Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
282
28-iyun 2024-yil.
UDK: 637.4:636.5:631.85:616.084
“XITOZAN
BOMBYX MORI
GIDROKSIAPATITI” PREPARATINING TUXUM
YO`NALISHDAGI TOVUQLARDA KALSIY VA FOSFOR ALMASHINUVI
BUZILISHLARIGA TA`SIRINI O‘RGANISH
Navruzov N.I.
v.f.f.d., katta ilmiy xodim.,
Hamraqulov N.Sh.
– tayanch doktorant.
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Vohidova N.R.
k.f.d., professor.,
Ergashev Q.X.
k.f.f.d., katta ilmiy xodim.
Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti
Annotasiya:
Parrandachilik fermer xo’jaliklari sharoitida tuxum yo’nalishidagi Lomann
Braun Klassik zotli tovuqlarga “Xitozan
Bombyx mori
gidroksiapatiti” polimerli preparatni ozuqaga
qo`shib berilganda tuxum mahsuldorligi, organizm minerallariga ta`siri o`rganilgan.
Аннотация:
В условиях птицефабрик изучено влияние яичной продуктивности и
минеральных веществ организма при добавлении в комбикорм цыплятам породы Ломанн
Браун Классик полимерного препарата “Гидроксиапатит xитозанa
Bombyx mori
”.
Summary:
In the conditions of poultry farms, the influence of egg productivity and mineral
substances of the div was studied when the polymer preparation "Chitosan
Bombyx mori
hydroxyapatite" was added to the compound feed for chickens of the Lohmann Brown Classic
breed.
Kalit so’zlar:
tovuq, tuxum, anomaliya, kalsiy, fosfor, mineral, vitamin, ratsion, tuxum yo’li,
tuxum shakli, xitozan, gidroksiapatit, primeks.
Mavzuning dolzarbligi.
Parrandachilik xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan
talabni qondirishda muhim manba bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Parrandalarning genetik potensial
darajasida mahsuldorligini ta`minlashning nazariy asoslari va profilaktik tadbirlarni ishlab chiqish
bugungi kunda veterinariya sohasi oldidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda
malakatimizda yuqori mahsuldor parranda zotlari va krosslari mavjud. Ammo parrandalarni saqlash
va oziqlantirishdagi kamchiliklar: sifatsiz ozuqalar, rasion tarkibida vitamin, makro-
mikroelemantlar, kalsiy fosfor nisbati, almashinuv energiya miqdori va boshqa biologik faol
qo`shimchalarning yetishmasligi ularning mahsuldorligi, kasalliklarga chidamliligining pasayishi,
ularda modda almashinuvi buzilishi ayniqsa kalsiy fosfor almashinuviga sabab bo`lib
mahsuldorlikning kamayishi orqali xo`jaliklarga katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Tovuqlar organizmida kalsiy, fosfor almashinuvining buzulishi bilan kechadigan kasallik
asosiy o`rinni egallaydi. Shuning uchun tuxum yo`nalishidagi tovuqlarda kalsiy, fosfor
yetshmovchilik kasallikni o`z vaqtida aniqlash va oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish
bugungi kunda dolzarb va o`z yechimini kutayotgan muammolardan biri.
Tuxum po’chog`ining asosiy yetishmovchiligi uning yumshoq bo’lishi hisoblanadi. Buning
asosiy sababi tarkibda kalsiy va fosfor saqlovchi moddalar yetishmovchiligi yoki uni
hazmlanishining buzilishi hisoblanadi. Har bir tuxum tarkibida o`rtacha 1,5-2,5 g kalsiy bo’lishini
hisobga oladigan bo’lsak, bir yilda 200 ta tuxum tug`ilsa uning tarkibidagi kalsiy moddasi o’rtacha
400-500 gr ni tashkil etadi. Tovuqlar organizmida tuxum hosil bo’lishidan tashqari boshqa
fiziologik jarayonlar uchun ham kalsiy muhim. Masalan suyaklarning qattiqligi va ularning
tarkibidagi zahira uchun sarflanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tovuqlar organizmining
kalsiyga bo`lgan extiojni qondirishda “Xitozan
Bombyx mori
gidroksiapatiti” preparatini samarasini
o`rganish dolzarb sanaladi [6,8,10].
Tuxum po’chog`ining yumshab qolishini yoki kalsiy fosfor almashinuvi buzilishlarini
profilaktika qilishda tovuq organizmiga talab etiladigan miqdorlarni hisobga olish lozim. Masalan:
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
283
28-iyun 2024-yil.
tovuqlarni birinchi marta tuxum berish davrida ularning organizmida kalsiyning miqdori
tekshirilganda me’yorlarga nisbatan 20% gacha kamayganligi aniqlangan [6].
Tekshirishlar joyi, ob`kti va uslublari.
Ilmiy tekshirish ishlari Samarqand viloyati
Pasdarg`om tumanidagi «Darg‘om-parranda fayz» MCHJ da saqlanadigan Lomann Braun Klassik
zotga mansub tovuqlarda olib borildi.
Laborator tekshirishlar Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Mikrobiologiya va Vetsanitariya
va urchitish potologiyasi laboratoriyalarida hamda qonning biokimyoviy ko`rsatkichlari
“Samarqand diagnostika” laboratoriyasida bajarildi.
Tajriba guruhidagi tovuqlar ratsionga qo’shimcha ravishda “Xitozan-gidroksiapatit” (Xz/Ga)
ni 1/4 nisbatlisidan 10 mg/kg dan va 4000 litr suviga 1000 ml dan “Intrirovit-A+BC” preparatidan
qo’shib berildi. Nazorat guruhidagi tovuqlar xo’jalik ratsioni bilan oziqlantirildi. Tajribalar 40 kun
davomida olib borildi. Tajribalar davomida tovuqlar har 20 kunda bir marta klinik, gematologik va
tuxumlarni organoleptik tekshirishlardan o’tkazib turildi.
Klinik tekshirishlar orqali umumiy holati, semizlik darajasi, tashqi tasirotlarga javob
reaksiyasi aniqlandi. Umumiy qabul qilingan klinik tekshirish usullari bilan tovuqlarda shiliq
pardalar, toj va sirg’alarning ranggi, gipodinamiya, tana harorati, patlarni holati, alopetsiya,
mahsuldorlik, teri va teri qoplamasi, tuxum po’chog’ining holati va shakli aniqlandi.
Tajribalarning boshida tajriba va nazorat guruhlaridagi tovuqlarda klinik-fiziologik
ko‘rsatkichlar umumiy holsizlanish, shilliq pardalarning oqarishi (anemiya), tananing bo’yin va
kloaka atrofidapatlarning to‘kilishi (alopetsiya), teri qoplamasi va oyoqlar muguz holati
yaltiroqligining pasayishi kabi kalsiy fosfor almashinuvi buzilishlariga xos klinik belgilar
tajribalarning oxiriga kelib, nazorat guruhidagi tovuqlarda klinik-fiziologik ko‘rsatkichlarning
salbiy tomonga o‘zgarishi kuzatildi.
Klinik ko‘rsatkichlar “Darg’om Parranda Fayz” fermer xo‘jaligida (1-xo‘jalik) tajriba
guruhidagi tovuqlarda tajribalarning boshida o‘rta hisobda tana vazni 3632±11 gr, tana harorati
40,6±0,1
0
C
, toj va sirg’alarning oqarishi 32,6 foizda, patlarning hurpayishi 26,7 foizda, alopetsiya
18,4 % tovuqlarda kuzatilgan bo’lsa, bu ko’rsatkichlar tajribalarning oxiriga kelib, ya’ni 40 kundan
keyin shunga mos ravishda 3786±12; 41,8±0,5
0
C
ga teng bo’lgan bo’lsa, toj va sirg’alarning
oqarishi, patlarning hurpayishi va alopetsiya holatlari kuzatilmadi.
1-jadval
Tajribadagi tovuqlarning klinik ko’rsatkichlari (n=45)
Guruhlar
Tekshirishlar
vaqti
Tana
vazni (gr)
Tana
harorati
0
C
Toj va
Sirg’alar
rangining
oqarishi
%
Patlarning
hurpayishi
%
Alopetsiya
%
1-tajriba
Tekshirishlar
boshida
3632±11
40,6±0,1
32,6
26,7
18,4
20-kunda
3725±10
41,2±0,3
18,8
11,1
4,44
40-kunda
3786±12
41,8±0,5
kuzatilmadi kuzatilmadi kuzatilmadi
2-nazorat
Tekshirishlar
boshida
3616±11
41,4±0,3
31,1
22,2
15,5
20-kunda
3563±12
41,8±0,4
33,3
28,9
17,8
40-kunda
3504±10
41,6±0,3
37,7
28,9
17,8
Nazorat guruhidagi tovuqlarda tajribalar davomida tana vazni 3616±11 gr, tana harorati
41,4±0,3
0
C
, toj va sirg’alarning oqarishi 31,1 foizda, patlarning hurpayishi 22,2 foizda, alopetsiya
15,5 % tovuqlarda kuzatilgan bo’lsa, bu ko’rsatkichlar tajribalarning oxiriga kelib, ya’ni 40 kundan
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
284
28-iyun 2024-yil.
keyin shunga mos ravishda 3504±10 gr 41,6±0,3
0
C
ga teng bo’lgan bo’lsa, toj va sirg’alarning
oqarishi 37,7 %, patlarning hurpayishi 28,9 % va alopetsiya 17,8 foizga ko’payganligi aniqlandi.
Tajriba guruhi va nazorat guruhidagi tovuqlarning nazorat guruhidagi tovuqlarga qaraganda
ancha harakatchanligi va tashqi ta’sirotlarga yaxshi javob qaytarishi qayd etildi. Tajribalarning
oxiriga kelib, tajriba guruhidagi tovuqlarda nazorat guruhidagi tovuqlarga nisbatan ko’zga
ko’rinadigan shilliq pardalar rangi bir muncha binafsha tus oldi. Patlarda yaltiroqlikning oshganligi,
oyoq va tumshuqdagi muguz qismlarning usti yaltiroq va silliq, yupqa po’choqli tuxumlarning
tug’ulmasligi bilan xarakterlandi.
2-jadval
Tajribadagi tovuqlar qonining biokimyoviy
ko’rsatkichlari (n=45).
Guruhlar
Tekshirishlar
vaqti
Gem
oglab
in
g/l
Gl
yu
k
oz
a
m
m
ol/
l
Um
u
m
iy
Oq
sil
g/
l
Umumiy
kalsiy
mmol/l
Anorganik
fosfor
mmol/l
1-tajriba
Tajribalar
boshida
89,2±1,2
4,82±0,3
41,6±0,1
2,31±0,1
1,72±0,2
20-kunda
98,6±1,3
5,61±0,2
48,6±0,2
3,68±0,3
1,86±0,3
40-kunda
118,6±1,6
6,12±0,2
53,6±0,4
4,36±0,2
2,44±0,2
2-nazorat
Tajribalar
boshida
94,3±1,3
4,78±0,1
42,8±0,2
2,28±0,4
1,68±0,2
20-kunda
92,6±1,2
4,64±0,3
41,8±0,1
2,11±0,1
1,62±0,4
40-kunda
88,4±1,1
4,38±0,2
40,6±0,2
1,94±0,3
1,51±0,2
Tajriba guruhidagi tovuqlardan olingan qon namunalarida tekshirishlar boshidagi
ko’rsatkichlarga nisbatan tajribalarning oxiriga kelib gemoglobin miqdorining o’rtacha 29,4 g/l,
glyukozani 1,3 mmol/l, umumiy oqsilni 12 g/l, umumiy kalsiyni 2,05 mmol/l, anorganik fosforni
0,66 mmol/litrga ko’payishi xarakterli bo’ldi. Nazorat guruhidagi tovuqlarda qonning
ko’rsatkichlari tekshirishlarning boshidagi ko’rsatkichlarga nisbatan tekshirishlarning oxiriga kelib
gemoglobin miqdorining o’rtacha 5,9 g/l, glyukozani 0,4 mmol/l, umumiy oqsilni 2,2 g/l, umumiy
kalsiyni 0,34 mmol/l va anorganik fosforni 0,17 mmol/litrga kamayishi bilan xarakterli bo’ldi
“Darg’om Parranda Fayz” MCHJ qarashli tovuqlardan olingan tuxumlarni organoleptik
tekshirishlar natijalariga ko’ra tajribalar boshdagi ko’rsatkichlarga nisbatan tajriba oxiriga kelib
tajriba guruhidagi tovuqlarning tuxum mahsuldorligi o’rtacha 18,8 foizga, tuxumini og’irligi
o’rtacha 12,2 grammga, tuxum po’chog’ining og’irligi 2,8 grammga, yupqa po’choqli tuxumlar
tajribalarning boshida 9-11 foizda bo’lgan bo’lsa tajribalarning 40-kunga kelib yupqa po’choqli
tuxumlar uchramadi, shakli o’zgargan tuxumlar soni tajribalar boshida 12-15 foizda uchragan bo’lsa
tekshirishlarning oxirida bunday tuxumlar uchramadi, ajratib olingan tuxumlarni inkubatsiyaga
qo’yiladigan tuxumlar tajriba boshida 82-87 % bo’lgan tekshirishlarning 40-kunga kelib bu
ko’rsatkich 98-100 foizga yetdi.
Nazorat guruhidagi tovuqlarning tuxum mahsuldorligi o’rtacha 9,8 foizga, tuxumini og’irligi
o’rtacha 6,9 grammga kamayganligi aniqlandi, tuxum po’chog’ining og’irligi o’rtacha 0,7
grammga, yupqa po’choqli tuxumlar tajribalar boshida 7-8 foizda uchrab tajribalar oxirida 8-10
foizda uchradi, shakli o’zgargan tuxumlar tajribalar boshida 10-12 foizda uchragan bo’lsa,
tekshirishlar oxiriga kelib 14-17 foizda uchradi, inkubatsiyaga saralanadigan tuxumlar tekshirishlar
boshida 84-86 foizda uchrab, tekshirishlar oxirida 80-83 foizni tashkil qilib, bu esa kalsiy fosfor
yetishmovchiligiga xos bo’lgan belgilar bo’lib mahsuldorlikka va mahsulot sifatiga ta’sir qilib
inkubatorga tuxumlarni saralashda aksariyat qismi qo’yilmasligiga olib keladi.
3-jadval
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
285
28-iyun 2024-yil.
Tajribadagi tovuqlar tuxumning morfologik tahlili (n=45).
Gu
ru
h
lar
T
ek
sh
irish
lar vaqti
T
u
xu
m
mahsu
ld
or
li
gi
%
S
h
ak
li
o’
zgar
gan
tuxu
m
lar
100 t
a/%
Yup
q
a
p
o’
ch
oq
li
t
u
xu
m
lar
100 t
a/%
T
u
xu
m
n
in
g o’r
tac
h
a
og’ir
li
gi g/
%
Po’
ch
og’in
in
g o’r
tac
h
a
og’ir
li
gi g/
%
In
k
u
b
at
siyag
a
q
o’
yil
ad
igan
t
u
xu
m
lar %
(D
yad
ichk
in
a L.F. 2011
y)
1-
tajriba
Tajribalar
boshida
77,6±0,2
12-15
9-11
64,2±0,2
6,4±0,2
82-87
20-kunda
85,2±0,1
3-6
1-2
69,6±0,4
7,6±0,5
92-96
40-kunda
96,4±0,4
kuzatilmadi kuzatilmadi
76,4±0,1
9,2±0,2
98-100
2-
tajriba
Tajribalar
boshida
78,4±0,1
10-12
7-8
68,2±0,3
6,8±0,1
84-86
20-kunda
75,3±0,2
12-14
7-9
65,6±0,5
6,6±0,2
82-83
40-kunda
68,6±0,3
14-17
8-10
61,3±0,1
6,1±0,2
80-83
Xulosalar:
- Mahsuldor tovuqlarning ratsionga qo`shimcha 3 foizdan “Xitozan
Bombyx mori
gidroksiapatiti” preparatidan qo`shib berilganda tuxum mahsuldorligi o`rtacha 18,8 foizga,
tuxumini og`irligi o`rtacha 12,2 gr ga ko`payganligi aniqlandi va yupqa po`choqli tuxumlar
tug`ulishi tajribalar boshlangandan 7-11 kunlarda keyin uchramadi, bu belgilar kalsiy-fosfor
yetishmovchiligi bartaraf qilingani bildiradi va mahsulot sifatiga ta`sir qilib, sifatli tovarbop
tuxumlar olishda yaxshi samara berdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Elmurodov, B. A., Navruzov, N. I., & Kiyamova, Z. N. (2022). Intervention of Bacterial
Diseases in Poultry.
INTERNATIONAL JOURNAL OF BIOLOGICAL ENGINEERING AND
AGRICULTURE
,
1
(4), 8-12.
2.
Navruzov, N. I., Elmurodov, B. A., & Mamadullaev, G. K. (2021). THE ROLE OF
CHITOSAN
IN
THE
PATHOMORPHOLOGY
AND
IMMUNOPROPHYLAXIS
OF
COLIBASILLOSIS OF CALVES.
3.
Эльмурадов, Б. А., Наврузов, Н., & Курбонов, Ф. (2019). Патологоанатомические
изменения при смешанных бактериальных инфекциях птиц.
4.
Navruzov, N. I., & Elmurodov, B. A. The role of chitosan succinate in colibacillosis of
calves and the effect on the immune system.
СБОРНИК ТЕЗИСОВ
,
50
(11).
5.
Navruzov, N. I. The role of immunostimulants in the prevention of colibacillosis,
salmonellosis and pasteurellosis in calves.
International Journal on Integrated Education
,
3
(8),
232-234.
6.
Navruzov, N. I., Kiyamova, Z. N., & Elmurodov, B. A. (2024). SALMONELLA
PULLOROM GALLINARIUM BILAN ZARARLANGAN JO ‘JALARDA PATOMOFOLOGIK
O ‘ZGARISHLAR.
World scientific research journal
,
25
(1), 141-151.
7.
BA, E., NI, N., HU, M., & FM, K. (2023). Pathomorphological Changes in Poultry
Pasteurellios, Pullorosis and Colibacteriosis Diseases.
8.
Elmurodov, B. A., Kh, A. S., Navruzov, N. I., & Sheraliyeva, I. D. (2016). Diseases of cubs.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
286
28-iyun 2024-yil.
9.
Navruzov, N. I. (2021). THE IMPORTANCE OF CHITOSAN SUCTINAT IN
COLIBACTERIOSIS OF CALVES. In
АКТУАЛЬНЫЕ НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
(pp. 60-
64).
10.
Navruzov, N. I. (2021). THE IMPORTANCE OF CHITOSAN SUCTINAT IN
COLIBACTERIOSIS OF CALVES. In
АКТУАЛЬНЫЕ НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
(pp. 60-
64).
11.
Navruzov, N. I., Aktamov, U. B., & Sayfidinov, B. F. (2023). Chlamydiosis in sheep:
immunological examination and pathomorphological changes.
12.
Navruzov, N. I., Sayfidinov, B. F., & Aktamov, U. B. (2023). Determination of
Immunobiological Reaction in Sheep Chlamydiosis.
13.
Navruzov, N. I., & Elmurodov, B. A. (2024). “BUZOQ, QO ‘ZI VA CHO ‘CHQA
BOLALARINING KOLIBAKTERIOZ VA SALMONELLYOZ KASALLIKLARIGA QARSHI
ASSOTSIATSIYALANGAN GOA FORMOL VAKSINA” NING BUZOQLAR ORGANIZMIGA
TA’SIRI.
World scientific research journal
,
26
(1), 73-76.
14.
Navruzov, N. I., Pulatov, F. S., Sheralieva, I. D., Nabieva, N. A., Sultonova, I. Y., &
Aktamov, U. B. (2022). The importance of chitozan suctinat in lamb colibacteriosis.
15.
Navruzov, N. I., & Elmurodov, B. A. CALVES AND THE EFFECT ON THE IMMUNE
SYSTEM.
16.
Элмуродов, Б. (2022). Инновационные вакцины для профилактики пастереллёза
кроликов и других животных.
in Library
,
22
(1), 282-284.
17.
Элмуродов, Б. (2022). Инновационные вакцины для профилактики пастереллёза
кроликов и других животных.
in Library
,
22
(1), 282-284.
18.
Элмуродов, Б., Давидов, О., Уракова, Р., & Рахимов, М. (2022). Распространение и
меры борьбы с пчелиным тропилапсозом в Узбекистане.
in Library
,
22
(4), 19-21.
19.
Элмуродов, Б., & Киямова, З. (2022). Сосуществование респираторного микоплазмоза
и сальмонеллеза домашней птицы.
in Library
,
22
(4), 10-10.
20.
Элмуродов, Б. (2022). Научные инновационные разработки, созданные в области
ветеринарии.
in Library
,
22
(3), 6-7.
21.
Элмуродов, Б., Муродов, Х., & Киямова, З. (2021). Патоморфологическая диагностика
ларинготрахеита птиц.
in Library
,
21
(4).
22.
Элмуродов, Б., & Собиров, И. (2020). Меры профилактики инфекционной
плевропневмонии коз.
in Library
,
20
(4), 344-348.
23.
Элмуродов, Б. (2019). Профилактическая эффективность формальной вакцины ГОА
против пастереллеза, сальмонеллеза и колибактериоза сельскохозяйственных животных.
in
Library
,
19
(2), 312-315.
24.
Элмуродов, Б., Набиева, Н., & Ғаффоров, Ф. (2019). Меры профилактики пастереллёза
кроликов.
in Library
,
19
(2), 303-305.
25.
Элмуродов, Б., & Алламуродова, М. (2019). Диплококкоз у ягнят.
in Library
,
19
(3), 18-
20.
26.
Элмуродов, Б. (2018). Новый инновационный подход к диагностике и борьбе с
инфекционными бактериальными болезнями молодняка животных.
in Library
,
18
(4), 12-12.
27.
Элмуродов, Б., & Дускулов, В. (2018). Пчеловодство–прибыльная отрасль.
in
Library
,
18
(4), 32-32.
28.
Элмуродов, Б., Турдиев, А., & Набиева, Н. (2017). Ветеринарно-санитарные
мероприятия в кролиководстве.
in Library
,
17
(2).
29.
Элмуродов, Б., & Джаббаров, Ш. (2016). Здоровый скот-спокойная душа.
in
Library
,
16
(4), 9-9.
30.
Элмуродов, Б., & Джаббаров, Ш. (2016). Профилактика и лечение болезней
животных.
in Library
,
16
(1), 14-15.
31.
Элмуродов, Б., Шопулатова, З., & Сатторов, Н. (2015). Эффективность профилактики
заболеваний колибактериоза, сальмонеллеза молодняка животных.
in Library
,
1
(1).