Порядок анализа и обобщения результатов патологоанатомического исследования

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
25-26
4
1
Поделиться
Джураев, О. (2024). Порядок анализа и обобщения результатов патологоанатомического исследования. in Library, 1(1), 25–26. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/30573
Олимжон Джураев, Ветеринарный научно-исследовательский институт

Ветеринарный научно-исследовательский институт, заведующий лабораторией патоморфологии, кандидат ветеринарных наук, старший научный сотрудник

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье освещены сведения по анализу и обобщению результатов патологоанатомического вскрытия трупов сельскохозяйственных животных. Приведены данные о прижизненных патологических процессах, механизмах смерти и степени выраженности трупных явлений при оценке результатов вскрытия.


background image

25

#01 (194) 2024

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ҲАЙВОНЛАР ВА ПАРРАНДАЛАРНИНГ АНАТОМИЯСИ

(ПАТФИЗИОЛОГИЯСИ)

Chorvachilik amaliyotida o‘lgan yoki majburiy so‘yilgan

hayvon jasadini yorib tekshirishda veterinariya mutaxassisi

odatda uch toifadagi o‘zgarishlarga duch keladi. Bular quy-

idagilardir: hayvonning tirikligida rivojlangan patologik ja-

rayonlar, agoniya davridagi o‘zgarishlar va o‘limdan keyingi

jasad o‘zgarishlari.

Bunda agoniya davridagi va o‘limdan keyingi o‘zgarish-

lar hayvonning tirikligida rivojlangan patologik jarayonlarni

yashirib yoki o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun

yorib tekshirish natijalarini baholashda o‘lim mexanizmlarini

va o‘limdan keyingi jasad o‘zgarishlarining rivojlanish dara-

jasini albatta, e’tiborga olish kerak.

O‘limdan keyingi jasad o‘zgarishlari biron-bir kasal-

likka nisbatan o‘ziga xoslikka ega emas, ulardan o‘limning

taxminiy vaqtini va hayvon jasadining holatini aniqlash ma-

qsadidagina foydalanish mumkin. Biroq o‘limdan keyingi

o‘zgarishlarning rivojlanish tartibini bilish, ularni hayvon

tirikligida rivojlangan patologik jarayonlardan farqlashda

(diff erensiatsiya qilishda) juda muhim ahamiyatga ega.

Agoniya davridagi o‘zgarishlar.

Kasallikning turi

va xarakteri hamda hayvonga tashqi ta’sirlarning qanday

bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘lim nafas olishning to‘xtashi (as-

fi ksiya) yoki yurak paralichi sababli sodir bo‘ladi. Biroq

mazkur sabablar qatoriga, zo‘rlik bilan o‘lim sodir bo‘lgan

holatlar diagnostikasini yengillash tirish maqsadida, kuchli

qon yo‘qotish va markaziy asab tizimining ayrim (shok, bosh

miya chayqalishi, anopleksiya va boshqa) jarohatlanishlar-

ini ham qo‘shish mumkin. Mazkur o‘lim mexanizmlarining

har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, jasadda xarak-

terli morfologik alomatlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Shu bilan birga, o‘limning yakuniy sababiga bog‘liq a’zolar

va to‘qimalardagi patomorfologik o‘zgarishlarga nisbatan,

zo‘rlik bilan to‘satdan o‘lim sodir bo‘lgan barcha holatlardagi

jarayonlar odatda yorqinroq namoyon bo‘ladi va hayvon o‘li-

mining genezi va turini aniqlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Asfi ksiyada (serebral o‘limda) nafas olish to‘xtagandan

keyin ma’lum muddat (odatda 5-8 minut) davomida yurak

faoliyati davom etadi. Ko‘krak qafasi hamda diafragmaning

so‘rib olish funksiyasi to‘xtab qolishi oqibatida yurakning

o‘ng qorinchasiga bosim oshadi va uning kengayishi ro‘y

beradi. Yurak faoliyatining kuchsizlashuvi sari kichik qon

aylanish doirasida qon bosimi oshadi, tomirlarning o‘tka-

zuvchanligi o‘zgaradi. Bu holatlarning natijasida traxeya va

bronxlarning shilliq pardalarida, o‘pka oralig‘ida, o‘pkan-

UDK: 619.616:591.8

O.A.Djurayev

,

v.f.n., laboratoriya mudiri,

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

PATOLOGOANATOMIK YORIB TEKSHIRISH NATIJALARINI TAHLIL

QILISH VA UMUMLASHTIRISH TARTIBI

ing plevrasi va epikard ostida mayda nuqtali qon quyilish-

lari (Tarde dog‘lari) paydo bo‘ladi. Tez rivojlanib boradigan

anoksemiya tufayli asab tizimi simpatik bo‘limining kuchli

qitiqlanishi hamda ko‘z qorachiqlari, taloq trabekulalari, siy-

dik pufagi, ichaklar silliq mushaklarining qisqarishi rivojla-

nadi.

Shunday qilib, jasadda asfi ksiyaga xos quyidagi o‘zgar-

ishlar kuzatiladi: ko‘rinarli shilliq pardalarning sianozi; ko‘z

qorachiqlarining kengayishi; qonning suyuq va qoramtirligi;

Tarde dog‘lari; asfi ksiyali yurak (yurak bo‘lmalari va o‘ng

qorinchaning qonga to‘lishi bilan bir paytda chap qorinchan-

ing umuman bo‘shligi); o‘pkaning kengayishi; jigarning

turg‘un giperemiyasi; taloqning qisqarishi va kamqonligi;

siydik pufagi ning bo‘shligi. Shu bilan birga, mazkur jaray-

onlarning namoyon bo‘lish darajasi va o‘zaro bog‘lanishi

kuchli o‘zgarishi mumkin. Masalan, hayvonning tirikligida

kattalashmagan bo‘lsagina, taloq qisqaradi; to‘satdan va tez

sodir bo‘lgan o‘limlarda hamda yurak faoliyati ning to‘xtashi

tufayli qon suyuqlashadi.

Mexanik asfi ksiyalar jarayonida nafas olishning

to‘xtashi tufayli, o‘limning yuqorida keltirilgan umumiy bel-

gilaridan tashqari, zo‘rlik bilan o‘lim oqibatidagi u yoki bu

darajada ifodalangan asfi ksiyalarning konkret turiga xos ma-

halliy o‘zgarishlar ham qayd etiladi.

Masalan, suvga cho‘kib o‘lgan hayvonlarning jasad larini

patologoanatomik yorib tekshirishda o‘ziga xos o‘zgarishlar-

ni kuzatish mumkin: nafas olish yo‘llarida mayda pufakchali

ko‘pikning turg‘unligi, plevra ostida va o‘pka parenximasida

yaqqol chegaralanmagan kichik-kichik qon quyilishlarining

mavjudligi, o‘pka va oshqozonda suyuqlik borligi, ko‘krak va

qorin bo‘shliqlarida serozli tanssudatning yig‘ilishi kabilar.

O‘pkadagi diafragmal bo‘limlarning cho‘kishi, old bo‘limla-

rining emfi zemasi, cho‘kkan bo‘limlarning bir xil bo‘lmagan

och qizil va to‘q qizil tusdaligi, old bo‘limlarning esa yorqin

tusdaligi ko‘krak qafasining bosim ostida siqilishi tufayli so-

dir bo‘lgan asfi ksiyaga xosdir. Sirtmoqdan bo‘g‘ilib o‘lgan

holatlarda esa bo‘yinda arqonning izi va traxeyaning tog‘ay

halqalari yoki hiqildoqning sinishi kuzatiladi.

Hayvonlarda birlamchi yurak paralichi (somatik o‘lim)

asfi ksiyaga nisbatan juda kam uchraydi va odatda nafas ol-

ishning to‘xtashi bilan deyarli bir vaqtda sodir bo‘ladi. O‘lim

mexanizmining bunday holatlarida - yorib tekshirishda

yurakdagi barcha bo‘shliqlarning kengayishi va qon bilan

to‘lishi (paralichli yurak), ichki a’zolarning turg‘un giper-

Аннотация

В статье освещены сведения по анализу и обобщению

результатов патологоанатомического вскрытия трупов

сельскохозяйственных животных. Приведены данные о при-

жизненных патологических процессах, механизмах смерти и

степени выраженности трупных явлений при оценке резуль-

татов вскрытия.

Annotation

The article covers information on the analysis and generaliza-

tion of the results of pathological autopsies of farm animal corpses.

Data are presented on intravital pathological processes, mecha-

nisms of death and the severity of cadaveric phenomena when as-

sessing the results of the autopsy.

Kalit so‘zlar:

patologik jarayon, agoniya, jasad o‘zgarishlari, asfi ksiya, yurak paralichi, sianoz, Tarde dog‘lari, o‘lim mexanizmlari.


background image

26

#01 (194) 2024

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ҲАЙВОНЛАР ВА ПАРРАНДАЛАРНИНГ АНАТОМИЯСИ

(ПАТФИЗИОЛОГИЯСИ)

emiyasi va ko‘rinadigan shilliq pardalarning och-ko‘kimtir

rangdaligi – o‘ziga xos o‘zgarishlardir.

Yurak faoliyatining tobora zaifl ashuvi tufayli organizm-

da umumiy turg‘un giperemiya rivojlanadi, yurak xaltacha-

si, ko‘krak va qorin bo‘shliqlariga oz miqdorli ekssudat-

ning chiqishi ro‘y beradi, o‘pkada esa gipostatik shishish va

yurak bo‘shliqlarida fi brin moddasining ivib qolgan laxtalari

kuzatiladi. Aorta yoki miokardning yorilishi tufayli yurak

xaltachasiga qon quyilishi oqibatida sodir bo‘ladigan yurak

tamponadasi holatidagina yurak qisiladi va u go‘yoki sistola

vaziyatidagi ko‘ri nishda bo‘ladi.

Sud-veterinariya ekspertlari tomonidan o‘limn-

ing qo‘shimcha mexanizmlari sifatida ajratiladigan ko‘p

miqdordagi qon yo‘qotish va markaziy asab tizimining

ayrim og‘ir jarohatlari ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Ko‘p miqdorda qon yo‘qotishlarda jasadda keng rivojlangan

umumiy anemiya, qisqargan va deyarli qonsizlangan yurak,

chap qorincha endokardida dog‘li qon quyilishlari, buyraklar

rangining o‘chganligi hamda ochiq yaralar, ichki a’zolar yoki

to‘qimalarning yirtilishi ko‘rinishidagi mahalliy o‘zgarishlar,

shuningdek tana bo‘shliqlarida qon quyilishlari va yirik ge-

matomalar kuzatiladi. Markaziy asab tizimining og‘ir jaro-

hatlarida asfi ksiya belgilari yoki yurak paralichidan tashqari

bosh chanog‘i suyaklari butunligining buzilishlari, bosh mi-

yada keng qon quyilishlari, miyaning chayqa lishlarida (kon-

tuziyalarda) esa shishlarning rivojlanishi kabilar o‘ziga xos

patologik o‘zgarishlardir.

Yurak faoliyatining to‘xtab qolishi oqibatida asfi ksiyan-

ing rivojlanishi uzilib qolsa, masalan miokardit, endokardit

yoki boshqa yurak kasalliklari mavjud bo‘lsa, o‘lim mex-

anizmlariga bog‘liq jasaddagi o‘zga rishlar yaqqol ifodalan-

maydi va o‘ziga xos ko‘rinishlar kuzatilmaydi. Bunday ho-

latlarda asfi ksiya belgilarining yoki yurak paralichiga xos

o‘zgarishlarning ustunligi haqida so‘z yuritish mumkin, xo-

los.

Mexanik asfi ksiyalar, ko‘p miqdordagi qon yo‘qotish va

ayrim mexanik ta’sirlar bilan sodir etilgan o‘limlarda agoniya

davridagi o‘zgarishlar yorqin ifodalanadi va o‘lim sababini

inobatga olgan holda muhim diagnostik ahamiyat kasb etadi.

Mazkur o‘zgarishlarga asoslanib o‘lim mexanizmi aniqlanadi

va xulosa beriladi. Masalan:

1. Tos suyaklarining parchali sinishi va yirik tomirlarning

uzilishi oqibatida ko‘p miqdorda qon yo‘qolishi hamda tos

va qorin bo‘shliqlariga kuchli qon quyilishi otning o‘limiga

sabab bo‘lgan;

2. Sigirning shoxlashi tufayli ko‘krak qafasining ikki

tomonlama teshilishi oqibatidagi asfi ksiyadan buzoq o‘lgan;

3. Bo‘lib o‘tgan hodisaning tafsilotlari, yuqori nafas ol-

ish yo‘llarida mayda pufakchali ko‘pik, o‘pkada mayda qon

quyilishlari va ko‘p miqdordagi suyuqlik mavjudligi, qon-

ning suyuqlashgani, ko‘krak va qorin bo‘shliqlariga seroz

suyuqlikning sizib chiqishi, shu ningdek taloqning qisqarishi

– qo‘yning cho‘kib o‘lganidan dalolat beradi.

Turli kasalliklardan o‘lgan hayvonlarda o‘lim mexa-

nizmlariga bog‘liq agonal o‘zgarishlar katta diagnostik

ahamiyatga ega emas. Ular hayvonning tirikligida rivo-

jlangan patologik jarayonlar bilan aralashib qoladi va ular-

ni ayrim hollarda hatto diff erensiatsiyalash ham mumkin

bo‘lmay qoladi.

Biroq konkret kasallikka xos bo‘lgan o‘lim gene-

zining (rivojlanishining) sun’iy tarzda buzilishi hayvonning

tirikligida hosil bo‘lgan patologik jarayonlarga ham o‘z

ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, kasallikning so‘nggi (termi-

nal) bosqichida noiloj so‘yilgan hayvonlar organizmida qon

quyilishlari, shishishlar va ichki a’zolardagi turli yallig‘lan-

ish jarayonlari juda yaqqol ko‘rinmaydi; gemodinamikadagi

boshqa o‘zgarishlar haqida esa, hatto, aytmasa ham bo‘ladi.

Hayvonning tirikligida ichki a‘zolar va to‘qimalar- dagi

patomorfologik jarayonlarga asosiy kasallik, uning asoratlari

va hamroh kasallik sabab bo‘lishi mumkin, ayrim paytlarda

esa ular organizmda moddalar almashinuvi va autoimmun

reaksiyalarning buzilishlari oqibatida rivojlanadi. Yorib tek-

shirish natijalarini mohirlik va chuqur o‘ylab tahlil qilish aso-

sidagina asosiy kasallik, uning asoratlari va hamroh kasal-

likni to‘g‘ri aniqlash mumkin. Asosiy kasallikka aniq tashxis

qo‘ymay turib, maqsadli davolash-profi laktika tadbirlarini

tashkil etish va kutiladigan samaradorlikka erishish murak-

kabdir.

Shu bilan birga, yuqumli yoki yuqumsiz kasalliklarning

u yoki bu guruhi bo‘yicha asoslangan va o‘z vaqtida bildi-

rilgan shubha (gumon) tezlik bilan umumiy profi laktika tad-

birlarini o‘tkazishga imkon beradi. Masalan, zaharlanishlar-

da ozuqalarni yoki yaylovni almashtirish ko‘pincha keyingi

kasallanishlarning oldini oladi, yuqumli kasalliklarga gumon

qilinganda esa kasal hayvonlarni o‘z vaqtida ajratib, izolyat-

siya qilish va cheklash tadbirlarini o‘tkazish juda muhimdir.

Shuning uchun, u yoki bu chorvachilik xo‘jaligida hay-

vonlarning ommaviy o‘limida sodir bo‘lgan holatni nazarda

tutib, virusli, bakterial va protozoy kasalliklar, zaharlanishlar

va yuqumsiz kasalliklarda hayvon organizmi patomorfologik

reaksiyasining umumiy qonuniyatlarini bilish – sanitari-

ya-profi laktika chora-tadbirlari o‘tkazish uchun juda katta

ahamiyatga ega. Hayvonlar kasalliklari bo‘yicha bu gu-

ruhlarning har birida o‘ziga xos patomorfologik xususiyatlar

mavjud. Mazkur xusu siyatlarga qarab, yuqumli kasalliklar-

ning virusli yoki bakterial ekanligi, zaharlanishlarning min-

eral tabiatli yoki zaharli o‘simliklar tufayli ekanligi to‘g‘risi-

dagi gumonlarni asoslash mumkin. Bunday dastlabki xulosa

keyingi tekshirishlar doirasini torayti rishga va kon kret no-

zologik tashxis qo‘yishni tezlashtirishga imkon yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Акулов А.В. и соавт. “Патологоанатомическая

диагностика болезней крупного рогатого скота”. М.,

“Агропромиздат”, 1987, 399 с.

2. Alimov B.A., Egamberdiyeva Z.Z. “Patologik anatomiyadan

qo‘llanma”. T. “Ibn Sino”, 1993, 168 s.

3. Dilmurodov N.B., Kuliev B.A., Muxtorov B.Z., Axmedov

S.M. “Gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasining asoslari”.

Samarqand.2023. 71 s.

4. Ibodullaev F. “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining patologik

anatomiyasi”. T., “O‘zbekiston”, 2000, 420 s.

5. “Лабораторные исследования в ветеринарии”. Под ред.

Б.И.Антонова. М., “Агропромиздат”, 1986, 352 с.

6. Меркулов Г.А. “Курс патологогистологической техники”.

М. “Медгиз”, 1976, 340 с.

7. “Патологическая анатомия сельскохозяйст венных

животных”. Под ред. В.П.Шишкова и Н.А.Налетова.

М.,”Колос”, 1980, 440 с.

Библиографические ссылки

Акулов А.В. и соавт. “Патологоанатомическая диагностика болезней крупного рогатого скота”. М., “Агропромиздат”, 1987, 399 с.

Alimov B.A., Egamberdiyeva Z.Z. “Patologik anatomiyadan qo‘llanma”. T. “Ibn Sino”, 1993, 168 s.

Dilmurodov N.B., Kuliev B.A., Muxtorov B.Z., Axmedov S.M. “Gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasining asoslari”. Samarqand.2023. 71 s.

Ibodullaev F. “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining patologik anatomiyasi”. T., “O‘zbekiston”, 2000, 420 s.

“Лабораторные исследования в ветеринарии”. Под ред. Б.И.Антонова. М., “Агропромиздат”, 1986, 352 с.

Меркулов Г.А. “Курс патологогистологической техники”. М. “Медгиз”, 1976, 340 с.

“Патологическая анатомия сельскохозяйст венных животных”. Под ред. В.П.Шишкова и Н.А.Налетова. М.,”Колос”, 1980, 440 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов