“Pedagogika” fani kategoriyalarining o'ziga xos xususiyatlari

CC BY f
93-98
1

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Исакулова, Н. (2023). “Pedagogika” fani kategoriyalarining o’ziga xos xususiyatlari. in Library, 4(4), 93–98. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/34977
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada “Pedagogika” fani kategoriyalarining o'ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Kategoriya, tushuncha va terminlaming izohi o’rganilgan. Pedagogika kategegoriyalari tasnifi keltirilgan. Pedagogika kategoriyalari nazariy kategoriyalar, empirik kategoriyalar, tarixiy kategoriyalar, fanlararo kategoriyalar, integrativ kategoriyalar, sohalararo kategoriyalar, umumiste’moldagi kategoriyalarga ajratilgan.

Похожие статьи


background image

Ill

Kasb-hunar ta'limi №8, 2023

“PEDAGOGIKA” FANI KATEGORIYALARINING O'ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI

N.J.ISAKULOVA

O'zDJTU professori, ped. fan. dok.

Annotatsiya.

Mazkur maqolada “Pedagogika” fani kategoriyalarining o'ziga xos xususiyatlari tahlil

etilgan. Kategoriya, tushuncha va terminlaming

izohi o’rganilgan. Pedagogika kategegoriyalari tasnifi

keltirilgan. Pedagogika kategoriyalari nazariy kategoriyalar, empirik kategoriyalar, tarixiy kategoriyalar,
fanlararo kategoriyalar, integrativ kategoriyalar, sohalararo kategoriyalar, umumiste’moldagi kategoriyalarga
ajratilgan.

Kalit so‘zlar:

kategoriya, tushuncha, termin, nazariy kategoriyalar, empirik kategoriyalar, tarixiy

kategoriyalar, fanlararo kategoriyalar, integrativ kategoriyalar, sohalararo kategoriyalar, umumiste’moldagi
kategoriyalar.

Kirish (Introduction). Hozirgi vaqtda

“pedagogika” tushunchasi pedagogik fanlaming
butun tizimini anglatadi. Pedagogika fanlarida
kategoriyalar asosiy o'rin egallaydi. Bunda biz
pedagogika fani kategoriyalarini tahlil qilishimiz
uchun awalom bor kategoriya tushunchasini
aniqlab olamiz.

Kategoriya

-

yunoncha

kategoriya

“ko‘rsatma”, “dalil”, “tushuncha” degan
ma’nolami anglatib, pedagogikada pedagogik
jarayonlar xususiyatlari, mazmun-mohiyatini,
shaxs va jamiyat, shaxs va guruh, shaxs va jamoa
o‘rtasidagi, ta’lim va tarbiya, ma’naviy-axloqiy,
estetik, iqtisodiy- ekologik va h. munosabatlami
aks ettiruvchi asosiy tushunchadir. Kategoriyalar
bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va
jamiyat tajribasi asosida paydo bo‘ldi.
Kategoriyalar orqali inson borliqni, tevarak-
atrofhi, ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan
voqea-hodisalami o‘rganadi [2; 27-b.].

Мавзуга

оид

адабиётлар

тахдили

(Literature rewiew). X.Ibraimov, M.Quronovlar
pedagogika-insonshunoslikfani bo‘ lib, jamiyat
va shaxs munosabatlarini tizimlashtiradigan
tarbiya va ta’lim muammolarini o‘rganadi. Unda
hozirgi zamon fani va metodologiyasining
quyidagi umumiy masalalari yoritiladi:

fan tarixi va taraqqiyoti;
fan haqidagi asosiy konsepsiyalar;
hozirgi zamon fanidagi asosiy dolzarb

muammolar [2; 27-b.].

A.Asqarov, Z.Axrorova, E.Ro‘zimatov,

Sh.Sadikova,' U.Sodikovlar hammualliflikda
yaratilgan “Umumiy pedagogika” fani bo‘yicha
O‘UMda pedagogika — ta’lim va tarbiya
jarayonini yaxlitlikda o‘rganadigan fan sohasi
sifatida o‘rganilgan. Pedagogika fani shaxsni
rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o‘qitish
va tarbiyalashga asosiy e’tibomi qaratganligi
bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya
nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari
hisoblanadi. Pedagogika fanining obyekti - yaxlit
pedagogik

jarayon.

Pedagogika

fanining

predmeti - ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni,
qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va
vositalari tashkil etadi [1; 21-22-b.].

O‘zbek tilining izohli lug‘atida kategoriya

(yun. kategoriya - ayblash, ta’na qilish) quyidagi
ma’nolami bildiradi:

1.

Moddiy

dunyodagi

narsa

va

hodisalaming eng muhim xususiyatlari va
aloqalarini ifodalovchi umumiy tushuncha.
Masalan, zamon kategoriyasi, sababiyat


background image

Kasb-hunar ta'limi №8, 2023

kategoriyasi.

2.

Muayyan belgilaming umumiy ligi bilan

birlashgan narsa, hodisa, shaxslar turi, turkumi,
guruhi, daraja.

3.

Ilmiy terminologiyada: predmet turlarini

yoki ulaming umumiy belgilarini bildiuvchi
tushuncha [6; 332-b.].

Falsafa qomusiy lug‘atida kategoriyalar

(yun. kategoriya - belgi, izohlash) — falsafiy
tafakkur uchun nihoyatda muhim, olamdagi
o‘zgarish, rivojlanish, aloqadorlik va uzviy
bog‘liqlikka xos umumiy jihatlaming in’ikosi;
narsa

va

hodisalaming

o‘ziga

xosligi,

o‘xshashligi va farqlarini, barqarorligi va
o‘zgarishini anglatuvchi, bilishning asosini
tashkil etuvchi eng umumiy tushunchalar.
Ma’lumki, har bir fan ikkinchi fandan o‘zining
tadqiqot

obyektining

xususiyatiga,

unda

ishlatilayotgan tizimining o‘ziga xosligiga qarab
farqlanadi. Tushunchalar tizimi esa har bir
fanning shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini
ko‘rsatadi [5; 193-b.].

Ilmiy kategoriyalar - bu ilmiy tafakkuming

shakllari va tashkiliy tamoyillarini ifodalovchi
eng umumiy, fundamental tushunchalar. Ilmiy
kategoriyalar tizimi yoki kategorik tuzilish - bu
ilmiy fikrlashning asosiy tushunchalari tarmog‘i,
ulaming barqaror konfiguratsiyasi va o‘zaro
bog‘liqligi, unda ba’zi elementlaming o‘zgarishi
boshqalaming o‘zgarishiga olib keladi [3].

Yuqorida

qayd

etilgan

ta’riflardan

ma’lumki, kategoriya tushuncha, termin deb
olingan. Tushunchaning ma’nosi o‘zbek tilining
izohli lug‘atida quyidagicha o'z ifodasini topgan:

1.

Narsa

va

hodisalaming

mantiqan

ajratilgan

muhim

belgilarini,

aloqa

va

munosabatlarini umumlashtirib aks ettiruvchi
umumiy tasawur; tafakkur shakli. Masalan, so‘z
turkumlari haqida tushuncha, materiya haqida
tushuncha, qo‘shimcha qiymat tushunchasi.

2.

Umuman, narsalar, hodisalar haqidagi

tasawur, tushunish. Masalan, qishloqqa yangi
zamonning yangi odamlari kelar va .. yangi nom,

yangi tushuncha olib keladilar (P.Tursun,
O‘qituvchi).

3.

Onglilik darajasi, ong. Masalan, siyosiy

tushuncha.

4.

Insonning bilim va tasawurlari darajasi;

saviya. Masalan, tushunchasi past odam [7].

Termin (lot. terminus - chek, chegara) fan,

texnika, kasb-hunaming biror sohasiga xos
muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror
ifodasi bolgan so‘z yoki so‘z birikmasi; atama.
Masalan,

botanika

terminlari,

zargarlik

terminlari va b. [7; 222-b.].

Demak,

kategoriya

fanda

narsa

va

hodisalaming

eng

muhim

xususiyatlari

o‘rganadi, tushuncha — narsa va hodisalaming
mantiqan ajratilgan muhim belgilarini tahlil
qiladi, termin esa — kasb-hunaming biror
sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq
ifodasi tushuniladi.

Тадқиқот

методологияси

(Research

Methodology).

Asosiy

pedagogika

kategoriyalariga quyidagilar kiradi: ta’lim,
o‘qitish, tarbiyalash, rivojlanish, sotsializatsiya,
pedagogik tizim, o‘quv jarayoni, pedagogik
faoliyat, pedagogik o‘zaro ta’sir, pedagogik
vazifa, ta’lim texnologiyasi (1-rasmga qarang)
[4].

Shuningdek,

pedagogikaning

asosiy

kategoriyalariga

tarbiya,

bilim,

ko'nikma,

malaka, ma’himot, mahorat, shaxs, rivojlanish,
pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon, bilish,
o'rgatish, ta’lim-tarbiya metodlari, prinsiplari va
boshqalar ham kiradi (2-rasmga qarang).

Таҳлил ва натижалар (Analysis and

results).

Pedagogika

kategoriyalarini

quyidagicha tasniflaymiz:

nazariy kategoriyalari;
empirik kategoriyalari;
tarixiy kategoriyalar;
fanlararo kategoriyalar;


background image

HIE

Kasb-hunar ta'limi №8, 2023

oqitish

tarbiyalash

rivojlanish

sotsializatsiya

pedagogic tizim

o‘quv jarayoni

pedagogic faoliyat

pedagogic o'zaro ta sk

pedagogic vaztfa

ta’lim texnologiyasi

1-rasm. Pedagogika kategoriyalari

TARBIYA - o‘sib kelayotgan avlodda

hosil qiEngan bffimlar asosida aqEy

kamolot - dunyoqarashni, insoniy

e’bqod, bur ch va mas’uhyatni,

jamiyatinuz kishilariga xos bo‘lgan

axloqiy faziladanii yaratishdagi

maqsadni ifodalaydi

BILIM - btr butunhkni tashkil qiluvchi

qismlar orasidagi. ulaming ichid

addiyatlaridan kehb chiqqan

bog'hqbkdn

KO‘NIKMA -malakanmg tarldbiy qisnu

bo "Kb, harakatning ayrim qismlarini

nihoyatda tez, aniq va maqsac^a

muvofiq ravishda baprihsh qobihyatini

ifodalaydi va ko‘p marotaba

talcrorlanadtgMn mashqlar natijasida

yuzaga keladigan harakatiar

yigindisidir

MALAKA - bilim va ko'nikmani

istalgan joyda qo'llay olishdir

MATAJMOT -ta’hm-tarbtya nanjasida

ohngan va tiztmlashhnlgan bilim, hosil

qihngan konikma va malakalar hamda

shakllangan dunyoqarashlar majmuidrr

MAHORAT - turh malakalardan

ishonchli, ijodiy foydalamsh hamda

kasbiy malakalar nvojlanishmmg yuqon

darajasi va kasbiy ta limning mutlaq

maqsadidir

ShAXS-jamryat a zosi sifabda o‘z o‘zmi

anglash va tafakkur faokyatming

obyekbvhgi, muloqotda biologik,

ijtimoty muhit hamda maqsadh tarbiya

natijasida shakflanadi

PEDAGOGIK MUHIT - tahm-tarbiya

maqsadlanga muvofiq ravishda tuzilgan

shaxslararo munosabatlar majmuasi

FAOLIYAT - btror shaxsiy, guruhiy,

milliy yoki umuminsomy ehtiyojlarga

javbb beruvciu maqsad san

yo‘nalurilgan harakat

2-rasm. Pedagogika kategoriyalari

integrativ kategoriyalar;
sohalararo kategoriyalar;
umumiste’moldagi kategoriyalar.
Nazariy kategoriyalarga shaxs, faoliyat,

pedagogik muhit, pedagogik tizimlar kiradi.
Empirik kategoriyalar bilim, ko‘nikma, malaka,
tarbiyalash, rivojlanish, ijtimoiylashuv, ta’lim
texnologiyasidan iborat. Tarixiy kategoriyalarga
usuli savtiya, muallim, dorilfimun, tolibi ihn,
falakiyot kabilami kiritish mumkin. Fanlararo
kategoriyalar ta’lim (“Falsafa”, “Pedagogika”,
“Psixologiya”, “Tarix”), shaxs (“Falsafa”,

“Pedagogika”,

“Psixologiya”), faoliyat

(“Pedagogika”,

“Psixologiya”),

o‘qitish

(“Pedagogika”, “Psixologiya”, “Metodika”) va
boshqalar hisoblanadi. Integrativ kategoriyalar -
bu pedagogika turkum fanlari hamda modullari
kategoriyalaridir. Masalan, ta’lim, tarbiya, shaxs,
о‘yin, o‘qitishkabi kategoriyalari “Pedagogika
nazariyasi va tarixi”, “Umumiy pedagogika”,
“Bolalarpedagogikasi”, “Maxsus pedagogika”
va boshqa pedagogika fanlarida mavjud.
Sohalararo kategoriyalar o‘z nomi bilan aniqlab
turibdi, turli sohalarda qo‘llanilib kelayotgan


background image

96

III

Kasb-hunar ta’limi №8, 2023

kategoriyalar tushuniladi. Masalan, ma’lumot,
mahorat, faoliyat kategoriyalari - tibbiyot,
texnika,

san’at

sohalarida

qo‘llaniladi.

Umumiste’moldagi kategoriyalar - kundalik
hayotimizda ishlatilib kelayotgan pedagogik
kategoriyalami

ifodalaydi.

Ya’ni,

bilim,

o‘qitishо

4

quv jarayoni, tarbiya, ta’lim kabilar.

Pedagogika turkum fanlarining rivojlanishi,

tarmoqlarining orttisha natijasida kategoriyalar
ham shakllanishi kuzatiladi. Ular quyidagicha
shakllanadi:

birkategoriyadanboshqakategoriyalarining

mazmunan shakllanishi;

o

4

zlashtirma kategoriyalar;

so‘z birikmali kategoriyalar.
Bir

kategoriyadan

boshqa

kategoriyalarining mazmunan shakllanishiga
quyidagi misollami keltiramiz:

shaxs kategoriyasidan o

4

quvchi, o

4

qituvchi,

talaba,

jamiyat

a’zosi,

fiiqaro,

rahbar,

tarbiyalanuvchi, ta’lim oluvchi, ijtimoiy xodim
va b.;

mahorat

kategoriyasidan

pedagogik

mahorat, kasbiy mahorat va b.;

faoliyat kategoriyasidan pedagogik faoliyat,

o‘yin faoliyati, o

4

qish faoliyati, mehnat faoliyati,

ijodiy faoliyat, amaliy faoliyat va b.;

muhit kategoriyasidan pedagogik muhit,

ijtimoiy muhit, tabiiy muhit, o

4

quvchilar muhiti,

o‘qituvchilar muhiti va b.

O

4

zlashtirma kategoriyalar innovatsiya,

modemizatsiya, ta’lim menejmenti, kreativlik,
kompetensiya, sotsium, blended learning, case
study, вебинар дарслар, модератор, тьютор,
супервайзер, фасилитация, ассесмент тех-
нологиялари kabilar inobatga olingan.

So

4

z birikmali kategoriyalarga o‘quv

jarayoni,

pedagogik

faoliyat,

ta’lim

texnologiyasi, pedagogik texnologiyalar, ta’lim
menejmenti, pedagogik mahorat, kasbiy bilim,
pedagogik tizim, pedagogik vazifa, ta’lim
tamoyillari, tarbiya tamoyillari, ta’lim shakllari,
tarbiya turlari va boshqalar kiritiladi.

О

4

quv adabiyotlari tahlili asosida har bir

fanning kategoriyalar! umumiy xususiyat bilan
birga

xususiy

xususiyatni

anglatadi.

Pedagogikada ham kategoriyalaming umumiy va
xususiy xususiyatlari mavjud. Masalan, ta’lim
kategoriyasini ко'rib chiqamiz (1 -jadvalga
qarang).

Kategoriyaning umumiy

xususiyatlari

Fan / soba

Kategoriyaning xususiy

xususiyatlari

TA’LIM -

maxsus tayyorlangan

kishilar rahbarligida o‘tkaziladi-
garu o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma
va malakalar bilan qurollantiradi-
gan, bilim, qobiliyatlarini o

4

stira-

digan,

ulaming

dunyoqarashini

tarkib toptiradigan jarayondir

Surdopedagogika

TA’LIM -

kar yoki zaif

eshituvchi

bolalarning

rivojlanish

xususiyatlarini

o‘rganib, maxsus o‘quv-tarbiya
jarayoni tuzilishining asoslarini,
maxsus

о

4

quv- tarbiya

muassasalarini tashkil etish tartib-
koidalarini ishlab chiqadi

Oligofrenopedago gika

TA’LIM

- aqliy zaif bolalarni

o'qitish

masalalarini

ishlab

chiqadi

Tiflopedagogika

TA’LIM -

ko

4

r va zaif ko

4

ruvchi

bolalarni

o

4

qitish,

tarbiyalash

hamda

ularni

mehnatga

tayyorlash

masalalarini ishlab chiqadi

1-jadval.

“TA’LIM” kategoriyasining umumiy va xususiy xususiyatlari


background image

II

97

Kasb-hunar ta'limi №8, 2023

«Umumiy pedagogika» fani quyidagi modullari bo'yicha kategotiyalami tahlil qilamiz (2-

jadvalga qarang).

2-jadvaL

«Umumiy pedagogika» modullari kategotiyalari

Modul

Modul nomlari

Modul kategoriyalari

1-modul

Umumiy pedagogika - ta’lim- tarbiya
nazariyasi

pedagogika, pedagogika tarmoqlari, bilim, ko‘nikma,
malaka, pedagogik tizim, ihniy- pedagogik tadqiqot
metodlari, ta’lim tizimi, modemizatsiya, pedagog
xodim, ta’lim menejmenti

2-modul

Tarbiya nazariyasi

tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiya turlari, tarbiya
metodlari, tarbiya maqsadi, tarbiya tamoyillari

3-modul

Ta’lim nazariyasi

ta’lim, ta’lim jarayoni, bilim oBsh, dars, o‘quv fani,
ta’lim tamoyillari, ta’lim turlari, ta’lim shakli. ta’lim
metodlari

4-modul

Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat
sohasi

ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy adaptasiya, sotsium,
ijtimoiy himoya qilish, yetim bola, jismoniy nuqson,
aqliy nuqson, ruhiy nuqson

5-modul

Pedagogik korreksiya

pedagogik diagnostika, tarkibiy diagnostika, tuzilmaviy
diagnostika,

tizimli

diagnostika,

korreksiya,

kompensatsiya, oilaviy tarbiya, reabiHtasiya, inklyuziv
ta’lim, atohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar

6-modul

Deviatsiya konsepsiyasi

deviatsiya,

reabilitatsiya,

ijtimoiy

reabilitatsiya,

zamonaviy profilaktika, shaxsiy profilaktika, iamoat
profilaktika, tibbiy profilaktika

7-modul

Pedagogik kasbiy kompetentlik va
pedagogik mahorat

pedagogik mahorat, kasbiy bilim, pedagogik tram,
pedagogik vazifa. kompetensiya

8-modul

Ta’lim innovatsiyalari

novatsiya, innovatsiya, ta’lim texnologiyasi, pedagogik
texnologiyalar, zamonaviy ta’lim, irmovatsion ta’lim,
interfaol ta’lim, an’anaviy ta’lim, pedagogik texnologiya
tamoyillari, irmovatsion laoliyat

9-modul

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
texnobgiyalari

irmovatsion ta’lim, hamkorlik ta’limi, interfaol ta’lim,
masolaviy ta’lim, muammoli ta’lim, toyiha ta’limi,

kompyuter

ta’limi,

rivojlantiruvchi ta’lim, tabaqalashtirilgan ta’lim, modul
ta’limi, individual ta’lim, mustaqil ta’lim, dasturiy
ta’lim, o‘yin texnotogiyalari

10-modul Kreativ fikrlash pedagogikasi

kreativlik, ijodiy yo‘nalganlik, eruditsiya, refleksiya,
tabaqalashtirish, davrlashtirish, kreativ sifet

11-modul I^‘or xorijiy tajribahr

модулли кредит тизими, blended learning, case study,
вебинар дарслари, эвристик методлар, маҳорат
дарслари, масофали ўқитиш, модератор, тьютор,
супервайзер,

фасилитация,

ассесмент

технологиялари, PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS


background image

Kasb-hunar ta'limi №8, 2023

Foydalanilgan Adabiyotlar:

<XXX)OOOOOOOOO(XXXXXX)OOOOOO(X>

1.

Асқаров А., Ахророва 3., Рўзиматов Э., Садикова Ш., Содиков У. “Умумий педагогика” фани

бўйича ЎУМ. - Тошкент, 2018. - 374 б.
2.

Ибраимов X., Қуронов М. Умумий педагогика. Дарслик. - Т: Саҳҳоф, 2023. - 416 б. - Б. 27.

3.

Природа научных категорий. Электронный ресурс: Читать онлайн «Философия науки. Учебное

пособие», Ирина Петровна Никитина - Литрес, страница 2 (litres.ru)
4.

Тема 2. Категориальный аппарат педагогики. Электронный ресурс: Тема 2. Категориальный

аппарат педагогики (studfile.net).
5.

Фалсафа қомусий луғат. - Тошкент: Шарц, 2004.

- 492

б. - Б. 193.

6.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 80 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. К. - Тошкент: Ўзбеки- стон

миллий энциклопедияси. - 479 б. - Б. 332.
7.

Ўзбек тилининг изоҳпи луғати. 80 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Т. - Тошкент: Ўзбеки- стон

миллий энциклопедияси. - 321 б. - Б. 222.

Хулоса ва таклифлар (Conclusion /

Recommendations). Xulosa qilib aytganda,
pedagogika fanining kategoriyalarini o‘rganish
fanning muhim xususiyatlari va aloqalarini
ifodalashga imkon beradi. O'quv jarayonida
quyidagi takliflarga e’tibor berish lozim:

pedagogika kategoriyalarining mazmun-

mohiyatini anglash;

pedagogika

kategoriyalari

tasniflaridan

foydalanish;

yangi pedagogika kategoriyalarini topish va

yaratish.

98

Библиографические ссылки

Асқаров А., Ахророва 3., Рўзиматов Э., Садикова Ш., Содиков У. “Умумий педагогика” фани бўйича ЎУМ. - Тошкент, 2018. - 374 б.

Ибраимов X., Қуронов М. Умумий педагогика. Дарслик. - Т: Саҳҳоф, 2023. - 416 б. - Б. 27.

Природа научных категорий. Электронный ресурс: Читать онлайн «Философия науки. Учебное пособие», Ирина Петровна Никитина - Литрес, страница 2 (litres.ru)

Тема 2. Категориальный аппарат педагогики. Электронный ресурс: Тема 2. Категориальный аппарат педагогики (studfile.net).

Фалсафа қомусий луғат. - Тошкент: Шарц, 2004. - 492 б. - Б. 193.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 80 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. К. - Тошкент: Ўзбеки- стон миллий энциклопедияси. - 479 б. - Б. 332.

Ўзбек тилининг изоҳпи луғати. 80 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Т. - Тошкент: Ўзбеки- стон миллий энциклопедияси. - 321 б. - Б. 222.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов