25
O‘QITISH
AMALIYOTIDA
FOYDALANILADIGAN
ASOSIY
TUSHUN CH AL ARNING MAZMUN VA MOHIYATI
Isakulova Nilufar Janikulovna
0‘zDJTU,
Pedagogika va psixoloxiya kqfedrasi professori,
pedagogika fanlari doktori
Annotatsiya.
Ushbu maqolada о ‘qitish amaliyotida foydalaniladigan asosiy
tushunchalarning mazmun-mohiyati berilgan, loyihalashtirish holatlari ко ‘rsatilgan,
tushunchalarning turlari aniqlangan.
Kalit so‘zlar:
metodika, ta’lim usuli, ta’lim metodi, ta’lim vositasi, ta’lim
texnologiyasi, ta’lim shakli, ta’lim tamoyillari.
Metodika
-
pedagogikaning tarkibiy qismi bo‘lib, insonni shakllantirishda
muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to‘g‘risidagi hamda ta’lim- tarbiya
berishning mazmuni, shakli va metodlari haqidagi fandir. Metodika qisqacha qilib
aytganda, ma’lum bir fanni o‘rganish, o‘qitish metodlari to‘g‘risidagi ta’limot. O‘qitish
amaliyotida quyidagi tushunchalar foydalanilib kelmoqda:
❖
ta’lim usuli;
❖
ta’lim metodi;
❖
ta’lim vositasi;
❖
ta’lim texnologiyasi;
❖
ta’lim shakli;
❖
ta’lim tamoyillari.
Metod, o‘qitish metodi, usul, metodika, qoida kategoriyalarining farqi nimada?
Metod
so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘l va usullar majmui deganidir.
Ta’lim metodlari
deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan
turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar
o‘quv - bilish faoliyatini tashkil etish yo‘llari tushuniladi.
Ta ’Um usuli -
ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni.
26
Metodika -
bu xususiy didaktika, ya’ni biror bir fanni o‘qitish nazariyasi.
Qoida -
tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga
oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi meyoriy
ko‘rsatmalardir.
Ta’lim metodlari tasnifi tadqiqotlarda aniqlangan (1 -jadvalga qarang):
Ta’lim metod
1-jadval.
ari tasnifi
Ta’lim metodlari tasnifi
Manbalari
An’anaviy
(manbasiga
ko‘ra)
ta’lim
metodlari
E.I.Golant, N.M.Verzilin va boshqalar
O‘quvchi laming bilish faoliyati tavsifiga
ko‘ra ta’lim metodlari
I. Y.Lerner va M.N.Skatkin
Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim
metodlari
M.A.Danilov va B.P.Esipov
Ta’limning binar metodlari
M.I.Maxmutov
Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari
__________________________________
Ta’limning interfaol metodlari
Y.K.Babanskiy
Ta’lim vositalari bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o'qituvchi va talabalar
tomonidan foydalaniladigan obyekt. Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra
yondashish mumkin:
faoliyat subektiga ko‘ra;
faoliyat obektiga ko‘ra;
o‘quv axborotiga munosabatiga koTa;
o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko'ra (2-jadvalga qarang):
2-
jadval.
Ta’lim vositalari turlari
Ta’lim vositalari
turlari
Ta’lim vositalarining vazifalari
Matnli vositalar
Ma’lumot olish va ma’lumotlarni qavta ishlash uchun
Tasvirli vositalar
Umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun
Audiyovizual vositalar
Jarayonlar va ishlash mexanizmlari to’g’risida tasvir va ovoz
orqal ihaqiqiy tasavvurlarni vujudga keltirish uchun
Yordamchi vositalar
fasvir va matnni yozish hamda saqlash uchun
Modelli vositalar
O’rganilayotgan ob’ektning modeli orqali u haqda tasavvur
hosil qilish uchun_
27
Haqiqiy vositalar
O’rganilayotgan ob’ektlar haqida haqiqiy tasavvurni vuiudga
keltirish uchun
Ta’lim
jarayonini
texnologiyalashtirishfla
quyidagi
tushunchalardan
foydalaniladi:
rejalashtIrish
pedagogic tahlil natijalariga tayangan holda o’quv-tarbiya
jarayonini loyihalashtirish yoki mihim hukm chiqarish;
loyihalashtirish
muayyan tuzilishga ega, ya'ni loyihani ishlab chiqish
bosqichlarining ketma-ketligi va tarkibi, jarayonlar, jalb qilingan vositalar to'plami va
jarayon ishtirokchilarining o'zaro ta'siri [2, 3].
Ta’lim jarayonida texnologiyalashtirish bilan bog‘liq quyidagi tushunchalar ham
mavjud bo‘lib, maqsadiga qarab loyihalashtiriladi:
ta’lim texnologiyalari;
tarbiyada texnologiyalar;
innovatsion texnologiyalar;
axborot-kommunikatsion texnologiyalar;
pedagogik texnologiyalar,
Ta’limjarayonini texnologiyalashtirish bosqichlari quyidagilardan iborat:
1-
bosqich: loyihani yaratish;
2-
bosqich: talabalar faoliyatini tashxislash;
3-
bosqich: pedagogik jarayonni tashkil etish;
4-
bosqich: pedagogik jarayonning samarali kechishini ta’minlash;
5-
bosqich:talabalar faoliyatini nazorat qilish.
Ta’lim olish shakllari.To/Wm
olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); dual
ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim;
28
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar
tayyorlashfl].
O’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u didaktik prinsip (qonuniyat) larni
qanchalikto’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. Ta‘lim qonuniyatlari bu
-
o’qitish
jarayoniga qoyiladigan talablar yig’indisidir. Ta‘lim prinsip (tamoyil) lari deb,
tadimning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o’qitish uchun asos bo’ladigan
qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta‘lim qonuniyatlari ta’lim oluvchi va o’qituvchi
orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi.
Ma’lumki, qonuniyat-bu barqaror, zaruriy u yoki bu hodisalar va jarayonlar
o’rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o’quv
jarayonining harakteri, uning vazifalari, mazmuni, shakllari: usullari va vositalari
qonuniy ravishda aniqlab beradi. Agar o’qitish jamiyat talablarini e’tiborga olmasa, u
holda uni, albatta, qayta ko’rish, takomillashtirish kerak. Demak, ta’lim berish,
tarbiyalash va o’quvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish
zarur.
Ifodalangan qonuniy didaktik aloqalarni va o’qitish qoidalarini ilmiy asoslangan
o’zaro bog’lanishda qo’llash ko’nikma va malakalarni chuqur, puxta, ongli va ta’sirli
o’zlashtirilishini ta’minlaydi. O’qitishni aynan shunday natijaga qaratish uning onglilik,
puxtalik, ta’sirchanlik qoidalarini xarakterlaydi.
Ta’limning mazmuni hayot, hozirgi zamon fani bilan bog’langan bo’lganligi
uchun ham, vazifalarda mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish
muammolari, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlash
kabilar asosida intensivlash o’z aksini topishi kerak.
Har bir o’qituvchi shuni anglab yetishi muhimki, o’quv jarayonini samarali
ko’rish
-
bu, ishda o’zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik qoidalarni
hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni hal qilishda ijodiy foydalangan holda,
ulardan butunlay va o’zaro aloqada foydalanish demakdir.
O’qitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun qonuniyatlar birligini va
didaktik qoidalarini e’tiborga olish zarur. O’qitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil
qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki. buni o’qitish
29
qoidalari deb ataladi. O’qitish qoidalarini bilish o’qitishning zarur usullarini yanada
ishonchiiroq tanlashga imkon beradi.
Ta’lim qoidalari - o’qituvchining faoliyatini va o’quvchilar tomonidan ilmiy
bilmlarning o’zlashtirilishi, tegishli ko’nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun
va yo’l - yuriqlarini o’z icbiga oladi. SHu bilan bir vaqtda ta’lim qoidalari har ikkala
faoliyatni, ya’ni o’qituvchi va o’quvchi tomonidan o’z oldiga qoyilgan vazifalarni
muvaffaqiyatli amalga oshirisb imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham
umumlashtirib beradi.
Ta'lim o'qituvchining faoliyati va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni
o'zlashtirilishi, tegishli ko'nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonuni va yo'1-
yo'riqlami o'z ichiga oladi.
Ta'lim tamoyillari
o'qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan
to'g'ri hal qilishning asosiy qonumyatlaridir. Qonuniyat bu barqarorlik, zarariyat, u yoki
bu hodisalar va jarayonlar o'rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa.
Xulosa qilib aytganda, o‘qitish amaliyotida yuqorida qayd etilgan tushunc ha
laming mazmun-mohiyatiga asosan foydalanish, qo‘llash hamda loyihalashtirish amalga
oshirilsa, o‘qitishni to‘g‘ri tashkil etish imkoniga ega bo‘lish kuzatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Узбекистан Республикасининг Таълим тўғрисида Қонуни. 2020 йил 23
сентябрь ЎРҚ-637 сон Қонуни.
2.
Инновацион таълим технологиям ва педагогик компетентлик. Уқув-
услубий мажмуа. - Тошкент, 2017. - 230 б.
3.
Олий
таълим
муассасаларидалар
ўқув-тарбия
жараёнининг
самарадорлигини оширишга йўналтирилган инновацион ўқитиш методлари ва
технологиялари.
-
Тошкент, 2014. - 25 б.