Общее определение патоморфологических изменений при инфекционных болезнях.

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
28-31
4
0
Поделиться
Джураев, О. (2024). Общее определение патоморфологических изменений при инфекционных болезнях. in Library, 1(1), 28–31. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/30684
Олимжон Джураев, Ветеринарный научно-исследовательский институт

Ветеринарный научно-исследовательский институт, заведующий лабораторией патоморфологии, кандидат ветеринарных наук, старший научный сотрудник

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье освещены сведения о развитии местных и общих изменений, установливаемых при патологоанатомическом вскрытии и являющихся характерными для всех инфекционных заболеваний. Взаимное влияние таких факторов, как условия внешней среды, патогенность возбудителя болезни и физиологическое состояние животных, могут быть изменчивыми. Следовательно, развитие и течение патологического процесса также проявляется по-разному. Однако, при смерти животных от инфекционной болезни, картина вскрытия бывает более или менее типичной и патологоанатомические изменения внутренних органов обычно повторяются. При этом с точки зрения патологоанатомическоги вскрытия, общим для всех инфекционных заболеваний является развитие местных и общих изменений. Приведены факторы, обуславливающие анатомическое проявление любой инфекционной болезни в организме животных.

Похожие статьи


background image

28

#03 (196) 2024

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ҲАЙВОНЛАР ВА ПАРРАНДАЛАР

АНАТОМИЯСИ ВА ФИЗИОЛОГИЯСИ (НОРМАЛ ВА ПАТОЛОГИЯСИ)

Barcha yuqumli (infeksion va invazion) kasalliklar uchun

mahalliy va umumiy morfologik jarayonlarning rivojlanishi -

umumiy o‘zgarishlardir. Kasallik qo‘zg‘atuvchisining bevosi-

ta patogen ta’siriga bog‘liq bo‘lgan m a h a l l i y o‘ z g a r i sh l a r,

odatda umumiy patologik jarayonlarning debochasi ko‘ri-

nishida, ya’ni oldinroq rivojlanadi. Bunda mahalliy o‘zga-

rishlar ichki a’zolarda distrofi k, yallig‘lanish-nekrotik jaro-

hatlanishlar yoki granulyomalarning shakllanishi ko‘rinishida

ifodalanadi. Ular ayrim yuqumli kasalliklar uchun o‘ziga xos

bo‘lib, katta diagnostik ahamiyatga egadir.

Ularning o‘ziga xosligi patologik jarayonning rivojlan-

gan joyi va xarakteri bilan belgilanadi. Mahalliy o‘zgarishlar

kuchli rivojlanib, makroskopik tekshirishda, ya’ni oddiy ko‘z

bilan qaralganda, yaqqol namoyon bo‘lsa, bunday yuqum-

li kasalliklarga o‘limdan keyin diagnoz qo‘yish qiyinchilik

tug‘dirmaydi.

Mahalliy o‘zgarishlar rivojlangan joylarning turli ligi bir

qator omillarga bog‘liq bo‘lib, bular quyidagilardir: infeksi-

ya tarqalishining (yuqish yo‘llarining) mexanizmi, kasallik

qo‘zg‘atuvchisining ma’lum ichki a’zo va to‘qimalardagina

rivojlanishi (tropizm), gematogen yoki limfogen emboliyalar,

shuningdek oldingi kasallik tufayli u yoki bu ichki a’zoning

sensibilizatsiyasi, jarohatlanishi va funksiyasining buzili-

shi va h.k. Masalan, kuydirgi kasalligida qo‘zg‘atuvchilar-

ning yuqish yo‘llariga qarab, karbunkulalar terida, o‘pkada

yoki ichaklarda rivojlanishi mumkin. Bunda kuydirgi kar-

bunkulalarining rivojlangan joyi kasallikning klinik-anato-

mik namo yon bo‘lishiga va uning yakuniga ham katta ta’sir

ko‘rsatadi.

Ko‘pchilik yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari

o‘zlarining evolyusion rivojlanish jarayonida ayrim ichki

a’zolar va to‘qimalardagi almashinuv jarayonlari, ferment-

lar tizimlari va biokimyoviy muhitning ma’lum sharoitlariga

moslashdilar. Tegishli to‘qima yoki ichki a’zoga tushgan-

dagina ular rivojlanishi, ko‘payishi va mahalliy o‘zgarishlar

chaqirishi mumkin.

Tropizm holati, ya’ni kasallik qo‘zg‘atuvchisining

ma’lum ichki a’zo va to‘qimalardagina rivojlanishi virusli

infeksiyalarda, ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan,

oqsilga xos aftalar faqat virus ko‘payadigan maxsus epiteliy

UDK: 619.616:591.8

O.A.Djurayev

,

v.f.n., laboratoriya mudiri,

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

to‘qimadagina hosil bo‘ladi, quturish qo‘zg‘atuvchisi nerv

hujayralarida rivojlanadi va ensefalit chaqiradi, gripp virusi

esa nafas olish yo‘llarining epitelial hujayralarini jarohatlay-

di.

Boshqa bir misol, hayvonlar organizmidagi u yoki bu

skelet muskullarining jarohatlanishlari, travmatik shishish va

yallig‘lanishli o‘zgarishlari mavjudligi oqibatida klostridi-

yalarning rivojlanishi uchun maqbul sharoitlar paydo bo‘ladi

va shundagina emfi zematozli karbunkul qo‘zg‘atuvchisining

qoramollarga yuqishi va kasallikning rivojlanishi ro‘y beradi.

Hayvonlarning ayrim yuqumli kasalliklarida mahalliy

o‘zgarishlar ichki a’zolarda oldingi kasallik tufayli sodir

bo‘lgan sensibilizatsiya, immunomorfologik jarayonlar va

funksional buzilishlarning oqibatidir. Ichki a’zolardagi al-

lergik xususiyatli mahalliy o‘zgarishlarga misollar sifatida

buzoqlar paratifi dagi endoarteriitlar va arteritlarni, brusell-

yozdagi bursitlarni, otlarning yuqumli anemiyasidagi glo-

merulonefritlarni, cho‘chqalar saramasidagi endokardit va

poliartritlarni ko‘rsatish mumkin. Ba’zan, ayrim a’zolardagi

og‘ir va murakkab jarohatlanishlar ularda funksional vazi-

falarning buzilishi tufayli rivojlanadi. Masalan, piroplazmoz

bilan kasallangan otni yoki oqsil bilan kasallangan ho‘kizni

o‘z vaqtida foydalanishdan (ishlatishdan) ozod etmaslik,

yurakda og‘ir jarohatlar rivojlanishiga, mushak tolalarida qis-

qarish tugunlarining hosil bo‘lishiga, oqibatda esa tolalarning

alohida-alohida parchalar ko‘rinishida uzilishiga olib keladi.

Mahalliy o‘zgarishlar, odatda, bitta a’zoda joylashadi,

ya’ni rivojlanadi, kam holatlarda a’zolar tizimiga tarqaladi,

yoki chechak, tuberkulyoz va shu kabi boshqa kasalliklarda

butun organizm bo‘yicha yoyiladi.

Biroq, generalizatsiya jarayonlari va sepsis bilan kecha-

digan ko‘pchilik yuqumli kasalliklarda mahalliy o‘zgarishlar

yorqin namoyon bo‘lmaydi, o‘ziga xosligi sezilmaydi, mak-

roskopik tekshirishlarda esa aniqlik kiritish qiyinchiliklar

tug‘diradi (piroplazmidozlar, quturish, otlarning yuqumli

anemiyasi va boshq.). Bunday kasalliklarda patologoanato-

mik diagnoz qo‘yish juda ham murakkablashib, umumiy

o‘zgarishlarni har tomonlama diqqat bilan tahlil qilish, kasal-

likning klinik namoyon bo‘lishi va xo‘jalikdagi epizootologik

holat bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirishga asoslanadi.

YUQUMLI KASALLIKLARDA PATOMORFOLOGIK

O‘ZGARISHLARNING UMUMIY TA’RIFI

Аннотация

В статье освещены сведения о развитии местных и общих из-

менений, установливаемых при патологоанатомическом вскрытии и

являющихся характерными для всех инфекционных заболеваний. Вза-

имное влияние таких факторов, как условия внешней среды, патоген-

ность возбудителя болезни и физиологическое состояние животных,

могут быть изменчивыми. Следовательно, развитие и течение па-

тологического процесса также проявляется по-разному. Однако, при

смерти животных от инфекционной болезни, картина вскрытия бы-

вает более или менее типичной и патологоанатомические изменения

внутренних органов обычно повторяются. При этом с точки зрения

патологоанатомическоги вскрытия, общим для всех инфекционных за-

болеваний является развитие местных и общих изменений. Приведены

факторы, обуславливающие анатомическое проявление любой инфек-

ционной болезни в организме животных.

Annotation

The article covers information about the development of local and

general changes that are established during a pathological autopsy and are

characteristic of all infectious diseases. The mutual infl uence of such fac-

tors as environmental conditions, the pathogenicity of the pathogen and the

physiological state of animals can be variable. Consequently, the develop-

ment and course of the pathological process also manifests itself diff erently.

However, when animals die from an infectious disease, the autopsy picture

is more or less typical and pathological changes in the internal organs are

usually repeated. Moreover, from the point of view of a pathological autopsy,

common to all infectious diseases is the development of local and general

changes. The factors that determine the anatomical manifestation of any in-

fectious disease in the div of animals are given.

Kalit so‘zlar:

infeksiya, mahalliy va umumiy o‘zgarishlar, yallig‘lanish, giperplaziya, distrofi ya, proliferatsiya, intoksikatsiya, yuqish mexanizmi.


background image

29

#03 (196) 2024

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ҲАЙВОНЛАР ВА ПАРРАНДАЛАР

АНАТОМИЯСИ ВА ФИЗИОЛОГИЯСИ (НОРМАЛ ВА ПАТОЛОГИЯСИ)

Bunda umumiy o‘zgarishlar qanchalar og‘ir bo‘lsa, mahalliy

o‘zgarishlar shunchalar kuchsiz ifodalanadi.

U m u m i y o‘ z g a r i sh l a r organizmning intoksikatsi-

yasi va oksidlanish-tiklanish jarayonlarining buzilishi tufayli

sodir bo‘ladi. Alohida-alohida qaralganda, bu o‘zgarishlar

biror-bir o‘ziga xoslik va maxsuslikka ega emas. Umumiy

o‘zgarishlarning to‘plami va o‘zaro bog‘liqligini inobatga

olib, ya’ni barcha patologomorfologik jarayonlar umumiy

ko‘rinishining bir butunligini sinchkovlik bilan tekshirish

asosidagina aniq diagnoz qo‘yish mumkin.

Taloq va limfa tugunlaridagi yallig‘lanish-giperplaziya

reaksiyalari, qon va limfa aylanishi tizimlari faoliyatidagi

buzilishlar, parenximatoz a’zolardagi distrofi k o‘zgarishlar,

shilliq pardalardagi kataral holatlar, teri jarohatlari va retiku-

lo-endotelial hujayralardagi proliferativ jarayonlar umumiy

o‘zgarishlar turkumiga kiradi.

Har qanday yuqumli kasalliklar jarayonida taloqning

ko‘zgu sifatida xizmat qilishi ma’lumdir. Qon aylanishi

tizimining yo‘lida fi ltr sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi taloq

sepsisli yuqumli kasalliklarda, ayniqsa, kuchli reaksiya

namo yon qiladi. Bunda taloqdagi patomorfologik o‘zga-

rishlarning negizida to‘rtta jarayon yotadi: undagi qonning

deponatsiyasi, ya’ni qizil pulpadagi sinuslarning qon shakl-

li elementlari bilan to‘lib-toshganligi; hujayra elementla-

rining ko‘payishi (proliferatsiya-giperplaziya reaksiyalari);

trabekulyar apparat tonusining buzilishlari (yo‘qolishi) va

autoliz jarayonlari. O‘zining rivojlanish darajasi bo‘yicha

dastlabki ikkita jarayon taloq hajmining o‘zgarishiga, keyingi

ikkita jarayon esa – uning konsistensiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.

Mazkur jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va ta’siri bo‘yicha

taloq reaksiyasining har xil turlari kuzatiladi.

Eritrotsitlarning kuchli parchalanishi va neytrofi lli

leykotsitoz bilan kechadigan yuqumli sepsisli kasalliklarda

taloq hajmining juda ham kattalashuvi va uning yumshashi

kuzatilib, bunda kesilgan joyida to‘q-qizil rangli pulpa

bo‘rtib turadi, pichoqning ort qirrasi bilan juda oson qirindi

ko‘chadi. Kuchli rivojlangan autoliz jarayonlarida esa, ma-

salan kuydirgi kasalligida, taloq deyarli suyuqlashib, kesil-

ganda undan mumsimon massa oqadi (septik taloq). Buzoq-

lar va cho‘chqa bolalari paratifi ning o‘tkir shaklida taloq

hajmining kattalashuvida autoliz jarayonlarining kuchayishi

va trabekulalar tonusining buzilishi kabi o‘zgarishlarning

ishtirok etmasligi (yo‘qligi) tufayli, uning konsistensiyasi an-

chagina qattiq bo‘ladi.

Taloq follikulalarining giperplaziyasi va uning qizil

pulpasidagi retikulo-endotelial hujayralar proliferatsiyasi –

O‘TKIROSTI va surunkali yuqumli kasalliklarga xosdir. Mak-

roskopik tekshirishda taloq follikulalarining giperplaziyasi

kesilgan joyning yuzasida bir maromdagi donadorlik, ayrim

hollarda esa follikulalarning tariq doni kattaligida bo‘lishi

va och-kulrang bo‘rtmalarday chiqib turishida namoyon

bo‘ladi.

Taloqda hujayralar elementlarining ommaviy prolife-

ratsiyasi juda kam holatlarda, xususan otlar yuqumli anemi-

yasining surunkali kechishida kuzatiladi va hajmining biroz

kattalashuvi hamda konsistensiyasining zichlashuvi bilan

ta’rifl anadi. Bunda taloqning kesilgan joyi yuzasi yirik do-

nador bo‘lib, to‘q-qizil rang bilan ifodalanadi. Yuqorida kel-

tirilgan taloqdagi o‘zgarishlar ko‘pincha uning kapsulasi va

qizil pulpasidagi qon quyilishlari bilan birgalikda kechadi.

Biroq, taloqdagi o‘zgarishlarni tahlil qilishda kasal-

likning davom etish muddatini, o‘lim mexanizmini, hay-

vonning yoshi va semizligini ham e’tiborga olmoq shartdir.

Masalan, kuydirgi kasalligining ichak formasida ichaklarning

atoniyasi rivojlanib, meteorizm va sepsis oqibatidagi asfi ksi-

ya tufayli o‘lim sodir bo‘ladi, shuning uchun taloqning kat-

talashuvi kuzatilmaydi. Yangi tug‘ilgan yoki o‘ta oriq hay-

vonlarda, hatto sepsisli jarayonlarda ham, taloq tomonidan

deyarli hech qanday reaksiya namoyon bo‘lmaydi. Bundan

tashqari, taloq yumshoq mushak to‘qimasi tonusining o‘zga-

rishiga vagus asab tolalari yoki simpatik innervatsiyaning

kuchli qitiqlanishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Vagusning

kuchli qitiqlanishi tufayli taloq trabekulyar apparatining to-

nusi susayishi ham qonning deponatsiyasiga olib keladi.

Organizmning limfa aylanishi tizimida o‘ziga xos fi ltr

vazifasini bajaruvchi limfa tugunlari – limfaning oqsilli va

hujayrali tarkiblarining har qanday o‘zgarishlariga, shu-

ningdek toksinlarning to‘qimali suyuqliklari, hujayralar ele-

mentlarining parchalangan bo‘lakchalari va boshqa zarralar-

ning limfaga tushishiga, zudlik bilan javob beradi. Sepsis va

generalizatsiya bilan kechadigan yuqumli kasalliklar uchun

ko‘pchilik limfa tugunlarining bo‘kishi, giperplaziya jara-

yonlari va yallig‘lanishli o‘zgarishlar xarakterlidir. O‘tkir

yuqumli kasalliklarda ularning hajmi kattalashadi, konsisten-

siyasi yumshaydi, kesilgan yuzasi juda sersuv bo‘lib, bosil-

ganda sarg‘ish rangdagi xira suyuqlik oqadi.

Agar kasallik qon quyilishlari bilan kechsa, limfa tu-

gunlarida u yoki bu darajada namoyon bo‘lgan sinuslarning

gemorragik infi ltratsiyasi hosil bo‘ladi, kesilgan yuzasi esa

ola-bula tusga kiradi, ya’ni gemorragik infi ltratsiyaga uchra-

gan sinuslarning odatiy to‘q-qizil rangi giperplaziyaga uchra-

gan va yaqqol bo‘rtib turgan och-kulrang limfoid to‘qima

bilan aralashadi.

Biroq, ayrim limfa tugunlarida mexanik ta’sirlar va

o‘xshash boshqa sabablar tufayli rivojlangan qon quyilish-

li o‘choqlardan eritrotsitlarning rezorbsiyasi oqibatida ham

kapsulaosti sinuslarining gemorragik infi ltratsiyasi sodir

bo‘lishi mumkin. Hatto, shaxsiy xo‘jaliklarda go‘sht uchun

so‘yilgan hayvonlarda, kesilgan joydan eritrotsitlar kurakol-

di limfa tugunlariga singishi mumkin, biroq eritrotsitlarning

bunday rezorbsiyasida odatda tugun limfoid to‘qimasining

yallig‘lanishli bo‘kishi va giperplaziyasi kuzatilmaydi. Si-

nuslarga yoki tugunlarning limfoid to‘qimasiga fi brinning

infi ltratsiyasi shu qismlarning o‘limiga olib keladi.

Yuqumli kasalliklarning o‘tkir va surunkali kechishida

limfa tugunlarining bo‘kishi kuchsizlanib, ular hajmining

kattalashuvi asosan limfoid to‘qimaning giperplaziyasi va si-

nuslarning deskvamativ-kataral yallig‘lanishi tufayli ro‘y be-

radi. Shu sababli limfa tugunlarining konsistensiyasi nisbatan

zichlashadi, kesilgan yuzasi esa deyarli suvsiz va och-kulrang

tusdagi bir xil tuzilishga ega bo‘ladi.

Ulardagi o‘zgarishlarni tahlil qilish va baholash davo-

mida limfa tugunlarining turli guruhlarida yallig‘la nish-

giperplaziya jarayonlarining rivojlanish darajasini ham, al-

batta, diqqatda tutmoq kerak. Chunki, ichak infeksiyala rida

tutqich (mezenterial) va portal limfa tugunlari kuchliroq

o‘zgaradi, nafas olish yo‘llarining yuqumli kasalliklarida

jag‘osti, halqumorti va o‘pkaning devororalig‘i limfa tugun-

laridagi patologik jarayonlarning rivojlanishi xarakterlidir,

otlarning yuqumli anemiyasi va cho‘chqalarning o‘lat kasal-

liklarida esa deyarli barcha limfa tugunlari jarohatlanadi.

Limfa tugunlaridagi yuqorida keltirilgan o‘zgarishlar-


background image

30

#03 (196) 2024

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ҲАЙВОНЛАР ВА ПАРРАНДАЛАР

АНАТОМИЯСИ ВА ФИЗИОЛОГИЯСИ (НОРМАЛ ВА ПАТОЛОГИЯСИ)

dan tashqari, patologoanatomik jarayonlar sepsis va genera-

lizatsiya bilan kechadigan ko‘pchilik yuqumli kasalliklar-

da, barcha limfoid to‘qimaning to‘laligicha giperplaziyaga

uchrashi kuzatiladi va mazkur o‘zgarishlar bodomsimon bez-

lar, ichaklarning Peyer to‘g‘alari va solitar follikulalarida,

ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ladi. Odatda, kuchli giperpla-

ziyaga uchragan bodomsimon bezlarda hatto makroskopik

tekshirishda ham och-kulrang follikulalar hajmining katta-

lashgani yaqqol ifodalanadi, bosib ko‘rganda esa, ko‘pincha,

nekrotik detrit ajraladi. Ichaklardagi kattalashgan va qalin-

lashgan Peyer to‘g‘alari sersuv bo‘lib, atrofi dagi shilliq par-

dasiga nisbatan bo‘rtib turadi.

Hayvonlarni patologoanatomik yorib tekshirish jara-

yonida qondagi o‘zgarishlar va qon aylanishidagi buzilish-

lar umumiy anemiya, sariqlik, gemoglobinemiya, gemoglo-

binuriya, qon quyilishlari, turg‘un giperemiya va bo‘kishlar

ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Anemiya, sariqlik, gemo-

globinemiya, gemoglobinuriya yuqumli kasalliklarga xos

bo‘lib, eritrotsitlarning kuchli parchalanishi bilan kechadi

(piroplazmidozlar, leptospirozlar, otlarning yuqumli ane-

miyasi va boshq.). Biroq, yuqorida keltirilgan patologik ja-

rayonlarning orasida diagnostik jihatdan eng muhimi – qon

quyilishlari, ularning qaerda joylashganligi va rivojlanish

darajasidir.

Masalan, o‘lat va otlarning yuqumli anemiyasi kasal-

liklarida shilliq pardalar, seroz qatlamlar va ichki a’zolarda

ko‘p sonli mayda nuqtali qon quyilishlari xarakterlidir. Sepsis

bilan kechadigan yuqumli kasalliklarda esa, mayda qon qu-

yilishlari bilan bir qatorda dog‘simon va keng tarqalgan qon

quyilishlari kuzatilib, ular, ko‘pincha, biriktiruvchi to‘qimali

kletchatkaning bo‘kishi hamrohligida kuzatiladi.

Yurak faoliyatining kuchsizlanishi tufayli organizmda

umumiy turg‘un giperemiya rivojlanadi, uning oqibatida esa

teriosti kletchatkasi, o‘pka va bosh miyada bo‘kishlar ro‘y

beradi, shuningdek seroz bo‘shliqlarda ekssudat (bo‘kish

suyuqligi) to‘planadi. Ayrim yuqumli kasalliklarda ko‘zlar,

yuqori nafas olish yo‘llari, oshqozon va ingichka ichak shilliq

pardalarida kataral yallig‘lanishlarning rivojlanishi turg‘un

yoki refl ektor arterial giperemiya oqibatida sodir bo‘ladi.

Jigar, bo‘yraklar, miokard, ichki sekresiya bezlari va

nerv hujayralarining distrofi k jarayonlari organizmning in-

toksikatsiyasi hamda gemodinamikaning buzilishlari oqibati-

da hosil bo‘lgan oksidli-tiklanish jarayonlarining o‘zgarishi

tufayli rivojlanadi. Odatda, mazkur distrofi k o‘zgarishlar sep-

sisli yuqumli kasalliklarda yorqinroq namoyon bo‘ladi. Bi-

roq, ularni o‘limdan keyin a’zolarda rivojlanadigan autoliz li

o‘zgarishlar bilan chalkashtirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Distrofi k o‘zgarishlar, o‘limdan keyingi autoliz jarayonlari-

dan farqli o‘laroq, a’zolar hajmining kattalashuvi bilan ifoda-

lanib, bunda ular hamisha ham bir xil namoyon bo‘lmaydi,

ya’ni a’zolarning kuchliroq faoliyat ko‘rsatayotgan yoki

oziqlanishning noma’qul sharoitlarida bo‘lgan tarkibiy ele-

mentlari kuchliroq jarohatlanadi. Masalan, miokardda – pa-

pillyar mushaklar, jigarda – jigar bo‘lakchalari markaziy

qismining hujayralari, bo‘yraklarda – chambaraksimon

(egri-bugri) kanalchalar kuchliroq o‘zgaradi va h. k.

Patologoanatomik tekshirishlar jarayonidagi umumiy

o‘zgarishlar orasida teri jarohatlari ham muhim diagnostik

ahamiyatga egadir. Ular eritemalar, ekzantemalar, papulali

yoki chechaksimon toshmalar, krustozli ekzemalar ko‘ri-

nishida namoyon bo‘lishi mumkin. Biroq, mazkur o‘zgarish-

lar cho‘chqalardagina yaxshi ko‘rinadi xolos, boshqa qish-

loq xo‘jaligi hayvonlarining teri pigmentatsiyasi va quyuq

jun qoplami bilan qoplanganligi sababli makroskopik tek-

shirishlarda ularni aniqlash anchagina murakkab kechishini

nazardan qochirmaslik kerak.

Yuqorida keltirilgan umumiy o‘zgarishlarni har tomon-

lama va chuqur tahlil qilish asosida yuqumli kasallikka gu-

mon mavjudligini ishonch bilan aytish mumkin. Biroq, aniq

bir nozologik diagnoz qo‘yish uchun virusli, bakterial-sepsis-

li va toksikoinfeksiyalarda hamda boshqa kasalliklarda pato-

morfologik o‘zgarishlarning o‘ziga xosligini doimo diqqatda

tutish shart.

Viruslar, bakteriyalardan farqli o‘laroq, mutlaqo

parazitlardir, ular o‘zining tarkibida zarur bo‘lgan ferment-

lar to‘plamlaridan mahrumdirlar va tirik hujayralardagina

ularning reproduksiyasi (ko‘payishi) amalga oshadi. Zarar-

langan hujayralarda ko‘pchilik viruslarning reproduksiyasi

jarayonida o‘ziga xos maxsus kiritmalar – tanachalar shakl-

lanadi va ular katta diagnostik ahamiyatga egadir. Mazkur

virusli kiritmalarning o‘ziga xosligi esa quyidagilar bilan

aniqlanadi: ularning muayyan hujayralarda joylashuvi

(yadro ichida va sitoplazmada joylashgan tanachalar farqla-

nadi), ma’lum tinktorial xususiyatlarga egaligi (bazofi l va

atsidofi l virusli kiritmalar), o‘lchamlari va ichki struktura-

sining o‘ziga xosligi, ayrim virusli kasalliklarda esa, shu-

ningdek, rivojlanish siklining boshqachaligi ham kuzatila-

di. Quturish kasalligidagi Babesh-Negri tanachalari, yosh

hayvonlarning virusli pnevmoniyalari va go‘shtxo‘r hay-

vonlarning o‘lat kasalligidagi sitoplazmatik kiritmalarning

diagnostik qiymati amaliy veterinariya mutaxassislariga

yaxshi ma’lum.

Hujayra ichidagi virusli kiritmalar – tanachalar hayvon-

larda yirik viruslar, rikketsiyalar va mikoplazmalar chaqiruv-

chi kasalliklarga xosdir. Mitti (mayda) viruslar, xususan oqsil,

otlarning yuqumli anemiyasi, qoramol va cho‘chqalarning

o‘lat kabi kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining reproduksiyasida

esa hujayra ichidagi virusli kiritmalarning rivojlanishi kuza-

tilmaydi.

Virusli kiritmalar – tanachalarni aniqlash uchun qon

surtmalari yoki jarohatlangan ichki a’zolarga bosib olingan

surtmalar tayyorlanadi. Ularni havoda quritgandan so‘ng

spirt-efi rda fi ksatsiya qilinadi va Romanovskiy-Gimza yoki

boshqa usullar bilan bo‘yab, mikroskop ostida tekshiriladi.

Hozirgi kunda virusli kasalliklarning diagnostikasi uchun

mikroskopiya va immunofl uoressensiyaning zamonaviy ta-

komillashtirilgan usullari qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, yuqumli virusli kasalliklar uchun

a’zolarning biriktiruvchi to‘qimali negizida o‘choqli yoki

keng tarqalgan limfoid-gistiotsitar infi ltratsiyalar rivojlanishi,

ya’ni retikulogistiotsitar hujayralar proliferativ reaksiyasi-

ning namoyon bo‘lishi ham xosdir. Hayvonlarning quturish,

Aueski kasalligi, cho‘chqalar o‘lati, qoramollarning xavfl i

kataral isitmasi (zlokachestvennaya kataralnaya goryachka),

otlarning yuqumli anemiyasi kabi bir qator virusli kasallikla-

rida yiringsiz disseminatsiyaga uchragan limfotsitar ensefalit

rivojlanadi. Cho‘chqalarning o‘lat kasalligida 75-80% holat-

larda bosh miyada perivaskulyar infi ltratlar kuzatiladi. Yosh

hayvonlarning virusli bronxopnevmoniyalarida esa havo

yo‘llari shilliq qatlamlarining, peribronxial va perivaskulyar

biriktiruvchi to‘qimaning kuchli limfoid-gistiotsitar infi ltrat-

siyasi rivojlanadi.


background image

31

#03 (196) 2024

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ҲАЙВОНЛАР ВА ПАРРАНДАЛАР

АНАТОМИЯСИ ВА ФИЗИОЛОГИЯСИ (НОРМАЛ ВА ПАТОЛОГИЯСИ)

Qon va to‘qima suyuqliklarida viruslarning rivojlana

olmasligi tufayli virusli kasalliklarda septitsemiya kuzatil-

maydi, taloqning hajmi o‘zgarmaydi yoki salgina kattala-

shadi, otlarning yuqumli anemiya kasalligi bundan mustasno.

Otlarning yuqumli anemiya kasalligida taloq hajmining kat-

talashuvini esa tashqi faolligidan mahrum bo‘lgan (autoge-

magglyutinatsiya) va parchalangan eritrotsitlarga to‘yinishi

bilan izohlash mumkin. Bundan tashqari, virusli kasalliklarda

ichki parenximatoz a’zolarda distrofi k o‘zgarishlar kuchsiz

namoyon bo‘ladi, yiringli va fi brinli yallig‘lanishlar hamda

neytrofi lli leykotsitozlar kuzatilmaydi, biroq mayda nuqtali

qon quyilishlari xarakterlidir.

Odatda, kasalliklarning o‘tkir kechishi leykopeniya bi-

lan ta’rifl ansa, keyinchalik kasallikning davomida nisbatan

limfotsitoz rivojlanadi. Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining

ayrim virusli kasalliklarida kuzatiladigan shilliq pardalar, se-

roz qatlamlar, o‘pka va boshqa a’zolardagi yiringli jarayon-

lar va fi brinli yallig‘lanishlar yo‘ldosh mikrofl ora tomonidan

yoki ikkilamchi bakterial infeksiya oqibatida rivojlanadi.

Shu bilan birga, virusli kasalliklarning ikkilamchi infeksi-

ya bilan og‘irlashuvi, odatda, kasallikning klinik-anatomik

ko‘rinishini va kechishini o‘zgartiradi, ichki a’zolardagi

virusli jarohatlanishlarni esa u yoki bu darajada panalab

qo‘yadi.

Sepsis bilan kechuvchi bakterial infeksiyalarda, aksin-

cha, taloq hajmining kattalashuvi, jigar, bo‘yraklar va yurak

mushagida distrofi k o‘zgarishlarning kuchli namoyon bo‘li-

shi, umumiy venoz giperemiya, bo‘kish va gemorragik dia-

tez holatlari, retikulo-gistiotsitar hujayralarning kuchsiz yoki

sezilar-sezilmas proliferativ reaksiyasi, neytrofi lli leykotsi-

toz, o‘ziga xos umumiy o‘zgarishlardir.

Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining toksikoinfeksiyalari

(botulizm, qoqshol, qo‘ylarning yuqumli enterotoksemiyasi

va boshq.) zaharlanishlar ko‘rinishida kechadi, bunda limfa

tugunlari hamda taloqda giperplastik reaksiya jarayonlari

deyarli kuzatilmaydi. Hayvonlarning botulizm kasalligida

atoniyaning oqibatida oshqozon va yo‘g‘on ichaklarning tiqi-

lishi rivojlanadi, ko‘pincha kataral gastroenterit kuzatiladi.

Toksik anaerob yuqumli kasalliklarda, mahalliy o‘zgarishlar-

dan tashqari, tomoq osti va qorin sohasida teriosti kletchat-

kasining bo‘kishi, ko‘krak qafasi hamda qorin bo‘shlig‘ida

seroz yoki qizg‘ish suyuqlikning to‘planishi xarakterli bo‘lsa,

qoqsholdan o‘lgan otlarda esa asfi ksiya belgilarigina kuzati-

ladi, xolos.

Virusli, sepsis bilan kechadigan va toksik infeksiyalar-

ning yuqorida keltirilgan o‘ziga xos patomorfologik xusu-

s iyatlarini inobatga olib, tekshirilayotgan yuqumli kasal-

likning qaysi guruhga tegishli ekanligini aniqlash mumkin.

Bu esa, o‘z navbatida, keyingi (qo‘shimcha) diagnostik tek-

shirishlarning doirasini toraytirishga va yakuniy xulosa be-

rishni tezlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Biroq, yuqumli kasalliklarning diagnostikasida quyi-

dagilarni ham diqqat-e’tiborda tutish zarur. So‘nggi yil-

larda antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari hamda turli

vaksinalarning juda keng tarzda va hech qanday nazoratsiz

veterinariya amaliyotida qo‘llanishi tufayli ayrim yuqumli ka-

salliklarning kechishi va klinik-anatomik namoyon bo‘lishin-

ing o‘zgarishi, virusli va bakterial infeksiyalarning ilgari

qayd etiladigan assotsiatsiyalarining buzilishi, ilgari unchalik

ma’lum bo‘lmagan virusli va mikoplazmoz kasalliklarning

paydo bo‘lish holatlarining ko‘payishi kuzatilmoq da.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi hayvonlarini oziqlan-

tirishdagi kamchiliklar, adinamiya va tizimsiz emlashlar

kabi omillar tufayli organizmning immunobiologik faolligi

ham o‘zgarishi mumkindir. Buning oqibati sifatida p a t o m

o r f o z deb ataluvchi patomorfologik jarayonlar namoyon

bo‘lishining o‘zgarishini ko‘rsatish mumkin. Patomorfoz ho-

latlariga cho‘chqalar o‘lati notipik shaklining paydo bo‘lishi,

buzoqlar paratifi da allergik endoarteriit va oyoqlarning jon-

siz lanishi, cho‘chqa bolalari paratifi da jigarda rivojlanadagan

keng nekroz o‘choqlarining kuzatilishi va boshqa shularga

o‘xshash misollar keltirish mumkin.

Yuqorida bayon qilingan barcha holatlar yuqumli ka-

salliklarning diagnostikasini murakkablashtiradi. Patologo-

anatomik yorib tekshirish va laboratoriya tekshirishlari nati-

jalari, klinik ko‘rsatkichlar hamda xo‘jalikdagi epizootologik

holat bo‘yicha ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish

asosidagina asosiy kasallik, uning asoratlari va hamroh ka-

sallikka tez va aniq diagnoz qo‘yish mumkin. Biroq, har qan-

day vaziyatda ham xo‘jalikdagi sanitariya holati, hayvonlarni

saqlash, oziqlantirish va ekspluatatsiya qilishning mavjud

sharoitlarini doimo nazarda tutish shart.

Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining noaniq ommaviy

kasallanishlarida kasallik rivojlanishining turli bosqichla-

ridagi patologoanatomik yorib tekshirishlar natijalari

muhim diagnostik ahamiyatga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, bajarilayotgan maxsus davolash-pro-

fi laktika tadbirlarining samaradorligi – aniqlangan diag-

nozning to‘g‘riligini belgilovchi muhim omildir. Bunda

ayrim yuqumli kasalliklar, ayniqsa yosh mollarda, no-

to‘g‘ri oziqlantirish, saqlashning noqulay sharoitlari va

shamollash keltirib chiqaruvchi omillar negizida ro‘y

berishini aslo unutmaslik zarur. Shuning uchun, mazkur

nuqsonlar bartaraf etilmasa, hatto to‘g‘ri o‘tkazilayotgan

davolash-profi laktika tadbirlari samarasiz bo‘lishi hamda

hayvonlarni sog‘lomlashtirish choralarining murakkab-

lashuvini ham kuzatish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Акулов А.В. и соавт. “Патологоанатомическая

диагностика болезней крупного рогатого скота”. М.,

“Агропромиздат”, 1987, 399 с.

2. Alimov B.A., Эgamberdiyeva Z.Z. “Patologik

anatomiyadan qo‘llanma”. T. “Ibn Sino”, 1993, 168 s.

3. Dilmurodov N.B., Kuliev B.A., Muxtorov B.Z., Ax-

medov S.M. “Gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasi-

ning asoslari”. Samarqand. 2023. 71 s.

4. Djurauev O.A. “Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini patolo-

goanatomik yorib tekshirishning tartibi va usullari”. ”Veteri-

nariya meditsinasi”. 2023, № 7, 21-25 s.

5. Ibodullauev F. “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining pa-

tologik anatomiyasi”. T., “O‘zbekiston”, 2000, 420 s.

6. “Лабораторные исследования в ветеринарии”. Под

ред. Б.И.Антонова. М., “Агропромиздат”, 1986, 352 с.

7. Меркулов Г.А. “Курс патологогистологической

техники”. М.”Медгиз”, 1979, 340 с.

8. “Патологическая анатомия сельскохозяйст венных

животных”. Под ред. В.П.Шишкова и Н.А.Налетова.

М.,”Колос”, 1980, 440 с.

Библиографические ссылки

Акулов А.В. и соавт. “Патологоанатомическая диагностика болезней крупного рогатого скота”. М., “Агропромиздат”, 1987, 399 с.

Alimov B.A., Эgamberdiyeva Z.Z. “Patologik anatomiyadan qo‘llanma”. T. “Ibn Sino”, 1993, 168 s.

Dilmurodov N.B., Kuliev B.A., Muxtorov B.Z., Ax-medov S.M. “Gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasining asoslari”. Samarqand. 2023. 71 s.

Djurauev O.A. “Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini patolo-goanatomik yorib tekshirishning tartibi va usullari”. ”Veteri nariya meditsinasi”. 2023, № 7, 21-25 s.

Ibodullauev F. “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining pa-tologik anatomiyasi”. T., “O‘zbekiston”, 2000, 420 s.

“Лабораторные исследования в ветеринарии”. Под ред. Б.И.Антонова. М., “Агропромиздат”, 1986, 352 с.

Меркулов Г.А. “Курс патологогистологической техники”. М.”Медгиз”, 1979, 340 с.

“Патологическая анатомия сельскохозяйст венных животных”. Под ред. В.П.Шишкова и Н.А.Налетова. М.,”Колос”, 1980, 440 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов