Июнь | 2024. 1-қисм
25
Тошкент
ТАРИХ САҲИФАЛАРИДАГИ ИЗЛАНИШАЛАР ЙЎЛИДАГИ
ТАДҚИҚОТЛАР
AFRIGʻIYLAR SULOLASI TARIXSHUNOSLIGINING ASOSIY YOʻNALISHLARI VA
MUAMMOLARI
Rajapov Mardonbek Qosimboy oʻgʻli,
OʻzR FA Tarix instituti tayanch doktoranti
Telefon: +998914299977
mardonbekoff@gmail.com
Annotatsiya:
Maqolada Afrig‘iylar sulolasi (305-995 yillar) tarixshunosligining asosiy yo‘nalishlari
va muammolari tahlil qiliniib, sulolaning kelib chiqishi va etnik mansubligi, siyosiy maqomi, ichki
siyosati, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti kabi masalalar o‘rganiladi. Shuningdek, milliy va
xorijiy tarixshunoslarning tadqiqotlari tahlil qilinib, Afrig‘iylar tarixini yoritishda mavjud bo‘shliqlar
va muammolar tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar
: Afrig‘iylar, oli-Iroq, Sosoniylar, Eftaliylar, Turk xoqonligi, siyosiy maqom, vassal-
tributor
Afrig‘iylar sulolasi 305-995-yillarda hozirgi kunda Markaziy Osiyoning (O‘zbekiston,
Turkmanistan va Qozog‘istonning bir qismi) hududida joylashgan Xorazm mintaqasini boshqargan
sulola hisoblanadi. Davr nuqta-nazardan mazkur sulolaning hukmronlik yillari juda murakkb
hisoblanib, xalqaro siyosiy maydonda Sosoniylar, Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohiriylar
va Somoniylar kabi davlatlaring paydo bo‘lishi va kuchayishi fonida davom etdi. Afrig‘iylarning
Sosoniylar va Eftaliylarga vassalik masalasi bugungacha o’z yechimini topmagan[14,b.60].
Biroq, sulolaning Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohiriylar va Somoniylar davlatiga iqtisodiy va
siyosiy jihatdan vassal-tributor bo‘lganligi yozma va arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘z isbotini
topgan[2,b.73-74;6,b.228-230; 13,b.19].
Afrig‘iylar sulolasi tarixshunosligining tadqiqot yo‘nalishlariga sulolaning kelib chiqishi va etnik
mansublik masalasi, Afrig‘iylarning Eftaliylar va Turk xoqonligi, Arab xalifaligi va Somoniylar davrida
siyosiy maqomi masalasi, davlatning ichki siyosati va boshqaruv usullari va vositalari, iqtisodiy va
ijtimoiy va madaniy tarqqiyot bosqichlari va sulolaning qulashi kabi bir qancha yo‘nalishlarni o‘z
ichiga oladi.
Milliy va xorijiy tarixshunoslikda Afrig‘iylar sulolasining kelib chiqishi, Eftallar va Turk xoqonligi
davrida Xorazmning siyosiy maqomi masalasi, shuningdek, Arab xalifaligi davrida Xorzmning o‘rni
muammosi, Somoniylar ko‘magida tashkil etilgan oli-Iroq(Iroq oilasi) masalalarining ayrim jihatlari
tadqiqotchilar tomonidan tahlil qilingan[1,2,6,11,12,14].
Bugungi kunda Afrig‘iylar sulolasining kelib chiqishi borasida turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib,
vatan tarixshunosligida sulola haqiqatdan ham mavjud bo‘lganligi va Xorazmni 305-995-yillarda
qariyb 700 yil boshqarganligini ta’kidlangan bo‘lishiga qaramay, xorij tadqiqotlarida sulolaning
mavjudligiga shubha bilan qarash[8,b.123-124], uni afsonalarga bog‘lash yoki oli-Iroq (Iroq
oilasi) o‘z hokimiyatini va qonuniyligini mustahkamlash maqsadida to‘qib chiqarilgan degan
qarashlarni ilgari surishmoqda [1,b.743-745; 2,b.72-73; 4.b.61-63]. Tadqiqotchilarning mazkur
sulola oid yondashuvlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin. 1) Afrig‘iylarni eroniy sulola sifatida ko‘rish
2) Afrig‘iylarni turkiy sulola sifatida ko‘rish; 3) Afrig‘iylar sulolasini afsona sifatida ko‘rish.
G‘arb va Eron tarixshunosligida Afrig‘iylar sulolasini yozuvi, tili va dini nuqtai-nazardan eroniy
sulola sifatida ko’rish keng yoyilgan va xoriji tarixshunosligida bu yondashuv umumiy qabul
qilingan[1,b.743;3,b.2251;4,b.66-69]. Milliy tarixshunoslikda, asosan G‘.Boboyorov tadqiqotlarida
Beruniy asarida keltirilgan 22 hukmdorning ayrim nomlarini tilshunoslik nuqtazi-nazarda tahlil qilish
asosida, ularning kelib chiqishi turkiyligini ilmiy tahmin qilgan[12,b.55]. Turkiyalik tadqiqotchilar
ushbu ro‘yxatdagi hukmdorlarning barchasi bitta sulolaga mansub bo‘lishmaganligini, Somoniylar
ko‘magida tashkil etilgan oli-Iroq o‘z legitimligini mustahkamlash maqsadida o‘rta asrlarda urf
bo‘lganidek, o’zining kelib chiqishini qadimiyroq sulolaga ya’ni, Afrig‘iylarga bog‘lashgan degan
Июнь | 2024. 1-қисм
26
Тошкент
qarashlarni ilgari surishmoqda[8,b.23-26]. Adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, Afrig‘iylarning
etnik kelib chiqishiga doir yondashuv va qarashlar xilma-xil bo‘lib, bu borada yagona ilmiy talqin
mavjud emas.
G‘arbiy Turk xoqonligiga tobe hisoblangan Afrig‘iylarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotida
doir maxsus tadqiqotlar amalga oshirilmagan. Mazkur masala ayrim tadqiqotchilar tomonidan
Markaziy Osiyoning ilk o‘rta asrlar tarixini yozish jarayonida qisqacha to‘xatlib o‘tilgan. G‘arbiy
Turk xoqonligi davrida Afrig‘iylarning siyosiy maqomi masalasi G‘Boboyorov, A.Otaxo‘jayev,
R.Ne’matov va M. Rajapov tadqiqotlarida atroflicha tahlil qilingan [10,11,13,14].
Arxeologik tadqiqotlar va boshqa manbalar, shuningdek, ko‘rib o‘tilgan adabiyotlarda keltirilgan
xulosalarga tayanib aytish mumkinki, V-VI asrlarda Turon hududida hukmronlik o‘rantgan Eftaliylar
va Turk xoqonligi mahalliy xalq qarshiligiga uchramagan. Shuningdek, Afrig‘iylar davrida tangalar
doimiy suratda zarb etilishi Kushonlardan Turk xoqonligigacha bo’lgan vaqtlarda ham markaziy
hokimiyatning mahalliy voha hukmdorlarni boshqarishida jidiy o‘zgarishlar ro‘y bermaganidan,
ya’ni tobelik faqat ma’lum miqdorda soliq to‘lash bilan cheklanligi bilan izohlash mumkin.
Ummaviylar davrida Xorazmga bir qancha noiblar, amirlar tayinlangan bo‘lsa, Abbosiylar
Xorazmning mahalliy boshqaruviga aralashishmagan. Chunki, 750-821-yillar oralig’ida Xorazmga
biror noib yoki amirlar tayinlangani haqida manbalarda ma’lumot mavjud emas. Bundan kelib
chiqadiki, Ummaviylar davrida Afrig‘iylarning ichki va tashqi siyosati cheklangan bo‘lsa, Abbosiylar
davriga kelib sulolaning siyosiy maqomida o‘zgarish kuzatiladi. Buni Shoushfarning 751,753 va
755-yillarda Xitoyga yuborgan savdo va elchilik karvonini misol sifatida keltirish mumkin.
Zamonaviy tarixshunoslikda Tohiriylar va Somoniylar davrda Xorazmning ijimoiy-iqtisodiy
hayoti, uning siyosiy manzarasi haqida bir-ikkita tadqiqotni hisobga olmaganda hech qanday
ma’lumot yo‘q. Tadqiqotchilardan J.Heraviy, A.O‘zbayraktar, M.Fedorov, Sh.Ismoilov ishlarida
Xorazmning siyosiy maqomi xususida qisman to‘xatalib o‘tishgan[2,4,5,7].
Xulosa qilib aytganda Afrig‘iylar sulolasi tarixi maxsus tadqiq qilishda mavjud manbalarni
tanqidiy tahlil qilish, amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlarni yo‘nalishlar kesimida tahlil qilish
(tangashunoslik, keramika buyumlari va hakozo), milliy va xorijiy tarixshunoslarning tadqiqotlarini
o‘zaro muvofiqlashitish kabi usullardan foydalanish zarur. Shuningdek, Xorazmning arablar
tomonidan bosib olinishi va uning keyingi tarixiy jarayonlardagi o‘rni haqidagi ma’lumotlarni
chuqurroq tushunish uchun, manbalararo solishtirma, onomastik tahlil kabi zamonaviy tadqiqot
metodlarini qo‘llash muhimdir. Bularning barchasi, Afrig‘iylar sulolasining tarixini, ularning madaniy
va siyosiy hayotdagi rolini, shuningdek ularning mintaqadagi boshqa xalqlar va madaniyatlar bilan
o‘zaro ta’sirini yoritishda muhim ahamiyatga ega. Bu kabi keng qamrovli yondashuvlar, Xorazmning
o‘rta asrlar davridagi tarixini aniqroq va to‘liqroq tavsiflash imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Bosworth C.E. Āl-e Afrīḡ // Encyclopædia Iranica. –1984. №1(7). –743-745 pages; http://www.
iranicaonline.org/articles/al-e-afrig
2. Fedorov M. The Khwarazmshahs of the Banu Iraq (4/10 Century) // Journal of the British
Institute of Persian Studies. –2000. – №38. –71-75 pages.
3. Hasanzada I. Critical Analysis of the Narratives of the Conquest of Khwarezm // Islamic History
Studies. Tehran. –2011. – 2251-2274 pages.
4. Heravi C, Özbayraktar A. Âl-i ‘İrâk (Hârezm’de Sâmânîlere tâbi yüz yillik bir iktidar hakkinda
yeni bir araştirma) //ASOBİD. – 2018. – №2(4). – 61-73 S
5. Ismailov Sh. Is the Khorezmshah Mamunids from Turkish Tribe or Arab?// EPRA International
Journal of Socio-Economic and Environmental Outlook. –2023. –№10.7-8 pages.
6. Nerazik E.E. HIstory and culture of Khwarizm.History of Civilizations of Central Asia The
crossroads of civilizations A.D. 250 to 750 /Editor B. A. Litvinsky. Multiple History Series UNESCO
Publishing. –1996. –228-236 pages.
7. Özbayraktar.A Hârezm’in Müslümanlar tarafindan fethi(32-93 /652-712) // DTCF Dergisi.
–2023. – №63(2). –1064-1072 S.
8. Rajapov M. Afrig’iylar sulolasining turk tilli tadqiqotlarda aks etishi // Ижтимоий-гуманитар
фанларнинг долзарб муаммолари. – 2024.– № S/1(4). –23-26-betlar
9. Rajapov M. Beruniyning “Osor ul-boqiya” asari Afrig’iylar davri tarixini o’rganishda muhim
manba // Tamaddun Nuri. –2024. –№1(52). –122-125-betlar
10. Rajapov M. Eftaliylar va Turk xoqonligi davrida Afrig’iylarning siyosiy maqomi masalasi //
Июнь | 2024. 1-қисм
27
Тошкент
Involta Innovation Scientific Journal.2024. – №3(2). –92-96-betlar
11. Бобоёров Ғ. Ғарбий Турк хоқонлигининг давлат тузуми. Тошкент. – 2018. –Б.245.
12. Бобоёров Ғ. Турк хоқонлиги даврида Хоразм // Хоразм тарихи замонавий тадқиқотларда.
Кўпмуаллифлик илмий монография. Масъул муҳаррир Д. Алимова. – Тошкент-Урганч. –2019.
– Б. 55
13. Неъматов Р.Хоразм Африғийлар сулоласи – Турк хоқонлиги сиёсий алоқалари.
Фундаментал тадқиқотлар журнали. –2023. –№7. – Б.19
14. Отахўжаев A. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида Турк-Суғд
муносабатлари.Тошкент. – 2010. –Б.67
15. Сагдуллаев A.Ўзбекистон тарихи: Давлат ва Жамият тараққиёти. I қисм. Тошкент:
“Академия”, 2000 . – Б.60.