Mahmudxo‘ja behbudiy va ta’lim tili

Поделиться
Хукумов, О., & Рахимжанов, М. (2023). Mahmudxo‘ja behbudiy va ta’lim tili. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 201–204. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp201-204
О Хукумов, Stars International University

Студент 1 курса

М Рахимжанов, Stars International Universiteti

Научный руководитель. доцент, к.э.н

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jadidlarning ta’limning ona tilida bo‘lishi (hech bo‘lmasa boshlanishi) to‘g‘risidagi fikrlari yakdilona bo‘lsa-da, ona tilining, millat tilining qandayligi masalasida ular dunyoqarashida katta tafovutlar bo‘lgan. O‘z davrida jadidlar ta’lim ona tilida bo‘lishini talab etgan bo‘lsalar-da, ta’lim tizimidan fors va arab tillarini chetlashtirish taklifini kun tartibiga qo‘ymadilar.


background image

STARS International University

201

Аннотация:

Jadidlarning ta’limning ona tilida bo‘lishi (hech bo‘lmasa boshlanishi)

to‘g‘risidagi fikrlari yakdilona bo‘lsa-da, ona tilining, millat tilining qandayligi masalasida
ular dunyoqarashida katta tafovutlar bo‘lgan. O‘z davrida jadidlar ta’lim ona tilida bo‘lishi-
ni talab etgan bo‘lsalar-da, ta’lim tizimidan fors va arab tillarini chetlashtirish taklifini kun
tartibiga qo‘ymadilar.

Таянч иборалар:

ijtimoiy-siyosiy, hurfikrlilik, ziyoli, milliy, mafkura, jamiyat taraqqiyoti,

salbiy hamda ijobiy taraflar, madaniy, davr matbuoti, nazariy, fikr-mulohazalar, Turkiston,
ziyolilar.

O‘z davrida jadidlar ta’lim ona tilida bo‘lishini talab etgan bo‘lsalar-da, ta’lim ti-

zimidan fors va arab tillarini chetlashtirish taklifini kun tartibiga qo‘ymadilar. Mah-
mudxo‘ja Behbudiy esa “Ikki emas, to‘rt til lozim” (1913) degan maqolasida: “Biz
turkistoniylarg‘a turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmog` lozumdur”

1

, - deb yozgan va

bu tillardan har birining ta’lim tizimida tutgan o‘rnini alohida ochib bergan. Jadidlar-
ning ibtidoiy maktab tili bolalarning ona tiliga asoslanishi kerakligi haqidagi mush-
tarak fikri Saidrasul Аziziyning “Ustozi avval” (1900), Munavvar qori Аbdurashidxo-
novning “Аdibi avval” (1907), Behbudiyning “Kitobi muntaxabi jo‘g‘rofiyai umumiy”
(1906), “Kitob ul-atfol” (1908), Hamzaning “Yengil adabiyot” (1911), “O‘qish kitobi”
(1911), “Qiroat kitobi” (1912), Аbdulla Аvloniyning “Birinchi muallim” (1912), “Ikkinchi
muallim” (1912), “Turkiy guliston yoxud axloq” (1913), “Maktab gulistoni” (1917), El-
bekning “O‘zbekcha o‘qish” (1922) kabi kitob (darslik)larida o‘z aksini topdi.

Jadidlarning ta’limning ona tilida bo‘lishi (hech bo‘lmasa boshlanishi) to‘g‘risida-

gi fikrlari yakdilona bo‘lsa-da, ona tilining, millat tilining qandayligi masalasida ular
dunyoqarashida katta tafovutlar bo‘lgan. Bu o‘ta dolzarb ilmiy va ma’rifiy hamda
madaniy masala qisman M.Qurbonova

2

, Y.Saidov

3

, T.Tog‘ayev

4

, Sh.Bobomurodova

5

ishlarida ko‘rilgan. 1913-1917 yillarda ko‘pgina jurnal va gazetalarda, chunonchi, “Sa-

1

Behbudiy M. Tanlangan asarlar (Nashrga tayyorlovchi V.Qosimov). T.: Ma’navshgg, 1997. B.6E.

2

Qurbonova M Аbdurauf Fitrat va o‘zbek tilshunosligi (metodik qo‘llanma). T.: Universitet, 1997. B 48; Qurbonova M. Fitrat - tilshunos. T.:

Universitet, 1996. B.32; Qurbonova M. Fchtratning tilshunoslik merosi. Fil. fan. nom.diss. avtoref. T.: 1993. B.29.

3

Saidov Yo. Fitrat badiiy asarlari leksikasi. Fil fanlari nom. diss. avtoref. T.: TАI, 2001. B 28.

4

Togaev T. Аshurali Zoxiriy va uning tilshunoslik merosi. Fil. fanlari nomzodi diss. avtoref. T.: TАI, 2005. B.28.

5

Bobomurodova Sh. O‘zbek tilshunosligi rivojida Elbekning roli. Filol. fanlari nom. diss. avtoref. T.: 2001.-B.32.

MUALLIF: O.H.HUKUMOV,

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITETI 1-kurs talabasi
hukumovogabek3@gmail.com

ILMIY RAHBAR: М.N.RAHIMJANOV,

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITETI dotsenti, PhD
masrur79@mail.ru;

MAHMUDXO‘JA
BEHBUDIY VA
TA’LIM TILI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp201-204


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

202

doyi Turkiston” gazetasi, “Oyina” jurnalida “Til masalasi” bo‘limi (rubrikasi) mavjud
bo‘lib, bu bo‘limda til, atamashunoslik, imlo muammolariga doir maqolalar joylashti-
rilgan. Jadidlarning tilga bag‘ishlangan maqolalari ko‘p. M.Behbudiyning “Ikki emas,
to‘rt til lozim” (1913), “Til masalasi” (1915), “Sart so‘zi majquldir”, “Sart so‘zi ma’lum
bo‘lmadi” (1916) Fitratning “Tilimiz” (1919) kabi maqolalari shular jumlasidandir. Bu
maqolalarda, asosan, o‘zbek (turkiy) tilining asossiz xo‘rlanganligi, toptalganligidan
chekilgan afsus va nadomatlar ko‘proq ifodalanganligini kuzatamiz. Bu borada M.
Behbudiyning “Til masalasi” maqolasi boshqalaridan ancha farqlidir. Ikki qismdan
iborat bu maqolaning “Oyina” jurnali (1915 yil 11-son)da bosilgan birinchi qismida
turkiy tillarning sheva va lahjalari, Turkistonda turkiy va forsiy - ikki tillilik masalasi
yoritilgan. Maqolaning “Oyina” jurnalining 12-sonida bosilgan ikkinchi qismida esa
Turkiston uchun umumiy milliy-adabiy til masalasi, jumladan, ta’lim tili masalasi kun
tartibiga qo‘yiladi.

M.Behbudiy 1910-1915 yillarda jadid matbuoti sahifalarida hukmron bo‘lgan “Tili-

mizdan forsiy va arabiyni quvayluk” shiorini “Ko‘p yengil, ammo ijrosi mumkin emas
orzulardandur”, deb baholaydi va “butun Turkiston mintaqasi uchun yagona adabiy
til yaratish mumkin emasligini arabiy va forsiy, oddiy turkiy lug‘at ila hozirgi sheva-
larcha yoza bermoqdin boshqa iloj yo‘qtur”, - degan g‘oyani ilgari suradi

1

. Behbu-

diyning fikricha, “Turkistonda yagona ona tilini ta’lim tizimiga joriy etishdan oldin
okalarimizning o‘zlari bir necha avlod davomida me’yorlashtirilgan adabiy tilda o‘qi-
tilgan bo‘lmog‘i lozim” (Bu fikr shu kecha-kunduz uchun ham o‘ta dolzarbdir).

Jadidlarning fikricha, ta’lim tili turkiy bo‘lmog‘i lozim, biroq turkiy tushunchasi,

uning mohiyati aniq emas edi. Juda ko‘p hollarda “turkiy” deganda jadidlar Ismo-
il G‘aspirali tomonidan tashkil etilgan “Tarjumon” gazetasining qrim-tatar, turk-us-
monlicha aralashmasidan iborat bo‘lgan “til”i tushunilar edi.

I. G‘aspiralining jadidlarga, xususan, Rossiyadagi turkiyzabon jadidlarga ta’siri

juda kuchli bo‘lganligini tarix sahifalaridan juda yaxshi bilamiz. Bu haqda Mahmu-
dxo‘ja Behbudiy “Ismoilbek hazratlari” (vafotnomasi)da: “Shundayki, bu kunda Rusi-
ya musulmonlari ichinda har bir muallim va har usuli savtiya maktablarining shogirdi
va har bir jaridaxon va har bir jarida muharriri marhumning bilvosita shogirdonidan-
durlar. Ya’ni ustozi muazzamning bu kun Rusiya musulmonlari arosinda milyo‘nlar
ila ulamodan muharririn va muallimindan va o‘quvchilardan shogirdi bordur ham
qanday shogird! Uttiz sanadan beri doimo onga dars o‘qiydurg‘on shogirdlardur”

2

,

- deb I.G‘aspiralining jadid adiblari va ma’rifatparvarlari asarlari tiliga kuchli ta’sirini
ko‘rsatganini e’tirof etadi. Аlbatta, jadidlarning kattagina qismining Turkiyada ta’lim
olganligi ham bunga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmagan. M.Behbudiy ham o‘z maqo-
lalarida turkiy til deganda, asosan, o‘zbekcha-turkiy-usmonlicha aralashma tilini tus-
hunadi:

“...turkiy bilinglar, - deb yozadi Behbudiy, - Firdavsiy, Bedil, Sa’diy “Masnaviy”dan

qanday lazzat olsa, turkiy bilganlar Fuzuliy, Navoiy, Boqiy, Somiy, Аbdulhaq Homid,
Аkrambek, Sanoyi, Nobiy, Nojiylardan, yana Tolsto‘y, Jul Vern va ulamoyi zamona-
viy asarining turkiy tarjimasidan lazzat shunday oladur”

3

.

Bu sirada sanalgan Fuzuliy, Navoiydan boshqa adiblarning barchalarining asarlari

usmonli turk tilida yozilgan yoki usmonli turkchaga tarjima qilingan yozuvchilardir.

1

Behbudiy M. Tanlangan asarlar (Nashrga tayerlovchi B.Qosimov). T.: Ma’naviyat, 1997. B 167-170.

2

Behbudiy M. Tanlangan asarlar T.: Ma’naviyat, 1997. B.163-164.

3

O‘sha asar. B.167.


background image

STARS International University

203

Jadid ma’rifatparvar adiblarining, xususan, M. Behbudiy, А. Аvloniy, Hamza, Mu-

navvarqorining 1910-1917 yillarda yozilgan maktab ta’limiga mo‘ljallangan darslikla-
rini til jihatidan tahlil etganimizda qiziq hodisaning guvohi bo‘lamiz. Mazkur asarlar-
ning muqaddimalari usmonlicha-o‘zbekcha turkiy (aniqrog‘i, “Tarjumon” gazetasi-
ning lisoniy me’yorlariga mos) bo‘lsa, berilgan matnlar, ibratli hikoyalar, she’rlar va
boshqa asosiy o‘quv materiallarining tilidan eski o‘zbek tili ta’siri sezilib turadi. А.
Аvloniyning “Birinchi muallim”idan olingan ikki parchani fikrimiz dalili sifatida solis-
htiramiz: “Muqaddima”da: “....millat bolalarina foydabaxsh o‘lur umidinda bir necha
muallimlarimizning iltijolari ila ko‘b vaqt tajriba so‘ngindan bu risolai ojizonamni “Bi-
rinchi muallim” ismi-la maydoni intishora qo‘ydim. ...Inson nuqsondan xoli o‘lmadig‘i
kabi qilg‘on amali ham qusur va xatodan ori(y) o‘lmas. Shul sababli muallimlarimiz
har bir kusur va kamchiliklarimizdan tanbih va tanqid ila ogoh qilsalar edi”.

“Аsosiy matn”da: “Bir kishining Qosim ismli bir o‘g‘li bor edi. Ota va onasining

so‘ziga kirmasdan har xil yomon ishlarni qilur edi. Bolalar birla urushub, yaqolashub
kiyimlarini yirtub kelur edi. Uyda onasi mehmon uchun asrab qo‘ygan taomlarini
yegon vaqtda, onasi: - “Qosim, o‘g‘lim! Taomni sen yedingmu?”, - desa, - “Men ye-
ganim yo‘q, mushuk yegandur”, - der edi”

1

.

Hech qanday tadqiqotsiz ham birinchi parchaning tili o‘zbek uchun sun’iy, ikkinc-

hi parcha esa uning ona tili me’yorlarini aks ettirayotganini sezish qiyin emas. Chun-
ki birinchi parcha asarning “Muqaddima”sidan, ikkinchi parcha esa o‘zbek bolalari
o‘qib-o‘rganishi zarur bo‘lgan asosiy matndan olingan. Shunga o‘xshash hodisani
barcha o‘zbek jadid ma’rifatparvarlari darsliklarida ham ko‘rish mumkin. Zero, ja-
didlar I.G‘aspirali ilgari surgan, Turkiyada Аnvar, Rif’at, Tal’at “uchligi” targ‘ib etgan
“umumturk adabiy tili” g‘oyasi o‘zbeklar uchun yot ekanligini tushunganlar. Shu bois
maktab darsliklari “Muqaddima”larida, maqolalarida bu sun’iy tilga (davr siyosati
bilan bog‘liq ravishda) tayanishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, haqiqatda asosiy tad-
bil va bolalarga o‘rganishga mo‘ljallangan matnlarni o‘zbek adiblarining an’analari
hamda mahalliy shevalarga tayangan holda yozganlar. Yuqoridagi parchalar qiyosi
buning yorqin misolidir.

Jadidlar ona tili ta’limi, ta’lim tilining nomlanishida ham yakdil bo‘lishmagan. Bu til-

ni ular, asosan, “turkiy” deb ataydilar, lekin, aytib o‘tganimizdek, bu so‘zning ma’nosi
o‘ta noaniqdir. Bizning aniqlashimizcha, birinchilardan bo‘lib 1913 yilda M. Behbudiy
tomonidan til nomi sifatida “o‘zbekiy” istilohi qo‘llaniladi. Shunda ham “o‘zbekiy”
so‘zini muallif turkiy so‘zining ma’nodoshi sifatida keltiradi: “Turkiy, ya’ni o‘zbekiy-
ning sababi shulki, Turkiston xalqining aksari o‘zbekiy so‘ylashur”

2

.

Hamza ham o‘zbek tili deganda hozirgi jonli so‘zlashuv shevalariga yaqin bo‘lgan

tilni nazarda tutadi: “...haqiqatda qasddan o‘zbek tilida ekan, biz o‘zbek tiliga yaqin-
lashdurmoqqa kirishdik. Bu to‘g‘rilarda qusurlarimiza avlarim rijo va niyoz etarmiz”

3

.

Haqiqatan ham, 1910-1920-yillarda hozirgi O‘zbekiston mintaqasining rasmiy nomi
ham (Turkiston, Turon, Movarounnahr), xalqning nomlanishi (sort, sart, o‘zbek, tur-
kistoniy, turkiy va b.) ham munozarali va rasmiylashmagan edi

4

. Jadid adiblarining

ta’lim va uning tili masalasidagi qarashlariga oid fikrlarimizni yakunlab ayta olamiz-
ki, ular maktab ta’limining tili ona tili - “o‘zbekiy” - turkiy til bo‘lishi g‘oyasini, uning

1

Аvloniy А. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 2-jild (Nashrga tayyorlovchi B.Qosimov ) T.: Ma’naviyat, 1998. B.6.

2

Behbudiy M. Tanlangan asarlar (Nashrga tayerlovchi B.Qosimov). T.: Ma’naviyat, 1997. B.160.

3

Hamza. To‘la asarlar to‘plami. 5 tomlik. T. 11. T.: Fan, 1988. B.68.

4

Qarang Аbdurahmonov G‘. O‘zbek xalki va tilining shakllanishi xaqida,- T.: TDShI, 1999. B.89; Behbudiy M. Tanlangan

asarlar. T.: Ma’naviyat, 1997. B.171-179; Popivanov Ye.D. Etnograficheskaya xarakteristika uzbekov. Vьsh. 1. Proisxojdenie i
naimenovanie uzbekov. T.: Izv, Uzb. gos., 1926. B.31.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

204

keng o‘quvchilar ommasiga tushunarli bo‘lishini targ‘ib etganlar va o‘z amaliyotla-
rida shunga tayanib ish ko‘rganlar. Jadidlar nazariy jihatdan sun’iy umumturk tili-
ni targ‘ib etganday bo‘lsalar-da, amaliyotda undan o‘z asarlarining muqaddimalari
va jadidona kayfiyatdagi gazeta, jurnallardan tashqarida foydalanmaganlar. Jadid-
larning sa’y-harakati bilan ma’rifiy-pedagogik adabiyotga “o‘zbekiy”, “o‘zbekcha”,
“o‘zbek tili” atamalari ham kirib kela boshladi.

XX asr boshlarida O‘zbekiston mintaqasidagi maktablarda dunyoviy-ma’rifiy

ta’limni ona tilida yo‘lga qo‘yishda, zamonaviy ta’lim usullarini ommalashtirishda,
ona tilida imlo, talaffuz va qiroat qoidalarini yo‘lga qo‘yishda jadidchilik harakatining
ijobiy ta’siri sezilarli bo‘ldi.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1. Mirziyoyev. Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda

barpo etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016.

2. Mirziyoyev. Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017

3. Mirziyoyev. Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko‘taramiz. T.: O‘zbekiston, 2017

4. Abdurashidxonov Munavvar qori. Tanlangan asarlar.-T: Ma’naviyat, 2003.
5. Abdurauf Fitrat- Tanlangan asarlar.B. Qosimov,-T., Ma’naviyat, 2003
6. A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 1-Jild.
7. A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 2-Jild.
8. M.Behbudiy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006.
9. Is’hoqxonto‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar.B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2005.
10. Qosimov Begali. Milliy uyg‘onish .- T: Ma’naviyat. 2002.
11. Qurbonova M Аbdurauf Fitrat va o‘zbek tilshunosligi (metodik qo‘llanma). T.:

Universitet, 1997. B 48.

12. Saidov Yo. Fitrat badiiy asarlari leksikasi. Fil fanlari nom. diss. avtoref. T.: TАI,

2001. B 28.

13. Togaev T. Аshurali Zoxiriy va uning tilshunoslik merosi. Fil. fanlari nomzodi

diss. avtoref. T.: TАI, 2005. B.28.

14. Bobomurodova Sh. O‘zbek tilshunosligi rivojida Elbekning roli. Filol. fanlari

nom. diss. avtoref. T.: 2001.- B.32.

15. Аvloniy А. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 2-jild (Nashrga tayyorlovchi B.Qosimov

) T.: Ma’naviyat, 1998. B.6.

16. Аbdurahmonov G‘. O‘zbek xalki va tilining shakllanishi xaqida,- T.: TDShI, 1999.

B.89.

17. Popivanov Ye.D. Etnograficheskaya xarakteristika uzbekov. Vьsh. 1. Proisxoj-

denie i naimenovanie uzbekov. T.: Izv, Uzb. gos., 1926. B.31.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev. Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016.

Mirziyoyev. Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017

Mirziyoyev. Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T.: O‘zbekiston, 2017

Abdurashidxonov Munavvar qori. Tanlangan asarlar.-T: Ma’naviyat, 2003.

Abdurauf Fitrat- Tanlangan asarlar.B. Qosimov,-T., Ma’naviyat, 2003

A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 1-Jild.

A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 2-Jild.

M.Behbudiy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006.

Is’hoqxonto‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar.B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2005.

Qosimov Begali. Milliy uyg‘onish .- T: Ma’naviyat. 2002.

Qurbonova M Аbdurauf Fitrat va o‘zbek tilshunosligi (metodik qo‘llanma). T.: Universitet, 1997. B 48.

Saidov Yo. Fitrat badiiy asarlari leksikasi. Fil fanlari nom. diss. avtoref. T.: TАI, 2001. B 28.

Togaev T. Аshurali Zoxiriy va uning tilshunoslik merosi. Fil. fanlari nomzodi diss. avtoref. T.: TАI, 2005. B.28.

Bobomurodova Sh. O‘zbek tilshunosligi rivojida Elbekning roli. Filol. fanlari nom. diss. avtoref. T.: 2001.- B.32.

Аvloniy А. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 2-jild (Nashrga tayyorlovchi B.Qosimov ) T.: Ma’naviyat, 1998. B.6.

Аbdurahmonov G‘. O‘zbek xalki va tilining shakllanishi xaqida,- T.: TDShI, 1999. B.89.

Popivanov Ye.D. Etnograficheskaya xarakteristika uzbekov. Vьsh. 1. Proisxoj-denie i naimenovanie uzbekov. T.: Izv, Uzb. gos., 1926. B.31.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов