Национальная экономика

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
100-103
16

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Урунбаева , Ю., & Хурсандалиев V. (2024). Национальная экономика. in Library, 2(2), 100–103. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/35122
Юлдуз Урунбаева , Самаркандский институт экономики и сервиса

Самаркандский институт экономики и сервиса, доцент кафедры экономической теории, доктор философских наук по экономике

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье анализируются тенденции развития национальной экономики и факторы, влияющие на нее, исследуются развитие национальной экономики на уровне международных стандартов и развитие международных экономических отношений, занимающих достойное место в мировом сообществе.


background image

BANK BOZOR BIZNES (BANKING MARKET and BUSINESS) 2-son (APTEL)

2024

HTTPS://JBMB.UZ/ ISSN: 3030-3605

100

MILLIY IQTISODIYOT

O’rinboyeva Yulduz Pirnazarovna

i.f.f.dok., dotsent

Xursandaliyev Valiyor Abduxamid o’g’li

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Annotatsiya:

Maqolada milliy iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyasi va

unga ta‘sir etuvchi omillar tahlil qilingan.Milliy iqtisodiyotning xalqaro

standartlar darajasida taraqqiyoti va jahon hamjamiyatidan munosib o‗rin

egallab, xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish asoslarini tadqiq qilingan.

Annotation:

The article analyzes the development trend of the national

economy and the factors affecting it. The development of the national economy

at the level of international standards and the development of international

economic relations, taking a worthy place in the world community, are

researched.

Kalit so’zlar:

Milliy iqtisodiyot, Zamonaviy sotsialistik Milliy iqtisodiyot,

Milliy ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish zarurati.

Key words

: National economy, Modern socialist national economy, The

need to better meet national needs.

Milliy iqtisodiyot

- ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat,

davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan

yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa

ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga

ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari,

korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor

taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot

kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo,

Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-

alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik

yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har bir muayyan turdagi

iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor. Mas, kapitalistik Milliy

iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va


background image

BANK BOZOR BIZNES (BANKING MARKET and BUSINESS) 2-son (APTEL)

2024

HTTPS://JBMB.UZ/ ISSN: 3030-3605

101

ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan zamonaviy shakli bor.

Rivojlangan mamlakatlardagi "aralash iqtisodiyot" xususiy va davlat

kapitallariga asoslangan hamda bozor va davlat tomonidan tartiblanadigan,

boshqariladigan, umumdemokratik tamoyillar ham karor topa borayotgan

kapitalistik Milliy iqtisodiyotdir.

Zamonaviy sotsialistik Milliy iqtisodiyot Xitoy, Vyetnam va Kubada

mavjud boʻlib, unga eng muhim tarmoqlarda sotsialistik davlat mulkini va

korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilikka, tovarli-pulli

xoʻjaliklarga va bozor munosabatlariga keng yoʻl ochilmoqda.

Sharqiy Yevropa mamlakatlarida va SSSRda oʻta markazlashgan

maʼmuriydavlat sotsializmi inqirozga uchrab, parchalanishi natijasida vujudga

kelgan yangi mustaqil davlatlarda (Polsha, Rossiya va boshqalarda)

postsotsialistik Milliy iqtisodiyotga aylanmoqda. Boshqa baʼzi postsotsialistik

mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda oʻziga xos demokratik, bozorga

asoslangan umumdemokratik Milliy iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Oʻzbekiston

mustaqilligining dastlabki oʻn yilida mamlakatda umummilliy va xususiy

mulkchilikka asoslangan koʻp ukladli Milliy iqtisodiyot — xilma-xil xususiy va

davlat xoʻjaliklari sistemasi shakllandi. Unda xususiy sektor ustuvor oʻringa,

asosiy mavqega ega boʻldi. Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning mutlaq

koʻpchiligini yakka shaxsiy, guruhiy, shirkat, jamoa, aksiyali korxonalar, fermer

va dehqon xoʻjaliklari tashkil etadi; ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi

uchdan ikki qismdan oshib ketdi va tobora oʻsmoqda.

Milliy ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish zarurati iqtisodiy resurslardan

samarali foydalanishni, tovarlar va xizmatlarning ijtimoiy zarur maksimal

hajmlariga erishishni taqozo etadi. Ayniqsa, ijtimoiy zarur mahsulot (tovar)

ishlab chiqarish, uni zarur mik,dorlarda va sifatlarda, tabiatni asrab-avaylab,

ekologiyani yaxshilab ishlab chiqarish har qanday Milliy iqtisodiyotning asosiy

krnunidir. Milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish va no-ishlab chiqarish sohalari

oʻrtasida maqsadga muvofiq nisbati taʼminlanishining, ishlab chiqariladigan


background image

BANK BOZOR BIZNES (BANKING MARKET and BUSINESS) 2-son (APTEL)

2024

HTTPS://JBMB.UZ/ ISSN: 3030-3605

102

mahsulotlarning va koʻrsatiladigan xizmatlarning mumkin qadar ijtimoiy zarur

yuqori hajmlarda boʻlishining muhim sharti fantexnika taraqqiyotini

tezlashtirish, zamonaviy va samarali texnologiyalarni qoʻllash, kadrlar

tayyorlash sifatini oshirish, ishlashni xoxlovchi barcha mehnatga qobil

kishilarning ish bilan taʼminlanishiga erishishdir. Birinchi navbatda, moddiy

ishlab chiqarish sohasini intensiv rivojlantirish, mahsulot hajmini, ayniqsa, sof

mahsulot hajmini sarf-harajatlarning va aholining oʻsishiga nisbatan tezroq

oʻstirish Milliy iqtisodiyot va iqtisodiy taraqqiyot muammolarini hal etishning ,

uni uzluksiz yuksaltirishning bosh yoʻlidir. Bundan tashqari Milliy

iqtisodiyotning sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa

tarmoqlari ichida hamda shu tarmoqlar oʻrtasida barqaror, oʻsuvchan tarkibiy

oʻzgarishlar va maqsadga muvofiq nisbatlar, mutanosibliklar boʻlishi muhimdir.

Fuqaroviy va harbiy ishlab chiqarishlar nisbati ham toʻgʻri, meʼyorida boʻlishi

kerak. Ishlab chikarilayotgan tovarlarning va koʻrsatilayotgan xizmatlarning

asosiy qismi, birinchi navbatda, ichki bozor talab-ehtiyojlarini qondirishga

yoʻnaltirilishi, eng avvalo ichki bozorni sifatli va arzon milliy tovarlar bilan

toʻyin-tirish (toʻldirish) maqsadga muvofiqsir. Shu bilan birga tashqi iqtisodiy

aloqalarni har tomonlama kengaytirish, jahon iqtisodiyotiga tobora qoʻshilib

borish, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish obyektiv zaruratdir.

Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanish bozor tizimining haqiqiy ijtimoiy-

iqtisodiy samarasini ta‘minlash asosida amalga oshirilishi tabiiy. Natijada

mamlakatimizning ichki ishlab chiqarish imkoniyatlaridan va jahon

xo‗jaligining yutuqlaridan keng foydalanishi rivojlanib bormoqda. Shu bois

milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‘minlash, uning

tarkibida sanoat, xizmatlar ko‗rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik ulushini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va

texnologik jihatdan yangilash, yangi mahsulot va texnologiya turlarini

o‗zlashtirish, ichki va tashqi bozorlarda mahalliytovarlar raqobatdoshligini

ta‘minlash, xizmat ko‗rsatish sektorini jadal rivojlantirish, yalpi ichki


background image

BANK BOZOR BIZNES (BANKING MARKET and BUSINESS) 2-son (APTEL)

2024

HTTPS://JBMB.UZ/ ISSN: 3030-3605

103

mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‗rni va ulushini oshirish,

ko‗rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik

turlari hisobiga tubdan o‗zgartirish, turizmni jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda

uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini

yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirishiqtisodiy taraqqiyotning eng

muhim va ustuvor yo‗nalishsifatida e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq

hisoblanadi. xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga, aholiga soliq yukini yengillatish,

davlat byudjetini va undan qilinadigan sarf-harajatlarni optimallashtirish,

inflyasiyani jilovlash kabilar Milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga jidsiy va

ijobiy taʼsir etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ―2022 —2026-yillarga

moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻg‗risida‖gi

farmoni (28.01.2022-yil, PF-60-son).

2.Tuxliyev

N.

Jahon

iqtisodiyoti

rivojlanishida

yangi

trendlar.

Monografiya.–T.: ―Ilm-Ziyo-Zakovat‖, 2021. –72 b

3. Sodikov Z.R. Globallasuv sharoitida tashqi savdoning rivojlanish

tendensiyasi. Monografiya. T.:―Complex print‖, 2021. 84 b.

4.Sodiqov Z.R. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Darslik. –T.: ―Сomplex

print‖, 2020. 200 b.

5.

Bekmurodov, A. A. ―Tijorat banklari faoliyatini raqamlashtirish va

informatsion texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari.‖ Экономика и социум

6-1 (109) (2023): 87-89.

6.

Bekmurodov, A. A. "Banklarni trasformatsiya qilish sharoitida

masofadan xizmat ko‘rsatish tizimini ommalashtirish." Экономика и социум 6-
1 (109) (2023): 83-86.

7.

Tursunov, F. M. (2023). Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini

rivojlantirish muammolari va ularni bartaraf etish ahamiyati. SCHOLAR, 1(30),
75–81.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ―2022 —2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻg‗risida‖gi farmoni (28.01.2022-yil, PF-60-son).

Tuxliyev N. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida yangi trendlar. Monografiya.–T.: ―Ilm-Ziyo-Zakovat‖, 2021. –72 b

Sodikov Z.R. Globallasuv sharoitida tashqi savdoning rivojlanish tendensiyasi. Monografiya. T.:―Complex print‖, 2021. 84 b.

Sodiqov Z.R. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Darslik. –T.: ―Сomplex print‖, 2020. 200 b.

Bekmurodov, A. A. ―Tijorat banklari faoliyatini raqamlashtirish va informatsion texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari.‖ Экономика и социум 6-1 (109) (2023): 87-89.

Bekmurodov, A. A. "Banklarni trasformatsiya qilish sharoitida masofadan xizmat ko‘rsatish tizimini ommalashtirish." Экономика и социум 6-1 (109) (2023): 83-86.

Tursunov, F. M. (2023). Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish muammolari va ularni bartaraf etish ahamiyati. SCHOLAR, 1(30), 75–81.