ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
Выпуск журнала №-44
Часть–3 Май –2024
23
2181-3187
UDK:616-093:636.92
FARG‘ONA VILOYATINING AYRIM TUMANLARIDA QUYON
EYMERIOZINING DIAGNOSTIKASI VA EPIZOOTIK HOLATI
Axmadaliyev N.T. –
magistrant
1
,
Xushnazarov A.X. –
kichik ilmiy xodim
2
,
Davlatov R.B. –
v.f.d., professor
1
.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
1
,
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
2
.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri va
Qo‘shtepa tumanlaridagi zamonaviy quyonchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklardagi
quyonlar eymeroz uchun tekshirishlardan o‘tkazilgan va ushbu tumanlardagi
xo‘jaliklarda invaziyaning
ekstensivlik va intensivlik holati bo‘yicha ma’lumotlar
bayon qilingan.
Kalit so‘zlar.
Quyon
,
eymerioz, eymeriya, protozoa, apicomplexa, sporozoa,
coccidiida, ootsista, invaziya, Darling usuli, ekstensivlik, intensivlik.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-
son qarorida O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini
rivojlantirish bo‘yicha 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan dasturi tasdiqlangan bo‘lib,
mamlakatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini keng joriy
etish, bu orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini
rivojlantirish, chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash, shuningdek, mazkur sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanishni tashkil etish
maqsadida: chorvachilik sohasi va uni tarmoqlarining joriy holati tahlil qilinganda
bugungi kunda respublikamizda 254 ta quyonchilik xo‘jaligi faoliyat yuritayotganligi
ilg‘or xorijiy tajriba asosida chorvachilik sohasining quyonchilik tarmoqlarida ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar salmog‘ini oshirish; quyon go‘shti mahsulotlarining ichki
va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish hamda mahalliy mahsulotlarni
xalqaro sifat talablariga moslashtirish; quyon go‘shtining tavsiya etilgan minimal
iste’mol normalarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, aholining sog‘lom ovqatlanish
madaniyatini oshirish; quyonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish hamda
kooperatsiya tizimi asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish. Ushbu
ustuvor yo‘nalishlar doirasida respublikamizda sifatli quyon go‘shtini iste’mol qilish
darajasini ko‘tarish hamda umumiy go‘sht mahsulotlari hajmida uning ulushini
oshirish nazarda tutilgan va ijrosi bo‘yicha barcha mas’ul tashkilot va korxonalarning
faoliyatini jadallashtirish talab etilgan.
Dasturni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar quyonchilik tarmog‘ini
rivojlantirish yo‘nalishida: quyon go‘shtini yetishtirish hajmi 100 tonnadan 23 ming
tonnaga yetkazish aholi jon boshiga quyon go‘shtini iste’mol qilish hajmini 3
kilogrammdan oshirishga imkoniyat yaratadi; quyon boqishni ilmiy asosda yo‘lga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
Выпуск журнала №-44
Часть–3 Май –2024
24
2181-3187
qo‘yish maqsadida respublika hududlarida quyonchilik naslchilik xo‘jaliklarini tashkil
etish va naslli quyonlar bosh sonini ko‘paytirish choralarini ko‘rish; go‘sht
yo‘nalishidagi quyon zotlarini mahalliy sharoitga moslashtirish va ixtisoslashgan
quyonchilik bo‘rdoqichilik xo‘jaliklarini tashkil etish hisobiga kooperatsiya tizimini
joriy etish va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish choralarini ko‘rish; ilm-fan va ishlab
chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalashtirish, innovatsion texnologiyalarni
amaliyotga keng joriy etish, quyonchilik tarmog‘ida yuqori malakali mutaxassislarga
bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, ularning
malakasini oshirish maqsadida o‘quv-uslubiy qo‘llanma va amaliy tavsiyalar
tayyorlash, chop etish zaruriyati mavjud.
Mavzuning
dolzarbligi.
Ayni
paytda
quyonlarning
kasallanishida,
maxsuldorligining kamayib ketishida parazitar kasalliklarning salmog‘i ham sezilarli
darajada ta’sir qilmoqda, bunga asosiy sabab quyonchilik bilan shug‘ullanuvchilarning
malakasini yetishmasligi, veterinariya mutaxassislarining jalb etilmaganligi,
zoogigyena va sanitariya qoidalariga rioya etmaslik, parazitar kasalliklarga qarshi
rejali profilaktika choralari ko‘rilmasligidir.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dolzarb vazifa hisoblangan hozirgi davrda
quyonchilik tarmog‘ini ham samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
dolzarb vazifani bajarishda quyonlarda uchraydigan kasalliklarni oldini olish va
samarali davolash usullarini joriy etish ushbu tarmoq uchun ishlab chiqarishdagi
zarurat hisoblanadi. Chunki so‘nggi yillarda Respublikamizda quyonlarning parazitar
va boshqa kasalliklari ilmiy izlanuvchilar tomonidan deyarli o‘rganilmagan.
Tadqiqotning maqsadi
. Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri va Qo‘shtepa
tumanlarida ko‘paytirilayotgan naslli (Hycole zotli) quyonlar orasida eymeriozni
diagnostikasi hamda epizootologik holatini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqot ob’ekti va uslublari.
Tadqiqotlar Farg‘ona viloyatining Farg‘ona
shahri va Qo‘shtepa tumanlaridagi shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari,
“Halol quyon naslli chorvasi” MChJ hamda “Vodiy naslli quyonlari” MChJ larida
ko‘paytirilayotgan turli yoshdagi spontan (tabiiy) zararlangan quyonlarda olib borildi.
Tadqiqotlarda quyonlardan olingan tezak namunalarini tekshirishda Darling usulidan
foydalanildi.
Muammoning urganilganlik darajasi.
Quyon eymeriozining qo‘zg‘atuvchisi
sistematika bo‘yicha
Protozoa
hayvonot olamiga,
Apicomplexa
tipiga,
Sporozoa
sinfiga,
Coccidiida
turkumiga,
Eimeriidae
oilasiga,
Eimerinae
kichik oilasiga va
Eimeria
avlodiga mansub. Ushbu koksidiyalar turlaridan biri
Eimeria stiedae
quyon
jigarida parazitlik qiladi va eymeriozni keltirib chiqaradi, boshqa turlari
E.perforans,
E.media, E. magna, E.irresidua
lar esa ichakda parazitlik qilib, patologik jarayon uzoq
vaqt davom etadi (30-50 kun).
Barcha sporalilar kabi quyon eymeriozi ham uchta taraqqiyot davrini boshdan
kechiradi: 1 davr – shizogoniya yoki jinssiz ko‘p marta bo‘linish yo‘li bilan ko‘payish;
2 davr – gametogoniya yoki jinsiy ko‘payish; 3 davr – sporogoniya yoki jinssiz
ko‘payish yo‘li bilan sporozoitlar hosil qilish va ularni bir xo‘jayin ishtirokida
rivojlanuvchilarida tashqi muhit taassurotidan himoya qiluvchi spora hosil qilish
davrlari bilan ko‘payadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
Выпуск журнала №-44
Часть–3 Май –2024
25
2181-3187
Eymeriyalarni hayvon ozganizmida joylashuviga bog‘liq ravishda quyon
eymerozining uch shakli farqlanadi: 1. Ichak, 2. Jigar, 3. Aralash shakllari. Amaliyotda
invaziyaning aralash shakli muhim o‘rin tutadi. Kasallikning boshlanishida quyonning
ichaklari zararlanib, keyinchalik jigari invaziyalanadi va natijada aralash shakl
boshlanadi. Invaziyaning yashirin davridan keyin quyonchalar loxaslanadi,
odatdagidek harakatchanligi yo‘qolib, qornini yerga berib yotadi. Ishtahasi pasayib,
ozuqa yemay qo‘yadi. Qorin bo‘shlig‘i shishadi va og‘riq beradi, axlati suyuqlashib,
bazan shilliq va qon aralash bo‘ladi. Kasal quyonlar o‘sishdan qoladi, oriqlaydi, jun
qoplami hurpayib turadi. Siydik ajralishi tezlashadi. Ba’zan so‘lak ajralish kuchayib,
burun shilliq pardasi kataral yallig‘lanadi va kon’yuktivit rivojlanadi. Jigarda
yallig‘lanish jarayonlarini boshlanishi bilan organizm nimjonlashib, quyon tashqi
muhitga e’tiborsiz bo‘lib qoladi va uzoq yotadi. Ishtahasi yo‘qoladi, qorni shishgan
bo‘lib, o‘ng tomonini bosib ko‘rganda og‘riq sezadi. Ko‘rinarli shilliq pardalari
sarg‘ayadi, oyoqlari va bo‘yin mushaklari shol bo‘lib, qaltiray boshlaydi, so‘ngra esa
7-10 kunda nobud bo‘ladi.
Tadqiqot usullari va natijalari.
Tadqiqotlarimiz Farg‘ona viloyatining Farg‘ona
shahri va Qo‘shtepa tumanlarida o‘tkazildi. Ilmiy tadqiqot davomida eksperimental,
mikroskopik va statistik usullardan foydalanildi. Kasallikka gumon qilingan va
kasallangan quyonlarning 3-5 gr tezak namunasi suv bilan zichlik darajasi yarim suyuq
holatga kelguncha aralashtirildi, sentrifuga probirkalariga suzildi va 1-2 daqiqa
davomida sentrifuganing 1000-1500 tezlik/min davomida sentrafuga qilindi. Suyuqlik
qismi to‘kib tashlandi, cho‘kmaga glitserin va osh tuzining to‘yingan eritmasidan teng
miqdorda tayyorlangan aralashmadan qo‘shildi, sentrifuga probirkasi yaxshilab
chayqatilib, qaytadan 2 daqiqa davomida 1000-1500 tezlik/minutda sentrafuga qilindi.
Suyuqlik yuzasiga qalqib chiqqan eymeriya ootsistalari simli ilmoq bilan olinib,
buyum oynasiga qo‘yilib, mikroskopda tekshirildi. Tekshirilgan quyonlarning tezak
namunasida eymeriya ootsistalari mavjudligi aniqlandi.
1-jadval.
Quyon eymeriozini koprologik tekshirish natijalari
Xo‘jalik nomi
Quyonlar
bosh soni
Tekshirish
usuli
Invaziyaning
ekstensivligi
soni
foyizi
“Halol quyon
naslli chorvasi” MChJ
125
koprologik
36
28,8
“Vodiy naslli
quyonlari” MChJ
355
koprologik
24
6,2
Ushbu jadval ma’lumoti bo‘yicha “Halol quyon naslli chorvasi” MChJ da
parvarishlanayotgan 125 bosh quyonlarning 36 boshida eymeriyalar bilan
zararlanganligi tekshiruv natijasida aniqlanib, invaziyaning ekstensivligi 28,8% ni
tashkil qildi.
Qo‘shtepa tumanidagi “Vodiy naslli quyonlari” MChJ da ko‘paytirilayotgan 355
bosh quyonlarning 24 boshi eymerioz bilan kasallanganligi koprologik usul yordamida
aniqlanib invaziyaning ekstinsivligi 6,2 % ni tashkil etdi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
Выпуск журнала №-44
Часть–3 Май –2024
26
2181-3187
Tadqiqot natijalariga ko‘ra kasallikni ikki hududdagi tarqalish holati, saqlash
sharoiti,
oziqlantirish
va
profilaktika
tadbirlarini
rejali
amalga
oshirish
ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lib, “Vodiy naslli quyonlari” MChJ da oxirgi zamonaviy
texnologiyalardan unumli foydalanganlik va oziqlantirish uchun boyitilgan
qo‘shimchalari mavjud oziqa berilganligi, profilaktika maqsadida eymerostatik
vositalardan foydalanilganligi natijasida kasallik ko‘rsatgichi nisbatan past
ko‘rsatkichda bo‘lsa, “Halol quyon naslli chorvasi” MChJ esa invaziya ekstensivligi
yuqori ko‘rsatkichda qayd etildi, chunki ushbu MChJ quyonxonasida asrash uchun
yetarli
gigiyenik
qulayliklar
yaratilmaganligi,
profilaktika
maqsadida
eymerostatiklarni qo‘llamaslik va oziqlantirish uchun sifatli omuxta yemdan
foydalanilmaganligi asosiy sabab hisoblanadi.
Xulosa.
Ushbu tadqiqot bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra “Halol quyon
naslli chorvasi” MChJ da parvarishlanayotgan 125 bosh quyonlarning 36 boshida
eymeriyalar bilan zararlanganligi tekshiruv natijasida aniqlanib, invaziyaning
ekstensivligi 28,8 % ni Qo‘shtepa tumanidagi “Vodiy naslli quyonlari” MChJ da
ko‘paytirilayotgan 355 bosh quyonlarning 24 boshi eymerioz bilan kasallanganligi
koprologik usul yordamida aniqlanib invaziyaning ekstinsivligi 6,2 ni tashkil etdi.
Adabiyotlar
1. Akhmadaliev, N. T., Khushnazarov, A. K., & Davlatov, R. B. (2023).
EPIZOOTOLOGY OF RABBIT EYMEROSIS.
2. Ахмадалиев, Н. Т., Хушназаров, А. Х., & Давлатов, Р. Б. (2023). ҚУЁН
ЭЙМЕРОЗИНИНГ ЭПИЗООТОЛОГИЯСИ.
3. Berdiyevich, D. R., Khudoiyberdi, K. A., & Ilhomovna, K. M. (2022).
Epizootology of eimeriosis (coccidiosis) of rabbits, treatment and preventive
measures.
Ann For Res
,
65
, 602-607.
4. Davlatov, R. B., & Khushnazarov, A. K. (2024). Diagnosis and
chemoprophylaxis of rabbit eymeriosis. In E3S Web of Conferences (Vol. 480, p.
03020). EDP Sciences.
5. Davlatov, R. B., & Khushnazarov, A. X. (2022). TREATMENT AND
PREVENTIVE
MEASURES
OF
THE
EPISOTOLOGY
OF
RABBIT
EMERIOSIS. SCIENTIFIC JOURNAL OF AGROBIOTECHNOLOGY AND
VETERINARY MEDICINE, 181-184.
6. Давлатов, Р., & Хушназаров, А. (2022). Эпизотология эймериоза
(кокцидоза) кроликов, лечение и профилактика. in Library, 22(4).
7. Ergashov, S. I., Khushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2023). DRUGS
WIDELY USED IN THE TREATMENT OF EMERIOSIS IN RABBITS. Journal of
new century innovations, 22(3), 58-64.
8. Ergashov, S. I., Xushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2023). QUYONLAR
EYMERIOZNI
DAVOLASHDA
KENG
QO
‘LLANILADIGAN
PREPARATLAR.
Journal of new century innovations
,
22
(3), 58-64.
9. Эшкораев, А., Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Развитие,
эпизотология, лечение и профилактика эмериоза кроликов. in Library, 1(1), 65-
71.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
Выпуск журнала №-44
Часть–3 Май –2024
27
2181-3187
10. Khushnazarov, A., Rayimkulov, I., & Eshkoraev, A. (2023). METHODS OF
KEEPING RABBITS IN MODERN CAGES. Eurasian Journal of Medical and Natural
Sciences, 3(1 Part 2), 52-57.
11. Khushnazarov, A., & Davlatov, R. B. (2022). Rabbit eimeriozin in treatment
vazuril of the drug efficiency. Library, 22(2), 173-174.
12. Khushnazarov, A. H., Rayimkulov, I. H., Eshkoraev, A. M., & Davlatov, R.
B.
(2023).
CHEMIOPROPHYLAXIS
OF
EMERIOZINING
IN
RABBIT. SCHOLAR, 1(2), 56-62.
13. Khushnazarov, A. K., Khushnazarova, M. I., & Isokulova, Z. K. (2023).
EIMERIOCID
DRUGS
KUYONG
EIMERIOSYS
KOLLASH. Innovative
Development in Educational Activities, 2(1), 138-143.
14. Khushnazarov, A., Urokova, M., & Kurbonova, M. (2021). Kuyonlarni
emeriozdan asraylik. Library, 21(1), 44-47.
15. Khushnazarov, A. X. (2022). OBZOR LITERATURNYX DANNYX PO
KHIMIOTERAPII
I
KHIMIOPROPHYLAKTIKI
EYMEROZA
KROLIKOV. Journal of PEDAGOGS, 23(2), 83-86.
16. Khudoyberdievich, K. A., Khushnazarova, M. I., & Isokulova, Z. X. (2022).
PREVALENCE, DIAGNOSIS, TREATMENT AND PREVENTION OF RABBIT
EMERIOSIS. RESEARCH AND EDUCATION, 1(9), 245-249.
17. Khushnazarov, A., Khabibulaev, S. L., Rakhmatova, U., Orlova, G. I.,
Tolibova, F. T., & Khushnazarova, M. I. (2022). Quyonchilik xo’jaliklarini
eymeriozdan asrash. Library, 22(2), 5-8.
18. Khushnazarov, A., & Davlatov, R. (2022). Rabbit eimeriozin in treatment new
of eimeriostatic efficiency.
19. Khushnazarov, A., Urokova, M., & Kurbonova, M. (2021). Rabbits from
eimeria Let's protect.
20. Khushnazarov, A. K., Eshkoraev, A. M., Akhmadaliev, N. T., & Davlatov, R.
B. (2023). EPIZOOTOLOGICAL DIAGNOSTIC AND PREVENTIVE DATA OF
EIMERIOSIS IN RABBITS. Innovations in Technology and Science Education, 2(7),
1068-1080.
21. Khushnazarov, A. K., & Davlatov, R. B. (2023). DIAGNOSTICS OF
RABBIT EMERIOSIS.
Journal of new century innovations
,
22
(3), 72-77.
22. Khushnazarov, A. K., Eshkorayev, A. M., & Davlatov, R. B. (2023).
DEVELOPMENT,
EPISOTOLOGY,
TREATMENT
AND
PREVENTIVE
MEASURES
OF
EMERIOSIS
IN
RABBITS.
Journal
of
new
century
innovations
,
22
(3), 65-71.
23. Khushnazarov, A. K., Eshkoraev, A. M., Akhmadaliev, N. T., & Davlatov, R.
B. (2023). EPIZOOTOLOGICAL DIAGNOSTIC AND PROPHELACTIC DATA OF
RABBIT EIMERIOSIS.
Innovations in Technology and Science Education
,
2
(7),
1068-1080.
24. Khushnazarov, A., & Davlatov, R. (2022). Quyon eymeriozini davolashda
yangi eymeriostatikning samaradorligi. Library, 22(1), 28-29.
25. Мухаммадиев, У. И., Хушназаров, А. Х., & Давлатов, Р. Б. (2023).
BIOLOGICAL CHARACTERISTICS OF RABBITS. KEEPING AND FEEDING
TECHNOLOGY.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
Выпуск журнала №-44
Часть–3 Май –2024
28
2181-3187
26. Urokova, M., Akramova, M., & Khushnazarov, A. X. (2021). Rabbits
eimeriozin of treatment efficient methods. Library, 21(2), 115-117.
27. Urokova, M., Akramova, M., & Khushnazarov, A. K. (2021). Quyonlar
eymeriozini davolashning samarali usullari. Library, 21(2), 115-117.
28. Урокова, М., Акрамова, М., & Хушназаров, А. Х. (2021). Quyonlar
eymeriozini davolashning samarali usullari.
29. Урокова, М., Акрамова, М., & Хушназаров, А. Х. (2021). Эффективные
методы лечения эмериозоза у кроликов. in Library, 21(2), 115-117.
30. Раимкулов, И., Хушназаров, А., & Эшкораев, А. (2023). Способы
кормления кроликов в современных клетках. in Library, 1(1), 52-57.
31. Раимкулов, И., Хушназаров, А., Эшкораев, А., & Давлатов, Р. (2023).
Химиопрофилактика эмериоза кроликов. in Library, 1(1), 56-62.
32. Расулов, У., Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Диагностика и
эпизоотология эмериоза кроликов. in Library, 1(2), 366-368.
33. Хушназаров, А., Урокова, М., & Курбонова, М. (2021). Защитим
кроликов от эймерий. in Library, 21(1), 44-47.
34. Хушназаров, А., Хабибулаев, С. Л., Рахматова, У., Орлова, Г. И.,
Толибова, Ф. Т., & Хушназарова, М. И. (2022). Защита кроликоферм от
эймериоза. in Library, 22(2), 5-8.
35. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. Б. (2022). Эффективность вазурила при
лечении эймериоза кролика. in Library, 22(2), 173-174.
36. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Эпизототическая ситуация по
эмериозому кролика в пастдаргомском и ургутском районах. in Library, 22(1), 31-
32.
37. Хушназаров, А., Эшкораев, А., Ахмадалиев, Т., & Давлатов, Р. (2023).
Эпизоотологические диагностические и профелактические данные эймериоз
кроликов. in Library, 1(1), 1068-1080.
38. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Эффективность нового
эмиериостатического препарата в лечении эймериоза кроликов. in Library, 22(1),
28-29.
39. Хушназаров, А. Х., Урокова, М., & Курбонова, М. И. (2021). Эмериоз
кроликов и его профилактика. in Library, 21(2), 126-129.
40. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Распространение и
патологоанатомическая диагностика эмериоза кроликов. in Library, 1(1), 15-17.
41. Хушназаров, А. Х., & Давлатов, Р. Б. (2023). HISTORY AND
SYSTEMATIC STATUS OF THE STUDY OF RABBIT EYMEROSIS.
42. Хушназаров, А., Урокова, М., & Курбонова, М. (2021). Қуёнларни
эймериоздан асрайлик. Library, 21(1), 44-47.
43. Хушназаров, А. Х., Хушназарова, М. И., & Исоқулова, З. Х. (2023).
Эймериоцид препаратларни қуён эймериозида қўллаш.
Innovative Development in
Educational Activities
,
2
(1), 138-143.
44. Хушназаров, А. Х., Райимкулов, И. Х., Эшқораев, А. М., & Давлатов, Р.
Б. (2023). Қуён эймериозининг кимёпрофилактикаси.
SCHOLAR
,
1
(2), 56-62.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
Выпуск журнала №-44
Часть–3 Май –2024
29
2181-3187
45. Хушназаров, А., Райимкулов, И., & Эшқораев, А. (2023). ЗАМОНАВИЙ
КАТАКЛАРДА ҚУЁНЛАРНИ БОҚИШ УСУЛЛАРИ.
Евразийский журнал
медицинских и естественных наук
,
3
(1 Part 2), 52-57.
46. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Қуён эймериозини даволашда
янги эймериостатикнинг самарадорлиги.
Library
,
22
(1), 28-29.
47. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. Б. (2022). Quyon eymeriozini davolashda
vazuril preparatining samaradorligi.
Library
,
22
(2), 173-174.
48. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Пастдарғом ва ургут туманларида
қуён эймериозининг эпизоотик ҳолати.
Library
,
22
(1), 31-32.
49. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Қуён эймериозининг тарқалиши
ва патологоанатомик ташҳиси.
Library
,
1
(1), 15-17.
50. Хушназаров, А. Х., Урокова, М., & Курбонова, М. И. (2021). Rabbits are
eymeriosis and its prevention.
Library
,
21
(2), 126-129.
51. Хушназаров, А. Х., Урокова, М., & Курбонова, М. И. (2021). Эмериоз
кроликов и его профилактика.
in Library
,
21
(2), 126-129.
52. Хушназаров, А., Хабибулаев, С. Л., Рахматова, У., Орлова, Г. И.,
Толибова, Ф. Т., & Хушназарова, М. И. (2022). Quyonchilik xo’jaliklarini
eymeriozdan asrash.
Library
,
22
(2), 5-8.
53. Хушназаров, А. (2023). Дифференциальная диагностика эймерии
кроликов и колибактериоза.
in Library
,
1
(2), 53-50.
54. Хушназаров, А. (2023). История и систематическое состояние изучения
эмероза кроликов (обзор литературы).
in Library
,
1
(2), 16-19.
55. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Эпизотология и меры лечения
эмериоза кроликов.
in Library
,
22
(4), 11-13.
56. Хушназаров, А. (2021). Эймериозная болезнь кроликов (на основе
анализа литературы).
in Library
,
21
(4), 24-25.
57. Хушназаров, А. (2021). Разработка требования к периоду разработки
(анализ литературы).
in Library
,
21
(2), 7-8.