Bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda axborot madaniyatini shakllantirishning zaruriyati va ahamiyati

CC BY f
314-315
1
1
Поделиться
Рахматуллаев, Д. (2023). Bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda axborot madaniyatini shakllantirishning zaruriyati va ahamiyati . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 314–315. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25171
Д Рахматуллаев, Институт развития профессионального образования

независимый исследователь

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning axborot madaniyati, axborot madaniyati mazmuni, axborotlashgan jamiyat talablari, ta’lim jarayonida axborot madaniyatini o‘rni va ahamiyati, axborot madaniyatini shakllantirishda axborot xavfsizligini ta’minlashning ahamiyati yoritib berilgan.

Похожие статьи


background image

314

BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI KASBIY FAOLIYATGA

TAYYORLASHDA AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING

ZARURIYATI VA AHAMIYATI

D. Raxmatullayev

Professional ta’limni rivojlantirish instituti mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning axborot

madaniyati, axborot madaniyati mazmuni, axborotlashgan jamiyat talablari, ta’lim
jarayonida axborot madaniyatini o‘rni va ahamiyati, axborot madaniyatini
shakllantirishda axborot xavfsizligini ta’minlashning ahamiyati yoritib berilgan.

Tayanch so‘zlar:

internet, axborot, axborot madaniyati, axborot maydoni,

axborot oqimi, glaballashuv.


XXI asr axborot texnologiyalari inson hayot makonining ajralmas qismiga

aylangan asr. Bugungi kunda mobil telefon, kompyuter va internet tabiat va jamiyat
kabi tabiiy elementlari bo‘lib, yangi raqamli (tarmoq) avlodining mavjudligini ishonch
bilan aytishimiz mumkin. Axborotlashgan jamiyatdagi ta’lim muammolariga
bag‘ishlangan hozirgi davr nashrlarida kishilarning “raqamli” avlodi mavjudligi
faktlari ta’kidlanib, ular uchun turmush faoliyatning tabiiy elementlari bo‘lib
kommunikatsiyalarning uyali va mobil vositalari sanaladi.

Axborot madaniyati insonning mehnatga, ishbilarmonlikka, moddiy va

ma’naviy yo‘nalishlarda, kasbiy faoliyatida muhim jarayonlarni ifodalaydi. Axborot
madaniyati bu umuminsoniy madaniyatning asosiy negizi sifatida insoniyat yaratgan
butun boyliklarni qamrab olib, turli kasb egalarining u yoki bu sohasini amalda
rivojlantirishga hissa qo‘shishning muhim tarkibiy qismi sifatida uzluksiz ish olib
borishni talab etadi.

“Axborot madaniyati” tushunchasi quyidagi mazmunlarni o‘zida mujassam

etadi: - inson bilim egallashning zamonaviy vositalari, qayta ishlash va tizimlashtirish
malakasiga ega bo‘lishini; - tabiat va jamiyatda kechayotgan axboriy jarayonlarning
mohiyatini tushunishni; - faoliyat sohasiga oid xususiyatlari hamda turli manbalar bilan
ishlashni bilish, axborotni tahliliy, sintetik qayta ishlash asoslarini o‘rganishni va
boshqalar.

“Axborot madaniyati” tushuncha sifatida nafaqat mutaxassisni tayyorlash

jarayonida, balki kasbiy tarbiya tizimida ham muhim omil va umumiy madaniyatning
tarkibiy qismi hisoblanadi. Axborot madaniyati axborot bilan maqsadli ishlash,
axborotni rasmiy qo‘lga kiritish, uni ilmiy uslublar yordamida qayta ishlash, o‘z
vaqtida uzatish, zamonaviy vositalar hamda usullarni qo‘llay olish malakasi va
ko‘nikmasiga ega bo‘lishdir.

Axborot madaniyati bilan kasb faoliyatini takomillashtirish, uni egallash,

to‘ldirish va qayta ishlashda yangi bilimlar bankini vujudga keltirish, uni uzatish
hamda ulardan amaliy jihatdan foydalanish kabilarni o‘zida mujassam etadi. Bular
bevosita mutaxassisning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib unda, amalga
oshiriladigan ishlar axborot orqali bajarilishi va unga munosabat bildirish, to‘plangan


background image

315

materiallardan foydalanish, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, ularni qayta ishlash va
saqlash muhim hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, respublikamiz iqtisodiyotining axborot sektori juda

yosh va tez rivojlanmoqda, shuning uchun zamonaviy iqtisodchi mutaxassis AKT
dunyosidagi barcha voqealardan xabardor bo‘lishi kerak, chunki bugungi kunda
tegishli ma’lumotlardan xabardor bo‘lish va unga ega bo‘lish axborot jamiyatining
asosiy talablaridan biridir.

“Axborot madaniyati” esa xabarlarni saqlash, ularning ahamiyatli jihatlarini

belgilab olish, sohalarga ajratish, sofligiga e’tibor qaratib munosabat bildirish,
g‘oyaviy asoslarini aniqlash, xabar manbaini topishda namoyon bo‘ladi.

Axborot faoliyati va axborotning o‘zaro ta’siri sharoitida bo‘lajak

iqtisodchilarning axborot madaniyati tarkibiga axborot xavfsizligini ta’minlay olish
ko‘nikmalarini ham kiritish zarur. Bunda, iqtisodchilar o‘zlarini mustaqil ravishda yoki
axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilgan holda himoya qilishga,
tahdidni samarali qarshi olishga yoki undan qochishga qodir bo‘lishi kerak. Bundan
tashqari, u xakerlar, hamkasblar yoki uning o‘zi tomonidan qilingan xatti-
harakatlardan qat’i nazar, korxonada axborot xavfsizligi tahdidini bartaraf etishni
amalga oshirishda yuzaga keladigan javobgarlik o‘lchovini taqdim etishi kerak.

Iqtisodchi mutaxassis korxonada xavfsizlik siyosati to‘g‘risida tasavvurga ega

bo‘lishi va axborot xavfsizligini ta’minlash muammosining muhimligini bilishi,
shuningdek, axborot xavfsizligi sohasida xuquqiy holatlarni shu jumladan xorijiy
davlatlarni ham e’tiborga olish lozim, chunki uning buzilishi unga va umuman
kompaniyaga zarar keltirishi mumkin.

Axborot xavfsizligi tahdidini amalga oshirishda minimal xavf odatda muhim

bo‘lmagan ma’lumotlarning yo‘qolishi, ba’zi dasturiy va texnik vositalarning ishdan
chiqishi, ya’ni ma’lum bir ish joyi bilan cheklangan bo‘lib, bu hisobot tayyorlashga
tayyorlanmaslik, muhim materiallar, taqdimotlar, tanbehlar, bonuslardan mahrum
qilish va mutaxassisni ishdan bo‘shatishgacha bo‘lgan boshqa muammolar.

Bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislar uchun axborotlarni saralash va saqlash,

xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan axborot madaniyati globallashuv jarayonlarining
xarakterli xususiyatlaridan biri bo‘lgan, Internet tarmog‘i jadal rivojlanib borayotgan
hozirgi sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Muhammad Amin Yahyo. Internetdagi tahdidlardan himoya. Yordamchi o‘quv

qo‘llanma. Toshkent, 2016 y.

2. Tojiev M., Salaxutdinov R., Barakaev M., Abdalova S. Ta’lim jarayonida

zamonaviy axborot texnologiyalari. Toshkent, 2001 y.

3. Shermuxamedov S., Ochildiev A. Madaniyat va sivilizatsiya. Fargona, 2000 y.
4. Arzimatova, I. (2019). Art industry development of society and society culture.

Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(1), 129-134.



Библиографические ссылки

Muhammad Amin Yahyo. Internetdagi tahdidlardan himoya. Yordamchi o‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2016 y.

Tojiev M., Salaxutdinov R., Barakaev M., Abdalova S. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari. Toshkent, 2001 y.

Shermuxamedov S., Ochildiev A. Madaniyat va sivilizatsiya. Fargona, 2000 y.

Arzimatova, I. (2019). Art industry development of society and society culture. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(1), 129 134.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов