kichkina o‘choq-

larni butunligicha sog‘lom to‘qima bilan birgalikda pat-

material olinadi.

Patologik material olishda, shuningdek, tekshirilayot-

gan (gumon qilingan) kasallikka xos bo‘lgan patologik

jarayonlarning joyi va rivojlanish xususiyatlarini ham

e’tiborda tutish kerak. Masalan, cho‘chqalarning o‘latiga

gumon qilinganda, bosh miyaning kasallikka xos peri-

vaskulyar hujayralar to‘plamlari hosil bo‘ladigan turli

qismlaridan bo‘lakchalar olinadi. Paratifl arda jigardagi

o‘choqli nekrozlar va granulyomalar muhim diagnostik

ahamiyatga ega, otlarning yuqumli anemiya kasalligi-

ga gumon qilinganda esa gistologik tekshirishlar uchun

taloq, jigar, miokard, o‘pka va bo‘yraklardan bo‘lakchalar

olinib, laboratoriyaga jo‘natiladi.

Gistologik tekshirishlar uchun olingan patmateri-

ali qurib qolishidan saqlash uchun uni darhol oldindan

tayyorlab qo‘yilgan fi ksatsiyalovchi eritmaga solinadi.

Bunda idishdagi eritmaning hajmi olinadigan patmate-

rialning hajmidan 10-15 marta ko‘p bo‘lishi zarur. Agar

a’zoning (masalan, o‘pkaning) bo‘lakchalari eritmaning

yuza qismida suzadigan bo‘lsa, uni bir qavat doka bilan

o‘rash kerak.

Eng oddiy va ommabop fi ksatsiyalovchi suyuqlik

– formalinning 10% li (formalin 1 qism va vodoprovod

suvi 9 qism) eritmasidir. Formalin eritmasi to‘qimalarga

yaxshi singib o‘tadi va unda patmaterialni yillar davomida

saqlash mumkin. Biroq, Negri tanachalarini quturish ka-

salligiga yoki boshqa virus tanachalariga tekshirish zaru-

rati bo‘lsa, olinadigan patmaterialning fi ksatsiyasi uchun

Karnua aralashmasi (63 ml etil spirti, 30 ml xloroform

va 10 ml muzli uksus kislotasi), spirt-formol yoki aseton

qo‘llaniladi. Mazkur eritmalarda patmaterialning fi ksatsi-

ya uchun saqlash vaqti 2-3 soatdan oshmasligi shart, shu

muddatdan so‘ng patmaterialni absolyut yoki 96

o

darajali

spirtga olish lozim.

Fiksatsiya qilingan patmaterial kichikroq hajmli shi-

sha idishga solinadi va uning ustidan qo‘llangan fi ksatsi-

yalovchi eritma quyiladi. Shundan so‘ng yogoch qutiga

solinib, qadoqlanadi va maxsus xodim orqali laboratori-

yaga jo‘natiladi. Yilning sovuq davrida muzlab qolmasli-

gi uchun jo‘natiladigan patmaterial formalin eritmasidan

quyidagi muzlamaydigan tarkibli eritmalarga ko‘chiriladi:

1. Formalin – 15 ml, distirlangan suv – 85 ml va

kimyoviy toza natriy xlorid – 25,0;

2. Glitserin – 1 qism va 10 % li formalin – 2 qism yoki

95

o

li etil spirti – 1 qism va formalinning 10 % li eritmasi

– 2 qism.

Bakteriologik tekshirishlar uchun ichki a’zolar,

a’zolarning bir qismi, naysimon suyaklar yoki mayda

hayvonlarning jasadini butunligicha maxsus xodim orqa-

li jo‘natiladi. Jo‘natiladigan patologik material, infeksiya

tarqalishining oldini olish maqsadida, dezinfeksion erit-

mada ho‘llangan matoga o‘raladi va yog‘och yoki metall

qutiga solinadi.

Kuydirgi kasalligiga gumon qilinganda bakteri-

ologik tekshirish uchun quloqdan yoki boshqa periferik

qon tomiridan buyum shishasiga olingan qalin qon tom-

chisi, yoki hayvonnning yotgan tomonidan kesib olingan

qulog‘i olinadi, kesilgan joyi esa olov bilan kuydiriladi.

Olingan material avval toza dokaga, so‘ngra pergament

qog‘oziga o‘raladi va metall qutiga solinib, maxsus xodim

orqali eng yaqinda joylashgan veterinariya laboratoriyasi-

ga jo‘natiladi.

Hayvonlarning zaharlanishiga gumon tug‘ilgan-

da, kimyoviy tekshirishlar uchun fi ksatsiya qilmasdan

oshqozonning bir qismi ichidagi ozuqasi bilan (0,5 kg

miqdorida), ingichka ichaklarning bir qismi ichidagi mas-

sasi bilan, jigarning bir bo‘lagi (0,3-0,5 kg miqdorida) o‘t

xaltasi bilan va bitta bo‘yrak yuboriladi. Shuningdek, bir

vaqtning o‘zida, oxurdagi ozuqa qoldiqlari, mavjud ozu-

qalar va suvdan namunalar ham yuboriladi.

Veterinariya laboratoriyasiga kimyoviy tekshirish-

lar uchun yuboriladigan materialni toza idishga solib,

tamg‘alash kerak. Yuboriladigan materialni fi ksatsiya qi-

lish zaruriyati bo‘lsa, etil spirt-rektifi katdan foydalanish

mumkin. Biroq, bunday holatlarda fi ksatsiya qilingan pa-

tologik material bilan birgalikda idishga solingan spirtdan

ham namuna (100 ml gacha) jo‘natiladi.

Veterinariya laboratoriyasiga gistologik, bakterio-

logik, kimyo-toksikologik yoki boshqa tekshirishlar uchun

jo‘natiladigan patmaterial bilan birga yo‘llanma xati ham

yuboriladi. Ilovada qanday material olingani, qanday hay-

von va qaysi laboratoriya tekshirishi uchun yuborilayot-

ganligi, shuningdek, taxmin qilinayotgan (dastlabki)

diagnoz, xo‘jalikdagi epizootik holatning qisqacha ta’rifi ,

kasallangan va o‘lgan hayvonlarning soni, klinik-anato-

mik tekshirishlarning natijalari kabi ma’lumot lar keltirila-

di. Bundan tashqari, yo‘llanma xatiga kasallik tarixining

nusxasi va mazkur hayvon jasadini yorib tekshirish pro-

tokolining dublikati ham ilova qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Акулов А.В. и соавт. “Патологоанатомическая диаг-

ностика болезней крупного рогатого скота”. М., “Агропром-

издат”, 1987, 399 с.

2. Alimov B.A., Egamberdiyeva Z.Z. “Patologik anatomiyadan

qo‘llanma”. T. “Ibn Sino”, 1993, 168 s.

3. Dilmurodov N.B., Kuliyev B.A., Muxtorov B.Z., Axmedov

S.M. “Gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasining asoslari”.

Samarqand.2023. 71 s.

4. Ibodullayev F. “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining patologik

anatomiyasi”. T., “O‘zbekiston”, 2000, 420 s.

5. “Лабораторные исследования в ветеринарии”. Под ред.

Б.И.Антонова. М., “Агропромиздат”, 1986, 352 с.

6. Меркулов Г.А. “Курс патологогистологической техни-

ки”. М.”Медгиз”, 1976, 340 с.

7. “Патологическая анатомия сельскохозяйствен ных жи-

вотных”. Под ред. В.П.Шишкова и Н.А.Налетова. М.,”Колос”,

1980, 440 с.

ҲАЙВОНЛАР ВА ПАРРАНДАЛАРНИНГ АНАТОМИЯСИ

(ПАТФИЗИОЛОГИЯСИ)

Библиографические ссылки

Акулов А.В. и соавт. “Патологоанатомическая диагностика болезней крупного рогатого скота”. М., “Агропром-издат”, 1987, 399 с.

Alimov B.A., Egamberdiyeva Z.Z. “Patologik anatomiyadan qo‘llanma”. T. “Ibn Sino”, 1993, 168 s.

Dilmurodov N.B., Kuliyev B.A., Muxtorov B.Z., Axmedov S.M. “Gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasining asoslari”. Samarqand.2023. 71 s.

Ibodullayev F. “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining patologik anatomiyasi”. T., “O‘zbekiston”, 2000, 420 s.

“Лабораторные исследования в ветеринарии”. Под ред. Б.И.Антонова. М., “Агропромиздат”, 1986, 352 с.

Меркулов Г.А. “Курс патологогистологической техники”. М.”Медгиз”, 1976, 340 с.

“Патологическая анатомия сельскохозяйствен ных животных”. Под ред. В.П.Шишкова и Н.А.Налетова. М.,”Колос”, 1980, 440 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов