Современные технологии и искусственный интеллект в общем среднем образовании важность интеллекта

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
102-108
1
0
Поделиться
Норматов, С. (2024). Современные технологии и искусственный интеллект в общем среднем образовании важность интеллекта. in Library, 22(2), 102–108. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/31059
Султoн Норматов, Национальный исследовательский институт А.Авлони
Исследователь преподавания информатики и информационных технологий в средних общеобразовательных школах. https://orcid.org/0000-0002-6777-0291
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье изложены мысли, соображения по совершенствованию содержания компьютеризации и информатики в школах, а также важность обучения учащихся элементам искусственного интеллекта.

Похожие статьи


background image

102

UMUMIY O’RTA TA’LIMDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY

INTELLEKTNING AHAMIYATI

Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li,

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti

Annotatsiya:

Ushbu maqola maktablarda kompyuterlashtirish va informatika

fanining mazmunini takomillashtirish, shuningdek, o‘quvchilarga sun’iy intellekt
elementlarini o‘qitishning ahamiyati haqida fikr, mulohazalar bayon etilgan.

Аннотация: В данной статье описывается важность совершенствования

содержания компьютеризации и информатики в школах, а также важность
обучения школьников элементам искусственного интеллекта.

Abstract:

This article describes the importance of improving the content

of computerization and computer science in schools, as well as the importance of
teaching students the elements of artificial intelligence.

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt, kompyuter sinfi, informatika, internet, optik

tola, MIKA, Carnegie Learning, Korean Telecom.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, компьютерный класс,

информатика, интернет, оптическое волокно, MIKA, Carnegie Learning,
Korean Telecom.

Keywords:

artificial intelligence, computer class, informatics, internet,

optical fiber, MIKA, Carnegie Learning, Korean Telecom.

Ta’lim sifati jamiyat hayotidagi moddiy va ma’naviy yuksalish bilan to‘g‘ri

proporsianallik hosil qilishi har qanday jamiyatda uning qanchalik muhim va dolzarb
ekanligini ko‘rsatadi. Xususan yurtimizda ta’lim va uning sifatini oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy yuksaltirish, jamiyat hayotini yanada
farovon qilishga qaratilgan. Bu esa fundamental bilimlarni yoshlarga o‘rgatuvchi
maktablar va unda o‘qitiladigan fanlarning zamonaviy tendensiyalarga mos
holatda takomillashtirib borishni taqozo etadi. Boshqa fanlar qatorida informatika
va uni o‘qitishda qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari, xususan kompyuterlarning
bo‘lg‘usi kadrlarning axborot kompetentligini rivojlantirishda va zamonaviy kasblarni
o‘rgatishda muhimdir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi
bevosita yoki bilvosita hayotimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda[1]. Bunday ijobiy
ta’sirning kuchini yanada oshirish ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni


background image

103

jadal joriy qilish va yoshlarda ulardan foydalanish bo‘yicha bilim va

ko‘nikmalarning shakllanganligi bilan o‘zaro aloqador. Shuningdek, informatika
ta’limini rivojlantirish nafaqat texnik xususiyatlar balki uning mazmunini doimiy
takomillashtirib borish bilan chambarchas bog‘liq. XXI asrdagi texnologik
taraqqiyotni sun’iy intellekt bog‘liq innovatsiyalar belgilab berayotgan ayni vaqtda
uni o‘qitish ham birdek dolzarb va ahamiyatlidir.

Xalq ta’limi tizimida maktablarni zamonaviy kompyuter texnologiyalari

bilan taminlash bo‘yicha 2019-yil 7-iyunda Xalq ta’limi vazirligi hamda Koreyaning
KT (Korean Telecom) kompaniyasi o‘rtasida 33 mln dollarlik shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra yaqin bir necha yil ichida O‘zbekistondagi 2766 maktablarga 2859
kompyuter sinflari uchun jihozlar yetkazish ko‘zda tutilgan edi. Bevosita bu
jarayonlar prezident Sh.M.Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusini amalga oshirish
maqsadlarida ham alohida ko‘rsatilgan. 2021-yil 30-sentabrda Xalq taʼlimi vazirligi
va KT kompaniyasi oʻrtasida yo‘lga qoʻyilgan hamkorlik doirasida oʻtgan yillar
davomida xalq taʼlimi tizimidagi maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlash
bo‘yicha Koreya davlatidan 45 mingdan ziyod kompyuter (2859 ta kompyuter
sinf toʻplamlari) keltirilganligi ma’lum qilindi [2]. Shu bilan birga, shartnoma
davomi sifatida, 2021-2022 o‘quv yilida Koreyadan 15000 dan ortiq kompyuterlarni
O‘zbekiston maktablariga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bu maktab
ta’limda zamonaviy kompyuterlardan foydalangan holda dars o‘tish imkoniyatini
yanada yaxshilashga yordam bermoqda. Shuningdek Xalq ta’limi vazirligining
2021-yil bo‘yicha hisobotida yuqori tezlikdagi optik tolali internet tarmog‘i 9 815 ta
(96 %) umumtaʼlim muassasalariga yetkazildi hamda 7 000 ta (69 %) umumtaʼlim
muassasalari ichki lokal tarmoq uskunalari hamda Wi-Fi qurilmalari (2021 yil
rejasiga nisbatan 2,1 baravariga ko‘p) bilan taʼminlanganligi e’tirof etilgan [3]. Qayd
etish lozimki yurtimizdagi 10130 ta maktablarda zamonaviy kompyuter texnikasini
doimiy yangilash ishlarini uzluksiz olib borish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Shu o‘rinda prezident tomonidan ayrim hududlardagi maktablarni kompyuter
bilan ta’minlash ishlari sust ketayotgani tanqid qilinganligiga [4] e’tibor qaratish
lozim. Hukumat darajasida qaratilayotgan e’tibor natijasida internet va zamonaviy
kompyuterlar o‘quvchilarga yangi texnologik bilimlarni egallashga yordam beradi.
Shuningdek, informatika fani doirasidagi bilimlarni o‘quvchilarga to‘laqonli
yetkazishda zarur moddiy-texnik baza shakllanadi. Bu esa yurtimizda inson
kapitalining yanada rivojlantirishga yordam beradi. Maktab ta’limida o‘quvchilarga
yangi, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va unda turli dasturlar,
grafikalar, jadvallar va boshqa predmetlarni yaratish, tahrirlash, saqlash va uzatish
kabi bilimlar berilishi fan o‘qituvchilarining yil sayin yangilanib, rivojlanib borayotgan
texnologiyalar va ularda ishlash bo‘yicha bilimlarini oshirib borishlarini talab etadi.
Ya’ni ta’limga kirib


background image

104

kelayotgan har qanday texnologiyalar, ularda ishlash ko‘nikmasi va ularni

o‘qitish metodikasini avvalo fan o‘qituvchisiga o‘rgatish darkor. Bu esa ta’lim tizimidagi
uzviy bog‘liqlikning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi bilan aloqadordir. Ammo informatika
kabi doimiy yangilanib boruvchi fanlardan ta’lim beruvchi o‘qituvchilarni an’anaviy
malaka oshirish kurslari orqali kasbiy-metodik va bilim salohiyatini rivojlantirish ko‘p
vaqt va mablag‘ talab etadi. Ayni muammo MOOC platformalari orqali masofaviy
ta’limni yo‘lga qo‘yish orqali yechilishi mumkin. Misol uchun “Uzluksiz kasbiy ta’lim”
elektron platformasi informatika fan o‘qituvchilariga o‘z bilimlarini masofadan turib
doimiy rivojlantirib borishlariga imkon bermoqda. Platforma orqali informatika fani
o‘qituvchilari fan darsliklariga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha yangi bilimlarni tez va
samarali o‘zlashtirib borishmoqda. Bu esa ta’lim jarayonini zamon talabiga mos
holda muvofiqlashtirib borish imkoniyatini taqdim etdi.

Bugungi texnologik revolyutsiya asrida informatika fanlarini mazmunan

yangilab borish, jamiyatlar hayotiga jadal kirib kelayotgan yangi texnologiyalar
imkoniyati va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini taqdim etuvchi ma’lumotlarga
alohida e’tibor berish zarur. Fanning mazmuni bevosita fan darsligi orqali
belgilanishini e’tiborga olsak darsliklarni zamon talabi asosida yangilash (metodik va
mazmun jihatidan) muhimligi oydinlashadi. Sun’iy intellekt (SI) va uning tarmoqlari
informatika darsliklariga kiritilishi lozim bo‘lgan zamonaviy bilimlarini o‘z ichiga
olgan. Maktab ta’limida SI bilan bog‘liq bilimlarni ikki xil yo‘l bilan o‘quvchilarga
o‘rgatish mumkin.

Bular:

1. Klassik yo‘l. Informatika darsliklari tarkibiga SI texnologiyalariga oid bob

kiritish orqali o‘quvchilarga boshlang‘ich bilimlarni berish;

2. Revolyutsion yo‘l. Informatika darsligidan alohida SI texnologiyalari darsligi

ko‘rinishida yuqori sinf o‘quvchilariga tanlov yoki majburiy fan sifatida taqdim
etish orqali ularni SI texnologiyalariga oid kasblarga o‘rgatib borish;

Birinchi yo‘lni ya’ni informatika darsliklari tarkibida SI va uning elementlarini

o‘qitish jarayoni I.V.Lepchenko tomonidan o‘rganilgan. Olim fikricha SI elementlari
bilan bog‘liq mavzularni informatika darsliklarining har bir bobi tarkibiga kiritish
lozim [5]. Biroq bu o‘quvchilarda oddiy kompyuter va undagi dasturlar imkoniyati
bilan SI texnologiyalari imkoniyatlarini birgalikda anglash, tushunish va foydalanish
natijalarining salbiy bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bizningcha bu jarayonni tashkil
etishda darsliklar mazmuni va o‘quvchilarning psixologik xususiyatlaridan kelib
chiqib alohida bob sifatida o‘qitish foydaliroq bo‘lishi mumkin. Chunki bu jarayonda
o‘quvchi SI bilan bog‘liq jarayonlarni atroflicha va chuqur anglash imkoniyatiga ega


background image

105

bo‘ladi. Shuningdek, Rossiya maktab ta’limida sun’iy intellektga aloqador

mavzular 11-sinf darsligida uchratish mumkin.

Ikkinchi yo‘lni Xitoy va Janubiy Koreya kabi davlatlar o‘z maktab ta’limida

qo‘llashgan. Xitoyda 2018-yil yangi SI darslikgi yaratildi va maktablarning yuqori sinf
o‘quvchilari uchun tanlov fani sifatida bir qancha provinsiyalarda qo‘llanila boshlandi
[6]. Janubiy Koreada 2021-yil yanvar oyi boshidan o‘rta maktablarda “SI asoslari” va
“SI matematikasi” nomli ikkita tanlov fanlar joriy qilindi. Shuningdek,  2025-yilga
qadar SI boʻyicha dasturlash, SI asosiy tamoyillari, SI etikasi kabi o‘quv dasturlarini
boshlangʻich taʼlim va oʻrta maktab ta’limlarga keng joriy qilish belgilangan
[7]. Bu mamlakatlar sun’iy intellekt taraqqiyotiga jiddiy qarashmoqda va yaqin
yillarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan kelajak texnologiyalarining yangi avlodi bilan
yoshlarning erkin ishlashlari va kasbiy faoliyatlariga faol integratsiya qilish uchun
asos yaratishmoqda. Shuningdek Yevropa Ittifoqi, Kanada, AQSH, Buyuk Britaniya,
Qozog‘iston va boshqa ko‘plab davlatlarda turli ko‘rinishda sun’y intellektga oid
bilimlar maktabda o‘quvchilarga o‘rgatilmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalarini
o‘qitishda ilg‘or xorij mamlakatlaridan biri AQSH hisoblanadi. Qo‘shma shtatlar
ta’limning bu sohasi o‘qitish va rivojlantirish ilmiy tashkilotlar (universitet, institut,
ilmiy labaratoriya va boshqalar) va xususiy birlashmalarda bir muncha faollik
kuzatiladi. Aynan shu jarayonlar maktab ta’limida ham o‘z aksini topgan. Xususan
Milliy fan fondi (NSF) va Karnegi Mellon universiteti tomonidan moliyalashtirilgan
AI4K12 nomli SIni rivojlantirish va uni maktab ta’limda (K12) o‘qitish loyihasi [8]
maktablarda SI elementlarini o‘qitish bo‘yicha fan dasturlari va resurslarni taqdim
etib kelmoqda. AQSH da asosan maktablarda SI texnologiyalarini o‘qitish bo‘yicha
notijorat tashkilotlar faolroq harakat qilmoqda. Bunday tashkilotlar shtatlardagi
maktablarga o‘qitish bo‘yicha resurslarni masofadan taqdim etgan holda jarayonlarni
qo‘llab-quvvatlashmoqda. Quyidagi jadvalda sun’iy intellektning maktab ta’limida
o‘qitilishi bo‘yicha ma’lumot berilgan.

1-jadval

Davlat

Asosiy mavzular

Kimlarga o‘qitiladi

Qachondan

boshlab

Koreya

- Bilimlarni ifodalash va muloha-

za yuritish

- Sun’iy neyron tarmog‘i
- Mashinani o‘qitish
- SI tushunchasi

Boshlang‘ich va

o‘rta maktab

2021


background image

106

Xitoy

- SI tarixi
- Bilimlarni ifodalash va muloha-

za yuritish

- SI matematik asoslari
- Sun’iy neyron tarmog‘i
- Mashinani o‘qitish
- SI asosiy tushunchalari

Boshlang‘ich va

o‘rta maktab

2019

AQSH

- Mulohaza yuritish
- Tabiiy ta’sir
- Ijtimoiy ta’sir
- SI tushunchasi
- SI axloqi
- Mashinalarni o‘qitish
- Sun’iy neyron tarmoqlari

Bolalar bog‘chasi,

boshlang‘ich va

o‘rta maktab

(K-12)

2017

boshlangan.

Yevropa

Ittifoqi

- Mashinani o‘rganish
- Kelajak va ijtimoiy ta’sirni

bashorat qilish

- SI muammosini hal qilish
- Sun’iy neyron tarmog‘i
- SI tushunchasi

Barcha yoshdagi

bolalarga

2020

Shu o‘rinda Aras Bozkurtning “inson va noinsoniy mavjudotlar o‘rtasidagi

chegaralar yo‘qolayotgan va biz texnologik o‘ziga xoslik muqarrar bo‘lgan kelajakka
intilmoqdamiz”[9] jumlasini keltirish o‘rinli. Ya’ni, yaqin kelajakda SI texnologiyalari
asosida ishlovchi tizimlar, dasturlar yoki qurilmalar insonlar bilan insonlar
tushunadigan tilda muloqot qilishi yoki kasbiy faoliyatda yonma-yon mehnat
qilishi mumkin. SI texnologiyalarini o‘qitish yaqin yillar ichida u bilan bog‘liq bo‘lgan
yangi kasblarning paydo bo‘lish tendensiyasida juda muhimdir. Misol uchun AQSh
Mehnat statistikasi byurosi informatika sohasi mutaxassislarining mehnat bozori
2014 va 2024 yillar orasida qolgan kasblardan ikki baravar tez o‘sishda davom
etishini prognoz qilgan. Yani ayni davrdan boshlab kelajak kasblari uchun yoshlarni
tarbiyalash va bilim berish ularning ulg‘aygandan so‘ng o‘z mustaqil yo‘lini
topishida yordam berishi mumkin. SI texnologiyalari bugungi kunda ikki xil usulda
ta’lim jarayonida qo‘llanilmoqda.

Birinchisi

texnologiyani o‘qitishga qo‘llash. Yani

ta’lim jarayoni SI texnologiyalari asosida olib boriladi. Bundan kutilayotgan natija
esa har bir o‘quvchining individual va psixologik imkoniyatlariga mos holda shaxsiy
rivojlanish traektoriyasi ishlab chiqilishi va shu asosda samarali ta’lim berilishi
nazarda tutilgan. Bu imkoniyat esa texnologik shart-sharoit talab etadi. Yani har bir
maktab SI texnologiyasi bilan integratsiyada ishlovchi aqliy qurilmalarga muhtoj


background image

107

bo‘ladi. Bugungi kunda bunday qurilmalar smart yoki IT (Internet of Things –

buyumlar interneti) qurulmalari deb atalmoqda. Biroq hozirda ta’lim muasasalarini
bunday jihozlar bilan taminlash katta sarmoyani talab etadi. Shuningdek, bu sohada
intellektual repetitorlik tizimlarini ham alohida e’tirof etish lozim. Bu soha ham SI
texnologiyalari asosida rivojlanmoqda.

Ikkinchisi

texnologiyaning o‘zini o‘qitish.

Bu jarayon informatika fan darsligi tarkibida yoki alohida dasrlik sifatida, intensiv
ko‘rinishda o‘qitish imkoniyati taqdim etadi. Bu orqali yoshlarni SI va u bilan bog‘liq
texnologiyalarga o‘rgatish, kelajakda bu kabi qurilmalardan foydalanish va yangi
zamonaviy kasblar haqida yetarli tushunchalarga ega bo‘lishi mumkin.

SI texnologiyalariga asosida ishlovchi ko‘plab intellektual tizimlar yaratilgan.

Ularga quyidagilarni misol qilish mumkin: Carnegie Learning kompaniyasining

MIKA

” matematika kursi platformasi boʻlib, u talabalarning ishini tahlil qiladi,

ularning optimal ishlash darajasini aniqlaydi, soʻngra oʻquvchilarga oʻquv mazmuni
va ularning individual ishlash darajalariga mos keladigan baholash vazifalarini taklif
qiladi.[4] Bu kabi dasturlar intellektual repetitorlik tizimlari sifatida rivojlanmoqda.
Bunday texnologiyalar orqali turli fanlarni o‘qitish SI yordamida ta’limda inson
aralashuvini minimallashtirishga imkon beradi. Biroq SI yordamida o‘qitishni
qo‘llab-quvvatlashning katta imkoniyatlariga qaramay, ta‘limda texnologiyadan
keng foydalanish o‘qituvchilarning texnologiyani sinflarda qo‘llash qobiliyatini
kafolatlamaydi va o‘qitish sifatini ta’minlamasligi mumkin[10]. Bu esa kutilayotgan
yangi o‘zgarishlar nafaqat ta’lim mazmuni va smart qurulmalar balki o‘qituvchilarning
SI bilan yaxshi va ishonchi munosabati bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. SI ga
bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishning yana bir muhim jihati o‘qituvchilarning
kundalik hayotida sun’iy intellektni yaxshi bilishi bo‘lishi mumkin. Masalan, SI endi
hayotimizning funksionalligi va samaradorligini doimiy ravishda yaxshilash uchun
smartfonlar (masalan, Google Assistant va Siri) va boshqa qurilmalarga (Alexa va
Google home) o‘rnatilgan.  Ko‘plab insonlar SI algoritmlari bilan boshqariladigan
o‘zini o‘zi boshqaruvchi mashinalar haqida tasavvurga ega. Yoki  SI har kuni
elektron pochtadagi spam xatlarimizni yuqori aniqlik bilan avtomatik ravishda
filtrlaydi. Ushbu kontekstlarning har biri bugungi faoliyatimiz SI bilan chambarchas
bog‘lanib borayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, ta’lim jarayonida informatika
fanining yanada sifatli va samarali bo‘lishi unda SI texnologiyalari kabi zamonaviy
kontentlarni o‘qitish muhimdir.


background image

108

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Raja, R.; Nagasubramani, P.C. Impact of modern technology in education. J. Appl.
Adv. Res. 2018, 3 (Suppl. 1), 33–35. [CrossRef]

2. https://www.uzedu.uz/oz/halk-talimi-vazirligida-korea-respublikasining-
uzbekistondagi-elcisi-bilan-talimdagi-amkorlik-masalalari-muokama-kilindi

3. https://www.uzedu.uz/uploads/2022/02/malumot-htv-islari-2021-jil.pdf

4. https://president.uz/oz/lists/view/5109

5. Левченко И. В. Основные подходы к обучению элементам искусственного
интеллекта в школьном курсе информатики // Информатика и образование.
2019. № 6. С. 7–15.

6. Yu, Y. and Chen, Y. (2018) Design and Development of High School Artificial
Intelligence Textbook Based on Computational Thinking. Open Access Library
Journal, 5, 1-15. doi: 10.4236/oalib.1104898

7. Talent for the future: AI education for K-12 in Canada and South Korea. Asia
Pacific Foundation of Canada. Korea AI Ethics Association Chung-Ang University.
South Korea November 2021. p-14. Site to: https://happyedu.moe.go.kr/happy/bbs/
selectHappyArticleImg.do?bbsId=BBSMSTR_000000000191&nttId=10119

8. “Working Group and Advisory Board Members,” AI4K12.org, accessed May 25,
2021, https://ai4k12.org/working-group-and-advisory-board-members

9. Bozkurt, A.; Karadeniz, A.; Baneres, D.; Guerrero-Roldán, A.E.; Rodríguez, M.E.
Artificial Intelligence

and Reflections from Educational Landscape: A Review of AI Studies in Half a
Century. Sustainability 2021, 13, 800.

10. Mercader, C., and Gairín, J. (2020). University teachers’ perception of barriers to
the use of digital technologies: the importance of the academic discipline. Int. J.
Educ. Technol. High. Educ. 17:4. doi: 10.1186/s41239-020-0182-x

Библиографические ссылки

Raja, R.; Nagasubramani, P.C. Impact of modern technology in education. J. Appl. Adv. Res. 2018, 3 (Suppl. 1), 33–35. [CrossRef]

https://www.uzedu.uz/oz/halk-talimi-vazirligida-korea-respublikasining-uzbekistondagi-elcisi-bilan-talimdagi-amkorlik-masalalari-muokama-kilindi

https://www.uzedu.uz/uploads/2022/02/malumot-htv-islari-2021-jil.pdf

https://president.uz/oz/lists/view/5109

Левченко И. В. Основные подходы к обучению элементам искусственного интеллекта в школьном курсе информатики // Информатика и образование. 2019. № 6. С. 7–15.

Yu, Y. and Chen, Y. (2018) Design and Development of High School Artificial Intelligence Textbook Based on Computational Thinking. Open Access Library Journal, 5, 1-15. doi: 10.4236/oalib.1104898

Talent for the future: AI education for K-12 in Canada and South Korea. Asia Pacific Foundation of Canada. Korea AI Ethics Association Chung-Ang University. South Korea November 2021. p-14. Site to: https://happyedu.moe.go.kr/happy/bbs/selectHappyArticleImg.do?bbsId=BBSMSTR_000000000191&nttId=10119

“Working Group and Advisory Board Members,” AI4K12.org, accessed May 25, 2021, https://ai4k12.org/working group-and-advisory-board-members

Bozkurt, A.; Karadeniz, A.; Baneres, D.; Guerrero-Roldán, A.E.; Rodríguez, M.E. Artificial Intelligence and Reflections from Educational Landscape: A Review of AI Studies in Half a Century. Sustainability 2021, 13, 800.

Mercader, C., and Gairín, J. (2020). University teachers’ perception of barriers to the use of digital technologies: the importance of the academic discipline. Int. J. Educ. Technol. High. Educ. 17:4. doi: 10.1186/s41239-020-0182-x

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов