Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
259
28-iyun 2024-yil.
UDK: 619.576.895.75.614.449.57.
CYPRA EC PREPARATINING
ECHKILARNING JUNXO‘RLARIGA NISBATAN
INSEKTITSID TA’SIRI
Boltayev D.M.
- tayanch doktorant
Pulotov F.S.,
v.f.f.d. (ilmiy rahbar)
Ismoilov A.Sh. -
kichik ilmiy xodim
Rahimov M.Yu. v.f.f.d. (PhD),
katta ilmiy xodim
Djalolov A.A. -
tayanch doktorant
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Annotatsiya:
Maqolada echkilarning junxo‘rlari - Bovicola caprae ektoparazitlariga
nisbatan laboratoriya sharoitida Cypra EC 25 % preparatining insektitsidlik xususiyatlari, suvli
emulsiyasining eng minimal va samarali konsentratsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
junxo‘r, bovikolyoz, parazit, hashoratlar, nimfa, lichinka, imago,
insektitsid.
Annotation:
The article describes the insecticidal properties of the drug Cypra EC 25% in
laboratory conditions in relation to goat junipers - Bovicola caprae ectoparasites, the most minimal
and effective concentrations of aqueous emulsion.
Key words:
bovicola, bovicolosis, withers, parasite, nymph, larva, adult, insects.
Mavzuning dolzarbligi.
Hozirgi kunda dunyoda 200 dan ziyod echki zotlari va ko‘plab zot
ichidagi turlar urchitiladi. Ular mahsuldorlik yo‘nalishlariga qarab sut, tivit, jundor, teri beruvchi
hamda turli aralash tipda mahsulot beruvchi zotlarga ajratiladi. Dunyo bo‘yicha echkilar ko‘p
boqiladigan mamlakatlar quyidagilar: Xitoy (140 mln boshni), Hindiston (120,6 mln.bosh) va
Pokiston (47 mln bosh). Respublikamizda (2020 yil 1 yanvardagi ma’lumot) qo‘y va echkilar soni
21 mln 287 ming boshni tashkil etadi.
Echkilar bovikolyozining epizootologiyasini o‘rganish, ularni davolash va oldini olishda
zamonaviy usullarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
Bugungi kunda
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan shu kabi bir qator isloxotlar asosida
mamlakatimizda veterinariya sohasi ham jadal rivojlanib, bu soxada juda ko‘plab ilmiy amaliy
ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq echkilar orasida keyingi yillarda bovikolyoz kasalligining avj
olishi natijasida ularning sut, go‘sht va tivit berish mahsuldorliklarining kamayishiga olib
kelmoqda. Shuning uchun
echkilar tanasida parazitlik (tekinxo‘rlik) qilib yashaydigan hasharotlar
va ular qo‘zg‘atadigan parazitar va transmissiv kasalliklar epizootologiyasini o‘rganish hamda
ularga qarshi kurashning yangi bezarar usul va vositalarini yaratish muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot maqsadi:
Shaxsiy va fermer xo‘jaliklardagi echkilar bovikoliozini oldini olishda
zamonaviy usullarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish iborat.
Tadqiqot materiallari va usullari.
Tadqiqotlarda parazitologik, entomologik, epizootologik,
mikroskopik tekshirish, ekologo-faunistik va veterinariya parazitologiyasi fanlarining zamonaviy
tavsiya va uslubiy qo‘llanmalaridan foydalanildi.
Tadqiqotlarning natijalari.
Echkilarining araxnoentomozlariga
qarshi kurashda chetdan
keltirilayotgan va o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan yangi piretroid va fitoasosli insektitsid
preparatlardan keng foydalanilmoqda. Shularni hisobga olib toksikologik xususiyatlari yaxshi
o‘rganilgan va kanserogen, mutagen, embriotoksik xususiyatlari bo‘lmagan yangi sintetik piretroid
preparatlarning parazitotsidlik ta’sirini laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida o‘rganib chiqdik.
Jumladan, yangi Cypra EC piretroid preparatining har xil konsentratsiyalardagi suvli emulsiya
hamda kukunli shakllari laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida qo‘llanib echkilarning
bovikolyoz kasallik qo‘zg‘atuvchilari (junxo‘rlar) ga qarshi yangi Cypra EC 25 % piretroid
preparatining insektitsidlik xususiyati laboratoriya sharoitida o‘rganib chiqildi. Bunda, Cypra
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
260
28-iyun 2024-yil.
preparatining har xil konsentratsiyadagi suvli emulsiyalari tayyorlanib laboratoriya sharoitida
echkilar junxo‘r (bovicola caprae) lariga qarshi sinab ko‘rildi. Bunda birinchi marotaba
o‘rganilayotgan yangi “Cypra” piretroid preparatining har xil konsentratsiyalari, ya’ni 0,008, 0,01,
0,015,0,02, 0,025, 0,03, 0,035, 0,04 foizli suvli emulsiyasi tayyorlanib, Petri idishchasiga
joylashtirilgan filtr qog‘oziga tajribadagi preparatning suvli emulsiyasidan purkagich dozator
yordamida sepildi va ushbu dorilangan filtr qog‘ozi yuzasiga yangi terib olingan junxo‘rlar 30
nusxadan qo‘yib yuborildi va o‘tkazilgan sinov tajribalari natijasida ushbu preparatlarning eng
minimal va yuqori samarali (100 foizli) konsentratsiyasini aniqlash maqsadida qo‘yidagicha sinov-
tajriba ishlari o‘tkazildi:
1-tajriba: 3 ta Petri idishchasi ichiga mos ravishda filtr qog‘ozi joylashtirilib, har bir filtr
qog‘ozi yuzasi 3,8 ml dan “Cypra” preparatining 0,008 foizli suvli emulsiyasi bilan dorilandi. Shu
dorilangan filtr qog‘ozi yuzasiga yangi terib olingan 30 nusxadan junxo‘rlar qo‘yib yuborildi va 10
daqiqadan so‘ng ular toza Petri idishchalarga olinib, optimal sharoitga, ya’ni +35
0
C haroratdagi
termostatga saqlab har 1, 3, 6, 24 soat davomida kuzatish ishlari olib borildi;
2-tajriba: Xuddi yuqorida qayd qilinganidek tajriba ishlari olib borildi, faqat Cypra
preparatining 0,01 foizli suvli emulsiyasi sinab ko‘rildi;
3-tajriba: Xuddi yuqorida qayd qilinganidek tajriba ishlari olib borildi, faqat Cypra
preparatining 0,015 foizli suvli emulsiyasi sinab ko‘rildi;
4-tajriba: Yuqorida qayd qilinganidek tajriba ishlari olib borildi, faqat Cypra preparatining
0,02 foizli suvli emulsiyasi sinab ko‘rildi;
5-tajriba: Yuqorida qayd qilinganidek tajriba ishlari olib borildi, faqat Cypra preparatining
0,025 foizli suvli emulsiyasi sinab ko‘rildi;
6-tajriba: Yuqorida qayd qilinganidek tajriba ishlari olib borildi, faqat Cypra preparatining
0,03 foizli suvli emulsiyasi sinab ko‘rildi;
7-tajriba: Yuqorida qayd qilinganidek tajriba ishlari olib borildi, faqat Cypra preparatining
0,035 foizli suvli emulsiyasi sinab ko‘rildi;
8-nazorat guruhi: Xuddi yuqorida qayd qilinganidek tajriba ishlari olib borildi, faqat toza
suv bilan ishlov berildi. Tajriba natijalari 24 soatdan so‘ng o‘lgan va tirik qolgan junxo‘rlar soni
aniqlanib, samara ko‘rsatkichi (foiz) hisoblandi.
Natijada preparatni O‘K
0
(o‘ldirmaydigan konsentratsiya), O‘K
50
(50 foiz o‘ldiradigan
konsentratsiya) va O‘K
100
(100 foiz o‘ldiradigan konsentratsiya) ko‘rsatkichlari aniqlandi.
Har bir konsentratsiya 3 martadan qayta o‘rganildi. Bovikolalarning o‘lish tezligiga va
miqdoriga qarab preparatning tasir kuchi ham belgilandi. Bunda,
1-tajriba guruhidagi junxo‘rlarning
- 0 foizi;
2-tajriba guruhidagi junxo‘rlarning
-30 foizi;
3-tajriba guruhidagi junxo‘rlarning
- 60 foizi;
4-tajriba guruhidagi junxo‘rlarning
- 80 foizi;
5-tajriba guruhidagi junxo‘rlarning
- 100 foizi;
6-tajriba guruhidagi junxo‘rlarning - 100 foizi;
7-tajriba guruhidagi junxo‘rlarning
- 100 foizi o‘lganligi;
8- nazorat guruhidagi junxo‘rlarning
-100 foizi tirik ekanligi aniqlandi (1-
jadval).
Laboratoriya sharoitida Cypra preparatining suvli emulsiyalarini insektitsid ta’sirini
o‘rganish tajribasi
Jadval 1.
T.r.
Preparat
konsentratsiyasi
(s.e., foiz)
Dorilangan
hasharot soni
(nusxa)
24 soatdan so‘ng
o‘lgan junxo‘rlar
soni (nusxa)
Samara (foiz)
1
0,008
30
-
0
2
0,01
30
9
30
3
0,015
30
18
60
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
261
28-iyun 2024-yil.
4
0,02
30
24
80
5
0,025
30
30
100
6
0,03
30
30
100
7
0,035
30
30
100
8
Nazorat
30
0
0
X U L O S A L A R
Cypra EC 25 % (Hindiston) preparatining eng minimal va 100 foiz samara beradigan 0,025
va 0,03 foizli suvli emulsiyalari echkilarning bovikolyoz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Bovicola caprae
junxo‘rlariga nisbatan laboratoriya sharoitida 100 foiz insektitsid samara berishi aniqlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1
.
Pulatov, F. S., Rakhimov, M. Y., Sh, I. A., Boltaev, D. M., & Saifiddinov, B. F. (2022).
Ecogenesis of ectoparasites of agricultural animals.
Eurasian Med Res Period
,
6
, 165-167.
2
.
Elmurodov, B. A., Pulotov, F. S., Axmedov, B. N., & Murodov, X. U. (2024).
INSECTICIDAL EFFECT OF THE ALPHA-SHAKTI PREPARATION AGAINST FLIES AND
PATHORS.
Web of Teachers: Inderscience Research
,
2
(3), 250-256.
3. Pulatov, F. S., Rakhimov, M. Y., Ismoilov, A. S., Boltaev, D. M., Kamalova, A. I., &
Djalolov, A. A. (2022). Fauna and phenoecology of zooparazites.
Annals of forest research Scopus
journal
,
65
(1), 854-863.
4. Pulatov, F. S., Sh, I. A., Rakhimov, M. Y., Abdullaeva, D. O., Sayfiddinov, B. F., &
Ruzimuradov, A. Fauna and ecology of zooparasites in zoobiocenoses.
Turkish Journal of
Physiotherapy and Rehabilitation
,
32
(2).
5. Pulatov, F. S., Jalolov, A. A., & Saifiddinov, K. F. (2022). The Spread of bovicolosis in
sheep.
Central Asian Journal of Medical and Natural Science
,
3
(5), 239-241.
6. Пулотов, Ф. С., Рахимов, М. Ю., & Исламов, Ғ. П. (2022). ALPHA-SHAKTI
ПРЕПАРАТИНИНГАКАРИЦИДЛИК САМАРАДОРЛИГИ.
Gospodarka i Innowacje.
,
28
, 133-
137.
7. Pulotov, F. S., Sh, Z. S., Sh, A., & Sayfiddinov, K. F. (2024). Bitoxibacillin-
Bioinsecticide.
American Journal of Science on Integration and Human Development (2993-
2750)
,
2
(1), 63-65.
8. Boltaev, D. M., & Pulotov, F. S. (2023). Epizootology Of Bovicolliosis Of Goats.
Texas
Journal of Multidisciplinary Studies
,
20
, 8-11.
9. Pulotov, F. S., & Sayfiddinov, B. F. (2021). EPIZOOTOLOGY Bovicolosis
(Бовиколаларининг)
OF
CATTLE
(Қорамол
Бовиколалари
Ва
Уларнинг
Эпизоотологияси)(Бовикола–Bovicola Деб Ёзилади).
10. Пулатов, Ф. С. (2017). Применение циперметрина против экто-и эндопаразитов.
In
СОВРЕМЕННАЯ НАУКА: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ
(pp. 99-103).
11. Ruzimuradov, A., Mavlonov, S., Kadirova, G., & Pulatov, F. (2006). Directions to
practical use of entomophages in stock-breeding.
12. Pulatov, F. S., Rakhimov, M. Y., Ismoilov, A. S., Boltayev, D. M., Kamalova, A. I., &
Djalolov, A. A. (2023). Ecogenesis of ECTO and Endoparasites in Animals.
Journal of Survey in
Fisheries Sciences
,
10
(3S), 2238-2245.
13. Pulotov, F. S., Shoymardonov, E., & Rasulov, R. (2022). QORAMOLLAR
BOVIKOLYOZI VA UNGA QARSHI KURASHISHDA DIAZINON PREPARATINING
SAMARADORLIGINI
O
‘RGANISH.
AGROBIOTEXNOLOGIYA
VA
VETERINARIYA
TIBBIYOTI ILMIY JURNALI
, 350-352.
14. Пулотов, Ф., & Сайфиддинов, К. (2022). Экология болтов крупного рогатого
скота.
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой
безопасности
,
1
(2), 159-162.
15. Пулатов, Ф. С., & Мирзаев, М. Ш. (2017). ЭФФЕКТИВНОСТЬ РАТИНДАНА В
БОРЬБЕ С СУСЛИКАМИ. In
СОВРЕМЕННОЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
262
28-iyun 2024-yil.
ПРИРОДНОЙ СРЕДЫ И НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЦИОНАЛЬНОГО
ПРИРОДОПОЛЬЗОВАНИЯ
(pp. 1546-1547).
16. Рўзимуродов, А., Раҳимов, М., Исмоилов, А., Абдуллаева, Д., & Пўлатов, Ф. C.
Монография.
Пиретроидлар.
Табиий
ўчоқли
ва
трансмиссив
касалликлар
муҳофазаси.“Zarafshon” нашрёти ДК, Самарқанд-2018 й
.
17. Пулотов, Ф., Расулов, У., Шоимардонов, Е., & Расулов, Р. (2023). Изучение
эффективности препарата диазинон в борьбе с бовиколиозом крс и борьбе с ним.
in
Library
,
4
(4), 350-352.
18. Мирзаев, М. Ш., Хаитов, В. Р., & Пулатов, Ф. С. (2016). ОЦЕНКА
ЭФФЕКТИВНОСТИ РАТИЦИДА" БРОМОЛОНА" В ПТИЦЕВОДЧЕСКИХ ХОЗЯЙСТВАХ
УЗБЕКИСТАНА. In
Актуальные проблемы современной ветеринарной науки и практики
(pp.
73-76).
19. Пулотов, Ф. (2013). Фауна и экология зоопаразитов.
in Library
,
3
(3), 16-17.
20. Пулотов, Ф. (2000). Эктопаразиты животных.
in Library
,
1
(1), 209-210.
21. Пулотов, Ф., Болтаев, Д., & Джалолов, А. (2023). Инсектицидная эффективность
препарата Алфа-шакти против власоедов.
in Library
,
3
(3), 25-26.
22. Пулотов, Ф. (2013). Инсектокарицидное свойство препарата Суми-альфа.
in
Library
,
3
(3), 45-47.
23. Пулотов, Ф. (2004). Применение sipermetrina против экто-и эндопаразитов.
in
Library
,
1
(1), 105-108.
24. Pulatov, F. S., Rakhimov, M. Y., Ismoilov, A. S., Boltayev, D. M., & Djalolov, A. A.
Prevalence of Ecto-and Endoparasites in Animals.
MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC
BULLETIN
.
25. Пулотов, Ф., Сайфиддинов, К., & Абдукхалимова, Ш. (2024). Биопрепарат-
Биоинсектицид.
in Library
,
1
(1), 85-89.
26. Boltaev, D. M. (2024). GOAT ECTOPARASITOSIS: Volume 1, Issue 1, aprel 2024.
27. Рахимов, М., Пулатов, Ф., Рахимов, М., Абдуллаева, Д., Сайфиддинов, Б., &
Рузимуродов, А. (2023). Фауна и экология зоопаразитов в зообиоценозах.
in Library
,
1
(1),
1984-1989.
28. Рахимов, М., Пулатов, Ф., Исмоилов, А., Болтаев, Д., & Джалолов, А. (2023).
Распространенность экто-и эндопаразитов у животных.
in Library
,
1
(1), 19-22.
29. Рахимов, М., Пулатов, Ф., Исмоилов, А., & Болтаев, Д. (2022). Экогенез
эктопаразитов сельскохозяйственных животных.
in Library
,
22
(1), 165-167.
30.
Пулатов, Ф., Рахимов, М., Исмоилов, А., Болтаев, Д., Камалова, А., & Джалолов,
А. (2022). Фауна и феноэкология зоопаразитов.
in Library
,
22
(4), 855-863.
31. Пулотов, Ф., & Исмоилов, А. (2021). Фауна зоопаразитов.
in Library
,
21
(1), 187-
189.
32. Рахимов, М., & Пулатов, Ф. (2020). Эффективность дельтаметрина против
эктопаразитов.
in Library
,
20
(3), 27-28.
33. Пулотов, Ф., & Рахимов, М. (2019). Применение циперметрина против паразитов
сельскохозяйственных животных.
in Library
,
19
(3), 307-308.
34. Пулотов, Ф., & Ракхимов, М. (2019). Эффективность дельтаметрина в борьбе с
эктопаразитами.
in Library
,
19
(3), 305-306.
35. Пулотов, Ф., & Рахимов, М. (2019). Применение циперметрина против паразитов
сельскохозяйственных животных.
in Library
,
19
(3), 307-308.
36. Пулотов, Ф., Сайфиддинов, К., Худоёрова, Ф., Хамдамов, Х., Сайфульмулюков, Э.,
Савостина, Т., ... & Элмурадов, Б. Экология болтов крупного рогатого скота В данной статье
представлены материалы по экологии и степени зараженности крупного рогатого скота с
власоедами.
Экология
,
64
, 20.
37. Расулов, У. И., Пулатов, Ф. С., Суюнов, Р. У., & Шаймарданов, Э. Х. Изучение
гематологических показателей у мелкого рогатого скота, обработанного эмульсиями
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
263
28-iyun 2024-yil.
диазинона и циперметрина. In
Современные достижения в решении актуальных проблем
агропромышленного
комплекса:
материалы
международной
научно-практической
конференции, посвященной 100-летию Института экспериментальной ветеринарии им. СН
Вышелесского (Минск, 15-16 сентября 2022 г.)
(pp. 131-133).
38. Pulotov, F. S. Treatment of Cattle from Bovicoliosis.
39. Исмоилов, А. (2022). Фауна мух синдбовила и воздействие на них препарата
альфа-шакти.
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой
безопасности
,
1
(1), 126-131.
40. Исмоилов, А., & Рузимородов, А. (2021). Борьба с зоофилами и мухами синбовил в
домашнем скоте и их борьба с ними.
in Library
,
21
(1), 60-63.
41. Исмоилов, А., & Мавланов, С. (2023). Экология синбовиловых мух.
in
Library
,
3
(3), 408-411.
42. Рахимов, М., Пулотов, Ф., & Исмоилов, А. (2023). Иксодидоз крупного рогатого
скота и овец.
in Library
,
3
(3), 1277-1279.
43. Балиев, Ш., Суванов, С., & Исмоилов, А. (2022). Причины эндометрита у
продуктивных коров, содержащихся в хозяйствах.
in Library
,
22
(2), 56-58.
44. Исмоилов, А., & Исаев, З. (2021). Распространение синбовильных и зоофильных
насекомых в антропогенных биоценозах.
in Library
,
21
(4), 1-8.
45. Исмоилов, А. (2018). Экология насекомых рода Fannia R.-D. в экотопах.
in
Library
,
18
(2), 31-32.
46. Исмоилов, А. (2017). Разнообразие и фенология зоофильных насекомых в
условиях животноводческих ферм.
in Library
,
17
(1), 18-19.
47. Исмоилов, А., Рўзимуродов, А., & Абдуллаева, Д. (2016). Зообиоценоз, насекомое,
зоофил, препарат, каратин, дезинсекция, борьба с мухами, животноводство.
in Library
,
16
(4),
46-47.
48. Исмоилов, А. (2016). Экология зоофильных насекомых.
in Library
,
16
(1), 26-27.
49. Исмоилов, А. (2016). Зоофильные насекомые в биоценозах.
in Library
,
16
(3), 1044-
1045.
50. Shuhratovich, I. A. FAUNA OF SINDBOVIL FLIES AND THE EFFECT OF THE
DRUG AGAINST THEM.
51. Рахимов, М., Рузимуродов, А., & Исмоилов, А. (2016). Ветеринария лечит
человечество.
in Library
,
16
(2), 30-31.
52. Boltaev, D. M. (2024). GOAT ECTOPARASITOSIS: Volume 1, Issue 1, aprel 2024.
53. Boltaev, D. M. (2024). GOAT ECTOPARASITOSIS.
Western European Journal of
Modern Experiments and Scientific Methods
,
2
(4), 74-79.
54. Шапулатова, З. Ж., Бозоров, Х. К., & Болтаев, Д. М. (2020). ДИАГНОСТИКА
СТРЕПТОКОККОВОЙ
ПИЕМИИ
ЖЕРЕБЯТ.
In
СОВРЕМЕННОЕ
СОСТОЯНИЕ,
ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ АПК
(pp. 187-190).
55. Васькин, В. Н., Петровский, С. В., Галькевич, М. А., & Джалолов, А. А. (2023).
Определение содержания глюкозы и β-гидроксибутирата в крови овец с использованием
глюкометра OptiumXceed.
ББК 48 О14
, 47.
56. Галькевич, М. А., Джалолов, А. А., Петровский, С. В., & Васькин, В. Н. (2020).
Изменения химических свойств мочи при кетозе овцематок.
57. Джалолов, А. А., & Галькевич, М. А. (2020). Влияние бутафосфансодержащего и
витаминного препарата на содержание в крови овец β-гидроксибутирата и глюкозы.
58. Галькевич, М. А., & Джалолов, А. А. (2020). ИЗМЕНЕНИЕ ФИЗИКО-
ХИМИЧЕСКИХ
СВОЙСТВ
МОЧИ
ОВЕЦ
ПРИ
ПРИМЕНЕНИИ
БУТОФОСФАНСОДЕРЖАЩЕГО
ПРЕПАРАТА.
In
Студенческая
наука-взгляд
в
будущее
(pp. 206-209).