28
#12 (181) 2022
VETERINARIYA
MEDITSINASI
АНАТОМИЯ ВА ПАТФИЗИОЛОГИЯ
Majburiy so‘yilgan yoki o‘lgan hayvonlarning jasadini
yorib tekshirish (sinonimlari – seksiya, autopsiya, obduksiya)
- veterinariya mutaxassislari uchun yuqumsiz va yuqumli ka-
salliklarga tashxis qo‘yishda xolisona baho beruvchi va qiyin
bo‘lmagan usullardan biridir.
Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini patologoanatomik yorib
tekshirish usuli diagnostika, ya’ni kasallikni aniqlash,
sud-veterinariya ekspertizasi va ilmiy tadqiqotlar maqsa-
dida o‘tkaziladi. Diagnostik yorishning maqsadi – hayvon
o‘limining sababini aniqlash, qo‘yilgan klinik diagnoz va
bajarilgan davolash tadbirlarining to‘g‘riligini tekshirishdir.
Bunda past qiymatli hayvonlarni diagnostik yorishni veter-
inariya mutaxassisi bir o‘zi o‘tkazishi mumkin, biroq qim-
matbaho hayvonlarni tajribali vetvrachlar va xo‘jalik va-
killari ishtirokidagi komissiya tekshiradi. Sud-veterinariya
ekspertizasida yorib tekshirish tergov organlari yoki sudning
qaroriga muvofi q o‘tkaziladi. Bunda xo‘jalik hamda hokimi-
yatning tegishli vakillari qatnashishlari shart. Ilmiy tadqiqot-
lar sifatida o‘tkaziladigan yorib tekshirish ishlari esa aniq bir
maq sadda hamda tegishli a’zolar va to‘qimа larning chuqur
va atrofl icha o‘rganilishi bilan farq qiladi.
Yorib tekshirishning bunday toifalanishi, albatta, ma’lum
darajada shartlidir, chunki diagnostik yorishning natijalari
ko‘pincha sud-veterinariya ekspertizasi uchun yoki ilmiy
ahamiyatga va, aksincha, sud-veterinariya ekspertizasi xulo-
salari diagnostik mohiyatga ega bo‘lishi mumkin. Shu tufay-
li, yorib tekshirishning ilmiy-amaliy ahamiyati juda katta va
ko‘p qirralidir.
Birinchidan, jasadlarni mohirona tekshirish barcha
a’zolar va tizimlardagi morfologik o‘zgarishlarning xususi-
yatlarini aniqlashga imkon beradi. Yorib ko‘rish natijalarini
klinik-epizootologik ma’lumotlar bilan taqqoslab, asosiy
kasallik, uning asoratlari va qo‘shimcha kasalliklarni tez
va to‘g‘ri aniqlash mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, davo-
lash-profi laktika tadbirlarini tegishli tarzda va o‘z vaqtida
tashkil etishga hamda hayvonlar o‘limining oldini olishga
sharoit yaratadi. Keyingi yillarda chorvachilik texnologi-
yalarining rivojlanishi va xorijdan keltirilayotgan qishloq
xo‘jaligi hayvonlari bosh sonining tobora ortib borishi tufayli
patologoanatomik diagnostikaning ahamiyati yanada oshdi.
Binobarin, yorib tekshiruvchi mutaxassisning tajribasi ham-
da diagnozning tez va to‘g‘ri aniqlanishi yuqumli kasalliklar
tarqalishining oldini olishga, yuqumsiz kasalliklarning esa
sabablarini bartaraf etishga imkon tug‘diradi.
Ikkinchidan, klinik tashxis va davolash natijalarini
patologoanatomik nazorat etish yo‘l qo‘yilgan xatolarni
aniqlashni va veterinariya xodimlari malakasining oshishi-
ni osonlashtiradi. Hatto, eng yaxshi tibbiyot muassasalarida
O.A.Djurayev,
v.f.n., laboratoriya mudiri,
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
UDK 619.616:591.8
QISHLOQ XO‘JALIGI HAYVONLARINI PATOLOGOANATOMIK
YORIB TEKSHIRISH
Аннотация
В
стате приведены данные о научно-практическом значении
патолого-анатомического вскрытия как объективного и легко
доступного для практических ветеринарных специалистов
метода диагностики незаразных и заразных заболеваний.
Освещены сведения по месту, времени и организации вскрытия,
инструментов для вскрытия, меры личной профилактике, а
также утилизации и уничтожению трупов животных.
Annotation
The article presens data on the scientifi c and practical
signifi cance of pathological and anatomical autopsy as an objective
and easily accessible method for diagnosing non-contagious and
contagious diseases for practical veterinary specialists. Information
on the organization of the autopsy, time, place and tools for autopsy,
personal prevention, as well as disposal and destruction of corpses
are covered.
Kalit so‘zlar:
yorib tekshirish, sud-veterinariya ekspertizasi, ilmiy tadqiqotlar, prozektoriy, diagnostika, ichki a’zolar, morfologik
o‘zgarishlar, seksion to‘plam, dezinfeksiya.
ham klinik va patologoanatomik tashxislar orasida 10-12
foizgacha tafovut borligini unutmaslik lozim. Demak, no-
to‘g‘ri qo‘yilgan klinik diagnozlarning va veterinariya xo-
dimlari yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklarning o‘rtacha foizini
bilmay turib, davolash-profi laktika tadbirlarining yaxshilan-
ishiga erishish mushkul. Shu munosabat bilan G.V.Shorning
“Patologik anatomiya - klinikasiz, klinika esa - patologik
anatomiyasiz – mantiqsizdir” degan iborasini doimo yodda
tutish zarur (“О смерти человека”, М., 1925, с. 7).
Uchinchidan, yorib tekshirish hayvonlar a’zolarning
vazifasi va tuzilishining birligi, fi ziologik va patologik jaray-
onlarning hamda organizm va tashqi muhit sharoitlarining
o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi veterinariya mutaxassisining
fi krlash qobiliyatini boyitadi va kengaytiradi.
Bundan tashqari, veterinariya amaliyotining xodim-
lari yorib tekshirishdagi qiziqarli topilmalar, kamdan-kam
uchraydigan patologik holatlar va ayrim kasalliklar
(o‘smalar, leykozlar, moddalar almashinuvi kasalliklari va
boshq.) bo‘yicha veterinariya fanini boyitish imkoniyatiga
ega.
Mazkur maqola yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni ino-
batga olib hamda amaliy veterinariya mutaxassislarining ta-
lablari va ishlash sharoitlaridan kelib chiqib tayyorlandi.
Yorib tekshirishni tashkil etish
Tasdiqlangan amaldagi qonun-qoidalarga muvofi q,
o‘lgan hayvonlarni yorib tekshirish va xulosa berishga faqat-
gina davlat veterinariya xizmati hamda xo‘jaliklarning veter-
inariya mutaxassislari haqlidirlar. Bunda, har bir alohida ho-
latda va doimo, veterinariya-sanitariya qoidalari va shaxsiy
gigiyenaga qat’iy rioya qilish hamda infeksiya tarqalishining
oldini olish zarur.
Yorib tekshirishning joyi va vaqti
Hayvonlar jasadlarini yorib tekshirish uchun maxsus
jihozlangan bino (prozektoriy) veterinariya institutlari, res-
publika va viloyatlar veterinariya laboratoriyalarida bor, xo-
los. Ishlab chiqarishdagi veterinariya amaliyoti xodimlari esa
yorib tekshirishni biotermik yoki yangi qazilgan chuqurlar
oldida, ko‘pincha esa chorvachilik fermasining hududi yoki
bo‘sh turgan binosida bajarishadi. Iqlimning mo‘tadil payt-
larida jasadlarni patologoanatomik tekshirish unchalik mua-
mmo tug‘dirmaydi, ammo yomg‘ir-qorli havolarda yorib,
to‘liq tekshirish bir qadar qiyinchiliklarga olib keladi. Bino-
barin, chorvachilik fermalarida asfalt yoki beton poli mav-
jud hamda seksiya stoli, zarur asbob-uskunalar va so‘ruvchi
ventilyatsiya bilan jihozlangan xona ham qurish maqsadga
muvofi qdir.
Bunday sharoitlarning mavjudligi veterinariya xodimin-
ing ishini yengillashtiradi, patologoanatomik tekshirishni
29
#12 (181) 2022
VETERINARIYA
MEDITSINASI
АНАТОМИЯ ВА ПАТФИЗИОЛОГИЯ
hamda dezinfeksiya tadbirlarini to‘liq va atrofl icha bajarish-
ga imkon yaratadi.
Yorib tekshirish jarayonini kunduzgi tabiiy yorug‘lik-
da bajarish maqsadga muvofi qdir, chunki bunda a’zo va
to‘qimalarning rangidagi o‘zgarishlarni aniqlash oson ke-
chadi. Biroq, kechiktirib bo‘lmaydigan paytlarda sun’iy
yorug‘likda yorib ko‘rish va ikkinchi kuni ma’lum muhitda
saqlangan ichki a’zolarni qaytadan tekshirib, bayonnomaga
zarur tuzatishlar kiritish mumkin.
Brusellyoz, tuberkulyoz va paratuberkulyozga diagnos-
tik maqsadda, shuningdek turli sabablar bilan brak qilingan,
hayvonlarni so‘yish va patologoanatomik tekshirish sanitari-
ya qushxonalari hamda chorvachilik fermalaridagi so‘yish
maydonchalarida amalga oshiriladi.
Yorib tekshirish asbob-uskunalari
Diagnostik yorib tekshirishlarda anatomik yoki seksion
to‘plamdan foydalaniladi. Mazkur to‘plamda turli hayvonlar
jasadlarini to‘liq yorish uchun zarur bo‘lgan barcha asboblar
mavjud. Biroq, bunday to‘plam yo‘qligida, seksiya yoki am-
putatsiya uchun katta pichoq, ichak qaychisi, yassi yoki yoy-
simon arracha, metall dastali bolg‘acha-boltacha, anatomik
pinset va o‘lchov lineykasi-dan iborat asboblar to‘plamini
veterinariya mutaxassisining o‘zi tayyorlashi mumkin. Bun-
da, shuningdek, yodning 5% li spirtli eritmasi, bint va qay-
roqtosh bo‘lishi zarur. Yorish asboblari doimo charxlangan
bo‘lishi shart.
Yorib tekshirishni tugatgandan so‘ng asboblar yaxshilab
yuviladi va o‘yuvchi natriy, xloramin, formalin kabi eritmalar
bilan dezinfeksiyalanadi, zoonoz kasalliklarda esa, bundan
tashqari, asboblarni qaynatish va artib quritish zarur. Seksiya
asboblari quruq joyda saqlanadi.
Jihozlangan maxsus yorish binolarida yuqorida keltiril-
gan asboblardan tashqari miya pichog‘i, tugmali va qovurg‘a
qaychilari, suyaktutqich qisqichlar, yassi iskana, zond, suyak
kesish uchun taxtakach, lupa, o‘lchov silindrlari, tarozi,
spirtovka, surtma va bosmalar tayyorlash uchun yog‘sizlan-
tirilgan buyum oynachalari, shuningdek patmaterialni fi k-
satsiya qilish va muzey preparatlarini saqlash uchun shisha
bankalar va sirlangan idishlar bo‘lishi shart.
Shaxsiy xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish
qoidalariga rioya etish
Patologoanatomik tekshirish jarayonida infeksiyaning
tarqalishi va yorib tekshiruvchi hamda uning yordamchila-
riga zoonoz kasalliklar yuqishining oldini olish uchun bar-
cha veterinariya-sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilish
shart. Buning uchun, avvalo, molboqar-cho‘ponlar va joy-
lardagi veterinariya xodimlaridan hayvonnning kasallanishi
va o‘limi haqidagi ma’lumotlar aniqlanadi. Xuddi shunday
klinikali kasal hayvonlar mavjud bo‘lsa, ular to‘liq ko‘rikdan
o‘tkaziladi. Anamnez va klinik ko‘rik natijalari asosida bir-
lamchi (taxminiy) xulosaga kelish - yorib tekshirish jarayoni-
da profi laktika va veterinariya-sanitariya qoidalari bo‘yicha
tegishli tarzda zarur choralarni ko‘rishga imkon yaratadi.
Kuydirgi kasalligiga gumon qilinganda mikroskopik tek-
shirishlarda istisno qilinmaguncha jasad yorilmaydi. Kuydirgi-
ning ichak formasida oshqozon-ichaklar tizimining meteorizmi
oqibatida ko‘pincha sepsis jarayonlari rivojlanmay kasal hay-
vonlar o‘lishi sababli periferik qonning mikroskopiyasi salbiy
natija berishi mumkin. Bunday hollarda qorin bo‘shlig‘ini eh-
tiyotkorlik bilan yorib, kuydirgi karbunkullari odatda rivojla-
nadigan taloq va yo‘g‘on ichaklarning holati o‘rganiladi.
Zoonoz kasalliklarga gumon qilingan yoki eski jasadlar-
ni yorish uchun, qoidaga muvofi q, rezina qo‘lqoplar bilan
ishlash kerak. Yorib tekshiruvchi va uning yordamchilari xa-
lat, kleyonkali yenglar va fartuk kiyishlari shart. Dezinfek-
siya eritmalari bilan ishlov berilganda sifati buzilmaydigan
charm yoki rezina etik kiyish maqsadga muvofi qdir.
Yorib tekshirish jarayonida qo‘l yaralansa, ish to‘xtatila-
di, qo‘llar (qo‘lqoplar) sovun bilan yaxshilab yuviladi, yaraga
yodning 5% li spirtli eritmasi bilan ishlov beriladi. Shundan
so‘ng yarani bint bilan bog‘lab, ustidan qo‘lqop kiyiladi va
yorish davom ettiriladi.
Yorib tekshirishni tugatib, jasad yig‘ishtirib olingandan
keyin qo‘llar (qo‘lqoplar), yenglar, fartuk va etiklar sovun bi-
lan yaxshilab yuviladi. Shuningdek, ular yechilgandan so‘ng,
xloraminning 2 % li eritmasi, o‘yuvchi natriy (2%), lizol (3-
5%) yoki sovunli-karbolli aralashma bilan dezin-feksiyalana-
di. Xuddi shu eritmalar bilan foydalanilgan asboblar va yorib
tekshirilgan joy ham dezinfeksiya qilinadi.
Prozektoriyda chekish, ovqatlanish va turli suyuqlik
ichish qat’iy ta’qiqlanadi. Yorib tekshirishda yordam berish
uchun jalb qilingan shaxslarga shaxsiy profi laktika qoidalari
tushuntirilishi kerak. Jasadni yorib tekshirish jarayonida qu-
turish, kuydirgi yoki boshqa zoonoz kasalliklar bilan zararla-
nish ehtimoliga gumon qilinganda, juda tezlik bilan tegishli
tibbiyot muassasasiga murojaat qilish shart.
Jasadni utilizatsiya qilish va yo‘qotish
Jasadni utilizatsiya qilish nafaqat veterinariya-sanitariya
ahamiyatiga ega, balki bunda hayvonlar uchun yuqori sifat-
li oqsilli ozuqa, texnikaviy yog‘, teri-charm xomashyosi va
boshqa mahsulotlar olish imkoniyati mavjud. Utilizatsiya
korxonalarida hayvonlar jasadlariga ishlov berilib, tarkibida
60-63 % oqsil, 10-13 % yog‘ va 14-18 % mineral moddalar
mavjud go‘sht-suyak uni tayyorlanadi. Amaldagi veterinari-
ya qoidalariga muvofi q, yuqumsiz kasalliklardan o‘lgan hay-
vonlarning terisi ajratib olinadi.
Biroq, kuydirgi, manqa (sap), quturish, yomonsifat-
li shish (злокачественный отёк), emfi zematoz karbunkul,
qo‘ylar bradzoti, qoramol va cho‘chqalarning o‘lati, otlarn-
ing yuqumli anemiyasi va limfangoit kasalliklaridan o‘lgan
hayvonlarning terisini ajratish qat’iyan man qilinadi.
Yuqumli kasalliklardan o‘lgan va utilizatsiya qilish
imkoniyati bo‘lmagan jasadlar veterinariya xodimlarining
nazorati ostida kuydirish, hayvonlar qabristoniga ko‘mish
yoki biotermik chuqurlarga tashlash yo‘llari orqali yo‘qoti-
ladi. Jasadlarni ko‘mish 2 metrdan kam bo‘lmagan chuqur-
likda bajariladi va bunda chuqur oldidagi jasad qo‘yilgan
yerning bir qatlam tuprog‘i jasad bilan birga chuqurga ko‘mi-
ladi. Yorib tekshirish bino ichida bajarilgan bo‘lsa, jasadni
yig‘ishtirib olib, mexanik tozalashdan so‘ng stollar, pol ham-
da ifl oslangan barcha buyum va jihozlar 3-5 % li kaustik
soda, xloramin yoki xlorli ohak eritmalari bilan dezinfeksiya
qilinadi.
Kuydirgi, emfi zematoz karbunkul va boshqa xavfl i
yuqumli kasalliklardan o‘lgan yoki shubha qilinayotgan hay-
vonlarning jasadini yoqib yo‘qotish shart. Bunda chuqurga
jasadning ostidan o‘tin tashlanib, ustidan mazut, dizel yo-
qilg‘isi, kerosin yoki benzin quyiladi va kuyib, kul qolguncha
yoqiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Акулов А.В. и соавт. “Патологоанатомическая диагностика
болезней крупного рогатого скота”. – М., “Агропромиздат”, 1987, 399 с.
2. Ibodullayev F. “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining patologik anatomi-
yasi”. – T., “O‘zbekiston”, 2000, 420 s.
3. “Лабораторные исследования в ветеринарии”. Под ред.
Б.И.Антонова. – М., “Агропромиздат”, 1986, 352 с.
4. Меркулов Г.А. “Курс патологогистологической техники”.
– М.”Медгиз”, 1976, 340 с.
5. “Патологическая анатомия селскохозяйственных животных”.
Под ред. В.П.Шишкова и Н.А.Налетова. – М.,”Колос”, 1980, 440 с.